Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Joyda tintuv o‘tkazish
- 4. Avtomobilda tintuv
- 5. SHaxsiy tintuv
- Tintuv o‘tkazishning taktik usullari
- Olib qo‘yish tartibi
- E’tibor qiling!
- Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd etish
1 2 3 4 5 6 7 247
jinoyatchilar pul, boyliklar, hujjatlar, qurolni yashirish uchun xufyadonlar yasaydilar va ba’zan ularni kutilmagan joylarga o‘rnatadilar. Ularni topish va ochish qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Xufyadonlar amalda har qanday joyda bo‘lishi mumkin. Pol ostida ular odatda devorlar yaqinida yoki mebel, gilam, poyandoz tagida bo‘ladi. Xufyadon mebel predmetlarida tashkil etilgan bo‘lishi mumkin, shu sababli tintuv paytida ularning ham ochiq, ham yashirin qismlarini tekshirish zarur. Mayda yassi narsalarni qidirayotganda kitoblar, albomlar, jurnallarni ayniqsa sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi. Ularni qoqish, varaqlash, muqovalarning qalinligini o‘lchash, ularning holatini tekshirishga to‘g‘ri keladi. 3. Joyda tintuv o‘tkazish tekshirilayotgan hudud (bog‘, dala hovli, tomorqa, chorbog‘)ning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, hudud kvadratlar, sektorlarga bo‘linadi, ularning chegarasi bo‘lib tabiiy sarhadlar xizmat qilishi mumkin. Har bir uchastka tergov-tezkor guruhining bir a’zosiga biriktiriladi. Tintuv jarayonida gul ekilgan joylar, egatlar, daraxtlar ostidagi erlar, pichan g‘aramlari, axlat uyumlari shchuplar va metall izlagichlar bilan tekshiriladi. Qurilish materiallari va o‘tin taxlamlari ochib ko‘riladi. Agar qidirilayotgan narsalar erga ko‘milishi mumkin bo‘lsa, erning chopilgan qismlariga, o‘t payhon bo‘lgan joylarga e’tiborni qaratish zarur. YAqinda asfaltlangan yoki betonlangan, trotuar plitkasi qoplangan, shag‘al to‘kilgan joylar ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Ayrim hollarda xizmat itlaridan foydalanish ham samara berishi mumkin.
ayniqsa yaxshi samara beradi. Avtomobilni tintuv qilayotganda uning barcha tabiiy bo‘shliqlarini, kabina (salon)ni, o‘rindiqlar ostini, yukxonani, old paneldagi qutilarni, dori-darmonlar qutisini, zaxira g‘ildirakni tekshirishga alohida e’tibor berish zarur. O‘rindiqlardan g‘iloflar echib olinadi, g‘ildiraklar, kuzov, yuk va hokazolar ko‘zdan kechiriladi.
belgilangan protsessual qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda eng avvalo kiyim, poyafzal, bosh kiyimi va boshqa liboslar tekshiriladi. So‘ng tintuv qilinayotgan shaxsning tanasi ko‘zdan kechiriladi. Tintuv tepadan pastga qarab o‘tkaziladi. Zarur holda kiyim choklari so‘kiladi, astarlar ochib ko‘riladi, klapanlar, kapyushonlar tekshiriladi. Qo‘lda olib yuriladigan narsalar – portfellar, keyslar,
248
sumkalar, ayollar sumkachalari, ryukzaklar, shuningdek foto va videokameralar, ularning g‘iloflari, mobil telefonlar, magnitofonlar, pleerlar va boshqa portativ radiotexnika qurilmalari, soyabonlar, kitoblar ayniqsa sinchiklab tekshirilishi lozim. Mobil telefoni xotirasida tintuv qilinuvchi doimiy
ravishda foydalanadigan telefon raqamlari, shuningdek u oxirgi marta qo‘ng‘iroq qilgan raqamlar yozilgan bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Ushbu axborot tintuv bayonnomasida aks ettirilishi lozim, telefon esa, olib qo‘yilishi va ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishi mumkin (ayniqsa, agar u o‘g‘irlangan bo‘lib chiqsa). Mobil telefonidagi raqamlar bo‘yicha gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ning shu
jumladan kriminal muhitdagi aloqalari aniqlanishi mumkin. Mazkur mobil telefoni yordamida olingan foto va videokadrlar ham tergovchi uchun diqqatga sazovor bo‘lishi mumkin. Ularni ko‘zdan kechirish va tergov qilinayotgan jinoyat ishi uchun foydalilik nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur.
Tintuv o‘tkaziladigan joyga borish shunday rejalashtirilishi zarurki, u erda tintuv qilinuvchi yoki uning balog‘atga etgan oila a’zolari bo‘lsin. Ammo, shuning bilan birga, tintuv qilinuvchi shaxs tintuv eriga tezkor xodimlar tomonidan tintuv boshlanishi vaqtida olib kelinishi ham ehtimoldan xoli emas. Agarda tintuv erida tintuv qilinuvchi yoki uning balog‘atga etgan oila a’zolari bo‘lmasa, tintuv faqat ob’ektiv sabablarga ko‘ra ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Tergovchi tintuv eriga etib kelib, tintuv qilinuvchiga tintuv maqsadlarini e’lon qiladi hamda bu to‘g‘ridagi qarorni ko‘rsatadi. Tintuv qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu haqda tintuv bayonnomasiga tegishlicha qayd qiladi. Bundan tashqari, tintuv qilinuvchiga ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyum va hujjatlarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirishni taklif qiladi. Agar ular tintuv qilinuvchining o‘z xohishiga ko‘ra topshirilsa, tintuv tergovchida hamma hujjat yoki buyumlar topshirilmaganligi haqidagi asoslar bo‘lgan holdagina o‘tkaziladi. Qidiruv harakatlarini amalga oshirishdan avval tergovchi tintuv joyi bilan tanishishi, qidiruv harakatlari hajmini aniqlashi, alohida e’tiborga molik joylarni belgilashi, ish hududini tergov guruhi xodimlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashi lozim. Tintuvning to‘g‘ri va samarali o‘tishi hamda dalillarni yo‘q qilish 249
ehtimolligining oldini olish maqsadida tintuv qilinuvchi va u bilan birga hozir bo‘lgan shaxslar bir xonada jamlanishi mumkin, ular telefonda gaplashishlari, tintuv tugaguncha tintuv erini tark etishlari taqiqlab qo‘yilishi mumkin. Voyaga etmaganlar, ayniqsa, bolalar qoida tariqasida tintuv o‘tkazilayotgan joydan chiqarib yuborilishlari lozim. Agar tergovchi tintuv erida hozir bo‘lgan shaxs o‘zida biror narsa yashirayotganiga asoslari bo‘lsa, u holda ushbu shaxsni shaxsiy tintuv qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin. Tintuv erida noma’lum shaxslar paydo bo‘lsa, ular tergovchi tomonidan tintuv oxirigacha vaqtinchalik ushlab turilishlari mumkin. Agar ushbu shaxslar tintuv eriga o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kelgan bo‘lsalar (shifokor, pochta xodimi, santexnik va boshqalar), ularning shaxsi, kelish maqsadlari aniqlanishi zarur. Ularning kelish maqsadlari tintuv qilinuvchining jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasa, tergovchi ularga javob berib yuborishi kerak. Zaruriy hollarda ular tintuv faktini sir saqlash to‘g‘risida ogohlantiriladilar. Tintuvni amalga oshirish muntazamlik va sinchkovlikni talab qiladi. Tergovchi yoki boshqa tintuv ishtirokchisi biror-bir predmetni tez ko‘zdan kechirib, uni qiziqtirgan boshqa ob’ektga o‘tishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Albatta, qidiriladigan ob’ektlar jismoniy va boshqa xususiyatlariga ko‘ra berkitilishi mumkin bo‘lmagan predmetlarni sinchkovlik bilan tekshirish ehtiyoji yo‘q. Tintuv eridagi hamma boshqa predmetlar har tomonlama o‘rganilishi lozim. Predmet va hujjatlarni yashirin joylarda saqlashdan tashqari jinoyatchilar tergovchining avvalambor yashirin joylarni qidirish inson ruhiyatiga asoslanib qidirilayotgan hujjat va predmetlarni tergovchi e’tibor bermaydi deya hammaning ko‘z o‘ngida qoldirishi mumkin (masalan, daliliy hujjatlarni yozuv stolida boshqa qog‘ozlar bilan birga qoldirish). Ba’zan, tintuv qilinuvchilar yashirin joy sifatida bu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan predmetlarni ishlatadilar (murabboli bankalar, tilla va qimmatbaho narsalarni saqlash, kitoblar esa, qurol-yarog‘larni saqlash uchun va hokazo). SHuning uchun tergovchi, tintuv eridagi uy jihozlari, kiyim, oyoq kiyim, maishiy texnika, kitoblar, bolalar o‘yinchoqlari, idish-tovoq, oshxona jihozlari, oziq-ovqatlar va boshqalarni diqqat bilan o‘rganishi zarur. Imoratda, shuningdek, hovli inshootlarida, tomorqa va boshqa joylarda tintuv o‘tkazganda tergovchi har doim bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi, masalan, spiral bo‘yicha, soat mili bo‘yicha, narsalarni birin-ketin tekshirib, so‘ng – xona markazi, devorlar, pol, keyin esa
250
boshqa xonaga yoki imoratga o‘tadi. Qidiruv vaqtida tergovchi biror-bir joyda yashirin joy borligiga asos bo‘luvchi turli xil salbiy holatlarni, izlarni e’tibordan qochirmasligi zarur. Masalan, yam-yashil o‘tlar orasida sarg‘aygan o‘tli hudud, tomorqadagi yangi qazilgan joy, devorning yangi gulqog‘oz yopishtirilgan qismi, pol taxtalarining biridagi mixlarning yangi yaltillovchi qalpog‘i va boshqalar tergovchining e’tiborini o‘ziga jalb etishi hamda mazkur ob’ekt yoki hudud qismini sinchkovlik bilan tekshirish uchun asos bo‘lishi zarur. Murda ko‘milgan joyni uy hayvonlari va parrandalarning o‘zlarini besaranjom tutishlari ham ko‘rsatishi mumkin. Paydo bo‘lgan shubhalarni tekshirish uchun tergovchi щup yoki boshqa ingichka predmet yordamida yumshoq mebelni, o‘rin-to‘shakni, erni va boshqalarni tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu narsa etarli bo‘lmagan holatlarda murakkabroq asbob-uskunalar qo‘llaniladi: murda va mina qidiruvchi, portativ rentgen uskunasi va boshqa qidiruv vositalari. Zaruriyat tug‘ilganda uning ortida yashirin joy borligi taxmin qilinayotgan to‘siq buzib tashlanishi, uy-jihoz texnikasi va agregatlar esa qismlarga bo‘lib tashlanishi mumkin. Agar qidiruv harakatlari davomida yopiq joylar aniqlansa, tergovchi qulf, eshik va boshqa predmetlarni buzib, mulkka zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, dastlab undan yopiq joyni ochishni so‘rashi lozim. Tergovchi tomonidan yopiq joyni ochish usuli tintuv bayonnomasida qayd etilishi zarur. Tintuv vaqtida topilgan bir qator bir xil predmetlar orasidan jinoiy ishga aloqadorlarini aniqlash maqsadida sodda analitik namunalar olish mumkin. Masalan, giyohvand moddalarni tintuv qilinuvchida mavjud boshqa dorilardan, qon izlari va boshqa biologik izlarni ajratish uchun tintuv erida tegishli mutaxassis tomonidan ekspress-usullarni qo‘llab, dastlabki o‘rganishlarni o‘tkazish mumkin. Qidiruvni amalga oshirishda tergovchi uning tasarrufidagi tintuv qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni e’tiborga olishi shart. CHunki bu kabi ma’lumotlarning hisoboti tintuv o‘tkazishning to‘g‘ri taktikasini tanlash va mazkur tergov harakatini samarali o‘tkazish imkonini beradi. Ko‘pinchalik tintuv qilinuvchilar ashyoviy dalillarni kir kiyimlarda, bolalar buyumlarida, o‘yinchoqlarda va boshqalarda saqlaydilar. Ba’zan ularni ayblovchi hujjatlarni tergovchining bir xil ishni uzoq vaqt bajarishidan hosil bo‘ladigan charchoq va e’tiborini
251
susayishiga mo‘ljallab, uy kutubxonasidagi kitoblar orasiga joylaydilar. Bu kabi vaziyatlarda tergovchining qat’iylik, keskinlik, sabotlilik kabi fazilatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tintuv uzoq vaqt davom etganda dam olish uchun qisqa tanaffuslar qilish tavsiya qilinadi. Tintuv vaqtida tergovchi ba’zan tintuv qilinuvchining shaxsiy hayotiga oid holatlar bilan to‘qnash keladi. Masalan, qidiruv vaqtida u tintuv qilinuvchining shaxsiy yozishmalariga, shaxsiy hayotiga taalluqli va tergov qilinayotgan hodisaga aloqasi bo‘lmagan hujjat va predmetlariga duch kelishi mumkin. Qonun fuqarolar manfaatini ko‘zlab, tergovchi bu kabi holatlar ovoza bo‘lmasligi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishini ko‘rsatadi. SHuning uchun qidiruv harakatlari davomida tergovchi xolislar va tintuvning boshqa ishtirokchilari e’tiborini bu narsalarga, agar ularning ishga aloqasi bo‘lmasa, katta urg‘u berib qaratmasligi lozim. Agar bu holatlar tergov qilinayotgan ishga aloqador bo‘lib, xolislar va tintuvning boshqa ishtirokchilari ular bilan tanishishlari shart bo‘lsalar, tergovchi ularni bu holatlarni ovoza qilmasliklari to‘g‘risida ogohlantirib, ulardan tilxat olishi zarur. SHuningdek, tintuv vaqtida ishga aloqador hujjat va predmetlardan tashqari tintuv qilinuvchi tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatga aloqador predmetlar, ro‘yxatga olinmagan qurol-yarog‘ va fuqarolik muomalasidan chiqarilgan boshqa predmetlar ham olib qo‘yiladi. Alohida hollarda ba’zi bir fuqarolar qaytadan tintuv qilinishlari mumkin. Qayta tintuvga ehtiyoj, birinchi tintuv ma’lum sabablarga ko‘ra yuzaki o‘tkazilgan bo‘lsa yoki tergov davomida, tintuv qilinuvchida uning jinoiy faoliyatining aniqlangan yangi epizodlariga taalluqli predmetlar borligi haqidagi yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgan bo‘lsa yuzaga keladi. Bundan tashqari, avval tintuv qilingan shaxs turar joyiga tergovchi endi e’tibor bermaydi deb hisoblab, birinchi tintuvda topilishi va aniqlanishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘z turar joyiga olib kelishi kabi hollar ham qayta tintuvga asos bo‘lishi mumkin. SHaxsiy tintuv, tintuvning boshqa turlari kabi prokuror sanksiyasi bilan tergovchining asoslangan qaroriga binoan amalga oshiriladi. SHaxsiy tintuv faqat bir jinsdagi shaxs tomonidan ushbu jinsdagi xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun alohida xona ajratiladi va undan begonalar chiqarib yuboriladi. Iloji bo‘lsa, tintuv qilinuvchi tintuv vaqtida qarshilik ko‘rsatmasligi uchun tintuv ikki xodim tomonidan amalga oshirilishi ma’qul. Tintuv qilinuvchining avvalo cho‘ntaklari tekshiriladi, quroli olib qo‘yiladi, shuningdek,
252
qarshilik ko‘rsatishi uchun qo‘l keladigan har qanday predmetlar olib qo‘yiladi. CHo‘ntaklar, sumkalar va tintuv qilinuvchining boshqa buyumlari e’tibor bilan tekshiriladi. Agar shaxsiy tintuvni o‘tkazish inson tanasini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, tintuv o‘tkazish uchun shifokorni taklif qilish maqsadga muvofiqdir.
Tintuvdan farqli ravishda olib qo‘yish har doim aniq ma’lum bir buyum va hujjatlarga nisbatan, ular qaerda va kimda ekanligi aniq bo‘lganda qo‘llaniladi. Olib qo‘yishda qidiruv ishlariga hojat yo‘q, binobarin, olib qo‘yishni o‘tkazishda fuqarolarning manfaatlariga ta’sir nisbatan kamroq bo‘ladi. Olib qo‘yishda tergovchining vazifasi biror-bir shaxsga yoki rahbarga ma’lum bir hujjatni yoki predmetni berishni taklif qilishdir. Rad javobi olinganda esa narsa yoki hujjatni majburiy olib qo‘yish qo‘llaniladi.
Olib qo‘yish O‘zR JPKning 157-moddasida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Ko‘pincha u korxonalar, tashkilotlar yoki muassasalar ofisida turgan hujjatlar va narsalarni olib qo‘yish uchun o‘tkaziladi. Agar hujjatlar to‘plamidan, masalan, buxgalteriya hujjatlari orasidan faqat tergov qilinayotgan jinoyat ishiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni tanlab olish kerak bo‘lsa, olib qo‘yishni o‘tkazishda tegishli mutaxassis ishtirok etishi lozim. Olib qo‘yish jarayonida faol qidiruv harakatlari amalga oshirilmaydi, shu sababli u fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tintuvga qaraganda kamroq daxl etadi. O‘tkazilgan tintuv va olib qo‘yish jarayoni va natijalari mazkur tergov harakatlari bayonnomalarida qayd etiladi. Bayonnomada narsa va hujjatlarning aynan qaerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, o‘lchovi, og‘irligi, har qaysisining o‘ziga xos belgilari ko‘rsatilishi, zarurat bo‘lgan taqdirda o‘ralishi va muhrlanishi lozim. Olib qo‘yish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni E’tibor qiling! Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qo‘yishga haqlidir (JPK 157-modda). 253
yo‘q qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ko‘rilgan choralar ham ko‘rsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim. Xufyadonlar topilgan holda ular joylashgan er, ularning ichida topilgan narsalarning o‘lchamlari va xususiyatlari batafsil bayon etiladi. Xufyadonlar, ularning ichki tuzilishi, ichidagi narsalar fotosuratga olish yoki videotasvirga tushirish yo‘li bilan qayd etiladi. Agar ko‘p sonli narsalar olib qo‘yilayotgan bo‘lsa, ularning ro‘yxati tuziladi. Bayonnomaga tintuv jarayonida tuzilgan tarxlar (masalan, xufyadon joylashgan er tarxi), fotojadvallar, videokassetalar ham ilova qilinishi mumkin. Davlat siriga ega bo‘lgan hujjatlarni olib qo‘yish holatlaridan tashqari olib qo‘yish uchun prokurorning sanksiyasi talab qilinmaydi. Olib qo‘yish diplomatik vakolatxonalar joylashgan erlarda yoki ularning oila a’zolari istiqomat qiladigan joylarda o‘tkazilsa, ularning roziligi bilan va albatta prokuror va Tashqi ishlar vazirligi xodimi huzurida o‘tkazilishi zarur. Olib qo‘yishda aynan ish uchun ahamiyatli narsani yoki hujjatni, nusxasini emas, uning aslini olishni ta’minlash zarur. Ana shunday xavf- xatar mavjud bo‘lganda, olib qo‘yishga tintuvdagi singari mutaxassisni taklif etish maqsadga muvofiq. Masalan, buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yishda revizor, auditor yoki ekspertni taklif qilish zarur. Agar o‘g‘irlangan buyumlarni olib qo‘yish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, jabrlanuvchini taklif qilish mumkin. Olib qo‘yishni muvaffaqiyatli o‘tishi ko‘p hollarda tergovchining olib qo‘yilayotgan shaxs bilan, olib qo‘yish o‘tkazilayotgan tashkilot vakili bilan aloqasiga bog‘liq. Bunday vaziyatda shuningdek, kuzatuvchanlik va kerakli hamma narsa olinganligiga ishonch ham katta ahamiyatga ega. Agar tergovchi ob’ektlarni yashirilganligini his qilsa, u holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi.
254
Tintuv va olib qo‘yishning tergov harakatlari sifatidagi daliliy ahamiyati ularning o‘tkazish jarayoni va natijalarini to‘la va xolisona qayd etishga uzviy bog‘liqdir. Tintuv va olib qo‘yish bayonnomalari, ularning natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ular o‘tkazilgandan so‘ng tuziladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar, chek va omonat daftarchalar, akkreditiv va hokazolarni olishda ularning rekvizitlari bayonnomada qayd etiladi. Xorijiy va milliy valyuta alohida ko‘rsatiladi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi bankining 500 qiymatidagi bileti – 1000 dona). Agar o‘g‘irlangan pullarning raqamlari ma’lum bo‘lsa, bayonnomaga har bir kupyura seriya va raqami kiritiladi. Hujjatlarni olishda ularning maqsadi, rekvizitlari, holati: qo‘l yozmalarni olishda – har bir betning birinchi va oxirgi iboralari ko‘rsatib o‘tiladi. Tintuv qilinuvchi olib qo‘yilayotgan predmetlar qimmatbaho metallardan tayyorlanganligini ta’kidlasa, har bir predmet batafsil ta’riflanishi, ularda proba bor yoki yo‘qligini ko‘rsatish zarur. YAshirin joylar, ularning niqoblarini ta’riflashga alohida e’tibor berish lozim. Bayonnomada qaysi buyumlar o‘z xohishiga ko‘ra berilganligi qayd etilishi zarur. Agar tintuv yoki olib qo‘yish davomida texnik vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, u holda bayonnomada uskunalarning nomi va turi, shuningdek, tintuv va olib qo‘yishda hozir bo‘lgan shaxslarni texnik vositalarni qo‘llash haqida ogohlantirilganliklarini qayd etish kerak. E’tibor qiling! Bayonnoma tintuv va olib qo‘yishni qayd etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bayonnomada tintuv va olib qo‘yish qachon, kim tomonidan, qayerda, qanday ish bo‘yicha, kimning huzurida o‘tkazilganligi va uning natijalari qanday bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Bayonnomada topilgan va olib qo‘yilgan predmetlar to‘g‘risida to‘la ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi. Ob’ektlarning umumiy va xususiy belgilarini iloji boricha aniqroq ko‘rsatishga harakat qilinadi: shakli, hajmi, rangi, undagi har xil raqam va yozuvlarning mavjudligi va boshqalar. Ob’ektlarning sifat xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi: yangi, eski, muomalada bo‘lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo‘yilsa ularning miqdori yozuv bilan ko‘rsatiladi. 255
Bayonnomaning yakunlovchi qismida qanday
predmetlar olinganligi, qanday o‘ralganligi, kimga va nima saqlash uchun topshirilganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bayonnoma yozish bilan birga, dalillarni qayd etishning boshqa usullari ham ishlatilishi mumkin: reja tuzish, rasmga olish, videotasmaga tushirish va hokazo. Reja va sxemalarda topilgan yashirin joylar tasvirlanadi, asosiysi – yashirin joyning o‘zi, ob’ektlar qanday joylashganligi aks ettiriladi. Rasm olish va videotasmaga tushirish ham shu asosda amalga oshiriladi: kuzatish imkonini beradigan asosiy va batafsil ko‘rinish olinadi. Asosiy tasvirda topilgan yashirin joy va undagi ob’ektlar, batafsilida yashirin joydan olingan ob’ektlar qayd etiladi. Ob’ektlarni, ularning umumiy, xususiy va farqlovchi xususiyatlarini aniq ko‘rinadigan qilib tasvirga tushirish lozim. Agar olingan katta hajmdagi ob’ektlarni ishga biriktirishning iloji bo‘lmasa, ularni qonunga binoan rasmga tushirish zarur. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling