Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting!
- 18-MAVZU. SO‘ROQ O‘TKAZISH TAKTIKASI
- E’tibor qiling!
- E’tibor qiling! So‘roq turlari
- So‘roq qilishda psixologik aloqa o‘rnatish.
- E’tibor qarating!
- E’tibor qiling! Psixologik aloqa
Nazorat savollari:
o‘tkazish qanday taktik usullarga asoslanadi?
ko‘ra farq qiladi? Olib qo‘yish tergov harakatini o‘tkazish tartibi qanday?
2 yil avval sodir etilgan qotillik jinoyatini sodir etgan shaxs aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi yurituvi to‘xtatilgan. Ushbu
tuziladi. Birinchi nusxasi ishga biriktirib qo‘yiladi. Ikkinchi nusxasi tintuv qilinuvchi, olib qo‘yiluvchi yoki uning vakillarida qoladi va ular birinchi nusxada ikkinchi nusxani olganliklari to‘g‘risida imzo chekadilar. Uchinchi nusxa olingan ob’ektlar bilan birga ashyoviy dalillarni saqlash kamerasiga topshiriladi. Original va nusxaning barcha betlari tergovchi, xolis va tintuv yoki olib qo‘yishning boshqa ishtirokchilari hamda tintuv qilinuvchi yoki olib qo‘yish o‘tkazilgan idora vakillari tomonidan imzolanadi.
256
jinoyatni sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslar ichida uning xotini ham bo‘lishi mumkin degan versiyani tekshirish zarurati tug‘ilib, jinoyat ishining tergovi qayta tiklandi. Jinoyat bilan bog‘liq faktlarni aniqlash maqsadida gumonlanuvchining uyida tintuv o‘tkazish rejalashtirildi. Tintuv ob’ekti sifatida uyning hovlisida qurilishi tomomlanmagan ayvon, garaj, quduq va poliz ekinlari mavjud xududlar belgilandi. Tintuv chegarasi va taktikasini aniqlang. Tintuv jarayonida qanday kriminalistik texnik vositalar qo‘llaniladi.
Fuqaro M. tanishi I giyohvandlik vositalari bilan savdo qilayotganligini aytib IIB xodimlariga murojaat qildi. Fuqaro I. Tezkor- qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan kuzatish tadbirlari natijasida ,,Aziya” restoranida o‘z mijoziga qora paketda oq kukun sotayotgan paytda qo‘lga olinadi. Ushbu modda ekspertiza natijalariga ko‘ra giyoxvandlik moddasi emasligi ma’lum bo‘ladi. Ushbu holat yuzasidan tintuv va olib qo‘yish tergov
257
18-MAVZU. SO‘ROQ O‘TKAZISH TAKTIKASI So‘roq tushunchasi va ko‘rsatuvlarning psixologik asoslari. So‘roq qilish bosqichlari. Jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish taktikasi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish taktikasi. Yuzlashtirib so‘roq qilish tartibi. Voyaga etmagan shaxslarni so‘roq qilish. So‘roq natijalarini protsessual rasmiylashtirish. So‘roq tushunchasi va ko‘rsatuvlarning psixologik asoslari So‘roq qilish – paydo bo‘lishiga ko‘ra eng birinchi va qo‘llanilishi jihatidan ayniqsa keng tarqalgan tergov harakati. Uning mohiyati so‘roq qilinayotgan shaxsdan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar to‘g‘risida ko‘rsatuvlar olishdan iborat. Uni samarali o‘tkazish uchun so‘roq qilinuvchilar psixologiyasini yaxshi tushunish, ular bilan ishonchli munosabatlar o‘rnata olish, yuzaga kelgan vaziyat, so‘roq qilinuvchining shaxsi va protsessual maqomi, ishda mavjud dalillarni hisobga olgan holda taktik usullar va psixologik ta’sir ko‘rsatish metodlarini qo‘llay bilish zarur.
qilingandan so‘ng birinchi so‘roq vaqtida yoxud shaxsning o‘z aybiga iqrorligi to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishi zahotiyoq yuzaga keladi. Ushbu bosqichda ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi tergovchini uning haqqoniyligini tekshirish majburiyatidan ozod qilmaydi. Chunki aybga yolg‘on iqrorlikning kech aniqlanishi haqiqiy jinoyatchilarning yashirinishi uchun sharoit yaratib, haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayblanuvchining himoya huquqini ta'minlash maqsadida tergovni olib borayotgan shaxs ayblanuvchini JPK 110-moddasiga rioya etgan holda darhol so‘roq qilishi lozim. Ayblanuvchini so‘roq qilish qonun E’tibor qiling! So‘roq tergovchi bilan jinoiy voqea haqida ma’lumot beruvchi shaxs o‘rtasidagi o‘zaro muloqotdir. So‘roq qilishning umumiy vazifasi – so‘roq qilinayotgan shaxslarning har biridan tergov qilinayotgan jinoyat holatlari va uni sodir etishda aybdor shaxslar to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan barcha haqqoniy ma’lumotlarni olish. 258
bilan tartibga solingan tergov harakati bo‘lib, jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida tergovchi bilan ayblanuvchining o‘zaro suhbatini qamrab oladi. Tergovchi ayblanuvchini faqat e'lon qilingan ayb yuzasidan so‘roq qilishi lozim. Bu avvalambor, jinoiy ta'qibning doirasi va chegarasiga borib taqaladi. Boshqacha aytganda, jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxsni so‘roq qilishda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga daxli bo‘lmagan, e'lon qilingan ayblovga aloqador bo‘lmagan boshqa holatlar haqida so‘ralishi to‘g‘ri emas. Shunday bo‘lsada, basharti tergov o‘tkazish chog‘ida dastlabki ayblovni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar to‘plangan bo‘lsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi noto‘g‘riligi ma'lum bo‘lib qolsa, dastlabki ayblov o‘zgartirilishi, qisman tugatilishi yoki to‘ldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi (JPK 362-moddasi birinchi qismi).
Yolg‘on ko‘rsatuv berish belgilari aniqlangan taqdirda, so‘roqni amalga oshirayotgan mas'ul mansabdor shaxs so‘roq vaqtida so‘roq qilinayotgan shaxsning xulq-atvorini atroflicha kuzatishi maqsadga muvofiq. Kishining har qanday, shu jumladan, huquqqa xilof faoliyati ham ruhiy bosim ostida amalga oshiriladi. Shuning uchun so‘roq qilinayotgan shaxsga savollar bera turib, davlat ayblovchisi uning xulq- atvorini, nutqini, qo‘yilgan savollarga ta'sirini kuzatib borishi lozim. Demak, prokurorlarni sudda kuzatuv usulidan foydalanish hamda ishontirish xususiyatini shakllantirishga o‘rgatish katta samara beradi. Bir qator adabiyotlarda ham shaxsni gumon qilinuvchi sifatida e'tirof etishning qonunchilikdagi asoslarining yo‘qligi amaliyot xodimlarida noaniqliklarni vujudga keltirishi hamda ular tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lishi ta'kidlangan. Aytish joizki, mazkur muammo O‘zbekiston Respublikasi jinoyat- protsessual qonunchiligi uchun ham xos bo‘lib, gumon qilish institutining yetarlicha huquqiy tartibga solinmaganligi bois, qonun buzilishi holatlari amalda keng uchrab turadi. Xususan, sud-tergov amaliyotida amalda gumon qilinayotgan shaxsni guvoh sifatida so‘roq qilish hollari keng uchraydi. Ushbu salbiy holatning oldini olish maqsadida 2008 yil 31 dekabrda JPKga guvohning advokati instituti joriy etildi. O.D.Jukning yozishicha esa, amaliyotda tergovchi shaxsga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilishni taklif qiladi. Albatta,
259
inson o‘ziga ma'qul huquqiy maqom sifatida guvoh maqomini tanlaydi, undan keyin tergovchi butun so‘roq jarayoni shaxsga biror-bir protsessual kafolatlar taqdim etmagan holda uni jinoyat sodir etishdagi ishtirokini fosh etishga harakat qiladi, - deb ta'kidlangan. Fikrimizcha, bunday amaliyot inson huquqlarining buzilishi bo‘lib, bu borada I.A.Panteleyev, A.A.Davletov va V.G.Voytlar shaxsni guvoh sifatida so‘roq qilishning protsessual chegaralarini quyidagicha belgilashni taklif qiladi: “basharti so‘roq qilish predmeti guvohning jinoyatga daxldorligiga oid holatlarni qamrab olmasa, ya'ni tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga nisbatan o‘z gumonini bildirmasa, shaxsni guvoh sifatida so‘roq qilish bo‘yicha hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Agarda, tergovchi u yoki bu shaklda shaxsga nisbatan gumon e'lon qilsa (bu so‘roq qilinayotgan shaxs oldiga uning jinoyat bilan bog‘liq o‘z xatti-harakatlari to‘g‘risida masalani qo‘yishida ifodalanadi), ushbu shaxs guvoh bo‘la olmaydi. U o‘zining real holatiga mos gumon qilinuvchi maqomiga ega bo‘lishi hamda unga nisbatan mavjud gumon rasman e'lon qilinganidan so‘ng, jinoyat protsessining ushbu ishtirokchisi sifatida so‘roq qilinishi lozim. Bunday yondashuv qonuniylik, odillik, insonparvarlik kabi umumhuquqiy prinsiplar mohiyatiga zid bo‘lib, unga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki mazkur holatda amalda gumon qilinuvchi guvohga aylantiriladi hamda ko‘rsatuv berishga majbur qilinadi, zero, guvoh sifatida so‘roq qilinuvchi ayblanuvchiga tegishli bo‘lgan protsessual huquqlardan foydalanmaydi, chunki ushbu holat bilan ayblanuvchi amalda o‘ziga tegishli bo‘lgan protsessual huquqlardan mahrum etiladi. Ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi masalasi unga ayb e'lon qilingandan so‘ng birinchi so‘roq vaqtida yoxud shaxsning o‘z aybiga iqrorligi to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishi zahotiyoq yuzaga keladi. Ushbu bosqichda ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi tergovchini uning haqqoniyligini tekshirish majburiyatidan ozod qilmaydi. Chunki aybga yolg‘on iqrorlikning kech aniqlanishi haqiqiy jinoyatchilarning yashirinishi uchun sharoit yaratib, haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi mumkin. So‘roq qilish o‘zaro muloqot shakli sifatida hamkorlik yoki qarama-qarshilik va psixologik kurash yo‘sinida o‘tishi mumkin. Ba’zan so‘roqda boshqa shaxslar (tarjimon, pedagog, mutaxassis va sh.k.) ham ishtirok etishlari mumkin. Bunda axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, bir-biriga baho berish, nuqtai nazarlarni shakllantirish sodir 260
bo‘ladi. Bu erda so‘roqni o‘tkazayotgan shaxs etakchi rol o‘ynashi lozim.
Tergovchi JPK normalari va kriminalistika tavsiyalariga amal qilgan holda, so‘roqni o‘tkazish tartibini belgilaydi, boshqa shaxslarning harakatlarini, ularning ishtiroki darajasini boshqaradi, ayni vaqtda so‘roq qilinuvchidan tergov qilinayotgan jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlar olishni ta’minlaydi. So‘roq qilinuvchidan mumkin qadar to‘liq va haqqoniy ko‘rsatuvlar olishga intilib, tergovchi taktik mulohazalarga ko‘ra yuz bergan voqea tafsilotlaridan xabardorligini ma’lum vaqtgacha oshkor qilmaydi, o‘zi so‘roqning mazkur bosqichida foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblagan ma’lumotlarnigina xabar qiladi. Olinayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash – og‘ir vazifa, zero so‘roq qilinuvchi, hatto u butun haqiqatni bayon etishni istayotgan bo‘lsa ham, o‘z istagini amalga oshirishga, muhim holatlarni to‘liq eslashga doim ham qodir bo‘lavermaydi. Bundan tashqari, u tergovchini aynan qaysi
faktlar va
tafsilotlar qiziqtirayotganini doim ham tushunavermaydi. So‘roq qilinuvchi tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi amalda qanday rivojlangani xususida vijdonan yanglishishi ham mumkin. So‘roq qilinuvchi yolg‘on ko‘rsatuvlar bergan, ayrim muhim holatlarni yashirgan, ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortgan, voqeaning asl manzarasini aniqlashda tergovchiga halaqit berishga uringan hollarda vaziyat yanada murakkablashadi.
Yuzlashtirishni o‘tkazayotganda so‘roq qilish ushbu tergov harakatining alohida turi hisoblanadi. Olinayotgan ma’lumotlarning ishonchliligiga ko‘ra haqqoniy ko‘rsatuvlar beruvchi shaxsni so‘roq qilish va yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgani ayon bo‘lgan odamni so‘roq
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ekspertni so‘roq qilish. So‘roq qilinuvchilarning
qarab
voyaga yetganlar, voyaga yetmaganlar, yosh bolalar, qariyalarni so‘roq qilish farqlanadi. Ushbu tergov harakatini o‘tkazishning oldinma-ketinligiga ko‘ra birlamchi, takroriy va qo‘shimcha so‘roq qilish, o‘tkazish sub’ektiga ko‘ra – tergovchi, surishtiruvchi, tergov bo‘linmasi boshlig‘i, prokuror, sudya tomonidan o‘tkaziladigan so‘roq farqlanadi. 261
qilish farqlanadi. Tergovchi va so‘roq qilinuvchi o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarga qarab nizoli va nizosiz vaziyatda so‘roq qilish farqlanadi.
natijadorligini ta’minlashda uning kommunikativ tomoni – muloqot uchun qulay psixologik muhit, o‘zaro til topish, unumli muloqot qilishga intilish alohida rol o‘ynaydi. Psixologik aloqa o‘rnatishga tergovchining kirishimliligi, uning odamlar bilan til topa bilish, so‘roq qilinuvchilarning alohida xususiyatlari (yoshi, rivojlanish darajasi, fe’l-atvori, tergov qilinayotgan ishga bo‘lgan munosabati, kayfiyati va h.k.)ni hisobga olish, ularda haqqoniy ma’lumotlar berish niyatini paydo qilish qobiliyati va ko‘nikmalari yordam beradi.
Bunda qarama-qarshi tomon muloqotda ishtirok etish, savollarni tinglash va ularga javob berish, vajlar va dalillarni idrok etishga hatto nizoli tergov vaziyatida ham tayyor bo‘ladi. Bunday aloqani o‘rnatishga tergovchining xushmuomaladigi va xayrixohligi, jinoyatni tergov qilishga xolisona munosabati, so‘roq qilinuvchini diqqat bilan tinglashga tayyorligi ham ko‘maklashadi.
psixologik qarama-qarshilik vaziyatida, u qilmishning o‘ziga ma’lum bo‘lgan voqealari haqida yolg‘on ko‘rsatuvlar berayotgan, tergovchini to‘g‘ri yo‘ldan chetlatishga urinayotgan, tergov qilinayotgan jinoyatning haqiqiy manzarasini aniqlashga qarshilik ko‘rsatayotgan holda qo‘llaniladi. Bunday ta’sir o‘tkazishning mohiyati dalilarni ko‘rsatishning eng ta’sirchan shaklini ta’minlovchi taktik usullardan foydalanish, so‘roq qilinuvchining sub’ektiv pozitsiyasini o‘zgartirish, haqqoniy ko‘rsatuvlar berish zarurligiga uni ishontirishdan iborat. E’tibor qiling! Psixologik aloqa – bu so‘roq jarayonida o‘zaro munosabatlarning shunday bir darajasiki, unda ishtirok etuvchi sub’ektlar bir-biridan chiqayotgan axborotni idrok eta oladi va buni istaydi. Psixologik aloqa o‘rnatish tergov harakatini o‘tkazish jarayonida ikkala tomon uchun ham qulay bo‘lgan psixologik muhit yaratishdan iborat. 262
Ruhiy ta’sir o‘tkazish qonun doirasida amalga oshirilishi lozim. Bunda tergovchi ishontirish usulini qo‘llashga alohida e’tiborni qaratishi zarur. Mavjud faktlar va dalillarni oldindan tanlab olish va izchil shaklga solish, ularni optimal oldinma-ketinlikda keltirish so‘roq qilinuvchiga ruhiy ta’sir o‘tkazishning samaradorligini, u qarshi harakat mo‘ljalini o‘zaro aloqa mo‘ljaliga o‘zgartirishini belgilaydi. So‘roq qilinuvchi berayotgan ma’lumotlarni tergovchi ularni ish bo‘yicha aniqlangan holatlar bilan solishtirish orqali tahlil qilishi, ularda ichki ziddiyatlarni, ilgari berilgan ko‘rsatuvlarga zid jihatlarni aniqlashi lozim. O‘z-o‘zidan ravshanki, ko‘rsatuvlarda mavjud bo‘shliqlar va noaniqliklar tergovchi tomonidan yolg‘on ma’lumotlar berish sifatida talqin qilinmasligi kerak. Ayrim xatoliklar turli ob’ektiv sabablar ta’sirida hatto vijdonli shaxslar bergan ko‘rsatuvlarda ham uchrashi mumkin. So‘roq qilish jarayonida tergov qilinayotgan jinoyat to‘g‘risida to‘liq va mutlaqo ishonchli axborot olishni qiyinlashtiruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni hisobga olish lozim. Ob’ektlarni kuzatish tashqi sharoitlari va xususiyatlari ob’ektiv omil hisoblanadi. Bu erda voqeaning kutilmaganda va tez yuz berishi, noqulay ob-havo sharoitlari, sershovqin muhit, yaxshi yoritilmagan joy va hokazolar nazarda tutiladi. Sub’ektiv omillar qatoriga jismoniy nuqsonlar, shuningdek toliqish, stress, kasallik, ruhiy holatning buzilishi, mastlik va hokazolar ta’sirida sezgi organlari idrok etish qobiliyatining susayishi kiradi. So‘roq qilish jarayonida xatoga yo‘l qo‘ymaslik va olingan ko‘rsatuvlarning ishonchliligini tekshirish uchun so‘roq qilinuvchining voqeani kuzatish sharoitlarini mufassal aniqlash zarur. Qonun talabiga ko‘ra, tergovchi so‘roq qilinuvchidan ko‘rsatuv olish orqali ma’lumot to‘playdi. Ma’lumki, so‘roq vaqtida olingan ko‘rsatuvlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil manbaining bir ko‘rinishi hisoblanadi, to‘plangan axborotlar esa jinoyatning ayrim holatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Tergov amaliyotida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilingan va ekspert mutaxassislarni so‘roq qilish ko‘proq uchraydi.
asoslari JPK 96-108-moddalari bilan tartibga solinadi. Gumon qilingan shaxslarni so‘roq qilish tartibi JPK 109-113-moddalarida ko‘rsatilgan. Guvoh va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish tartibi va usullari JPK 114-124-moddalarida qayd qilingan.
263
Kriminalistik taktik uslublarni qo‘llash nuqtai nazaridan guvoh va jabrlanuvchilarning protsessual holati va huquqlari deyarli bir xil bo‘lib, ularning holatlari o‘xshashligi sababli bir usulda so‘roq qilinadi. Lekin ushbu protsessual shaxslarning holatlarini ba’zi tomonlari e’tiborga olinib ularni so‘roq qilishda turli uslubni qo‘llash mumkin. Jumladan, gumon qilinuvchiga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan hali aniq va asosli isbotlar bo‘lmaganligi uchun uni faqat gumon qilingan shaxs sifatida so‘roq qilinadi. Ayblanuvchi esa tergovchining unga nisbatan to‘plangan dalillari asosida ayblanuvchi sifatida so‘roq qilinadi va taktik uslublar mana shu holatlarga asosan qo‘llaniladi. Guvoh bilan jabrlanuvchining protsessual holati deyarli bir xil, huquq va burchlari ham o‘xshash. Lekin ayrim holatlar mavjudki, guvoh bilan jabrlanuvchi orasida ba’zi bir farq ham bordir. Jumladan, jabrlanuvchi jinoyat oqibatidan bevosita moddiy, ma’naviy va jismoniy zarar ko‘radi, shuning uchun tergov natijasidan bir muncha manfaatdor. So‘roq jarayonida jabrlanuvchi ko‘rsatuv berishda voqeani to‘g‘ri va ob’ektiv yoritishiga uning shaxsiy adovati va psixologiyasi, ya’ni ruhiy holati ta’sir etishi mumkin. Guvohda esa bu xususiyatlar bo‘lmaganligi uchun odatda xolis ko‘rsatuv beradi. So‘roq qilinuvchi shaxslar ko‘rsatuvlarining shakllanishi murakkab jarayondir, chunki uni yuzaga kelishida his eta bilish va mantiqli fikrlashning turli shakllari ishtirok etadi. SHu sababli so‘roq qilishda shaxsning ruhiy holatini, xususiyatlarini nazarda tutgan holda taktik uslublarni qo‘llab, jinoyat ishiga tegishli ma’lumotlarni olish mumkin. Ko‘rsatuvni qanday hosil bo‘lishini, uning psixologik asoslarini bilish tergovchiga taktik uslublarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. Gumon qilinuvchi va aybdor, guvoh va jabrlanuvchilarning jinoyat ishida tutgan turli protsessual holati hamda tergov qilinayotgan shaxsning jinoyatdagi roliga qarab ularni so‘roq qilishda farqlar mavjud. Ammo ko‘rsatuvlarning tashkil topishida o‘ziga xos umumiy psixologik qonuniyat ham bor, albatta. Tergov qilinayotgan jinoyat holatlarini qabul qilish, xotirada saqlab qolish va gapirib berish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar guvoh va ayblanuvchiga bir xilda ta’sir etishi mumkin. Jinoyatchi o‘zini va shu bilan birga ishtirokchilarning voqea sodir bo‘lgan joyda bo‘lgan shaxslarning Esda tuting! Ko‘rsatuvning shakllanish bosqichlari quyidagilardan iborat:
a) hodisa va uning ayrim qismlarini idrok qilish; b) eshitgan, ko‘rgan ma’lumotni xotirada saqlab qolish; v) tiklash, ya’ni so‘roq qilish vaqtida so‘zlab berish.
264
harakatlariga bog‘liq holda aniq holatlarni umumiy psixologik qonuniyat asosida idrok qiladi va esda saqlab qoladi.
Hodisaning bir zumda bo‘lib o‘tishi, eshitish va ko‘rishning noqulayligi va kamchiligi, xotiraning o‘ziga xosligi va shunga o‘xshash ob’ektiv va sub’ektiv omillar, jinoyat holatini kim idrok qilishidan (guvohmi yoki ayblanuvchimi) qat’i nazar, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuning uchun guvoh va jabrlanuvchigina emas, balki gumon qilingan va ayblanuvchini so‘roq qilishda ham ko‘rsatuvning shakllanishidagi umumiy psixologik qonuniyatni e’tiborga olmoq lozim. Insonda hodisa yoki voqeani idrok qilish vaqtidan to sudda shu to‘g‘rida guvohlik bergunga qadar bo‘ladigan ruhiy o‘zgarishlarni uch bosqichga bo‘lish qabul qilingan. Ruhiy protsesslarning barqaror bo‘lishi, vaqt bo‘yicha farq qilishi, mazmuni, kechish jadalligi bunga asos qilib olingan. Bular ko‘rsatuvning shakllanish bosqichlari deyiladi. Har qaysi aniq ko‘rsatuvni tashkil topishi uchun yuqoridagi bosqichlarning bo‘lishi shart emas, qator holatlarda ularning ayrimlari tegishli ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlarga ko‘ra yuzaga kelmasligi mumkin. Ko‘rsatuvning tashkil topish jarayoni qanday turga bo‘linmasin yuqorida umumiy e’tirof etilgan uch bosqichdan voz kechishi mumkin emas.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling