Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Telefon va boshqa so‘zlashuv vositalari orqali olib boriladigan
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari: 1.
- Kazuslar: 1-kazus
- E’tibor qiling! Maxsus bilim
- E’tibor qiling! Sud ekspertizasi
Telefon va boshqa so‘zlashuv vositalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish bayonnomasi Telefon
va boshqa
moslamalar orqali
olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turgan, ovozni yozgan xodimlar jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan so‘zlashuvlar mazmunini aks ettiruvchi fonogramma haqida qisqacha bayonnoma tuzadilar (JPK 171-moddasi). Telefon
va boshqa
qurilmalar orqali
olib boriladigan E’tibor qiling! Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim:
–
mazkur tergov harakati kim va qaysi organ qarori (ajrim) asosida bajarilganligi; –
jinoyat ishi yoki uning alohida holatlari haqidagi ma’lumotlar; –
ish yuzasidan kimlarning so‘zlashuvlari eshitilishi lozimligi, ularning telefon raqamlari; –
–
foydalanilgan ovoz yozish texnika vositalari va ularning turi, modeli kabi belgilari; –
tergov harakatini amalga oshirgan xodimlar shaxsiga oid ma’lumotlar; –
ma’lumotlar. 313
so‘zlashuvlarni eshitib turishni qayd etilganidan so‘ng so‘zlashuv fonogrammasini aks ettiruvchi magnit tasmasi joylashtirilgan kasseta muhrlanadi va bayonnomaga ilova qilinadi. Fonogrammadagi jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan qismlar sud muhokamasi tamomlanib, chiqarilgan hukm, qaror, ajrim qonuniy kuchga kirgandan keyin yo‘q qilinadi. Ekspertiza tadqiqoti o‘tkazilgan fonogrammalar, videotasvir tasmalari va boshqa ob’ektlar ekspertiza tayinlagan organga qaytariladi. Tekshiruv natijalari esa ekspertning xulosasida aks ettiriladi va umumiy prinsiplar asosida dalil sifatida baholanadi. Ishga aloqasi bo‘lmagan so‘zlashuv matnlari so‘zlashgan shaxslarning turmushiga va boshqa oila a’zolarining sha’niga tegishli sir va oshkora qilib bo‘lmaydigan xabarlar oshkora qilinmasligi, ya’ni ularning konstitutsiyaviy huquqi va qadr-qimmati himoya qilinmog‘i zarur.
1. So‘zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi qanday? Ushbu tergov harakati qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tartibi va taktikasi qanday?
A. ismli shaxs MXX organlariga 21.01.2015 yilda murojaat etib, sheriklari U. va M. 22.01.2015 yilda inkassatorga hujum qilish rejasini tuzayotganligini xabar qildi. Tezkor qidiruv xodimlari o‘z rahbarlaridan ruxsat olgan holda U.va M. ning telefondagi so‘zlashuvlarini tingladi. Bu haqida prokurorga 18 soat ichida xabar qilindi. 21.01.2015 yilda telefon so‘zlashuvini tinglash bo‘yicha sanksiya chiqardi. Jinoyat inkassatorning pul olishi kechiktirilishi munosabati bilan 24.01.2015 ga qoldirildi. Tezkor qidiruv xodimlari telefon so‘zlashuvlarini eshitishni davom ettirishdi. Vaziyatga xuquqiy baho bering? Ushbu holatda tezkor qidiruv faoliyati materiallari dalil sifatida qabul qilinadimi? SHu holatda jinoyat protsessual qonun talablari buzilganmi? Prokuror sanksiyasi talab etiladigan tezkor qidiruv tadbiri 314
qanday olib boriladi? Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tartibi va taktikasi qanday? 2-kazus Toshkent shahar prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi IIV jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi tezkor qidiruv xodimlari bilan hamkorlikda arizachi fuqaro Aliev Vobir Yo‘ldashovning arizasiga asosan Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45-sonli maktab direktorining fuqaro Aliev Vobir Yo‘ldashovdan pora talab qilganligi holati yuzasidan tezkor-tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir jarayonida zaruriyat tug‘ilganligi sababli, Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45- sonli maktab direktorining uyali aloqa telefonidagi so‘zlashuvlari eshitilgan va telefon so‘zlashuvlaridan nusxa olingan. O‘tkazilgan tezkor tadbiri jarayonida Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45- sonli maktab direktori fuqaro Aliev Vobir Yo‘ldashovdan 100 AQSH dollari miqdoridagi pul mabalag‘larini olgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45-sonli maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor tadbirni o‘tkazgan xodimlar tomonidan tergovga Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245-sonli maktab direktorining telefonda so‘zlashgan yozuvlari taqdim etilgan va jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida ushbu telefon so‘zlashuvidagi ma’lumotlardan ayblanuvchining aybini isbotlovchi dalil sifatida foydalanilgan.
315
21-MAVZU. JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA MAXSUS BILIMLARDAN FOYDALANISH TAKTIKASI
Maxsus bilimlardan foydalanish tushunchasi. Ekspertiza tadqiqoti uchun tayyorgarlik ko ‘rish va namunalar olish. Ekspertiza tayinlashga tayyorgarlik ko‘rish va tekshiruv uchun namunalar olish tartibi. Ekspert xulosasi va uni baholash.
Dastlabki tergov va sud jarayonida ish uchun ahamiyatga molik holatlarni tekshirish uchun mahsus bilimlar talab etiladi. Mahsus bilim deganda fan-texnika, san’at yoki kasb-hunar sohasida yuksak bilim va ko ‘nikmalarga ega bo ‘lish nazarda tutiladi. Jinoyat ishlarini tergov qilish va aybdorlarni fosh etishda olingan ashyoviy dalillarni tekshirish uchun muayyan ma’lumotlarni olish zarur. Bunday tekshiruvlar maxsus bilimga ega bo ‘lgan shaxslar tomonidan o ‘tkaziladi. Maxsus bilimga ega bo ‘lgan mutaxassislar, kasb-hunar egalari, sanoat, qishloq xo ‘jaligida, qurilishlarda turli majmualarni tekshirib tegishli xulosalarni beradilar. Ular, jumladan, ishlab chiqilgan loyiha shu kunning ilm-texnika talabiga qanchalik javob berishi, muhandislik, texnikaviy hisoblarning to ‘g ‘riligini, ish qobiliyatini yo ‘qotgan ishchi va xizmatchilarning nogironlik darajasini aniqlash va shu kabi boshqa keng doiradagi masalalarni hal qilishga jalb etiladi. . O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 172 – moddasida, “Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi”, deyilgan. Masalan, jinoyat sodir bo‘lgan joyda topilgan qo‘l-barmoq izi kim tomonidan qoldirilganligi, otilgan o‘q yoki
sohalarida mashg‘ul bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar yig‘indisidir.
316
gilza qanday o‘q otish qurolidan otilganligi, ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatning qo‘lyozma matni, imzolari, kim tomonidan yozilganligi kabi masalalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Ekspert xodimlarining faoliyati davlat ekspertiza muassasalarida yoki boshqa tashkilotlarda namoyon bo ‘lishi mumkin. Ular qaerda ishlashlaridan qat’i nazar, ish yuzasidan ekspert sifatida tayinlash prostessual qonunda ko ‘rsatilgan tartib asosida amalga oshiriladi, ular teng huquq va majburiyatlarga egadir. Ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazish jarayonida ekspert mustaqil prostessual shaxs sifatida ekspertizaga oid bo ‘lgan qo ‘shimcha ob’ektlar, axborotlar, jinoyat ishi va ekspertiza materiallarini talab qilishlari mumkin. Ekspert oldiga qo ‘yiladigan savollar uning maxsus bilimlari doirasida bo ‘lishi lozim. Bu talab buzilib, ekspert oldiga uning vakolat doirasidan chetga chiqadigan vazifalar qo ‘yilsa, u xulosa berishdan bosh tortishi mumkin. Tekshiruv natijasida beriladigan xulosalar esa ekspertning bilim doirasi bilan chegaralanadi va uning vakolatidan tashqari chiqmasligi kerak. Sud ekspertizasi materialini tayyorlash, ekspert hal qiladigan savollarni to ‘g ‘ri belgilash, solishtirib tekshirish uchun namunalar olish va boshqa shu kabi masalalarni amalga oshirish uchun tergovchi yoki sud kriminalistik texnikasi sohasidagi mutaxassis maslahatini olishi mumkin. Ekspertiza tayinlash davrida tekshiruv ob’ektlarini ko‘chirib olish, mustahkamlash, tekshiruv vazifasini aniq belgilab, savollarni ekspertiza predmetiga oid ravishda turli tadbirlarini amalga oshirishda kriminalist mutaxassisning yordami juda muhim.
ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakat. 2010 yil 1 iyundagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 3- moddasi
317
Tergovda va sud muhokamasida ishtirok etuvchi mutaxassislar ekspertiza muassasalarida ishlovchi ekspert, ilmiy xodim, rahbar mansablarida faoliyat ko ‘rsatuvchi shaxslar bo ‘lishi mumkin. Shuning uchun ular tergov harakatlarida mutaxassis sifatida ishtirok etgan bo ‘lsalar, keyinchalik yana (ayrim holatlardan tashqari) jalb etilishi mumkin. Bu masala JPKning 78-moddasida ko ‘rsatilgan bo ‘lib, kriminalistika sohasidagi mutaxassislarga to ‘liq tatbiq etilishi mumkin. Tergov harakatlarini tashkil qilish va o‘tkazishda tergovchi maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassisni taklif etib, uning yordami, maslahati asosida ma’lum tadbirlarni amalga oshiradi: ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazishda maxsus qidiruv asboblarini qo‘llash, izlarni qidirish, topish, ko‘chirib olish va qayd etish va boshqa masalalar shular jumlasiga kiradi. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishda esa maxsus bilim ekspert xodimlari tomonidan qo‘llanilib, alohida tergov harakati sifatida tadqiqot o ‘tkaziladi. Tekshiruv-tadqiqot natijalari ekspertning xulosasida aks ettirilib, jinoiy ish yuzasidan dalil manbai sifatida xizmat qiladi. Sud ekspertiza fani nazariyasi va amaliyotida sud ekspertizalar turlari masalasiga katta e’tibor bilan qaraladi. Ekspertiza ob’ektlarining soni muntazam kengayib borishi o‘z o‘rnida kriminalistik masalalarni yechishda qo‘llaniladigan maxsus bilimlarning turlarini ko ‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa ekspertizaning tubdan yangi turlarini yaratilishida va mavjud kriminalistik ekspertiza uslublarini takomillashtirishda o ‘z ifodasini topmoqda. Sud ekspertizasini tasniflash turli asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Ular ichida ekspertizalarni bilim sohasiga qarab ajratish birinchi o ‘rinni egallaydi. Bu prinstip bo ‘yicha ekspertizalar turlari bir vaqtning o ‘zida uchta belgi bo ‘yicha ajratiladi: ekspertiza ob’ekti, predmeti va qo ‘llaniladigan uslublar (yoki bilim sohasi). Alohida har bir belgi bo ‘yicha ekspertiza turini belgilash anglashilmovchilikka olib keladi. Masalan, voqea joyidan topilgan o ‘q ham ballistika (o ‘q-
pedagog, psixolog, shuningdek, zarur bilim va malakaga ega bo ‘lgan boshqa shaxslar ham chaqirilishi mumkin, deyiladi prostessual qonunda. Bu ko ‘rsatma kriminalist mutaxassislarga ham tegishlidir.
318
snaryadlarning harakat qonunlari), ham metallar ekspertizasi ob’ekti bo ‘lishi mumkin yoki tilshunoslikka oid bilimlar dastxatshunoslik, muallifshunoslik, sud fonoskopiya ekspertizalarida keng qo ‘llanadi. Aytib o ‘tilgan uch belgiga asosan kriminalistik, sud-tibbiy, sud- biologik, sud-muhandislik, sud-iqtisodiy, sud qishloq xo ‘jalik va boshqa turdagi ekspertizalar ajratiladi. O ‘z o‘rinda bu ekspertizalar turlarga bo‘linadi. Xususan, kriminalistik ekspertizalar qatoriga asosan xatshunoslik, izshunoslik va sud ballistik ekspertizalar kiradi. An’anaviy kriminalistik ekspertizalar deb atalgan sud ekspertizalarining bu turlari jinoyatlarni ochishda qo‘llanadigan maxsus bilimlarning tarixan birinchi shakllarini tashkil etgan. Sud ekpertizasining prostessual turlari bir biridan ularni o‘tkazishning tashkil etilishi va uslubi bilan farq qiladi. Sud ekspertiza sohasidagi ixtisoslashuv uni o‘tkazish shart bo‘lgan holatlarning kengayishiga, ekspertiza muassasalarida bajariladigan ekspertiza turlarini ko ‘payishiga (JPKning 174-moddasi) asos bo ‘ldi. Agar ekspertiza xulosasida kamchiliklarni to‘ldirish zarurati tug‘ilsa qoshimcha ekspertiza tayinlanadi. (JPKning 176-moddasi 1- qismi).
Birlamchi ekspertiza xulosasi tergov (sud)ning asoslangan fikri bo‘yicha noto‘g‘ri bo ‘lsa, qayta (yoki takroriy) ekspertiza tayinlashi mumkin (JPKning 176-moddasi 2-qismi). Qo ‘shimcha ekspertiza asosiy ekspertizani o ‘tkazgan mutaxassisga yoki boshqa ekspertga topshirilishi mumkin. Shuni aytib o ‘tish joizki, ham qo ‘shimcha, ham qayta ekspertizaga yuborilgan material, tekshiruv ob’ektlari hamda namunalar va echiladigan masalalar o ‘zgarishsiz qoladi. Aks holda, ya’ni ekspertizaga yangi ob’ektlar yuborilsa yoki boshqa savollar qo ‘yilsa, ekspertiza o ‘zining tabiatini o ‘zgartiradi va boshqa yangi ekspertiza o ‘tkazish masalasi tug ‘iladi. Lekin, ekspertiza tayinlangandan so ‘ng ekspertning talabiga ko ‘ra qayta ekspertiza materiali qo ‘shimcha namunalar bilan to ‘ldirilishi mumkin. Takroriy ekspertiza boshqa bir ekspert yoki ekspertlar komissiyasi, ya’ni ikki va undan ko ‘proq bo ‘lgan ekspertlar tomonidan o ‘tkaziladi. Birinchi ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazgan mutaxassis o ‘zi bergan xulosasi va o ‘tkazgan tadqiqotlari yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. Lekin u qayta tekshiruvlarni o ‘tkazishda, ularning natijalarini muhokama qilishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
319
Birinchi ekspertiza natijasi bilan qayta ekspertiza xulosasi bir- biriga qarama-qarshi bo ‘lgan tadqiqotlarda uning natijalari komissiya ishtirokida tajribali mutaxassis xodimlar bilan hamkorlikda muhokama qilinadi va birinchi ekspertiza xulosasi tasdiqlanmaslik sabablari baholanadi. Ushbu sabablar qayta ekspertiza xulosasida bayon etiladi. Qayta ekspertiza uchinchi, to ‘rtinchi va undan ko ‘p marta ham tayinlanishi mumkin. Ekspertiza amaliyotida shunday hollar uchrab turadiki, ekspertiza fikri bilan ikkinchi qayta ekspert xulosasi bir-biriga qarama-qarshi chiqadi. Bunda har qaysi ekspertiza ham o ‘zicha asoslangan va qator sifat belgilariga tayangan bo ‘ladi. Bu holda tergovchi (sud) har bir xulosani alohida, boshqa dalillar bilan birgalikda baholashi zarur. Agar shunday baholash natijasida xulosalarda ish yuzasidan ishonchli faktlarga qarama-qarshiliklar yoxud prostessual qonun buzilishlari aniqlansa, uchinchi marta takroriy ekspertiza tayinlash mumkin. Takroriy ekspertiza materialini o ‘sha oldingi muassasaga yuborish, lozim bo ‘lsa boshqa ekspertiza laboratoriyasi yoki institutiga yuborish mumkin. Masalan, birinchi ekspertiza IIVning ekspertiza bo ‘limida o ‘tkazilgan bo ‘lsa, ikkinchisi, Respublika Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy tadqiqot kriminalistika markaziga yuboriladi. Uchinchi takroriy tekshiruv esa shu markazning o ‘zida yoki boshqa ekspertiza muassasasida o ‘tkazilgan taqdirda uni o ‘sha joyda albatta boshqa ekspert yoki ekspertlar komissiya tarkibida o ‘tkazilmog ‘i lozim. Ana shunday bo ‘lgandagina ekspertiza xulosalari ob’ektiv bo ‘lib, ish uchun dalil manbai sifatida qo ‘llanilmog ‘i lozim. Ekspertlar komissiyasini tayinlash va tanlash tergovchiga sud yoki ekspertiza muassasasi rahbariga bog ‘liqdir. Qayta ekspertizani o ‘tkazish mutaxassislarning tajriba va bilim darajasiga, ish hajmiga qarab belgilanadi. Qayta ekspertizaning predmeti va tekshiriluvchi ob’ektlari doirasi o ‘zgarishsiz qoladi. Shunday qilib, qo ‘shimcha va takroriy ekspertizalar aniq ishning holatiga qarab tergov va sudning qaror va ajrimiga ko ‘ra o ‘tkaziladi. Takroriy va qo ‘shimcha ekspertizadan tashqari komissiya tarkibida o ‘tkaziladigan va kompleks ekspertizalar ham bo ‘lishi mumkin. Komissiya tarkibida o ‘tkaziladigan ekspertiza deb bir sohaga mansub bir necha mutaxassis tomonidan o ‘tkaziladigan tadqiqotlarga aytiladi. Tekshiriluvchi ob’ektlar soni ko ‘p bo ‘lib, tekshirish usullari murakkab bo ‘lsa ekspertiza materiali bir mutaxassisga emas, balki bir necha ekspertga topshiriladi. Masalan, ko ‘p ob’ektli dastxatshunoslik
320
ekspertizalar bo ‘yicha tekshiruv o ‘tkazish odatda uzoq vaqt talab qiladi, shunday hollarda ekspertiza materiali bir necha mutaxassisga, ya’ni ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. Bunday ekspertizalar, odatda, moliyaviy hujjatlar bo ‘yicha o ‘tkaziladigan tekshiruvlarda, ya’ni turli yozuvlar va imzolarni bajargan shaxslarni identifikastiya qilishda tayinlanadi. Hujjatlar soni va qo ‘lyozmani yozishda shubhalangan shaxslar soni ko ‘p bo ‘lganligi tufayli ekspertiza tekshiruvini tezlashtirish va xulosani ob’ektiv va asoslangan bo ‘lishi uchun bunday ekspertizalarni komissiya ishtirokida o ‘tkazish lozim.
Komissiya a’zolari ishtirokidagi ekspertiza natijalari birgalikda muhokama etilib, agar ular bir fikrga kelsa, umumiy bitta xulosa tuziladi. Agar ekspertlar o ‘rtasida hal etiladigan masala yuzasidan kelishmovchilik ro ‘y bersa, har bir ekspert kelishmovchilik kelib chiqqan masala bo ‘yicha alohida xulosa beradi (JPK 177-moddasi). Ayrim hollarda ish uchun ahamiyatga molik biror holatni aniqlashga bir sohadan bilimlar etarli bo ‘lmay, balki boshqa sohadagi bilimlarni jalb etish zaruriyati tug ‘iladi. Bu vaziyatda kompleks ekspertiza tayinlanadi (JPK 178-moddasi) Kompleks ekspertizalar yordamida turli masalalar hal etiladi. Masalan, velosipedchi va uni urib yuborgan avtomobil o ‘zaro qanday yo ‘nalishda harakat qilganligini aniqlash murakkab masala bo ‘lib, alohida o ‘tkaziladigan sud tibbiy, transport va izshunoslik ekspertizalari yordamida hal etilishi mumkin. Ammo bu tekshiruvlar kompleks ravishda o ‘tkazilsa, ularning samaradorligi keskin oshadi. Har bir mutaxassis o ‘zining bilim doirasida aniqlagan holatlarini boshqa soha mutaxassisi topgan belgilar bilan taqqoslab, birgalikda yagona xulosa chiqaradilar. Bunda har bir mutaxassis o ‘zining o ‘tkazgan tekshiruvi uchun shaxsan javobgar bo ‘ladi. Bir ob’ekt bo ‘yicha alohida ketma-ket o ‘tkaziladigan mustaqil tadqiqotlarni kompleks ekspertiza qatoriga qo ‘shish noto ‘g ‘ridir. Masalan, hujjatni yasash usulini aniqlashga qaratilgan texnik- kriminalistik ekspertiza undagi yozuvlarni bajargan shaxsni aniqlovchi xatshunoslik ekspertizalar alohida bo ‘lib, kompleks ekspertizani tashkil etmaydi. Ammo yirtib tashlangan hujjatni tiklashga qaratilgan birgalikda o ‘tkaziladigan izshunoslik, texnik kriminalistik va xatshunoslik tadqiqotlar asosli ravishda kompleks ekspertizasi, deb atalishi mumkin.
321
Ekspertiza tadqiqoti uchun tayyorgarlik ko ‘rish va namunalar olish
Ish uchun ahamiyatga molik bo ‘lgan boshqa holatlarni aniqlashda, jumladan, kriminalistik ekspertizaning ayrim turlarini tayinlash, hal qilinadigan masalalar, kriminalistik texnika sohasidagi maxsus bilim talab qilgan taqdirda zarur bo ‘ladi. Ekspertiza o ‘tkazish zarur deb topilsa, uni tayinlash haqida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi (JPK 180-moddasi) Kriminalistik ekspertizaning ob’ektlaridan olingan namunalar, daliliy ahamiyatga ega bo ‘lgan boshqa moddiy narsalar, turli hujjatlar solishtirib ko ‘rish uchun ashyoviy dalillar bo ‘lishi mumkin. Mazkur ob’ektlarda ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda yoki ajrimda ularning nomlari, belgi sifatlari alohida ko ‘rsatiladi. Qaror (ajrim)da ekspertiza tayinlash uchun asoslar va ekspert hal qilishi lozim bo ‘lgan savollar qayd etiladi. Savollar aniq, ravon va ekspertning maxsus bilimi doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Kriminalistik ekspertiza materialini qaror, ajrim, tekshiruv ob’ektlari tergov va sud davlat ekspertiza muassasasiga yuboradi. Muassasa rahbari ekspertiza o ‘tkazishni tegishli mutaxassis xodimga topshiradi. Shu bilan birga prostessual qonunda belgilanganidek, ekspert sifatida ekspertiza muassasasidan tashqari joylarda xizmat qiluvchi mutaxassislar yoki alohida shaxslarni ham jalb etib, ekspertiza materialini ularga bevosita topshirish mumkin. Ekspertizada tekshiriluvchi ob’ektlar - ashyoviy dalil, uning ayrim qismlari, moddiy qoldiqlari bilan bir qatorda solishtirib tekshirish uchun zarur bo ‘lgan namunalar - nusxalar ham yuborilishi lozim. Namunalarning hajmi, sifati ekspert tekshiruvini to ‘la va ob’ektiv bo ‘lishini ta’minlaydi. Ekspertiza tekshiruvi uchun olinadigan namunalarning turlari va ularni olish tartibi JPK 188-moddasida ko ‘rsatilgan. Kriminalistik ekspertizani o ‘tkazish uchun olinadigan namunalarning turlari asosan quyidagilardir: qo ‘lyozma, xat, imzo, raqam yozuvlari, ko ‘paytiradigan vositalardan olinadigan namunalari, izlarni hosil qiladigan qolip, nusxalar, otish qurollarining turli qismlaridan hosil bo ‘ladigan namunalar va boshqalar. Kriminalistik tadqiqot o ‘tkazish uchun zarur bo ‘ladigan namunalar, erkin va eksperimental bo ‘lishi mumkin. Bundan tashqari, dastxatshunoslik ekspertizasida shartli - erkin namunalar ham ajratiladi. 322
Erkin namunalar jinoyat ishi qo ‘zg ‘alishidan avval mavjud bo ‘lgan ob’ektlardir. Masalan, dastxatshunoslik tekshiruvi o ‘tkazish va gumon qilinuvchining o ‘zi yozgan xati imzolari uyida, xizmat xonalaridan olingan hujjatlarda bo ‘ladi. Eksperimental namunalar esa ekspertiza tayinlangan xodim tomonidan uning maxsus topshirig ‘i bilan olinadi. Tekshiriladigan hujjatdagi yozuvga, imzolarga, raqamlarga o ‘xshash matnlarni bir necha alohida qog ‘oz hujjatga yozish buyuriladi va tekshiriluvchi tomonidan - imzolarga mansub bo ‘lgan harf va shakllar bajarilishi kuzatib turiladi. Eksperimental namunalar, odatda, kishilar harakati natijasida vujudga keltirilib olinadi, masalan, dastxat, qo ‘l-oyoq izlarining namunalari yoki inson organizmining yashash faoliyatidagi moddalardan (qon, soch, so ‘lak va boshqa namunalar) shular jumlasidandir. Nusxalarning har ikki turi JPKga asoslangan holda ekspertizani tayinlovchi sud yoki tergovchi tomonidan olinadi va ular qaror (ajrim)da ko ‘rsatiladi. Ko ‘pincha eksperimental namunalar ekspertiza tekshirishlari vaqtida ekspertlar tomonidan ham olinadi. Shuning uchun qaysi vaqtda ekspert, eksperimental nusxa namunalarni olinishini yaxshi farqlay olish kerak. Eksperimental namunalar zarur bo ‘lgan hollarda majburiy ravishda ham olinishi mumkin. Bu harakat tergovchiga yuklatilgan. Qonunga asosan ekspert majburiy ravishda namuna olish huquqiga ega emas. Tergovchi eksperimental nusxalar olishda ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlardan tashqari yana hajm jihatidan yoki ba’zi holatlar sababli ekspert ixtiyoriga topshirish imkoniyatlari bo ‘lmagan ob’ektlardan ham eksperimental namunalar olishi mumkin. Tergovchi bu ishlarga maxsus mutaxassislarni taklif qilish huquqiga ega. Ular o ‘zlarining maslahatlari, shaxsiy ishtiroki va harakatlari bilan sifatli namunalarni olishga yordam beradilar. Tergovchi tomonidan olinadigan erkin va eksperimental namunalar soni va sifati jihatidan ekspert tekshirishlari uchun etarli bo ‘lishi kerak. Olingan namunalar ob’ektning haqiqiy o ‘zidan kelib chiqqanligi shubhasiz bo ‘lishi uchun prostessual rasmiylashtirilgan bo ‘lishi shart. Tekshiruv uchun zarur bo ‘lgan namunalarni olish uchun tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Nusxalar olinganligi haqida bayonnoma tuzilib, unda olingan namunalarning soni, namuna olishdagi shart- sharoitlar, tergov usullari batafsil yozilishi, tuzilgan bayonnoma tergovchi va xolislar imzolari bilan tasdiqlanishi lozim. Ayblanuvchi,
323
gumon qilinuvchi, guvoh va jabrlanuvchidan qog ‘oz ustiga yozdirib olingan namunalar tergovchi hamda namunani bajaruvchi tomonidan tasdiqlanib imzolanadi. Olingan namunalar boshqa ob’ektlar kabi tegishli tartib va usulda joylashtiriladi va muhrlanadi. Ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazish jarayonida, ekspertning o ‘zi ham eksperimental namunalar tayyorlashi mumkin. Prostessual qonunda qayd qilinishicha, ba’zi kriminalistik tekshiruvlari uchun ekspert tajriba- eksperiment o ‘tkazib ham namuna oladi. Ballistik ekspertiza o ‘tkazishda o ‘q otish qurolini identifikastiya qilishda ekspert hodisa joyidan topilgan o ‘q va gilzalarni solishtirib tekshirish uchun ashyoviy dalil bo ‘lgan quroldan bir necha marta o ‘q otib eksperimental o ‘q va gilza namunalarini tayyorlaydi. Shuningdek, trasologik tekshiruvi uchun ekspert ashyoviy dalil bo ‘lgan poyabzal, buzish quroli, chopish va kesish asboblaridan ularning iz hosil qiluvchi tashqi qismidan eksperimental izlar namunalarini olishi mumkin. Ekspertiza uchun olingan namunalar jinoyat prostessual qonuniga binoan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspert o ‘zi tashkil qilib olgan namunalari va eksperiment tekshiruvlarini o ‘zining xulosasini bayonot, ya’ni tadqiqot qismida to ‘la va aniq aks ettiradi. Tekshiruv uchun olingan namunalar ekspertizaning boshqa ob’ektlari qatorida tegishli usulda o ‘rab-joylab, ularning turi va soni qaror (ajrim)da ko ‘rsatiladi.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling