Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


A. Voqea, hodisa va predmetlarni idrok qilish


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59

A. Voqea, hodisa va predmetlarni idrok qilish.  

Ko‘rsatuv  so‘roq  qilinuvchining  bergan  dalillarini  idrok  qilishdan 

boshlansa, kriminalistikada esa so‘roq qilinuvchi o‘zi idrok qilgan voqea 

va  hodisa  jinoiy  huquqiy  xususiyatga  ega  ekanligini  tushunib  etgandan 

so‘ng  boshlanadi.  Psixologik  ko‘rsatuv  tashkil  topish  vaqtiga  ko‘ra, 

tergovdagi  ko‘rsatuvdan  oldin  yuzaga  keladi,  ya’ni  guvoh  dastlab 

voqeani  idrok  qiladi,  so‘ngra  esa  uning  navbatdagi  tergov  uchun 

ahamiyatli ekanligini tushunib etadi. 

Tashqi  olamni  idrok  qilishning  oddiy  shakli  his  etishdan 

boshlanadi.  His  etish  bu  real  olamdagi  predmet  va  hodisalarning  sezgi 

organlariga  bevosita  ta’siri  natijasida  yuzaga  kelgan  ayrim  sifat  va 

xususiyatlarning  oddiy  ifodasidir.  His  etish  ob’ektiv  borliqning  sezgi 

organlarimizga  ta’sirining  natijasi  bo‘lib,  u  boshlang‘ich  psixologik 

bilish protsessi hisoblanadi. 

Tashqi  moddiy  olam  predmetlarini  his  etish,  ko‘rish,  eshitish,  teri 

orqali sezish, ushlab ko‘rish sezgi organlarimizga ta’sir etish yordamida 

yuz  beradi.  His  etish  orqali  biz  predmetlarning  rangi,  hidi,  ta’mi, 

silliqligi, dag‘alligi va shu kabi xususiyatlarni bilib olamiz. 



 

265 


So‘roq  qilinuvchilarning  ko‘rsatuvidagi  ma’lumotlar  ularning 

ongida  qayta  tiklanganligi  sababli  ularning  hajmi  va  sifati  ob’ektiv  va 

sub’ektiv  omillar  bilan  belgilanadi.  Predmet  va  hodisalarni  etarlicha 

to‘la  va  aniq  idrok  qilishga  zehnning  normal  sharoiti  etarlicha  qulay 

bo‘lmasligi kabi ob’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. 


 

266 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

B. Idrok qilingan predmet, voqea va hodisalarni xotirada eslab 

qolish.  Har  qanday  ko‘rsatuv  ham  odatda  keyin  yuzaga  keladi.  Idrok 

qilingan  voqea  hodisani  so‘roq  vaqtida  xotirada  tiklashgacha  ba’zan 

ma’lum  vaqt  o‘tadi.  Idrok  qilingan  ma’lumotni  lozim  paytda  xotirada 

tiklash  uchun  uni  yodda  saqlab  qolish  zarur.  Kishi  idrok  qilgan  barcha 

ma’lumotlar o‘zaro aloqada bo‘lib, vaqtincha miyada saqlanadi. Xotira-

bu  ma’lumotlarni  keyingi  davrda  uzatish,  oldin  nima  idrok  qilingan 

bo‘lsa,  o‘shani  xotirada  mustahkamlash,  saqlab  qolish  va  uni  tiklash 

orqali  ifodalanadigan  aqliy  faoliyatdir.  Xotirada  saqlab  qolishning 

to‘laligi,  xotira  tipiga,  uning  mashqlantirilganligiga,  saqlab  qolish 

usullari  va  hodisa  yuz  bergandan  to  uni  tiklashgacha  o‘tgan  vaqtga 

bog‘liqdir. 

Xotira  o‘z  navbatida  aniq  tasvirli,  og‘zaki,  mantiqiy  tuyg‘u, 

hayajonli, harakatdagi xotiraga bo‘linadi. Harakatdagi xotira yordamida 

jismoniy  harakat  holatlari  bilan  bog‘liq  barcha  o‘zgarishlar,  xotirada 

hayajonli  ko‘rgazmali  tasavvurlar,  predmetlarning  tashqi  obrazlari; 

og‘zaki aytilgan yoki o‘qib berilgan nutq yaxshi saqlanib qoladi. 



V. Idrok qilingan ma’lumotlarni ko‘rsatmada qayta tiklash. 

Idrok qilishga ta’sir etuvchi omillar 

ob’ektiv omillar 

sub’ektiv omillar 

kuzatilayotgan voqeaning qisqa muddatliligi, 

qisqa  vaqt  ichida  sezgi  organlari  barcha 

hodisani tasavvur qila olmaydi 

kuzatishdagi noqulay ob-havo sharoiti 

kuzatish 

vaqtidagi 

yorug‘likni  yetarli 

bo‘lmasligi 

idrok qilishning bir xil vaziyatdaligi 

kuzatilayotgan 

voqea 


va 

ob’ektlar 

harakatining davomiyligi 

kuzatiluvchi  yoki  ta’sir  etuvchi  omilning 

juda ko‘pligi yoki kamligi 

kuzatilayotgan  hodisa  vaqtida  shovqinning 

kuchliligi 

professional malaka 

sezgi  organlarining  normal  holati,  charchoq 

va hayajonning yo‘qligi 

horg‘inlik  yoki  mastlik,  kuzatilgan  voqea  va 

hodisalarni bilmaslik, tushunmaslik 

qabul qilishning tanlanishi 

sezgi organlarining xususiyatlari 

kuchli hayajonlanish, g‘amginlik 

ruhiy ezilganlik holati 

kuzatilayotgan hodisaning murakkabligi 

hodisaga e’tiborsizlik, voqeaga loqaydlik 

bilan qarash 


 

267 


Ko‘rgan  voqea  hodisalarni  eslab  qolish  ularni  qayta  tiklash  bilan 

chambarchas  bog‘liqdir.  Qayta  tiklash  -  bu  inson  xotirasida  nima 

saqlangan  bo‘lsa,  o‘shani  og‘zaki  yoki  yozma  bayon  qilishdir. 

Ma’lumotlarning  sofligi  faqat  qabul  qilish  va  eslab  qolishning 

sifatigagina  emas,  balki  shu  bilan  birga  so‘roq  qilinuvchining  ruhiy 

holati,  ma’lumoti,  farosati,  xarakteri,  tasavvur  etish  qobiliyati, 

ta’sirlanish darajasi, shart-sharoitlariga va tergov taktikasiga bog‘liqdir. 

 

Idrok  qilishdan  so‘ng  ko‘p  o‘tmay  bevosita  qayta  tiklash  odatda 



keyinga  qoldirilgan  tiklashga  nisbatan  ancha  to‘liq  va  aniq  bo‘ladi. 

SHuning  uchun  u  yoki  bu  voqeaga  nisbatan  so‘roqni  keyinga  qoldirish 

maqsadga muvofiq emas.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

E’tibor qiling! So‘roq qilish taktikasi uchun oldin idrok qilingan 

ma’lumotlarni  qayta  tiklashning  psixologik  qonuniyatlari  katta  rol 

o‘ynadi.  Qayta  tiklash  bevosita  va  bavosita,  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz 

bo‘lishi  mumkin.  U  ikki  xil  shaklda  amalga  oshadi:  birinchisi  bilib 

olish, ya’ni ob’ektni qaytadan ko‘rish orqali tiklash, ikkinchisi eslash 

orqali, ya’ni ob’ektni xotirada qayta tiklash. 



Qayta tiklash bosqichida ko‘rsatuvning tashkil topishiga  

ta’sir qiluvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar

 

qayta  tiklash  jarayonida  so‘roq  qilinuvchining  emotsional  holati 

(hayajonlangan yoki xotirjam, xafa yoki xursandligi kabilar) 

gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchilarda  tez-tez  uchrab  turadigan  “o‘z 

fikrini himoya qilish”ga urinish harakati 

kishilarning  ta’sirlanishga  moyilligi  (masalan,  irodasiz  kishilarda, 

bolalarda ta’sirlanish kuchli bo‘ladi) 

so‘roq qilinuvchining mijozi va tabiati, xayolparastlikka moyilligi 

so‘roq qilinuvchining o‘z fikrini tuzish qobiliyati 


 

268 


Tergovchi ko‘rsatuvni qabul qilishda ayrim xatolikka yo‘l qo‘yishi 

mumkin.  Bu  xato  so‘roq  qiluvchining  tegishlicha  professional 

tayyorgarlik  ko‘rmagani  natijasidadir.  SHunday  qilib,  ko‘rsatuvning 

sifati  so‘roq  predmetiga,  qabul  qilishning  tashqi  sharoitiga,  xotirada 

saqlab  qolishga,  qayta  tiklashga  hamda  so‘roq  qilinuvchi  va  so‘roq 

qiluvchining shaxsiy sub’ektiv sifatlariga bog‘liqdir. 

 

 

So‘roq qilish bosqichlari 

 

So‘roq  qilishning  umumiy  qoidalari  O‘zR  JPKning  10-bobida 

belgilangan.  So‘roq  qilish  o‘z  ichiga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  so‘roqni 

E’tibor qiling! Ayblanuvchini so‘roq qilish jarayonida dalillarni 

keltirishning  quyidagi  asosiy  taktik  qoidalariga  rioya  etish 

muhimdir:  1)  ulardan  tejamli,  oqilona  foydalanish  zarur,  ularni 

keltirishga  shoshilmaslik,  erkin  so‘zlash  bosqichi  imkoniyatlaridan 

to‘liq  foydalanish,  so‘roq  qilinuvchining  o‘zi  muayyan  axborotni 

berishi  uchun  imkoniyat  yaratish  lozim;  2)  tergovchi  savollarni 

qo‘yish  yo‘li  bilan  aniqlanayotgan  holatlardan  xabardor  ekanligini 

bildirishi,  so‘ng  esa  tegishli  dalillardan  foydalanishi  lozim;  3) 

so‘roqda  qo‘qqisdan  ish  ko‘rish  omilidan  foydalanilgan  hollardan 

tashqari,  dalillar  faqat  ayblanuvchi  ular  bilan  bog‘liq  barcha  holatlar 

haqida so‘roq qilinganidan keyin ko‘rsatilishi lozim, shunda u mazkur 

dalillarni  rad  eta  olmaydi;  4)  tergovchi  qo‘lga  kiritilgan  dalillarning 

har  biriga  oldindan  baho  berishi,  ularning  o‘rtasidagi  mantiqiy 

aloqalarni  aniqlashi,  ulardan  so‘roqda  foydalanilgan  holda 

ayblanuvchi qanday vajlar keltirishi mumkinligini prognozlashtirishga 

urinishi  lozim;  5)  dalillarni  ko‘rsatayotganda  ularning  so‘roq 

qilinuvchi uchun kutilmagan bir hol bo‘ladigan, ularni yolg‘on talqin 

qilishni  qiyinlashtiradigan  birikmasini  nazarda  tutish  kerak;  6)  ayrim 

dalillarning  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatish  imkoniyatlarini  hisobga  olish 

muhimdir; 7) agar birinchi urinish kutilgan natijani bermagan bo‘lsa, 

yana bir marta urinib ko‘rish uchun tergovchining ixtiyorida muayyan 

muqaddam oshkor etilmagan dalillar saqlanishi lozim; 8) so‘roq qilish 

jarayonida  ayblanuvchini  haqqoniy  ko‘rsatuvlar  berishga  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  chaqirish  yaramaydi,  uni  qilmish  to‘g‘risida  haqqoniy 

ko‘rsatuvlar  berish  zarur,  degan  fikrga  asta-sekin  yaqinlashtirish 

uchun turli taktik usullarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 



 

269 


o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish kabi bosqichlarni qamrab 

oladi.  


So‘roq  qilishga  tayyorgarlik  ko‘rish  so‘roq  qilinuvchidan  to‘liq 

va ishonchli ko‘rsatuvlar olishning zaruriy sharti hisoblanadi.  

So‘roq  qilishga  tayyorgarlik  ko‘rish  jarayonida  tergovchi 

beriladigan  savollarning  ta’riflarini,  shuningdek  ularni  berish  oldinma-

ketinligini  ishlab  chiqishi  lozim.  U  muayyan  dalilni,  masalan,  so‘roq 

qilinuvchi  yolg‘on  gapirayotganini  fosh  qiladigan  dalilni  ko‘rsatishga 

uning  reaksiyasini  mumkin  qadar  aniq  prognozlashtirishi,  ko‘rsatilgan 

dalillarni  himoya  qilish  uchun  o‘zining  rad  etib  bo‘lmas  vajlarini 

nazarda tutishi zarur. 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Agar  ish  bo‘yicha  bir  necha  shaxsni  so‘roq  qilish  kerak  bo‘lsa, 

ularni  qaysi  oldinma-ketinlikda  so‘roq  qilishni  belgilash  muhimdir. 

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  eng  muhim  ma’lumotlarni  biladigan  yoki  turli 

sabablarga  ko‘ra  (betobligi,  keksa  yoshda  ekanligi)  voqeaning  ayrim 

holatlarini  unutib  qo‘yishi  mumkin  bo‘lgan  shaxslar  birinchi  bo‘lib 

so‘roq qilinadi. Ayblanuvchiga biron-bir jihatdan qaram holatda bo‘lgan 

So‘roq qilishga tayyorgarlik ko‘rishga oid harakatlar 

tergov qilinayotgan jinoyat ishi materiallarini sinchiklab o‘rganish 

so‘roq predmetini, ya’ni qaysi holatlar to‘g‘risida ko‘rsatuvlar olish zarurligini 

belgilash 

so‘roq  qilinuvchining  psixologik  xususiyatlarini,  uning  fe’l-atvori,  ma’naviy-ruhiy 

mo‘ljallarini,  tergov  qilinayotgan  ishga  bo‘lgan  munosabatini,  protsess  asosiy 

ishtirokchilari, eng avvalo ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) va jabrlanuvchi bilan uning 

o‘zaro munosabatlarini o‘rganish 

ish bo‘yicha to‘plangan dalillarni o‘rganish, ularga baho berish, ularni so‘roq qilish 

jarayonida foydalanish uchun tayyorlash 

ish bo‘yicha to‘plangan dalillarni o‘rganish, ularga baho berish, ularni so‘roq qilish 

jarayonida foydalanish uchun tayyorlash 

so‘roqda qonunda nazarda tutilgan shaxslar (himoyachi, pedagog, tarjimon, mutaxassis 

va b.q.) ishtirok etishini ta’minlash 

nutqli axborotni qayd etish texnik-kriminalistik vositalarining tayyorligini tekshirish 


 

270 


shaxslarni  ayblanuvchi  ularga  ta’sir  ko‘rsatishga  ulgurmasligi  uchun 

boshqalardan  oldin  so‘roq  qilish  tavsiya  etiladi.  Gumon  qilinuvchiga 

tergovchi  u  bilan  qiziqayotgani  haqida  xabar  qilishi  mumkin  bo‘lgan 

shaxslarni so‘roq qilishga shoshilmaslik kerak. 

Bir  nechta  ayblanuvchilar  mavjud  bo‘lgan  holda  ularning  qaysi 

biridan eng haqqoniy ko‘rsatuvlar olish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, o‘sha 

ayblanuvchi  birinchi  bo‘lib  so‘roq  qilinadi.  Bu  erda  jinoyatni  sodir 

etishda  ikkinchi  darajali  rol  o‘ynagan,  ilgari  jinoiy  javobgarlikka 

tortilmagan,  shuningdek  aybdorligi  rad  etib  bo‘lmaydigan  dalillar  bilan 

quvvatlangan sub’ektlar nazarda tutiladi. 

So‘roqqa chaqirish usuli va tartibi ham ancha muhim ahamiyat kasb 

etadi  (telefon  orqali,  chaqiruv  qog‘ozi  yuborish  yo‘li  bilan, 

qarindoshlari, tanishlari orqali va h.k.). So‘roq qilish va u bilan bog‘liq 

rasmiyatchiliklar  uchun  qancha  vaqt  sarflanishini  oldindan  belgilash 

zarur. Agar bir nechta so‘roq o‘tkazish  mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, ularni 

rejalashtirishda  so‘roq  qilinuvchilar  bir-biri  bilan  muloqot  qilmaslik 

choralarini ko‘rish lozim. 

So‘roqqa tayyorgarlik ko‘rish yozma reja tuzish bilan yakunlanadi. 

Ushbu  rejada  so‘roq  qilish  vaqti,  vazifalari,  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan 

masalalar  doirasi,  savollarni  qo‘yish  oldinma-ketinligi,  ko‘rsatish 

mo‘ljallangan ashyoviy, yozma dalillar qayd etiladi. 

Dastlabki  bosqichda  tergovchi  so‘roq  qilinayotgan  fuqaroning 

shaxsiga  ishonch  hosil  qiladi,  bayonnomaning  so‘rovnoma  qismini 

to‘ldiradi,  so‘roq  qilinuvchiga  uning  huquqlari  va  majburiyatlarini 

tushuntiradi. 

Mazkur 

bosqich 


so‘roq  qilinuvchining  shaxsiy 

xususiyatlari  bilan  tanishish,  u  haqda  umumiy  tasavvur  hosil  qilish,  u 

bilan psixologik aloqa o‘rnatishga yordam beradi. 

Erkin so‘zlash bosqichi so‘roq qilinuvchi o‘zi ko‘rsatuvlar berish 

uchun  chaqirilishiga  sabab  bo‘lgan  holatlarni  bayon  etishini  nazarda 

tutadi.  Ushbu  bosqichda  so‘roq  qilinuvchining  gapini  zaruratsiz  bo‘lish 

tavsiya  etilmaydi.  So‘roq  qilinuvchiga  erkin  so‘zlash  imkonini  berish 

ayrim  hollarda  tergovchi  hatto  xayoliga  ham  keltirmagan  holatlardan 

xabar topishi uchun imkoniyat yaratadi. 



Savol-javob  bosqichida  tergovchi  so‘roq  qilinuvchidan  erkin 

so‘zlash jarayonida olingan axborotga tayangan holda aniqlik kirituvchi, 



Esda  tuting!  So‘roqni  o‘tkazish  to‘rt  asosiy  bosqichda  amalga 

oshiriladi:  dastlabki  bosqich,  erkin  so‘zlash  bosqichi,  savol-javob 



bosqichi va yakunlovchi bosqich. 

 

271 


to‘ldiruvchi, eslatuvchi, muayyanlashtiruvchi, nazorat savollarini beradi, 

zarur holda unga dalillarni keltiradi. Savollar aniq va lo‘nda ko‘rinishda 

qo‘yilishi, javobga yashirincha ishora qilmasligi kerak.  

So‘roq odatda tergovchi xonasi yoki maxsus ajratilgan xonada olib 

borilishi kerak. So‘roq qilish xonasida so‘roq qilinuvchi o‘zini nihoyatda 

erkin  sezishi,  uning  ruhiyatiga  moslangan  bo‘lishi,  so‘roq  qilinayotgan 

xonada  kishi  e’tiborini  chalg‘itadigan  keraksiz  narsalar,  jihozlar 

bo‘lmasligi, hattoki tashqi dunyo bilan aloqa uzilgan bo‘lishi zarur. 

Ayblanuvchini  so‘roq  qilishdan  oldin  tergovchining  butun 

harakati,  e’tibori  faqat  shu  masalaga  qaratilishi,  mazkur  tayyorgarlikda 

tergovchi  sertakalluf  bo‘lishi  bilan  o‘zini  davlat  vakili  sifatida  ko‘rsata 

olishi lozim. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishdan avval 

unga  nisbatan  qanday  dalillar  mavjud,  so‘roq  jarayonida  ular  yolg‘on 

ko‘rsatuv  berar  bo‘lsa,  uni  fosh  etish  uchun  qo‘llanadigan  dalillar, 

hujjatlar puxta tekshirilgan bo‘lishi lozim. 

So‘roq  jarayonida  so‘roq  qilinuvchi  shaxsga  uni  ko‘rsatmasini 

tekshirish,  ayrim  qismlarini  to‘ldirish  va  aniqlash  uchun  qo‘yiladigan 

savollar oldindan, taxminan bo‘lsa-da, tayyorlanib qo‘yilishi lozim. 

 

Jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish taktikasi 

 

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  muayyan  holatlarni 

biladigan  shaxs  guvoh  tariqasida  so‘roq  qilinishi  mumkin.  Agar  guvoh 

ko‘rsatuvlar berishni istasa, u keyinchalik mazkur ko‘rsatuvlardan bosh 

tortgan  holda  ham  ulardan  dalillar  sifatida  foydalanilishi  mumkinligi 

haqida ogohlantirilishi lozim.  

Guvohlar tergov qilinayotgan voqea qanday rivojlanganini kuzatgan 

shohidlarga  va  turli  holatlar  (masalan,  jinoyatni  sodir  etishga 

tayyorgarlik ko‘rish, yashirinib yurgan jinoyatchi turgan joy) to‘g‘risida 

nimalarnidir  biladigan  guvohlarga  bo‘linadi.  So‘roqning  boshida 

tergovchi guvoh bilan psixologik aloqa o‘rnatishga harakat qilishi, unga 

xayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi lozim. 

Muhim  ma’lumotlarni  xabar  qilishdan  bo‘yin  tovlayotgan,  yolg‘on 

ko‘rsatuvlar  berayotgan  vijdonsiz  guvohni  so‘roq  qilayotganda  mazkur 

pozitsiya  motivlarini  aniqlash  va  bartaraf  etish  muhimdir.  So‘roq 

qilinuvchi  shaxsining  ijobiy  jihatlariga,  uning  fuqarolik  burchiga 

murojaat  etish  samara  berishi  mumkin.  Bunday  guvohni  so‘roq  qilish 

taktik  usullari  qatoriga  ko‘rsatuvlarni  mufassallashtirish,  shuningdek 



 

272 


ko‘rsatuvlardagi  ichki  ziddiyatlarni,  ularning  qo‘lga  kiritilgan  boshqa 

dalillar bilan mos kelmaydigan jihatlarini aniqlash kiradi. 

Savollar  va  javoblar  bosqichida  olingan  ma’lumotlar  qayd 

etilgandan  keyin  so‘roq  qilinuvchiga  aniqlangan  ziddiyatlar  namoyish 

etiladi,  ularning  sabablarini  tushuntirish  taklif  qilinadi.  Qo‘shimcha, 

nazorat, 

fosh 

qiluvchi 



savollarni 

qo‘yishda  so‘roq  sur’atini 

jadallashtirish  vaqt  taqchilligini  yuzaga  keltiradi  va  so‘roq  qilinuvchiga 

o‘z  ko‘rsatuvlarida  mavjud  ziddiyatlarning  maqbul  izohini  topishga 

imkon  bermaydi,  bu  uni  tashvishga  soladi,  oldindan  tayyorlangan 

yolg‘on  ko‘rsatuvlarni  xabar  qilishga  o‘z  e’tiborini  jamlashga  halaqit 

beradi. 

Guvohlar 

va 

jabrlanuvchilarni 



so‘roq  qilishda  vijdonan 

yanglishishga  chek  qo‘yish,  unutilgan  faktlar  va  holatlarni  eslashga 

yordam  berish  taktik  usullarini  qo‘llash  ayniqsa  muhimdir.  Bunda 

ba’zan  so‘roq  qilinuvchining  idrok  etish  qobiliyati  va  sub’ektiv 

imkoniyatlari  (qulog‘i  og‘irlik,  shabko‘rlik  va  sh.k.)ni  aniqlash 

ko‘maklashadi. Unutilgan faktlar va holatlarni eslashga so‘roqning qulay 

muhiti,  tergovchining  xayrixohligi  va  xushmuomalaligi  imkoniyat 

yaratadi. 

Idrok etilgan faktlar va voqealar xotiraga bir-biri bilan, shuningdek 

ulardan  oldingi  va  keyingi  taassurotlar  bilan  bog‘liq  holda  o‘rnashadi. 

Bunda  taassurotlar  yoki  kechinmalarni  eslash  xotirada  tergov 

qilinayotgan jinoyat voqeasi tafsilotlarini jonlantirishi mumkin. 

YAnglishishga  yo‘l  qo‘ymaslik,  so‘roq  qilinuvchiga  muhim 

faktlarni eslashga yordam berish unga dalillarni ko‘rsatish, ilgari olingan 

ko‘rsatuvlarni  o‘qib  eshittirish,  boshqa  shaxslar  bilan  o‘tkazilgan 

so‘roqlarning  fonogrammalari  va  videoyozuvlarini  qo‘yish  berish, 

yuzlashtirishlar  o‘tkazish  yo‘li  bilan  ham  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Bunda so‘roq qilinuvchiga ashyoviy dalillar, turli hujjatlar ko‘rsatilishi, 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  sharoitlarining  videoyozuvlari  namoyish 

etilishi,  gumon  qilinuvchilarni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  o‘tkazilishi 

mumkin. 

Jabrlanuvchilarni  so‘roq  qilish  taktikasi  xususiyatlari  birinchi 

navbatda  ularning  ko‘rsatuvlarini  shaklantirish  xususiyati  bilan  bog‘liq. 

Jabrlanuvchi  so‘roq  qilish  sub’ekti  sifatida  ushbu  tergov  harakatini 

o‘tkazish  jarayonida  alohida  o‘rin  egallaydi.  Jabrlanuvchining  ushbu 

holati  unga  nisbatan  sodir  etilgan  jinoyat  va  uning  oqibatlari  keltirib 

chiqargan jismoniy azob-uqubatlar  va ruhiy iztiroblar bilan belgilanadi. 

Jabrlanuvchi  his  qilayotgan  qo‘rquv,  og‘riq,  stress,  ruhiyatga  shikast 



 

273 


etkazuvchi  vaziyatdan  tezroq  chiqish  istagi,  jinoyatchining  hujumini 

qaytarishga  urinishlar  bilan  belgilangan  kuchli  ruhiy  hayajonlanish 

holati, qattiq iztiroblar jabrlanuvchining o‘ziga xos ruhiy holatini yuzaga 

keltiradi.  Garchi  ko‘pincha  jabrlanuvchilarning  ko‘rsatuvlari  ancha 

to‘liq va ishonchli bo‘lsa-da, ular ishning yakunidan shaxsan manfaatdor 

ekanligini har doim hisobga olish zarur. 

Kuchli  ruhiy  iztiroblar  ta’sirida  jabrlanuvchilar  voqea  tafsilotlarini 

eslashga  doim  ham  qodir  bo‘lavermaydilar,  shu  sababli  ular  bilan 

o‘tkaziladigan  dastlabki  so‘roqlar  aksariyat  hollarda  keyingi  so‘roqlar 

bilan  taqqoslaganda  ancha  yuzaki  bo‘ladi.  Kuchli  asabiy-ruhiy 

hayajonlanish  (amneziya)  tufayli  jabrlanuvchining  xotirasidan  tergov 

qilinayotgan tajovuz bilan bog‘liq xotiralar chiqib ketishi ham mumkin. 

Bunga  ko‘pincha  jinoyat  oqibatida  jabrlanuvchining  hushdan  ketishi, 

uning boshi  jarohatlanishi,  yuziga  urilishi,  bo‘g‘ilishi,  shok  holatlari  va 

hokazolar sabab bo‘lishi mumkin.  

 

Jabrlanuvchilarni  so‘roq  qilayotganda  har  bir  muayyan  vaziyatda 



ruhiy iztiroblar sababini va ruhiy holatni belgilaydigan omillarni hisobga 

olish  zarur.  Jabrlanuvchini  so‘roq  qilishga  shoshilmaslik  (unga  o‘zini 

bosib  olish  imkonini  berish),  biroq  uni  so‘roq  qilishni  haddan  tashqari 

kechga ham surmaslik (voqea tafsilotlarini unutib qo‘yishi, chalkashtirib 

yuborishi,  jinoyatchi  va  uning  aloqalari  tazyiqiga  uchrashi  mumkin) 

tavsiya  etiladi.  Agar  jabrlanuvchini  so‘roq  qilishni  kechga  surish 

mumkin  bo‘lmasa,  uning  ruhiy  iztiroblari  pasaygandan  va  vaqtinchalik 

pasaygan  eslash  qobiliyati  tiklangandan  keyin  uni  qayta  so‘roq  qilish 

nazarda tutilishi lozim. 

E’tibor  qiling!  Jabrlanuvchilarning  ko‘rsatuvlarida  quyidagilar 

uchraydi:  

1)  o‘ziga  tahdid  solgan  xavf-xatar  darajasini,  hujum  qilgan 

shaxsning  bo‘yi  va  kuchini,  jinoyat  natijasida  o‘ziga  yetkazilgan 

zararni oshirib ko‘rsatish;  

2)  dastlabki  ko‘rsatuvlarda  mufassal  ma’lumotlarning  yo‘qligi, 

ularning umumiyligi;  

3)  yuz  bergan  voqeaning  ayrim  muhim  holatlari  tavsifida 

bo‘shliqlar mavjudligi;  

4)  voqealar  rivoji  xususida  yanglishish,  tafsilotlar,  jinoyatning 

muayyan ishtirokchilari harakatlarining o‘rnini almashtirish. 


 

274 


Jabrlanuvchidan  olingan  ko‘rsatuvlarga  baho  berayotganda,  ayrim 

hollarda  u  yuz  bergan  voqeaning  ba’zi  bir  tafsilotlarini  ataylab 

yashirishi,  qisman  yolg‘on  ko‘rsatuvlar  berishi,  ko‘rsatuvlar  berishdan 

bosh  tortishi  yoki  dastlabki  tergov  jarayonida  ularni  o‘zgartirishi, 

shuningdek  butunlay  uydirma  ma’lumotlarni  berishi  (masalan,  tuhmat 

qilishi)  mumkinligini  hisobga  olish  zarur.  Bularning  barchasi 

jabrlanuvchining aybdor shaxslar, ularning yaqin aloqalari bilan alohida 

munosabatlari, 

ularning 

o‘ch  olishidan  qo‘rqish,  manfaatdor 

shaxslarning qo‘rqitishlari, shuningdek o‘zining nomaqbul xulq-atvorini 

yashirishga urinish natijasi bo‘lishi mumkin.  

Bundan 

tashqari, 



jabrlanuvchining 

ko‘rsatuvlariga  huquqni 

muhofaza qilish organlari yuz bergan voqeaning asl sababini aniqlashga, 

aybdor  shaxslarni  topish  va  jazolashga,  uning  shaxsiy  xavfsizligini 

ta’minlash,  kelgusi  tajovuzlardan  uni  himoya  qilishga  qodir  ekanligiga 

ishonmaslik  ham  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Bu  holda  jabrlanuvchini 

so‘roq  qilish  jarayonida  yolg‘onga  chek  qo‘yish  va  haqqoniy 

ko‘rsatuvlar olishga qaratilgan taktik usullardan foydalanish lozim.  



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling