Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomusga tegishning kriminalistik tavsifi
- E’tibor qiling!
- Nomusga tegishni tergov qilishda aniqlanishi kerak bo‘lgan holatlar
- Jabrlanuvchini so‘roq qilish.
- Hodisa joyini ko‘zdan kechirish.
- Sud-tibbiyot ekspertizasi.
Kazuslar 1-kazus 1.
2014 yil 15 oktyabrda Toshkent shahar, Bektemir tumanida 17 yoshli Norova N. ismli shaxsni zo‘rlik alomatlari mavjud jasadi topildi. Jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari va jinoyat quroli bo‘lmaganligi sababli, ushbu jinoyat uzoq vaqt ochilmay qoldi. Holat bo‘yicha fuqaro Latipov K. jinoyatni guvohi bo‘lgani, jinoyatchini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytib ko‘rsatuvlar bergan. Biroq, 2015 yil tuman prokuraturasiga fuqaro Turanov I. murojaat qilib, o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Turanov I.ning ko‘rsatuvlariga ko‘ra, u Norova N.ni ortida poylab borib, pichoq bilan tan jaroxati etkazgan. Jinoyat qurolini daryoga uloqtirib yuborgan. 369
Fuqaro Turanov I. fuqaro Latipov K.ga tanib olish uchun ko‘rsatilganda, jinoyatchi aslida boshqa shaxs bo‘lganligini aytgan. 1. Qotillikning kriminalistik elementlari tizimini aniqlang. 2. Mazkur tergov vaziyatida aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlang. 3. Umumiy va xususiy versiyalarni shakllantiring. 4. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari rejasini tuzing. 2-kazus 2014 yil 15 avgust kuni Tokshent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 3 km naridagi oqova suvlar uchun mo‘ljallangan ariq yonida shu erda qo‘y boqib yurgan fuqaro Alimov tomonidan 2 nafar erkak jinsiga oid jasadlar topilgan va bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga habar berilgan. Murdalar ko‘zdan kechirilganda ularning jasadida zo‘rlik ishlatish alomatlari mavjudligi aniqlandi. Tezkor guruh hodisa joyiga etib kelgach murdalarni asosiy ko‘cha (A.Nosirov)dan 5 metr, pastga qarab 3 metr narida yotganini, ularning jasadida sanchilib kesilish alomatlari mavjudligi, murda kiyimi va yon atrofidagi o‘tlarda quyuq, qonga o‘xshash moddalar qolganligi aniqlangan. Jabrlanuvchilardan biri
cho‘ntagidan Eshmatovga tegishli talabalar guvohnomasi, boshqasidan Toshmatovga tegishli fuqarolik pasporti topilgan. Jabrlanuvchilardan birining o‘ng qo‘lib barmoqlaridan 12 dona soch tolasi, shuningdek hodisa joyida 0,75 litrli “OQ CHOY” nomli spirtli ichimlik butilkasi topilgan. Unda barmoq izlari mavjud. Jabrlanuvchilardan birining bosh qismida 8x10 sm li jigarrang ko‘rinishidagi qonga o‘xshash dog‘lar, ular asosiy yo‘lga qarab 2 metr narida raqamli fotoapparatga taaluqli jigarrang g‘ilof mavjud. Hodisa joyidan topilgan jasadlar jasadlar Eshmatov va Toshmatovga tegishli ekanligi aniqlandi. Eshmatov va Toshmatovning yaqin qarindoshlarini so‘roq qilinda jabrlanuvchilar 2014 yil 14 avgust kuni dam olish maqsadida uyidan chiqib ketishgani va qaytib kelishmagani aniqlandi. Daktiloskopik ekspertiza natijalariga ko‘ra hodisa joyidan topilgan 0,75 litrli butilkaning bir qismidan Eshmatov va Toshmatovga tegishli barmoq izlari, yana bir qismidan esa noma’lum shaxsga taaluqli barmoq izlari aniqlandi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga ko‘ra 2014 yil 15 avgust kuni ertalab 1978 yilda tug‘ilgan, fuqaro Do‘stov mast holda oqova suvlar uchun mo‘ljallangan ariq bo‘ylab Bo‘stonliq tumaniga qarab ketayotganida qo‘lgan olingan. Fuqaro Do‘stov qo‘lga olinganida quyidagilar aniqlandi. Fuqaro Do‘stov 2014 yil 14 avgust kuni o‘zining ukasi 1980 yilda tug‘ilgan Qarshiev bilan dam olish maqsadida Tokshent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 3 km narida joylashgan oqova suvlar uchun mo‘ljallangan ariq yonida to‘xtagani, u erda ular gulxan yoqib kechani shu erda o‘tkazgani va kechasi hech qanday urish-janjal ovozini eshitmagani, 0,75 litrli “OQ CHOY” markali spirtli ichimlikni iste’mol qilgani 370
hamda sahar chog‘i piyoda uyga qaytish uchun ketayotganida xech qanday murdalarga ko‘zi tushmaganini aytgan. Bo‘stonliq tumani
yaqinida joylashgan Tez yordam
muassasasi tekshirilganda 2014 yil 15 chi avgust kuni eratalab soat 8:15 larda qora rangli sport kiyimida, yoshi taxminana 25-35 larda bo‘lgan, bo‘yi taxminan 175 sm dan yuqori, yuz qismi cho‘zinchoq, burun tuzilishi to‘g‘ri o‘rtacha kattalikda, sochi mallarang bo‘lgan yigit tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Xamshira uni qo‘zdan kechirganda uning chap qo‘li o‘rta barmog‘ining bukilgan qismi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesilgani aniqlangan. Bu hol qanday yuz bergani so‘ralganda bemor uni konservani ochayotganida bexosdan yuz berganini aytgan. SHundan so‘ng xamshiraning iltimosi bilan bemor shaxsiga oid ma’lumotlarni aytgan. (Bemor – Suyunov, 1984 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Oxangaron tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 51 uyda doimiy ro‘xatda turadi va yashaydi. “Kabel” zavodida chilangar bo‘lib ishlaydi.) 1. Qotillikning kriminalistik elementlari tizimini aniqlang. 2. Mazkur tergov vaziyatida aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlang. 3. Umumiy va xususiy versiyalarni shakllantiring. 4. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari rejasini tuzing.
371
25-MAVZU. NOMUSGA TEGISH JINOYATINI TERGOV QILISH
Nomusga tegishning kriminalistik tavsifi. Dastlabki tergov harakatlari. Voyaga etmaganlar nomusiga tegish jinoyatini tergov qilish.
Nomusga tegishning kriminalistik tavsifi Nomusga tegish jinoyati – shaxsga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyatlardan biridir. Ushbu jinoyatning kriminalistik tavsifi shu bilan belgilanadiki, bunda tergovchi nomusga tegish kim tomonidan sodir etilganligini aniqlash bilan bir qatorda, jabrlanuvchi ushbu jinoyatni sodir etgan deb ko‘rsatayotgan shaxsga tuhmat qilmayotganligini aniqlashi lozim bo‘ladi. Ushbu jinoyat asosan guvohlarsiz sodir etiladi, shuningdek har bir odamning shaxsiy va jinsiy hissiyotlariga daxldordir. Bu holatlar jabrlanuvchi tomonidan ko‘rsatuv berilganda o‘z ifodasini topadi.
Bu kabi jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti jabrlanuvchiga o‘tkaziladigan ta’sir kuchliligidan dalolat beradi. Manfaatdor shaxslar jabrlanuvchini aldab o‘ziga og‘dirib olishi, uylanishni va’da qilishi yoki turli xil tahdidlar, qo‘rqitishlarni amalga oshirishi va boshqa yo‘llar bilan ruhiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ko‘p hollarda jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatuvlarini o‘zgartiradi, ya’ni hodisa sodir bo‘lmagan yoki umuman boshqa noma’lum shaxs tomonidan sodir bo‘lgan yoxud jinsiy aloqa ixtiyoriy bo‘lgan, deb arizalar beradilar.
ko‘rsatuvlari dalillarni baholashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini har tomonlama va sinchkovlik bilan xolisona tekshirish lozim. Chunki ayrim holatlarda jabrlanuvchi turli motiv-maqsadlarda ayblanuvchiga tuhmat qilishi ham mumkin. Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha quyidagi tusmollar yuritiladi. Ayblov tusmoli: ayblanuvchi, jabrlanuvchining erkiga qarshi uning nomusiga tekkan; ayblanuvchi hodisa joyida bo‘lgan degan tusmol ilgari suriladi. Himoya tusmoli: ayblanuvchi hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lmagan, jinsiy aloqaga kirishmagan yoki arizachining xohishi bilan jinsiy aloqaga kirishgan, jabrlanuvchi aybdor shaxsni ta’riflashda yanglishgan yoki ataylab qasddan ushbu shaxsni ko‘rsatmoqda, 372
Bunday toifadagi ishlarda izlar va ashyoviy dalillar, jabrlanuvchi, ayblanuvchining tanasidan, kiyimlaridan va hodisa sodir bo‘lgan joydan olinadi (tan jarohatlari, biologik izlar, mikrozarrachalar, hodisa sodir bo‘lgan joyning holatini o‘zgarishi).
Nomusga tegish jinoyatidan qolgan ayrim izlar tezda yo‘qolish xususiyatiga ega (qon, sperma, jinsiy a’zolaridagi ayrim izlar). SHuning uchun tergovchi bu izlarni tezda topishi va qayd qilishi, ularni sinchiklab tekshirishi lozim.
usulini ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi usulda jabrlanuvchiga to‘satdan hujum qilish orqali sodir etiladi, tajovuz ochiq joyda yoki binolarda bo‘lishi mumkin. Bu holatda haqorat so‘zlar va jismoniy kuch ishlatib yoki biron-bir vosita orqali tahdid qilinishi mumkin. Yordamga chaqirish, qarshilik ko‘rsatishni bartaraf qilish maqsadida jabrlanuvchining og‘zi yopiladi, qo‘llari bog‘lanadi, narkoz ham ishlatilishi mumkin. Ko‘p hollarda jabrlanuvchining kiyimlari yirtib tashlanadi.
birinchi tanishish paytida qo‘llaniladi. Bunday holatda ham hujum to‘satdan bo‘lishi mumkin. Lekin, bundan tashqari boshqa usullar ham qo‘llaniladi. Jabrlanuvchi dastlab mast holatga keltiriladi, uning diqqatini turli suhbatlar, turli predmetlar, peyzajlar, parnografik suratlar tomosha qilish bilan chalg‘itadilar. Jabrlanuvchining issiq xonada o‘zining ustki kiyimini yechishdan foydalanadilar. Ba’zan jinsiy muloqotga oid gaplar va hatti-harakatlar qo‘llaniladi. Bu oxirgi usullar odatda voyaga yetmaganlar va aqli zaiflarga nisbatan qo‘llaniladi. 373
E’tibor qiling! Nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilishda quyidagi holatlar isbotlanishi lozim: –
–
agar zo‘rlash alomati mavjud bo‘lsa, qachon, qayerda va qanday holatda sodir etilgan; –
zo‘rlash jismonan yoki ruhiy ko‘rinishga ega ekanligi; –
jabrlanuvchi og‘ir ahvolga tushganmi, u nimada ifodalanadi; –
jabrlanuvchining ahvoli qanday, uning yoshi, sog‘lig‘i, erkak (jinsiy aloqaga bo‘lgan umumiy munosabati qanday; –
munosabati, ruhiy holati, sudlanganligi; –
nomusga tegish
guruh tomonidan sodir etilganda, zo‘rlaganlarning har birini roli; –
nomusga tegish qanday oqibatlarni keltirib chiqargan; –
tan jarohatlarining sababi; –
homiladorlik holati; –
tanosil kasalligi bilan zararlanmaganmi; –
moddiy va ma’naviy zarar; –
jinoyatning sababi va sodir etish sharoiti va b.q. 374
Dastlabki tergov harakatlari Ushbu jinoyat ishlariga ikki holat xos – ayblanuvchi, jabrlanuvchi bilan tanish yoki notanish bo‘ladi. Bu holatlarni bir-biridan farqi shundaki, ayrim holatlarda notanish kishi jabrlanuvchiga birdan tajovuz qilmaydi, balki tanishish uchun harakat qiladi. Tanish shaxslar kutilmaganda tajovuz qiladilar, jabrlanuvchi bunday holatni kutmaydi, chunki erkak kishini taniydi yoki uni tajovuz paytida ko‘rmay qolishi ham mumkin. YUqoridagi ikki holatni tekshirishda quyidagi masalalar hal qilinadi; jinsiy aloqada bo‘lganlik fakti mavjudmi, jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik izlari mavjudmi va qanday darajada. Jinsiy aloqada bo‘lganlik izlarini, zo‘rlik alomatlarini va jinoyatini aniqlashda jabrlanuvchi so‘roq qilinadi, tezkor-qidiruv harakatlari o‘tkaziladi, hodisa sodir bo‘lgan joy tekshiriladi, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchiga nisbatan sud tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi, tintuv va
Jinsiy aloqa bo‘lganmi, u tabiiy holdami yoki buzuq ko‘rinishda sodir etilganmi Zo‘rlik ishlatilganmi, u qanday yo‘sinda bo‘lgan: nomusga tegish vaqtida jabrlanuvchining qarshiligi qanday usulda bartaraf etilgan (jinsiy kuch, do‘q va po‘pisa qo‘llanilgan, jabrlanuvchining ojizligidan foydalanilgan) Nomusga tegish qachon va qayerda sodir etilgan Nomusga tegishning oqibatlari qanday Kim nomusga tekkan: uning tavsifi: nomusga tegish bir guruh shaxslar tomoni-dan sodir etilmaganmi: ulardan har birining ishtiroki qay darajada bo‘lgan Jabrlanuvchi kim? Uning yoshi, tavsifi Sodir etilgan nomusga tegishdan yoki unga tayyorgarlikdan kim xabardor edi: kim uni yashirish choralarini ko‘rgan Nomusga tegish imkonini bergan sabab va sharoitlar
375
boshqa tergov harakatlari o‘tkaziladi. Jabrlanuvchini so‘roq qilish. Jabrlanuvchini so‘roq qilish muhim ahamiyatga ega. Tergovning yo‘nalishi uning natijasiga bog‘liq. SHuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, jabrlanuvchi ruhiy tushkunlik holatida yanglishishi mumkin. SHuning uchun so‘roq qilish reja asosida, natijasi esa har tomonlama tekshirilib ko‘rilishi lozim. So‘roqda jinoyat sodir qilingan vaqt, tajovuz joyi, tajovuz to‘satdan qilinganmi yoki jabrlanuvchi qanday usulda qarshilik ko‘rsatgan, baqirganmi, yordamga chaqirganmi, qanday ovozda, tajovuzchini tishlaganmi yoki tirnaganmi, jinsiy aloqa oxiriga etkazilganmi, agar oxiriga etkazilmagan bo‘lsa nima sababdan, tajovuz natijasida jabrlanuvchining tanasida qanday jarohatlar mavjud. Jabrlanuvchi tajovuzga qadar jinsiy aloqada bo‘lganmi, bo‘lgan bo‘lsa qachon (aniq vaqti) homila yoki hayz (oy ko‘rish) holati mavjud yoki mavjud emasligi aniqlanadi. SHuningdek, tajovuz paytida jabrlanuvchining ustida bo‘lgan kiyimlari saqlanib qolganmi yoki qolmaganligi haqida batafsil ma’lumot olinadi.
Jabrlanuvchi ojizlik ahvolda bo‘lganmi yoki yo‘qligini aniqlash uchun undan sodir bo‘lgan hodisani fahmlaganmi, qarshilik ko‘rsatish imkoniyati bo‘lganmi, hodisa sodir bo‘lishidan oldin spirtlik ichimlikni iste’mol qilganmi, agarda iste’mol qilgan bo‘lsa, qancha va qanday ichimlik ekanligi aniqlanadi. Jinoyatchi noma’lum bo‘lgan holatda batafsil uning tashqi ko‘rinishi belgilari, idrok etish sharoiti aniqlanadi. Jinoyatchini tashqi belgilarini aniqlashda, uning alohida belgilarini nazardan chetda qoldirmaslik kerak. YUrishi, gapirish usuli, tovushi, o‘ziga xos harakatlari, kiyimidagi va yuzidagi alohida belgilari aniqlanishi lozim.
aniqlash maqsadida quyidagilar aniqlanadi: tajovuzchi qanday tahdid ishlatgan, qanday zarar yetkazishni ko‘zlagan, qanday huquqlar buzilgan, tajovuzchi qachon tahdidni amalga oshirishni ko‘zlagan, tahdid qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan (so‘z bilan, harakati orqali, ishora orqali) ayblanuvchida tahdidni amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudmidi yoki shu usulda ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lganmi, jabrlanuvchi tahdidni qanday qabul qilgan holatni real holat yoki oddiy qo‘rqitish sifatida.
376
Bulardan tashqari, jinoyatchi qaysi tomondan kelgani va qaysi tomonga ketgani, ish joyi yoki o‘rtoqlaridan birortasini ismini tilga olgan yoki olmaganligi muhim ahamiyatga ega. Tergovchi jabrlanuvchining ko‘rish, eshitish, idrok etish qobiliyatiga ham e’tibor berishi lozim. Jabrlanuvchidan jinoyatchini ko‘rsa tanib olishi mumkinligi so‘raladi. Jabrlanuvchidan jinoyatchi uni kuzatganmi, qachon va u buni qaerda sezib qolgan, jinoyatchi bilan ruhiy aloqaga kirishganmi, qaysi yo‘l bilan hodisa sodir bo‘lgan joyga kelganligi, tajovuzdan keyin jinoyatchi uni kuzatib qo‘yganmi, degan savollar bo‘lishi lozim.
Jabrlanuvchini so‘roq qilish taktikasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Agar nomusga tegish sodir etilgan paytdan boshlab tergov harakatlari olib borilsa, ayolga birinchi navbatda imkoniyat yaratishi, kiyimlarini tartibga solishga vaqt ajratishi lozim. Har qanday holatda ham jabrlanuvchini ahvolini to‘g‘ri baholay olish kerak. Bunday holat tergovchidan xushmuomalalik, ziyraklik, g‘amxo‘rlik talab qiladi. Agar jabrlanuvchi tajovuz to‘g‘risida gapirishga uyalsa, unga bu haqda hech kim bilmasligini va ayblanuvchini javobgarlikka tortish uchun
asos bo‘lishini tushuntirish lozim. Jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatuvlarida tibbiy atamalardan qo‘llashi va yozma tariqasida taqdim etishi mumkinligini taklif etish kerak. So‘roq natijalari ijobiy bo‘lishi uchun jabrlanuvchini katta yoshdagi tergovchilar so‘roq qilgani maqsadga muvofiqdir. Jabrlanuvchini hodisa haqida so‘roq qilishning oxirida jabrlanuvchidan ushbu shaxsni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi arizani ixtiyoriy ravishda berayotganligi so‘raladi. Agar jabrlanuvchi hodisa sodir bo‘lgandan keyin o‘sha zahoti
quyidagi holatlar aniqlanishi lozim; sodir etilgan hodisaga qadar u ayblanuvchi bilan qanday munosabatda bo‘lganligi, uchrashganmi, qachon, qayerda necha marta; uchrashuv qanday kechgan, ayblanuvchi jabrlanuvchini jinsiy aloqa qilishga ishtiyoq uyg‘otishga harakat qilganmi, ularni munosabatlarini buzilishiga olib kelgan dalillar mavjud bo‘lganmi (xiyonat, haqorat, nikohdan o‘tishni rad qilish), jabrlanuvchi ayblanuvchidan xizmat yuzasidan yoki moddiy jihatdan qaram bo‘lganmi, tajovuzdan keyin ayblanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermaslik to‘g‘risida biror tahdid qilinmaganmi?
377
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bersa (jinoyatchi noma’lum bo‘lsa), tezda uni qidiruv harakatlari tashkil etiladi. Tergovchi qidiruv xodimlarga o‘rgatilgan xizmat itlari bilan hodisa joyiga etib boradilar va gumon qilinuvchi qaysi tomonga ketgan bo‘lsa, shu yo‘nalish tekshiriladi. Jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlari asosida qidiruv harakatlari tashkil etiladi. Topshiriqda nafaqat gumon qilinuvchining anatomik belgilari, balki funksional belgilari ham bayon etiladi. Ayrim holatlarda jinoyatchi bo‘lishi mumkin joylarda qo‘riqchi, patrullar tashkil etiladi. Agar gumon qilinuvchi shaxs to‘g‘risida biron-bir ma’lumot bo‘lsa, tergovchi surishtiruvchiga bu ma’lumotlarni etkazib gumon qilinuvchining tergovdan yashirinishi mumkinligi va uni oldini olish choralarini ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berish lozim. Bunday holatlarda gumon qilinuvchini prokuratura yoki ichki ishlar organlariga olib kelish buyuriladi.
jabrlanuvchini so‘roq qilgandan keyin, iloji bo‘lsa, uning hamkorligida amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish natijasida quyidagilar qayd etilishi mumkin: biologik xususiyatdagi izlar (sperma, qon, so‘lak, hid, ter) olishuvdan qolgan qo‘l, barmoq izlari, jabrlanuvchi va jinoyatchini hodisa joyiga qaysi tomondan kelganligi va uning poyabzal izlari, qoldirgan yoki tushib qolgan boshqa predmetlar. Jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari hodisa joyida ko‘zdan kechirish, topilgan izlarni, predmetlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, hodisa joyini ko‘rsatish vaqtida jabrlanuvchi so‘roq paytida yodidan chiqargan holatlarni qayta eslashi va bu haqda tergovchiga tushuncha berishi mumkin. Jabrlanuvchining hodisa joyini ko‘zdan kechirishda ishtiroki ko‘p hollarda aybsiz shaxslarga tuhmat qilmayotganligini aniqlash maqsadida ham tashkil etiladi. Bunday hollarda uni ko‘rsatuvlari batafsil tekshiriladi. Aks holda u tajovuz to‘g‘risida o‘ydirma ko‘rsatuv berishi ham mumkin. Har qanday holatda ham jabrlanuvchini hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayoniga jalb qilish ijobiy natijalar berishi mumkin. Jabrlanuvchini ishtiroki va har bir bergan ko‘rsatuvi bayonnomaga qayd etilib boriladi. Jinoyatchi hodisa joyidan o‘zi bilan tuproq, chang va boshqa moddalarni olib ketganligini ko‘zdan kechirish chog‘ida e’tiborga olish kerak. Shuning uchun bu narsalardan nusxalar olish lozim.
378
Sud-tibbiyot ekspertizasi. Jabrlanuvchini sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish, olingan ko‘rsatuvlarini tekshirish va masalani hal qilish uchun juda zarur. Ekspertiza imkon qadar zudlik bilan o‘tkazilishi lozim, aks holda tajovuz va jinsiy aloqa izlar yo‘qolishi mumkin. Sud-tibbiyot ekspertizasi quyidagi masalalarni hal
etadi: jabrlanuvchining jinsiy a’zolari va tanasida jarohatlar mavjudmi, uning xususiyati, muddati, paydo bo‘lish sababi, darajasi, nima orqali zarar etkazilganligi, nomusga tegish orqali etkazilgan bo‘lishi mumkinmi, jabrlanuvchi mast holatda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchi oldin ham jinsiy aloqada bo‘lganmi, tanosil kasalligiga chalinmaganmi, homiladorligi, jinsiy a’zolarida va tanasining boshqa qismlarida sperma, qon, izlarini mavjudligi, ularning guruhi aniqlanadi.
Ashyoviy dalillar bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni jabrlanuvchining kiyimlari, unda ko‘pgina biologik harakterdagi izlar qolishi mumkin. Bulardan tashqari, ekspertizaga hodisa joyida topilgan predmetlar ham yuboriladi. Ayrim hollarda jabrlanuvchining kiyimlari ekspertizadan o‘tkazishda, uning o‘zi ham ishtirok etishi mumkin. Chunki bu tajovuz izlarni tezda topishga yordam beradi. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling