Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59

E’tibor  qiling!  Sperma  izlari.  Jinsiy  jinoyatlarda  sperma  izlari 

jabrlanuvchining badanida, kiyimlarida qolishi mumkinligini inobatga 

olish  va  ularni  qidirish  kerak.  Bular  sud-biologik  ekspertizasi 

xulosalariga ko‘ra ham aniqlanadi. Bu izlarning jabrlanuvchi badanida 

mavjudligi jinoyat seksual xususiyatga ega ekanligidan dalolat berishi 

mumkin,  lekin  har  doim  ham  emas.  Chunki  jinoyatchining  motivi, 

maqsadi  qanday  bo‘lganini  hech  kim  bilmaydi.  Bu  izlarni  vizual 

ko‘zdan kechirish yo‘li bilan yaxshiroq topish mumkin.  

Ultrabinafsha nurlardan foydalanish topilishi qiyin bo‘lgan izlarni 

aniqlashga yordam beradi. Vizual ko‘zdan kechirish, ultrabinafsha nur 

yordamida  topilmagan  izlar  sud-biologik  ekspertizasi  orqali  aniqladi. 

Lekin  bu  tekshirishlar  orqali  juda  kam  ma’lumot  olish  mumkin.  Bu 

ma’lumotlar  jinoyatchining  qaysi  qon  guruhiga  tegishliligi  va  uning 

mavjudligini,  seksual  xususiyatga  ega  odam  o‘ldirish  jinoyati  sodir 

etilganini,  eng  muhimi,  seriyali  qotilliklarda  jinoyatlarning  ayni  bir 

shaxs tomonidan sodir etilganini isbotlashda ahamiyatlidir. 



 

379 


Sud-tibbiyot  ekspertizasi  ashyoviy  dalillarni  tekshirayotganda 

quyidagi  o‘ziga  xos  savollarga  javob  beradi:  tekshirilayotgan  ob’ektda 

qon, sperma, so‘lak, soch qoldiqlari mavjudmi, ular insonga tegishlimi, 

qon  guruhi  qanaqa,  bu  biologik  izlar  aniq  shaxsga  xos  ekanligi  ham 

aniqlanadi.  Bundan  tashqari,  sud-tibbiyot  ekspertizasi  dog‘,  qon,  soch, 

izlarni  aynan  tana  qismini  qaysi  joyidan  ajralib  chiqqanligini  aniqlab 

bera oladi. 

 

Sochga  oid  quyidagi  holatlar  aniqlanadi:  uzilganmi,  qirqilganmi, 



agar  qirqilgan  bo‘lsa,  qachon,  unda  ifloslanish,  zararlanish  yoki  aniq 

predmet izlari mavjudmi.  

Gumon  qilinuvchini  sud-tibbiyot  ekspertizasidan  o‘tkazish 

quyidagi  holatlarni  aniqlashga  yordam  beradi:  jabrlanuvchi  jinsiy 

aloqada  bo‘lganmi,  gumon  qilinuvchining  tanasida  jabrlangan  shaxs 

tomonidan  qarshilik  ko‘rsatish  paytida  etkazilgan  jarohat  mavjud  yoki 

mavjud  emaslik.  Gumon  qilinuvchining  kiyimidan  topilgan  biologik 

izlar  kechiktirilmay  olinishi  va  sud-tibbiyot  ekspertizasiga  yuborilishi 

lozim.  Bundan  tashqari,  sud-tibbiyot  ekspertiza  xodimi  tomonidan 

gumon  qilinuvchining  tanasida  jabrlanuvchi  ko‘rishi  mumkin  bo‘lgan 

tatuirovka  va  o‘ziga  xos  boshqa  alohida  belgilar  qayd  etilishi  lozim. 

Ayrim  holatlar  ekspert  oldiga  gumon  qilinuvchi  tanosil  kasalligi  bilan 

kasallanganmi  yoki  yo‘qmi,  agar  kasallangan  bo‘lsa  uning  muddatini 

aniqlash to‘g‘risida savollar ham qo‘yilishi mumkin.  

Jabrlanuvchi  va  gumon  qilinuvchining  kiyimlaridan  yirtilgan 

parchalarni,  poyabzalda  yoki  kiyimlarda  hodisa  joyidan  olib  ketilgan 

moddalarni  va  boshqa  izlarni  aniqlash  maqsadida  kriminalistik 

ekspertizasi  tayinlanadi.  Bu  ekspertiza  yordamida  jabrlanuvchi  va 



E’tibor  qiling!  Tish  izlari,  tirnoq,  so‘lak  va  boshqa 

ajratmalar.  Seksual  odam  o‘ldirish  jinoyatida  tish  izlari  topilishi 

mumkin.  Bu  izlar  turli  ob’ektlarda,  chunonchi:  mahsulotlar,  tamaki, 

papirus  va  inson  badanida  topilishi  mumkin.  Ko‘rib  chiqilayotgan 

jinoyatlarda aniqlanadigan barcha izlarning 5%i tish izlaridir. To‘g‘ri, 

bu  ko‘p  bo‘lmasligi  mumkin,  lekin  har  qanday  ma’lumot  ham 

jinoyatni  ochishga  yordam  beradi.  Jinoyat  sodir  bo‘lgan  joyda 

topilgan  tish  izlari  ko‘zdan  kechiriladi,  o‘lchanadi,  tegishli 

masshtabda  rasmga  olinadi,  ko‘zdan  kechirish  bayonnomasiga  ilova 

qilinadi. 

Bu 


izlarni 

stomatolog, 

protez 

qo‘yuvchi  bilan 



maslahatlashgan holda tegishli ma’lumotlar olinadi. 

 

380 


gumon  qilinuvchining  hodisa  joyida  bo‘lganligini,  qoldirilgan 

mikroizlarni aniqlash mumkin. 



Tintuv.  Gumon  qilinuvchidan  narsalarni  olish  va  tekshirish 

zaruriyati  tintuv  o‘tkazishni  taqozo  etadi.  Tintuvda  hodisa  joyidan  olib 

ketilgan  jabrlanuvchiga  yoki  yaqin  qarindoshlarga  tegishli  narsalar, 

shuningdek 

jabrlanuvchiga 

tahdid 


solingan 

vaqtida 


gumon 

qilinuvchining ustida bo‘lgan kiyimlar topilishi mumkin.  

Topilgan  va  olingan  narsalar  o‘sha  joyda  bayonnomada  qayd 

etiladi  (qaerdan,  qay  holatda  olinganligi)  va  daliliy  ashyo  sifatida 

maxsus idishlarga solinib muhrlab qo‘yiladi. 

Noma’lum  jinoyatchini  topish.  Noma’lum  jinoyatchini 

aniqlashda  jabrlanuvchining  ko‘rsatuvlaridan  tashqari  ishdagi  barcha 

ma’lumotlar  va  tusmollardan  foydalaniladi.  Gumon  qilinuvchining 

tashqi  ko‘rinishi,  belgilariga  e’tibor  beriladi.  Jinoyatchini  tashqi 

ko‘rinishi o‘ziga xos anatomik va funksional belgilari, alohida belgilari, 

jinoyat  sodir  etilish  jarayonida  shikastlanganligi,  kiyimi,  papkasi  va 

jinoyatchi foydalangan boshqa narsalar ham aniqlanadi. YUqorida sanab 

o‘tilgan  ma’lumotlarni  jabrlanuvchi,  shuningdek,  hodisa  sodir  bo‘lgan 

joyni  ko‘zdan  kechirish  natijasida  hamda  tezkor-  qidiruv  harakatlari 

orqali olishi mumkin. 

Nomusga  tegish  jinoyati  bo‘yicha  jinoyatchining  sub’ektiv 

xususiyatlari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Masalan, jabrlanuvchi bilan 

dastlabki  tanishishdagi  odati  qanday  bo‘lganligi,  uning  mashg‘uloti 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  jinoyatchini  aniqlashga  yordam  beradi. 

Sub’ektiv  xususiyatlar  shaxslar  bilan  munosabatda  namoyon  bo‘ladi. 

Bularga jabrlanuvchini, unga tajovuz qilish vaqti, joyi va jinoyatni sodir 

etish  usulini  tanlashi  kiradi.  Jabrlanuvchi  bilan  bo‘lgan  joyda  qolgan 

izlarni  tahlil  qilib  faqat  jinoyatchining  bo‘yi,  vazni  emas,  balki  o‘ziga 

xos harakatlari, odati, individual belgilari ham aniqlanishi mumkin.  

Shubhalangan  shaxsni  nomusga  tegish  jinoyatini  sodir  etgandan 

keyingi  xulqi  (yaqin  kishilariga  bu  haqda  bayon  qilishi  yoki  sukut 

saqlashi)  ham  jinoyatchi  shaxsi  to‘g‘risida  tusmol  yuritishga  asos 

bo‘ladi. 

Jinoyatchi  shaxsi  to‘g‘risida  ma’lumot  guvohning  ko‘rsatuvida 

ham bo‘ladi. Shuning uchun tergovni borishini rejalashtirish jarayonida 

guvohlarni  topish  masalasiga  e’tibor  berishi  lozim.  Bu  masalani  hal 

qilish  jinoyatchi  jinoyat  sodir  etgunga  qadar  va  undan  keyin  qaerlarda 

bo‘lganligini  aniqlashdan  boshlanadi.  Qaysi  hududdan  izlash  kerakligi 

jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari orqali bilish mumkin.  


 

381 


Tergovchi  bunday  hududni  aniqlab,  qaysi  guruhdagi  shaxs  guvoh 

bo‘lishi  mumkinligini  faraz  qiladi.  Bu  maqsadda  tergovchi  ichki  ishlar 

xodimlariga  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  hodisani  ko‘rgan  shaxslarni 

qidirish  vazifasini  topshiradi.  Undan  tashqari,  tergov  organi  ish 

yuzasidan  qidiruv  harakatlari  bo‘yicha  radio,  televidenie,  gazeta  orqali 

aholiga  murojaat  qiladi.  Guvohdan  jinoyatchining  anatomik  va 

funksional belgilari,  uning va  jabrlanuvchini xulqi  to‘g‘risida,  jinoyatni 

tavsiflovchi  boshqa  holatlar  to‘g‘risida  ma’lumot  olinadi.  Gumon 

qilinuvchining  jinoyat sodir etgan joyda bo‘lganligini, jabrlanuvchining 

qarshiligiga qaramay zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqa qilganligini aniqlanadi. 

Gumon qilinuvchini hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligini guvohning 

ko‘rsatuvlaridan, hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan izlar: qo‘l, oyoq va 

poyabzal, tish,  qon, sperma, so‘lak,  kiyim parchalari kabilarni tekshirib 

aniqlaydi.  Qoldirilgan  narsalar  aynan  gumon  qilinayotgan  shaxsga 

tegishli  ekanligini  u  bilan  birga  ishlovchi  xodimlarga,  qo‘shnilarga 

ko‘rsatib  aniqlash  mumkin.  Bunday  predmetlarga  kiyim,  poyabzal, 

taqinchoq  va  boshqalar  kiradi.  Hodisa  joyidan  topilgan  narsalardan, 

qolgan  izlardan  ekspertiza  yordamida  gumon  qilinuvchiga  yoki  boshqa 

shaxsga tegishli ekanligi aniqlanadi. Agarda jabrlanuvchi tajovuz qilgan 

shaxsning  tavsifini  so‘zlab,  qanday  predmetlardan  foydalanganini  aniq 

aytib bersa, tergovchi gumon qilinuvchidan ushbu predmetlarni topishga 

harakat qilmog‘i lozim. Gumon qilinuvchini yonidan yoki uyidan ushbu 

predmetlar  topilmasa,  boshqa  joylardan,  ya’ni  gumon  qilinuvchining 

saqlash  kamerasiga  qo‘yganligi  yoki  sotib  yuborganligini  ehtimol. 

Bundan  tashqari,  gumon  qilinuvchi  bu  narsalarni  o‘rtog‘idan 

vaqtinchaga  olgan  bo‘lishi  mumkin.  Buni  ham  nazardan  chetda 

qoldirmaslik  kerak.  Sinchkovlik  va  maxsus  so‘roq  qilish  bunday 

holatlarda ijobiy natijalar beradi. 

Gumon  qilinuvchi  o‘zini  himoya  qilish  maqsadida  har  xil 

tusmollarni keltirishi tabiiy hol, albatta. Ya’ni tanasida topilgan tirnalgan 

joylar  boshqa  ayol  bilan  bo‘lgan  jinsiy  aloqa  natijasida  paydo  bo‘lgan 

deb  vajlar  keltirishi  mumkin.  Bu  tusmolni  aniqlash  uchun  gumon 

qilinuvchiga, quyidagi savollar beriladi: boshqa ayol bilan jinsiy aloqada 

bo‘lganmi,  oxirgi  paytda  kim  bilan,  qaerda  va  qachon.  Bunday 

holatlarda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. 

Jinsiy  aloqani  ayolning  erkiga  qarshi  amalga  oshirilganligini 

isbotlash  maqsadida  tergovchi  sud-tibbiyot  xodimi  ishtirokida  gumon 

qilinuvchi  badanidagi  olishuv  izlarini,  tirnalgan,  tishlangan  joylarni, 

kiyimlardagi  shikastlangan  qismini  aniqlaydi.  Jinoyatchi  men  faqat 


 

382 


ayolning  tabiiy  uyalishini  engib  harakat  qildim,  ayol  bunga  qarshilik 

ko‘rsatmadi va mening tomonimdan tajovuz bo‘lgani yo‘q, degan vajni 

bildirishi  mumkin.  Bu  holatni  aniqlash  maqsadida  gumon  qilinuvchiga 

quyidagi  savollar  berilishi  mumkin:  aynan  ayol  tomonidan  jinsiy  aloqa 

qilish xohishi borligini qanday his qildi, tanasidagi tirnalgan, tishlangan 

holatni  jabrlanuvchiga  etkazilgan  tan  jarohatlarni  qanday  izohlaydi. 

Yuqoridagi  holatlarni  aniqlashda  nafaqat  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydan 

izlarni  analiz  qilish  orqali,  balki  qarshilik  ko‘rsatishning  davomiyligi, 

chaqiriq,  yordamga  chorlash  kabi  holatlar  ham  e’tiborga  olinadi.  Agar 

qarshilik  shunchaki  yoki  umuman  bo‘lmagan  bo‘lsa,  bu  gumon 

qilinuvchining  jismoniy  ustunligi  bilan  bog‘liq  emasmi,  hodisa  sodir 

bo‘lgan  joy  sharoiti  qarshilik  ko‘rsatish  befoydaligi  sababli  befoyda 

emasmi?  Bundan  tashqari,  jabrlanuvchi  qo‘rqish  yoki  jismoniy,  ruhiy 

holati,  kasalligi  tufayli  qarshilik  ko‘rsata  olmaganligi  ham  tekshirilib 

ko‘riladi.  Sud  psixiologik  va  sud-psixiatriya  ekspertizalari  tergovchiga 

bunday masalani hal qilishda yordam beradi. 

Tergovchi  tajovuz  jarayonida  jabrlanuvchi  nochor  ahvolda 

bo‘lganligini aniqlasa, bu holatga gumon qilinuvchi olib keldimi yoki u 

bundan faqat foydalangandimi aniqlanadi. Jabrlanuvchi ruhiy kasallikka 

chalingan  yoki  ruhiy  holatiga  ta’sir  qiluvchi  boshqa  vositalar  (spirtli 

ichimlik,  ruhiyatga  ta’sir  qiluvchi  moddalar)dan  iste’mol  qilgan  bo‘lsa, 

tajovuzchining  mohiyatini  anglay  olmagan  va  qarshilik  ko‘rsatishga 

ojizlik  qilgan  bo‘lishi  ehtimol.  Yuqoridagi  holatlar  jabrlanuvchidan, 

gumon qilinuvchi va guvohlardan so‘roq orqali aniqlashtiriladi.  

Guvohlar  so‘roq  qilinganda  jabrlanuvchining  holatini  ta’riflovchi 

savollar: yurishi, gapirishi, sababsiz baqirishi, kulishi yoki yig‘lashi kabi 

dalillar  aniqlanadi.  Tergovni  ob’ektiv  olib  borish  maqsadida  quyidagi 

holat  aniqlanadi:  ayblanuvchining  harakatini  jabrlanuvchi  ig‘vo  yo‘li 

bilan  tajovuz  deb  ko‘rsatmoqchi  emasmi,  u  bilan  birga  spirtli  ichimlik 

iste’mol qilmaganmi? 

Shaxsga  tuhmat  qilayotgan  bo‘lishi  mumkin,  degan  tusmolni 

alohida  tekshirib  ko‘rish  lozim.  Bunday  tusmol  yuritishga  asos  qilib 

arizani  kechiktirib  berilishi,  bunday  qilishga  yaqin  qarindoshlarining 

ta’siri  bo‘lganligi,  tajovuz  vaqtini  va  joyini  taxminiy  tasvirlashi, 

jabrlanuvchining  ko‘rsatuvi  va  ish  yuzasidan  yig‘ilgan  ma’lumotlar 

o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar mavjudligi, ayrim ko‘rsatuvlarning noto‘g‘ri 

ekanligi, bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risida erkin, beparvolik bilan so‘zlash 

holatlari  olinadi.  Bundan  tashqari  ushbu  tusmolni  tekshirib  ko‘rish 

uchun quyidagi masalalar: jabrlanuvchining nomusiga tegilganligi uning 


 

383 


yaqin  qarindoshlarga  qanday  ma’lum  bo‘ldi,  arizani  o‘zining  xohishi 

bilan yoki boshqa shaxslar ta’sirida berganligi, tajovuz izlari mavjudmi, 

jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar hodisaga qadar o‘zaro munosabati, 

ular  qanday  tanishishgan,  tuhmat  motivi  mavjudligi  yoki  mavjud 

emasligi  aniqlanadi.  Bu  savollarga  javob  topish  uchun  nafaqat  gumon 

qilinuvchi  va  jabrlanuvchi  so‘roq  qilinadi,  balki  gumon  qilinuvchi  va 

jabrlanuvchini  tanuvchi  guvohlar,  ular  ahvolidan  xabardor  (hodisaga 

qadar  yoki  hodisadan  so‘ng  o‘z  kechirmalari  bilan  hamsuhbat  bo‘lgan) 

shaxslarni topib so‘roq qilish lozim.  

Gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)larni  so‘roq  qilish  taktikasi. 

Tergovchi  gumon  qilinuvchi  (ayblanuvchi)ni  so‘roq  qilish  rejasini 

tuzganda  gumon  qilinuvchi  o‘zini  himoya  qilish  uchun  keltirishi 

mumkin  bo‘lgan  vajlarni  e’tiborga  olib  tusmollar  tuzadi.  Gumon 

qilinuvchining  alibisini  tekshirish  uchun  nomusga  tegish  jinoyati  sodir 

etilgan  vaqtda  qaerda  va  qanday  mashg‘ulot  bilan  shug‘ullanganligi 

to‘g‘risida  gumon  qilinuvchining  vajini  tasdiqlovchi  shaxslar  so‘roq 

qilinadi. 

Gumon qilinuvchi jinsiy aloqani ixtiyoriy bo‘lgan deb jabrlanuvchi 

bilan  jinsiy  munosabati  mavjudligini  asos  qilib  ko‘rsatishi  mumkin.  Bu 

tusmolni  tekshirish  uchun  u  so‘roq  qilinganda  o‘zaro  aloqalari 

qachondan  beri  davom  etgani,  bundan  o‘zining  va  jabrlanuvchining 

yaqin  qarindoshlari  xabardormi  va  bunga  ularning  munosabati 

aniqlanishi lozim. 

Gumon  qilinuvchi  jabrlanuvchi  bilan  uchrashganligini  inkor 

etmasligi  mumkin.  Lekin  ular  o‘rtasida  hech  qanday  jinsiy  aloqa 

bo‘lmaganligi to‘g‘risida ko‘rsatuvi tanasida tajovuzdan qolishi mumkin 

bo‘lgan  izlar  bor  yoki  yo‘qligi  orqali  aniqlanadi.  Gumon  qilinuvchini 

so‘roq  qilishda  quyidagi  savollar  berilishi  mumkin:  oxirgi  paytda  kim 

bilan  jinsiy  aloqaga  kirishgan  va  qachon,  uchrashuv  qanday  xarakterda 

bo‘lgan,  o‘sha  uchrashuvdan  uning  tanasida,  kiyimida  qanday  izlar 

qolganligi  to‘g‘risida  so‘ralishi  mumkin.  Gumon  qilinuvchi  bilan 

jabrlanuvchining  uchrashuvi  xarakterini  aniqlash  maqsadida  quyidagi 

savollar  aniqlanadi:  qaerda  va  nima  sabab  bilan  uchrashganlar,  ular 

qancha  vaqt  birga  bo‘lishgan,  nima  qilishgan,  nima  haqida 

gaplashishgan,  ularni  biron  kishi  ko‘rganmi,  uchrashuvdan  qaytishda 

kimlarni  uchratgan  va  bu  uchrashuv  haqida  kimlar  xabardor  ekanligi 

masalalariga aniqlik kiritiladi. 

Ayblanuvchi tergov davomida o‘z ko‘rsatuvi va jabrlanuvchi bilan 

uchrashganlik  holatini  inkor  etishi  mumkinligini  nazarda  tutib,  hodisa 



 

384 


sodir  bo‘lgan  joyda  uning  ko‘rsatuvi  tekshirilishi  va  bu  bayonnomada, 

fotosuratga, videoyozuv orqali qayd etilishi lozim. 

Ayblanuvchining  ko‘rsatuvlari  yolg‘on  ekanligi  fosh  qilish 

maqsadida  unga  quyidagi  dalillarni  ko‘rsatish  lozim:  so‘roq 

bayonnomasi,  ekspert  xulosasi,  tintuv  va  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydan 

topilgan ashyoviy dalillar, guvohlarning ko‘rsatuvlari. 

Ko‘p  hollarda  so‘roq  qilishdan  tashqari,  yuzlashtirish  tergov 

harakati ham rejalashtiriladi. Chunki bu tergov harakati jabrlanuvchining 

ruhiy  holatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Yuzlashtirish  zaruriyat 

tug‘ilganda,  ya’ni  qarama-qarshilikni  boshqa  tergov  harakatlari  bilan 

aniqlash  iloji  bo‘lmaganda  hamda  bu  tergov  harakati  orqali  kutilgan 

natijaga  erishish  mumkinligiga  etarli  asos  bo‘lgandagina  o‘tkaziladi. 

Jabrlanuvchi  so‘roqda  aybdorning  anatomik  va  funksiyaviy  belgilari 

haqidagi ko‘rsatuvini tekshirish gumon qilinuvchini guvohlantirish, sud-

tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish orqali aniqlash mumkin. 

 

Voyaga etmaganlar nomusiga tegish jinoyatini tergov qilish 

 

Voyaga  etmaganlar  jabrlanuvchilar  sodir  bo‘lgan  hodisa  haqida 

to‘la 

ma’lumot 



bera 

olishmaydi. 

Jabrlanuvchining 

shaxsiy 


xususiyatlarini  inobatga  olish  va  ko‘rsatuvlarini  sinchiklab  tekshirish 

lozim.  


Bunday  holatda  jinoyatchini  ko‘pincha  voyaga  etmagan  shaxslar 

nomusiga tegib sudlanganlar orasidan qidirmoq lozim.  

Jabrlanuvchi yoki uning qarindoshlari tomonidan nomusga tajovuz 

qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlari har tomonlama tekshirib ko‘riladi. 

CHunki  o‘zaro  janjallashish  natijasida  qasd  olishni  maqsad  qilib,  ig‘vo 

uyushtirish holatlari mavjud bo‘lishi mumkin. 

Ayrim  holatlarda  jabrlanuvchining  yaqin  qarindoshlari  gap-

so‘zlardan qo‘rqib jinoyatni yashiradilar. Buni ham inobatga olish zarur. 

Agar  tajovuz  16-17  yoshli  bo‘lgan  jismonan  yaxshi  rivojlangan 

qizga  nisbatan  sodir  etilgan  bo‘lsa,  ayblanuvchi  uni  voyaga 

etmaganligini  bilgan  yoki  bilishi  mumkin  bo‘lganini  isbotlash  lozim. 

Voyaga  etmagan  shaxslarning  ruhiy  holatini  sinchiklab  aniqlash  uchun 

sud psixologik ekspertizasi o‘tkazash maqsadga muvofiq.  

Guruh  tomonidan  sodir  etilgan  nomusga  tegish  jinoyatini 

tergov qilish. Bunday turkumdagi jinoyatlar ko‘pincha voyaga etmagan 

shaxslar tomonidan guruh bo‘lib sodir etiladi.  

Tajovuz 

ham 


voyaga 

etmagan 


shaxslarga 

qaratiladi. 



 

385 


Ayblanuvchilarning ko‘rsatuvlari bir-biriga qarama-qarshi bo‘ladi, ya’ni 

o‘z  aybini  engillashtirishga  harakat  qilish,  voqea  qorong‘uda,  mast 

holatda  sodir  etilganligi  tufayli  o‘zini  boshqara  olmaganlik  vajlari  asos 

qilib  ko‘rsatilishi  mumkin.  Bunday  holatda  tergovchi  nafaqat 

ayblanuvchilar  va  jabrlanuvchini  batafsil  so‘roq  qiladi,  balki 

ayblanuvchilarning har birini jinoyat sodir etishdagi ishtirokini aniqlash 

maqsadida ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tarzidagi 

tergov  harakatini  o‘tkazadi.  Bundan  tashqari,  sud-tibbiyot  ekspertizasi 

tayinlanib, ekspertga aniqlanishi lozim bo‘lgan holat yuzasidan savollar 

va ashyoviy dalillar jo‘natiladi.  

 

Nazorat savollari: 

 

1.



 

Nomusga  tegishning  kriminalistik  tavsifi  qaysi  xususiyatlari 

bilan  tavsiflanadi?  Ushbu  jinoyat  bo‘yicha  dastlabki  tergov  harakatlari 

qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?  

2.

 

Nomusga tegish bo‘yicha dastlabki tergov faoliyatini tushuntirib 



bering. Voyaga etmaganlar nomusiga tegish jinoyatini tergov qilishning 

o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib bering. 

 

Kazuslar 

1-kazus 

14 may kuni M.Ulug‘bek tumani IIB ga 17 yashar Semenova ismli 

qiz  ariza  bilan  murojaat  qilgan.  Arizada  Semenova  13  may  kuni  kech 

soat 23:00 da park yoqalab uyiga ketayotganida uni oldidan 2 nafar yigit 

chiqib,  ular  bilan  aylanishini  taklif  qilishgan.  Semenova  bunga  rad 

javobini  bergach  ular  kuch  ishlatib  uni  park  ichiga  olib  kirishgan. 

Semenova  pichoq  bilan  tahdid  qilib,  agar  baqirsa  so‘yib  tashlashi 

mumkinligini  aytishgan.  Shundan  so‘ng  ulardan  biri  Semenova  bilan 

jinsiy aloqada bo‘lgan. Boshqasi uni qo‘llaridan ushlab turgan. Qo‘lidan 

ushlab  turgan  shaxs  jinsiy  aloqa  tugaganidan  so‘ng,  yigitlar  uni 

kiyinishiga  yordam  berishgan,  ozroq  masofagacha  kuzatib  qo‘yishgan. 

Ulardan biri Semenovani xafta so‘ngida uchrashuvga taklif qilgan.  

 

1.  Nomusga  tegishning  kriminalistik  elementlari  tizimini  bayon 

qiling.  

2. Dastlabki tergov versiyalari va tergov vaziyatlarini belgilang. 

3.  Jinoyat  ishini  tergov  qilish  rejasini  tuzishda  nimalarga  e’tibor 

qaratish zarur. 


 

386 


 

2-kazus 

Dastlabki so‘roq jarayonida Semenova IIO lariga o‘z vaqtida habar 

bermaganini qo‘rqib ketganligi bilan izohlagan. Ertalab bo‘lgan voqeani 

sinfdoshlariga aytgan va keyin IIO murojaat qilgan.  

Jabrlanuvchining sinfdoshlari Tursunkulova va Kazakovalar ertalab 

Semenova  kelib  o‘zi  bilan  bo‘lgan  voqeani  aytib  berganini  va  ularning 

maslahati bilan ariza berganini tasdiqlashdi. Tergovchi jablanuvchi bilan 

birga  hodisa  joyiga  chiqdi.  Semenova  ko‘rsatgan  hodisa  joyidan 

«Winston»  sigaretasi  qoldiqlari  va  turli  biologik  izlar  topildi. 

Semenovani aytishicha jinoyatchilardan biri sigareta chekkan. SHundan 

so‘ng  tergovchi  IIO  xodimlariga  agar  jinoyatchilar  yana  jabrlanuvchi 

bilan ko‘rishish uchun kelishsa ularni qo‘lga olish to‘g‘risida ko‘rsatma 

berdi. Biroq, bu tadbir o‘z samarasini bermadi.  

  

2-ma’lumotni  taxlil  qiling  va  yig‘ilgan  ashyoviy  dalillarni 

tavsiflang. 

1.

 

Tergov versiyalarni shakllantiring. 

2.

 

 Jinoyat ishini tergov qilish rejasini to‘ldiring. 

 

26-MAVZU. O‘ZGALAR MULKINI TALON-



TOROJ QILISH JINOYATLARINI TERGOV 

QILISH 

 

O‘zgalar  mulkini  talon-toroj  qilish  jinoyatlarining  kriminalistik 



tavsifi.  Dastlabki  materiallarni  tahlil  etish  va  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish. 

Davlat  mulkini  talon-toroj  qilishjinoyatlarini  tergovini  rejalashtirish. 

Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish. 

 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling