Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish natijalarini rasmiylashtirish
- Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish taktikasi
- 17-MAVZU. TINTUV VA OLIB QO‘YISH TAKTIKASI
- Еtibor qarating!
- E’tibor qarating!
- Tintuv turlarining xususiyatlari. 1. Turar joyda tintuv
- Э’tibor qarating!
- 2. Binoni tintuv qilayotganda
- Binolarda tintuv o‘tkazayotganda xatti-harakatlar tartibi
E’tibor qiling! Bu harakatni o‘tkazishning asosiy maqsadi to‘plangan dalillar yuzasidan ularning qanchalik haqiqatga yaqinligiga baho berish, aniqrog‘i ayblanuvchining bergan ko‘rsatuviga baho berishdir. 238
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish natijalarini rasmiylashtirish
Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tergov harakatining natijalarini rasmiylashtirish JPK 134-moddasi asosida amalga oshiriladi. Har qanday tergov harakati singari ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish natijalari ham tegishli bayonnomada to‘la va batafsil ifodalanishi zarur. Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish bayonnomasi uch qismdan iborat bo‘lib, kirish qismida tergov harakatining o‘tkazilish joyi, vaqti, kim o‘tkazayotganligi (lavozimi, mansabi, familiyasi) boshlangan va tugatilgan vaqti, tergov harakatining qatnashchilari, jinoyat ishi yuzasidan so‘roq qilingan ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga so‘roq vaqtida bergan ma’lumotlarini hodisa joyida takrorlab, tasdiqlab berishga tayyormi degan savol berilganligi va uning tasdiqlovchi javobi olinganligi haqida ko‘rsatiladi. Bayonnomaning bayonot-tavsif qismi eng muhim bo‘lib, tergov harakati boshidan oxirigacha qanday oldinma-ketinlikda o‘tkazilgan bo‘lsa, shunday tartibda qayd etilmog‘i zarur. Hodisa joyiga qanday yo‘nalishda borilganligi, yo‘lni ko‘rsatib tushuncha berishi, ayrim joylarning o‘ziga xos belgi, mo‘ljallarini ko‘rsatib olib borayotgan Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish taktikasi Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsdan o‘tkaziladigan tergov harakatida ishtirok etishga roziligini olish Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga hodisa joyiga borish yo‘lini tanlash, tekshiriluvchi holat-vaziyatlarini bajarish ixtiyorini berish Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxslar bir nechta bo‘lsa, ularning har qaysilari bilan alohida tekshiruv o‘tkazish Ko‘rsatuvlarni tekshirish jarayonida so‘roq qilingan shaxs hodisa joyidagi harakatlarini tushuntirib, qo‘shimcha ma’lumotlar berib to‘ldirish imkonini yaratish Кo‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlari bilan hodisa joyidagi muayyan holatlarni taqqoslash, mos ekanini aniqlash Ҳodisa joyida yangi izlar-ashyolarni topish maqsadida qidiruv ishlarini o‘tkazish, kriminalistik texnik vositalarini qo‘llash
239
shaxslarning ko‘rsatuvidagi holatlariga mos kelishi haqida ma’lumotlar mazkur qismda yoziladi. Ko‘rsatuvning hodisa joyida tekshirish jarayonida ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning nomidan uning bergan tushunchalari, ko‘rsatilgan joylari haqida tergovchining aniqlashtirishga qaratilgan savollari va ularga berilgan javoblari batafsil yozilishi kerak. Tergov harakatining ishtirokchilari, jumladan, xolislar ham savol berishlari mumkin. Qatnashchilar aniqlangan ma’lumotlar, topilgan ashyolarni kuzatib qayd qilinganligi haqida bayonnomada aks ettiriladi. Ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish bayonnomasida mazkur tergov harakatini o‘tkazishning butun jarayoni va uning natijalari to‘liq yoziladi. Bu ko‘rsatuvni tekshirish harakati ishtirokchilarining voqea joyida borgan yo‘l marshruti, hodisa joyidagi sharoit, predmetlar va boshqa
holatlar ko‘rsatiladi. So‘roq qilingan va ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning harakatlari va tushuntirishlari, unga berilgan savollar va bu savollarga olingan javob-tushuntirishlarning ma’nosini o‘zgartirmasdan, qanday ifodalangan bo‘lsa, shunday shaklda qayd qilmoq lozim. Bayonnomaning bayonot qismida ma’lumotlar, ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning aytgan xabarlari, tushuntirishlari so‘zma-so‘z uning nomidan yoziladi. Mazkur shaxsning tushuntirishlari savolga bergan javoblari birinchi shaxs, harakatlari esa uchinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Tergov harakatini o‘tkazish jarayonida bayonnomada qanday ilmiy-texnika vositalari qo‘llanilganligi to‘g‘risida, ya’ni fototasvirga yoki videotasvirga tushirilganligi, qidiruv asboblarining qo‘llanilganligi, fotosuratlarning tartib raqami, shuningdek, videoga olishning boshlangan va tugallangan vaqti hamda bu ishlarni amalga oshirishi apparatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ko‘rsatuvni hodisa joyida
tekshirish bayonnomasining yakunlovchi qismida ishtirokchilardan tushgan takliflar qo‘llanilgan ilmiy-texnik vositalar hamda tuzilgan reja, chizmalar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bayonnomaning yakunlovchi qismida videotasma, fotosurat, joyning chizmasi, turli marshrut yo‘nalishlarining grafiklari ilova qilinganligi ko‘rsatib tasdiqlanadi. Tergov harakati natijasida topilgan, olingan izlar, daliliy ashyolar, moddalardan olingan namunalar ro‘yxati keltiriladi. Tergov harakatining ishtirokchilari tomonidan qanday taklif mulohazalar keltirilganligi ko‘rsatilib, bayonnomaning mazmunida barcha harakat to‘la va aniq qayd etilganligi tasdiqlanib imzolanadi. 240
So‘roq bayonnomasi singari ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish bayonnomasining har bir sahifasi tergov harakatining barcha qatnashchilari tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. Bayonnoma va unga ilova qilingan chizmalar, ovoz va tasvir yozilgan tasmalar, tergov harakatida ishtirok etganlar, jumladan, xolislarga, mutaxassisga va ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxslarga o‘qib beriladi va ular bayonnoma bilan tanishtirilganligi haqida imzo qo‘yadilar. Ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish sud tarkibi tomonidan o‘tkazilgan taqdirda bu haqida yuqorida ko‘rsatilgan tartib va ketma- ketlikda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Nazorat savollari:
tushunchasi va vazifalarini tushuntirib bering. Ushbu tergov harakatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima? 2. Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida tergovchi tomonidan qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?
taktikasi haqida so‘zlab bering. Ushbu tergov harakatini o‘tkazishda tergovchi nimalarga e’tibor qaratishi lozim?
Baxodirov N. 2010 yilda bedarak yo‘qolgan fuqaro Salimov T.ni CHilonzor tuman YUsuf Xos Xojib ko‘chasida o‘ldirganligini va uni CHirchiq kanaliga olib borib tashlab yuborganligi to‘g‘risida ko‘rsatuv berdi. Tergov jarayonida fuqaro Salimov T. haqiqatdan ham 2010 yilda bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilinganligi va o‘sha yili CHirchiq kanalidan shaxsi no’malum murda topilganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish qanday ahamiyatga ega hisoblanadi? Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishning protsessual tartibi va taktikasi haqida so‘zlab bering. Ushbu tergov harakatini o‘tkazishda tergovchi nimalarga e’tibor qaratishi lozim? 241
2-kazus Fuqaro Azizov M. bir gurux shaxslar tomonidan do‘pposlanib, og‘ir tan jarohati etkazilishi natijasida o‘lganligi aniqlandi. Jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi va ularning har biri so‘roq qilindi. So‘roq qilish tergov harakati natijasida ba’zi bir noaniqliklar yuzaga keldi. Tergovchi ushbu vaziyatda guruhning har birn ishtirokchisi
242
17-MAVZU. TINTUV VA OLIB QO‘YISH TAKTIKASI Tintuv tushunchasi va uning turlari. Tintuv o‘tkazishning taktik usullari. Olib qo‘yish tartibi. Tintuv va olib qo‘yish natijalarini qayd etish. Tintuv tushunchasi va uning turlari Jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida ba’zan insonga nisbatan majburiy xususiyat kasb etadigan faol qidiruv harakati – tintuv o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi.
Tintuv predmeti murda, uning qismlari, shuningdek tergov va suddan yashirinib yurgan jinoyatchi bo‘lishi ham mumkin. O‘zR JPKning tintuv o‘tkazish uchun asoslarni mustahkamlashga bag‘ishlangan 158-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki o‘zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa yoki hujjatlar bor deb o‘ylash uchun etarli ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda tintuv o‘tkazishga haqlidir. Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin. O‘zR JPKning 159-moddasiga binoan, olib qo‘yish yoki tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga ko‘ra o‘tkaziladi, bunda ular olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqlidirlar. O‘z xususiyati va vazifalariga ko‘ra tintuv ma’lum jismoniy yoki yuridik shaxslardan oldindan belgilangan, jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan aniq narsalar va hujjatlarni ixtiyoriy, zarur hollarda esa – majburiy olishdan
yoxud tashkilotga tegishli bo‘lgan turar joy binolari va boshqa imoratlar, hudud shaxsiy buyumlarni majburiy tekshirishga qaratilgan, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlariga rioya etilgan holda, jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan daliliy axborotning aniq manbalarini topish va olib qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan tergov harakati. 243
iborat bo‘lgan olib qo‘yish bilan o‘xshashdir. Olib qo‘yishdan farqli o‘laroq, tintuv o‘tkazish vaqtida qidirilayotgan narsa va u yashirilgan joyni aniq bilish shart emas. Ayni shu sababli tintuvning asosini olib qo‘yishga xos bo‘lmagan izchil qidiruv harakatlari tashkil etadi. Olib qo‘yishda ob’ektlar shaxs ularni ixtiyoriy ravishda topshirishdan bosh tortgan holdagina majburiy tartibda olib qo‘yiladi.
Qidirilayotgan ob’ektlar soniga ko‘ra yakka tintuv (bitta ob’ekt qidiriladi) va bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda (jinoyat ishtirokchilarining kvartiralarida, gumon qilinuvchining turar joyi, chorbog‘i, avtomobili va ofisida) o‘tkaziladigan guruhiy tintuv farqlanadi. SHuningdek birlamchi va takroriy tintuvlar ham farqlanadi. Takroriy tintuv quyidagi hollarda o‘tkaziladi: a) birlamchi tintuv noqulay sharoitlarda o‘tkazilgan bo‘lsa; b) tintuv qiluvchilar kerakli qidiruv vositalariga ega bo‘lmagan, tegishli mutaxassislar jalb qilinmagan bo‘lsa; v) birlamchi tintuvda ayrim joylar tekshirilmay qolgan yoki ularning ayrimlari sinchiklab tekshirilmagan deb taxmin qilish uchun
asoslar mavjud
bo‘lsa; g) birlamchi tintuvni o‘tkazayotganda tergovchi qiziqmagan yangi narsalarni qidirib topish zarurati tug‘ilgan bo‘lsa; d) manfaatdor shaxslar oldindan yashirib qo‘ygan qidirilayotgan narsalar tintuv o‘tkazilgan binoga qaytarilgan, deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lgan bo‘lsa.
Qidirilishi mumkin bo‘lgan narsalar doirasini belgilash ancha qiyin ish. Unga ko‘pincha jinoyat qurollari (o‘qotar va sovuq qurol, portlatish qurilmalari va portlovchi moddalar, zaharlar, giyohvandlik vositalari, jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklar va h.k.) kiradi. Olib qo‘yishni
iborat: qidirilayotgan ob’ektlarni topish, ular yashirilgan joylarni, shuningdek topilgan ob’ektlarning o‘ziga xos belgilarini qayd etish; olib qo‘yilgan narsalarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish. E’tibor qarating! Tintuv ob’ektlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: uy, kvartira, xona, chorbog‘, dala hovlisi, hovlidagi imoratlar, xizmat yoki yordamchi binolar, garaj, hammom, transport vositalari: avtomobil, kater, yaxta, shaxsga mulk huquqida tegishli bo‘lgan har qanday ko‘chmas mulk (do‘kon, rasta), shuningdek odam.
244
o‘tkazish chog‘ida, qoida tariqasida, turli hujjatlar olib qo‘yiladi. Tintuv o‘tkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi o‘z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa,
tergovchining o‘zi ularni ochishga haqli. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv tunda o‘tkazilishi ham mumkin. Tintuvni o‘tkazish vaqtida tintuv o‘tkazilayotgan binoning egasi yoki uning voyaga etgan oila a’zolari, shuningdek uning advokati hozir bo‘ladi. Qidiruv
harakatlarini o‘tkazish jarayonida tergovchi tintuv o‘tkazilayotgan joyda turgan shaxslarga bu erni tark etish, luqma tashlash, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish, tergov harakati yakunlangunga qadar bir-biri yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishni taqiqlashi mumkin. Tintuv – psixologik jihatdan o‘ta murakkab va sermehnat, ba’zan nizoli vaziyatda o‘tkaziladigan tergov harakatlaridan biri. Tintuvni samarali o‘tkazish unga puxta tayyorgarlik ko‘rishni taqozo etadi. Tayyorgarlik tadbirlari tergovchi tomonidan tintuv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan tintuv o‘tkaziladigan joyga kelgunga qadar amalga oshiriladi. Tayyorgarlik tadbirlarining birinchi bosqichi jinoyat ishi materiallarini tahlil qilish, qidirilayotgan narsalar va ular yashirilishi mumkin bo‘lgan joylar, tintuv qilinayotgan shaxsning, ba’zan – uning qarindoshlarining fe’l-atvori haqida axborot to‘plashni o‘z ichiga oladi. Bu qidiruv harakatlarini boshlash uchun vaqtni, uning natijadorligini kafolatlovchi texnika vositalari va usullarini, tergov-tezkor guruhi a’zolari sonini to‘g‘ri tanlash, majburiyatlarni optimal taqsimlashni engillashtiradi. Qidirilayotgan narsalarning xususiyati va belgilari to‘g‘risida ma’lumotlarni ham protsessual manbalar (masalan, jabrlanuvchilarni so‘roq qilish bayonnomalari)dan, ham tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olish mumkin. Bu ma’lumotlar ular yashirilishi mumkin bo‘lgan joylar to‘g‘risida tusmollarni ilgari surishga yordam beradi. Tintuv qilinayotgan shaxsning ruhiyati, fe’l-atvori va kasb-kori, sog‘lig‘ining holati, qiziqishlari haqida xabardorlik tergovchiga narsalar yashirilishi mumkin bo‘lgan joylarni, ularni niqoblash usullarini prognozlashtirish imkonini beradi. Tintuv qilinayotgan, uning oila a’zolari va u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslarning fe’l-atvorini bilish tintuv paytida tergovchi va uning yordamchilariga jismoniy qarshilik ko‘rsatish yoki qidirilayotgan narsalarni yo‘q qilib tashlash ehtimolini prognoz qilish uchun imkoniyat yaratadi. 245
Tezkor manbalardan olingan tintuv o‘tkaziladigan joy to‘g‘risida ma’lumotlar tergovchiga tergov-tezkor guruhini shakllantirish, kuchlarni joy-joyiga qo‘yish, qidiruv harakatlarining oldinma-ketinligini va ularning real hajmini belgilashga yordam beradi. Tintuv ob’ektlarining xususiyatlarini, tintuv qilinuvchida mobil aloqa vositalari, qurol, qopag‘on it, kasal oila a’zolari va hokazolar bor-yo‘qligini aniqlagach, tergovchi guruhga kimni kiritish zarurligini, qaysi qidiruv texnik- kriminalistik vositalari talab etilishi mumkinligini belgilaydi. Ikkinchi bosqich tadbirlari tintuv qilinayotgan ob’ektning qo‘riqlanishini ta’minlash, unga kirish usulini tanlash, qidiruv harakatlarining natijadorligi uchun normal sharoitlarni yaratishdan iborat.
Tintuv turlarining xususiyatlari. 1. Turar joyda tintuv o‘tkazayotganda tergovchi avval tintuv joyida mo‘ljal olish uchun uni ko‘zdan kechiradi, uning chegarasini belgilaydi, uni muayyan qismlarga ajratadi, qidirilayotgan ob’ektlar yashirilishi mumkin bo‘lgan joylarni, ularni tekshirishning oldinma- ketinligini va qidirish usullarini belgilaydi, kerakli texnik-kriminalistik vositalarning turlarini aniqlaydi. Turar joyni tekshirish jarayonida tergovchi o‘zi tanlagan yo‘nalishdan og‘ishmay harakat qilishi lozim. Bunda eng avvalo umumiy foydalaniladigan joylar va qidirilayotgan narsalar yashirilishi mumkin bo‘lgan joylar tekshiriladi. Tintuvni o‘tkazish chog‘ida “og‘zaki vaziyatni bilish” tavsiya etiladi. Bunda tergovchi navbatdagi tekshiruv ob’ektini baland ovozda e’lon qiladi va tintuv qilinayotgan bilan uning oila a’zolariga bu qanday ta’sir ko‘rsatganini kuzatadi. Ruhiy zo‘riqish vaziyatida og‘zaki ta’sir ko‘rsatish omili beixtiyor tashqi o‘zgarishlarga (rang oqarishi, titroq turishi va h.k.) sabab bo‘lishi mumkin. SHu holatga qarab qidiruv Э’tibor qarating! Zamonaviy qidiruv vositalari yashirilgan har qanday narsani topish imkonini beradi. Tergovchi tintuvni o‘tkazish jarayonida mutaxassis-kriminalist yordamida zamonaviy o‘lchash va optika vositalari, kuchli yorug‘lik manbalari, portativ rentgen qurilmasi, gaz analizatorlari, metall va mina izlagichlar, magnitli izlagichlar va ko‘targichlar, tok indikatorlari, qalbaki pul va portlovchi moddalar detektorlari, giyohvandlik vositalari ekspress-analizatorlari, endoskoplardan va ko‘chma kriminalistik laboratoriyada jamlangan boshqa texnik-kriminalistik vositalardan foydalanishi mumkin.
246
harakatlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotganini taxmin qilish mumkin. Tintuv qilinuvchi o‘zi yashirgan narsalar baribir topilishini tushunib, ularni ixtiyoriy ravishda topshirishi ehtimoldan xoli emas.
2. Binoni tintuv qilayotganda tergovchi bir yo‘nalishda (masalan, devor yoqalab) harakatlanishi, ob’ektlarni oldinma-ketin tekshirishi, so‘ng xonasiga o‘tishi, pol, shiftni ko‘zdan kechirishi, shundan keyin boshqa xonaga o‘tishi lozim. Tanlab tekshirish usuli birinchi navbatda qidirilayotgan narsalar yashirilishi mumkin bo‘lgan, tergovchi tomonidan belgilangan joylarni tintuv qilishni nazarda tutadi.
Tintuvning natijadorligi tergovchining tintuv o‘tkazilayotgan joyda to‘g‘ri mo‘ljal ola bilishi, tirishqoqligi, sabr-toqatliligi, muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchi bilan belgilanadi. Tintuv o‘tkazish uchun noqulay ob’ektlar (tutun mo‘risi, erto‘la, yug‘indi to‘kiladigan o‘ra, shunga o‘xshash boshqa joylarni tekshirish)ni tekshirishdan voz kechmaslik kerak. Taktik nuqtai nazardan binoda tintuvni qidirilayotgan ob’ektlar yashirilishi mumkin bo‘lgan joylardan boshlash, ularni texnik- kriminalistik vositalar yordamida tekshirish o‘rinli bo‘ladi. Ba’zan Binolarda tintuv o‘tkazayotganda xatti-harakatlar tartibi Тintuv o‘tkaziladigan joyga kelish Binoga kirish O‘z hujjatlarini ko‘rsatish; o‘tkaziladigan tintuv haqida ogoh etish; bino egasini qaror bilan tanishtirish; barcha ishtirokchilarni bir xonaga to‘planishga taklif etish; har bir kishining shaxsini aniqlash; ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish Bino egasiga qidirilayotgan narsalarni topshirishni taklif etish Тintuv o‘tkaziladigan bino bilan tanishish; qidirilayotgan narsalar saqlanishi ehtimol tutilgan joylarni belgilash; tintuv rejasini aniqlash; tintuv o‘tkazuvchilar o‘rtasida vazifalari taqsimlash va ularga yo‘l-yo‘riqlar berish Qidiruv o‘tkazish (binoni, uning tarkibiy qismlari va alohida narsalarni ko‘zdan kechirish) Tintuv jarayoni va natijalarini qayd etish Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling