Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollari: 1.
Giyohvanlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatning kriminalistik tavsifini izohlang? 2.
o‘tkaziladigan dastlabki va keyingi tergov harakatlari?
1-kazus
A. ismli shaxs Samarqand shahridan Toshkent shahriga yo‘l olib, mashinasida Jizzax hududidan o‘tayotganda Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Avtoulov ko‘zdan kechirilganda uning ichidan oq kukun o‘ralgan salafan paket topildi bundan tashqari avtoulovning balonlari motor ichi va salon ko‘zdan kechirilishi boshlandi. Ushbu holatni aniqlashtirish uchun tergovchi qanday harakatlarni amalga oshirishi, qanday ekspertiza turlari o‘tkazilishi lozimligini aniqlang. Agarda ushbu holatda jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asoslar bo‘lsa, qaysi hududda jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi lozim hisoblanadi.
2-kazus E’tibor qarating! Topilgan narsa giyohvandlik xususiyatga ega ekanligi faqat ekspertiza vositasida aniqlanadi. Mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha kompleks sud-tibbiyot va sud-psixologik ekspertiza o‘tkazish va ekspertlar hal qilishi uchun ko‘pincha quyidagi savollarni qo‘yish kerak: tekshirilayotgan shaxs yaqinda giyohvand vosita qabul qilganmi; unda surunkali narkomanlik belgisi mavjudmi; u narkotik moddalarga qarshi o‘tkaziladigan majburiy davolatishga majburmi; u jinoyat sodir etilgan vaqtda giyohvandlik ta’sirida bo‘lganmi va boshqalar.
541
Urganch shahrining Sh.Adilov ko‘chasida yashovchi Axmad ismli shaxs tezkor - qidiruv xodimlarining ma’lumotiga qaraganda,narkotik moddalarni oldi - sottisi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Giyohvanlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda taxmin qilingan shaxs va uning mijozi qo‘lga olindi. Taksikologik ekspertiza o‘tkazilganda xulosa ijobiy chiqdi.
542
GLOSSARIY (Asosiy tushuncha va atamalar) Avtoqidiruv – olib qochilgan, o‘g‘irlangan va egasiz avtomototransportni hisobga olish;
qurollar, o‘q-dorilar, portlatish moddalari, o‘q otishdan, portlatishdan hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar, izlar va qoldiq moddalarni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi kriminalistika texnikasining bir tarmog‘i. Brouzerlar – zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan, begona personal kompyuterlarga ruxsatsiz kirish imkoniyatiga ega shaxslar. Davlat sud eksperti — davlat sud-ekspertiza muassasasining o'z xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o'tkazuvchi sud eksperti.
turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo'lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs; Giyovandlik vositalari – «Giyovandlik vositalari to'g'risida»gi BMTning 1961 yilgi Yagona Konventsiyasining I va II Ro'yxatlariga kiritilgan tabiiy yoki sun'iy tayyorlangan har qanday giyovandlik vositalari, «1961 yilgi «Giyovandlik vositalari to'g'risida»gi Yagona Konventsiyaga tuzatishlar haqida»gi 1972 yilgi Protokolga asosan kiritilgan tuzatishlar bilan birga. Hujjat – bu biror hodisani o‘zida yozma ravishda aks ettiruvchi moddiy ob’ektdir. Hujjatlarni qalbakilashtirish – bu hujjatning butun yoki bir qismiga o‘zgartirish kiritish yoki to‘liq sohtalashtirishdir. Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshirish - bu qator optik asboblar yordamida, oddiy lupalar, mikroskoplar, moslamalar, turli nur hosil qiluvchi manbalarni ishlatish bilan amalga oshirish jarayon.
bo‘lib, aynanlikni aniqlashni bildiradi. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila — ota-ona yoki ota- ona o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga etmaganlarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini
543
bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan oila.
voyaga etmagan shaxsni nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan yoxud uni ta’minlash, tarbiyalash va unga ta’lim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda bo‘lgan yoxud huquqbuzarlik yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlar sodir etayotgan voyaga etmagan; Imzo – bu qo‘lyozmaning o‘ziga xos xususiyatlarga ega alohida bir turi.
Ish — sud ekspertizasi tayinlangan fuqarolik, xo'jalik, jinoyat ishi (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish.
(pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo'lsa, uni o'tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo'li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko'chirish usulini yoxud pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo'lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir.
qonunchiligining talablari va hodisaning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda tergov vazifalarini, ularni yechish yo‘llari va usullarini aniqlash. Jinoyatning alohida turlarini tergov qilish – bu jinoyatning har bir turiga tegishli o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib tergov qilish, ularni ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan ilmiy qoidalar, texnik vositalar, taktik usullar va metodik qoidalar (tavsiyalar) majmuidir. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish – bu ilgari berilgan ko‘rsatuvlarni tekshirilayotgan voqea bilan bog‘liq joyda tekshirish yoki ularga aniqlik kiritish yo‘li bilan yangi holatlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati. Ko‘zdan kechirish – jinoyat izlari va ashyoviy dalillarni topish, tekshirilayotgan hodisa sharoitlarini va yuz bergan voqeaning boshqa holatlarini aniqlash maqsadida moddiy sharoit ob’ektlarini tergovchi
544
tomonidan bevosita kuzatish va tahlil qilishdan iborat protsessual harakat. Krekerlar – zamonaviy texnika vositalaridan yuqori darajada foydalana oladigan xavfli kiberjinoyatchilar. Kriminalistik fotografiya deganda tergov harakatlari va tezkor- qidiruv tadbirlarida, shuningdek, ekspert tekshiruvlarida qo‘llaniladigan ilmiy ishlab chiqilgan suratga tushirishning usullari tizimiga tushuniladi.
jinoiy voqea bilan sababli bog‘lanishda bo‘lgan narsalar haqida ma’lumotlarni qayd qilish, yig‘ish va tartibga solishning ilmiy usuliga aytiladi. Kriminalistik texnika – fanning bir bo‘limi bo‘lib, jinoyatlarni tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko‘chirib olish va tadqiq etishda qo‘llanadigan maxsus asbob-uskunalar, texnik vositalar haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar tizimi hisoblanadi. Kriminalistika – jinoyatni ochish va oldini olish maqsadida dalillarni izlash, yig‘ish, qayd etish va tadqiq etish bo‘yicha jinoyat- protsessual qonunida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalar, taktik usullar va metodlar to‘g‘risidagi fan.
metodologiyasi, kriminalistik texnika, kriminalistik taktika hamda jinoyatlarning alohida turlarini tergov qilish metodikasi.
holat bilan o'hshashligini aniqlashdan tashqari farqlash, ya'ni shu holatni unga o'hshash holatlardan ajratish, differentsiyalashtirish tushuniladi.
amaliyotida samarali foydalanishga yo‘naltirilgan texnik vositalar, taktik usullar va metodik tavsiyalarning yangilarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish; huquqbuzarlikning oldini olish vositalari va metodlarini vujudga keltirish va ularni takomillashtirish; kriminalistikada hozirgi tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlar: matematika, informatika, biologiya, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa fanlarni samarali joriy etish yo‘llarini izlab topish. Kriminalistikaning predmeti – jinoyatchilik mexanizmi, jinoyat va uning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotning vujudga kelishi, dalillarni to‘plash, tekshirish, baholash va foydalanish qonuniyatlari va ularni bilish asosida jinoyatlarni tergov qilish va oldini olishning maxsus vosita va usullari majmui.
545
Kriminalistikaning umumiy vazifasi – jinoyat sud ishlarini yuritish vazifalaridan kelib chiqadi va jinoyatni tez va to‘la ochishga ta’sir ko‘rsatishdan, aybdorni fosh qilish va qonunni to‘g‘ri joriy etishni ta’minlashdan, shaxs, uning huquqi va erkinliklari, mol-mulkini, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoyasini ta’minlash. Metod – bu ma’lum maqsadga erishish uchun tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalarni tadqiq etish usullari. O‘zlashtirish deganda, aybdor shaxsning o‘ziga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan mulkni g‘ayriqonuniy ravishda ushlab turib, keyin uni o‘z foydasiga olishi tushuniladi. Pasport – qidirilayotgan shaxslarning pasportlarini va pasportlarning o‘g‘irlangan blankalarini hisobga olish; Psixotrop modda – BMTning «Psixotrop moddalar haqida»gi 1971 yilgi Konventsiyasining I, II, III va IV Ro'yxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yoxud har qanday tabiiy material.
cheklanib qoluvchi mahoratsiz va tajribasiz shaxslar. Rastrata deganda, qonunga xilof ravishda o‘zganing mulkini sotish, sarflash, iste’mol qilish, hadya qilish va h.k. yo‘llar bilan begonalashtirish tushuniladi.
sohasida maxsus bilimlarga ega bo'lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs.
ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va
sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat.
ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san'at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o'tkazish va xulosa berishdan iborat bo'lgan protsessual harakat.
o'tkazish bo'yicha faoliyat. Taktik qaror – bu tergovchining shaxsiy tajriba, kasbiy mahorati va ishonchiga asoslangan tergov vaziyati tahlili, jinoyat sodir etish usullari va ularni amalga oshirish mexanizmlarini, kriminalistika ilmiy
546
tavsiyalarini bilishga, harakatlarning optimal variantini tanlashga yo‘l ko‘rsatadigan tergov faoliyati. borasidagi adi. Taktik usul – bu tergovni yuritayotgan shaxs xatti-harakatlarining jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan bog‘liq vazifalarni samarali hal qilish imkonini beradigan maqbul uslub.
identifikatsiyalash; Tergov eksperimenti – jinoyat ishini tergov qilish jarayonida sodir bo‘lgan hodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini tajriba usulida tekshirishga oid kriminalistik taktika tizimida mustaqil tergov harakati.
samaraga erishish maqsadida jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olishda qo‘llaniladigan kriminalistikaning umumnazariy qoidalari, mantiq, psixologiya, sud etikasi va boshqa ilmiy bilimlardan foydalanishga asoslangan dastlabki tergovning taktik usullari va metodlarining tergovni rejalashtirishning majmuidir. Tergov vaziyatlari – bu jinoyat ishini tergov qilishda muayyan holatini aks ettiradi va shu bois vaziyat tahlilini to‘g‘ri amalga oshirish tergov faoliyatini tashkil etishning eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs; Terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy- texnika jihatidan ta'minlashdan iborat bo'lgan faoliyat.
sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko'rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi.
qo'lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob'ektlarni bosib olish, shikastlantirish, yo'q qilish, portlatishlar, o't qo'yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo'rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo'lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo'q qilish, aholi gavjum
547
joylarda va ommaviy tadbirlar o'tkazilayotganda vahima ko'tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog'lig'iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo'li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug'dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish. Terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
qo'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta'minlash hamda
terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o'zaro bog'liq maxsus tadbirlar majmui.
yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo'shlig'i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, xonalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkaziladigan doiradagi ularga tutash hududlar. Terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob'ektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar. Terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud bo'lishi va ishlab turishini ta'minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko'maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag'-vositalar, resurslar berishga yoxud yig'ishga, boshqa xizmatlar ko'rsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish.
548
Texpasport – avtomototransportning o‘g‘irlangan va yo‘qotilgan texnik pasportlarini hisobga olish; Trasologiya – fransuzcha “la tras” - iz, grekcha “logos”-ta’limot so‘zlarining birikuvidan hosil bo‘lib, “izlar haqidagi ta’limot” degan ma’noni anglatadi.
(o‘zboshimchalik ) bilan kirish yo‘llari, usullari bilan shug‘ullanuvchi yuqori malakali EXM foydalanuvchisi yoki programmist.
chiqadigan terrorizm. Yuklar – temir yo‘l va havo transportida o‘g‘irlangan bagaj va yuklarni hisobga olish. 549
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI RAHBARIY ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma’ruza (2001-yil 29-avgust) // Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10. – T.: O‘zbekiston, 2002.
-429 b. 2.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. –320 b.
3.
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizlik o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T.12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. –400 b. 4.
I.A. Bizning
bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi, 2005-yil 28-yanvar // O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T.13. – T.: O‘zbekiston, 2005. 448 b. 5.
T.14. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. – 280 b. 6.
Karimov I.A.
Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. – 320 b. 7.
I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish
va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 368 b. 8.
Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimizdir. T.17. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009. – 280 b. 9.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza, 2010 yil 12 noyabr. – T.: O‘zbekiston, 2010. -56 b. 10.
Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. – 80 b.
550
11.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish – mamlakatimiz rivojining asosiy mezoni. T.19. Toshkent: O‘zbekiston, 2011. – 291 b.
12.
Karimov I.A. Bizning yo‘limiz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. T.20. Toshkent: O‘zbekiston, 2012. – 320 b.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling