Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59

Esda  tuting!  Ayblanuvchilarga  beriladigan  savollar  uch  turda 

bo‘lishi  mumkin:  to‘ldiruvchi,  aniqlovchi  va  tekshiruvchi.  Ular 

quyidagi masalalarni hal qilishga imkon beradi:  

a)  jinoyat  ishiga  aloqasi  bo‘lgan  faktlar  yuzasidan  to‘la  va  har 

tomonlama  ma’lumot  olish  (ayblanuvchi  o‘zini  himoya  qilish  uchun 

qanday asoslar keltirgan va ularni to‘g‘riligini tekshirish);  

b) tergov davrida ma’lum bo‘lmagan yangi ma’lumotlar olish;  

v)  ayblanuvchi  bergan  ko‘rsatuvining  ayrim  noaniq  bo‘lgan 

joylarini yoritish;  

g)  ayblanuvchi  ko‘rsatuvini  tekshirishga  zarur  bo‘lgan  ayrim 

holatlarni aniqlash;  

d)  ayblanuvchining  bergan  ko‘rsatuvi  ishning  asosiy  holatlariga 

qarama-qarshi bo‘lsa, uni yolg‘on gapirganligini fosh etish. 


 

284 


Jinoyatda  gumon  qilingan  shaxsni  so‘roq  qilish  tartibi, 

ayblanuvchini  so‘roq  qilish  tartibi  singari  olib  boriladi.  Gumon 

qilinuvchi  shaxs  ham,  ayblanuvchi  singari  yolg‘on  ko‘rsatuv  berganligi 

uchun  yoki  ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortganligi  uchun  jinoiy 

javobgarlikka tortilmaydi. 

Gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchiga  so‘roq  vaqtida  beriladigan 

savollar  ma’lum  ketma-ketlik  tartibida  umumiy  holatdan  alohida 

masalalarga  tegishli  bo‘lgan  holatlarga  oid  bo‘lgan  ma’lumotni  olishga 

qaratilgan bo‘lishi lozim. 

Savollar  oldindan  belgilanib,  jinoyatning  ayrim  holatlarini 

yoritishga  yordam  berishi,  ularni  taxminan  bo‘lsa  ham  rejalashtirib 

qo‘yilishi,  so‘roq  jarayonida  o‘z  vaqtida  va  o‘z  joyida  ishlatilishiga 

yordam beradi. 

 

YUzlashtirib so‘roq qilish tartibi 



 

Tergov amaliyotida yuzlashtirish ilgari so‘roq qilingan ikki shaxsni 

bir-biriga  yuzlashtirib  so‘roq  qilishdir.  YUzlashtirish  ikki  guvoh,  ikki 

ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh va ayblanuvchilar bilan o‘tkaziladi. 

 

Ko‘rsatilgan holatlar yuzlashtirish bilan hal etish imkoni bo‘lmasa, 



ekspertiza, tanib olishga taqdim etish va boshqa tergov harakatlari orqali 

hal etiladi va yuzlashtirishning hojati bo‘lmaydi. Ba’zi ma’lumotlarning 

vaqti, kuni, soati kabi axborotni muassasa yoki tegishli xizmatchilardan 

bilib  olish  mumkin.  SHuning  uchun  yuzlashtirishni  zaruriyat 

tug‘ilsagina, o‘tkazish mumkin. Bu tergov harakatining yutug‘i shundan 

iboratki,  yuzlashtirishda  ishtirok  etgan  shaxslar  so‘roq  davrida  bergan 

noto‘g‘ri  ko‘rsatuvlarini  o‘zgartirib,  to‘g‘ri  so‘zlashlari  mumkin.  SHu 

E’tibor  qiling!  Savol  ikki  usulda  qo‘yilishi  mumkin:  birinchi 

usulda  tergov  uchun  muhim  bo‘lgan  holatlarni  yorituvchi  savol, 



ikkinchisi  –  xususiy  masalalarga  tegishli  bo‘lib,  ularni  so‘roq 

qilinuvchiga  taqdim  etish  vaqti-soati,  oldinma-ketinligi  tergov 

ishining borishi va holatiga qarab belgilanadi. 

E’tibor  qiling!  Yuzlashtirishning  asosiy  vazifasi  jabrlanuvchi, 

guvohlarning, 

gumon 

qilinuvchi 



va 

ayblanuvchilarning 

ko‘rsatuvlaridagi 

jiddiy 


qarama-qarshiliklarni 

va 


boshqa 

kelishmovchilik vaziyatlarni bartaraf qilishdir.  



 

285 


bilan  birga  ular  yodidan  ko‘tarilgan  ayrim  faktlarni  eslashlari,  ishga 

tegishli bo‘lgan yangi ma’lumotlarni berishlari mumkin. 

Ba’zida  yuzlashtirish  paytida  so‘roq  qilinuvchilardan  biri  ilgari 

bergan  ko‘rsatuvidan  bosh  tortib  uni  o‘zgartiradi,  yangi  voqeani, 

faktlarni  o‘ylab  chiqadi,  shu  bilan  sirini  fosh  etadi,  ya’ni  yolg‘on 

ko‘rsatuv berganligini bildirib qo‘yadi. Bunday guvoh yoki ayblanuvchi 

yuzlashtirishdan  so‘ng  qayta  takroran  so‘roq  qilinishi  maqsadga 

muvofiq. 

Savol-javob 

har 


qaysisi 

bilan 


alohida 

o‘tkaziladi. 

YUzlashtiruvchilardan biriga savol qo‘yiladi va uning javobi tinglanadi, 

so‘ng  ikkinchisiga  ham  shu  savol  berilib,  uning  javobi  olinadi. 

YUzlashtirish  bayonnomasining  chap  tomoniga  so‘roq  qilinuvchining 

biriga  qo‘yilgan  savol  va  javob  yoziladi.  O‘ng  tomonida  ikkinchisining 

savol-javobi  yoziladi.  Tergovchining  savoli  tugagach,  ular  bir-birlariga 

savol  berishlari  mumkin,  ammo  bu  hol  ularning  o‘zaro  tortishuviga, 

janjaliga  aylanmasligi  lozim.  So‘roqni  to‘g‘ri  boshqarish  uchun  savol 

berilib  unga  javob  olish,  keyin  navbatni  kimga  berish  tergovchining 

ixtiyorida  bo‘lishi,  yuzlashtiriluvchilarni  o‘z  ixtiyoriga  qo‘ymaslik 

lozim. 


YUzlashtirishni  to‘g‘ri  o‘tkazish  uchun  atroflicha  tayyorgarlik 

ko‘rish kerak. Tergovchi so‘roq qilingan shaxsni ko‘rsatuvlarini yana bir 

bor  tahlil  qilib  chiqishi  lozim.  YUzlashtirish  vaqtida  qanday  savol 

berish,  kimdan  boshlash,  qanday  dalillarni  aniqlash  va  shu  kabi 

masalalar oldindan belgilanib qo‘yilmog‘i lozim. 

YUzlashtirib  so‘roq  qilinuvchi  shaxslar  ilgari  ish  yuzasidan 

mustaqil  ravishda  alohida  so‘roq  qilinganligi  uchun,  yuzlashtirish 

jarayoni bevosita savol-javobdan boshlanadi. 

YUzlashtiriluvchi 

shaxslarni 

ko‘rsatuvlarida  turli  qarama-

qarshiliklar  bo‘ladi.  Xususan,  ma’lum  faktni  biri  tasdiqlaydi,  ikkinchi 

esa, inkor qiladi. Savol javobni ana shu tasdiqlovchi shaxsdan boshlash 

maqsadga  muvofiqdir.  YOki  ish  bo‘yicha  guvoh,  jabrlanuvchi, 

ayblanuvchi boshqa so‘roq qilingan shaxs bilan yuzlashtirish o‘tkazishni 

Esda  tuting!  Yuzlashtirish  tartibi  quyidagicha:  yuzlashtirib 

so‘roq  qilinuvchilar  guvohlar  bo‘lsa,  ular  yolg‘on  javob  berish  va 

javob  berishdan  bosh  tortishi  uchun  jinoiy  javobgarlik  haqida 

ogohlantiriladilar  va  bu  haqda  bayonnomaga  imzo  chekadilar. 

Shundan  so‘ng  bir-birlarini  tanishi,  qanday  munosabatda  ekanligi 

haqidagi javoblari bayonnomaga yoziladi. 



 

286 


talab  qiladi.  Birinchi  savolni  o‘sha  talab  qilgan  shaxsdan  boshlash 

to‘g‘riroq bo‘ladi. 

Ba’zi  ayblanuvchilar  guvohlarning  ko‘rsatuvidagi  ayrim  faktlarni 

inkor  qilib,  uni  yolg‘on  gapirganligini  aytadilar.  YUzlashtirish  paytida 

bunday  ayblanuvchilar  ikkinchi  navbatda  so‘roq  qilinishi  ma’qul. 

Bundan 


tashqari, 

har 


bir 

yuzlashtirishda 

tergovchi 

qaysi 


qatnashuvchining ko‘rsatuviga ko‘proq ishonch hosil qilsa shu shaxsdan 

birinchi navbatda savol javobni boshlaydi, so‘ngra ikkinchisiga o‘tadi. 

YUzlashtirilayotgan 

shaxslarga, 

so‘roq  qilinganda  olingan 

ko‘rsatuvlarini  bir-birlariga  bildirish  yoki  tanishtirish  mutloqo  mumkin 

emas, aks holda ular ilgari bergan ko‘rsatuvlarni ma’qullab, bir-birlarini 

javobini  tasdiqlash  bilan  kifoyalanib qoladilar.  Bu  hol esa  yuzlashtirish 

natijasini  va  ahamiyatini  pasaytiradi.  YUzlashtiriluvchi  shaxslar 

bayonnomasining  har  biriga  ajratilgan  qismlariga  savol  va  javoblari 

yoziladi va ana shu joylariga har ikkalasi tomonidan imzolanadi. 

 

Voyaga etmagan shaxslarni so‘roq qilish 

 

Voyaga  etmagan  shaxslarni  qaysi  yoshdan  boshlab  guvoh  sifatida 

so‘roq  qilish  mumkinligi  qonunda  ko‘rsatilmagan.  Tergov  amaliyotida 

kichik,  bog‘cha  yoshidagi bolalarni  guvoh  sifatida  so‘roq  qilish,  yaxshi 

natijalar bergani uchrab turadi. 

Voyaga etmaganning ko‘rsatuv bera olish qobiliyati uning umumiy 

va  ruhiy  tayyorgarligiga  bog‘liqdir.  Ko‘rsatuvning  tashkil  topishi  uni 

so‘roq  vaqtida  qanday  qayta  tiklab  berishi  bolalarning  turli  yoshlarida 

turlicha amalga oshadi, shuning uchun voyaga etmagan guvohlarni ruhiy 

holatini nazarda tutib so‘roq qilish lozim.  

Voyaga  etmagan  guvohni  so‘roq  qilishga  tayyorgarlik  ko‘rishda 

tergovchi  uning  yoshi,  umumiy  rivojlanishi,  bilimi,  qobiliyat  darajasi, 

xarakteri  va  xulq-atvori  haqida  etarli  ma’lumot  to‘plashi  zarur.  Bu 

ma’lumotlarni  tergovchi  maktabdan,  o‘qituvchilardan  yoki  bolaning 

Voyaga  yetmaganlarni  shartli  ravishda  uch  guruhga  bo‘lish 

mumkin:  

1) maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar; 

2) boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchi bolalar;  

3)  o‘rta  va  yuqori  sinf  o‘quvchilari,  o‘spirinlar.  Uchinchi 

guruhdagi  o‘spirin  yoshlarni  so‘roq  qilish  tartibi  voyaga  yetgan 

guvohlarni so‘roq qilishdan deyarli farq qilmaydi. 


 

287 


yaqin  odamlaridan  olishi  mumkin.  YOsh  bolalar  ba’zan  jinoyatchilarni 

ulardan  qasd  olishidan  qo‘rqib,  bilgan  narsalarni  aytib  berishdan  bosh 

tortadilar. 

Tergovchining  vazifasi  voyaga  etmagan  guvohlarni 

xavfsizligini  ta’minlash  jinoyat  ishilardan 

manfaatdor  bo‘lgan 

shaxslarning ta’siridan qutqarish va guvohga hech qanday zarar va xavf 

yo‘qligini tushuntirishdan iboratdir. 

YOsh  bolalarni  ularga  qulay  bo‘lgan  sharoitda  va  o‘ziga  tanish 

bo‘lgan  joyda  so‘roq  qilish  ma’qulroqdir.  Qonunga  binoan  voyaga 

etmagan guvohlarni so‘roq qilishda ularning yaqin odamlari, ota-onalari, 

aka  yoki  opalari,  o‘qituvchilari  ishtirokida  bo‘lishi  kerak.  Bu  shaxslar 

ish oqibatidan manfaatdor bo‘lmasliklari lozim. 

Ba’zi vaqt kichik yoshdagi guvohlar yaqinlaridan, ishtirok etuvchi 

o‘qituvchi  yoki  sinf  rahbarlaridan  uyalib  ochiq  ko‘rsatuv  bera 

olmaydilar. Bu holda pedagogni boshqa maktabdan chaqirish mumkin. 

YOsh  bolalarni  so‘roq  qilishda  ularga  qiziqarli  bo‘lgan  suhbatdan 

boshlab  ishonchini  qozonish  kerak,  shunday  keyin  ish  yuzasidan  savol 

berishga  o‘tish  mumkin.  So‘roq  vaqtida  charchatib  qo‘ymaslik  uchun 

ularga tanaffus qilib dam berish lozim. 

16  yoshdan  yuqori  bo‘lgan  guvohlar,  jabrlanuvchilar  ko‘rsatuv 

berishdan  bosh  tortish  yoki  qasddan  yolg‘on  ko‘rsatuv  berish  uchun 

jinoiy  javobgarlik  haqida  ogohlantiriladilar,  16  yoshdan  kichik  bo‘lgan 

jabrlanuvchi va guvohlarga esa, ularning to‘g‘ri ko‘rsatuvlari qanchalik 

ahamiyatga  ega  ekanligini  va  jinoyat  ishi  uchun  zarurligini  tushuntirish 

lozim. 


Voyaga  etmaganlarni  so‘roq  qilishda  yosh  bolalar  va  o‘smirlar 

psixologiyasi o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olish zarur. 

SHu  sababli  ham  voyaga  etmaganlarni  so‘roq  qilish  uning  ob’ektiv 

bo‘lishini  ta’minlaydigan,  maxsus  qo‘shimcha  protsessual  kafolatlarga 

egadir.  So‘roq  qilish  jarayoni  esa  shu  tufayli  kriminalistika  fani  ishlab 

chiqqan alohida taktik usullardan keng foydalanishni ko‘zda tutadi. 

11  yoshdan  15  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  jinoyatda  qatnashgan 

kattalar  bilan  muloqotda  bo‘lgani  bois,  ularda  burch  va  majburiyat 

tushunchasi  shakllanadi  va  kattalarga  taqlid  qila  boshlaydilar.  Lekin, 

ular  o‘z  xususiyatiga  ko‘ra,  katta  yoshdagilarning  hamma  xatti-

harakatlarini  to‘g‘ri  qabul  qila  olmaydilar.  Mana  shunday  sharoitda 

bolalar  ba’zan  o‘rtoqlik  va  do‘stlikni  noto‘g‘ri  tushunib,  ular  uchun 

jinoiy yo‘lga kirishdan yoki boshqaning jinoyatini o‘z bo‘yniga olishdan 

ham toymaydilar. 



 

288 


Voyaga  etmagan  shaxslarni  so‘roq  qilishning  o‘ziga  xos  uslublari 

bo‘lganligi  tufayli  tayyorgarlik  ko‘rish  ham  alohida  bo‘lmog‘i  lozim. 

So‘roqni  qaerda,  qachon,  kimlar  ishtirokida  o‘tkazish,  qanday  tartibda 

olib  borish,  qanday  savollar  qo‘yish  kabi  masalalarni  oldindan  belgilab 

olish tergov harakatini muvaffaqiyatli o‘tkazishiga yordam beradi. YOsh 

bolalarni  so‘roq  qilishda  protsessual  qonun  normalariga  zid  bo‘lmagan 

umumiy  protsessual  tartibni  o‘zgartirib,  boshqacha  taktik  uslublarni 

qo‘llash  mumkin.  Kichik  yoshdagi  so‘roq  qilinuvchilarning  shaxsini 

aniqlagandan  so‘ng,  bevosita  savol  javobga  o‘tish  mumkin,  “erkin 

so‘zlab  berish”  bosqichini  savol  qo‘yish  yo‘li  bilan  almashtirish 

mumkin. Savollar aniq va tushunarli shaklda tuzilmog‘i lozim. 

Voyaga etmagan shaxslarni so‘roq qilish jarayonida tergovchi ular 

bilan  ruhiy  kontakt  o‘rnatishi,  ulardan  haqqoniy  va  to‘la  ma’lumot 

olishi, so‘roq ularning taqdirini to‘g‘ri hal qilishga  ham  qaratilganligini 

tushuntirishi lozim. So‘roq qilinuvchiga muloyim, xayrixoh va maqsadli 

tarzda  muomala qilinmasa, uning ongiga, qalbiga yo‘l topish murakkab 

bo‘ladi va to‘g‘ri ko‘rsatuv olish qiyin kechadi. 

So‘roq  shaxsning  yoshi,  umumiy  saviyasi  va  psixologik 

xususiyatiga  mos  ravishda  suhbat  tariqasida  o‘tkazilishi  ham  mumkin. 

Voyaga  etmagan  shaxsning  jinoyat  ishida  ishtirokchi  bo‘lishi  katta 

yoshdagi  ayblanuvchilar  tomonidan  uning  hayotiga  xavf  tug‘dirishi 

mumkin.  Tergovchi  bunday  holatda  tegishli  chora  ko‘rib  bolaga  uning 

xavfsizligini  ta’minlashini  aytadi.  SHundagina  voyaga  etmagan  gumon 

qilinuvchi  va  ayblanuvchilar  so‘roqda  to‘g‘ri  va  ob’ektiv  ma’lumot 

berishga moyil bo‘ladilar. 

 

So‘roq natijalarini protsessual rasmiylashtirish 

 

Jinoyat  ishini  tekshirish  jarayonida  to‘plangan  ma’lumotlar, 

ashyoviy 

dalillar 

o‘tkazilgan  tergov  harakatlarining  natijalari 

O‘zbekiston  Respublikasi  protsessual  qonuni  asosida rasmiylashtirilishi 

lozim. 

So‘roq bayonnomasi umumiy tergov harakatlarining bayonnomasi 



kabi  kirish,  asosiy  va  yakunlovchi  qismlardan  iboratdir.  So‘roq 

o‘tkazilgan joyi, vaqti, qanday ish yuzasidan kimni so‘roq qilganligi va 

boshqa ma’lumotlar bayonnomaning kirish qismida aks ettiriladi. 

So‘roq  qilinuvchi  shaxslardan  olingan  ma’lumot  bayonnomaga 

birinchi shaxs nomidan yozilishi va imkoni boricha so‘zma-so‘z savodli, 

tushunarli va o‘chiruvlarsiz bo‘lishi, savollar va ularga olingan javoblar 



 

289 


qanday  shaklda  bo‘lsa  shundayligicha  aks  ettirilishi  lozim.  So‘roq 

bayonnomasi  tushunarli  va  ko‘rsatuv  beruvchining  tiliga  yaqinroq 

bo‘lishi  zarur.  Bayonnomada  guvohga  yoki  ayblanuvchiga  no’malum 

bo‘lgan atama va jumlalar ishlatilmasligi lozim. 

Voyaga  etmagan  shaxslarning  ko‘rsatuvlarini  rasmiylashtirishda 

ularning  yoshi  va  maktab  tarbiyasiga  tegishli  ma’lumotlarini  ham 

keltirib  o‘tish  lozim.  Bayonnomaning  ikkinchi  qismi  so‘roq  qilinuvchi 

bilan  suhbatlashib  bo‘lgandan  keyin,  jinoyat  ishiga  aloqador  faktlarni 

ma’lum tizimda galma-galiga yozib borish lozim. 

Agar, so‘roq vaqtida ko‘rsatuv beruvchiga biror dalil, daliliy ashyo 

ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  bu  hol  va  unga  olingan  tushuncha  bayonnomada 

ko‘rsatilishi lozim. 

Qonun  so‘roq  qilinuvchilarga  ko‘rsatuvlarni  o‘z  qo‘llari  bilan 

yozib  berish  huquqini  beradi.  Buning  yaxshi  tomoni  shundan  iboratki, 

ko‘rsatuv  beruvchi  voqea-hodisalarni,  ayrim  ma’lumotlarni  aniqroq 

yozib  berish  imkoniyati  yaratiladi.  SHuningdek,  so‘roq  qilingan  shaxs 

ko‘rsatuv  bergandan  so‘ng  o‘z  qo‘li  bilan  yozgan  faktlardan  bosh 

tortishi yoki ularni o‘zgartirishi qiyinroqdir. 

Guvoh  yoki  ayblanuvchi  ko‘rsatuvlarini  o‘z  qo‘li  bilan  yozib 

berishga  rozilik  bersa,  avval  ko‘rsatuvini  tinglab,  keyin  to‘ldiriladigan 

va mavhum joylarini savol berish orqali aniqlab, so‘ngra yozib berishga 

sharoit  tug‘diriladi.  Ko‘rsatuv  yozib  bo‘lgandan  keyin  bayonnomani 

ko‘rsatuv  beruvchi  o‘qib  chiqishi  va  har  bir  sahifasini  alohida  imzosi 

bilan tasdiqlashi darkor. 

So‘roqda  qatnashgan  protsessual  shaxslar:  prokuror,  mutaxassis, 

tarjimon  va  boshqalar  kirish  qismida  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  ular  ham 

bayonnomaga  imzo  chekadilar.  Bayonnoma  so‘roq  qilingan  shaxsga 

o‘qib beriladi yoki o‘zi tanishib chiqishiga imkon yaratiladi. 

Qo‘shimcha 

holatlar, 

tuzatishlar 

hosil 


bo‘lib 

qolsa, 


bayonnomaning  oxirgi  qismiga  kiritilib,  so‘roq  ishtirokchilarining 

imzolari bilan tasdiqlanadi. 

So‘roq  natijalarini  rasmiylashtirishda  fonogrammalar  so‘roq 

bayonnomasini  to‘ldiruvchi  vosita  bo‘lib  hisoblanadi.  Magnit  tasmasini 

dalil 

manbai 


sifatida 

ishlatish 

uchun, 

bayonnoma 



tuzib 

rasmiylashtiriladi.  Tasmada  qaerda,  kim  tomonidan,  qay  vaqt,  qanday 

ish bo‘yicha va kim so‘roq qilinganligi ko‘rsatiladi. 

So‘roq  natijalarini  rasmiylashtirishda  ovoz  va  tasvir  yozish 

uslubini  qo‘llash  so‘roq  bayonnomasini  to‘ldiruvchi  vosita  bo‘lib 

hisoblanadi. 



 

290 


Protsess 

ishtirokchilari 

ish 

materiallari 



bilan 

tanishib 

chiqqanlaridan so‘ng fonogramma muhrlanib, ishda saqlanadi. 

Ovoz yozish magnitofoni qo‘llanilganda avval fonogrammani qayd 

qilib,  so‘ngra  bayonnomaga  yozib  qo‘yish  kerak.  CHunki  bir  vaqtning 

o‘zida  plyonkaga  ham,  bayonnomaga  ham  yozish  ancha  qiyinchiliklar 

tug‘diradi.  Bundan  tashqari,  ko‘rsatuvlarni  o‘qib  keyin  fonogrammani 

eshitib  bo‘lgach  tergovchi  albatta  ularning  mazmunini  yaxshi  eslab 

qoladi va ularning biri ikkinchisini to‘ldirganligiga ishonch hosil qiladi. 

Ovoz  yozish  bilan  bir  qatorda  tasvir  yozish  vositasi  ko‘rsatuv 

mazmunini bir muncha kengaytiradi va qulaylik tug‘diradi.  

Qonunga 


asosan 

qo‘llanilgan 

apparatlarni 

va 


video-

fonogrammalarni 

protsessual 

mustahkamlash 

maqsadida 

ularni 


bayonnoma  qanday  magnitofon,  qanday  tasvir  yozish  kamerasida 

yozilgan,  qachon  va  qaerda  qo‘llanilgan,  kimning  ovozi  yozib 

olinganligi  haqida  qayd  qilinmog‘i  lozim.  Bayonnoma  tergovchi  va 

so‘roq qilingan shaxs tomonidan imzolanishi lozim. 

 

Nazorat savollari: 

 

E’tibor  qiling!  So‘roq  jarayonida  ovoz  yozib  olishni  quyidagi 

tartibda olib borish maqsadga muvofiq: 

1. Tergovchi ovoz yozib olinishi to‘g‘risida so‘roq qilinuvchilarga 

so‘roqni boshlashdan oldin ma’lum qiladi va uni bayonnomada qayd 

qiladi.  Ovozning  yozib  olinishiga  so‘roq  qilinuvchining  roziligi  talab 

qilinmaydi.  Tergovchi  so‘roq  qilinuvchiga  ovoz  yozishning  nima 

uchun  kerakligi,  uning  ahamiyati  va  tartibi  to‘g‘risida  batafsil 

tushuntirib bermog‘i lozim. 

2.  Fonogrammada  so‘roq  qilish  muddati  va  joyi  ko‘rsatiladi, 

shuningdek,  so‘roq  boshlangan  va  tamom  bo‘lgan  vaqt,  so‘roq 

ishtirokchilarining ismi, otasining ismi va familiyasi yoziladi. 

3.  Fonogramma  so‘roqning  ayrim  qismlarini  emas,  balki  butun 

protsessini aks ettirishi kerak. 

4. So‘roq tugagach, ovoz yozish tasmasi boshdan qayta qo‘yiladi. 

So‘roq  qilinuvchi  eshitib  bo‘lgach,  haqiqatdan  ham  to‘g‘ri  ekanligi 

haqidagi bayonotiga qo‘l qo‘yadi.  

5.  Agarda  fonogrammada  tergov  harakati  jarayonida  to‘g‘ri 

ko‘rsatuvlar  olish  maqsadida  boshqa  taktik  usullardan  foydalanilgan 

bo‘lsa, tergovchi bu haqda tegishli hujjatda qayd qilib qo‘yadi. 



 

291 


1.  So‘roq  o‘tkazishning  psixologik  asoslarini  tushuntirib  bering. 

Jabrlanuvchi,  guvohlarni,  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchilarni  so‘roq 

qilish taktikasi bir-biridan qanday farqlanadi?  

2.  So‘roq  qilish  qanday  bosqichlardan  iborat?  So‘roq  natijalarini 

protsessual rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering. 

 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

O‘g‘irlik  jinoyati  yuzasidan  hodisa  joyi  ko‘zdan  kechirilganda 

xonadondan  barmoq  izlari  topilgan.  Daktiloskopik  ekspertiza  ushbu 

barmoq izlari gumonlanuvchi SH.ga tegishli ekanligini aniqladi. So‘roq 

jarayonida  A.  o‘zini  jinoyat  sodir  bo‘lgan  joyda  bo‘lmaganligini  bayon 

qildi.  Tergovchi  dalil  sifatida  daktiloskopik  ekspertiza  xulosasini 

ko‘rsatishga qaror qildi. 

  Ushbu  holatda  qanday    so‘roq  qilish  taktikasini  qo‘llash  lozim. 

So‘roq  qilinuvchiga  mavjud  dalillarni  ko‘rsatish  tartibi  va  chegarasini 

aniqlang. So‘roqni o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibini bayon qiling. 

 

2-kazus 

          Olmazor  tuman    Ziyolilar  ko‘chasida  Yo‘l    harakati    hodisasi  

sodir  bo‘ldi.  Yo‘l  harakati  hodisa  yuzasidan  tergov  harakatlari  olib  

borilishi    natijasida    guvoh  Rashidov  S    va    guvoh  Olimov  N.ning  

ko‘rsatuvlari    bir  biriga    zid    ekanligi  aniqlandi    va    hodisa  yuz  

berganligi  yuzasidan  noaniqliklar  vutsjudga  keldi.  

       Ushbu  holatda  yo‘l  harakati  hodisasi  haqiqatda  qanday  sodir  

bo‘lganligi  va  guvohlarning    qaysi    birining    ko‘rsatuvi    to‘g‘riligi  

yuzasidan  qanday  so‘roq  qilishning  qanday  usullaridan  foydalanish  

lozim?    Mazkur    holat    yuzasidan    yuzlashtirish    tergov    harakatlari  

qanday  tartibda  o‘tkaziladi? 

 


 

292 


19-MAVZU. TANIB OLISH UCHUN KO‘RSATISH 

TAKTIKASI 

 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tushunchasi  va  uning  ob’ektlari. 



Tanib  olish  uchun  ko‘rsatishga  tayyorgarlik  ko‘rish.  Tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish tartibi, taktik usullari va rasmiylashtirish tartibi.  



 

Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlari 

 

SHunday  qilib,  narsa  yoki  shaxsni  tanib  olishning  mohiyati  uni 

tanib  oluvchining  xotirasida  saqlanib  qolgan  xayoliy  obrazga  ko‘ra 

identifikatsiya  qilishdan  iborat.  SHu  sababli  unga  identifikatsiya 

nazariyasining  solishtirishni  to‘g‘ri  tashkil  etish,  o‘tkazish  va  olingan 

natijaning  ishonchliligini  baholashga  yordam  beradigan  umumiy 

qoidalari tatbiq etiladi.  

Ko‘rib chiqilayotgan tergov harakati ancha keng tarqalgan, ammo u 

ko‘pincha  shaxsning  hayoti,  sog‘lig‘i,  ozodligi,  sha’ni  va  qadr-

qimmatiga  qarshi,  shuningdek  mulkka  va  jamoat  xavfsizligiga  qarshi 

jinoyatlarni  tergov  qilish  jarayonida  o‘tkaziladi.  Tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish  ob’ektlari  odamlar,  turli  narsalar,  murdalar  va  ularning 

qismlari, uy havonlari bo‘lishi mumkin. Bevosita tanib olish va bilvosita 

(fotosurat,  videokadr,  fonogramma,  gologramma  va  hokazolarga  ko‘ra) 

tanib olish farqlanadi.  

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  boshqa  tergov  harakatlaridan  sezilarli 

darajada  farq  qiladi.  Uni  yuzlashtirish,  guvohlantirish va  boshqa  tergov 

harakatlari  bilan  almashtirish  mumkin  emas.  Jabrlanuvchi  yoki  guvoh-

shohid  tomonidan,  masalan,  gumon  qilinuvchining  tanib  olingani  uni 

ushlashni  amalga  oshirgan  ichki  ishlar  organlari  xodimlarining 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling