Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti Kafedra: Tarix Fakultet: Tarix


Download 1.77 Mb.
bet3/3
Sana24.10.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1718354
1   2   3
Bog'liq
Boboraxmatova I - muzeyshunoslik

Ilmiy ishni tayyorlash uchun hujjatli materiallarni aniqlab topish va tanlash mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Manbalarni aniqlash har tomonlama va to’la bo’lishi lozim. Adabiyotlarni izlab topish jarayonida mavzuga doir bibliografiya, ya’ni kitob va maqolalar ro’yxati tuziladi. Bunday ro’yxat


Hujjatlarni yig’ish va tanlash usuli
tuzishda maxsus bibliografik nashrlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bibliografiya tanlangan mavzu bo’yicha mavjud barcha adabiyotlarni bilish va ularni izchillik bilan o’rganib chiqishda yordam beradi. Manba va adabiyotlarni o’rganish chog’ida ularni konspekt qilish, kerakli hujjatlardan ko’chirma olish foydalidir. Hujjatlardan ko’chirmalarning xar birini alohida - alohida varaqlarga yozish maqsadga muvofiq. Shunda ularni ayrim masalalar bo’yicha istalgan tartibda joylashtirish oson bo’ladi.

Adabiyotlar, e’lon qilingan manbalar bilan birga vaqtli matbuotni ham o’rganib borish foydadan holi emas. Gazeta va jurnallardan to’plam uchun hujjatlar yig’iladi. Shuningdek, ular tadqiq qilinayotgan davrni, mavzuga oid tarixiy jarayonlarni har tomonlama o’rganishda ko’maklashadi. Yuqorida hujjatlar to’plamini tayyorlashda kitoblardan, e’lon qilingan manbalardan foydalanibgina qolmasdan, balki vaqtli matbuotdan, ya’ni gazeta va jurnallardan ham foydalanish kerak deyildi. Vaqtli nashrlarda muhim davlat hujjatlari, davlat rahbarlarining nutqlari e’lon


Hujjatlarni yig’ish va tanlash usuli
qilinadi, iqtisodiyot, fan, madaniyat sohasida erishilgan so’nggi yutuqlar, jamiyat xayotidagi muhim voqyealar yoritib boriladi. Gazetadagi materiallar tematikasi, ularning joylashtirilishi, maxsus bo’limlar, ruknlar talabaga, tadqiqotchiga uni qiziqtirayotgan mavzu uchun materialni qiynalmasdan topish imkonini beradi.

Jurnallarda esa ulardagi mundarijalar, hamda yil bo’yi e’lon qilingan maqola va materiallar ro’yxati (odatda, bunday ro’yxatlar jurnalning har yili oxiridagi sonida e’lon qilinadi) kerakli maqola va chiqishni topishda yordam beradi. Gazeta va jurnal materiallarini o’qish chog’ida ulardan zarur ko’chirmalar olib borish maqsadga muvofiq. Bu ish materialning mazmuniga qarab qilinadi. Shuningdek, gazeta va jurnallardan mavzuga doir hujjatlardan ham nusxa olinadi. Vaqtli matbuotda rasmiy hujjatlar (Oliy Majlis sessiyalari, materiallari va boshqa muhim anjumanlarning qarorlari, stenografik hisobotlari va protokollari) bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, jamoalar, mexnatkashlarning alohida vakillari haqidagi materiallar ham muntazam berib boriladi. Aynan mana shunday materiallarning arxivlarda kamligi vaqtli matbuot materiallarining tadqiqot uchun muhim manbaga aylanishidan dalolat beradi.


Hujjatlarni yig’ish va tanlash usuli

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling