Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasini qayd etish
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling!
- Kazuslar: 1-kazus
- 15-MAVZU. TERGOV EKSPERIMENTI TAKTIKASI
- Esda tuting! Tergov eksperimenti
- Tergov eksperimentini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasini qayd etish
207
JPK 90-92-moddalarida hodisa joyidan topilgan dalillarni bayonnomada qayd etish tartibi ko‘rsatilgan. Ushbu moddalar talabi asosida yozilgan bayonnomalar jinoyat ishi bo‘yicha dalil manbai sifatida foydalanilishi mumkin. Bayonnomalarga tergov va sud harakatining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu shaxslarga huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi, tergov harakatining o‘tkazilishi joyi va vaqti, shart- sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy izlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan belgilari qayd etilishi lozim. Qoidaga binoan hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida yoki ko‘zdan kechirish tugallanishi bilanoq tuzilishi lozim. Ba’zi vaqtlarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasini tuzishda tergovchi ayrim xatoliklarga ham yo‘l qo‘yishi ehtimol. SHu sababli tergovchi hodisa joyini ko‘zdan kechirishda barcha kuzatilgan holatlarni o‘zining yon daftarchasiga xomaki yozib olsa, bayonnomani tuzishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar qisqacha bayon etilishi mumkin.
o‘tkazish boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt, ko‘zdan kechirishda ishtirok etgan shaxslarning ismi, familiyasi, xolislar va ularnnig uy manzillari, ko‘zdan kechirishda qanday yorug‘likda o‘tkazilganligi (tabiiy va sun’iy), ob-havo sharoiti va h.k. ko‘rsatiladi. Bayonot qismida hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijalari qayd etiladi. Bayonnomada hodisa joyi qanday ketma-ketlikda o‘tkazilgan bo‘lsa, shunday tarzda bayonnomada qayd etilishi lozim. Eng avvalo ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotgan joyga to‘liq tavsif beriladi. Agar hodisa joyi turar joy yoki bino bo‘lsa, ularning aniq nomi, (dam olish xonasi, balkon, yotoqxona, ombor va h.k.), razmeri, joylashgan joyi (cherdak, etaj, erto‘la) eshik va derazalar soni va ularning qaysi tomonda joylashganligi, ularning umumiy holati ko‘rsatiladi. Agar ko‘zdan kechirish ochiq joy va hududlarda o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning nomlari (o‘rmon, avtotransport yo‘li va h.k.) hodisa joyining mo‘ljal olish xususiyatiga ega bo‘lgan ob’ektga nisbatan joylashgan masofasi qayd etiladi. E’tibor qiling! Hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi uch qismdan iborat bo‘lib: kirish, bayonot va xulosa qismlarga bo‘linadi. 208
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida topilgan barcha ob’ektlarning qanday holatda ekanligi, masalan, turar joylarda jihozlarning umumiy holati, ishlab chiqarish korxonalarida asbob- uskuna va texnikaviy vositalarning, yo‘llarning umumiy holati (tosh yo‘l, tuproq yo‘l) batafsil yozilishi kerak. Hodisa joyidan topilgan murda, qon izlari, shift va devordagi teshiklar, o‘q otish quroli, sovuq qurollarning turi, pichoq yoki boshqa turdagi sovuq qurollarning uzunligi o‘lchanib bayonnomada aniq qilib yozilishi shart. Bayonnomalarning xulosa qismida ko‘zdan kechirish vaqtida topilgan va ish bo‘yicha dalil sifatida olingan barcha ob’ektlar ko‘rsatilishi lozim, shuningdek, ko‘zdan kechirishda foydalanilgan texnikaviy vositalar, turli chizmalar, sxemalar, suratga olish usullari ham batafsil qayd etiladi va bayonnomaga ilova etiladi. Nazorat savollari:
1. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalarini tushuntirib bering. Tergovchi hodisa joyini ko‘zdan kechirishda nimalarga rioya etishi lozim? 2.
o‘tkazish taktikasini tushuntirib bering. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik ko‘rish qanday bosqichlardan iborat? Ularning asosiy xususiyatlarini izohlab bering. 3.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qanday texnik vositalar va predmetlar qo‘llaniladi? Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijalari qay tarzda qayd etiladi?
qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo‘llangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
209
Kazuslar: 1-kazus 2013 yil 3 dekabr kuni CHilonzor tumani Majlis ko‘chasi 4 uyda o‘g‘rilik sodir etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda uydagi buyumlar tartibsiz yoyilganligi, uydagi javonlar eshiklari ochiq qolganligi aniqlandi. Eshik qulfi tekshirilganda esa buzish qurollaridan qoladigan biror bir iz topilmadi. Uy egalari bo‘lgan turmush o‘rtoqlar A. va G.ning aytishicha, 2 dekabr kuni ular Toshkent viloyatida A.ning xolasining uyida mehmonda bo‘lganlar va shu oqibatida uyda hech kim bo‘lmagan. Ularning aytishicha, uydan 12 million so‘m va yoqut ko‘zli tilla taqinchoqlar komplekti o‘g‘irlangan. Mazkur holatga kriminalistik jihatdan baho bering. Holat yuzasidan qanday ekspertiza tayinlash maqsadga muvofiq? YUqoridagi holatda hodisa joyini ko‘zdan kechirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Tergovni tashkil etish va rejalashtirishning taktik qoidalarini beligilang.
2015 yil 22 dekabr kech soat 23. 00 - 24. 00 oralig‘ida yo‘l transport hodisasi yuz bergan. Hodisa natijasida yo‘lni kesib o‘tayotgan B. ismli shaxs hodisa joyida vafot etgan. Transport hodisasini sodir etgan A. ismli shaxs esa, voqea joyidan qochib ketgan. Tergovchi hodisa joyini ko‘zdan kechirish tergov xarakatini o‘tkazish vaqtida jinoyat sodir bo‘lgan joydagi izlar yomg‘ir yog‘ganligi sababli ish uchun ahamiyatli bo‘lgan izlar yo‘qalganligi va u erdagi izlarning dalil olish uchun etarli emasligi natijasida izlarni aniqlay olmagan. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda, avtomobil chirog‘i siniqlari topilgan. Boshqa daliliy ashyo topilmadi. Mazkur holatga kriminalistik jihatdan baho bering. Holat yuzasidan qanday ekspertiza tayinlash maqsadga muvofiq? YUqoridagi holatda hodisa joyini ko‘zdan kechirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
210
15-MAVZU. TERGOV EKSPERIMENTI TAKTIKASI Eksperiment tushunchasi va vazifasi. Tergov eksperimentini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish. Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi. Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish. Eksperiment tushunchasi va vazifasi Tergov eksperimentining mohiyati shundaki, muqaddam bo‘lib o‘tgan hodisalarni, jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan holatlarni voqelikda haqiqatdan bo‘lganligini yoki bo‘lmaganligini aniqlash maqsadida, ular aynan ma’lum sharoitlarda tiklanib tekshiriladi.
O‘zR JPKning 153-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali tekshirishga haqlidir.
jarayonida sodir bo‘lgan hodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini tajriba usulida tekshirishga oid kriminalistik taktika tizimida mustaqil tergov harakati.
amalda mavjudligini aniqlash uchun ularni tiklash va tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladigan protsessual harakat.
harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Tergov eksperimentini o‘tkazish tergovchiga u yoki bu harakat, voqea, hodisa yuz bergan bo‘lishi mumkinligi yoki mumkin emasligini muayyan tergov vaziyati sharoitida tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash imkonini beradi.
211
Tekshirilgan harakatlar, voqealar real emasligini aniqlagach, tergovchi mazkur faktlarni haqqoniy faktlar qatoridan chiqaradi, ularning amalda mavjudligi tasdiqlangani esa jinoyat ishining muayyan holatlarini isbotlashni engillashtiradi. Tergov eksperimentining boshqa protsessual harakatlardan farqi asosan shundaki, tergovchi uni o‘tkazish vaqtida kriminalistik ahamiyatga molik axborotni kuzatish va (yoki) eshitish orqali uni qayd etish bilan kifoyalanmaydi, balki tergov qilinayotgan voqea holatlarini tiklaydi va uning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish uchun tajribalar o‘tkazadi. Tergov eksperimentini o‘tkazish zarurati aniqlanayotgan holatning ahamiyati va uni tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanadi. Tergov eksperimenti tergov qilinayotgan voqeaning ayrim holatlarini tekshirish usuli sifatida qaralishi lozim, chunki jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv holatlari yig‘indisini tiklash uning takrorlanishiga olib kelishi mumkin, ya’ni ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Tergovchi shaxsning sha’ni va qadr- qimmatini kamsitadigan, odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan, moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan eksperimentlarni o‘tkazishga haqli emas. Bunday holatlar boshqa tergov harakatlari yordamida tekshirilishi lozim.
Amalda ayniqsa ko‘p o‘tkaziladigan birinchi guruh tergov eksperimentlariga ish uchun ahamiyatli bo‘lgan biron narsani muayyan ob-havo, berilgan yorug‘lik va shovqin sharoitlarida, ochiq joyda yoki bino ichida ko‘rish yoki eshitish imkoniyatini tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish misol bo‘ladi. Tergov eksperimentlarining ikkinchi guruhiga muayyan
to‘siqlardan oshib kirish, og‘ir yuklarni berilgan masofaga tashish, marshrutni belgilangan vaqt
oralig‘ida piyoda bosib o‘tish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan tajribalar kiradi. Rasm chizish, avtomobil haydash va boshqa maxsus ko‘nikmalarni tajriba o‘tkazish
imkoniyatlar mavjudligini aniqlash uchun o‘tkaziladi: 1) muayyan sharoitlarda biron-bir ob’ekt, harakat yoki hodisani idrok etish (ko‘rish, eshitish, hid sezish, paypaslab ko‘rish); 2) berilgan sharoitlarda biron-bir harakatlarni bajarish; 3) tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi mexanizmining ayrim elementlari mavjudligi. 212
yo‘li bilan tekshirish ham tergov eksperimentlarining mazkur guruhiga kiradi.
Eksperimentlarning uchinchi guruhini quyidagi savollarga javob olishga qaratilgan tajribalar hosil qiladi: mazkur omborga tovar-moddiy boyliklarning muayyan miqdori sig‘ishi mumkin bo‘lganmi; ushbu omborda saqlangan muayyan mahsulotlar vazni tabiiy kamayishi mumkinmi; osma qulf bandini eshikning qo‘shni uchastkalariga shikast etkazmasdan qirqish mumkinmi va h.k. Tekshirilayotgan holatlar, guvohlar, jabrlanuvchilar, jinoyatda gumon qilinayotganlar va ayblanuvchilarning ko‘rsatuvlaridagi biron hodisani idrok qilish, eshitish, ayrim harakatlarni bajarish imkoniyati bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashdan iboratdir. Guvohning jinoyat hodisasiga oid ma’lum dalillarni ko‘rganligi, eshitganligi haqidagi ma’lumotlari o‘sha vaqtdagi sharoitda (yorug‘lik, masofa, shovqin kabi) ko‘rish va eshitish imkoni bo‘lganligini tekshirishga zarurat tug‘iladi. SHuningdek, gumon qilinayotgan shaxs yoki ayblanuvchining ayrim jinoiy harakatlari: buzib kirgan joydan ma’lum buyum-ashyolarni olib chiqib ketish imkoni, ko‘p miqdordagi tovarlarni bitta yuk mashinasida olib ketganligi kabi ma’lumotlarni tekshirishda, eksperiment ko‘rsatilgan vaziyatlar-holatlar sun’iy tiklanib, tajriba qilib o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Tergov eksperimenti jinoyat ishi yuzasidan mavjud bo‘lgan ma’lumotlar va ehtimolga qarshi bo‘lmagan fikrlarni tekshirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar va fikrlar ma’lum sharoitlarda voqelikda bo‘lganligiga ishonch hosil qilishga qaratilgan bo‘ladi. Tergov eksperimenti natijalari ijobiy – tasdiqlovchi bo‘lib chiqsa, tekshirilayotgan dalil yoki tusmol to‘g‘ri ekanligi aniqlanadi, aks holda inkor etuvchi natija hosil bo‘lganda, tekshirilayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligi, ko‘rsatuvdagi vaziyat-holatlarning asossiz yoki yolg‘on ekanligi isbotlanadi. Tergov eksperimenti vazifalariga ko‘ra, boshqa tergov harakatlariga o‘xshab ketadi va ayrim qismlari o‘zaro bog‘liqligi bilan namoyon bo‘ladi. Ayniqsa eksperiment “ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish” tergov harakatiga o‘xshash bo‘lib, ikkala protsessual harakat so‘roq natijasida olingan ko‘rsatuvlarni tekshirishdan iboratdir. SHu bilan birga ular orasida muhim farqlar mavjud bo‘lib, ular shundan iboratki, eksperimentda ko‘rsatuvdagi ayrim dalillarni bo‘lib o‘tgan voqelikda, shart-sharoitda, sun’iy tiklash bilan tajriba qilib tekshiriladi. Hodisa joyida ko‘rsatuvlarni tekshirish esa, so‘roq paytida olingan 213
ma’lumotlardagi ayrim holat-vaziyatlar haqiqiy hodisa joyidagi vaziyatlarga to‘g‘ri kelishi aniqlanadi, ba’zi ma’lumotlar to‘ldiriladi, tekshiriladi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish harakatining ham eksperiment bilan birmuncha bog‘liqlik va o‘xshashlik xususiyati mavjuddir. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish maqsadi, eksperiment kabi dalil qidirib topish, uni tekshirishdan iboratdir, lekin ko‘zdan kechirishda hodisa joyi, holati o‘zgartirilmaydi, avvalgi asl holati, jinoyat oqibati bo‘lgan alomatlari o‘zgarishsiz kuzatiladi. Sud ekspertizasining turli tekshiruvlarini o‘tkazishda ekspert- mutaxassis eksperimental uslubiyotni keng qo‘llaydi. Jumladan, otish qurollarini identifikatsiyalashda shubhalangan quroldan eksperimental otishlar o‘tkazib, tekshirish uchun o‘q va gilzalarning namunalarini tayyorlaydi, hujjat va boshqa ob’ektlarni tekshirishda eksperiment tajriba uslubini turli shakllarda qo‘llaydi. Bu eksperimental tadqiqot – tekshiruvlar tergov eksperimentiga o‘xshash bo‘lsa ham, mustaqil tergov harakati emas, sud ekspertizasining tekshiruv uslubi sifatida uning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Tergov amaliyotida tergalayotgan jinoyat ishi yuzasidan turli holat-vaziyatlarni eksperiment yordamida tekshirishga to‘g‘ri keladi. SHularga ko‘ra eksperimentning turli shakllari o‘tkaziladi: –
ma’lum hodisa, holat, shaxslarni muayyan sharoitda ko‘rish imkonini aniqlash uchun; –
sharoit voqeligida eshitish imkoni bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash uchun;
–
jinoyat ishiga taalluqli bo‘lgan ayrim harakatlarni bajarish (masalan, ma’lum masofani qadam yurish, yugurish yoki transport vositasida ma’lum muddat davomida o‘tish) imkonini tekshirish uchun; –
og‘ir yuk bilan chiqish yoki kirish, ko‘p miqdordagi tovar mollarni bitta muayyan mashina yordamida olib ketish va h.k.) tekshirish uchun; –
ajrata bilish qobiliyatini va boshqa holatlarni tekshirish uchun. Jinoiy vaziyatning yoki uning ayrim jihatlarini oldini olish imkonini tekshirishda tergov eksperimenti bilan bir qatorda boshqa choralar ham ko‘riladi. Ayniqsa avtotransport halokatini tekshirishda, jabrlanuvchilar va ayblanuvchilar ko‘rsatuvlaridagi vajlar, tushunchalar
214
eksperiment, ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish va ekspertizalar yordamida aniqlanadi.
Tergov eksperimentini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun unga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim. Mazkur tergov harakatini o‘tkazishdan avval jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqib, so‘ngra mavjud bo‘lgan dalillarning qaysi birini eksperiment o‘tkazish bilan tekshirilishi zarurligi hal qilinadi. Tergov harakatini o‘tkazish rejasini belgilab olish ham katta ahamiyat kasb etadi. Reja quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: –
o‘tkazish sharoitlari; –
tergov harakatining mazmuni va tajribalarning oldinma-ketin o‘tkazish tartibi; –
aniqlash; –
zarur bo‘lgan ilmiy-texnik vositalarni tajriba o‘tkazishga tayyorlash; –
tayyorlash va
tergov harakati natijalarini rasmiylashtirish, mustahkamlash choralarini ko‘rib chiqish. JPK 154-moddasiga asosan, eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar etkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim. Eksperiment qatnashuvchilarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirsa, jamoat tartibi va axloq normalariga putur etkazsa, uni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi (JPK 154-moddasi ikkinchi qismi). Bunday hollarda eksperiment o‘rniga boshqa tergov harakatini o‘tkazish belgilanadi (qayta so‘roq, yuzlashtirish, ekspertiza va boshqalar). Tergov eksperimentini muvaffaqiyatli tashkil qilish va o‘tkazish uchun uning ishtirokchilarini oldindan belgilab olish lozim. 215
Ikki kishidan kam bo‘lmagan xolislardan tashqari, eksperiment o‘tkazishda tekshiriladigan hodisa, dalil, vaziyat xususiyatiga oid bo‘lgan mutaxassisning ishtiroki uni ijobiy o‘tkazilishiga yordam beradi. Tergov eksperimentini o‘tkazish jarayonida ish yuzasidan so‘roq qilingan shaxslarning ishtiroki taktika jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi, ayniqsa ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi)ning qatnashuvi, tergov harakatining ijobiy natijalari uchun omil bo‘lib hisoblanadi. Jumladan jinoiy hodisani ko‘zi bilan ko‘rgan, eshitgan guvohlar, vaziyatni tiklashda uning haqiqiy hodisa vaqtidagi holati, sharoitlarining mos kelishini kuzatib, tegishli qo‘shimcha tushunchalar berishlari mumkin. Guvoh yuz bergan hodisa vaziyatini qayta tiklashga, shu bilan birga hodisaning qanday davom etganligiga doir kerakli ma’lumotlarni beradi. Tergov eksperimenti guvohlarning ko‘rsatuvlarini tekshirish maqsadida o‘tkazilsa, guvohlarning o‘zlari tegishli harakatni shaxsan namoyish qilishlari, tekshirilayotgan hodisaning haqiqatligini aniqlashga yordam beradi. Eksperiment ayblanuvchining ko‘rsatuvini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu holda ayblanuvchini eksperiment o‘tkazishga qatnashish uchun jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Ayblanuvchi jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda bajargan harakatlarni to‘la namoyish qiladi. Ish bo‘yicha to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlashga imkon beradi. Eksperiment o‘tkaziladigan joyini, vaqtini ham oldindan belgilab olish lozim. Eksperimentni jinoyat sodir bo‘lgan joyning o‘zida o‘tkazish imkoni har doim ham bo‘lavermaydi, shuning uchun joy va vaqt natija uchun ahamiyati bo‘lsa, haqiqiy jinoiy hodisaga o‘xshash bo‘lgan joy va taxminan o‘sha vaqt (kechki, kunduzgi, qor, yomg‘ir kabi) belgilanadi. Eksperiment tezkor ma’lumotlarga asoslanib o‘tkaziladigan bo‘lsa, tezkor xodimning qatnashuvi maqsadga muvofiq. Eksperiment o‘tkazish davomida o‘tkaziladigan sinovlarning mazmunini o‘zgartirish bilan tezkor ma’lumotlarni ham tekshirish mumkin. Eksperiment o‘tkazishda mutaxassisning ishtirok etishi ayniqsa muhim. Mutaxassis eksperiment vaziyatini qayta tiklash va o‘tkazish oldidan qatnashuvchilarni joy- joyiga qo‘yishga, texnik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazilishiga ko‘maklashadi, shuningdek, eksperiment natijalariga baho berishda tergovchiga zarur bo‘lgan maslahatlarni beradi. Tergov harakatini o‘tkazishga barcha tashkiliy masalalar yuzasidan tayyorgarlik ko‘rilgandan so‘ng kirishish mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling