Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Kompyuter jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos jihatlari
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- Kazuslar 1-kazus
- 36-MAVZU. TERRORCHILIK KO‘RINISHIDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- Hodisa joyini ko‘zdan kechirish
- E’tibor qarating!
- Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish
Kompyuter jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos jihatlari Ushbu sohadagi jinoyatlarni tergov qilishda uch xil vaziyatni uchratish mumkin: 1) hamma narsa aniq – jinoyatning xususiyati va holatlari ma’lum (masalan: qanday virus va qay yo‘l bilan kompyuter tarmog‘iga kiritilgan) va jinoyat jabrlanuvchining o‘z kuchi bilan aniqlangan, jinoyatchi ma’lum va qo‘lga olingan, o‘z aybiga iqror bo‘lgan vaziyat; 2) Jinoyatni sodir etish usuli ma’lum, ammo jinoyat mexanizmi qisman noaniq, masalan kompyuter tarmog‘i himoyasining zaif joylari orqali foydalanuvchilarni internet fayllariga noqonuniy kirganlarida jinoyatchining shaxsi aniq bo‘lib, ammo u yashiringan; 3) faqat jinoiy natija aniq, masalan, bank kompyuter tarmog‘ini ishdan chiqarish; jinoyatchining shaxsi va jinoyat mexanizmi noaniq. Birinchi holatda kompyuter tizimiga noqonuniy kirish va yuzaga kelgan natijalar o‘rtasida aloqa borligi (ishdan chiqish, kompyuterga virus tushirish va boshqalar), keltirilgan zararning hajmini aniqlash zarur. Ikkinchi holatda – yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari, jinoyatchini qidirish va qo‘lga olish zarur. Nihoyat, eng noqulay (uchinchi) holatda jinoyat mexanizmini aniqlash zarur. Tergov, taftish yoki olib qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rishda tergovchi qaror qabul qiladi. Bu ehtiyoj kompyuter harakati sohasidagi jinoyat tarkibi belgilaridan tashqari quyidagilarga asoslangan bo‘lishi mumkin: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchilar, ba’zi guvohlar hisoblash texnikasi va informatika sohasida maxsus ma’lumotga, shuningdek, shaxsiy kompyuter texnikasiga ega bo‘lsa; ish materiallari hujjatlarida EHM orqali yozilgan hujjatlarning borligi (so‘rovnomalarga javob, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafidan olingan ma’lumotnomalar); kompyuter ma’lumotini tarqatuvchi buyumlarni o‘g‘irlash; 509
yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarni hisoblash texnikasi, programmalashtirish bilan qiziqishi yoki ularning shunday qiziqishga ega bo‘lgan shaxslar bilan aloqasi borligi. Ko‘zdan kechirish yoki tintuvga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida ishlatilayotgan EHMning turi va konfiguratsiyasi to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish zarur; mahalliy yoki global tarmoqqa (internetga) ulanganligi; informatsiyaviy xavfsizlik va noqonuniy foydalanishdan himoya xizmati mavjudligi; hisoblash texnikasi o‘rnatilgan joydagi elektr ta’minlash tizimi; foydalanuvchilar malakasi; hisoblash texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash zarur. Bunday ma’lumotga ega bo‘lish tergovchiga kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotga ega bo‘lishni engillashtiradi va uning daliliy kuchini maksimallashtiradi. Kompyuter ma’lumotini tezda yo‘q qilish mumkin bo‘lganligi uchun qo‘qqisdan qilingan tintuv yoki tezkorlik bilan o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish ko‘pinchalik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar kompyuterlarda mahalliy kompyuter tarmog‘i hosil qilganligi to‘g‘risida ma’lumot olinsa, bu tarmoqqa ulangan barcha kompyuter texnikasi joylashgan joyni aniqlash va EHM o‘rnatilgan barcha joylarda bir vaqtning o‘zida tintuv tashkil qilish zarur. Tintuvdan (ko‘zdan kechirish)dan avval kompyuter informatsiyasini yo‘q qilish yoki unga zarar etkazish imkoniyatini oldini oluvchi choralar ko‘rish lozim. Buning uchun ko‘zdan kechirish paytida EHMni elektr quvvati bilan uzluksiz ta’minlash, ko‘zdan kechirish yoki tintuv o‘tkazilayotgan joydan begonalarni chiqarib yuborish va hech kimni qo‘ymaslik; qolgan shaxslarni hisoblash texnikasi va elektr toki ta’minoti moslamalariga tegish imkoniyatidan mahrum qilish uchun choralar ko‘rish zarur. Agar ob’ektda portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli moddalar, elektromagnit nur tarqatuvchi buyum va apparatlar bo‘lsa, ularni bartaraf qilish kerak. Ko‘zdan kechirish yoki tintuvni informatika va hisoblash texnikasi mutaxassisi bilan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xolislar sifatida ham EHMda ishlash bilan tanish bo‘lganlarni taklif qilish foydadan xoli emas. Kompyuter ma’lumotini qidirish taktikasi, birinchidan, ma’lumotning himoyalanish darajasi, ikkinchidan, tergov harakatlari davrida kompyuterning va periferiya moslamalarining funksional holatidan kelib chiqqan holda tanlanishi zarur. Kompyuterni yuqori darajada himoyalanganligiga noqonuniy ma’lumotdan foydalanishga qarshi va yoki sertifikatlangan maxsus
510
himoya vositalarining mavjudligi; kompyuter tizimi joylashgan hudud va binolarni (texnik vositalar va maxsus personal yordamida), uzluksiz qo‘riqlash, jiddiy kirib-chiqish rejimlarini qo‘llash, binolarni maxsus jihozlash; ma’lumot muhofazasi ma’muriyati mavjudligi, normal ishlashi va ish nazorati guvoh bo‘ladi. Parollar avvaldan operatsiyaviy tizim va boshqa servis programmalarga o‘rnatiladi. To‘g‘ri ishlatilganda, ular ko‘pgina tashkilotlarga xavfsizlikning maqbul darajasini ta’minlay oladi. SHunday bo‘lsa-da, xususiyatlar majmui bo‘yicha ular asliga to‘g‘rilikni tasdiqlovchi eng zaif vositadir. Parollarning ishonchliligi ularni esda saqlash va sir tutish qobiliyatiga asoslangan. Parol esda qoladigan bo‘lishi uchun uni oddiy tuzishadi, biroq qonuniy iste’molchilarning qiziqishlari, tanishlari doirasi avvaldan o‘rganib chiqilsa, parolni topish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ba’zi parollar boshidan sir tutilmaydi, chunki ular hujjatlarda ko‘rsatilgan standart ma’noga ega bo‘ladi va tizim o‘rnatilganda har doim ham o‘zgartirilmaydi. Parolni kiritishni optik vositalar va protsessor va monitor tarqatuvchi elektromagnit nurni qo‘lga olish mobaynida aniqlash mumkin. YAngi elektron texnologiyalarga elektron kalitlarni ishlatish kiradi. Elektron kalit kattaligi gugurt qutisidan katta bo‘lmagan mikrosxemada ishlangan xotirali moslamadir. Kompyuterni ko‘zdan kechirish paytida himoyalangan programma ishlatilsa, u o‘z kaliti mavjudligini tekshiradi. Kalit topilsa, programma bajariladi; aks holda xato to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ladi va ish jarayoni to‘xtatiladi. Kalitning o‘zi printer ulanadigan portga kirgiziladi va osonlikcha chiqariladi. Agar ma’lumot qidiruvi uchun tergovchi ishlatayotgan, lekin kompyuterda bo‘lmagan programma mahsulotlari ishlatilsa, bu narsa tekshiruv yoki tintuv bayonnomasida qayd etilishi kerak. Bunday programmalar standart bo‘lishi kerak. Nazorat yaqqolligi, ya’ni, programma ishining asosiy etaplarini displey ekranida ko‘rinishi, tergovchi va mutaxassisning izoh berishi zarurdir. Xolislarning maksimal faolligi qidirilayotgan programma, tekst yoki grafik hujjat emas, balki audio yoki videorolik (verbal yoki vizual ma’lumot) bo‘lishi mumkinligi uchun juda muhimdir. Programma ishining bunday natijasi betakror bo‘lib, bayonnoma yordamida qayd etiladi. Qidirilayotgan ma’lumot topilganda displeyning joriy tasviri suratga tushirilishi va standart vositalar yordamida ma’lumotni doimiy tarqatuvchiga (odatda - magnit disk) yozib olish yoki printer orqali
511
qog‘ozga chiqarish zarur. Qog‘ozga tushirilgan nushalar holislar tomonidan imzolanishi shart. Kompyuter va uning moslamalari muhrlanadi: raz’emlarga qog‘oz qo‘yib, egasi yoki ekspert yo‘qligida foydalanishning oldini olish uchun uning chetlarini kompyuterning yon devoriga quyuq kley yoki yopishqoq lenta yordamida mahkamlanadi. Magnit tarqatuvchilar turli hil elektromagnit va magnit maydonlarning ta’siri va yo‘naltirilgan nur tarqatishning salbiy ta’sirini oldini olish uchun maxsus ekranlashtirilgan konteyner yoki futlyarlarda saqlanadi. Faqat konteyner va futlyarlargina muhrlanadi. Izohlovchi yozuvlar disketaga yopishtiriluvchi maxsus etiketkalarga yoziladi. Bunda avval etiketkaga yozuv tushiriladi va so‘ngra disketaning maxsus mo‘ljallangan eriga yopishtiriladi. Agar disketada yozuvli etiketka mavjud bo‘lsa, u holda faqat tartib raqami qo‘yiladi, izohlovchi yozuvlar esa shu raqam ostida alohida varaqqa yozilib, korobkada saqlanadi. Magnit tarqatuvchilarni bevosita kanop bilan o‘rash, ularni teshish va ularga imzo, belgi va muhr qo‘yish mumkin emas. Ko‘pincha apparat vositalarida ma’lumot izlaridan tashqari kriminalistika uchun odatiy izlar ham uchrab turishi sababli, ko‘zdan kechirishga mutaxassis-kriminalistni taklif qilish ham maqsadga muvofiqdir. Tergov amaliyotida kompyuter vositalarining ichki elementlarida barmoq izlari, metallni qayta ishlash asboblari, qo‘lda ulash izlari qolganligi holatlari ma’lum. Guvohlar va jabrlanuvchilarni boshlang‘ich so‘roq qilishda kompyuter tizimining funksiyasi va maqsadi, kompyuter texnikasi va u joylashgan erga kim bemalol kirishi mumkinligi, u erda begonalarni paydo bo‘lishi va qanday himoya vositalari ishlatilganligini aniqlash zarur. agar ma’lumotning bir qismi maxfiy bo‘lsa, kim undan foydalanishga ruxsat bergan va aslida kim foydalangan: jinoyat natijasida qanday zarar (mulk, nomulk shaklida) etkazilgan va uni kamaytirish yo‘li bormi?
1.
farqlanadi? Kompyuter bilan sodir etilgan jinoyatlarni o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? 2.
bilan farqlanadi?
512
Kazuslar 1-kazus 2015 yil 18 yanvarda global internet termog‘i XXX tijorat bankidan 500 ming AQSH dollori pul mablag‘lari o‘g‘irlangan. Jinoyat 2015 yil 18 yanvar soat 13:30 dan 13:50 oralig‘ida Chilonzor tumani, Al- Xorazmiy ko‘chasi 15 uy tagida joylashgan “INTERNET” kafesida sodir etilgan. Jinoyatchi shaxslar ma’lum emas. Holatni kriminalistik tahlil eting. Jinoyatni isbotlash mexanizmi
Hodisa joyi ko'zdan kechirilgach tergovchi u yerda joylashgan moddiy ashyolarni har birini ko'zdan kechirish bayonnomasiga kiritdi. Komputer displeyi, processor, printer, sichqoncha va klaviatura ashyoviy dalil sifatida olinib, upakovka qilindi. Tadqiqot uchun ekspertizaga yuborildi. Tergovchi hatosi nimadan ibort? Mazkur turdagi jinoyatlarda ko'zdan kechirish taktikasi qanday amalga oshirilishi lozim? 513
JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Hodisa joyini ko‘zdan kechirish. Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish. Gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilish. Jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish.
Birinchi bo‘lib tergovchi va mutaxassis tomonidan odatiy voqea joyini ko‘zdan kechirish taktikasi terrorizm jinoyatini tergov qilish chog‘ida o‘zgaradi, avvalo joyni saper tekshirib chiqadi. Zararsizlantirishning ilk bosqichlarida mutaxassis hodisa joyini obzorli va orientirli suratga olishni hamda videoyozuvini amalga oshiradi, shuningdek, PV bo‘lishi mumkin bo‘lgan jonyni saperlar bilan kelishib oladi. Agar saperlar o‘sha joyda ish olib borishga ruxsat bersa, mutaxassis transport vositalari, oyoq kiyimi, kiyim, predmetlar (sigaret qoldiqlari, shoxlar), mikrojismlar izlarini qidiradi va oladi. Ammo, qoida tariqasida, mutaxassis bevosita PVning joylashgan joyini ko‘zdan kechira olmaydi. Bunday sharoitda, portlatish uskunasi zararsizlantirilgunga qadar saperning o‘zi izlarni topish va olish majburiyatiga ega bo‘ladi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida saperlar, portlovchi texnik mutaxassislar, kriminalist mutaxassislar, tezkor xodimlar va boshqa qatnashchilar o‘zaro maslahatlashadi,yu yuzaga kelayotgan masalalarning turli echimlari o‘ylab ko‘riladi.
Ko‘zdan kechirishning o‘ziga xosligiga uni boshlash vaqtini aniqlashdagi taktik qiyinchiliklar kiradi, chunki voqea joyiga tergov E’tibor qarating! Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichi tegishli mutaxassisning yozma xulosasi olingandan so‘ng boshlanib, ushbu xulosada voqea joyini dastlabki ko‘zdan kechirish, ushbu joyda yuqori xavga ega bo‘lgan predmetning yo‘qligi, takroriy terrorchiik akt sodir etilmasligi bayon etilgan bo‘ladi.
514
guruhi, qoida tariqasida, tegishli xabar kelib tushgandan so‘ng etib keladi, bu vaqt davomida yong‘in davom etishi mumkin (masalan, transport vositasi yonishi), qutqaruv guruhlari jabrlanuvchilarni topish va ozod qilish ishlarini olib boradi. Yong‘in joyi ko‘zdan kechirilganda ko‘zdan kechirish xam ekssentrik xam konsentrik (markazga qarab) amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul yong‘in boshlangan joy aniq bilinib turgan holatda o‘tkaziladi, aks holda konsentrik ko‘zdan kechirish amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish vaqtida yong‘in boshlanish joyini belgilash dastlabki hisoblanib, ekspert tadqiqotidan keyingina aniq belgilanishini nazarda tutishimiz lozim. Aksariyat hollarda, amaliyot ko‘rsatishicha terrorizmni tergov qilishda portlash texnik, yong‘in texnik, trasologik, sud tibbiy ekspertizalar tayinlanadi. SHuningdek, xatshunoslik, muallifshunoslik, materiallar va moddalarning kompleks ekspertizasi va boshqa ekspertiza turlari o‘tkazilishi mumkin. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilayotganda yoki terrorizm bilan tahdid qilingan xatda izlar topilgan (barmoq, oyoq kiyimi, kiyim, transport vositasi) hollarda trasologik ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazish zaruriyati yuzaga keladi. Qoida tariqasida, mazkur turdagi ishlarning ilk bosqichlarida gumon qilinuvchi aniqlanmagan bo‘ladi, shu sababli, qoldirilgan izlar topilishi mumkin bo‘lgan shaxsni yoki ob’ektlarni qidirish va aniqlashga yordam beruvchi ma’lumotlarni olish maqsadida turli diagnostik ekspertizalar tayinlanadi va o‘tkaziladi. Agar voqea joyida portlashning yaqqol izlari bo‘lsa yoki portlatish uskunasi yoxud unga o‘xshash yuqori xavf keltirib chiqaruvchi buyum topilgan bo‘lsa, ko‘zdan kechirish ekssentrik, ya’ni markazdan boshlab amalga oshiriladi. Barcha hollarda ko‘zdan kechirishda hududda izlar va mikroob’ektlarni yo‘q qilmaslik uchun ehtiyotkor bo‘lish lozim. Portlatish uskunasi yoxud unga o‘xshash yuqori xavf keltirib chiqaruvchi buyum topilgan holatda ko‘zdan kechirishda topilgan buyumning atrofida spiralsimon amalga oshirilishi lozim. Mazkur holda hodisa joyini ko‘zdan kechirish shu turdagi ishlardagi kabi o‘tkazilib, umumiy kriminalistik qoidalardan kelib chiqadi. Biroq ishchi bosqichida voqea joyini ko‘zdan kechirish taktikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shunday buyum topilgan joyning o‘zini ko‘zdan kechirishdadir. Portlashsiz zararsizlantirilgan portlovchi predmet kriminalist mutaxassis tomonidan ko‘zdan kechiriladi va dastlabki tadqiqot o‘tkaziladi (qismlarga bo‘lmasdan). Zararsizlantirigan portlovchi
515
predmetni ko‘zdan kechirish uni statik holatda umumiy ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Predmet turga xos, tipga oid, guruhga xos belgilar, shuningdek, uning tuzilishiga kiruvchi ob’ektlarning (masalan, PU zaryadi va uning tashqi qoplamasi; uning tarkibidagi qurilmalarni ishga tushirish mexanizmi; zarar etkazuvchi elementlari va boshqalar) barcha individual belgilari asosida ko‘rib chiqiladi, undan tashqari uning aniq joylashgan joyi va o‘zaro joylashuvi aniqlanadi. Statik ko‘zdan kechirish oqibatida portlovchi predmetda tashqi qoplama, kamuflyaj, ishga tushirish mexanizmi detallaridagi nosozliklar ko‘rilishi mumkin bo‘lib, ular boshqa shaxslar (arizachi yoki portlash texnik mutaxassisi) tomonidan predmetni ochish va
uni zararsizlantirishda kelib chiqadi. Agar portlovchi qurilma kabi yuqori xavf keltirib chiqaruvchiga o‘xshash predmet ko‘zdan kechirilayotgan bo‘lsa, ko‘rib chiqishda uning tashqi ko‘rinishi, tuzilishidagi tarkibiy qismlari, hajmi, predmet rangi va turli markerli ma’lumotlari, uni tashish (transportirovka) va yashirish usullariga alohida e’tibor qaratiladi. Shundan so‘ng, predmet (zararsizlantirilgan portlovchi qurilma yoki yuqori xavf keltirib chiqaruvchiga o‘xshash predmet) oldindan tayyorlangan ish joyiga olib o‘tiladi, aksariyat hollarda ko‘chib yuruvchi kriminalistik laboratoriyaga o‘tkaziladi va u erda sinchiklab tekshiriladi (ishchi bosqichning dinamik darajasi). SHu bilan birga, ob’ekt umumiy kriminalistik taktika qoidalari va usullariga rioya qilingan holda mikroob’ektlar bo‘lmaydigan va barmoq izlari qolmaydigan qismlar yordamida qo‘lga olib ko‘riladi. Turli kriminalistik texnik vositalarni, misol uchun, turli hajmdagi kriminalistik lupalar, kriminalistik magnitlar (magnit xususiyatli buyumlarni qidirish uchun), elektron optik o‘zgartirgich, ultrafiolet lampalar (turli rang xususiyatlarida ob’ektning ustki qismini yoritish uchun)dan foydalanib, qidiruvning vizual metodini qo‘llagan holatda sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, quyidagi izlar topilishi mumkin: - ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qo‘l izlari; -inson va hayvonlar sochlari; -er qatlami va o‘simliklarning qismlari; -tekstil to‘qimalar; -texnogen zarrachalar; -qurol va instrumentlar izlari.
izlarning to‘rtta joylashuv qismlari ajratilgan: 1) portlash markazi yoki PU joylashtirilgan joy (1,2 metr hajmdagi joy); 2) yaqin zona (5dan 10 metrgacha); 3) o‘rtacha zona (10dan 50 metrgacha); 4) yiroq zona (50 metrdan ortiq bo‘lgan masofa).
516
Portlash fakti bo‘yicha voqea joyini ko‘zdan kechirishni portlash markazidan sinchiklab amalga oshirish lozim. Portlash joyi – eng ko‘p zarar etkazilgan joy. U ko‘z bilan ilg‘ab yoki ilk holatni hayoliy tiklab belgilanadi. Portlovchi uskunalar (PU) qismlari o‘zining tuzilishi, shakli va hajmi bo‘yicha farqlanishi mumkin (shisha siniqlari, qog‘oz, karton qismlari, soat mexanizmlari, batareya, tumbler detallari; maxsus lenta qismlari; kuygan shnurlar; changsimon izlar mavjud bo‘lgan gayka, mix va boshqa buyumlar) va ular portlash markazidan turli masofalarda sochilib yotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ob’ektlarni xar doim xam aniqlab bo‘lmaydi, bu faqatgina mikroskop orqali barcha chang zarralari, kirlanish, chiqindilar to‘liq yig‘ilgan va qayta ajratib chiqarilganda xamma changlar alohida to‘plangan hollarda bo‘lishi mumkin. Mazkur holatga xos izlar quyidagilardan iborat: -PUning kichik qismlari: tashqi qoplamasi qoldiqlari, saqlash va amalga oshirish mexanizmining o‘zgargan qismlari; kamuflyaj qoldiqlari (portfel, sumka yirtmalari va h.k.); -PUning portlash ta’siriga uchramagan qismlari va PUning kichik zarralari hamda portlash markaziga qaratilgan predmetlarning ustidagi portlashning qattiq jismlari; -Portlash tomonidan siljitilgan, o‘zida termik ta’sirni aks ettiruvchi o‘zgargan engil buyumlar; -Deformatsiyalashgan predmetlar, PUning o‘rtacha hajmdagi uzilgan qismlari (PUning yumshoq qismlari qoldiqlari, izolyasion lenta, simlar, olov o‘tkazuvchi jismlar qoldiqlari va boshqalar) o‘zida PUning reaksiya bildirmagan zarralari va portlash mahsulotlarini saqlaydi. Portlash joyini ko‘zdan kechirishda asosiy e’tiborni jinoyat va jinoyatchi izlarini topishga qaratish lozim. SHu bilan birga, portlashning brizant va termik ta’siri natijasida PUning eng kichik zarrachalarini, shuningdek, PUning portlamagan detallari, portlashning qattiq jismlari o‘zida saqlovchi changsimon izlarni topish mumkinligini hisobga olish zarur.
o‘tkazish 517
Aytib o‘tish joizki, yuqorida keltirilgan sud ekspertizalari dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida tayinlanadi. Ekspertiza turini tanlash yuzaga kelgan tergov vaziyatidan va tergovchi tomonidan to‘plangan maxsus bilimlarga ega bo‘lgan shaxs tomonidan o‘rganilishi kerak bo‘lgan materiallar hajmiga bog‘liq. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilayotganda yoki terrorizm bilan tahdid qilingan xatda izlar topilgan (barmoq, oyoq kiyimi, kiyim, transport vositasi) hollarda trasologik ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazish zaruriyati yuzaga keladi. Qoida tariqasida, mazkur turdagi ishlarning ilk bosqichlarida gumon qilinuvchi aniqlanmagan bo‘ladi, shu sababli, qoldirilgan izlar topilishi mumkin bo‘lgan shaxsni yoki ob’ektlarni qidirish va aniqlashga yordam beruvchi ma’lumotlarni olish maqsadida turli diagnostik ekspertizalar tayinlanadi va o‘tkaziladi. Murdaning sud tibbiy ekspertizasi terrorchiik akt oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarga ham, qo‘lga olinish chog‘ida yoki terrorchiik akt jarayonida o‘zini o‘zi portlatib yuborish oqibatida vafot etgan terrorchilarga nisbatan xam tayinlanadi. Biroq, qoida tariqasida, sud tibbiy ekspertizaning umumiy savollari bilan bir qatorda, terrorchiik aktni sodir etuvchilar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida identifikatsiyaviy genetik tahlil o‘tkazilishi zarur. Noma’lum shaxslarning qoldiqlarini identifikatsion tadqiq qilganda quyidagi masalalar hal etilishi mumkin: 1) Tadqiqot uchun topshirilgan ob’ektlarning qoldiqlari bir odamga tegishlimi; 2) Qoldiqlar ayol yoki erkak kishiga tegishlimi; 3) Tadqiqot uchun topshirilgan qoldiqlar mazkur shaxsga tegishlimi. Qoldiqlar identifikatsion tadqiq qilinganda ularni taqqoslash uchun namunalar kerak bo‘ladi. Bunday namunalarga taxmin qilingan shaxsning yaqin (qon bilan qo‘shilgan) qarindoshlaridan olingan qon tahlillari yoki o‘sha shaxsga tegishli bo‘lgan ob’ektlar misol qilib keltiriladi. Tadqiqot terrorchiik akt bajaruvchisini identifikatsiya qilish bilan bog‘liq tayinlangan hollarda tadqiqot ob’ektlariga to‘kilgan sochlar (masalan, jinoyatchi terrorchiik aktni sodir etishdan avval bo‘lgan transport vositasi salonidagi kursiga tushib qolgan soch tolalari),
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling