Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling! Tish izlari, tirnoq, so‘lak va boshqa ajratmalar.
- Noma’lum jinoyatchini topish.
- Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)larni so‘roq qilish taktikasi.
- Guruh tomonidan sodir etilgan nomusga tegish jinoyatini tergov qilish.
- Kazuslar 1-kazus
- 26-MAVZU. O‘ZGALAR MULKINI TALON- TOROJ QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH
E’tibor qiling! Sperma izlari. Jinsiy jinoyatlarda sperma izlari jabrlanuvchining badanida, kiyimlarida qolishi mumkinligini inobatga olish va ularni qidirish kerak. Bular sud-biologik ekspertizasi xulosalariga ko‘ra ham aniqlanadi. Bu izlarning jabrlanuvchi badanida mavjudligi jinoyat seksual xususiyatga ega ekanligidan dalolat berishi mumkin, lekin har doim ham emas. Chunki jinoyatchining motivi, maqsadi qanday bo‘lganini hech kim bilmaydi. Bu izlarni vizual ko‘zdan kechirish yo‘li bilan yaxshiroq topish mumkin. Ultrabinafsha nurlardan foydalanish topilishi qiyin bo‘lgan izlarni aniqlashga yordam beradi. Vizual ko‘zdan kechirish, ultrabinafsha nur yordamida topilmagan izlar sud-biologik ekspertizasi orqali aniqladi. Lekin bu tekshirishlar orqali juda kam ma’lumot olish mumkin. Bu ma’lumotlar jinoyatchining qaysi qon guruhiga tegishliligi va uning mavjudligini, seksual xususiyatga ega odam o‘ldirish jinoyati sodir etilganini, eng muhimi, seriyali qotilliklarda jinoyatlarning ayni bir shaxs tomonidan sodir etilganini isbotlashda ahamiyatlidir. 379
Sud-tibbiyot ekspertizasi ashyoviy dalillarni tekshirayotganda quyidagi o‘ziga xos savollarga javob beradi: tekshirilayotgan ob’ektda qon, sperma, so‘lak, soch qoldiqlari mavjudmi, ular insonga tegishlimi, qon guruhi qanaqa, bu biologik izlar aniq shaxsga xos ekanligi ham aniqlanadi. Bundan tashqari, sud-tibbiyot ekspertizasi dog‘, qon, soch, izlarni aynan tana qismini qaysi joyidan ajralib chiqqanligini aniqlab bera oladi.
Sochga oid quyidagi holatlar aniqlanadi: uzilganmi, qirqilganmi, agar qirqilgan bo‘lsa, qachon, unda ifloslanish, zararlanish yoki aniq predmet izlari mavjudmi. Gumon qilinuvchini sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish quyidagi holatlarni aniqlashga yordam beradi: jabrlanuvchi jinsiy aloqada bo‘lganmi, gumon qilinuvchining tanasida jabrlangan shaxs tomonidan qarshilik ko‘rsatish paytida etkazilgan jarohat mavjud yoki mavjud emaslik. Gumon qilinuvchining kiyimidan topilgan biologik izlar kechiktirilmay olinishi va sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilishi lozim. Bundan tashqari, sud-tibbiyot ekspertiza xodimi tomonidan gumon qilinuvchining tanasida jabrlanuvchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan tatuirovka va o‘ziga xos boshqa alohida belgilar qayd etilishi lozim. Ayrim holatlar ekspert oldiga gumon qilinuvchi tanosil kasalligi bilan kasallanganmi yoki yo‘qmi, agar kasallangan bo‘lsa uning muddatini aniqlash to‘g‘risida savollar ham qo‘yilishi mumkin. Jabrlanuvchi va gumon qilinuvchining kiyimlaridan yirtilgan parchalarni, poyabzalda yoki kiyimlarda hodisa joyidan olib ketilgan moddalarni va boshqa izlarni aniqlash maqsadida kriminalistik ekspertizasi tayinlanadi. Bu ekspertiza yordamida jabrlanuvchi va E’tibor qiling! Tish izlari, tirnoq, so‘lak va boshqa ajratmalar. Seksual odam o‘ldirish jinoyatida tish izlari topilishi mumkin. Bu izlar turli ob’ektlarda, chunonchi: mahsulotlar, tamaki, papirus va inson badanida topilishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarda aniqlanadigan barcha izlarning 5%i tish izlaridir. To‘g‘ri, bu ko‘p bo‘lmasligi mumkin, lekin har qanday ma’lumot ham jinoyatni ochishga yordam beradi. Jinoyat sodir bo‘lgan joyda topilgan tish izlari ko‘zdan kechiriladi, o‘lchanadi, tegishli masshtabda rasmga olinadi, ko‘zdan kechirish bayonnomasiga ilova qilinadi. Bu
izlarni stomatolog, protez qo‘yuvchi bilan maslahatlashgan holda tegishli ma’lumotlar olinadi. 380
gumon qilinuvchining hodisa joyida bo‘lganligini, qoldirilgan mikroizlarni aniqlash mumkin. Tintuv. Gumon qilinuvchidan narsalarni olish va tekshirish zaruriyati tintuv o‘tkazishni taqozo etadi. Tintuvda hodisa joyidan olib ketilgan jabrlanuvchiga yoki yaqin qarindoshlarga tegishli narsalar, shuningdek jabrlanuvchiga tahdid
solingan vaqtida
gumon qilinuvchining ustida bo‘lgan kiyimlar topilishi mumkin. Topilgan va olingan narsalar o‘sha joyda bayonnomada qayd etiladi (qaerdan, qay holatda olinganligi) va daliliy ashyo sifatida maxsus idishlarga solinib muhrlab qo‘yiladi.
aniqlashda jabrlanuvchining ko‘rsatuvlaridan tashqari ishdagi barcha ma’lumotlar va tusmollardan foydalaniladi. Gumon qilinuvchining tashqi ko‘rinishi, belgilariga e’tibor beriladi. Jinoyatchini tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos anatomik va funksional belgilari, alohida belgilari, jinoyat sodir etilish jarayonida shikastlanganligi, kiyimi, papkasi va jinoyatchi foydalangan boshqa narsalar ham aniqlanadi. YUqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni jabrlanuvchi, shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida hamda tezkor- qidiruv harakatlari orqali olishi mumkin. Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha jinoyatchining sub’ektiv xususiyatlari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Masalan, jabrlanuvchi bilan dastlabki tanishishdagi odati qanday bo‘lganligi, uning mashg‘uloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar jinoyatchini aniqlashga yordam beradi. Sub’ektiv xususiyatlar shaxslar bilan munosabatda namoyon bo‘ladi. Bularga jabrlanuvchini, unga tajovuz qilish vaqti, joyi va jinoyatni sodir etish usulini tanlashi kiradi. Jabrlanuvchi bilan bo‘lgan joyda qolgan izlarni tahlil qilib faqat jinoyatchining bo‘yi, vazni emas, balki o‘ziga xos harakatlari, odati, individual belgilari ham aniqlanishi mumkin. Shubhalangan shaxsni nomusga tegish jinoyatini sodir etgandan keyingi xulqi (yaqin kishilariga bu haqda bayon qilishi yoki sukut saqlashi) ham jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida tusmol yuritishga asos bo‘ladi. Jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida ma’lumot guvohning ko‘rsatuvida ham bo‘ladi. Shuning uchun tergovni borishini rejalashtirish jarayonida guvohlarni topish masalasiga e’tibor berishi lozim. Bu masalani hal qilish jinoyatchi jinoyat sodir etgunga qadar va undan keyin qaerlarda bo‘lganligini aniqlashdan boshlanadi. Qaysi hududdan izlash kerakligi jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari orqali bilish mumkin.
381
Tergovchi bunday hududni aniqlab, qaysi guruhdagi shaxs guvoh bo‘lishi mumkinligini faraz qiladi. Bu maqsadda tergovchi ichki ishlar xodimlariga hodisa sodir bo‘lgan joyda hodisani ko‘rgan shaxslarni qidirish vazifasini topshiradi. Undan tashqari, tergov organi ish yuzasidan qidiruv harakatlari bo‘yicha radio, televidenie, gazeta orqali aholiga murojaat qiladi. Guvohdan jinoyatchining anatomik va funksional belgilari, uning va jabrlanuvchini xulqi to‘g‘risida, jinoyatni tavsiflovchi boshqa holatlar to‘g‘risida ma’lumot olinadi. Gumon qilinuvchining jinoyat sodir etgan joyda bo‘lganligini, jabrlanuvchining qarshiligiga qaramay zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqa qilganligini aniqlanadi. Gumon qilinuvchini hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligini guvohning ko‘rsatuvlaridan, hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan izlar: qo‘l, oyoq va poyabzal, tish, qon, sperma, so‘lak, kiyim parchalari kabilarni tekshirib aniqlaydi. Qoldirilgan narsalar aynan gumon qilinayotgan shaxsga tegishli ekanligini u bilan birga ishlovchi xodimlarga, qo‘shnilarga ko‘rsatib aniqlash mumkin. Bunday predmetlarga kiyim, poyabzal, taqinchoq va boshqalar kiradi. Hodisa joyidan topilgan narsalardan, qolgan izlardan ekspertiza yordamida gumon qilinuvchiga yoki boshqa shaxsga tegishli ekanligi aniqlanadi. Agarda jabrlanuvchi tajovuz qilgan shaxsning tavsifini so‘zlab, qanday predmetlardan foydalanganini aniq aytib bersa, tergovchi gumon qilinuvchidan ushbu predmetlarni topishga harakat qilmog‘i lozim. Gumon qilinuvchini yonidan yoki uyidan ushbu predmetlar topilmasa, boshqa joylardan, ya’ni gumon qilinuvchining saqlash kamerasiga qo‘yganligi yoki sotib yuborganligini ehtimol. Bundan tashqari, gumon qilinuvchi bu narsalarni o‘rtog‘idan vaqtinchaga olgan bo‘lishi mumkin. Buni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Sinchkovlik va maxsus so‘roq qilish bunday holatlarda ijobiy natijalar beradi. Gumon qilinuvchi o‘zini himoya qilish maqsadida har xil tusmollarni keltirishi tabiiy hol, albatta. Ya’ni tanasida topilgan tirnalgan joylar boshqa ayol bilan bo‘lgan jinsiy aloqa natijasida paydo bo‘lgan deb vajlar keltirishi mumkin. Bu tusmolni aniqlash uchun gumon qilinuvchiga, quyidagi savollar beriladi: boshqa ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lganmi, oxirgi paytda kim bilan, qaerda va qachon. Bunday holatlarda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. Jinsiy aloqani ayolning erkiga qarshi amalga oshirilganligini isbotlash maqsadida tergovchi sud-tibbiyot xodimi ishtirokida gumon qilinuvchi badanidagi olishuv izlarini, tirnalgan, tishlangan joylarni, kiyimlardagi shikastlangan qismini aniqlaydi. Jinoyatchi men faqat
382
ayolning tabiiy uyalishini engib harakat qildim, ayol bunga qarshilik ko‘rsatmadi va mening tomonimdan tajovuz bo‘lgani yo‘q, degan vajni bildirishi mumkin. Bu holatni aniqlash maqsadida gumon qilinuvchiga quyidagi savollar berilishi mumkin: aynan ayol tomonidan jinsiy aloqa qilish xohishi borligini qanday his qildi, tanasidagi tirnalgan, tishlangan holatni jabrlanuvchiga etkazilgan tan jarohatlarni qanday izohlaydi. Yuqoridagi holatlarni aniqlashda nafaqat hodisa sodir bo‘lgan joydan izlarni analiz qilish orqali, balki qarshilik ko‘rsatishning davomiyligi, chaqiriq, yordamga chorlash kabi holatlar ham e’tiborga olinadi. Agar qarshilik shunchaki yoki umuman bo‘lmagan bo‘lsa, bu gumon qilinuvchining jismoniy ustunligi bilan bog‘liq emasmi, hodisa sodir bo‘lgan joy sharoiti qarshilik ko‘rsatish befoydaligi sababli befoyda emasmi? Bundan tashqari, jabrlanuvchi qo‘rqish yoki jismoniy, ruhiy holati, kasalligi tufayli qarshilik ko‘rsata olmaganligi ham tekshirilib ko‘riladi. Sud psixiologik va sud-psixiatriya ekspertizalari tergovchiga bunday masalani hal qilishda yordam beradi. Tergovchi tajovuz jarayonida jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligini aniqlasa, bu holatga gumon qilinuvchi olib keldimi yoki u bundan faqat foydalangandimi aniqlanadi. Jabrlanuvchi ruhiy kasallikka chalingan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiluvchi boshqa vositalar (spirtli ichimlik, ruhiyatga ta’sir qiluvchi moddalar)dan iste’mol qilgan bo‘lsa, tajovuzchining mohiyatini anglay olmagan va qarshilik ko‘rsatishga ojizlik qilgan bo‘lishi ehtimol. Yuqoridagi holatlar jabrlanuvchidan, gumon qilinuvchi va guvohlardan so‘roq orqali aniqlashtiriladi. Guvohlar so‘roq qilinganda jabrlanuvchining holatini ta’riflovchi savollar: yurishi, gapirishi, sababsiz baqirishi, kulishi yoki yig‘lashi kabi dalillar aniqlanadi. Tergovni ob’ektiv olib borish maqsadida quyidagi holat aniqlanadi: ayblanuvchining harakatini jabrlanuvchi ig‘vo yo‘li bilan tajovuz deb ko‘rsatmoqchi emasmi, u bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilmaganmi? Shaxsga tuhmat qilayotgan bo‘lishi mumkin, degan tusmolni alohida tekshirib ko‘rish lozim. Bunday tusmol yuritishga asos qilib arizani kechiktirib berilishi, bunday qilishga yaqin qarindoshlarining ta’siri bo‘lganligi, tajovuz vaqtini va joyini taxminiy tasvirlashi, jabrlanuvchining ko‘rsatuvi va ish yuzasidan yig‘ilgan ma’lumotlar o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar mavjudligi, ayrim ko‘rsatuvlarning noto‘g‘ri ekanligi, bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risida erkin, beparvolik bilan so‘zlash holatlari olinadi. Bundan tashqari ushbu tusmolni tekshirib ko‘rish uchun quyidagi masalalar: jabrlanuvchining nomusiga tegilganligi uning
383
yaqin qarindoshlarga qanday ma’lum bo‘ldi, arizani o‘zining xohishi bilan yoki boshqa shaxslar ta’sirida berganligi, tajovuz izlari mavjudmi, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar hodisaga qadar o‘zaro munosabati, ular qanday tanishishgan, tuhmat motivi mavjudligi yoki mavjud emasligi aniqlanadi. Bu savollarga javob topish uchun nafaqat gumon qilinuvchi va jabrlanuvchi so‘roq qilinadi, balki gumon qilinuvchi va jabrlanuvchini tanuvchi guvohlar, ular ahvolidan xabardor (hodisaga qadar yoki hodisadan so‘ng o‘z kechirmalari bilan hamsuhbat bo‘lgan) shaxslarni topib so‘roq qilish lozim.
Tergovchi gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ni so‘roq qilish rejasini tuzganda gumon qilinuvchi o‘zini himoya qilish uchun keltirishi mumkin bo‘lgan vajlarni e’tiborga olib tusmollar tuzadi. Gumon qilinuvchining alibisini tekshirish uchun nomusga tegish jinoyati sodir etilgan vaqtda qaerda va qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullanganligi to‘g‘risida gumon qilinuvchining vajini tasdiqlovchi shaxslar so‘roq qilinadi. Gumon qilinuvchi jinsiy aloqani ixtiyoriy bo‘lgan deb jabrlanuvchi bilan jinsiy munosabati mavjudligini asos qilib ko‘rsatishi mumkin. Bu tusmolni tekshirish uchun u so‘roq qilinganda o‘zaro aloqalari qachondan beri davom etgani, bundan o‘zining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari xabardormi va bunga ularning munosabati aniqlanishi lozim. Gumon qilinuvchi jabrlanuvchi bilan uchrashganligini inkor etmasligi mumkin. Lekin ular o‘rtasida hech qanday jinsiy aloqa bo‘lmaganligi to‘g‘risida ko‘rsatuvi tanasida tajovuzdan qolishi mumkin bo‘lgan izlar bor yoki yo‘qligi orqali aniqlanadi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilishda quyidagi savollar berilishi mumkin: oxirgi paytda kim bilan jinsiy aloqaga kirishgan va qachon, uchrashuv qanday xarakterda bo‘lgan, o‘sha uchrashuvdan uning tanasida, kiyimida qanday izlar qolganligi to‘g‘risida so‘ralishi mumkin. Gumon qilinuvchi bilan jabrlanuvchining uchrashuvi xarakterini aniqlash maqsadida quyidagi savollar aniqlanadi: qaerda va nima sabab bilan uchrashganlar, ular qancha vaqt birga bo‘lishgan, nima qilishgan, nima haqida gaplashishgan, ularni biron kishi ko‘rganmi, uchrashuvdan qaytishda kimlarni uchratgan va bu uchrashuv haqida kimlar xabardor ekanligi masalalariga aniqlik kiritiladi. Ayblanuvchi tergov davomida o‘z ko‘rsatuvi va jabrlanuvchi bilan uchrashganlik holatini inkor etishi mumkinligini nazarda tutib, hodisa 384
sodir bo‘lgan joyda uning ko‘rsatuvi tekshirilishi va bu bayonnomada, fotosuratga, videoyozuv orqali qayd etilishi lozim. Ayblanuvchining ko‘rsatuvlari yolg‘on ekanligi fosh qilish maqsadida unga quyidagi dalillarni ko‘rsatish lozim: so‘roq bayonnomasi, ekspert xulosasi, tintuv va hodisa sodir bo‘lgan joydan topilgan ashyoviy dalillar, guvohlarning ko‘rsatuvlari. Ko‘p hollarda so‘roq qilishdan tashqari, yuzlashtirish tergov harakati ham rejalashtiriladi. Chunki bu tergov harakati jabrlanuvchining ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yuzlashtirish zaruriyat tug‘ilganda, ya’ni qarama-qarshilikni boshqa tergov harakatlari bilan aniqlash iloji bo‘lmaganda hamda bu tergov harakati orqali kutilgan natijaga erishish mumkinligiga etarli asos bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Jabrlanuvchi so‘roqda aybdorning anatomik va funksiyaviy belgilari haqidagi ko‘rsatuvini tekshirish gumon qilinuvchini guvohlantirish, sud- tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish orqali aniqlash mumkin.
Voyaga etmaganlar jabrlanuvchilar sodir bo‘lgan hodisa haqida to‘la ma’lumot bera olishmaydi. Jabrlanuvchining shaxsiy
xususiyatlarini inobatga olish va ko‘rsatuvlarini sinchiklab tekshirish lozim.
Bunday holatda jinoyatchini ko‘pincha voyaga etmagan shaxslar nomusiga tegib sudlanganlar orasidan qidirmoq lozim. Jabrlanuvchi yoki uning qarindoshlari tomonidan nomusga tajovuz qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlari har tomonlama tekshirib ko‘riladi. CHunki o‘zaro janjallashish natijasida qasd olishni maqsad qilib, ig‘vo uyushtirish holatlari mavjud bo‘lishi mumkin. Ayrim holatlarda jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari gap- so‘zlardan qo‘rqib jinoyatni yashiradilar. Buni ham inobatga olish zarur. Agar tajovuz 16-17 yoshli bo‘lgan jismonan yaxshi rivojlangan qizga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, ayblanuvchi uni voyaga etmaganligini bilgan yoki bilishi mumkin bo‘lganini isbotlash lozim. Voyaga etmagan shaxslarning ruhiy holatini sinchiklab aniqlash uchun sud psixologik ekspertizasi o‘tkazash maqsadga muvofiq.
shaxslar tomonidan guruh bo‘lib sodir etiladi. Tajovuz ham
voyaga etmagan
shaxslarga qaratiladi. 385
Ayblanuvchilarning ko‘rsatuvlari bir-biriga qarama-qarshi bo‘ladi, ya’ni o‘z aybini engillashtirishga harakat qilish, voqea qorong‘uda, mast holatda sodir etilganligi tufayli o‘zini boshqara olmaganlik vajlari asos qilib ko‘rsatilishi mumkin. Bunday holatda tergovchi nafaqat ayblanuvchilar va jabrlanuvchini batafsil so‘roq qiladi, balki ayblanuvchilarning har birini jinoyat sodir etishdagi ishtirokini aniqlash maqsadida ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tarzidagi tergov harakatini o‘tkazadi. Bundan tashqari, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, ekspertga aniqlanishi lozim bo‘lgan holat yuzasidan savollar va ashyoviy dalillar jo‘natiladi.
1. Nomusga tegishning kriminalistik tavsifi qaysi xususiyatlari bilan tavsiflanadi? Ushbu jinoyat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? 2.
bering. Voyaga etmaganlar nomusiga tegish jinoyatini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib bering.
14 may kuni M.Ulug‘bek tumani IIB ga 17 yashar Semenova ismli qiz ariza bilan murojaat qilgan. Arizada Semenova 13 may kuni kech soat 23:00 da park yoqalab uyiga ketayotganida uni oldidan 2 nafar yigit chiqib, ular bilan aylanishini taklif qilishgan. Semenova bunga rad javobini bergach ular kuch ishlatib uni park ichiga olib kirishgan. Semenova pichoq bilan tahdid qilib, agar baqirsa so‘yib tashlashi mumkinligini aytishgan. Shundan so‘ng ulardan biri Semenova bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. Boshqasi uni qo‘llaridan ushlab turgan. Qo‘lidan ushlab turgan shaxs jinsiy aloqa tugaganidan so‘ng, yigitlar uni kiyinishiga yordam berishgan, ozroq masofagacha kuzatib qo‘yishgan. Ulardan biri Semenovani xafta so‘ngida uchrashuvga taklif qilgan.
386
2-kazus Dastlabki so‘roq jarayonida Semenova IIO lariga o‘z vaqtida habar bermaganini qo‘rqib ketganligi bilan izohlagan. Ertalab bo‘lgan voqeani sinfdoshlariga aytgan va keyin IIO murojaat qilgan. Jabrlanuvchining sinfdoshlari Tursunkulova va Kazakovalar ertalab Semenova kelib o‘zi bilan bo‘lgan voqeani aytib berganini va ularning maslahati bilan ariza berganini tasdiqlashdi. Tergovchi jablanuvchi bilan birga hodisa joyiga chiqdi. Semenova ko‘rsatgan hodisa joyidan «Winston» sigaretasi qoldiqlari va turli biologik izlar topildi. Semenovani aytishicha jinoyatchilardan biri sigareta chekkan. SHundan so‘ng tergovchi IIO xodimlariga agar jinoyatchilar yana jabrlanuvchi bilan ko‘rishish uchun kelishsa ularni qo‘lga olish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Biroq, bu tadbir o‘z samarasini bermadi.
TOROJ QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining kriminalistik tavsifi. Dastlabki materiallarni tahlil etish va jinoyat ishini qo‘zg‘atish. Davlat mulkini talon-toroj qilishjinoyatlarini tergovini rejalashtirish. Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling