Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting! Odam savdosi jinoyati yuzasidan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar
- Esda tuting!
5-bosqich.Jabrlanuvchilarning qarshilik ko‘rsatishini oldini olish va nazorat qilib turish tizimini yo‘lga qo‘yish. YUqoridagi masalalarni hal qilish maqsadida odam sadosi jinoyatini sodir etuvchilar quyidagi harakatlarni amalga oshirishadi: 1)
faoliyat turi haqida to‘g‘ri ma’lumot berilsada, haqiqiy ishlash holati, hajmi, ayrim mashaqqatlari, ishlash tartibini tartibga solinmagani, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi, og‘ir sharoitlarda ishlash, tinimsiz ishlash tizimining mavjudligi. Bunda jabrlanuvchi ishning og‘irligini haqida tasavvurga ega bo‘lsada, ishning mashaqqatihaqida tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ishlash sharoiti kutilganidek bo‘lsa-da, unga haq to‘lash talabga javob bermaydi. 2)
Jabrlanuvchilarshaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olib qo‘yish. Bu orqali ularni xorijiy mamlakatda erkin harakatlanishini huquqi cheklanadi. 3)
Psixologik ta’sir ko‘rsatish. Bunda jabrlanuvchilarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga, mulkiga zarar etkazish qo‘rqitaladi. Qo‘rqitish jabrlanuvchiga taaluqli biror sirni oshkor qilish bilan amalga oshirilishi mumkin. 4)
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 5)
Jabrlanuvchini doimiy qaram (qarzdor qilish) holatiga solib qo‘yish. 6)
orqali amalga oshiriladi. 6-bosqich.Jabrlanuvchilarini ekspluatatsiya qilish.Ekspluatatsiya qilishning quyidagi turlari mavjud: seksual xarakterdagi ekspluatatsiya; sohasida ishlashga qaratilgan ekspluatatsiya. Ushbu holat
jabrlanuvchining mehnatidan moddiy boyliklarni yaratish maqsadida foydalanishda ifodalanadi; tilanchilik; inson tana yoki ichki a’zolarini olish maqsadida.
417
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq Sovet Ittifoqi hududida ayollarni taklif qiluvchi, pochta orqali ish olib boruvchi “nikoh agentliklari” uyushgan jinoiy guruhlar nazorati ostida bo‘lgan. Bu agentliklarning ko‘pi Internet orqali ish ko‘radi. YOllovchilar “nikoh agentliklari”dan sayohat qilishni yoki muhojirlikda bo‘lish istagida yosh juvonlarni izlab topish vositasi sifatida foydalanadilar. SHahvoniy xizmatlar ko‘rsatishga oid noqonuniy faoliyat bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi. YOllovchilar bunda, vositachilar yoki yordamchilar ko‘magidan foydalanishi ham mumkin. Odatda, yollovchilarning o‘zi ayoldan bir muncha vaqt foydalanadi, keyin esa uni turli pornografik harakatlarga majburlaydi va oxir- oqibatda qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga sotib yuboradi yoki ayolni bevosita fohishaxonaga topshiradi. Ayollarni yollashda eng keng tarqalgan usullardan yana biri – bu ularning ishonchini qozongan do‘stlari va tanishlari orqali yollashdir. Bunday holat “ikkinchi to‘lqin” deb nomlanib, unda O‘zbekiston hududidan olib ketilgan ayollar uylariga boshqa ayollarni yollash uchun qaytariladilar. Ayolllar boshqa davlatga olib chiqib ketilgan vaqtdan boshlab shahvoniy maqsadlarda ekspluatatsiya qilinadi. Majburiy turdagi shahvoniy xizmat ko‘rsatish bu shaxsni o‘zi hoxlamagan holda jinoyat jabrlanuvchisiga aylanishiga olib keladi. YOllash usullaridan qat’i nazar yollangan ayollarning aksariyati shahvoniy ekspluatatsiya va majburlanishga duch kelish haqida umuman bilmaydi. Ayol belgilangan mamlakatga etib borganidan so‘ng “odam savdogarlari” yoki “qo‘shmachilar” unga ofitsiantka, enaga yoki avval taklif etilganidek biron-bir kasb egasi sifatida ishlamasligini, balki fohishalik bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida ma’lum qiladilar.
-
odam savdosi jinoyatining sodir etilganlik fakti; -
odam savdosi jinoyatini kim tomonidan sodir etilganligi; -
jinoyatchining shaxsi va shaxsiy xususiyatlari; -
jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, guruh tarkibi, ishtirokchilar, ularning vazifalari, qaysi jinoiy guruhlar bilan aloqasi borligi; -
orttirilgan jinoiy daromadlarning taqsimlanish tartibi; -
ayollar, qizlar, voyaga yetmaganlar va erkaklarning sotilish baxosi; -
sotib oluvchilarning kimligi, qayerdan ekanligi va millati; -
jabrlanuvchining shaxsi va shaxsiy xususiyatlari; -
-
jabrlanuvchining jinsi, yoshi va shaxsiga oid ma’lumotlar; -
ko‘rilgan jismoniy va ma’naviy zarar miqdori; 418
Odam savdosi jinoyatining keyingi bosqichlarini rejalashtirish Odam savdosi jinoyatining keyingi bosqichlarini rejalashtirish va tipik vaziyatlarni shakllantirish mazkur jinoyatlarni tergov qilishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 1) tergovning dastlabki bosqichida yo‘l qo‘yilgan surishtiruv va tergov xato-kamchiliklarini bartaraf etish; 2) O‘zR JPK 82-moddasida ko‘zda tutilgan ayblash va hukm qilish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni to‘la-to‘kis aniqlash maqsadida to‘plangan dalillar tizimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda isbotlovchi dalil ahamiyatidagi qo‘shimcha axborot manbalarini izlash; 3) hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lgan guvohlar va jabrlanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish; 4) jinoiy faoliyat natijasida qo‘lga kiritilgan mulkni qidirish va uni xatlash; 5) ish bo‘yicha taqdim etilgan fuqaroviy da’volarni ta’minlash; 6) tergov qilinayotgan hodisa bilan bog‘liq jinoiy faoliyatning muqaddam ma’lum bo‘lmagan epizodlarini, shuningdek, jinoyatga daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan O‘zR JPKda belgilangan tegishli protsessual qarorlarni qabul qilish; 7) tergovdan yashiringan yoki turar manzili aniqlanmagan ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishini alohida ajratish hamda qidiruv e’lon qilish; 8) O‘zR JPK 14-bo‘limida (jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi chegaralaridan tashqarida bo‘lgan ayblanuvchilarni ekstraditsiya qilish; 9) jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish. Isbotlash vazifalarini hal qilish va jinoyat sud ish yurituvini to‘g‘ri amalga oshirish vazifalarini hal qilishda himoya tomoni tusmollarini
419
o‘rganish va baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayblanuvchilarning tusmollari dastlabki tergovda naqadar to‘liq va har tomonlama tekshirilsa, sudda ayblov yondashuv shunchalik mustahkam va ishonchli chiqadi. Mazkur talablarga e’tiborsizlik qilish ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish yoki oqlov hukmi chiqarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tergov harakatlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari Tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasining umumiy qoidalari kriminalistika sohasiga oid adabiyotlarda keng yoritib berilgani bois, ushbu paragraf doirasida faqatgina odam savdosi jinoyatini tergov qilishga xos bergan alohida tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasining o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. 1. Tintuv, olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishni o‘tkazish.
Odam savdosi jabrlanuvchilarini o‘g‘irlash, yollash, yashirish, istiqomat qilishi va ekspluatatsiya qilish amalga oshirilgan bino, xona, qurilma va joylarni ko‘zdan kechirishda quyidagi tipik vaziyat elementlari kuzatilishi, shuningdek, quyidagi ob’ektlar aniqlanishi va olib qo‘yilishi mumkin: 1) ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslarning ajratib qo‘yilgan bino, xona yoki chegaralangan uchastka doirasida harakatlanishi cheklangan izlar. Xususan, oshib o‘tilishi mushkul bo‘lgan to‘siqlar, ekspluatatsiya amalga oshirilgan va o‘rab olingan joy, qo‘riqlash punktlari mavjudligi, eshikning binoning ichki tomonidan qulflovchi uskunalarning mavjud ekanligi, derazalarda temir panjaraning o‘rnatilganligi yoki umuman derazalarning mavjud emasligi;2) odam savdosi jabrlanuvchilarini yashash va ekspluatatsiya qilish joylarini
ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlar va hujjatlar quyidagi joylarda aniqlanishi, olib qo‘yilishi va muhrlanishi mumkin: 1) odam savdosi jabrlanuvchilarini o‘g‘irlash, yollash, yashirish, istiqomat qilishi va ekspluatatsiya qilish amalga oshirilgan bino, xona, qurilma va joylarda; 2) jabrlanuvchilar, bedarak yo‘qolganlarning yashash va ish joyida; 3) jabrlanuvchilarni tashish maqsadida foydalanilgan transport vositalarida; 4) odam savdosi jinoyatchilarining yashash yoki ish joyida. 420
ko‘chmas mulklarga nisbatan joylashuvi. Basharti, bunday joy bino (inshoot)ning ichki xonasi bo‘lsa, bino yoki uning bir qismini mazkur xona joylashuvini ko‘rsatgan holda chizmasini tuzish lozim; 3) ekspluatatsiya quroli va vositasi, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar. Ekspluatatsiya turiga qarab ular turli xil bo‘lishi mumkin: turli stanoklar, boshqa ishlab chiqarish mexanizmlari va vositalari, video va fotokameralar, pornografik mazmundagi yoki zo‘rlik ishlatish mazmunidagi video va foto mahsulotlar, tibbiy qurilmalar yoki jarrohlik vositalari hamda a’zo va to‘qimalarni ajratib olish, tajriba o‘tkazish asboblari va boshqalar;4) ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslarni majburlash va xulq-atvorini nazorat qilishni ta’minlash vositalari, shuningdek, ularni qo‘llashning izlari va natijalari. Ular sirasiga shu maqsadda foydalaniladigan qurol yoki predmetlar, harakatlanish erkinligini cheklaydigan vositalar (arqon, zanjir, kishan), insonning ruhiy jarayonlarini cheklovchi turli psixotrop, giyohvand va boshqa moddalar va preparatlar; ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslar pasportlarining ular qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lmagan hududdan topilishi; ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslarning qarzdor maqomiga solib qo‘yadigan qarzdorlik to‘g‘risidagi tilxat va boshqa shartnomaviy munosabatlarni ifodalovchi hujjatlar; qon izlari;5) ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslar, shuningdek, ekspluatatsiya qilayotgan shaxslarning yonidan topilgan pul mablag‘lari. Ushbu vaziyat elementi jinoyat sodir etgan va odam savdosi jabrlanuvchilari daromadining real miqdorini ko‘rsatishi mumkin;6) yashash va ekspluatatsiya qilish joyining umumiy maishiy shart-sharoitlari. Xususan, atrof muhit sharoiti, antisanitariya holati, ko‘ngilsiz hidning mavjudligi; xonadagi noodatiy harorat va h.k.;7) odam savdosiga daxldor bo‘lgan shaxslarni, ekspluatatsiya qilingan jabrlanuvchilarni, jabrlanuvchilar shaxsini aniqlash, shuningdek, jinoyat hodisasining alohida holatlarini belgilash imkoniyatini beruvchi belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan predmet va hujjatlar. Ular sirasiga audio va video tasmalar, fotosuratlar, pasportlar va boshqa shaxsiy hujjatlar, yozuv kitobi, kompyuter texnikasi, uyali aloqa telefonlari, sim kartalar, chop etilgan telefon qo‘ng‘iroqlari ro‘yxati, shaxs nomiga yozilgan kvitansiyalar, muayyan shaxslarga tegishli deb taxmin qilinayotgan predmetlar va boshqalar;8) ekspluatatsiya sahnalashtirilayotgan qonuniy faoliyatni tasdiqlovchi yuridik shaxsning shtampi, ta’sis va boshqa hujjatlari. Ularga ta’sis shartnomasi, ustavlar, litsenziyalar, ushbu yuridik shaxsning ulushini sotib olish, begonalashtirishga oid shartnomalar;9) ushbu yuridik 421
shaxsning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar. Ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati va narxi; mehnat shartnomalari va ularning to‘ldirilmagan blankalari; qonuniy va “yashirin” buxgalteriya; yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan hisob raqamlari va ularda amalga oshirilgan moliya operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumot; iste’mol xizmatlari, noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot xaridorlari, xom- ashyo etkazib beruvchilar, ekspluatatsiya vositasi; har bir ekspluatatsiya qilinayotgan shaxs tomonidan bajariladigan ishning hajmi va xususiyati; yuridik shaxs faoliyatini reklama qilish xizmatini ko‘rsatish shartnomalari; ekspluatatsiya amalga oshirilgan binoga egalik qilish va foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalar; pul mablag‘larining harakatlanish va foydaning taqsimlanish tartibi va yo‘nalishi;10) jinoiy yo‘l bilan topilgan deb taxmin qilinayotgan pul va qimmatliklar; 11) jabrlanuvchilarni ekspluatatsiya qilish natijasida qo‘lga kiritilgan daromadlarning legallashtirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar, shu jumladan, offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan va soxta deb taxmin qilinayotgan yuridik shaxslar bilan mulkiy va boshqacha fuqarolik- huquqiy bitimlar tuzilganligini, shuningdek, bunday yuridik shaxslar faoliyatida, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarida ishtirok etilganligini, ko‘chmas yoki qimmatbaho ko‘char mulkni sotib olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar; 12) erkin fuqarolik muomalasidan olib qo‘yilgan hamda ularga egalik qilishga nisbatan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan ob’ektlar. Jabrlanuvchilarni yollash amalga oshirilgan binolarda tintuv, ko‘zdan kechirish va olib qo‘yishni amalga oshirishda qidirish va olib qo‘yish ob’ektlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:1) jabrlanuvchilarni sheriklar bilan yollashni amalga oshiruvchi shaxslarning jabrlanuvchi yashirish va ekspluatatsiya qiluvchi shaxslar bilan yozishmalari materiallari. Ularda jabrlanuvchilarga dastlabki buyurtmalar (ularning miqdori, jinsi, yoshi, teri va sochi rangi, jismoniy ma’lumotlar, kasbi, qon guruhi, to‘qima va a’zolari holati, har bir yollangan shaxsg nisbatan to‘lov qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin;2) kompyuter texnikasi va boshqa elektron axborot qurilmalari, ularda jabrlanuvchilar va ularni yollovchilarning elektron yozishmalari; ixtisoslashtirilgan Internet-saytlarida ishga yollash to‘g‘risidagi reklama e’lonlarining joylashtirilishi, mehnat va boshqa shartnomalarning namunaviy va to‘ldirilgan matnli fayllari; qarz tilxatlari, elektron pul ko‘chirmalari, shuningdek, yollangan jabrlanuvchilar, sheriklar, yollovchilar, tashuvchilarning elektron hisobi; qonuniy va “yashirin” buxgalteriya; 3)
422
jabrlanuvchilarni yollash bo‘yicha xizmatlarni reklama qilish bo‘yicha shartnoma, shuningdek, tayyor reklama mahsulotlari;4) jabrlanuvchilar pasportlari yoki ularning nusxalari;5) chet ellik fuqarolar yoki tashkilotlarning jabrlanuvchilar nomiga yozilgan taklifnomalari, arizalari yoki viza uchun ariza namunalari; 6) yollangan shaxslarni tashish va joylashtirish uchun mehmonxonalarni, biletlarni band qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;7) mehnat shartnomalari, turistik yo‘llanmalar, nikoh xizmatini ko‘rsatish, o‘qitish, madaniy almashuv bo‘yicha shartnomalar va viza olish uchun asos bo‘luvchi boshqa hujjatlar;8) yozuv
kitoblari, bloknotlar va boshqa
qog‘oz hujjatlar; 9) jabrlanuvchilarni yollash amalga oshirilayotgan binoda, uning chiqish qismida, bino yo‘laklarida yoki unga tutash bo‘lgan binolarda o‘rnatilgan video kuzatish tizimlaridan olingan videoyozuvlar;10) telefon so‘zlashuvlari hisob-kitoblari;11) telefon avtojavoblari yozuvlari xotiralari;12) odam savdosi jinoyatiga daxldor shaxslarni va jabrlanuvchilarni aniqlash imkoniyatini beruvchi belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan predmet va hujjatlar, shu jumladan jabrlanuvchilarning shaxsiga oid ma’lumotlarni ifodalovchi hujjatlar va videoyozuvlar; 13) qalbaki pasportlar, ularni tayyorlash blankalari va uskunalari; 14) yollash amalga oshirilayotgan binoda tartib-qoidalarni belgilovchi hujjatlar; 15) jabrlanuvchilarni yollash sahnalashtirilayotgan qonuniy faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning shtampi, ta’sis va boshqa hujjatlari, ta’sis shartnomasi, ustavlar, litsenziyalar; 16) ushbu yuridik shaxsning moliya-xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi hujjatlar; 17) jinoiy yo‘l bilan topilganligi taxmin qilinayotgan pul va qimmatliklar; 18) jabrlanuvchilarni ekspluatatsiya qilish natijasida qo‘lga kiritilgan daromadlarning legallashtirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar, shu jumladan, shartnomalar, firma ustavlari, to‘lov topshiriqlari, bank operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar; 19) erkin fuqarolik muomalasidan olib qo‘yilgan ob’ektlar. Jabrlanuvchilar tranzit tashish jarayonda yashirilgan binolarda quyidagilar aniqlanishi va olib qo‘yilishi mumkin: 1) mehmonxonalar, yotoqxonalar va boshqa vaqtinchalik istiqomat qilish joylaridagi ro‘yxatga olish kitoblaridagi ushbu shaxslarning kelish va ketish vaqti qayd etilgan yozuvlar;2) jabrlanuvchilar tibbiy yordam uchun murojaat etgan bo‘lsa, tibbiy punktlardagi yozuvlar; 3) mazkur shaxslarga tegishli bo‘lgan hamda ularning mulkdorini aniqlashtirish, jinoiy hodisaning alohida holatlariga aniqlik kiritish imkonini beradigan, ular tomonidan unutib qoldirilgan yoki tashlab ketilgan ashyolar yoki hujjatlar; 4) odam 423
savdosi jinoyatchilari mazkur binolardan foydalanishi uchun asos bo‘lgan ijara shartnomasi yoki boshqa hujjatlar. Shaxs odam savdosi jinoyati jabrlanuvchisi bo‘lganligini taxmin qilish uchun asoslar bo‘lgani holda bedarak yo‘qolgan shaxsning turar joyini ko‘zdan kechirishda qidirish va alohida e’tibor qaratish ob’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1) shaxsning hayot tarzi, qiziqishlari, mehnat faoliyati, ijtimoiy holati va boshqa ma’lumotlarni tavsiflovchi binodagi vaziyat elementlari, predmet va hujjatlar, jumladan, mehnat daftarchasi, uning ma’lumoti to‘g‘rsidagi, u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha kurslardan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar va b.q.; 2) bedarak yo‘qolgan shaxsni yoki uni topish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash imkonini beruvchi xususiyat va belgilarga ega bo‘lgan ob’ektlar, masalan, eng so‘nggi fotosuratlar, bedarak yo‘qolgan shaxsga tegishli biologik ob’ektlar mavjud bo‘lgan predmetlar, qo‘l izi, hidi, sochi, ovoz yozuvlari va boshqalar; bedarak yo‘qolganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, xususan, milliy yoki chet el davlati pasporti va h.k.;3) bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinayotgan shaxsning alohida belgilarini ko‘rsatuvchi, shaxsning bedarak yo‘qolishiga daxldor bo‘lgan kishilarni aniqlash imkonini beruvchi ob’ektlar, shu jumladan, bedarak yo‘qolgan shaxslarning ularning qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga tanish bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, operativ qiziqishga sabab bo‘lgan shaxslar bilan tushgan fotosurati; mazmuni ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan qog‘oz bo‘laklari, shu jumladan, bedarak yo‘qolgan shaxslar aloqa qilgan shaxs yoki tashkilot nomi, telefon raqami va manzil; tashrifnomalar; mehnat shartnomalari va ularning to‘ldirilmagan blankalari; jinoyat sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslar tegilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan predmet va hujjatlar, jumladan, tashrifnomalar, telefon raqami yozilgan qog‘oz bo‘laklari, qalbaki hujjatlar va b.q. Ushbu ob’ektlarda jinoyatchi va jabrlanuvchining barmoq izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu basharti ularning shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa, as qotadi. Jabrlanuvchining bedarak yo‘qolishida chet ellik fuqaro daxldor degan asosli taxmin bo‘lsa, ushbu ob’ektlardan olingan va aniqlashtirish uchun yaroqli bo‘lgan daktiloskopik izlarni Interpolga xalqaro daktiloskopik ro‘yxatlar bilan tekshirib ko‘rish uchun yuborish lozim;4) jabrlanuvchi bilan ro‘y bergan hodisaning alohida elementlarini ko‘rsatuvchi ob’ektlar, shu jumladan, ishga joylashtirish, turistik, nikoh va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi e’lonlardan iborat bosma nashrlar (bunda ushbu nashrlarga qo‘yilgan belgilar yoki ularning qirqib olingan qismlariga
424
alohida e’tibor qaratish zarur); bedarak yo‘qolgan shaxsga tegishli bo‘lgan kundalik, yozuv kitobi; mehnat shartnomasi yoki mehnat faoliyati to‘g‘risidagi dastlabki kelishuvlar, ishga joylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma va b.q. Ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazish ob’ekti sifatida turli texnik vositalar, ishlab chiqarish va boshqa mexanizmlar bo‘lishi mumkinligi bois, mazkur tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin tergov harakatlarida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lgan mutaxassislar guruhini aniqlab olish maqsadga muvofiq. Qilinadigan ishning hajmidan kelib chiqib, mazkur tergov harakatlarida bir nechta tergovchilar ishtirok etishi zaruriyatini ko‘rib chiqish lozim. 2. Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish. Jabrlanuvchilar so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan holatlar doirasini shartli ravishda uch guruhga bo‘lishimiz mumkin. Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling