Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling! Tergovchi va tezkor-qidiruv organlarining o‘zaro aloqasi
- Tergovchining tezkor-qidiruv organlari bilan o‘zaro aloqasi shakllari
- E’tibor qiling! Hamkorlik rejasi
- O‘zaro hamkorlikning turlari
- Esda tuting!
- E’tibor qiling!
- 1) hodisa joyini ko‘zdan kechirish.
- 2) izlar bosilmay turib ishlash.
- 4) uyushgan jinoyatchilik tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyatni tergov qilish va ochish.
- 5) murakkab, ko‘p epizodli ishlarni tergov qilish
- 6) avvalgi yillarda ochilmagan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha.
- 1. Jinoyatga aloqador shaxslarning harakatlari haqida
hamkorligining umumiy jihatlari Tergov qilish, jinoyatni ochish va uning oldini olishning samaradorligi ko‘p jihatdan tergovchining ushbu jarayonning boshqa ishtirokchilari – tezkor-qidiruv xodimlari, mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek nazorat-taftish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligiga bog‘liqdir. Bunday hamkorlik jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Tergovchining tergov jarayoni ishtirokchilari bilan hamkorligi nisbatan shartli hisoblanadi, chunki protsessual nuqtai nazardan bunday holatda tenglikning bo‘lishi mumkin emas. Tergovchining maqomi yuqori bo‘lib, tergovdagi asosiy vazifa, uning natijalari va qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni aniqlab berishdan iborat. Tergov ishtirokchilarining faoliyati tergovchining oldiga qo‘yilgan vazifalarga bo‘ysundirilgan va ular bilan bog‘liq.
Agar dastlabki tergovga ehtiyoj bo‘lmasa va ish butunlay boshlang‘ich tergov organi tomonidan olib borilsa, hamkorlikka ehtiyoj qolmaydi. Bu dastlabki tergov organi xodimi hech kim bilan aloqada Hamkorlikning mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Hamkorlikning asosiy maqsadi – jinoyatni fosh etishdir. Ba’zi bir holatlarda bu maqsad ma’lum bir tergov harakatining muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘lsa, boshqa holatlarda – tezkor yo‘l bilan kerakli ma’lumotlarni olish, yashiringan shubhalanilgan shaxsni yoki ayblanuvchini, ashyoviy dalillarni, hujjatlarni va boshqalarni qidirish va fosh qilish hisoblanadi. Hamkorlik bir martalik, qisqa vaqtga
etishi mumkin. 342
bo‘lmaydi, degani emas. Xuddi tergovchi kabi u ham mutaxassislarga, ekspertlarga murojaat qilishi, ichki ishlar xizmati boshqa organlarining xodimlari bilan maslahatlashishi mumkin.
O‘zaro aloqa jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish bosqichida, ya’ni tergovga qadar tekshirish jarayonidayoq zarur. Aybdor shaxs aniqlanmagani yoki u qochib yashiringani tufayli dastlabki tergov to‘xtatib turilganidan keyin ham bunday o‘zaro aloqasiz ish ko‘rish mumkin emas. Tergovga qadar tekshirish bosqichida o‘zaro aloqa jinoyat ishini qo‘zg‘atish zarurligini asoslovchi materiallarni olish, ularni har tomonlama baholashga qaratiladi. Dastlabki tergovni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin o‘zaro aloqa qochib yashiringan jinoyatchini aniqlash yoki qidirish bilan bog‘liq. Rejalashtirilgan tergov harakatlari bajarilganidan keyin jinoyat ochilmagan, aybdor shaxs esa noma’lum bo‘lib qolgan yoki jinoyat to‘liq ochilmagan deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan holda o‘zaro aloqa ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tergov qilinayotgan jinoyatning muhim holatlari aniqlanmagan, asoslangan tusmollar tekshirilmagan, dalillar tizimida bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan, belgilangan tergov harakatlarini o‘tkazishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘ilayotgan hollarda ham o‘zaro aloqasiz ish ko‘rish mumkin emas. Tegishli idoralar (IIV, MXX, DBQ, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti) surishtiruv organlarining tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan tezkor-qidiruv tadbirlari noprotsessual, razvedka, kuzatish- tekshirish, qidiruv xususiyatini kasb etadi. Ular maxsus oshkora va nooshkora usullar va vositalar bilan amalga oshiriladi. O‘tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari
«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida belgilangan. Ularning bosh maqsadi jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir
organlari va tezkor-qidiruv bo‘linmalarining birgalikdagi faoliyati odatda ularning o‘zaro aloqasi deb ataladi va O’zR JPK, shuningdek “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning bir qator normalariga asoslanadi.
343
etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish, qochib yashiringan aybdor shaxslarni qidirishdan iborat. Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish masalalari IIV, MXX, DBQ va Bosh prokuraturaning “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish tezkor-qidiruv organlarining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi, tergovchilar ushbu tadbirlarda ishtirok etishga haqli emas. Ammo, shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zR JPK va “Tezkor- qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda tergovchiga yuqorida zikr etilgan organlarga tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriqlar berish, ayrim
tergov harakatlarini o‘tkazishda ko‘maklashishni ulardan talab qilish imkonini beradigan ancha keng vakolatlar berilgan. Tergovchining yozma topshiriqlari ushbu organlarga ijro etish uchun majburiy hisoblanadi. SHunday qilib, tergovchilar jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish uchun surishtiruv organlarining tezkor-qidiruv imkoniyatlaridan faol foydalanishlari mumkin va lozim. Tergov va tezkor-qidiruv faoliyati ko‘pincha parallel amalga oshiriladi, shu sababli aynan lozim darajada tashkil etilgan o‘zaro aloqa jinoyatlarni fosh qilish ishida tergovchi va tezkor xodimlar harakatlarining kelishilganligini ta’minlaydi.
O‘zaro aloqa epizodik – tergovchining ayrim topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq hamda doimiy bo‘lishi – murakkab ish yoki o‘zaro bog‘liq ishlar guruhi bo‘yicha tergov jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Doimiy o‘zaro aloqa odatda tergov-tezkor guruhi yoki tergov guruhi tomonidan bajariladigan tergov jarayonida amalga oshiriladi. Tergovchining tezkor-qidiruv organlari bilan samarali o‘zaro aloqasi quyidagi prinsipial shartlarga qat’iy rioya etishni taqozo qiladi: 1) o‘zaro aloqani jinoyat-protsessual qonuni, qonun osti normativ hujjatlari va kasb odobi talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirish; 2) o‘zaro aloqani joy, vaqt va maqsadlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tergov rejasi va jarayoni bilan muvofiqlashtirish; 3) E’tibor qiling! Tergovchi va tezkor-qidiruv organlarining o‘zaro aloqasi – ushbu shaxslar va organlarning jinoyatlarni ochish va tergov qilish, barcha aybdor shaxslarni to‘liq fosh etishga qaratilgan, qonun talablariga asoslangan va barcha muhim shartlar bo‘yicha kelishilgan faoliyati. 344
tergovning barcha bosqichlarida tergovchining rahbarlik rolini ta’minlash, o‘zaro aloqa sub’ektlarining protsessual va tezkor-qidiruv funksiyalarini aniq belgilash, shuningdek tergovchi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni hal qilish usullari va vositalarini tanlashda tezkor xodimlarning mustaqilligi; 4) barcha tergov (protsessual) va tezkor- qidiruv (nooshkora) imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘zaro yordam ko‘rsatish, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun shaxsiy javobgarlik.
Hamkorlikning taktik-uslubiy qoidalari
Tergov o‘tkazish jinoyatni ochishda hamkorlikning birinchisi – tergovchi tomonidan ish materiallarini tahlil qilishdan iborat. Bunda dastlab tergovchi tomonidan hamkorlik sub’ektlari aniqlanadi. Qo‘shma Tergovchining tezkor-qidiruv organlari bilan o‘zaro aloqasi shakllari dastlabki tergov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jinoyatning surishtiruv organi tomonidan o‘z vaqtida aniqlanishi, darhol jinoyat ishini qo‘zg‘atish va ushbu ish bo‘yicha surishtiruvni boshlash, to‘plangan materiallarni tergovchiga o‘z vaqtida topshirish va so‘ng mazkur jinoyat ishi bo‘yicha birgalikda ish olib borish;
qo‘lga kiritilgan, birgalikdagi vazifalarni hal qilish uchun tergov va tezkor-qidiruv ahamiyatiga molik bo‘lgan axborotni o‘zaro aloqa sub’ektlari o‘rtasida doimiy ravishda ayirboshlash;
tezkor xodimlar va mutaxassis-kriminalistlar ayrim tergov harakatlari, taktik kominatsiyalar va operatsiyalarni o‘tkazishda tergovchiga ko‘maklashishi;
surishtiruv organi tergovchining ish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari va aniq tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma topshiriqlari va talablarini so‘zsiz va to‘liq bajarishi;
jinoyatni fosh qilish bilan bog‘liq vazifalarni optimal hal etish uchun ish bo‘yicha tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini birgalikda rejalashtirish (yoki ayrim rejalarni kelishish);
doimiy yoki vaqtinchalik ish olib boruvchi tergov-tezkor guruhlari yoki tergov guruhlari doirasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish;
tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalarini birgalikda muhokama qilish va baholash, muhokama natijalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zaro aloqaning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma qarorlar qabul qilish.
345
faoliyatga eng ko‘p jinoyat-qidiruv, uyushgan jinoyatchilik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash xizmati, ichki ishlar organlarining kriminalistik xizmatlari, Harakat xavfsizligi xizmati, turli xil idora va ma’muriy inspeksiyalar xodimlari jalb etiladi.
YAna bir muhim vazifa vaziyatga oid ma’lumotlarni hamkorlar o‘rtasida almashinuvidir. Ma’lumot almashinuvida tergov hamda tezkor- qidiruv tadbirlari rejasining qay darajada mosligi aniqlanadi, chunki tergov harakatlari, uning muvaffaqiyati tezkor-qidiruv ishtirokchilarining tadbirni belgilangan muddatda va ketma-ketlikda ijro etishlariga bog‘liq. O‘z vaqtida, etarli aloqa almashinuvi tezkor-tergov guruhi (TTG) a’zolari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Uning shakllari turlicha: TTG tarkibining yig‘ilishi, uning alohida ishtirokchilarining o‘zaro aloqasi va hokazo. SHu bilan birga tergov sirlarini saqlash, tezkor ma’lumotni chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim.
E’tibor qiling! Hamkorlik rejasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
1) tergov va qidiruv tusmollarining ifodasi; 2) ushbu tusmollardan kelib chiquvchi holatlarning ro‘yxati; 3) ushbu holatlar va harakatlar tartibini aniqlash va o‘rganish ro‘yxati; 4) tergovchi tomonidan amalga oshiriladigan qidiruv tadbirlari ro‘yxati; 5) tezkor yo‘l bilan aniqlanishi kerak bo‘lgan vaziyatlarning ifodasi; 6) bajarish muddatlari, ma’lumot almashinuvi, rejaga tuzatish kiritish; 7) rejaning har bir bandi bo‘yicha ijrochilar ro‘yxati.
346
Hamkorlik ishtirokchilari tergov vaziyati o‘zgarishi bilan rejaga va maqsadlarga tuzatish kiritishi kerak. Tezkor-qidiruv rejalari alohida tezkor xodim tomonidan rejalashtiriladi. Belgilangan tadbirlar va tergov harakatlarining vaqti, joyi, muddatiga alohida e’tibor berish zarur. Tuzilgan reja tergov bo‘linmasi va tegishli tezkor xizmati rahbarligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa tergovning dastlabki bosqichi juda muhimdir. Bu narsa jinoyatni izlar bosilmay turib ochilishi, aybdorni aniqlash va topish, o‘g‘irlangan mulkni qidirish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hamkorlikning protsessual va noprotsessual (tashkiliy-taktik) turlari mavjud.
hamkorlik tashabbusi ichki
ishlar organining navbatchi qismidan chiqadi. Jinoyat sodir etilgan joyga tezkor tergov guruhi chiqadi. Guruh tarkibiga tergovchi, tegishli mutaxassis (kriminalist, sud-tibbiyot mutaxassisi), tezkor-qidiruv xodimi xizmat iti bilan kiradi. Ularning vazifalari hodisa yuz bergan joyni
sinchiklab ko‘zdan
kechirib olingan
ma’lumotlar asosida ji-noyatni fosh etish, aybdorni qidirish va qo‘lga olish uchun ishlatishdan iborat.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergovga tegishliligi, boshlang‘ich tergov organlari ishining yo‘nalishi va davom ettirishi masalalari hal etiladi. Shuningdek aybdor-ni va ularning jinoiy kirdikorlarining hamma harakatlarini aniqlashga qaratish va tezkor- qidiruv tadbirlarini o‘tkazish; jinoyatchi tomonidan keltirilgan moddiy
ziyonni to‘laligicha aniqlash; jinoiy yo‘l bilan orttirilgan boyliklarni dalillar asosida isbot qilish. Bu ko‘p epizodli, uyushgan jinoyatchlar, shuningdek ilgarigi yillarda ochilma-gan jinoyatlar bo‘yicha tergov va tezkor
qidiruv xodimlari hamkorligini tashkil etishdir. Bunda guruh a’zolari o‘rtasida murakkab jinoyatlarni ochish bo‘yicha aniq vazifalar qat’iy bo‘lib olinadi.
tergov harakatlarini amalga oshirishda dastlabki tergov xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar; to‘xtatib qo‘yilgan ishlar bo‘yicha tergovchining topshirig‘i bilan shaxs va ob’ektlarni qidirish; tegishli shaxslar bilan ishlash; tezkor-qidiruv guruhlarini tashkil etish.
347
Tergovchi tezkor-qidiruv ishlarini amalga oshirish haqida topshiriq berar ekan, u ichki ishlar organlari oldiga faqat vazifa qo‘yadi, ammo uni echish yo‘li va vositalarini belgilamaydi, chunki bu dastlabki tergov organlari vakolatiga kirmaydi. Tergovchi talabiga ko‘ra tezkor-qidiruv xodimlari qonunda belgilangan protsessual majburlash choralarini amalga oshiradi; qurollangan jinoyatchini qo‘lga tushirish va ta’qib qilish uchun pistirma, quvlash, qurshov, turli xil to‘siq tadbirlar ko‘radi, tergovchining hududiga kelishdan bosh tortayotgan shaxsni olib kelish, hodisa va tintuv joyini o‘rab olish, tergovchiga qarshilik ko‘rsatish hollarini oldini olish kabi hollarda yoradamlashadi. Dastlabki tergov xodimlari tergovchiga murakkab va katta hajmdagi tergov harakatlarini tayyorlash va amalga oshirishda yordam beradilar, ushbu harakatlar davomida u yoki bu vazifalarni bajaradilar. Tergovchining mutaxassislar bilan hamkorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) mutaxassislarni tergov harakatlariga jalb etish; b) sud ekspertizalarini o‘tkazish; v) taftish belgilash va o‘tkazish.
Umumiy qoidaga ko‘ra, tergov-tezkor guruh a’zolarining barcha harakatlari avvaldan kelishilgan rejaga bo‘ysundirilgan bo‘lsada, ba’zi bir sabablarga ko‘ra rejalashtirilmagan harakatlarni amalga oshirishi ham mumkin. Masalan, jinoyatchilarni jinoyat ustida qo‘lga olish, tintuv va kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlarni amalga oshirish. E’tibor qiling! Tergovchi bilan boshqa ishtirokchilar protsessual hamkorligi eng samarali bo‘lib, uning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1) umumiy maqsad sari bo‘ysundirilgan tergov-tezkor guruh tomonidan amalga oshiriladigan tergov harakatlari va tezkor-tergov tadbirlari o‘tkaziladi. 2) tergov-tezkor guruh a’zolarining barcha harakatlari xususan, umumiy rejani ishlab chiqish jarayonida o‘zaro kelishiladi;
tergov-tezkor guruh ishtirokchilarining har biri o‘z vakolati doirasida harakat qilib, funksional mustaqillikni saqlab qoladi;
tergov-tezkor guruh tarkibida ishlash tergovchiga tezkor yo‘l bilan olingan ma’lumotdan, tezkor xodimlarga esa – tergov harakati vaqtida olingan ma’lumotdan darhol foydalanish imkonini beradi. 348
Tergov-tezkor guruh tergovchi rahbarligida ishlaydi. U ishni tergov qilishga, hamkorlik sub’ektlari oldiga o‘z vaqtida vazifalar qo‘yishga, taqdim etilgan ma’lumotlardan to‘laligicha foydalanishga javobgardir. Tergov-tezkor guruh odatda quyidagi harakatlarni bajaradi:
bo‘lib, ichki ishlar organlari navbatchi qismlarida bo‘ladi va o‘rnatilgan jadvalga muvofiq almashadi. Guruh tarkibi har doim yangilanib turadi; uning tarkibiga tergovchi, jinoyat qidiruv xodimi, mutaxassislar – kriminalist va sud-tibbiyot mutaxassisi, kinolog kiradi. Guruh majburiyatlari – hodisa joyini malakali ko‘zdan kechirish va shu bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishdan iboratdir. Ichki ishlar organi xizmat ko‘rsatadigan aholining soni va hududning katta-kichikligiga qarab bir vaqtning o‘zida bir necha tergov-tezkor guruh navbatchilik qilishi mumkin.
guruhning aynan o‘zi, ko‘zdan kechirish bilan cheklanmay jinoyatni ochish va jinoyatchini ushlash bilan shug‘ullanadi;
bosqinchilik, jinsiy jinoyatlar va hokazo. Bunday tergov-tezkor guruh doimiy bo‘lib, xizmat ko‘rsatish hududida sodir etilgan jinoyat turini ochishga ixtisoslashadi; 4) uyushgan jinoyatchilik tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyatni tergov qilish va ochish. Bu holatda tergov-tezkor guruh tarkibiga ichki ishlar uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish maxsus bo‘linmalarining tezkor xodimlari kiradi;
tergov-tezkor guruh tarkibi o‘zgaruvchan bo‘ladi; tergov davomida uning tarkibiga turli ixtisosliklar bo‘yicha tezkor xodimlar va qo‘shimcha jalb etilgan tergovchilar qo‘shiladi; 349
6) avvalgi yillarda ochilmagan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha. Guruh doimiy asosda ishlaydi va ma’lum bir turdagi jinoyat bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
Tezkor-qidiruv guruhi va tergovchilar guruhining tarkibi turli xil bo‘lishi mumkin bo‘lib, ular ishtirokchilar doirasi, vazifalari taktik hamkorlik usuli bilan farqlanadi. Ushbu ma’lumotlar turi va ulardan foydalanish imkoniyatlari quyidagicha: 1. Jinoyatga aloqador shaxslarning harakatlari haqida tergovchni yo‘naltiruvchi tezkor ma’lumotlar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchining jinoiy faoliyati haqida ma’lumot; jinoyatni yashirgan shaxslarning harakatlari haqida ma’lumot; tergovning borishiga qarshilik qiladigan harakatlarni amalga oshirilishi haqida ma’lumot; ko‘rsatilgan ma’lumotlar va ashyoviy dalillar egalari haqida ma’lumot). Bu ma’lumotdan bevosita va bilvosita yo‘l bilan foydalanish mumkin.
bo‘lib, ishtirokchilar doirasi ham ancha kengdir. Ularning eng asosiylari:
tayyorlashda va natijalarini baholashda ko‘maklashishi; tergovchining texnik topshiriqlarini bajarish; texnik-kriminalistik vositalarni tayyorlash va h.k. 2) tezkor ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha tergovchi harakatlarini birga rejalashtirish; tezkor ma’lumot yordamida so‘roq qilinayotgan shaxsga beriladigan savollarni, jabrlanuvchi ishtirokidagi tezkor guruh taktikasini, tezkor-taktik rejasini muhokama qilish; Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling