Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti Kafedra: Tarix Fakultet: Tarix


Download 1.77 Mb.
bet1/3
Sana24.10.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1718354
  1   2   3
Bog'liq
Boboraxmatova I - muzeyshunoslik

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti

Kafedra: Tarix

Fakultet: Tarix (mamlakatlar va mintaqalar yo’nalishi)

Fan: Muzeyshunoslik va arxivshunoslik

Kurs: 4-kurs

Guruh: 1-guruh

Bajardi: Boboraxmatova I.A.

Tekshirdi: dots. Hamidova M.


Toshkent - 2023

Nashr mavzusi, manba va adabiyotlarni o’rganish. Nashr uchun hujjatlarni aniqlash va tanlash.


Mavzu:

Reja:

  • Nashr va uning bosqichlari.
  • Manba va adabiyotlarni o’rganish.
  • Hujjatlarni aniqlash va tanlash.

Nashr nima?

Nashr jarayoni deganda, bugungi kunda, kitobshunoslik sohasidagi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, qonuniy ketma-ketlikka ega bosma nashrni tayyorlash va chop etish ishlari tushuniladi. Tor ma’noda tayyor qo‘lyozmaning nusxasini ko‘paytirish anglashiladi. Har holda matn bosish dastgohi ixtiro qilingunga qadar kitobat ishi shunday bo‘lgan. Noshirlik ishida texnika va texnologiyaning rivoji mazkur jarayonni muayyan bosqichlardan tashkil topishiga olib keldi.


O‘tmish tajribasini umumlashtirgan holda bugungi kun noshirlik ishi nashr jarayonini aniq belgilab, nashriyotlaming adabiy asar chiqarishini tashkillashtirishdagi faol ishtiroki alohida ta’kidlanadi. Bundan tashqari bosma nashrlar chiqarishdagi muharriming o‘mi va ahamiyati yuksak baholanadi. Nashr jarayonining boshlanishi mavzuli reja tuzish bo‘lsa, kitobni tarqatish va kitobga jamiyatning baho berishi yakunlovchi bosqich hisoblanadi.

Birinchi bosqichda - tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi, ya’ni muallif qo‘lyozmani topshirgunga qadar mavzuli reja tuziladi. Bu bosqichda muharrir albatta mavzuli rejani tuzish va tasdiqlashda faol ishtirok etadi. U mavzu yuzasidan muallif bilan suhbatlashadi, muhokama yuritadi, bo'lajak kitob rejasi ustida ishlaydi. Muallif taklifiga ko‘ra, asar qismlari bilan tanishib chiqadi, ayrim muammolarni hal etish va kamchiliklarni to‘g‘rilashda muallifga ko‘maklashadi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling