Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyatlarni tergov qilishning xususiy kriminalistik uslubiyotlarini


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59

Jinoyatlarni tergov qilishning xususiy kriminalistik uslubiyotlarini 

tuzish va tasniflash tamoyillari 

 

Tergov  amaliyotida  har  xil  turdagi  jinoyatlarning  oldini  olish, 

ularni  ochish  va  tergov  qilishni  tashkil  etish  hamda  amalda  bajarish 

samaradorligini oshiradigan ancha takomillashgan xususiy kriminalistik 

uslubiyotlarni 

joriy 


etish 

jinoyatchilikka 

qarshi 

kurashni 



takomillashtirishning 

muhim 


yo‘nalishlaridan  biri  hisoblanadi. 

Tergovchilarning  ishni  tashkil  etish  bo‘yicha  ilmiy  asoslangan 

tavsiyalarga  bo‘lgan  ehtiyojlarni  hisobga  olib,  jinoyatlarni  tergov 

qilishning  shakl  va  mazmun  jihatidan  xilma-xil  xususiy  uslubiyotlari 

vujudga kelmoqda. 

YAngi xususiy kriminalistik uslubiyotlarni ishlab chiqish quyidagi 

tamoyillar asosida amalga oshiriladi. 

Xususiy  kriminalistik  uslubiyotlarning  nazariy  jihatdan 

asoslanganligi.  Kriminalistik  uslubiy  tavsiyalar  tizimi  ilmiy  ish 


 

333 


mahsulidir  va  shu  tufayli  hamisha  nazariy  jihatdan  muayyan  darajada 

asoslangan  bo‘ladi.  Biroq  xususiy  uslubiyotlar  jinoyatlarni  ochish, 

tergov  qilish  va  ularning  oldini  olish  amaliyoti  shunday  nazariy 

asoslanganlik  darajasiga  ega  bo‘lishni  talab  qiladiki,  toki  ularning 

tavsiyalarini  qo‘llash  tergovning  samarali  tashkil  etilishini  ta’minlasin. 

Bunday  darajaga,  agar  xususiy  uslubiyotlar  faqat  tajriba  yo‘li  bilan 

ishlab  chiqilgan  qoidalar  va  amaliyot  uchun  samarali  tavsiyalarni  o‘z 

ichiga  olgan  taqdirda,  erishiladi.  Kriminalistik  uslubiy  tavsiyalarning 

tizimi oqilona, tejamli, maqbul bo‘lishi kerak. 

Kriminalistik  uslubiy  tavsiyalarning  muayyanligi.  Jinoyatlarni 

tergov  qilishni  tashkil  etish  –  protsessual  tartibdagi  jarayondir.  Uning 

mazmuniga  jinoiy  qilmishning  xususiyatlari,  jinoyatning  oqibatlari, 

jinoyatchining  shaxsi,  tergovchining  mehnat  sharoiti  va  boshqa  shu 

singarilar  ta’sir  ko‘rsatadi.  SHu  bilan  birga,  bir  turdagi  jinoyatlarni 

tergov  qilishda  ko‘pgina  umumiy  xususiyatlar  ham  mavjuddir,  bular  – 

tipik  tergov  tusmollarining  mavjudligi,  isbotlash  predmetining  umumiy 

ekanligi,  tergov  harakatlariga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish 

xususiyatlarining  o‘xshashligi  va  boshqalar.  SHu  sababli  kriminalistik 

uslubiy  tavsiyalar  imkoni  boricha  tayin,  lekin  biron-bir  yagona  xususiy 

hol  uchun  emas,  balki  mazkur  turdagi  jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish 

va  ularning  oldini  olishni  tashkil  etish  hamda  amalga  oshirish  uchun 

mo‘ljallangan  bo‘lishi  kerak.  Kriminalistik  uslubiy  tavsiyalarning 

umumiyligi  va  aniqligi,  me’yori  ularning  amaliyot  ehtiyojlari  hamda 

nazariy imkoniyatlari bilan bog‘liq ilmiy qoidalarni tavsiflash darajasida 

namoyon bo‘ladi. 



Jinoyatlarni  tergov  qilish  uslubiyotlarining  bosqichma-

bosqichligi.  Tashkil  etilishi  nuqtai  nazaridan  jinoyatlarni  tergov  qilish 

jarayonini  uchta  alohida  bosqichga  bo‘lish  lozim.  Har  bir  bosqich  –  bu 

tergov qilishning shunday bosqichiki, uning davomida umumiy vazifalar 

bilan bir qatorda uning o‘ziga xos vazifalari ham hal etiladi.  

Birinchi  bosqich  –  bu  dastlabki  tergov  harakatlarini  bajarish 

davridir.  Mazkur  harakatlar  ham  umumiy,  ham  o‘ziga  xos  vazifalarni  

hal  etishga  qaratilgan.  Qoida  tariqasida,  ular  darhol  o‘tkaziladi. 

Dastlabki  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov  harakatlari  nisbatan 

cheklangan  muddatda  o‘tkaziladi,  lekin  uning  qancha  davom  etishini 

jinoyatlarni  tergov  qilishning  barcha  hollari  uchun  oldindan  belgilab 

qo‘yish  mumkin  emas.  Umuman  olganda,  shuni  qayd  etish  zarurki, 

tergov  qilishning  dastlabki  bosqichi  kechiktirib  bo‘lmaydigan, 

shoshilinch  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  bilan  tugaydi.  Jinoyatlarni 


 

334 


tergov 

qilish 


dastlabki 

bosqichining 

muddati 

cheklanganligi 

tergovchining faoliyati imkoni boricha jadallashtirilishni talab qiladi. 

Ikkinchi  bosqich  –  bu  ish  bo‘yicha  dalillarni  to‘plash  va 

tekshirishga  qaratilgan  barcha  qolgan  tergov  harakatlarini  bajarish 

davridir.  Mazkur  bosqichning  asosiy  vazifalari:  aybdorni  sodir  etilgan 

jinoyatda  fosh  etish,  ayb  e’lon  qilish,  dastlabki  bosqichda  aniqlanmay 

qolgan holatlarni aniqlashtirishdan iborat. 

Uchinchi  bosqich  –  bu  tergov  qilishning  yakunlovchi  bosqichi. 

Mazkur  bosqich  tergovchi  tomonidan  tergov  qilishni  tamomlash,  ya’ni 

dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholashga  qaratilgan  tergov 

harakatlarini yuritishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan 

e’tiboran  boshlanadi  va  ishni  prokurorga  yuborish  yoki  jinoyat  ishini 

tugatish  to‘g‘risida  qaror  chiqarish  bilan  tugallanadi.  O‘z  mazmuniga 

ko‘ra  u  ish  bo‘yicha  to‘plangan  dalillar  baholanishini,  qo‘shimcha  va 

takroriy  harakatlar  amalga  oshirilishini  hamda  tergovni  nihoyasiga 

etkazish tartibini belgilashni o‘z ichiga oladi. 

Xususiy 


kriminalistik 

uslubiyotlarda 

tavsiyalar 

ana 


shu 

bosqichlarga muvofiq tizimlashtiriladi.  



Jinoyatlarni 

tergov 

qilish 

uslubiyotlarining 

vaziyatga 

bog‘liqligi  va  turli-tumanligi.  Tergov  amaliyoti  jinoyatlarning  har  bir 

turi  uchun  tipik  bo‘lgan  tergov  vaziyatlarining  mazmunini  hisobga 

oladigan hamda unga bog‘liq holda tergovni tashkil qilishning u yoki bu 

usulini  tavsiya  etadigan  xususiy  kriminalistik  uslubiyotlar  yaratishni 

talab  qiladi.  Jinoyat  ishi  bo‘yicha  tergov  vaziyati  jinoyatni  tergov 

qilishning muayyan davridagi vaziyatni tavsiflovchi holatlar (sharoitlar, 

omillar) majmuidan iborat bo‘ladi. 

Tipik  tergov  vaziyatlari  jinoyatlarni  tergov  qilishning  barcha 

bosqichlariga  xosdir,  lekin  kriminalistik  uslubiyotlarda  ko‘pincha 

dastlabki  tipik  tergov  vaziyatlari  tahlil  qilinadi.  Ularning  xilma-xilligi 

ko‘p  turli  tavsiyalarni  va  ularning  tizimlarini  ishlab  chiqishni  talab 

qiladi. Tipik tergov vaziyatlari hisobga olingan holda jinoyatlarni tergov 

qilish 

uslubiyotlarining 



yaratilishi 

tavsiyalarning 

mazmunini 

aniqlashtiradi hamda ularning amaliy qimmatini oshiradi. 



Jinoyatlarni  tergov  qilish  kriminalistik  uslubiyotlarining 

umumiyligi.  Jinoyatlarni  ochish,  tergov  qilish  va  ularning  oldini  olish 

chog‘ida  kriminalistik  uslubiy  tavsiyalardan  foydalanish  qulay  bo‘lishi 

uchun  xususiy  uslubiyotlarning  konstruktiv  birligi  tamoyiliga,  ya’ni 

ichki mustaqilligi va ko‘p turliligiga amal qilgan holda ularning maqbul 

tuzilishiga rioya etish zarur. 


 

335 


Mazkur  tamoyillarga  ko‘ra  ishlab  chiqilgan  xususiy  kriminalistik 

uslubiyotlar  shuningdek,  tergovchining  ichki  ishlar  organlari  tezkor  va 

boshqa  xizmat  xodimlari  bilan  o‘zaro  hamkorligi  xususiyatlarini; 

jamoatchilik  yordamidan  foydalanishga  doir  yo‘l-yo‘riqlarni;  tergovchi 

tomonidan ayrim turdagi jinoyatlarni tergov qilish chog‘ida uning oldini 

olishga doir faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga 

olgan bo‘lishi kerak. 

 

Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yangilanishi munosabati bilan 



tegishlicha  yangi  xususiy  uslubiyotlarni  ishlab  chiqish  zaruriyati  paydo 

bo‘ladi. U yoki bu qilmish uchun jinoiy javobgarlikning bekor qilinishi 

yoki  ularning  jinoiylik  toifasidan  chiqarilishi  (dekriminalizatsiya 

qilinishi)  tergov  qilishning  ayrim  uslubiyotlariga  bo‘lgan  ehtiyojni 

istisno  etadi.  Tipik  xususiy  uslubiyotlar  soni  jinoyatlarning  mavjud 

turlariga  muvofiq  bo‘lishi  kerak.  Uslubiyotlarning  ana  shu  soni  eng 

yuqori  (maksimal)  hisoblanadi.  SHu  sababli,  kriminalistika  oldida 

barcha  zarur  bo‘lgan,  lekin  hozircha  mavjud  bo‘lmagan  xususiy 

uslubiyotlarni ishlab chiqish vazifasi turadi. 

Maxsus uslubiyotlar jumlasiga qonunda belgilangan jinoyatlarning 

turlari  bo‘yicha  emas,  balki  boshqa  asoslar  bo‘yicha  tuzilgan  xususiy 

uslubiyotlarni  kiritish  kerak  bo‘ladi.  Jumladan,  ana  shu  maqsad  uchun 

asoslar 


sifatida 

jinoyat 


sodir 

etilgan 


joy, 

jinoyatchining, 

jabrlanuvchining  shaxsi,  jinoyat  sodir  etilgan  paytdan  boshlab  o‘tgan 

vaqt  va  boshqa  shu  singarilar  tanlanishi  mumkin.  Kriminalistika 

adabiyotlarida  temir  yo‘l,  suv  va  havo  transportidagi  jinoyatlarni; 

voyaga  etmaganlar  va  retsidivistlar  sodir  etgan  jinoyatlarni;  o‘tgan 

yillarning  ochilmay  qolgan  jinoyatlarini  tergov  qilish  uslubiyotlari 

ma’lum. 


 

 

 



 

E’tibor  qiling!  Jinoyat  qonuniga  munosabati  nuqtai  nazaridan 

xususiy  uslubiyotlar  tipik  (turga  oid)  va  maxsus  uslubiyotlarga 

bo‘linadi.  Tipik  uslubiyotlar  jumlasiga  amaldagi  jinoyat  qonunida 

belgilangan  jinoyat  turlari  (masalan,  odam  o‘ldirish,  o‘g‘irlik, 

firibgarlikni  tergov  qilish  uslubiyotlari  va  h.k.)  bo‘yicha  tuzilgan 

uslubiyotlar kiradi. 



 

336 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

Jinoyatlarni tergov qilishdagi xususiy kriminalistik 

uslubiyotlarning tarkibiy tuzilishi 

 

Jinoyatlarning  kriminalistik  tavsifi.  Jinoyat  ishlari  bo‘yicha 

muvaffaqiyatli  ish  olib  borish  uchun  tergovchilar  va  surishtiruvchilarga 

avvalo  tergov  qilinayotgan  turdagi  jinoyatlarning  batafsil  kriminalistik 

tavsifi talab qilinadi. 



Aniqlashtirilish darajasiga 

ko‘ra 

bir bosqichli, ikki bosqichli 

va ko‘p bosqichli 

Hajmiga ko‘ra 

to‘liq va 

qisqartirilgan 

Qamrab olinadigan turlari 

bo‘yicha 

kompleks va aniq 

O’g‘irliklarni  tergov  qilish  uslubiyoti  ularni 

tergov  qilish  bo‘yicha  umumiy  tavsiyalarnigina 

emas,  balki  xonadon  va  avtomashina,  mayda 

o‘g‘irliklarni  va  boshqa  shu  kabilarni  tergov 

qilish uslubiyotlarini ham o‘z ichiga oladi 

Ko‘pincha  u  yoki  bu  turdagi  jinoyatni  tergov 

qilishning  butun  jarayonini  o‘tkazish  uchun,  

ba’zan  esa  tergov  qilishning  biron-bir  bosqichini 

tashkil  etish  va  amalga  oshirish  bo‘yicha  uslubiy 

tavsiyalarni ishlab chiqiladi. 

Ikki  yoki  undan  ortiq  o‘zaro  bog‘liq  turdagi 

jinoyatlarni  tergov  qilish  uslubiyotlari  kompleks 

uslubiyotlar hisoblanadi. 

Shakliga ko‘ra 

Monografiya, 

dissertatsiya, 

darslik, 

o‘quv 

qo‘llanma, amaliy va uslubiy qo‘llanmalar 



Esda  tuting!  Jinoyatlarni  tergov  qilish  xususiy  kriminalistik 

uslubiyotlarning  aksariyati  quyidagi  asosiy  bo‘limlarni  o‘z  ichiga 

oladi: 



 



jinoyatlarning kriminalistik tavsifi; 

 



jinoyatlarni tergov qilish dasturlari

 



eng  xarakterli  tergov  harakatlarini  va  qonunda  nazarda  tutilgan 

boshqa  chora-tadbirlarni  tayyorlash  va  o‘tkazish  taktikasi  o‘ziga  xos 

xususiyatlarining ta’rifi; 

 



mazkur  turdagi  jinoyatlarni  tergov  qilish  chog‘ida 

tergovchilarning kelajakda shu xil jinoyatlarning oldini olishga doir 

faoliyatini  tayyorlash  va  o‘tkazish  o‘ziga  xos  xususiyatlarining 

ta’rifi. 



 

337 


 

Jinoyatlar kriminalistik tavsifi kompleks mazmunga ega. Ularning 

asosiy  qismi  jinoiy  xulq  mexanizmini,  jinoyat  to‘g‘risidagi  axborotni 

olish  va  undan  foydalanish  tarkibini  kriminalistik  tadqiq  etish, 

jinoyatchining  va  jabrlanuvchilarning  shaxsini  aniqlash  va  hokazo 

jarayonida  aniqlanadi.  SHu  bilan  birga,  ularda  yaqin  turuvchi  yuridik 

fanlarning  ayrim  qoidalari  bo‘ladi.  Biroq  boshqa  fanlardan  bunday 

foydalanish  odatdagi  ilmiy  uyg‘unlashuv  doirasi  bilan  cheklangan 

bo‘ladi  va  tavsiflarning  kriminalistik  mohiyatiga  ta’sir  etmaydi. 

Kriminalistik  tavsiflar  jinoyatlarning  muayyan  turlariga  ham,  o‘xshash 

(bir-biriga yaqin) guruhlariga ham berilishi mumkin bo‘lib, bu ularning 

juda xilma-xil bo‘lishiga olib keladi. 

Jinoyatlar  kriminalistik  tavsiflarining  mazmuni  tavsiflanayotgan 

jinoiy qilmishning  mohiyatiga, tergov qilish xususiy uslubiyotining turi 

va  ishlanganlik  darajasiga,  ilmiy  tadqiqotning  vazifalari  va  usullariga 

hamda  bir  qator  boshqa  omillarga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bundan  tashqari, 

jinoyatlar  kriminalistik  tavsiflari  tarkibiy  tuzilishi  shakliga  ko‘ra  bir-

biridan  farq  qiladi.  Kriminalistik  tavsif  bor-yo‘g‘i  bir  necha  kirish 

qoidalarini  o‘z  ichiga  olgan  ishlar  ham  uchraydi.  Ayni  paytda 

jinoyatlarni  tergov  qilishning  shunday  xususiy  uslubiyotlari  ham  borki, 

ana  shu  tavsif  ularning  asosiy  qismini  tashkil  etadi.  Biroq,  ko‘rsatib 

o‘tilgan  farqlarga  qaramay,  jinoyatlar  zamonaviy  kriminalistik 

tavsiflarining aksariyatida bir qancha barqaror takrorlanuvchi elementlar 

mavjud  bo‘lib,  ana  shularning  majmui  ularning  tipik  tuzilmasini  hosil 

qiladi. 

Qoida  tariqasida,  kriminalistik  tavsiflar  ko‘rib  chiqilayotgan 

jinoyatlar  turining  tushunchasini  aniqlashdan  va  uni  tergov  qilishning 

umumiy  shart-sharoitlarini  (tergov  qilishning  izchilligi,  muddatlari 

hamda  shakli  va  h.k.)  tavsiflashdan  boshlanadi.  Bunday  axborot 

ma’lumotnoma  vazifasini  bajargan  holda  imkon  boricha  qisqa  bayon 

qilinadi va tegishli kriminalistik tavsifni ta’riflash uchun tayanch bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Kriminalistik  tavsifda  ko‘rib  chiqilayotgan  jinoyat  turi 



E’tibor  qiling!  Jinoyatlarning  kriminalistik  tavsifi  –  jinoyat  va 

jazo  to‘g‘risidagi  qonunda  belgilab qo‘yilgan  ijtimoiy  jihatdan  xavfli 

g‘ayrihuquqiy  qilmishlarning  ko‘rib  chiqilayotgan  turlari  eng  muhim 

tomonlari  to‘g‘risidagi  umumlashtirilgan  daliliy  ma’lumotlardan 

hamda  ularga  asoslangan  ilmiy  xulosalar  va  tavsiyalar  tizimidan 

iborat.  



 

338 


tushunchasini  aniqlash  bilan  birgalikda  ijtimoiy  munosabatlarning 

zamonaviy  rivojlanish  bosqichida  unga  qarshi  kurashning  holati  va 

ahamiyati  ko‘rsatiladi.  Jinoyatlarning  ko‘rib  chiqilayotgan  turiga  qarshi 

kurashning  dolzarbligini  belgilash  jinoyatlarni  tergov  qilish  xususiy 

kriminalistik  uslubiyotlarining  to‘g‘ri  ijtimoiy-siyosiy  yo‘nalishda 

bo‘lishi va tergovchilar faoliyati samaradorligini oshirish uchun zarurdir. 

Jinoyatlar  to‘g‘risidagi  eng  tipik  boshlang‘ich  axborotning  ta’rifi 

jinoyatlar  kriminalistik  tavsifining  muhim  elementlari  jumlasiga  kiradi. 

Ana shu axborotning mazmuni va shakliga qarab tekshirishga oid ishlar 

tartibi  hamda  ularni  ochish,  tergov  qilish  va  ularni  oldini  olishning 

dastlabki  bosqichlari  dasturlari  belgilanadi.  Jinoyatlarning  kriminalistik 

tavsifi  tarkibiga,  jinoyatlarni  sodir  etish  va  yashirish  usullari  haqidagi 

ma’lumotlar  tizimi  ham  kiradi.  Jinoyatlarni  sodir  etish  usuli  deganda 

jinoiy  qilmishni  tayyorlash,  sodir  etish  va  yashirishga,  shu  jumladan 

tegishli  qurollar  va  vositalarni  qo‘llashga,  joy  va  vaqtni  tanlashga, 

tegishli  holatlardan  foydalanishga  qaratilgan  o‘zaro  aloqador  hamda 

o‘zaro bog‘liq harakatlar tizimi tushuniladi. 

Jinoyatlar 

kriminalistik 

tavsiflarining 

majburiy 

elementlari 

jumlasiga  ehtimol  tutilgan  jinoyatchining  va  uning  ehtimoldagi 

jabrlanuvchining  shaxsi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  kiradi.  Kriminalistik 

uslubiyot sohasidagi tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, jinoiy tajovuz 

jabrlanuvchi,  jinoyatni  sodir  etish  usuli,  uning  xususiyatlari,  oqibatlari 

va jinoyatchining shaxsi o‘rtasida muayyan aloqadorlik bo‘ladi. Bunday 

aloqadorlik 

haqidagi 

kriminalistik 

ma’lumotlardan  foydalanib, 

tergovchilar  va  surishtiruvchilar  ayrim  jinoyatlar  yuzasidan  ehtimol 

tutilgan  jinoyatchining  shaxsi  to‘g‘risida  asosli  tusmollarni  olg‘a 

surishlari  hamda  tergov  qilishning  eng  maqsadga  muvofiq  dasturini 

belgilab olishlari mumkin. 

Nihoyat,  jinoyatlarning  mazkur  turini  tergov  qilishda  aniqlanishi 

lozim bo‘lgan holatlar doirasi jinoyatlar kriminalistik tavsiflarining yana 

bir  elementi  hisoblanadi.  SHuni  hisobga  olib,  jinoyatlar  zamonaviy 

kriminalistik  tavsiflarning  aksariyatida  ularni  tergov  qilish  paytida 

aniqlanishi  lozim  bo‘lgan,  jinoyatlar  tarkibining  asosiy  elementlari 

bo‘yicha muayyan tizimga solingan holatlar ro‘yxati keltiriladi. Bular: 

a)  tajovuz  qilish  ob’ekti  (tajovuz  nimaga  qaratilgan,  nimaga  zarar 

etkazilgan, zararning miqdori va hokazo); 

b)  tajovuzning  ob’ektiv  tomoni  (qaerda,  qachon,  qay  tarzda,  bir 

shaxsning  yoki  bir  kishining  harakatlari  bilanmi,  ulardan  har  birining 

tutgan o‘rni (roli), qanday holatlarda, oqibatlari qanaqa, etkazilgan zarar, 



 

339 


qilmish  va  oqibatlar  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanish,  jinoyatga 

ko‘maklashgan holatlar va hokazo); 

v)  tajovuz  sub’ekti  (tajovuzni  kim  sodir  etdi,  uning  shaxsini 

tavsiflovchi ma’lumotlar, agar shaxslar guruhi ishtirok etgan bo‘lsa, ular 

kimlar); 

g)  tajovuzning  sub’ektiv  tomoni  (ayb,  uning  shakli,  qasddan 

qilingan ayb bo‘lsa uning sababi va maqsadi). 

Xususiy  kriminalistik  uslubiyotlar  har  xil  turdagi  jinoyatlarni 

tergov qilishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha nazariy qoidalar 

hamda  amaliy  tavsiyalar  majmuidan  iboratdir.  Biroq  ular  muayyan 

jinoyatni  tergov  qilish  uchun  maslahatlar  bermaydi  va  bera  olmaydi, 

ya’ni  ular  hayotdagi  barcha  holatlar  uchun  andoza  emas.  Ularda 

jinoyatlarning  biron-bir  turini  (ko‘rinishini)  ochish,  tergov  qilish  va 

ularning  oldini  olishda  tergovchi  faoliyatining  xususiyatlarini  aks 

ettiruvchi umumiy tavsiyalargina mavjud bo‘ladi. 

 

Nazorat savollari: 

 

1.

 

Jinoyatlarni  tergov  qilishning  kriminalistik  uslubiyotining 

kriminalistika  tizimi  tutgan  o‘rni  qanday?  U  nimalarni  o‘rganadi  va 

kriminalistikaning boshqa bo‘limlari bilan aloqasi qanday?  



2.

 

Jinoyatlarni 

tergov 

qilishning 



xususiy 

kriminalistik 

uslubiyotlari  yuzasidan  fikr  bildiring.  Muayyan  bir  jinoyat  yuzasidan 

xususiy kriminalistik uslubiyot shakllantirishga harakat qilib ko‘ring.  

 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

2013  yil  1  dekabr  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  jinoyat  ishlari 

bo‘yicha  Oliy  sudi  Raisi  M.ning  qizi  bedarak  yo‘qoldi.  3  dekabr  kuni 

M.ga  noma’lum  raqamdan  qo‘ng‘iroq  qilishib,  agar  3  kun  ichida  sud 

majlisida  ishi  ko‘rilayotgan  G.ni  aybsiz  holda  ozod  etmasa  to‘rtinchi 

kuni  qizini  o‘ldirishini  aytib  tahdid  qilishdi,  M.  esa  bularni  ovoz 

yozuvchi  vositaga  yozib  oldi.  4  dekabr  kuni  M.ning  uyiga  qizining 

tahdidchilar  qo‘lida  tasvirga  olingan  video  tasmasini  qoldirib  ketishdi. 

M. bu ishlarda G.ning otasi V.dan gumon qilayotganligini aytib o‘tdi.  

Holat yuzasidan tergov versiyasini tuzing va tergovni rejalashtiring. 

Holat  yuzasidan  qanday  ekspertiza  tayinlash  maqsadga  muvofiq? 


 

340 


Tergovning  taktik  strategiyasi  qanday  belilanadi?  Dastlabki  va  keyingi 

tergov harakatlari, tezkor-qidiruv choralari qay tarzda tashkil etiladi? 

 

2-kazus 

Bir  guruh  mansabdor  shaxslar  tomonidan  qurilishga  ajratilgan 

mablag‘  o‘zlashtirildi.  Tergovchi  jinoyat  ishiga  taaluli  materiallar 

olmoqchi bo‘lgan vaqtda qurilish omborida yong‘in sodir bo‘lib, qurilish 

mollari va hujjatlar yonib ketdi.  



Mazkur holatda tergovni olib borish va jinoyatni ochish qay usulda 

amalga oshiriladi? 

Jinoyatning  kriminalistik  xarakteristikasini  bering.  Mazkur  holat 

bo‘yicha  tergovni  rejalashtiring  va  tergov  versiyalarini  tuzing.  Holat 

yuzasidan qanday turdagi ekspertizalar tayinlanadi? 

Jinoyat  ishi  yuzasidan  qanday  dastlabki  va  keyingi  tergov 

harakatlari  o‘tkaziladi?  Tergovchi  ularni  o‘tkazishda  qanday  taktik 

qoidalarga e’tibor qaratishi lozim? 

 


 

341 


23-MAVZU. TERGOV VA TEZKOR-QIDIRUV 

ORGANLARI 

XODIMLARINING O‘ZARO HAMKORLIGI 

 

Tergov  va  tezkor-qidiruv  organlari  xodimlarining  o‘zaro 

hamkorligining 

umumiy 


jihatlari. 

Hamkorlikning 

taktik-uslubiy 

qoidalari. O‘zaro hamkorlikning turlari. 



 

Tergov va tezkor-qidiruv organlari xodimlarining o‘zaro 

Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling