Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poraxo‘rlikning kriminalistik tavsifi
- Poraxo‘rlikni tergov qilishning dastlabki bosqichidagi tipik vaziyatlar va tergovchining xatti-harakatlari.
- Jinoyat haqidagi axborot tezkor manbalardan tushgan
- Poraxo‘rlikning kriminal tavsifi jinoyat sodir etishning quyidagi tipik holatlari bilan bog‘liq o‘zaro aloqasi shakllari
- Porani tamagirlik yo‘li bilan olinganligi haqida dalillar mavjud bo‘lsa
- E’tibor qiling!
- Dastlabki va keyingi tergov harakatlari Jinoyat ustida qo‘lga tushirish
- Guvohlarni so‘roq qilish .
- 2-kazus 2.
- 35-MAVZU. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH
- “Axborot”
34 - MAVZU. PORAXO‘RLIK JINOYATINI TERGOV QILISH Poraxo‘rlikning kriminalistik tavsifi, tipik tergov vaziyatlari, versiyalari va tergovni rejalashtirish, poraxo‘rlikni tergov qilishning dastlabki bosqichidagi tipik vaziyatlar va tergovchining xatti-harakatlari. dastlabki va keyingi tergov harakatlari
491
Poraxo‘rlikning kriminalistik tavsifi Poraxo‘rlik har doim mansabdor shaxsning xizmat vazifalarini o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida suiiste’mol qilishi bilan bog‘liq va ko‘pgina hollarda yashirincha, guvohlarsiz yuz beradi. Poraxo‘rlikda jinoyat sub’ektlarining odatiy aloqa sxemasi quyidagicha: 1) pora beruvchi – pora oluvchi, 2) pora beruvchi – vositachi – pora oluvchidan iborat.
Masalan, savdo sohasidagi poraxo‘rlikda ko‘pincha pora oluvchining bir necha vositachi bilan aloqasi bo‘ladi. Bunda vositachilar mustaqil, ba’zan esa o‘zaro xizmat bilan bog‘liq bo‘ladilar. Vositachi o‘zining ulushini olgan holda jinoyatni sir tutishga harakat qiladi va odatda poraxo‘rlik tashabbuskorining ishonchli odami bo‘ladi. Bu aloqa bajarilishi jarayoni nihoyatda sir saqlanadi. Poraxo‘rlar pora beruvchi jinoyat ustida qo‘lga tushganda qanday bahona to‘qishini avvaldan kelishib qo‘yadi. Jinoyatni yashirishning turli usullari bor: «sovg‘a qilish», «qarz berish», korxonaning shtatiga ishchi, xodim sifatida qabul qilish va maosh to‘lash yoki moddiy rag‘batlantirish va hokazo. Poraxo‘rlik ko‘pgina hollarda davlat yoki jamoat mulkini talon- taroj qilish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa jinoyatlar bilan bog‘liq.
E’tibor qiling! Poraxo‘rlikning natijasi har doim ham moddiy qayd qilinmaydi. Ammo bir qator vaziyatlarda jinoyatga aloqador shaxslarning barmoq izlari pora predmetida, o‘ramda qoladi, ba’zan esa poraxo‘rlikning boshqa izlari ham saqlanib qoladi (tovar cheklari, etiketkalar, pul, qimmatbaho narsalar, jinoyatchilarning shaxsiy yozuvlari va boshqalar).
492
Tipik tergov vaziyatlari, versiyalari va tergovni rejalashtirish Poraxo‘rlik haqidagi jinoyat ishi jamoatchilik, mansabdor shaxslar vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolarning arizalari, matbuotdagi xabarlar va IIO organlarining tezkor-qidiruv tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tergovchi, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilarkan, yuz bergan tergov vaziyati va boshlang‘ich ma’lumotlarni baholaydi va ularga asosan versiyalar ishlab chiqadi hamda tergov rejasini tuzadi. Poraxo‘rlikni tergov qilishning tipik vaziyatlariga quyidagilar kiradi:
Poraxo‘rlikni tergov qilishning dastlabki bosqichidagi tipik vaziyatlar va tergovchining xatti-harakatlari. Pora oluvchi va pora beruvchi o‘zaro kelishib harakat qilgan: 1. Jinoyat haqidagi axborot tezkor manbalardan tushgan: а)
Guvohlarni so‘roq qilish; б)
Xujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; в)
Surishtiruv organlariga tezkor qidiruv choralarini omalga oshirishni topshirish; Poraxo‘rlikning kriminal tavsifi jinoyat sodir etishning quyidagi tipik holatlari bilan bog‘liq o‘zaro aloqasi shakllari: a) pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq poraxo‘rlik;
b) pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi qonuniy harakatlar bilan bog‘liq poraxo‘rlik, masalan: uy-joy yoki biror mablag‘ olishni tezlashtirish maqsadida;
v) vositachilarsiz pora berish va olish; g) vositachilar yordamida pora berish va olish;
d) ta’magirlik yo‘li bilan pora olish; e) ta’magirliksiz pora olish. 493
г)
Pora beruvchi va pora oluvchini ashyoviy dalillar bilan ushlash; ularni shaxsiy tintuv qilish; д)
Poraxo‘rlarning yashash joyida tintuv o‘tkazish va uning mol-mulkiga band solish; е)
2. Poraho‘rlik fakti haqidagi axborot rasmiy manbaalardan tushgan. Poraxo‘rlarga ularning harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari qiziqayotganligi ma’lum: а)
Guvohlarni so‘roq qilish; б)
Hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; в)
Surishtiruv organlariga tezkor qidiruv choralarini omalga oshirishni topshirish; 3. Keyingi tergov haraktalari: a.
tanib olish uchun ko‘rsatish; b.
guvohlarni so‘roq qilish; c.
ayblanuvchilarni so‘roq qilish; d.
yuzlashtiri; e.
sud ekspertizalarini tayinlash. Ma’lum bir mansabdor shaxs tomonidan pora olinganligi haqida aniq dalil mavjud bo‘lsa. Bunday hollarda, odatda, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va tergov rejasi tuziladi. Boshlang‘ich tergov jarayonida: а)
guvohlarni so‘roq qilish, mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlar qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; б)
pora beruvchini ushlash va so‘roq qilish; sheriklarni tintuv qilish, pora predmetini ko‘zdan kechirish; в)
hujjatlarni sud-dastxat yoki kriminalistik texnik o‘rganish, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlash, tintuv paytida shubhalanuvchidan olib qo‘yilgan narsalarning turi va sifatini aniqlash, sud-buxgalteriya ekspertizasi tayinlab, mablag‘ to‘lovlari to‘g‘riligini hisobga olish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish lozim. Tergov harakatlari bilan ayni vaqtda poraxo‘rning sheriklarini va har bir shaxsning jinoyatdagi rolini aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkaziladi.
494
Bunday vaziyatda boshlang‘ich tergov harakatlari quyidagicha tus oladi: а)
da’vo qiluvchini so‘roq qilish; б)
jinoyat ustida qo‘lga tushirish; в)
pora oluvchining uy-joyi va ish xonasida tintuv o‘tkazish; г)
pora predmetlarini ko‘zdan kechirish; д)
guvoh va shubha ostidagilarni so‘roq qilish; е)
ekspertizalar tayinlash. Porani tamagirlik yo‘li bilan olinganligi haqida dalillar mavjud bo‘lsa, olingan ma’lumotni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazish zarur. Haqiqatdan ham pora oluvchi o‘ziga tobe shaxsni uning noqonuniy talablarini qondirishga majbur qiluvchi sharoit yaratganligini aniqlash zarur. Mansabdor shaxsga nisbatan ig‘vogarlik bor-yo‘qligini aniqlab, jinoyat ishi qo‘zg‘atish va tergov o‘tkazish haqida qaror qabul qilish zarur.
Dastlabki tergov
vaqtida kriminal hisobotlar, arxiv materiallaridan foydalaniladi, tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkaziladi. Tergovchi mansabdor shaxsning vakolati bilan tanishadi, da’vo qiluvchi va boshqa shaxslardan tushuntirishlar oladi, zarur hollarda mansabdor shaxsning ma’lum bir muddatdagi mehnat faoliyatini tekshirish maqsadida reviziya yoki inventarizatsiya tashkil qiladi.
а)
arz qiluvchi va boshqa guvohlarni so‘roq qilish; б)
poraxo‘rni jinoyat ustida qo‘lga olish; в)
uni tintuv qilish va so‘roqqa tutish; г)
pora predmetlarini ko‘zdan kechirish; д)
hujjatlarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish; е)
shubha ostidagilarni so‘roq qilish; ж)
yuzlashtirish; E’tibor qiling! Ma’lum bir mansabdor shaxsga pora va’da qilinganligi yoki berilishi haqida ma’lumotlar bor bo‘lsa, bunday holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asosni boshlang‘ich tekshiruvdan o‘tkazish, mansabdor shaxsning aloqalarini tekshirish, uning pora beruvchi manfaatini ko‘zlagan holda xizmat doirasi imkoniyatlari va harakatlarini aniqlash, pora beruvchi va pora oluvchini jinoyat ustida qo‘lga tushirish bo‘yicha tegishli tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish zarur.
495
з)
ekspertizalar tayinlash. Poraxo‘rlikni tergov qilish jarayonida quyidagi versiyalar yuzaga keladi va tekshiriladi: а)
poraxo‘rlik haqiqatdan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘luvchi materiallarda ko‘rsatilgan sharoitlarda sodir bo‘lgan; б)
shaxsga berilgan; в)
pul mansabdor shaxsga qonuniy ravishda berilgan (qarzni qaytarish), pora haqida ariza – vijdonan yanglishgan; г)
talabni bajarishdan bosh tortgani uchun unga tuhmat qilingan; д)
mansabdor shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab ma’lum bir xizmat harakatlarini amalga oshirgan va pora olmagan.
hujjatlarini to‘g‘ri va qonuniy hujjatlashtirishni tekshirish uchun sud- buxgalteriya ekspertizasini tayinlash lozim.
qalbakilashtirish harakatlari bilan ham bog‘liq. Shuning uchun poraxo‘rlikni tergov qilishda poraxo‘rlikni boshqa jinoyatlar bilan aloqa versiyalarini ham tekshirish zarur. Versiyalardan kelib chiqqan holda, tergov harakatlarining ketma-ketligi, o‘tkazish vaqtlari va ijrochilari rejalashtiriladi. Poraxo‘rlik haqidagi ish odatda ko‘p epizodli bo‘ladi. Rejalashtirishda tashkiliy va tayyorlov tadbirlariga, tergov harakatlarini o‘tkazishda kriminalistik texnik vositalar yordamiga va mutaxassislarni ishtirokiga yetarli e’tibor berish zarur. Shuningdek, poraxo‘rlikka imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlovchi tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘zda tutiladi. Murakkab, ko‘p epizodli tergov ishi tergovchilar guruhiga topshiriladi.
496
samarali usulidir. Odatda, u da’vo qiluvchi shaxsning har tomonlama tekshirilgan pora ta’magirligi bo‘yicha, arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Poraxo‘rlarni fosh etish uchun sud-tezkor fotografiyasi, kinotasvir va tezkor-qidiruv vositalari qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat ustida qo‘lga olish ishning ma’lum holatlari bilan bog‘liq bo‘lib va porani berish-olish paytida yoki bergan zahoti amalga oshiriladi. Qo‘lga olish vaqtida pora oluvchi ashyoviy dalillardan – pora predmetidan qutula olmasligi muhimdir. SHeriklarni aniqlash uchun qo‘lga olishni pora predmetini uchinchi shaxsga berish yoki pullash vaqtida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Jinoyat ustida qo‘lga olishni sinchkov tarzda rejalashtirish zarur. Jinoyat ustida qo‘lga olingandan so‘ng pora oluvchini o‘sha zahoti, pora predmeti unga qay yo‘sinda kelib tushganligi haqida bahona topmasidan turib so‘roq qilish kerak. Bunday holatlarda ko‘pincha pora oluvchi o‘z aybini tan oladi va haqqoniy ko‘rsatuvlar bera boshlaydi.
joylarini hamda mansabdor shaxsning-pora oluvchining ish joyini tintuv qilish mazkur jinoyatni tayyorlash to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjatlar va pora predmetlarini, jinoiy yo‘l bilan topilgan moddiy boyliklarni topish va olib qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda shaxsiy tintuv va xona tintuvi bir vaqtda amalga oshiriladi. Alohida e’tibor poraxo‘rlik sheriklarining aloqasini tasdiqlovchi xatlarga, pochta kvitansiyalari, turli xil yozuvlar, telefon nomerlariga qaratilishi lozim. Tintuv paytida shuningdek, shifrlangan yozuvlar, shubha ostidagi shaxs o‘z aloqasini inkor etuvchi shaxs tushgan fotosuratlarga e’tibor berish kerak. Hujjatlarni ko‘zdan kechirish juda muhim tergov harakatlaridan biridir. Ba’zi bir holatlarda u pora olish-berish holatlariga aloqadorlarni aniqlashga imkon yaratsa, boshqa bir holatlarda poraxo‘rlikka yo‘l ochib beruvchi hisobotni yo‘lga qo‘yilmaganligini aniqlaydi, uchinchidan mansabdor shaxsni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab ma’lum bir harakatlarni amalga oshirganligi yoki oshirmaganligini tasdiqlaydi. Hujjatlarni ko‘zdan kechirish jinoyatchi kiritgan o‘zgarishlar, qalbakilashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirishning noodatiyligi, tegishli rekvizitlarning mavjudligi, mansabdor shaxsning ish bajarilganligi to‘g‘risidagi viza va belgilarini aniqlashga yordam beradi. Poraxo‘rlar o‘z jinoiy kirdikorlari izlarini yo‘q qila olmasliklari uchun hujjatlarni ko‘zdan kechirishni kechiktirib bo‘lmaydi. Guvohlarni so‘roq qilish. Poraxo‘rlik bo‘yicha guvohlik berishi 497
mumkin bo‘lgan shaxslar guruhi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan materiallarga bog‘liq. Quyidagilar odatda guvoh sifatida so‘roq qilinadilar: ularga nisbatan ta’magirlik qilgan shaxslar, porani berish- olishni ko‘rganlar; poraxo‘rni jinoyat ustida qo‘lga olishda ishtirok etganlar; poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan mansabdor shaxsning xizmat faoliyati bilan tanish bo‘lganlar yoki uning ko‘rsatmalarini bajarganlar; poraxo‘rning shaxsi va axloqini ta’riflab bera oluvchilar (hamkasabalar, qo‘shnilar, qarindoshlar). Bu guvohlar guruhi poraxo‘rlik sheriklarining aloqalari va pora berishning shart-sharoitlari haqida foydali ma’lumot bera oladilar. Guvohlik olingandan so‘ng guvoh-xolisning pora berilgan (olingan) joyda ko‘rsatuvlarini tekshirish mumkin. Poraxo‘rlikni tergov qilishning ba’zi hollarida pora berish-olish, shuningdek boshqa harakatlarni amalga oshirishda kuzatishni tekshirish uchun tergov eksperimentlari o‘tkaziladi.
1.
Poraxo‘rlikning kriminalistik tavsifini yoritib berinng. 2.
Poraxo‘rlik jinoyatini tergov qilishda tipik tergov vaziyatlarini yoritib bering. Kazuslar: 1-kazus 1. “XXX” OAJ tomonidan shahar prokuraturasiga shikoyat kelib tushdi. O‘z shikoyatida litsenziya beruvchi organ korxona litsenziya talablari va shartlariga rioya etmayotganligini bahona qilib ulardan pul talab qilgan va aytilgan pul berilmasa litsenziyani bekor qilishligini ko‘rsatib o‘tgan. Mazkur murojaatda pulni qachon va kimga berilishi ham ko‘rsatilib o‘tilgan. Savollar: 1. Mazkur holatga huquqiy baho bering. E’tibor qiling! Poraxo‘rlikni fosh etishda sud ekspertizalari katta rol o‘ynaydi. Ko‘p hollarda, pora predmetida yoki uning o‘ramida qo‘l barmoqlari va kaftning izi, kundalik, daftar, yon kitobchalarda – pora berish bilan bog‘liq yozuvlar, bloknotlarning toza varaqlarida tekstning bosilgan izlarini aniqlash mumkin. Ularni o‘rganish uchun hujjatlarni kriminalistik-texnik ekspertizasi, mikrozarrachalar, material va moddalarni o‘rganish uchun trasologik ekspertiza, ba’zan esa kompleks ekspertizalar o‘tkaziladi.
498
2. Mazkur holat bo‘yicha poraho‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish uslubiyotini tavsiflab bering. 3. “Jinoyat ustida qo‘lga tushurish” tadbirini o‘tkazishdagi huquqiy tartib va o‘ziga xos hususiyatlarini ta'riflab bering.
2. 2015 yil 25 oktyabr kuni Chilonzor tumani prokuraturasiga TQF organidan poraho‘rlik bilan bog‘liq surishtiruv materiallari kelib tushgan. Mazkur ishda Alimov ismli shaxs “Gas Oil Invest” OAJ tashkilotida haydovchi bo‘lib ishlashi, uning tasarrufiga berilgan Mersedes Benz avtomoshinasida tashkilot rahbarini muovini Najmiddinovni olib yurishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Alimovni ko‘rsatmalariga ko‘ra Najmiddinov unga bir necha bor konvert ichida pul berishini va mazkur “jo‘natmani” har xil odamlarga yetkazib berishini va har safar unga mazkur turdagi ishlarni bajarganligi uchun 100 AQSh dollari qo‘l haqqi sifatida berib turishini aytib o‘tgan. Joriy yilning 20 oktyabr kuni, Alimov Chilonzor tumanida joylashgan “Verona” restoranida Tuman hokimiyati mansabdor shaxsi bilan uchrashib, unga konvertda pul berayotgan paytida TQF hodimlari tomon dan qo‘lga olingan. Mazkur holatga huquqiy baho bering. Mazkur holat bo‘yicha poraho‘rlik jinoyatini tergov qilish uslubiyotini tavsiflab bering. Holat bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar nimalardan iborat? Tergov versiyalar va rejasi qanday shakllantirilishi lozim?
499
35-MAVZU. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH Axborot va kompyuter axborotlari tushunchasi, ularning yuridik tavsifi. Kompyuter jinoyatlarning kriminalistik tavsifi. Kompyuter jinoyatlarini sodir etish usullari. Kompyuter jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos jihatlari.
Insoniyat taraqqiyotining eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri bu shubxasiz XXI asr – Axborot asridir. Ushbu asrda kompyuter vositalari va axborotlarini kashf etilishi insoniyat og‘irini engil qilish bilan bir qatorda uni axborot olish, uzatish, saqlash, undan nusxa ko‘chirish va tadqiq qilish kabi ko‘plab masalalarni echishida ulkan qulayliklar yaratdi. Bu o‘z navbatida, ish samaradorligini oshirib, kompyuter vositalari va axborotlariga bo‘lgan talabni misli ko‘rinmagan miqdorda oshib ketishiga olib keldi.Aniqroq qilib aytganda, zamonaviy kompyuterlarining yangi avlodlari har soniyada to‘rt milliardgacha vazifani bajara olish quvvatiga ega. Aynan ushbu mo‘jiza tufayli insoner yuzining istalgan nuqtasi bilan bir necha soniyada aloqa o‘rnatishi va zarur axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Axborot tushunchasi yuzasidan adabiyotlarda turliqarashlar mavjud. Jumladan; I.Ya. Kozachenko, Z.A. Neznamov, G.P. Novoselovlar “axborotbu – taqdim etish va tashkil qilish yuzasidan ma’lumotlar majmuasining ob’ektiv shakli hisoblanib, ma’lumotlarbazasida joylashgan hamda EXM yordamida topish va qayta ishlash uchun tizimlashtirilgan ma’lumotlardir” degan fikrni ilgari surishgan. V.A.Dulenko esa “axborot – turli xil ob’ektlar, voqea, hodisa va jarayonlar shaklidagi inson yoki avtomatik qurilmalar tomonidan rasmiy qayta ishlash uchun qabul qilinadigan ma’lumotlar majmuidir”- deb ta’riflaydi.
biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish yohud biror narsa haqida ma’lumot degan ma’noni anglatadi.
500
Ushbu ta’rif axborot tushunchasiga berilgan eng oddiy va aniq javobdir. Ayni damda, axborot va ma’lumot tushunchalarini ham bir- biridan farqlash zarur. Bizning fikrimizcha “kompyuter axboroti bu - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar kompyuterda foydalanish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar majmui”dir. Ma’lumot esa axborotga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, uning muayyan qismini yoki kichik birligini tashkil qiladi.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling