Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi, taktik usullari va
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qarating! Odamlarni funksional belgilari
- Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish.
- Narsa-buyumlarni tanib olish uchun ko‘rsatish.
- Hayvonlarni tanib olish uchun ko‘rsatish.
- 20-MAVZU. TELEFON VA BOSHQA QURILMALAR ORQALI OLIB BORILADIGAN SO‘ZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH TAKTIKASI
- Esda tuting! Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish
- Telefon va boshqa so‘zlashuvni eshitib turish tartibi va taktikasi
- E’tibor qiling!
302
Tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi, taktik usullari va rasmiylashtirish tartibi
127-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, ob’ekt qaysi belgilariga muvofiq tanilishi mumkinligiga bog‘liq holda belgilanadi. Tanib oluvchi ko‘rsatish lahzasigacha taniluvchini ham, ular orasida ko‘rsatiladigan shaxslarni ham ko‘rmagan bo‘lishi kerak. SHuning uchun tergovchi kabinetdan tanib olish uchun ko‘rsatiladigan boshqa joyda to‘plangan xolislarni, taniluvchi va boshqa fuqarolarni birin-ketin o‘z xonasiga taklif etadi, agarda u guvoh yoki jabrlanuvchi bo‘lsa, qasddan ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganligi va yolg‘on ko‘rsatuv berganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi.
Tergov harakatining tarkibiy tuzilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) tanib olish uchun ko‘rsatishning barcha ishtirokchilarini taklif qilish, ularga tergov harakatini o‘tkazishning maqsad va vazifalarini, ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish;
ravishda tekshirish; v) tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ektlarni joylashtirish, sub’ektlarga esa o‘zi istagan joyni egallashni taklif qilish; g) taklif qilinganlarga tergov harakatini qayd etish texnik- kriminalistik vositalari qo‘llanilishini bildirish; d) tanib oluvchini taklif qilish, unga huquqlari va majburiyatlarini hamda uning tergov harakatidagi rolini tushuntirish, unga ko‘rsatilgan ob’ektlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishni taklif qilish;
(narsalar) orasida siz so‘roq paytida tavsiflagan shaxs (narsa) bormi?”. Esda tuting! Tanib olish uchun ko‘rsatish taktikasi shu bilan tavsiflanadiki, 1) uni o‘tkazishda bir necha kishi ishtirok etadi; 2) tanib oluvchi o‘z xulosasini shakllantirishiga ob’ektiv va sub’ektiv omillar (noqulay ob-havo sharoitlari, toliqish, sarosimaga tushish va sh.k.) ta’sir ko‘rsatishi mumkin; 3) natijalargina emas, balki tanib olish jarayoni ham qayd etilishi, ularni tekshirish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
303
Tasdiqlovchi javob bergan holda tanib oluvchi o‘zi tanib olgan ob’ektni ko‘rsatishi, uning boshqalar orasidagi o‘rnini aytishi, uni qaysi belgilarga ko‘ra tanib olganini tushuntirishi lozim. Agar tanib oluvchi rad javobini bergan bo‘lsa, bayonnomada tanib olish nima uchun yuz bermagani aks ettiriladi. Shaxsni nafaqat tashqi, balki funksional belgilariga ko‘ra ham tanib olish uchun ko‘rsatish zarur bo‘lgan holda, bu bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim: avval ovozi va nutqining xususiyatlari yoki qadam tashlashiga ko‘ra, so‘ng esa tashqi ko‘rinishi belgilariga ko‘ra. Ayni bir ob’ektni tanib olish uchun ko‘rsatish, qoida tariqasida, faqat bir marta o‘tkazilishi mumkin. Qayta ko‘rsatishga faqat favqulodda hollarda, masalan, tanib olinayotgan ob’ekt tashqi ko‘rinishi sezilarli darajada o‘zgargan holatda bo‘lgan yoki tanib oluvchi o‘ta tushkun kayfiyatda bo‘lgan yoinki tanib olish avval fotosuratlar, videokadrlar bo‘yicha o‘tkazilgan, keyinchalik esa qidirilayotgan ob’ektni bevosita ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘lgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Og‘zaki nutq belgilari va (yoki) ovoziga ko‘ra tanib olish tanib oluvchi tanib olinuvchini ko‘rmagan (qorong‘i bo‘lgan, uning yuzini baland ko‘tarilgan yoqa yoki niqob to‘sib turgan), lekin uning ovozini eshitgan holda o‘tkaziladi. SHaxs og‘zaki nutqi bo‘yicha tanib olinayotganda so‘roq qilish jarayonida jabrlanuvchi yoki guvoh ovozni eshitgan, uning o‘ziga xos belgilari (ovoz darajasi, intonatsiyasi, nutqdagi nuqsonlar, aksent mavjudligi va sh.k.)ni eslab qolgan holatlar aniqlanadi. Ovozga ko‘ra tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ovozi tanib oluvchining ovozidan keskin farq qilmaydigan odamlarni tanlab olish tavsiya etiladi. So‘ng so‘roq qilinuvchi jinoyat sodir etilishi chog‘ida eshitgan so‘zlar, iboralar va jumlalarni o‘z ichiga olgan matn tayyorlanishi lozim. Mazkur tanib olish ishtirokchilaridan ikki guruh tuziladi va ular ovozni o‘tkazadigan devor bilan to‘silgan qo‘shni xonalarda joylashtiriladi. Xonalardan birida tergovchi va xolislar, ikkinchisida esa
ovozi, qadam tashlashiga ko‘ra tanib olish shunday o‘tkazilishi lozimki, mazkur belgilarning o‘ziga xosligi namoyon bo‘lishiga hech narsa halaqit bera olmasin. Zarur holda ularni ataylab buzib ko‘rsatishga monelik qiladigan choralar ko‘rilishi lozim.
304
– tergovchining yordamchisi va tanib olinuvchilar joylashgandan keyin birinchi xonaga tanib oluvchi taklif qilinadi, ikkinchi xonada esa tergovchining yordamchisi tegishli signalni olgach, tanib
olinuvchilardan bundan oldin o‘zlari olgan matnni navbatma-navbat erkin tartibda ovoz chiqarib o‘qishni iltimos qiladi. Tanib olinayotgan shaxsga matnni o‘qish navbatini tanlash huquqi berilishi mumkin. Tanib oluvchining iltimosiga ko‘ra matn har bir shaxs tomonidan takroran, ovoz kuchini ko‘targan yoki pasaytirgan holda o‘qib berilishi mumkin. SHundan keyin tanib oluvchi biron-bir ovozni tanigani yoki tanimaganini ko‘rsatadi, agar tanigan bo‘lsa, qaysi belgilarga ko‘ra tanib olganini tushuntiradi. Bunday tanib olish jarayonida audioyozuvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Odamni tanib olish fonogrammaga yozilgan ovoz bo‘yicha amalga oshirilishi ham mumkin. Tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin o‘tkazilgan so‘roq jarayonida maxsus olingan fonogrammadan yoki gumon qilinuvchi og‘zaki nutqining tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tayyorlangan boshqa fonogrammalaridan jumlalar aniq talaffuz qilingan bir nechta qismi ajratib olinadi. So‘ng o‘xshash ovozli bir nechta statistlar tanlanadi va ular ayni shu jumlalarni fonoyozuv uchun talaffuz qiladi. Tergov harakatini o‘tkazish jarayonida fonogrammalar bir necha marta erkin oldinma-ketinlikda qo‘yib eshittiriladi, tanib oluvchiga esa ularni diqqat bilan eshitish va qaysi fonogrammada u gumon qilinuvchining ovozini va qaysi belgilarga ko‘ra tanib olganini ko‘rsatish taklif qilinadi.
aniqlash yuzasidan eng samarali tergov harakatlaridan biri uni tanib olish uchun ko‘rsatishdir. Qoidaga ko‘ra murdani tanib oluvchining e’tiborini chetga jalb qilmaslik uchun va salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun boshqa murdalar yo‘q joyda ko‘rsatish lozim. Tanib oluvchi sifatida ilgari fuqaroning yo‘qolganligi to‘g‘risida xabar bergan shaxslarga ko‘rsatiladi. Ular yo‘qolgan kishining belgilari haqida dastlab so‘roq kilinadi. Murdani tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib oluvchi uni qaysi belgilariga muvofiq taniganligini batafsil ko‘rsatuvi va uning so‘zlari tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnomasida qayd etilishi lozim. Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish u topilgan joyda yoki o‘likxonalarda amalga oshirilishi lozim. Topilgan murda yuzi ifloslangan bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin uni yuvib, hayotiy holiga birmuncha yaqinlashtirish lozim. O‘likxona binosida
305
tergovchi yoki operativ xodim o‘likxona ma’muriyatiga murdani va uning kiyimlarini sud tibbiyot tadqiqotidan so‘ng saqlab turish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Bunday hollarda, ya’ni murdaning yuzi va qiyofasi jarohatlanishi natijasida o‘zgarib ketgan bo‘lsa, tibbiyot mutaxassisiga uni o‘z qiyofasiga keltirish, hayotlik chog‘idagi ko‘rinishiga yaqinlashtirish yuzasidan topshiriq beriladi. Bo‘laklarga ajratilgan murdaning ayrim qismlari umumiy qoidalariga ko‘ra ko‘rsatiladi. Murdani tanib olish boshqa har qanday tanib olish singari boshqa dalillar bilan ham tasdiqlanishi darkor.
buyumlarni tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual tartibi JPK 128- moddasida ko‘zda tutilgan. Tanib olish ob’ektlari bo‘lgan predmetlar nihoyatda xilma-xildir. Ularga turli buyumlar, jumladan, o‘g‘irlangan qurol, poraga berilgan buyumlar va boshqalar kiradi. Mazkur narsa- buyumlar ko‘zdan kechirilishi paytida aniqlanib surishtiruv va tergov organlari ixtiyoriga berilgan bo‘lishi mumkin. Tanilayotgan narsa- buyum boshqa shu turdagi narsa-buyumlar orasiga qo‘yilib, xolislar ishtirokida tanib oluvchiga ko‘rsatiladi. Tanilgan hollarda undan narsa- buyumni qaysi umumiy va xususiy belgilariga ko‘ra tanilganligini aniqlash lozim.
olish uchun ko‘rsatishdan oldin tanuvchidan so‘roq paytida masalan, uy hayvonining turi, jinsi, yoshi, laqabini aytish va rangini tasvirlab berish so‘raladi. Bunda shu ta’riflarni yaxshi tushunadigan kishilar ham ishtirok etishadi. Hayvonlar o‘zlariga o‘xshash turdagi hayvonlar orasida ko‘rsatiladi. SHaxsga poda orasida joylashgan qoramolni tanish uchun ko‘rsatish ham mumkin. Lekin, masalan, sigir, ot, it kabilarni ikki-uch unga o‘xshash jonivorlar orasida ko‘rsatish qulaydir. Tanib oluvchiga hayvonning tanasi, juni, shoxi, tuyog‘ini ko‘zdan kechirishga imkoniyat berish lozim. Bunda hayvonning egasiga munosabatini diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi. Tanilgandan so‘ng veterinariya ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin. Bunda hayvonning nasli, yoshi va boshqa ba’zi belgilari yanada aniqroq belgilanadi. Tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi. Tanib olish uchun ko‘rsatish vaqtida tarjimon yoki kar va soqovlarning ishoralariga tushunuvchi shaxs
taklif etilsa,
ular to‘g‘risida bayonnomaga tegishli yozuv kiritilishi va ularni qasddan noto‘g‘ri tarjima qilganliklari holda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgani qayd qilinishi zarur.
306
Tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnomasi bir qancha talablarga javob berishi kerak. Bayonnoma odatda uch qismdan iborat, uning kirish qismida kim, qachon, qanday sharoitda ushbu tergov harakatini o‘tkazgani, kimlar ishtirok etgani, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani, kimga, qanday ob’ektlar tanib olish uchun ko‘rsatilgani, ob’ektlarning tashqi ko‘rinishi, belgilari, agar shaxslar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularning yoshi, millati, ko‘zga tashlanadigan belgilari, qaddu- qomat, oriq-semizligi, sochi, kiyimlari batafsil ifodalanadi. Bayonnomaning asosiy qismida tanib oluvchiga berilgan savollar va uning javoblari imkon boricha so‘zma-so‘z aks ettiriladi. Odatda tanib oluvchiga berilgan savollar va javoblar aniq yozilganidan tashqari tanuvchi va tanilgan shaxslarning xatti-harakatlari, bir-birlari bilan munosabatlari ham bayonnomada aks ettiriladi. Agar ob’ektlar fotosurat yordamida tanish uchun ko‘rsatilgan bo‘lsa, suratlar jadval tarzida qog‘ozga yopishtirilib, cheti muhrlanadi. Suratlar raqamlangan va boshqa hech qanday belgilar qo‘yilmagan holda bo‘lishi shart. Umuman tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnomasiga shu tergov harakatini o‘tkazishda foydalanilgan buyumlar yoki ularning suratlari ilova qilinmog‘i lozim.
Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlarini tushuntirib bering.
Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish tartibi, taktik usullari va rasmiylashtirish tartibini izohlab bering. Kazuslar: 1-kazus Tergovchi 14 yoshli qizni yo‘qolganlik fakti bo‘yicha olib borgan tekshiruv natijasida, u ota-onasi bilan janjallashib uyidan chiqib ketib, 6 oy davomida qaytib kelmaganligini aniqlangan. Qo‘shni tumanda zo‘rlab o‘ldirish belgilari bilan tanib olinmagan yosh qizning murdasi topilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, murda 5 oy oldin ko‘milgan, uning yonidan fototasviri topilgan.
307
foydalanish mumkin? Mazkur holatda jinoyatni ochish uchun qanday tergov harakatlari va ekspertizalar tayinlanadi? Ekspertlar xal etadigan vazifalarni yoriting. 2-kazus Toshkent shahar, CHilonzor tumani, 7 daxasi kichik tor ko‘chasi arig‘i yoqasidan 15-20 yoshlar orasidagi boshsiz no’malum qiz jasadi topildi. Surishtiruv va dastlabki tergov vaqtida jablanuvchining boshi hech qaerdan topilmadi. Tergovchi jabrlanuvchining shaxsini aniqlash maqsadida tergovni qanday rejalashtirishi va tashkil etishi lozim. Amaliyotda jabrlanuvchining shaxsini aniqlash bilan bog‘liq ko‘plab usullar mavjud. Sizningcha, tergovni rejalashtirish va tashkil etish tushunchalari nimani anglatadi? Ular o‘rtasida qanday farqlar mavjud? Jabrlanuvchining shaxsi no’malum bo‘lsa, tergovni rejalashtirish va tashkil etish qay holat amalga oshirilishi zarur? Amaliyotda, tergov rejalashtirilganda jinoyat ishining qanday xususiyatlari yoki tomonlariga e’tibor qaratiladi? 308
20-MAVZU. TELEFON VA BOSHQA QURILMALAR ORQALI OLIB BORILADIGAN SO‘ZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH TAKTIKASI So‘zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi. Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tartibi va taktikasi. Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish bayonnomasi.
Uyushgan jinoiy guruhlar va tuzilmalar tomonidan zamonaviy aloqa vositalari (mobil telefonlardan yo‘ldosh aloqa kanallarigacha)dan turli, shu jumladan og‘ir jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishda faol foydalanilishi huquqni muhofaza qilish organlarini tegishli javob choralarini ko‘rishga da’vat etadi. O‘zR JPKning 169-moddasiga muvofiq, ish bo‘yicha to‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik xabarlarni olish mumkinligiga etarli darajada asos bo‘la olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir. Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish surishtiruvchi, tergovchi O‘zR JPKning 170-moddasida belgilangan tartibda prokurorning sanksiyasini olib chiqargan qarorga binoan yoki sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo jabrlanuvchiga, guvohga, shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lsa, bu shaxslarning arizalari bo‘yicha yoki ularning yozma roziligi va Esda tuting! Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish telefon aloqasi tarmoqlari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni texnika vositalari yordamida xufyona eshitish va tezkor qiziqish ob’ekti hisoblangan shaxsning jinoiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning aloqalarini aniqlash, tezkor-qidiruv faoliyatining aniq vazifalarini hal qilish uchun foydali bo‘lgan boshqa axborotni olish uchun qayd etish borasidagi harakat yig‘indisi hisoblanadi.
309
prokurorning sanksiyasi bilan yoxud sudning ajrimiga ko‘ra ularning telefon yoki boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali bo‘ladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish amalga oshirilishi mumkin. Tergovchining so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: tergov qilish jarayonida ularni qo‘llash zarurati paydo bo‘lganjinoyat ishi; mazkur tergov harakatini o‘tkazish uchun asoslar; telefon orqali va boshqa so‘zlashuvlari eshitilishi va yozib olinishi lozim bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tergov harakatini o‘tkazish muddati; eshitish va yozib olishni texnik jihatdan amalga oshirish topshirilgan organ nomi.
O‘zR JPKning 169-moddasida nainki telefon, balki boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni ham eshitib turish va yozib olish imkoniyati nazarda tutilgan. Bunda turli xil kommunikatsion qurilmalar va vositalar (ko‘chma va simsiz aloqa, umumiy foydalaniladigan telefon aloqasi tarmoqlari va b.q.) yordamida axborot ayirboshlash (radioaloqa, mobil telefonlari orqali so‘zlashuvlar, teletayp, faks, elektron pochta orqali axborot uzatish) tushunilishi lozim. So‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olish tartib-qoidalari jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida aniq belgilanmagan. Ayni hol qaysi hollarda u protsessual harakat hisoblanishi va ushbu maqomdan kelib chiqadigan oqibatlarga sabab bo‘lishi, qaysi hollarda esa u natijalari faqat bir qator zaruriy shartlarga rioya etilgan holdagina tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha dalillarga aylanishi mumkin bo‘lgan tezkor-qidiruv tadbiri hisoblanishini aniq aytish imkonini bermaydi. Bir qarashda, javob aniq – telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olish O‘zR JPKning 169-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror asosida o‘tkazilgan holda, bu protsessual harakat hisoblanadi. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor- E’tibor qiling! Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim unda eshitiladigan axborotlar xususiyati va hajmi, shuningdek, so‘zlashuvlarni eshitib turishning borishini va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, milliy xavfsizlik xizmati organlariga ijro etish uchun yuboriladi. So‘zlashuvlarni eshitib turish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
310
qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining 1-qismiga muvofiq, telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishdan iborat tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilishiga ham prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladi. SHu sababli ularni mazkur asosga ko‘ra farqlashning iloji yo‘q. Binobarin, ko‘rsatib o‘tilgan tezkor-qidiruv tadbirining mazmunini yoritish talab etiladi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishning asosiy shartlari qatoriga yuqorida aytib o‘tilgan prokuror sanksiyasidan tashqari maxsus axborot va tezkor bo‘linmaning hujjatli rasmiylashtirilgan topshirig‘i mavjudligi, shuningdek aloqa korxonalarining statsionar apparaturasiga ulanish zarur bo‘lgan holda faqat O‘zbekiston Respublikasi IIV va MXX organlarining tezkor-texnika kuchlari va vositalaridan foydalanish kiradi.
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish tezkor xodimning bildirgisi, ma’lumotnoma yoki dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur xizmat hujjatida abonent raqami, eshitib turish va ovoz yozish vaqti va joyi, foydalanilgan texnikaviy vositalar turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslarga oid ma’lumotlar hamda ish uchun ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblangan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatga so‘zlashuv fonogrammasi aks ettirilgan magnit tasmasi (muhrlangan holatda) ilova qilinadi. Solishtirish asosida protsessual harakat va tezkor tadbir E’tibor qiling! Ayni paytda, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun 16-moddasining 2-qismida kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda telefon so‘zlashuvlarini eshitib turishning soddalashtirilgan shartlari ham nazarda tutilgan. Bunday shartlarga quyidagilar kiradi: a) fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga tahdid mavjudligi; b) shaxsning arizasi yoki uning yozma roziligi; v) tezkor bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror mavjudligi. Bu holda faqat arizachining telefoni orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitish amalga oshiriladi, prokuror bu haqda yigirma to‘rt soat ichida albatta xabardor qilinadi.
311
o‘rtasidagi farq olingan natijalarning daliliy ahamiyatida namoyon bo‘ladi, ularni o‘tkazish asoslari esa ko‘p jihatdan mos keladi, degan xulosaga kelish mumkin. Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va yozib olish tezkor xodimning yoki tergovchidan vakolat olgan mutaxassis, aloqa operatorining aloqa tarmoqlariga verbal axborot olish uchun ulanishini nazarda tutadi. Bunda so‘zlashuvlar shahar, shaharlararo, xalqaro, radiotelefon, radiorele, yuqori chastotali, kosmik aloqa tarmoqlari orqali, shuningdek boshqa so‘zlashuv qurilmalari – verbal axborotni uzatish radio, selektor va boshqa vositalari yordamida olib borilishi mumkin. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qarorda eshitiladigan so‘zlashuvlar qaysi qurilmalarda olib borilishi, ularning raqamlari va boshqa parametrlari, qurilmalar o‘rnatilgan manzillar, so‘zlashuvlarning ishtirokchilari, eshitib turish va yozib olish vaqti, ularni amalga oshirish kimga topshirilgani ko‘rsatilishi lozim. So‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olish tergovchi yoki surishtiruvchi, aloqa korxonasi operatori yoki surishtiruv tezkor- texnika organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Eshitish jarayonida jabrlanuvchi yoki tahdidlar va g‘ayriqonuniy talablar qo‘yilayotgan boshqa shaxs ishtirok etishi mumkin. Agar eshitib turish va yozib olishning avtomatik tartibi nazarda tutilgan bo‘lsa, mutaxassis apparaturani ulab qo‘yishni amalga oshiradi va nutqli axborot sifatli yozib olinishini zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan holda kuzatib boradi. So‘zlashuvlarni bevosita nazorat qilish va yozib olishda mutaxasis yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda, axborotni eshitib turadi, olinayotgan ma’lumotlarning tergov qilinayotgan jinoyat ishi uchun ahamiyatini aniqlash maqsadida ularni tahlil qiladi. Buning uchun u maxsus texnika vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari bilan bir qatorda, sodir etilgan jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlarga, tergovni nima qiziqtirayotgani haqida tasavvurga ham ega bo‘lishi lozim. Axborot chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchi mutaxassisni tanlashda tezkor-texnika bo‘linmasining xodimini afzal ko‘rishi mumkin. So‘zlashuvlarni nazorat qilish va yozib olishda ishtirok etishga bunday bo‘linma mutaxassisini jalb qilishning iloji bo‘lmagan holda, ushbu maqsadda ekspertiza-kriminalistika xizmati yoki telefon stansiyasi xodimi jalb qilinishi mumkin.
312
Nazorat qilinayotgan so‘zlashuvlarning audioyozuvini tergovchi vaqti-vaqti bilan mutaxassis ishtirokida eshitadi, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan axborot esa yagona tashuvchiga ko‘chirib olinadi. Sodir etilgan jinoyat, qilmishning izlarini yashirish, tergovga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlarni qayd etish uchun so‘zlashuvlarni nazorat qilish va yozib olish uzluksiz amalga oshirilishi lozim. Bunda jinoyatchilar uzatilayotgan axborotni yolg‘on ma’lumotlarni xabar qilish, shifrlangan muloqot usullarini qo‘llash yo‘li bilan niqoblashlari mumkinligini ham hisobga olish zarur. Bu tergovchiga jinoyatchilar o‘z so‘zlashuvlarini niqoblash uchun qanday texnika vositalaridan foydalanishlari mumkinligini aniqlash vazifasini yuklaydi. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olishni amalga oshirish muddati mobaynida tergovchi istalgan vaqtda ularni amalga oshiruvchi organdan fonogrammani eshitish uchun talab qilib olishga haqli.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling