Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Talonchilik  va  bosqinchilik  jinoyatlarini  tergov  qilishda


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59

 

Talonchilik  va  bosqinchilik  jinoyatlarini  tergov  qilishda 

aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi: 

1)  talonchilik  yoki  bosqinchilik  jinoyatlari  qachon,    qaerda  va 

qanday sharoitda va kimga nisbatan sodir etilganligi; 

2)  jinoyatning  sodir  etilishida  nechuta  shaxs  shtirok  etganligi, 



 

407 


ularning umumiy va xususiy belgilari; 

3) jinoyatchilar qurollangan bo‘lsa, nimalar bilan qurollanganligi; 

4)  jinoyatni  sodir  etishda  zo‘rlash  ishlatilgan  bo‘lsa,  u  qanday 

hajmda ekanligi; 

5) yetkazilgan tana jarohatining tavsifi va og‘irlik darajasi; 

6)  jabrlanuvchiga  etkazilgan  tana  jarohatlari  to‘g‘risidagi 

ko‘rsatuvning  guvoh    bergan  ma’lumotlar  bilan  taqqoslab  ko‘rish  va 

uning tasdiqlanishi; 

7)  bosqinchilik  natijasida  jinoyatchilar  qanday  mulk  yoki 

predmetlarni olganligi; 

8) jinoyatlarning sodir etilishiga saban bo‘lgan sharoitlar; 

9)  jabrlanuvchida  katta  pul  sum  masi  borligini  bil  gan  shaxslarni 

aniqlash. 

 

Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish 



xususiyatlari  

Talonchilik  va  bosqinchilik  jinoyatlariga  doir  ishlar  bo‘yicha 

dastlabki tergov harakatlari xususiyati jinoyat ishi gumon qilinuvchining 

ushlanishi  yoki  jinoyat  sodir  etilishi  fakti  bo‘yicha  qo‘zg‘atilganiga 

bog‘liq bo‘ladi. Ikkala holda ham tergovni jabrlanuvchini so‘roq qilish, 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish,  gumon  qilinuvchini 

guvohlantirish 

va 


so‘roq  qilish,  jabrlanuvchining  sud-tibbiyot 

ekspertizasini  tayinlash,  guvoh-shohidlarni  so‘roq  qilish  (agar  ular 

bo‘lsa)dan boshlagan ma’qul. 

Jabrlanuvchini so‘roq qilishda talonchilik yoki  bosqinchilik hujumi 

uning  uchun  stress  vaziyati  hisoblanishini  e’tiborga  olish  zarur.  SHu 

bois jabrlanuvchi jinoyatchilarning tashqi ko‘rinishi belgilarini va tergov 

uchun  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  boshqa  holatlarni  doim  ham  eslab 

qolavermaydi. 

Jinoyat  haqida  jabrlanuvchi  odatda  voqeadan  keyin  darhol  arz 

qiladi,  shu  sababli  so‘roq  paytida  kuchli  ruhiy  hayajonlanish  holatida 

bo‘ladi,  olingan  tan  jarohatlaridan  azob  chekadi.  So‘roqdan  oldin 

jabrlanuvchiga  o‘ziga  kelib  olish,  hujumning  barcha  holatlarini 

xotirasida tiklash uchun vaqt berish zarur. 

Hujum  qilganlarning  tashqi  ko‘rinishi,  kiyimi,  qadam  tashlashi, 

nutqining  nuqsonlarini  ayniqsa  batafsil  aniqlash  zarur.  Quyidagi 

masalalar  ham  muhim  ahamiyatga  ega:  jabrlanuvchi  qanday  qarshilik 

ko‘rsatgan;  hujum  qilganlarda  qanday  jarohatlar  qolgan  bo‘lishi 


 

408 


mumkin;  jabrlanuvchining  tanasi  va  kiyimida  jinoyatchilarning  qon 

izlari bormi; ularning har biri qanday rolni bajargan. 

Jabrlanuvchini  so‘roq  qilgandan  keyin,  ba’zan  undan  oldin  (agar, 

masalan,  jabrlanuvchi  kasalxonada  bo‘lsa)  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni 

ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Ushbu tergov harakati taktikasi o‘g‘rilikka 

doir  ishlar  bo‘yicha  ko‘zdan  kechirish  taktikasi  bilan  o‘xshash.  Asosiy 

farq  shundan  iboratki,  talonchilik  va  bosqinchilik  hujumlarida  jinoyat 

shohidi  –  jabrlanuvchi  mavjud  bo‘ladi.  Ko‘zdan  kechirishni  uning 

ishtirokida o‘tkazgan ma’qul. Jabrlanuvchi o‘ziga hujum qilingan joyda 

bergan  tushuntirishlar  o‘q,  sigaret  qoldiqlari,  jinoyatchilarning  barmoq 

va poyafzal izlarini topish, hidli izlarni olishni osonlashtiradi. 

Olishuv  joyi  ayniqsa  sinchiklab  tekshiriladi.  Bu  erda  qon,  oyoq 

izlari, uzilgan tugmalar, qo‘lqoplar, yirtilgan kiyim bo‘laklari va boshqa 

narsalar – ashyoviy dalillar topilishi mumkin. Hodisa sodir bo‘lgan joyni 

ko‘zdan  kechirish  jarayonida  ba’zan  talonchilik  yoki  bosqinchilik 

hujumi inssenirovka xususiyatiga ega ekanligini taxmin qilish imkonini 

beradigan salbiy holatlar aniqlanadi. 

Jabrlanuvchini  guvohlantirish  yaxshi  yoritilgan  xonada  kuchli 

lupalar  yordamida  o‘tkaziladi.  So‘ng  ko‘zdan  kechirilgan  kiyim  yuza 

tomoni ichkariga qaratib taxlanishi, o‘ramga joylanishi va mikrozarralar 

ekspertizasiga  yuborilishi  lozim.  Guvohlantirishni  o‘tkazish  jarayonida 

olingan  jarohatlar  xususiyati  qayd  etiladi;  ular,  shuningdek  kiyimda 

topilgan yirtilishlar  masshtabli fotos’emka qoidariga binoan fotosuratga 

tushirilishi shart. 

Gumon  qilinuvchini  ushlash  va  shaxsiy  tintuv  talonchilik  yoki 

bosqinchilik  sodir  etishda  aybdor  shaxslar  ko‘pincha  qurollangan 

bo‘lishini hisobga olgan holda o‘tkazilishi lozim. SHu sababli ushlashni 

IIOlari  xodimlariga  topshirgan  ma’qul.  Ushlanganga  nisbatan  shaxsiy 

tintuv  qurolni,  shuningdek  jabrlanuvchini  qo‘rqitish  yoki  do‘pposlash 

uchun  qo‘llanishi  mumkin  bo‘lgan  boshqa  narsalarni  va  o‘g‘irlangan 

buyumlarni  olib  qo‘yish  uchun  darhol  o‘tkazilishi  lozim.  So‘ng  gumon 

qilinuvchining 

kiyimini 

ko‘zdan  kechirish  o‘tkaziladi.  Unda 

jabrlanuvchining  kiyimidan  ilashgan  tolalar,  hodisa  sodir  bo‘lgan 

joydagi  tuproq  zarralari,  olishuv  izlari  qidiriladi.  Gumon  qilinuvchini 

guvohlantirish  chog‘ida  uning  tirnoqlari  ostidagi  kir  olinadi,  qo‘llari  va 

tanasining  boshqa  qismlarida  mavjud  tish  izlari  va  tirnalishlar  qayd 

etiladi. Zarur holda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. 



Gumon  qilinuvchini  so‘roq  qilish.  Tergov  amaliyotiga  talonchilik 

yoki  bosqinchilik  hujumini  jinoyatchilar  o‘z  ish  joyini  ma’lum  vaqtga 



 

409 


tashlab  ketib  yoki  ancha  ishonchli  alibini  yaratib  sodir  etgan  hollar 

ma’lum. Bu gumon qilinuvchini fosh etishni qiyinlashtiradi, uni so‘roq 

qilishga puxta tayyorgarlik ko‘rishni, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 

kechirish  va  boshqa  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  chog‘ida  qo‘lga 

kiritilgan ashyoviy dalillarni ko‘rsatish rejasini tuzishni talab etadi. 

Agar gumon qilinuvchi talonchilik yoki bosqinchilik sodir etganiga 

iqror  bo‘lsa,  undan  qilmishning  barcha  holatlarini  surishtirish  lozim. 

Bunday gumon qilinuvchi bilan birga tekshiruvlarni hodisa sodir bo‘lgan 

joyda  tekshirish  ko‘rsatuvlarni  videoyozuv  vositasida  qayd  etish  yo‘li 

bilan o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.  

Ba’zan  bosqinchilik  sodir  etishda  ayblanuvchilar  jabrlanuvchiga 

nisbatan ishlatilgan zo‘rlikni kamaytirish ko‘rsatishga harakat qiladi, uni 

do‘pposlaganini  inkor  etadi,  qurol  o‘rniga  uning  maketini  qo‘llagani 

yoki umuman qurolsiz harakat qilganini ta’kidlaydi, ya’ni jinoyatni sodir 

etish holatlarini talonchilik sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. 

Talonchilik va bosqinchilik hujumlarini tergov qilishda ayniqsa faol 

qo‘llaniladigan tergov harakati tanib olish uchun ko‘rsatish hisoblanadi. 

U  jabrlanuvchi  yoki  guvoh-shohidlar  jinoyatchining  tashqi  ko‘rinishini 

eslab  qolgan  va  uni  tanib  olishi  mumkin  bo‘lgan  yoki  hujum  sodir 

etilgan  joyda  gumon  qilinuvchiga  tegishli  narsalar  topilgan  holda 

o‘tkazilishi lozim. 

Bosqinchilik  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  ko‘pincha  jabrlanuvchi 

yoki  gumon  qilinuvchining  sud-tibbiyot  ekspertizasi  tayinlanadi.  Tan 

jarohatlarining  mavjudligi,  xususiyati  va  og‘irlik  darajasi,  ular  qachon 

etkazilgani  va  hokazolar  aniqlanadi.  Ushbu  toifadagi  ishlar  bo‘yicha 

sovuq  qurol  ekspertizasi  ancha  keng  tarqalgan.  Unda  pichoq,  kastet  va 

hujum  qilishda  foydalanilgan  boshqa  predmetlarning  sovuq  qurolga 

mansubligi masalasi hal qilinadi. 

Agar  bosqinchi  o‘qotar  qurol  ishlatgan  va  u  jinoyatchidan  olib 

qo‘yilgan,  ishga  o‘qlar  yoki  gilzalar  qo‘shib  qo‘yilgan  bo‘lsa,  sud-

ballistik  ekspertizasi  tayinlanadi.  Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  poyafzal 

yoki  transport  vositalarining  izlari  topilgan  holda  trasologik  ekspertiza 

tayinlanadi.  Ayrim  hollarda  tovarshunoslik  va  daktiloskopik  ekspertiza 

tayinlanishi mumkin. 



 

Nazorat uchun savollar: 

 

 

410 


 

1.  O‘g‘irlik  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan 

holatlar  nimalardan  iborat?  Uni  mazkur  turdagi  jinoyatlarning 

kriminalistik tavsifidan farqi nima?  

 

2.  Talonchilik  va  bosqinchilik  jinoyatlarini  tergov  qilishda  qaysi 



xarakatlarini o‘tkazilishi jinoyatlarni tez ochilishiga xizmat qiladi?  

 

1-kazus 

2015  yil  13  may  kuni  XXX  tijorat  bank  raxbari  Amonov  F.  ga 

qarashli  davlat  raqami  S  256  FV  bo‘lgan,  oq  rangli,  “Nexia”  rusumli 

avtotransport  vositasini  o‘g‘irlab  ketilgan.  Tezkor  qidiruv  tadbirlari 

natijasida  gumon  qilinuvchi  fuqaro  Zaynievni  muqaddam  avtotransport 

vositalarini  o‘g‘irlash  bilan  bog‘liq  jinoyatlarni  sodir  etganligi 

aniqlangan. 2015 yil 16 may kuni Zangiota tuman postidan 3 km narida, 

O‘zbekiston  2  tor ko‘chasi  yonida  “Nexia”  rusumiga  tegishli  oq  kuzov 

ichki jihozlari to‘liq echib olingan holda topilgan. 

 

Holatni  kriminalistik  tahlil  eting.  Jinoyatchilarni  aniqlash  va 

ashyoviy  dalillarni  topish  uchun  qanday  tergov  va  tezkor-qidiruv 

tadbirlarini amalga oshirish lozim? Gumon qilinuvchini so‘roq qilishda 

tergovchi  qanday  taktikadan  foydalanishi  zarur?  Holat  yuzasidan 

qanday tergov rejasi tuziladi va versiyalar yuritiladi? 

 

2-kazus 

2014 yil 5  mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 6 kvartal 

34  uy  24  xonadonda  o‘g‘rilik  jinoyati  sodir  etilgan.Xonadon  egasining 

xabariga  ko‘ra  ushbu  xolat  yuzasidan    Yunusobod  tumani  IIB 

tergovchilari tomonidan dastlabki tergov xarakatlari olib borildi. Hodisa 

joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida barmoq izlari, poyabzal izlari, topiladi 

va daliliy ashyolar sifatida olinadi. Dastlabki tergov chog‘ida to‘plangan 

dalillar jinoyatchi shaxsini aniqlash uchun etarli bo‘lmaydi. 

 

     Holatni  kriminalistik  tahlil  eting.  Jinoyatchilarni  aniqlash  va 

ashyoviy  dalillarni  topish  uchun  qanday  tergov  harakatlatri  va  tezkor-

qidiruv  tadbirlarini  amalga  oshirish  lozim?  Holat  yuzasidan  qanday 

tergov rejasi tuziladi va versiyalar yuritiladi? 

 


 

411 


 

28-MAVZU. ODAM SAVDOSI JINOYATINI 

TERGOV QILISH 

 

Odam  savdosi  jinoyatini  kriminalistik  tavsifi  va  aniqlanishi  lozim 



bo‘lgan  holatlar.  Odam  savdosi  jinoyatining  keyingi  bosqichlarini 

rejalashtirish. Tergov harakatlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari. 



 

Odam savdosi jinoyatini kriminalistik tavsifi va aniqlanishi lozim 

bo‘lgan holatlar 

 

Odam  savdosi  jinoyati  qadimiy  jinoyatlardan  biri  hisoblanadi. 



Tergov  va  sud  amaliyotida  mazkur  turdagi  jinoyatlarni  yakka  shaxslar 

yoki  uyushgan  guruh  tomonidan  sodir  etilishi  kuzatiladi.  YAkka 

shaxslar  tomonidan  sodir  etilgan  jinoyatlar  odatda  shaxsni  o‘z  bolasini 

yoki nevarasini sotishi ko‘rinishida bo‘ladi. Uyushgan guruh tomonidan 

sodir etilgan jinoyatlar esa doimiy tusga ega bo‘lib, ular o‘z yo‘nalishiga 

ega.  


Uyushgan  guruh  faoliyatida  har  bir  a’zo  o‘ziga  biriktirilgan 

yo‘nalish  uchun  javob  beradi  va  uning  mavqei  shu  faoliyat  bilan 

chambarchas  bog‘liqdir.  Ushbu  shaxslar  o‘z  faoliyatlarini  ma’lum    bir 

ketma ketlikda va ma’lum bir tizimli vaqtda amalga oshirishadi. Har bir 

guruh a’zosi o‘z faoliyati bilan takror va takror shug‘ullanishi natijasida 

o‘z  yo‘nalishini  moxir  ustasiga  aynaib  boradi,  natijada  ushbu  shaxs 

jinoyatini  aniqlash  murakkablashadi.  Agarda  jinoyatchilar  faoliyat 

yuritayotgan  yo‘nalish  aniqlansa,  unda  guruhning  boshqa  vakillariga 

chiqish  imkoni  yuzaga  keladi.  Ularning  faoliyat  doirasi,  vaqti,  joyi 

haqida  ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu hol o‘z navbatida, 

jinoyatchilarni aniqlash va ushlashda tezkor choralarni ko‘rish va tezkor 

qidiruv harakatlarini to‘g‘ri va vaqtida amalga oshirishga imkon beradi.  

Mazkur  turdagi  jinoyatlar  odatda  yakka  va  ushyugan  guruh 

tomonidan  sodir  etiladi.  Jinoiy  tajovvuz  ob’ekti  bo‘lib  shaxsning 

sog‘lig‘i, hayoti va erkinligi hisoblanadi.  

Odam savdosi yo‘nalishi quyidagi muhim elementlardan iborat: 

1)

 

Inson erkinligini cheklashga qaratilgan noqonuniy shartnomalar 



tuzish.  Bir  maqsadga  yo‘naltiriligan  va  yagona  daromad  manbaiga  ega 

bo‘lgan  shaxaslarni  taraflar  yoki  kontragentlar  deb  atash  mumkin.  Bu 

sharnoma orqali taraflardan biri shaxsni sotib olishni maqsad qilib olgan 


 

412 


bo‘lsa,  ikkinchi  tomon  shaxsni  sotishni  va  daromad  topishni  ko‘zlaydi. 

SHartnoma kontragentlari sifatida ikki yoki undan ortiq uyushgan guruh 

a’zolari  yoki  jinoiy  uyushma  vakillari  faoliyat  ko‘rsatishadi. 

Amaliyotdan  olingan  tahliliymateriallarga  ko‘ra  mazkur  turdagi 

jinoyatlar  aksariyat  holatlarda  jinoiy  guruhlar  tomonidan  sodir  etiladi. 

Bu holat bir biriga tanish va ishonchli shaxslar bilan faoliyat yuritish har 

tomonlama samarali ekanligidan dalolat beradi.  

2)

 



Odam  savdosini  amalga  oshirish  va  ularni  yashirish.  Bu 

yo‘nalishdagi  jinoyatchilar  jinoyat  sodir  etish  bilan  birga  uni  yashirish 

choralarini  ko‘rishadi.  Ular  “tozalovchilar”  deb  nomlanadi.  Ularning 

asosiy vazifasi xavfsizlikni ta’minlash, jinoyat izlarini yashirish va yangi 

odam savdosi qurbonlarini qidirishdan iborat. 

3)

 



Odam  savdosi  qurbonlarini  muayyan  yo‘nalish  orqali 

manzilga etkazish. 

Jinoyatchilar  aksariyat  hollarda  o‘z  qurbonlarini 

chegara  hududlardan  boshqa  davlat  hududiga  olib  o‘tadilar.  Bunda 

ikkinchi davlat hududi tranzit vazifasini o‘taydi. 

Tergov  amaliyoti  materiallariga  ko‘ra  odam  savdosi  jinoyati 

bo‘yicha  ochilgan    jinoyatlarning  11%  ikki  epizodli,  44%  ikkidan 

beshtagacha  epizodda  sodir  etilgan,  45%  beshtadan  ko‘p  epizodli 

jinoyatlar ekanligi aniqlangan.  

 

Tizimlashtirilgan  ko‘rinishi  quyidagi  bosqilarda  sodir  etilishi 



mumkin: 

1-bosqich  –  jabrlanuvchilarni  qiziqtirish  (jalb  qilish,  o‘g‘irlash), 

ularni bir joydan ikkinchi bir joyga olib o‘tish va kontragentlarga sotish 

2- va 3- bosqichlar bilan birga amalga oshiriladi; 

2-bosqich –  odam  savdosi  jinoyatida  vositachilik  qilishdan  iborat. 

Bunda  jabrlanuvchilarni  jinoiy  uyushmalardan  sotib  olish  va  uni 

yuqoriroq summaga sotish  maqsad qilinadi. Ushbu  bosqich ba’zi jinoiy 

guruhlar tomonidan amalga oshirilmaydi; 

3-bosqich – kontragentlardan odam savdosi qurbonini sotib olishni 

va uni ekspluatatsiya qilishni tashkil qilish bosqichi. 

Tizimlashtirilmagan  odam  savdosi  quyidagi  bosqichlardan  iborat 

bo‘ladi:  

1-bosqich– jabrlanuvchini odam savdosi jinoyatiga jalb qilish, uni 

qiziqtirish, o‘g‘irlash;  



E’tibor  qarating!  Odam  savdosi  jinoyati  tizimlashgan  va 

tizimlashtirilmagan ko‘rinishda sodir etildi. 

 

413 


2-bosqich – jabrlanuvchilarni ekspluatatsiya joyiga olib borish;  

3-bosqich – bevosita jabrlanuvchi ekspluatatsiya qilish jarayonidan 

iborat. 

Odam  savdosi  jinoyatini  sodir  etish  usullarini  biz  quyidagi 

bosqichlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 

1-bosqich – odam savdosi jinoyatini sodir etish maqsadida jinoyat 

jabrlanuvchilarini qidirib topish.  

-  jabrlanuvchilarni  do‘stlar  yoki  tanishlar  orqali  qidirib  topish 

(17,7% holatlarda yuzaga keladi); 

-  jabrlanuvchilarni  ko‘chalarda,  diskotekalarda,  foxishaxonada, 

barlarda  va  boshqa  tashkilotlarda  uchrashib  qolish  natijasida  (ushbu 

usuldan  11.1%  holatlarda foydalaniladi); 

-  reklama e’lonlari orqali ommaviy nashrlarga jurnallar, gazetalar, 

televideniya  internet  orqali  aldov  yo‘li  bilan  ma’lumotlar  tarqatish 

(71,1% holatlarda);  

-  ishsizlarni  pulga  muhtojlagidan  foydalanib,  ularni  mehnat 

birjalaridan  qidirib  topish  orqali;  jabrlanuvchilarni  ma’lum  bir  ijtimoiy 

guruhlardan,  ma’lum  bir  faoliyat  yo‘nalishi  bilan  shug‘ullanuvchilar 

ichidan  qidirish.  Masalan,  foxishalik  bilan  shug‘ullanadigan  ayollar 

ichidan  jabrlanuvchilarni  topishga  harakat  qilish  yoki  shifoxonalardan 

insonlarning  ma’lum  bir  organi  xususiyatlari  qon  guruhi  to‘g‘ri  kelishi 

haqida  ma’lumot  olish  maqsadida,  yosh  bolalarni  bolalar  uyidan,  yangi 

tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘lsa ulardan ota-onasi voz kechganlarini qidirish 

maqsadida  tug‘ruqxonalardan,  agarda  ma’lum  bir  tana  a’zolarini 

yo‘qotganlari  bo‘lsa,  ulardan  sadaqa  so‘roqchilar  sifatida  foydalanish 

maqsadida. Ushbu usuldan 11,1%  holatlarda foydalanishadi. 

 

 



 

Esda  tuting!  Odam  savdosi  jinoyati  bilan  shug‘ullanuvchi 

jinoyatchilar  shaxsini  ochiq  va  yopiq  (cheklangan  doirada)  harakat 

qiluvchilarga bo‘lish mumkin. 

Odam  savdosi  jinoyatini  ochiq  shakli  –  reklamalar    berish, 

ko‘chalarda  insonlarni  qiziqtirish  orqali  sodir  etiladi.  Jinoyatni 

yashirish 

maqsadida 

guruhlar 

o‘z 


jinoiy 

faoliyatini 

qonuniylashtirishga,  mavjud  kamchiliklarni  ko‘rsatmaslikka,  shart-

sharoitni  yuqori  darajada  namoyish  etishga,  yengil  boyish  yo‘llarini 

ko‘rsatishga urinishadi. 


 

414 


Odam savdosi jinoyatining ochiq ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatga 

ega.  Mazkur  xususiyat  jabrlanuvchilar  va  mijozlarni  qidirish  topish, 

jabrlanuvchilar  xotirasida  sodir  etilgan  jinoyat    va  uning  ishtirokchilari 

haqida  qolishi  bilanxarakterlanadi.  Jinoyat  ishlarini  tahlil  qilish 

natijasiga  ko‘ra  95,5%  hollarda  mazkur  jinoyatlar  ochiq  xolda  sodir 

etiladi. Jinoyatchilar o‘z harakatlariga ho‘jako‘rsinga qonuniy tus berib, 

jinoyatni sahnalashtirishadi. 

 

Bunda 



jinoyatchilar 

 

davolash 



muassasalaridan 

o‘zlarini 

qiziqtirgan  ma’lumotlarni  qidirib  topadilar.    YOki  ish  bilan 

ta’minlanmagan  va  pulga  muxtoj  insonlar  ro‘yxati  ish  bilan  ta’minlash 

agentlikliklaridan  olinib,  ular  bilan  muloqot  bog‘lashga,  chet  elda  kam 

ishlab  katta  pul  topish  imkoni  borligi  haqida  ma’lumot  etkazishga 

harakat  qilinadi.  Mazkur  usulda  sodir  etilgan  odam  sadosi  jinoyatlarida 

jabrlanuvchilar  jinoyatning  tashkilotchilari  yoki  ijrochilari  to‘g‘risida 

ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. SHuningdek, odam savdosining bu usuli 

ko‘p  xollarda  zo‘rlik  ishlatish  bilan  sodir  etiladi.  Tahlil  etilgan  jinoyat 

ishlari natijasiga ko‘ra yopiq usulda jinoyatini sodir etish 4,5% hollarda 

kuzatildi.  



2-bosqich.  Jabrlanuvchini  ma’lum  bir  harakatlarni  amalga 

oshirishga  majbur  qilish  yoki  uni  odam  savdosi  jinoyatiga  jalb  qilish 

maqsadida zo‘rlik ishlatib erkinligini cheklash. 

Bunda  jinoiy  guruh  vakillari  aldash  yoki  zo‘rlik  ishlatish 

usullaridan  foydalanadi.  Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun 

jinoyatchilar  quyidagi  harakatlar  amalga  oshiradilar:  jabrlanuvchining 

kuch  ishlatish  yo‘li  bilan  yoki  boshqa  yo‘llar  orqali  o‘g‘irlanishi  va 

nazoratdagi  hududda  saqlanishi,  shu  jumladan  psixotrop  moddalardan 

foydalangan  holda  jinoyatni  amalga  oshirish;  katta  daromadlarni  vada 

bergan holda noqonuniy harkatlar bilan shug‘ullanishga qiziqtirish. 



3-bosqich.Kontragentlar  va  odam  savdosi  jinoyatini  amalga 

oshiruvchilar o‘rtasida mulkiy xarakterga ega bo‘lgan nazorat qilinuvchi 

shaxslarga nisbatan shartnomalarni amalga oshirish.  

Kontragentlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  ishlar  quyidagi 

usullar  yordamida  amalga  oshiriladi:  do‘stlar  va  tanishlar  orqali 

E’tibor  qarating!  Yopiq  usuldagi  odam  savdosi  jinoyati  sodir 

etilganda 

jabrlanuvchilar 

reklamasiz, 

qiziqtirishlarsiz, 

hattoki 


jabrlanuvchilarning  o‘zlari  bilmagan  va  payqamagan  holda  amalga 

oshiriladi. 



 

415 


jinoyatni  amalga  oshirish;  internet  tarmog‘i  orqali  ma’lumotlarni 

tarqatish; ish topib berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan ishga va 

daromad  topishga  juda  muxtoj  shaxslar  haqida  ma’lumot  olish  orqali; 

odamlarni  majburiy  mehnatga  jalb  qiluvchilar  tomonidan,  masalan, 

foxishaxona  saqlovchilar  tomonidan    doimiy  tegishli  shaxslarni  topib 

beruvchilar  tomonidan;  tibbiy  muassasalar  vakillari  tomonidan 

transplantatsiya 

qiluvchi 

shaxslardan 

tegishli 

shaxslar 

haqida 


ma’lumotlarni  olishga  qartilgan  tizimni  ishga  tushirilganlgi;  jinoiy 

guruhlar,  uyushmalar  tomonidan,  u  yoki  bu  jinoyat  turlari  bilan 

shug‘ullanuvchilar  tomonidan  oadm  savdosi  bilan  bog‘liq  faoliyatni 

amalga oshirish tizimining yaratilganligi, masalan tilanchilik qiluvchilar 

tizimining shakllantirilganligi. 

4-bosqich.Jabrlanuvchilarni belgilangan joyga ko‘chirish va ularni 

kontragentlarga topshirish. 

Ushbu  bosqich  quyidagi  ketma-ketlikdagi  harakatlarni  amalga 

oshirishni  talab  qiladi:  jabrlanuvchilarni  muayyan  ishlarni  amalga 

oshirish 

joyidan 


ekspluatatsiya 

qilish 


joyiga 

olib 


borish; 

jabrlanuvchilarni  bir  yoki  bir  necha  tranzit  mamlakatlar  hududidan  olib 

o‘tish.  Bundan  quyidagi  maqsadlar  ko‘zlanishi  mumkin:  a) 

jabrlanuvchilarni 

olib 

o‘tish  yo‘nalishlarini  yashirish.  Bunda 



jabrlanuvchilarni  yoki  jinoyatni  yashirish  maqsadida  qo‘shimcha 

hududlardan  foydalanish  holatlari  ham  uchraydi;  b)  jabrlanuvchilarni 

belgilangan miqdorga etishishini kutish va ularni birgalikda belgilangan 

joyga  yuborish;  v)  tranzit  mamlakatlar  hududida  jabrlanuvchilarni 

vaqtinchalik  ishlar  bilan  band  qilish;  g)  jabrlanuvchilarni  tranzit 

davlatlar  hududida  olib  sotish;  d)  jinoyatchilar  faoliyati  aniqlanganda 

jabrlanuvchilarni belgilangan hududan olib chiqib ketish. 

Odam  savdosi  jinoyatini  amalga  oshiruvchi  shaxslarning 

jabrlanuvchilarni  bir  joydan  ikkinchi  bir  joyga  olib  o‘tish  faoliyati 

shakllari: jabrlanuvchilarning o‘zlari tomonidan odam savdosi jinoyatini 

amalga  oshiruvchilar  bilan  kelishgan  holda  va  jinoyatchilarni 

mablag‘lari  evaziga  oldindan  kelishilgan  holda  belgilangan  joyga  etib 

borishi.  Bunda  jabrlanuvchilarning  o‘zi  qonuniy  yo‘l  bilan,  tegishli 

qonuniy 


hujjatlar 

bilan 


belgilangan 

joyga 


etib 

boradi; 


jabrlanuvchilarning o‘z  mablag‘lari  hisobiga kurersiz belgilangan joyga 

etib borishi; ixtiyoriy kurer hamroxligida belgilangan joyga etib borish; 

majburiy  jabrlanuvchilarni  ma’lum  bir  hududlarga  erkinligini  cheklab 

olib o‘tish. 



 

416 


Ko‘p  hollarda  jabrlanuvchilar  tegishli  chegaralardan  o‘tish  uchun 

hujjatlar  bilan  ta’minlanadi.  Ushbu  hujjatlar  jumlasiga  quyidagilarni 

kiritish mumkin: fuqarolik pasporti; boshqa davlatga taklif qilinganlikni 

bildiruvchi  taklifnoma,  viza,  yo‘l  cheklari,  tibbiy,  sug‘urta  hujjatlari  va 

boshqalar. 

Ushbu hujjatlar rasmiy va qonuniy ravishda yuritilishi bois amalga 

oshirilayotgan harkatlar orasida jinoyatni aniqlash imkoni cheklanlanadi. 

Ayrim hollarda hujjatlar qalbakilashtirilishi mumkin.  



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling