Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling!
- Ikkinchi guruh
- Jabrlanuvchining murdasini ko‘zdan kechirishda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar
- Ekspertlar oldiga quyiladigan savollar
- Tergovning keyingi bosqichida o‘tkaziladigan harakatlar
Tergovning dastlabki bosqichi Tergovning mazkur bosqichida quyidagi asosiy vazifalarni hal etmoq zarurdir. Sodir bo‘lgan jinoyatning barcha elementlari: qotilning shaxsi, jabrlanuvchining shaxsi, qotillikning maqsadi va qasdning motivi, jinoiy harakat jabrlanuvchining shaxsiga qarashlimi yoki uning jamiyatdagi mavqei-lavozimiga qarshi qaratilganmi, jinoyatni bir shaxs yoki guruh tomonidan sodir qilinganmi, qotil topilmagan bo‘lsa uni tezkor qidiruv choralarini qo‘llab yashiringan joyini aniqlash va qo‘lga olish, jinoyat qurolini topish, g‘arazli maqsadida sodir qilingan qotillik ishlari bo‘yicha o‘g‘irlangan, olib ketilgan qimmatliklarni qondirish choralari ko‘riladi. Tergovni to‘g‘ri tashkil qilish va harakatlarni tegishli oldinma- ketinlikda olib borish uchun, aniqlanishi lozim bo‘ladigan barcha holatlar yuzasidan tusmollar tuzish, tergovni rejalashtirish, tezkor- qidiruv xodimlari bilan yaqindan hamkorlikda bo‘lish, qotillikning murakkab vaziyatlarini tergov qilishda tezkor-tergov guruhini tashkil qilish bilan olib borish zarur bo‘ladi. Tergovning dastlabki bosqichida kechiktirib bo‘lmaydigan tergov va tezkor harakatlarini o‘tkazmoq lozim bo‘ladi. Bulardan birinchi navbatda qotillik hodisasi yuz bergan va jabrlanuvchining murdasi topilgan joylar ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirish harakatining umumiy tartib qoidalari mazkur darslikning taktika qismida to‘la yoritilgan bo‘lib, qotillik jinoyatlarini tergov qilishda sodir bo‘lgan hodisaning o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda, ko‘zdan kechirishning taktika qoidalarini qo‘llash bilan yuqorida keltirilgan vazifalarni hal qilmoq mumkin bo‘ladi. Jinoyat sodir bo‘lgan joy bilan jabrlanuvchining tanasi topilgan joy bir bo‘lsa, ko‘zdan kechirish, murdadan, ya’ni markazdan boshlanmog‘i 361
ma’qul bo‘ladi, so‘ngra atrof-muhit, jinoyatchining kirish-chiqish yo‘llari, izlar, jinoyat quroli va boshqalar ko‘zdan kechiriladi. Qotillik jinoyatlari bo‘yicha hodisa joyini ko‘zdan kechirishning o‘ziga xos vazifalari mavjud. Birinchi navbatda jinoyat sodir bo‘lgan va murda topilgan joylar turli bo‘lsa qon izlarining xususiyatlari, surkalish, tomchi kabi shakllari murdaning bir joydan ikkinchi joyga olib kelishda hosil bo‘ladi, qo‘shimcha ravishda erda sudralish izlari ham mavjud bo‘ladi. Qotillik sodir bo‘lgan joyda topilgan murda yonida qon izlari sachrash, oqish va ko‘p miqdorda ko‘lmak shaklda hosil bo‘ladi. Bu belgilarning yo‘qligi murda boshqa joydan keltirilgan transport vositasida olib kelingan, degan tusmolga asos bo‘ladi.
O‘lim vaqti murda alomatlari asosida (sovish, kotish, dog‘larning hosil bo‘lishi, chirishi va boshqalar aniqlanadi, o‘lim sababi jarohatlarning og‘ir-engilligi, oldinma-ketinligi va qanday quroldan etkazilganligi, jarohatning qaysi-biri o‘limga sabab bo‘lganligi, murdani ko‘zdan kechirishda tibbiyot sohasidagi mutaxassis ishtirokida belgilanadi.
izlarga e’tibor bermoq lozim. Birinchi guruh izlar qotil bilan jabrlanuvchining o‘zaro harakati natijasida hosil bo‘ladigan izlar, qotilning jarohat yetkazish uslubi, quroli, jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishi, himoyalanish kabi holatlaridan hosil bo‘ladigan alomatlar. Ikkinchi guruh izlar jinoiy hodisaga aloqasi bo‘lmagan shaxslardan qoladigan izlardir. Bu ikki xil izlarni mazkur joyda hozir bo‘lganlar, guvohlardan olinadigan og‘zaki ma’lumot asosida olish mumkin. Shuningdek, tezkorlik surishtiruvi orqali hodisa joyining avvalgi holati va unga qanday o‘zgarishlar kiritilganligi ham aniqlab olinadi.
362
YUqorida keltirilgan holatlarning ba’zilarini aniqlanishi jinoyatchini qaerdan va kimlar orasidan izlashga imkon beradi. Jinoyatni sodir qilishda ishlatilgan qurol sifati, jarohat etkazish usuli, o‘ta rahmsizlik bilan ko‘p jarohat etkazish, o‘lim yuz bergandan so‘ng ham qurolni ishlatish jinoyatchi shaxsidan xabar beradi. O‘ldirilganning shaxsi noma’lum bo‘lib, tergovning boshlang‘ich davrida aniqlanmagan bo‘lsa, jinoiy ro‘yxat qoidasiga binoan shaxsi noma’lum murda kartasi tuziladi, qo‘l va o‘n barmoq izlari bo‘yicha daktilokarta tayyorlanadi, asosiy va qo‘shimcha formula chiqarilib, ro‘yxatga olinadi. Daktilokartada tashqi qiyofa belgilari, ayrim ko‘zga tashlanadigan belgilar ko‘rsatiladi. Tergovning so‘nggi bosqichlarida ana shu kartalar asosida jabrlanuvchining shaxsi tanib olishga ko‘rsatilib, aniqlanadi. Axborot markazi ma’lumotlari asosida bedarak yo‘qolganlarning shaxslari qiyoslanadi. Murda bo‘lagi topilishi asosida qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bo‘yicha bo‘lak topilgan joyda ko‘zdan kechiriladi, uning o‘ralgan, o‘ralmagan holatiga, jarohatlarning xususiyati, taxminan qanday quroldan etkazilganligiga e’tibor beriladi. Bo‘lak o‘ralgan material sifati (qog‘oz, mato, sellofan) guruh mansubligi belgilanadi. Murda bo‘lagi bo‘yicha jabrlanuvchining jinsi, yoshi, millat guruhi, iloji boricha individual belgi-alomatlari xatga olinadi.
shaxsi, hujjatlari yoki boshqa buyumlari, kiyimlari, tashqi qiyofasi, alohida belgilari qotil bilan, oila aъzolari, qarindoshlari hamkasabalari va boshqa tanishlari bilan aloqasi o‘limning yuz bergan vaqti, sababi, yetkazilgan jarohatlarning qaysi biri o‘limga sabab bo‘lganligi jinoiy harakatning mexanizmini, jarohatlar qanday qurol bilan yetkazilganligi qotillik jinoyati sodir qilinayotganda kimlar bo‘lgani, eshitgani jinoyatning sub’ektiv tomonini, qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir bo‘lganligi 363
Jinoyat sodir etilgan va jarohat etkazilgan vaqt, o‘lim sodir bo‘lish vaqti va sababi, murdaning qotillikdan so‘ng qancha muddat o‘tgandan so‘ng, qanday qurol va usulda bo‘laklanganligi, kasb-hunar xususiyati ham ko‘zdan kechirish natijasida belgilanadi. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar bayonnomada aks ettirilgandan so‘ng sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, yuqorida keltirilgan tusmollar dastlabki ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim bo‘ladi. Hodisa joyini, murdani (bo‘lagini) ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda tezkor-qidiruv harakatlari ham o‘tkaziladi. Birinchi navbatda hodisa joyida hozir bo‘lgan ko‘rgan bilganlardan og‘zaki ma’lumotlar olinadi, qachon, kim tomonidan e’tibor berilib, jinoyat izlari aniqlanganligi, jinoyatchi haqidagi ma’lumotlar, o‘zgarib-bosilib ketmagan, “issiq” iz-alomatlarni aniqlash yuzasidan maxsus itlar ishga solinadi, ma’lum shaxslar orqasidan kuzatuvlar o‘tkaziladi, axborot- ma’lumot markazidan bedarak yo‘qolgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar, tashqi qiyofa belgilari va shu kabi boshqa ma’lumotlar yig‘ilib, ular so‘nggi tergov harakatlarini tashkil qilish va o‘tkazishga, yangi tusmollarni tuzishga yordam beradi. Ko‘zdan kechirish va tezkor qidiruv choralari yordamida topilgan boshqa murda bo‘laklari o‘zaro qiyoslanib, bir shaxsning tanasiga tegishli ekanligi aniqlanadi.
joyida ko‘zdan kechirilgandan so‘ng sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. Ekspertiza hal qiladigan masalalar quyidagilardir: -
-
jarohatlar qanday qurol bilan yetkazilgan; -
jarohatlarning qanday oldinma-ketinlikda yetkazilgani; -
bo‘lgani; -
jarohatlarning soni ko‘p bo‘lgan taqdirda, qaysilari hayotiy davrida, qaysilari o‘lim yuz bergandan so‘ng yetkazilganligi; -
mumkinmi va b.q. 364
Bedarak yo‘qolgan shaxslarni “jinoyat qurboni” degan tusmol asosida qo‘zg‘atilgan ishlar yuzasidan tegishli tekshiruvlar, tezkor- qidiruv choralari o‘tkazilib, yo‘qolgan shaxs jinoyat, baxtsiz hodisa yoki boshqa biror hodisa qurboni, degan tusmolni tekshirish lozim bo‘ladi, uning murdasi qidiriladi, topilgan hollarda shaxsi aniqlanib, bedarak yo‘qolgan bilan qiyoslanadi. Bunday vaziyatni murda mavjud bo‘lgan holatlar kabi dastlabki ko‘zdan kechiruv va sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazilib, tergov davom ettiriladi.
ekspertiza tekshiruvida hal qilinadigan masalalar: -
murda bo‘laklari bir shaxs tanasiga tegishlimi; -
murda bo‘lagi (bo‘laklari) bo‘yicha jabrlanuvchining shaxsiga tegishli ma’lumotlar jinsi, millati, taxminan yoshi, kasb-hunari va boshqalar; -
jarohatlar mavjud bo‘lsa, qanday quroldan yetkazilgan, tirik vaqtida yoki o‘lim yuz bergandan so‘ng yetkazilganmi; -
etilgan, kasb-hunari va boshqalar; -
qotillik sodir qilingan va murda bo‘laklangan vaqti; -
murda bo‘lagi tarkibida begona moddalar (zaharlovchi, alkogol, giyohvand) qoldiqlari mavjudmi va shu kabi jinoyatga oid bo‘lgan boshqa masalalar. Bedarak yo‘qolgan shaxsning murdasi topilmagan hollarda tergovning dastlabki bosqichida quyidagi masalalarni hal etish lozim bo‘ladi: -
qarindoshlari, oila a’zolari bilan muloqoti, kimlar bilan ziddiyatli muomalada bo‘lganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni aniqlash; -
topish va ishga qo‘shish; -
qo‘l-barmoq izlari alfavit daktilokartasi informatsiya markazida tekshirilishi; -
xati, o‘z qo‘li bilan yozilgan hujjatlarni ishga qo‘shilishi; -
bedarak yo‘qolganlik haqida ariza bergan shaxsni so‘roq qilish bilan u qachon, qayerda oxirgi marta ko‘rganligi, suhbat, xabar qanday mavzuda bo‘lganligini aniqlash; -
yo‘qolgan shaxs qanday kiyimda bo‘lgan, ruhiy, emotsional holati, qandayligi, biror qimmat narsa sotib olish yoki sotish haqida gap bo‘lganmi kabi ma’lumotlarni to‘la va aniq ravshanlantirish.
365
Bedarak yo‘qolgan shaxsning “jinoyat qurboni” degan tusmolni tekshirish uchun, uning murdasini, jinoyat quroli va izlarini, qon izlarini, ariza bergan shaxsning yashash joyida, yo‘qolgan shaxsning oxirgi bo‘lgan manzili-joyida va boshqa jinoyatda gumon qilinganlarning turar joylarida izlash lozim. Topilgan izlar, ashyolar bo‘yicha tegishli tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Ekspertlar oldiga quyiladigan savollar: I. Jinoyat sodir etish hodisasini oydinlashtirishga qaratilgan savolar 1)
murda qismlarining insonga yoki hayvonga tegishliligi; 2)
jabrlanuvchini qismlarga bo‘lish o‘limga sabab bo‘lganmi yoki o‘ldirilgandan keyin amalga oshirilganmi; 3)
4)
jabrlanuvchi o‘limining sababi nimada; 5)
o‘lim hodisasi yuz bergan vaqt. II. Obe’ktlarni identifikatsiya qilish bilan bog‘liq savollar 1) jabrlanuvchi tanasining to‘liq qismlari berilganmi, qaysi qismlar mavjud emas; 2) ushbu qismlarning barchasi jabrlanuvchiga tegishlimi yoki boshqa odamlarning qismlari ham bormi va b.q; III. Jabrlanuvchining shaxsini aniqlashga qaratilgan harakatlar 1)
jabrlanuvchining millati; 2)
taxminiy bo‘yi, og‘irligi, alohida qismlari; 3)
murda badanida individual xususiyatlar mavjudmi; 4)
tatuirovka va uning hajmi, mazmuni (chizilgan rasm); 5)
ayrim murda qismlarining qon guruhi, jinsini aniqlash; 6)
fiziologik kamchiliklari, qanday kasalliklar bilan og‘rigani; 7)
jarroh tomonidan operatsiya qilish alomatlari bormi. IV. Jinoyat sodir etilish usuli va quroli haqidagi savollar 1) murda qanday jarohatlar bilan topilgan; 2) bu jarohatlarning xususiyati va soni; 3) bir yoki bir necha qurollar bilan jarohatlangan; 4) jarohatlar jabrlanuvchining tirikligida yoki o‘lgandan so‘ng yetkazilgani; 5) ushbu jarohatga sabab bo‘luvchi qurolning individual xususiyati bormi; 6) jabrlanuvchi o‘limidan oldin spirtli ichimliklar iste’mol qilganmi.
366
YAngi tug‘ilgan chaqaloqni onasi tomonidan o‘ldirilishi yoki tashlab ketilishi natijasida o‘lim yuz berishi hodisalarini tergov qilishda birinchi navbatda bolaning murdasini topilgan joyida ko‘zdan kechiriladi, uning o‘ralganligi, materialining o‘ziga xos xususiyatlari, yalang‘och, yarim yalang‘och holati yangi tug‘ilganlik belgilari, o‘lim yuz bergan vaqtdan topilgangacha bo‘lgan muddat, tanasida qanday jarohatlar mavjud, o‘limning sababi, jinoyatning mexanizmi aniqlanadi. Ko‘zdan kechirish jarayonida va so‘ngra ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilib, bola tirik tug‘ilganmi yoki o‘lik holdami, tirik tug‘ilgan bo‘lsa, tug‘ilgandan so‘ng necha vaqt yashagan, tug‘ilish sharoiti va joylari (kasalxonada, uyda yoki boshqa joyda) aniqlanadi. Bolaning onasini topish dastlabki tergov vazifalaridan biri. Aholi gavjum yashaydigan shahar sharoitlarida bu masalani hal etmoq ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Kasalxonalar (tug‘ruqxonalar)ga murojaat qilgan onalarning shaxsi aniqlanadi, ularning qanday masala bo‘yicha murojaat qilganliklari: tug‘ish, ona bo‘lish yoki xomilani tushirish, tug‘ishni oldini olish masalasi bo‘yicha tekshirilib, ular ichida qaysilarining homiladan bo‘shalishi noma’lum sharoitda yuz berganligi va kasalxonaga murojaat etmaganligi hollari bo‘yicha tekshiriladi, o‘lgan bolaning onasi shular orasidan qidiriladi. SHubhalanuvchi ayol birinchi navbatda tibbiyot hujjatlari asosida, so‘ngra guvohlantirish va ekspertiza tekshiruvi o‘tkazish bilan qachon tuqqan, salomatlik holati, tug‘ish jarayoni normal kechganmi, tug‘ish oqibatida noxush hollar yuz berganmi aniqlanadi. Ko‘rsatilgan vaziyatlar hal etilgandan so‘ng, muayyan ayoldan gumon qilish uchun etarli asoslar yaratiladi va uni so‘roq qilish ham mumkin bo‘ladi. So‘roq o‘tkazishdan oldin tergovchining qo‘lida guvohlantirish, ko‘zdan kechirish bayonnomalari, sud-tibbiyot ekspertizasi xulosalarining bo‘lishi ular dalil sifatida ishlatilib, yolg‘on ko‘rsatuv berishining oldini olishga va fosh etishga yordam beradi.
Tergov jarayonining keyingi bosqichi dastlabki tergov va tezkor- qidiruv choralari natijasiga bog‘liq. So‘roqni jinoyat hodisasini ko‘rgan, eshitgan va muhim ma’lumotlarni berishi mumkin bo‘lgan guvohlardan 367
boshlash kerak. Tezkor-qidiruv choralari yordamida aniqlangan gumon qilinuvchilar ushlanib, tegishli muddatlarda so‘roq qilinishi va ularning ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim. Ko‘zdan kechirish natijasida topilgan ashyoviy dalillar, jinoyat qurollari, turli izlar yuzasidan kriminalistik ekspertizaning alohida turlari o‘tkaziladi. Jumladan, transport vositasi yordamida sodir qilingan jinoyatlar bo‘yicha izlari trasologik, yo‘l harakat qoidasini qasddan buzish va yo‘lovchini bosib ketish holatlari avto-texnik ekspertiza, ayrim singan va alohida bo‘laklar bo‘yicha butun bir predmet – qurolni aniqlashda trasologik, jinoiy hodisasiga tegishli bo‘lgan turli hujjat matnlari bo‘yicha xatshunoslik tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Jinoyat sodir bo‘lgan joyda, jabrlanuvchining va ishda gumon qilinuvchining tanasi-kiyimida turli modda va mikromateriallar topilishi mumkin, xususan jinoyatchi poyabzalining tagcharmida hodisa joyidagi tuproq va turli biologik zarrachalar, jabrlanuvchi kiyimining ustki qismida jinoyatchining egnidan mikrozarrachalar o‘tish hollari amaliyotda ko‘p uchrab turadi. Bu mikrozarrachalarni tekshirish natijasida material, modda va mahsulotlarning qaysi guruhga mansubligi, ba’zida esa aynanligi aniqlanadi Tergov jarayonida olingan xabarlar, turli ekspertiza xulosalari, tergov eksperimenti natijalarida yangi holatlar ma’lum bo‘lishi mumkin. Bu vaziyatlar va holatlarni hal qilish uchun ba’zida dafn etilgan jabrlanuvchining jasadini ko‘milgan joyidan qayta ochib olish, eksgumatsiya qilish va turli ekspertiza tekshiruvidan qayta o‘tkazish harakatlari ham amalga oshiriladi. Eksgumatsiya o‘tkazish uchun zarurat sud-tibbiyot ekspertizasini qayta (takroriy) o‘tkazish va noma’lum murdaning shaxsini aniqlash uchun ham tug‘iladi. Mazkur tergov harakati maxsus qaror va prokuror ruxsati asosida, dafn etilganning yaqin qarindosh-urug‘larining rozi-noroziligidan qat’i nazar, o‘tkaziladi. Tergovning bu bosqichida ayblanuvchini so‘roq qilish zarur bo‘ladi. So‘roq o‘tkazish uchun ish yuzasidan yig‘ilgan dalillar, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertiza xulosalari va boshqa ma’lumotlar yana bir bor tahlil etilib, ular o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liqmi, orasida ziddiyat vaziyatlar mavjudligi tekshirilib, ayblanuvchini so‘roq qilish E’tibor qiling! Otish quroli vositasida sodir qilingan qotillik ishlarida qurol va uning harbiy qismlari yuzasidan ballistik identifikatsiyaviy tekshiruv va sovuq
qurollarning ballistik ekspertizasi o‘tkaziladi.
368
davomida uni yolg‘on ko‘rsatuv berishiga qarshi qo‘llanilishi mumkin. Ayblanuvchini yolg‘on ko‘rsatuvini tekshirish va haqiqatni isbotlash uchun uni tanib olishga ko‘rsatish, ayrim bergan ma’lumotlari asosida tergov eksperimenti yuzlashtirish o‘tkaziladi. SHuningdek, ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa va jinoyat joyida qayta tekshirish bilan ham to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligini aniqlab olish mumkin bo‘ladi. Qotillik jinoyatini sodir qilishda qo‘llanilgan usullar, alohida o‘ta rahmsizlik harakatlari, qurol xususiyati, jinoyat qurboni bo‘lgan shaxs murdasini bo‘laklash holatlari yuzasidan ayblangan shaxsning aqli rasoligini aniqlash uchun albatta sud-psixiatriya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim. Tanib olishga ko‘rsatish, tergov eksperimenti, yuzlashtirib so‘roq qilish harakatlarini kriminalistik taktikaning umumiy qoida tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirmoq lozim. Ayrim vaziyatlarni hal etishda ishning o‘ziga xoslik tomonlarini nazarda tutgan holda u yoki bu taktik qoidalarni qo‘llash lozim. Tergovning so‘nggi bosqichida o‘tkaziladigan tergov harakat- larining oldinma-ketinligi, ba’zida takror o‘tkazilishi, aniqlanayotgan holatning xususiyatiga bog‘liq bo‘lib, har xil vaziyatni hal etish tergovchining mutaxassis sifatidagi saviyasiga va ishdagi tajribasi va ijodiy yondoshuviga bog‘liq bo‘ladi.
1.
Qotillik jinoyatlarining kriminalistik tavsifini tushuntirib bering. Ushbu jinoyatlar kriminalistik tavsifiga nimalar kiradi? 2.
jinoyatlari bo‘yicha tergovning qanday tipik vaziyatlarini bilasiz? Ularni misollar yordamida tushuntirib bering.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling