Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qarating!
- Gumon qilinuvchi hamda ayblanuvchilarni so‘roq qilish
E’tibor qarating! Aksariyat hollarda, amaliyot ko‘rsatishicha terrorizmni tergov qilishda portlash texnik, yong‘in texnik, trasologik, sud tibbiy ekspertizalar tayinlanadi. Shuningdek, xatshunoslik, muallifshunoslik, materiallar va moddalarning kompleks ekspertizasi va boshqa ekspertiza turlari o‘tkazilishi mumkin.
518
sigareta qoldiqlaridagi so‘lak, qon izlari (jinoyatchi yaralanganda, tasodifiy yaralanishda, burundan qon ketishida) kirishi mumkin. Mazkur turdagi jinoyat ishlari bo‘yicha ko‘pincha portlash texnik ekspertiza tayinlanadi. Portlash texnik tadqiqotlar ob’ektlariga portlash texnik qurilmalarning alohida qism va detallari, shuningdek, turli ob’ektlardagi portlash izlari kiradi. Ammo, qoida tariqasida, portlash texnik va kriminalistik ekspertizalarni kompleks ravishda tayinlash maqsadga muvofiq, sababi tadqiqot ob’ektlari portlash texnik qurilmalarning alohida qism va detallaridan tashqari, boshqa qo‘shimcha yordamchi ob’ektlarni xam qamrab oladi. Terrorizmning portlovchi yoki shunday xavfga ega bo‘lgan buyum topilishi bilan bog‘liq sodir etilishi fakti bo‘yicha, qoida tariqasida, portlash texnik ekspertizasi tayinlanib, uning asosiy maqsadi sifatida moddaning yoki portlatish uskunasining portlovchi moddalar yoxud portlovchi qurilmalar, qurol aslaha yoki uning bir ko‘rinishi tarkibiga kirish kirmasligini aniqlash ilgari suriladi (klassifikatsiyalovchi tadqiqot).Tadqiqot o‘tkazish uchun ko‘zdan kechirish jarayonida olingan perdmet aynanligicha ekspertga topshiriladi. Shu bilan birga, portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmet ekspertga faqatgina zararsizlantirilgandan keyin beriladi.
519
E’tibor qarating! Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish eng keng tarqalgan va murakkab tergov harakati hisoblanadi. Asirga olish bo‘yicha ishlarga doir dastlabki tergov harakatlarining kompleksida gumon qilinuvchini so‘roq qilish alohida o‘ringa ega. Ushbu tergov harakati oqibatida tergovchi gumon qilinuvchining (ablanuvchining) aybini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan qo‘shimcha dalillarni oladi, chunki aynan u sodir etilgan qilmishning barcha holatlari va sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi. Ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi: 1. Topshirilgan predmet portlatish xususiyatiga egami yoki boshqa bir buyummi; 2. Topshirilgan modda portlatish xususiyatiga egami yoki boshqa bir buyumga tegishli moddami; 3. Topshirilgan ob’ekt portlatish vositasi bo‘la oladimi; 4. Tadqiqot uchun topshirilgan ob’ektlar portlatish vositasining qoldiqlarimi (bir qismi, asosi) yoki boshqa bir buyumga tegishlimi; 5. Topshirilgan portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday nomlanadi; 6. Mazkur portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday sharoitlarda tayyorlangan; 7. Aniqlangan portlatish moddasi (portlatish vositasi)ning qo‘llanilish doirasi qanday; 8. Tadqiqot uchun taqdim etilgan portlatish vositasi qaysi tashkilotda va qancha muddatda tayyorlangan, shuningdek, tayyorlovchi korxona tomonidan qay yo‘nalishlarda tarqatilgan; 9. Portlatish vositasidagi belgilar nimani bildiradi; 10. Taqdim etilgan portlatish vositasining konstruksiyasi va harakat prinsipi qanday; 11. Taqdim
etilgan sanoat
portlatish uskunasining konstruksiyasida o‘zgartirish alomatlari mavjud bo‘lsa, aynan qanday va ularning yo‘nalishi qanday; 12. Mazkur portlatish uskunasida qanday belgilar mavjud, sanoat yoki qo‘lbola tayyorgarlikka egami; 13. Portlatish uskunasi portash uchun etarlimi, agar yo‘q bo‘lsa, yo‘qotilgan xususiyatlarni tiklashga qaratilgan detallar va qismlarning izlari mavjudmi.
520
Bundan tashqari, portlash qoldiqlari va izlariga qarab portlatilgan portlash qurilmasining konstruksiyasiga bog‘liq mazkur faktlar bo‘yicha ekspert oldiga yana quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin, masalan: 1. Topshirilgan ob’ektlarda portlash hosilalari yoki portlatish uskunasining qoldiqlari mavjudmi, agar bo‘lsa, aynan qanday; 2. Portlatish uskunasidagi portlatilgan zaryadning og‘irligi, shakli va hajmi; 3. Voqea joyida topilgan ob’ektlarning qay birlari portlatish uskunasi yoki uning konstruksiyasiga tegishli bo‘lishi mumkin; 4. Hodisa joyida portlatilgan portlatish uskunasining konstrukitsyasi va harakatlanish prinsipi qanday; 5. Portlatish uskunasining zaryadi tarkibida tez yonuvchi quyilmalar, GSM, neft mahsulotlari, intern to‘ldiruvchilar, shishasimon elementlarning mavjudligi; 6. Portlatish uskunasining tashqi qoplamasi sifatida qanday material ishlatilgan, uning nomlanishi va foydalanilish sohasi qanday. Yuqorida sanab o‘tilgan sud tadqiqotlari jihatlaridan tashqari portlovchi moddalar, tez yonuvchi materiallar va issiq quymalar, portlovchi uskunalar, ularning imitatsiyasi, shuningdek, portlash va yong‘in izlari xamda qoldiqlarining boshqa kriminalistik tadqiqotlari xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar va ob’ektlarning sifati va miqdori, shuningdek, tergovning ilk bosqichida kelib chiquvchi tergov vaziyatidan kelib chiqib, qoida tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi. Yong‘in fakti bo‘yicha yong‘in texnik ekspertiza o‘tkaziladi. Mazkur tadqiqotning maqsadi yong‘in kelib chiqishining asl sababini aniqlashdan iborat: yong‘in keltirib chiqarilganmi yoki u tez yonuvchi materiallar va issiq quymalarni ehtiyotkorliksiz saqlanishi oqibatida kelib chiqqanmi yoxud energota’minot, isitish va energoo‘rnatish tizimlarini ishlatish, o‘rnatish hamda saqlash qoidalari buzilganligi oqibatida sodir bo‘lganmi. Yong‘in keltirib chiqarilganda ekspert oldiga amalga oshirish usuli, yong‘in vositalari, jinoyatchilar tomonidan foydalanilgan qurol va uskunalar, ularning o‘rnatilish joyi, yong‘in sodir etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar (professionallik darajasi xam kiradi), identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan shaxslar, qurollar va uskunalar bilan bog‘liq savollar qo‘yiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan sud tadqiqotlari jihatlaridan tashqari portlovchi moddalar, tez yonuvchi materiallar va issiq quymalar,
521
portlovchi uskunalar, ularning imitatsiyasi, shuningdek, portlash va yong‘in izlari xamda qoldiqlarining boshqa kriminalistik tadqiqotlari xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar va ob’ektlarning sifati va miqdori, shuningdek, tergovning ilk bosqichida kelib chiquvchi tergov vaziyatidan kelib chiqib, qoida tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi. Undan tashqari, xar qanday shubhali predmet maxsus portlash texnik tadqiq etilishi shart, ya’ni “tegishli tartibda vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan, sog‘lik va hayotga xavf soluvchi prdmetni o‘z oldiga portlatish uskunasini aniqlash, uning holatini belgilash, portlash uchun tayyorgarlik darajasini bilish, shuningdek, shu asosida xavfsizlik choralarini tanlash va voqea joyiga to‘la mos keladigan prdemetga nisbatan aktiv harakatlarni sodir etishni maqsad qilib qo‘yadigan maxsus ilmiy texnikaviy vositalar, usullar va metodlar orqali o‘rganish jarayoni”. Portlash texnik tadqiqot tasdiqlaydigan portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmet topilgan taqdirda qidiruv harakatlari to‘xtatilmaydi, chunki jinoyatchi tomonidan portlashi mumkin bo‘lgan bir qancha uskunalar turli joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Portlash texnik tadqiqot tomonidan portlash uskunasi yoki portlash vositasi aniqlanganligi tasdiqlangan, uning tuzilishi, ob’ektda o‘rnatilish usuli, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlashning keyingi oqibatlari tahlil qilingandan so‘ng, tergovchi (SOG rahbari) saper va portlash texnik mutaxassisning xavfsizlik to‘g‘risidagi fikrini inobatga olib PUni zararsizlantirish joyi va keyingi harakatlar haqida qaror qabul qiladi. Ushbu holatda ikki turdagi harakatlar amalga oshirilishi mumkin: portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmetni topilgan joyida zararsizlantirish yoki zarurat bo‘lgan hollarda uni ko‘chirib o‘tkazish yoxud portlatish kamerasiga olib o‘tish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmetni topilgan joyida zararsizlantirish imkoni bo‘lgan vaziyatda amalga oshirish usuli haqidagi masala asosiy o‘rin egallaydi, sababi, saperning asosiy vazifasi bu insonlar o‘limini oldini olib va atrofdagi ob’ektlarga etkazilishi mumkin bo‘lgan
zararni kamaytirib portlatish uskunasini zararsizlantirishdir. SHu bilan birga saperning harakatlari voqea joyidagi izlarning butkul yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayrim hollarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish jinoyatning moddiy izlari, jinoyatchini aniqlash va uni fosh etish bo‘yicha yagona usul bo‘lib 522
qolishi mumkin. Bunga qaramay, PUni zararsizlantirishga oid ishlarda insonlarning xavfsizligi shubhasiz xar qanday xatto yagona izlarni olishdan xam muhimroqligini esda tutish lozim. SHundan kelib chiqib, portlatish uskunasini zararsizlantirishda saper va portlash texnik mutaxassisi faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini ajratib ko‘rsatish lozim. Himoya vositalariga ega bo‘lgan saper videokamera yordamida turli joylar va rakurslardan PU, uning o‘rnatilish joyi, yonida mavjud bo‘lgan predmetlar va izlarni (saper bundan oldin videoyozuvda ko‘proq aynan nimaga e’tibor qaratish lozimligi haqida mutaxassis tomonidan tayyorlanadi) yozib oladi. SHu bilan birga mutaxassis kriminalist videokamerani tayyorlaydi va undan foydalanish bo‘yicha saperga maslahatlar beradi. Ikkinchi kamera voqea joyidagi saperning harakatlarini yozib oladi. Videoyozuv ko‘rib chiqilgach, mutaxassis kriminalist saperga binoda va ochiq er maydonida jinoyatchining oyoq kiyimidan qoladigan izlarni saqlagan holda harakatlanish; olib qo‘yiladigan ob’ektlarni ajratib olish va ularni alohida qoplama materialga solish yoki uni xavfli zonadan olib chiqish; izolyasion lenta qoldiqlari, mustahkamlovchi provodlar va arqonlar, yashiruvchi material va boshqa shu kabilarni olish va saqlashga oid maslahatlar beradi. Mutaxassis kriminalist saperni zaruriy anjomlar (perchatkalar, pinset, qoplama material va h.k.) bilan ta’minlashi va qanday qilib qay turdagi izlarni olish lozimligini o‘rgatishi kerak, bularga sigareta qoldiqlari, qog‘oz parchalari, izolyasion lenta qoldiqlari, provod qismlari va h.k. Saper olishi mushkul bo‘lgan izlar (masalan, er maydonidagi tuproq qatlamida oyoq kiyimining namunasini yaratib) qo‘l ostidagi taxta, korobka va shu kabi narsalar bilan berkitilishi hamda belgilanishi lozim. Portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmet olib ketilgan yoki zararsizlantirilgandan keyin aytib o‘tilgan izlarning rasmiylashtirilishi va olib qo‘yilishi mutaxassis kriminalist tomonidan amalga oshiriladi. Poligon yoki portlatish kamerasi sharoitida portlatish xavfi mavjud bo‘lgan predmetni zararsizlantirishda keyinchalik ekspert tekshiruvchini amalga oshirish imkonini beradigan usul va vositalar tanlanadi. Poligonda PUni zararsizlantirish joyi tanlanganda mutaxassis kriminalist va portlovchi texnik mutaxassis saperlar tomonidan ko‘rsatilgan hududlarni ko‘zdan kechiradi, asosiy vazifasi portatilgandan keyin
to‘planib, portlatish uskunasini qayta
tiklashda 523
anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan keraksiz predmetlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilishdir. Portlashsiz zararsizlantirilgan portlatish xavfi mavjud bo‘lgan predmet hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichida mutaxassis kriminalist ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. SHu bilan birga tayyorgarlik bosqichida portlash xavfisiz ishlash bosqichida portlovchi uskuna va uning tarkibiy qismlarini sinchiklab kriminalistik ko‘zdan kechirishni ta’minlovchi qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim. Har qanday holatda predmetning shunday holati tushuniladiki, bunda PUning zaryadi va initsiatsiya vositasi o‘zaro aloqada bo‘ladi yoki ular bir biriga yaqin joylarda joylashgan bo‘ladi. Bunday holatda PU detallari kriminalistik ko‘zdan kechirila olmaydi, shuning uchun tergovchi (tezkor xodim) portlovchi texnik mutaxassis tomonidan PU zaryadi va initsiatsiya vositasini ajratish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil qilishi shart. Biroq shunday vaziyat bo‘lishi mumkinki, yuqori xavfga ega bo‘lgan predmet topilmasligi xam mumkin: shubhali ob’ekt portlatish xususiyatiga ega bo‘lmasligi yoki umuman bu kabi buyumlar mavjud bo‘lmasligi mumkin. Birinchi holatda, agar predmet portlatish xususiyatiga ega bo‘lmasa, buyum tergovchi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichida porlatish texnik mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechiriladi, ikkinchi holatda esa voqea joyi deb tayyorlanayotgan jinoyat haqidagi xabar kelib tushgan joy topiladi. Yuqori xavfga ega bo‘lgan prdmet qidiruv ishlarini olib borayotgan mutaxassislar tomonidan topilgan topilmaganligidan qat’i nazar, tadqiq qilish yoki yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetni zararsizlantirish, yoxud uning xavfli oqibatlari kelib chiqishini bartaraf etishga doir choralar ko‘rilganidan so‘ng tegishli bo‘linma yoki bo‘lim mutaxassisi ikki nusxadagi ko‘zdan kechirish aktini (tadqiqot, zararsizlantirish, dezinfeksiya qilish va h.k.) taqdim etadi. SHu bilan birga, bunday akt tergovchining keyinchalik voqea joyini yoki ob’ektlarni qayta ko‘zdan kechirish zarurati haqidagi qaroridan qat’i nazar mustaqil tuziladi (ya’ni, agar terrorizm xavfi haqidagi xabar kelib tushgan bo‘lsada, yuqori xavf mavjud bo‘lgan predmet yoki uning imitatsiyasi topilmasa hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichi o‘tkazilmasligi mumkin). Mazkur hujjatda quyidagi ma’lumotlar tartib bilan ko‘rsatilishi kerak: kim tomonidan va qachon mutaxassis chaqirilgan; guruh tarkibi va rahbari; voqea joyiga kelish vaqti; shubhali predmetning tavsifi va
524
uning o‘rnatilish joyi; shaxslar va texnikaning yashirinish zonalarining tavsifi; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmet va uning holatini baholashga qaratilgan foydalanishdagi maxsus vositalar; qanday tezkor ma’lumotlardan foydalanilgan; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetning tuzilishi haqidagi ilk xulosalar; zararsizlantirish uchun tanlangan usul; zararsizlantirish rejasi, vaqti, belgilari va qoidalari kimlar bilan kelishilgan holda tuzilgan; qanday vositalar qay tartibda qo‘llangan; natijalar, imzolar.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish eng keng tarqalgan va murakkab tergov harakati hisoblanadi. Asirga olish bo‘yicha ishlarga doir dastlabki tergov harakatlarining kompleksida gumon qilinuvchini so‘roq qilish alohida o‘ringa ega. Ushbu tergov harakati oqibatida tergovchi gumon qilinuvchining (ablanuvchining) aybini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan qo‘shimcha dalillarni oladi, chunki aynan u sodir etilgan qilmishning barcha holatlari va sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi. Terrorchilar oldindan qo‘lga olish va so‘roq qilish holatida tergovchiga qarshilik ko‘rsatish uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. Ular qanday sharoitlarni yashirish kerakligini kelishib oladi, tergovda o‘zini qanday tutish kerakligini muhokama qilishadi. Kriminalistik nazariya va tergov amaliyotining ko‘rsatishicha, tergovchining bu haqidagi tasavvurlari to‘liq bo‘lmaydi. Jinoyatni ochish va uning mazmunini bilish jarayonida u terrorchilarning harakatlaridan biroz orqada qoladi. Vaqt bo‘yicha imkoniyatga ega bo‘lgan gumon qilinuvchi tergovchini maksimal murakkab vaziyatda ish ko‘rishga majbur qiladi. Asirga olish holatida vaqt yo‘qligiga qaramasdan, gumon qilinuvchi so‘roq qilinishidan oldin quyidagi tayyorgarlik choralari ko‘rilishi kerak: hodisa joyini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq materiallar (rejalar, sxemalar, fotosuratlar, videoyozuvlar); ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi va guvohlarning so‘roq qilinganligi hujjatlari; texnik komissiyalar va ekspertiza materiallari va shu kabilarni sinchiklab o‘rganish zarur. Qo‘lga olingan terrorchini so‘roq qilish o‘z vaqtida va maqsadli bo‘lishi zarur. Tergovchi aynan qanday savollar aniqlanishi lozimligini bilishi va tartibini belgilashi, shuningdek, dalillarni tayyorlab qo‘yishi lozim. Terrorchiik aktda qatnashganligini tan olayotgan gumon
525
qilinuvchi so‘roq qilinganda quyidagi savollar beriladi: Jinoiy sheriklar mavjudmi, bo‘lsa ular haqida ma’lumotlar, tashqi ko‘rinishi, manzil va mazkur jinoyatdagi roli; ular qanday usul va aloqalardan foydalangan; qaerda, qachon va kimdan qurol, o‘q dorilar va portlatish vositalarni olgan; qurollar qaerda saqlanmoqda; qaerda va qay vaqtda portlatish uskunalari jamlangan, uni tuzishda qanday vosita va asboblardan foydalanilgan; qo‘poruvchilik harakatlari qanday tayyorlangan va o‘tkazilgan; nega aynan shunday usul tanlangan va ko‘zlangan asosiy maqsad; mamlakatga va ob’ektlarga (aeroport, vokzal, havo kemasi, yashash joyi va shu kabilar) kirish yo‘llari qanday. Agar gumon qilinuvchi qo‘lga olingan ob’ektda yoki o‘sha ob’ektning joylashuv joyida ta’qib qilish natijasida ushlangan bo‘lsa uni so‘roq qilishni quyidagi savollarni berishdan boshlash maqsadga muvofiq: u voqea joyida nima sababdan yashiringan? Terrorchiik akt sodir bo‘lishidan oldingi davrda qaerda bo‘lgan va nima bilan mashg‘ul bo‘lgan? Jinoyatchini fosh qilish uchun gumon qilinuvchining biror joyda bo‘lishidagi mantiqsizlik, ta’qibdan qochish, yashirinish, qarshilik ko‘rsatish va h.k.lar kabi qo‘lga olishning sharoitlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tezkor amalga oshirilgan qo‘lga olishdan va berilgan savollarning tuzilishidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan gumon qilinuvchi shaxs ko‘pincha mantiqqa zid va o‘zaro nomuvofiq tushuntirishlar berishni boshlaydi. Bu holatni tergovchida mavjud bo‘lgan dalillar bilan fosh qilish uchun xam qo‘llash lozim. Gumon qilinuvchi ashyoviy dalil (qurol, PU yoki uning detallari) bilan qo‘lga olingan taqdirda o‘sha vaqtning o‘zidayoq shaxsiy tintuv va tanib olish uchun ko‘rsatish o‘tkazilganidan keyin ovoz yozuv yoki videoyozuvdan foydalangan holda so‘roq qilinadi. So‘roq qilish chog‘ida quyidagilar aniqlanadi: jinoiy sheriklar mavjudmi, undan olib qo‘yilgan portlovchi uskunaning ishlash prinsipi, o‘zini o‘zi yo‘q qiluvchi mexanizmning mavjudligi; portlash vaqti qanday aniqlanadi; boshqa portlatish harakatlari amalga oshiriladimi, qachon va qaerda; qurol mavjudmi, qanday turga mansub, qaerda, kimda, unga o‘q dorilar mavjudmi. Terrorchining yashash joyida tintuv amalga oshirilgan bo‘lsa, terrorchi topilgan va olib qo‘yilgan ish bilan bog‘liq predmetlar, hujjatlar, boshqa dalillarga oid so‘roq qilinishi kerak. Jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish 526
Jabrlanuvchini so‘roq qilishda quyidagilari aniqlash lozim: qaerda, qachon va qay sharoitlarda jinoyat sodir etilgan; qachon va qay sharoitda jabrlanuvchi jinoyat sodir etilgan joyda edi; jinoyatning sodir etilish sharoiti; jinoyatchilarni ko‘rganmi, ularni tasvirlab bera oladimi; jabrlanuvchining ish holati qanday, uning ishga, atrofdagilarga munosabati qanday, chunki terrorchiik akt unga nisbatan sodir etilgan va unga xavf tug‘dirishi mumkin; jabrlanuvchining o‘zi tomonidan yuqori xavfli predmetlar topilmaganmi, sodir bo‘lgan holatlar uning mazkur predmet bilan noto‘g‘ri munosabati oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi xam mumkin; jinoyat sodir etilgan vaqtda jabrlanuvchining jismoniy holati qanday bo‘lganligini aniqlash lozim; jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishidan oldin, ayni vaqtdagi va sodir etilgandan keyingi harakatlari aniqlashtirilishi lozim. Guvohlar so‘roq qilinganda quyidagilar aniqlanishi lozim: qachon va qay sharoitlarda guvoh voqea joyida edi; ko‘rish va eshitish qobiliyatining darajasi aniqlanadi; guvoh qanday tashqi holatlarni kuzatgan (shovqin balandligi, xarakteri, tezligi, urish to‘lqini va boshqalarning mavjudligi); qanday oqibatlar kelib chiqdi (zarar darajasi va xarakteri); terrorchiik akt sodir etilish vaqtida yoki undan oldin hodisa joyida biror shubxali shaxslar (buyumlar) yo‘q edimi va h.k.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling