Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Texpasport”
- Ro‘yxatga olish turlari Tezkor ma’lumotli Tezkor-qidiruv Kriminalistik
- Ekspert-kriminalist bo‘limlarining kolleksiya va kartotekalari
- Tartibga solish usullari
E’tibor qiling! O’zbekiston Respublikasi IIVda yuritiladigan AAQT jumlasiga quyidagi tizimlar kiradi: “Tanib olish” – tanilmagan murdalarni hisobga olish va identifikatsiyalash; “Xabar qilish” – qidiruv e’lon qilingan shaxslarni hisobga olish; “Pasport” – qidirilayotgan shaxslarning pasportlarini va pasportlarning o‘g‘irlangan blankalarini hisobga olish; “Texpasport” – avtomototransportning o‘g‘irlangan va yo‘qotilgan texnik pasportlarini hisobga olish; “Avtoqidiruv” – olib qochilgan, o‘g‘irlangan va egasiz avtomototransportni hisobga olish; “Yuklar” – temir yo‘l va havo transportida o‘g‘irlangan bagaj va yuklarni hisobga olish. 160
Ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylarda topilgan noma’lum jinoyatchilarni va ichki ishlar organlari tomonidan hisobga olingan shaxslarni daktiloskopik hisobga olish ikkita kartotekada yuritiladi: - ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olingan qo‘l izlarining fotosuratlari (izlar kartotekasi); - ichki ishlar organlarida hisobga olingan shaxslarning daktilokartalari (daktilokartotekalar)dan iborat bo‘ladi. Hisobga olish shahar, tuman, yo‘l ichki ishlar organlarining mahalliy ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan olib boriladi. Daktilokartalar yordamida hodisa sodir bo‘lgan joyda kim iz qoldirganini hamda ayni bir shaxs hodisaning turli joylarida iz qoldirgan-qoldirmaganini aniqlash mumkin. Izlar kartotekasi ikki guruhda bo‘ladi. Birinchisida qo‘l barmoqlarining ekspertiza tomonidan papillyar naqsh tipi va turi aniqlangan izlarining fotosuratlari turadi. Mahalliy bo‘linmalar fotosuratlarining dublikatlari yuqori turuvchi ekspert-kriminalistika bo‘linmalariga yuboriladi. Ana shu izlar kartotekasi bo‘yicha gumon qilinuvchilarning daktilokartalari va ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylarda yangitdan to‘ldirilgan kartalar, shuningdek, ichki ishlar organlarida hisobga olingan shaxslarning daktilokartalari tekshiriladi. Izlar kartotekasining ikkinchi guruhi naqshining tipi va turi aniqlanmagan qo‘l barmoqlarining, shuningdek, kaftlar izlarining fotosuratlaridan iborat bo‘ladi. Bu guruhdan muayyan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan shaxslarning daktilokartalarini tekshirish uchun foydalaniladi. Daktilokartoteka ichki ishlar organida hisobda turgan shaxslarning daktilokartalarini (ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi ochilmagan jinoyatlar sodir
bo‘lgan joylardan olingan qo‘l barmoqlarining izlari tekshiriladi) hamda jinoyat qidiruv xizmatlaridan, tergov bo‘limidan tushadigan daktilokartalarni o‘z ichiga oladi. Bu guruhdan gumon qilinuvchilarning daktilokartalarini tekshirish uchun foydalaniladi. Giyohvandlik vositalarini va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini olish uchun qalbaki doriqog‘ozlarni (tibbiy retseptlarni) hamda ularni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning dastxati namunalarini hisobga olish - mahalliy hisobga olish turi bo‘lib, IIV, IIB kriminalistika bo‘limlarida yuritiladi. Uni yuritish shakli aralash – kartotekalar va kolleksiyalar tariqasida bo‘ladi. Qalbaki doriqog‘ozlar kartotekalari yordamida bir nechta doriqog‘ozning yagona manbaini, 161
shuningdek, muayyan tayyorlovchilarni aniqlash mumkin. Dastxat namunalari kolleksiyasi doriqog‘ozdagi matn muayyan shaxs tomonidan yozilganligini aniqlashda yordam beradi. Tergovchi o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni olish uchun surishtiruv organiga beriladigan alohida topshiriqnomada qalbaki
doriqog‘oz, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi qaysi hisob bo‘yicha va qanday maqsadda tekshirilishini ko‘rsatishi zarur. Buzib ochish qurollari va asboblar izlarini hisobga olish ham mahalliy bo‘lib, ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olingan, IIV, IIB ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida turgan izlar va asboblar kolleksiyasi tarzida olib boriladi. Bu hisobga olish yordamida bitta qurol bir necha jinoyatni sodir etishda qo‘llanilganligini aniqlash mumkin. Kolleksiyada ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joydan topilgan buzib ochish qurollari va olingan nusxa (qolip) tariqasidagi izlar turadi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida topilgan qurol o‘qlari, gilzalari va patronlarini hisobga olish – bu markazlashgan- mahalliy bo‘lib, ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida: markazda – O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda, joylarda – IIV, IIB, TIIB EKBda turgan o‘qgilzotekalar deb ataluvchi kolleksiyalar tariqasida olib boriladi. Markazlashtirilgan o‘qgilzoteka jinoyatlar munosabati bilan olib qo‘yilgan soyli o‘qotar qurol izlari bo‘lgan o‘qlar, gilzalar, patronlar, shuningdek, ichki ishlar organlari foydalanishidagi, yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangan quroldan tajriba tariqasida otib olingan nazorat gilzalaridan jamlanadi. Mahalliy o‘qgilzotekalarga markazlashtirilgan o‘qgilzotekaning ob’ektlariga ochilgan axborot kartochkalari joylashtiriladi. Joylarda ov qurollari patronlarining, silliq stvolli yoki pnevmatik quroldan otilgan snaryadlarning gilzalari, shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan soyli o‘qotar qurol izlari bo‘lgan o‘qlar, gilzalar va patronlar hisobga olinadi. Mazkur hisobga olish yordamida bir qancha jinoyatlarni sodir etishda bitta nusxadagi quroldan foydalanilganligi aniqlanadi va jinoyatni sodir etishda qo‘llanilgan qurol olib qo‘yilgan, topib olingan, ixtiyoriy ravishda topshirilgan qurollar orasidan aniqlanadi. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olib qo‘yilgan o‘qlar, gilzalar va patronlar tergovchi tomonidan ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror bilan birgalikda, jinoyat ochilgani yoki ochilmaganligidan qat’i nazar, hududiy ekspert muassasasiga topshiriladi. Ekspertiza o‘tkazilganidan
162
keyin ob’ektlar O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB o‘qgilzotekasiga tekshirish va vaqtincha saqlash uchun yuboriladi. SHuningdek, davlat muassasalarida, jamoat tashkilotlarida yoki ayrim fuqarolarda g‘ayriqonuniy saqlangan olib qo‘yilgan yoki ixtiyoriy ravishda topshirilgan soyli o‘qotar qurollar: revolverlar, pistoletlar, avtomatlar, karabinlar, kichik kalibrli va jangovar qirqma vintovkalar va karabinlar, yasama soyli qurollar O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB o‘qgilzatekasi tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak. Ular tergovchi tomonidan mahalliy ekspert bo‘linmasiga yuboriladi. Jinoyatni sodir etishda muayyan nusxadagi tekshirilayotgan qurol qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, tergovchi ekspertiza o‘tkaziladigan joy to‘g‘risidagi masalani hal qiladi. Qalbaki qog‘oz pullarni hisobga olish ham markazlashtirilgan- mahalliy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda olib boriladi. Uning yordamida qalbaki tanga va qog‘oz pullarning tayyorlanish usuli va texnologiyasi bo‘yicha kelib chiqishi umumiy ekanligi aniqlanadi, shuningdek, ularni tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etiladi. Bitta to‘p qalbaki pullarning old va orqa tomonlari fotosuratlari bo‘lgan hisobga olish kartochkalaridan, ikkinchisi asl holidagi namunalar kolleksiyasidan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda qalbaki pul belgilarining turli kartotekalari mavjud. Bular: poligrafiya usulida yoki texnik vositalar yordamida tayyorlangan qog‘oz pullar; rasmi chizib yasalgan pullar; chet el valyutasi va metall tangalar. Poligrafiya usulida tayyorlangan qalbaki hujjatlarni hisobga olish – markazlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda olib boriladi. Bu hisobga olish yordamida bosma ish qog‘ozlari (blankalari) bitta klishedan, matbaa harflari termasidan foydalanib, tayyorlangan qalbaki hujjatlarning kelib chiqishi umumiyligi, shuningdek, ularni tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlanadi. Hisobda qalbaki hujjatlarning fotonusxalari kartotekasi va bosma ish qog‘ozlarining kolleksiyasi mavjud bo‘ladi. Hisobga olish to‘plamasida uchta bo‘lim bor, bular: oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomlar va diplomlarning blankalari, haydovchilik guvohnomalari va ularning blankalari, boshqa hujjatlar. Haqiqiyligi shubha tug‘dirgan hujjat tergovchi tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun mahalliy ekspert bo‘linmalariga yuboriladi, shundan so‘ng uning asl nusxasi yoki fotonusxasi, ekspert xulosasining nusxasi, axborot kartochkasi Respublika IIV EKBga yuboriladi.
163
Kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar majburiy, tavsiya qilinadigan va fakultativ (ixtiyoriy) turlarga bo‘linadi. Majburiy –buzib ochish quroli sifatida foydalaniladigan asboblar va boshqa narsalarning; poyabzal tagcharmi va ustki qismi tasvirlarining; faralar nur tarqatgichlari-ning; avtomototransport lak- bo‘yoq qoplamalarining; avtomototransport shinalari protektorlari izlarining kolleksiyalaridir. Tavsiya qilinadigan – chet elda ishlab chiqarilgan plombalarning; metallni termik kesish apparatlarini qo‘llanish izlarining; qulflarning; muhrlar va shtamplar bosilgan izlari (bosma nusxalari)ning; tolali materiallarning; hayvonlar junlarining; yonilg‘i-moylash materiallarining; xonaki
usulda tayyorlangan giyohvandlik moddalarining va eng ko‘p tarqalgan kuchli ta’sir qiluvchi farmatsevtik dorilarning kolleksiyalaridir. Fakultativ – bular sovuq qurol, porox va portlovchi moddalarning; engil avtomobillar va mototsikllar dvigatellarida tartib raqamlari tushirilgan puansonlar izlarining; yopishtiruvchi moddalarning; yozuv materiallarining, qog‘ozlarning (bosmaxona, mashinkada yozuv va ro‘zg‘or qog‘ozlarining) kolleksiyalaridir. IIV ekspert-kriminalistika bo‘limlarida barcha
turdagi kolleksiyalar vujudga keltiriladi; shahar (tuman) organlarining ekspert- kriminalistika guruhlarida tavsiya qilinadigan va fakultativ kolleksiyalar vujudga keltirilishi mumkin. Kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar ob’ektlarni asl holida, shuningdek, ularning tasvirlarini: fotosuratlari, videotasvirlari, nusxa olingan qoliplari, ta’rif-tavsifini o‘z ichiga olishi mumkin. Buzib ochish qurollari sifatida foydalaniladigan asboblar va boshqa narsalar kolleksiyalari sanoat usulida tayyorlangan narsalarning xossalari, shakli, o‘lchamlari va boshqa alomatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kolleksiyalar fondi jinoyatlarni fosh etish amaliyotini tahlil etish, trasologiya ekspertizalari, shuningdek, xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi korxonalar va savdoga keltirilayotgan buyumlar turlarini o‘rganish asosida belgilanadi. Poyabzal tagcharmi va ustki qismi tasvirlarining ma’lumot tariqasidagi kolleksiyasida muayyan artikul, fason, modeldagi tagcharmlar va poyabzallarning hodisa sodir bo‘lgan joyda iz qoldirgan poyabzal qaysi guruhga mansubligini aniqlash uchun mo‘ljallangan rasmlari turadi. Poyabzallar tagcharmi va ustki qismi tasvirlarini hamda
164
ular haqidagi ma’lumotlarni ma’lumotnoma nashrlardan, kataloglardan, savdo korxonalaridan va ekspertiza amaliyotidan olinadi. Metallni qirqish
namunalarining ma’lumot tariqasidagi kolleksiyasi metallni termik va mexanik usulda qirqish uchun qo‘llaniladigan, seyflar va boshqa metall to‘siqlarni buzib ochish uchun foydalaniladigan apparatlar turini, qirqish vaqtini va jinoyatchining ana shu apparatlardan foydalana olish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangandir. Tolali materiallarning ma’lumot tariqasidagi kolleksiyasi kelib chiqishi hayvonotga, o‘simlikka oid va kimyoviy tolalar, gazlamalar va sun’iy mo‘yna namunalari. Mikroob’ektlar bilan ishlashda foydalaniladi. YOnilg‘i-moylash materiallarining ma’lumot tariqasidagi kolleksiyasi neftni qayta ishlovchi, sanoat, savdo korxonalaridan olingan, ekspertizaga kelib tushadigan asl holidagi namunalardan to‘planadi. Asl holidagi namunalardan olingan spektrlar va xromatogrammalar atlasi tuzib boriladi. Kolleksiyadan tekshirish uchun olib kelingan yonilg‘i-moylash materiallari tarkibini aniqlashda foydalaniladi. Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir etuvchi moddalar kolleksiyasi asl holidagi namunalarni va ulardan olingan spektrlar atlasini o‘z ichiga oladi. Tekshirish uchun keltiriladigan notanish giyohvandlik vositalarini va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarkibini tezkor aniqlash uchun mo‘ljallangan. SHu tariqa, kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar ma’lumotlar banklari vazifasini bajaradi. Ular yordamida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Ulardan ekspress tekshiruvlarni o‘tkazish, ekspertizalarni bajarish, tezkor tahlil qilish uchun foydalaniladi. Ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar ayrim to‘plarining videonusxalari tezkor amaliyotda foydalanish uchun ko‘chma kriminalistika laboratoriyalariga joylashtiriladi va hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida foydalaniladi.
165
Ro‘yxatga olish turlari Tezkor ma’lumotli Tezkor-qidiruv Kriminalistik
hibsga olingan, ayblangan, sudlangan, qidiruvda bo‘lgan, jinoyat sodir etgan, ammo jamoatchilik ta’siri chorasi
qo‘llanilganligi munosabati bilan jinoiy
jazodan ozod
etilgan shaxslarga doir; chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet elda yashayotgan fuqarolar sodir etgan
huquq- buzarliklar va jinoyatlarga doir ma’lumotlar ro‘yxati
qidiruv e’lon qilingan, bedarak
yo‘qolgan shaxslar, tanib olinmagan murdalar, kimligi ma’lum bo‘lmagan bemorlar va bolalar, o‘g‘irlangan antikvar buyumlar va madaniy boyliklar o‘g‘irlangan, yo‘qolgan o‘q otish qurollari, umumdavlat muomalasidagi o‘g‘irlangan hujjatlar, tartib raqamli buyumlar qidirilayotgan va egasi yo‘q avto-transportlar operativ ahamiyatga molik shaxslarning daktokartotekalari, ochilmagan jinoyatlar joyidan
olingan daktoizotekalar, jinoyatni sodir etish usuliga ko‘ra o‘q, gil’zoteka, qalbaki pullar va
qimmatbaho qog‘ozlar, matbaa usulida tayyorlangan hujjatlar, qalbaki tibbiy retseptlar va qalbakilashtiruvchi shaxslar dastxatining namunalari, ovoz va nutq fotolentasi, buzish qurollari izlarining kolleksiyasi
O’qotar va sovuq qurollar hamda qurol-aslahalar kolleksiyasi; Turli buyum va materiallar kolleksiyasi; Detal va jihozlar (poyabzal poshnalari, fara shishalari) kolleksiyasi; Spektrlar, xromotogrammalar, rentgenogrammalar; Ovoz, nutq, shovqin fonotekasi; Turli kataloglar.
166
Kriminalistik ro‘yxatga olish usullari Криминалистик рўйхат объектларини тартибга солиш Kartotekalar Kriminalistik ro‘yxat ob’ektlarini tartibga solish – bu ularning maxsus joylashuvi bo‘lib, ro‘yxatga olingan ob’ektlar haqida ma’lumotlar axborot qidirishning tez va qulayligini ta’minlaydi Aralash
Izlar jamlanmasi Albomlar Kolleksiyalar Jurnallar Ro‘yxatlar Ma’lumotlar yoki ma’lumotlar bankining kompyuter bazalari
Xronologik Daktiloskopik Alfavitli Tashqi alomat- lariga ko‘ra Elektron-hisoblash
167
Nazorat savollari:
Kriminalistik ro‘yxatga olishning ahamiyatini amaliy misollar yordamida izohlab bering.
Kriminalistik ro‘yxatga olish tizimi qanday? Kriminalistik ro‘yxatning qanday turlarini bilasiz?
Yunusobod tumani IIV xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazilishi natijasida Azizova S.ning xonasidan qalbaki pul banknotlari topildi, shuningdek qalbaki banknotlarni chiqarishga mo‘ljallangan mashinka topildi. Qalbaki pul banknotlarining qalbakilashtirish usuli tekshirib ko‘rildi. Azizova S. Besh yildan beri pul banknotlarini qalbakillashtirish bilan shug‘ullanib kelayotganligini ma’lum qildi. Mazkur vazichtda tergovchi tomonidan qanday tergov harakatlari o‘tkazilishi lozim? Oldingi jinoyatlarni ochishda kriminalistik ro‘yxatga olish tergovchiga samarali yordam bera oladimi?
CHirchiq kanalidan noma’lum shaxsning murdasi topildi. Murdaning yuz qismiga jarohatlar etkazilganligi va murdaning holati tanib bo‘lmas darajada ekanligi tufayli uning shaxsi aniqlaamadi. Sud tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, SHaxs boshiga og‘ir tan jaroxati etkazilishi natijasida o‘lganligi, so‘ngra murda suvga tashlab yuborilganligi va o‘lim kelib chiqishi vaqti aniqlandi. Ushbu vaziyatda shaxsi no’malum murdaning shaxsi qanday aniqlanadi? SHaxsi aniqlanmagan murdalar bo‘yicha qanday ro‘yxat yuritiladi? 168
III BO‘LIM. KRIMINALISTIK TAKTIKA 12-MAVZU. KRIMINALISTIK TAKTIKANING UMUMIY QOIDALARI Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi. Kriminalistik taktika tizimi.
Taktik usullar, taktik qarorlar, tergov vaziyatlari va kriminalistik taktikaning boshqa qoidalari. Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi
atamasini jinoyatlar bo‘yicha tergovni amalga oshirayotgan shaxslarning faoliyatiga tatbiqan ilk marotaba XIX asr oxirida nemis olimi A.Veyngardt qo‘llagan.
Kriminalistik taktikaning bosh vazifasi tergov harakatlari va tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi kriminalistik faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha tergovni uning barcha ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari tizimini oqilona tashkillashtirish yo‘li bilan yuritishdan iborat. Dastavval kriminalistikada taktik jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan shug‘ullanadigan shaxslarga ularning ishlarini rejalashtirish yuzasidan beriladigan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalarining majmui tariqasida maydonga kelgan. Bora-bora uning mazmun-mohiyati o‘zgarib, an’anaviy qoidalar bilan bir qatorda kriminalistik taktikaga tergov faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq talay yangi nazariyalar, ta’limotlar, tavsiyalar qo‘shila bordi. Keyinroq esa jinoyatlarning ayrim
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling