Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling!
- Ma’lumot uchun!
- “matematik tahlil” uslubi
- Dastxatshunoslik va muallifshunoslik tekshiruvini o‘tkazish uchun material tayyorlash
- Nazorat savollari
- 9-MAVZU. HUJJATLARNI KRIMINALISTIK- TEXNIK TEKSHIRISH
- Kriminalistik texnika tekshiruvi tushunchasi, vazifasi va turlari
- E’tibor qiling! Kriminalistik texnika tekshiruvining ob’ektlari
- E’tibor qiling! Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshiruv vazifalari quyidagilardir
- 1. Hujjatning matnidagi ayrim yozuvlarni (harf, raqam, imzo) o‘chirish va o‘rniga boshqa yozuv kiritish.
Kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi
Hujjat matnlarining muallifini aniqlash masalasi kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi vakolatiga tegishli bo‘lib, xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishda uning mazmuniga tegishli bo‘lgan sifat belgilari og‘zaki nutq xususiyatlarini tadqiq etish asosida shakllanadi. Dastxatni aynan yozgan shaxs aniqlansa-da nutq, uning mazmuni ikkinchi shaxsga tegishli bo‘ladi, ya’ni biri aytib turadi, ikkinchisi esa yozadi.
Sud va tergov amaliyotida shaxsi noma’lum (anonim) xatlar, muallifi noma’lum bo‘lgan adabiy va ilmiy asarlar (bunga qo‘lda yozilgan matnlar bilan birga pechatlash vositasida bajarilgan hujjatlar ham kiradi) ning muallifini aniqlashga zarurat tug‘iladi. Ba’zida jinoyatchi o‘z maqsadini amalga oshirish uchun jabrlanuvchiga zo‘rlik yoki tahdid ishlatib, ma’lum mazmundagi xatni yozishga uni majburlaydi, matnning mazmunini aytib (diktovka qilib) turadi. Bu holda xatni bajaruvchi shaxsning qo‘lyozmasidagi umumiy va xususiy belgilar uning dastxatini aks ettirsa-da, matnning mazmuni undagi og‘zaki nutq belgilarini aks etishi hujjatning muallifi boshqa ekanidan xabar beradi. Xatdagi og‘zaki nutq belgilari muallifning umumiy saviyasini belgilaydi. Bularga nutqning xususiyati, so‘z boyligi darajasi, so‘zlarni
122
o‘z o‘rnida ishlatilishi, jumla tuzilishi, so‘zlashuvda saqlangan sheva va xorij so‘zlar-iboralarni qo‘llash, grammatik, orfografik, leksik va boshqa xususiyatlar kiradi. Hujjatlarning matn-mazmunini tekshirish masalasiga kriminalistik xatshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan bir qatorda tilshunoslar, filologlar va tekshiriluvchi matnning mazmuniga oid tegishli mutaxassislar jalb etiladi va ularning hamkorligida hal etiladi. Muallifshunoslik ekspertiza tekshiruvining asosini inson
so‘zlashuv nutqining shakllanishi, ma’lum bilimlar tizimi asosida rivojlanishi, mukammallashishi va
insonning individual nutq xususiyatlarining xatda aks etish qonuniyatlari tashkil qiladi. Kriminalistika muallifshunoslik matnni identifikatsiya nazariyasini, lingvistika, psixologiya, sotsial lingvistika, psixolingvistika bilimlarining ayrim nazariy holatlari bilan bog‘liq ravishda tahlil etib, muallifni aniqlash vazifasini bajaradi.
Kriminalistik muallifshunoslik ekspertiza ob’ektlari qatoriga turli hujjatlarning qo‘lyozma, shuningdek, pechatlash vositasida bajarilgan matnlar, ko‘paytirilgan poligrafiya mahsulotlari kiradi. Matn so‘z birikmalari va jumlalari yig‘indisidan iborat bo‘lib, ma’lum ma’no- mazmunni ifoda qilmog‘i zarur.
Muallifshunoslik ekspertizasini o‘tkazish uchun xatshunoslik tekshiruviga o‘xshash taqqoslash uchun xat namunalari zarur bo‘ladi. Xat namunalari muallifi noma’lum jinoyat ishiga aloqasi bo‘lgan, E’tibor qiling! Mazkur tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - xatning aynan muallifini aniqlash (identifikatsiyaviy masala); - matn muallifining umumiy bilim darajasi, kasbi, mutaxassisligi va boshqa xususiyatlari asosida ma’lum guruh mansubligini belgilash (guruhga mansublik-diagnostik masala). Ma’lumot uchun! Ekspert mutaxassislarning amaliyotiga ko‘ra, matnni identifikatsiyaviy tadqiqot ob’ekti bo‘lishi uchun u taxminan 500 so‘zdan kam bo‘lmasligi lozim, aks holda matndagi nutq belgi alomatlari aniq xulosa chiqarishga yetarli bo‘lmay qoladi. 123
hujjatlarni bajarishda gumon qilingan shaxslarning qo‘lyozmalari, pechatlash va ko‘paytirish poligrafiya mahsulotlari kabi matnlar hisoblanadi. Namunalar xatshunoslik tekshiruviga taqdim etiladigan ob’ektlar kabi erkin, eksperimental va oraliq vaqtiga tegishli bo‘lgan xatlar bo‘lishi mumkin. Tasniflashga oid guruhga mansublik va diagnostik masalani hal qilish uchun hozirgi kunda ekspertiza faoliyatida nazariy va uslubiy asoslar ishlab chiqilgan. Hujjatlarning matni mazmunini tahlil qilish bilan uning muallifini alohida guruhga mansubligi masalasi hal qilinmoqda. Masalan, hujjatdagi matn qaysi millat tilida yozilganligiga qarab muallifga nisbatan bu til-ona tili bo‘lib hisoblanadimi yoki boshqa xorij til ekanligini aniqlash mumkin. Muallifshunoslik tekshiruvi bir necha bosqichdan iborat: birinchi bosqichda ekspertizaga yuborilgan material bilan tanishib chiqib,
qaror-ajrimda belgilangan tadqiqot vazifasi, tekshiruv ob’ektlarining soni, sifati etarli va yaroqli ekanligi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda tekshiriluvchi va namuna ob’ektlar har biri alohida ko‘zdan kechirilib tahlil qilinadi, ulardagi nutq xususiyatiga tegishli bo‘lgan sifat belgilari: leksika, sintaksis, jumla tuzish va fikrni yozma shakllantirishning o‘ziga xosligi aniqlanadi. Tekshiriluvchi mualliflar soni qancha bo‘lsa, har birining xat namunalari alohida- alohida guruhga ajratilib, alohida qiyoslanib tadqiq etiladi. Solishtirib tekshirish natijasida ma’lum belgi xususiyatlarining o‘xshashligi yoki qarama-qarshilik holatlari asosida tegishli xulosalarning asoslari shakllanadi. Tekshirilayotgan muallifning aynanligi yoki uni ma’lum bir guruhga oidligi (ma’lumoti, saviyasining darajasi, mutaxassisligi va boshqa xususiyatlari)ga ko‘ra baholanib xulosa qilinadi. Hozirgi kunda dastxatshunoslik va muallifshunoslik tadqiqotida
ob’ektlarning turli sifat belgilari matematik tavsiflash uslubiyotida ikki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan sifat xususiyatlari asosida ishlatiladi: a) tekshiruv ob’ektining belgi-xususiyatlari mustahkam va individual bo‘lish sifati; b) bir xildagi belgi-alomatlarning miqdori bir shaxsning xatidagi umumiy va xususiy belgilarining yig‘indisi ikkinchi shaxsning xatida takrorlanmasligi, uning sifat omili bo‘lsa, ayrim mustahkam shakllangan belgilarning bir ob’ektda qayta takrorlanishi esa miqdor sifatini tavsiflaydi.
124
Ob’ektning sifat belgilari doimiy yoki ma’lum vaqtgacha mustahkam va o‘zgarmaydigan bo‘lishi matematik statistika va taxminiy nazariyaning zarur bo‘lgan shart-sharoitidir. SHu bilan birga xatning variantligi, turli sabablar tufayli o‘zgarishi, uning sifat belgilarini nisbiy mustahkamligini tasdiqlaydi. Diagnostik ma’lumotlardan darak beruvchi belgilar xatning ma’lum sharoitlarda yozilishi, turli sabablarning ta’siri natijasida odat bo‘lib qolgan yozish uslubiga o‘zgarishlar kiritilishidan kelib chiqadi. Dastxatshunoslik va muallifshunoslik ekspertizalar xulosasi boshqa ekspertizalar tekshiruvlari kabi jinoyat ish yuzasidan dalil manbai bo‘lib hisoblanadi va umumiy qoidalar asosida baholanadi.
material tayyorlash Ekspertiza tayinlashning umumiy protsessual tartibi JPKning 180- moddasida ta’kidlangan unga binoan, surishtiruv, tergov organi va sud ekspertiza tayinlash haqida qaror yoki ajrim chiqaradilar. Qaror (ajrim)da ekspertiza o‘tkazish sabablari ish uchun hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar, ularni echishda qo‘llanadigan maxsus bilim sohasi, shu bilimga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etish zarurati ko‘rsatiladi. SHuningdek, ekspertizaga hujjatlar, ularni tekshirishga vosita bo‘lgan dastxat (imzo) namunalari va boshqa ob’ektlar ham yuboriladi. Xatshunoslik ekspertizasining xulosalari to‘la va asosli bo‘lishi uchun tekshiriladigan hujjatning qachon, qanday sharoitda tuzilganligi, qaerdan olinganligi, matnlarni yozishda, rasmiylashtirishda gumon qilingan shaxslar va ularning tushuntirishlari kabi ma’lumotlar qaror (ajrim)da ko‘rsatilmog‘i lozim. Zarur bo‘lgan hollarda ekspert jinoyat ishi materiallarining ekspertiza tekshiruviga tegishli bo‘lgan holatlari bilan ham tanishib chiqishi mumkin. Bu ma’lumotlar ekspertiza tayinlash haqidagi qarorning bayonot qismida ko‘rsatiladi yoki ish materialining tegishli qismi ekspert ixtiyoriga topshiriladi.
125
Ekspert ixtiyoriga yuborilayotgan hujjatlarning har birining nomi, raqami, sanasi va boshqa rekvizitlari ko‘rsatiladi. Jinoyat ishi yuzasidan ashyoviy dalil bo‘lgan ob’ektlarni olish, rasmiylashtirish, saqlash va ekspertizaga yuborishda qo‘llanadigan umumiy tartib qoida, tekshiriluvchi ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarga ham to‘liq tatbiq etiladi. Ekspert tadqiqotining muvaffaqiyatli, ya’ni to‘liq, asosli va ob’ektiv bo‘lish solishtirib tekshirish uchun olinadigan dastxat - imzo namunalarining soni va sifatiga bog‘liqdir. Qo‘lyozmani bajarishda gumon qilingan har bir shaxsning erkin va eksperimental xat namunalari etarli hajmda bo‘lishi lozim. Erkin namunalar shaxsning o‘qish, xizmat va turar joylaridan olinadigan hujjatlardir. Tergovchi namunalarni ekspertizaga yuborishdan avval erkin dastxat va imzo namunalari kim tomonidan bajarilganligini aniqlab olgach, gumon qilinuvchining tasdiqlovchi yozuvi va imzosi bilan rasmiylashtirib mustahkamlaydi. Erkin namunalar imkoni boricha ko‘proq bo‘lib, tekshiriluvchi hujjatdan tuzilish vaqtiga nisbatan katta farq bo‘lmasligi kerak. Eksperimental dastxat namunalari ekspertiza tayinlayotgan xodim tomonidan olinib, gumon qilinuvchi tomonidan yoziladi. Tekshiriluvchi hujjatdagi yozuvda mavjud bo‘lgan so‘z birikmalari, jumla, tuzilishlari, raqamlarning yozilish xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgan matnni taklif qiladi yoki o‘zi uni aytib turib yozdiradi. Dastxat va imzo erkin namunalari jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan holatda yozilgan bo‘lganligi uchun ulardagi individual aynanlik belgi sifatlari deyarli o‘zgarmaydi, aksincha mustahkam bo‘ladi. SHuning uchun ekspertiza tayinlashda erkin namunalarga ko‘proq e’tibor berilishi lozim.
Imzo namunalarini olishda gumon qilinuvchining qo‘l qo‘yishida imzolarning necha turda bo‘lishiga qarab, o‘shancha variant - turda talab Ma’lumot uchun! Qaror, ajrimda ekspert hal qiladigan masalalar aniq va ravon savollar tariqasida ko‘rsatiladi. Masalan; “15.05.1995 yilda “M” nomidan yozilgan arizaning chap tomonidagi “tekshirib hal qilinsin...” - degan yozuv “M” tomonidan yozilganmi. Yozuv tagida “R” ning nomidan qo‘yilgan imzoni “R” ning o‘zi bajarganmi? Arizaning asosiy matni yuqoridagi buyruqni ifoda etuvchi yozuv va imzolar bir kishi tomonidan yozilganmi? kabi savollar bo‘lishi mumkin.
126
qilinadi. Imzo namunalarini bajarishda gumon qilinuvchi har bir varaqqa alohida yozishi talab qilinadi, oldingi yozilgan imzosini kuzatib turish imkoni bo‘lmasligi lozim. Bu dastxat (imzo) namunalarini bajarishda gumon qilinuvchining o‘z xatini (imzosini) o‘zgartirib yozish imkonini kamaytiradi. Ekspertiza tayinlash haqidagi qaror (ajrim)da tekshiriluvchi hujjatlar bilan
bir qatorda
hujjat rekvizitlari, eksperimental namunalarning necha varaqdaligi alohida qayd etiladi.
Ashyoviy dalil sifatida hujjatlarni kriminalistik tekshirishning ahamiyati nimalardan iborat? Ushbu protsessual harakat ko‘proq qaysi jinoyatlar bo‘yicha qo‘llaniladi? 2. Kriminalistik xatshunoslik nima? Dastxatning identifikatsiyaviy belgilari qanday aniqlanadi?
Navoiy viloyati Qaranda tuman prokuraturasi 2014 yil 11 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora tadbirla to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi ustidan tegishli nazorat tadbirlari olib borildi. Xususan Karmana tumanida yashovchi fuqaro I.ning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishdan 2014 yilning may oyida fuqaro M. tomonidan qarindoshlari S. va J.larning imzolarini qalbakilashtirib ularning nomidan dehqon xo‘jaligi uchun er ajratish to‘g‘risida tuman hokimi nomiga soxta ariza tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun xokimlik xuzuridagi er ajratish komissiyasiga taqdim qilinganligi aniqlandi. Tuman xokimligi xuzuridagi er ajratish komissiyasi azolari o‘z mansab vakolatlarini suiste’mol qilib, dehqon xo‘jaligi uchun er ajratish to‘g‘risida tuman xokimi nomiga yozilgan soxta arizaga tegishli tartibda xulosa berib, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu vaziyatda imzoni qalbakiligini aniqlashda qanday turdagi ekspertiza tayinlanadi? Qo‘lyozma matnlarni kriminalistik umsulda tekshirishda qanday usullardan foydalaniladi? Arizani 127
soxtalashtirish va imzolarni aniqlashda qanday dalillarni qo‘lga kiritish lozim? 2-kazus Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan 25 aprel’ 2015 yilda 12 daha 13 uy 23 xonadonda Alimov R.V.ning murdasi topildi. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra Alimov R.V tarkibida inson o‘limiga olib keluvchi zaharli moddani iste’mol qilishi natijasida o‘lganligi aniqlandi. Hech qanday zo‘rlash alomatlari topilmadi. Voqea joyi ko‘zdan kechirilgan paytda murda o‘z xonasida divanda yotgan holatida topildi. Divan yonidagi stolda Alimov R.V nomidan yozilgan xat topildi. Xatning mazmuniga ko‘ra Alimov R.V o‘z joniga qasd qilganligi ko‘rsatilgan. Ushbu holatda dastxatning egasi aynan Alimov R.V ekanligi yuzasidan qanday kriminalistik tekshiruv o‘tkazilishi lozim. Dastxatni identifikatsiya qilishga xatning qanday belgilari asosida erishish mumkin? Xatshunoslik ekspertizasi uchun qanday namunalar berilishi lozim?
128
9-MAVZU. HUJJATLARNI KRIMINALISTIK- TEXNIK TEKSHIRISH Kriminalistik texnika tekshiruvi tushunchasi, vazifasi va turlari. Hujjatlarni qalbakilashtirish usullari. Qalbakilashtirilgan hujjatlarni kriminalistika texnikaviy usulda tekshirish. Kriminalistik texnika teshiruvida qo‘llanadigan zamonaviy asboblar. Hujjatlarning texnik ekspertizasini o‘tkazishda hal qilinadigan masalalar.
Hujjatlarni texnik jihatdan tekshirish kriminalistikaning ikkinchi bo‘limida mustaqil o‘rin egallaydi. Kriminalistik texnika ba’zi tabiiy va texnik bilimlarning ayrim tarmoqlarini o‘z vazifasiga moslab, ular asosida turli qalbakilashtirilgan hujjatlarni tekshirish uchun maxsus uslublarni ishlab chiqadi. Tergov va sud amaliyotida hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish masalasi ko‘p tarqalgan bo‘lib, hujjatlar ijtimoiy sohalarning barcha doiralarida alohida o‘rin tutishi, xilma-hil va keng tarqalgan materiallardan tayyorlanganligi bilan bog‘liq. Moddiy boyliklarning harakatini aks ettiruvchi hujjatlarga: yuk xatlari (nakladnoy), kirim-chiqim xarakteridagi barcha hujjatlar to‘plami; shaxsiy hujjatlarga shaxsni tasdiqlovchi va uning mehnat faoliyatiga xos bo‘lgan hujjatlar, pasport, shaxsiy guvohnoma, ruxsatnoma, harbiy bilet, kasaba uyushmasi biletlari, haydovchilik guvohnomalari, diplomlar va hokazolar kiradi. Mehnat faoliyatiga xos bo‘lgan hujjatlarni, mehnat daftarchalari, mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotnomalar, kasallik varaqalari, qabul E’tibor qiling! Kriminalistik texnika tekshiruvining ob’ektlari: - turli hujjatlardagi tadqiqot qilinuvchi rekvizitlar (matn, imzo, pul-to‘lov hujjatlari, qimmatbaho ashyoviy boyliklarni olish-sotish kabi
harakatlarni ifodalovchi hujjatlar, shaxsiy
hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqalar); - pul-to‘lov hujjatlari, naqd pul kirimi va to‘lovi bo‘yicha turli operatsiyalarni aks ettiruvchi chek daftarchasi, kirim-chiqim orderlari, kassa daftarchasi, to‘lov hujjatlari, turli kvitansiyalar, deponent kartochkalari. 129
qilish va ozod etish haqidagi buyruqlar, shartnomalar, taklifnomalar, shaxsiy varaqalar, kasallik tarixi va boshqalar tashkil etadi. Tekshiruv ob’ektlariga hujjatlardan tashqari yozuv vosita va ashyolari, hujjatning rekvizitlarini va belgilarini bajarishda foydalaniladigan turli buyoq vositalari, qog‘oz, yozuv qurollari, elim hamda yozuvni aynitish moddalari kiradi.
Hujjat materiallarini tekshirishda hal qilinishi lozim bo‘lgan E’tibor qiling! Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshiruv vazifalari quyidagilardir: 1. Hujjatning tayyorlanish uslubini aniqlash; 2. Hujjat mazmunini o‘zgartirish usulini aniqlash; 3. Ko‘rinadigan va oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydigan yozuvlarni aniqlash; 4. Hujjatlarning asil birlamchi ko‘rinishini tiklash; 5. Hujjatlar bajarilgan, qo‘llanilgan uskunalar, vositalar, qurollar va materiallarni identifikatsiya qilish; 6. Hujjatlarni qalbakilashtirishdan muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish. E’tibor qiling! Sud-texnik ekspertizaning asosiy turlarini quyidagilardan iborat: - hujjatning birlamchi mazmuni o‘zgartirilganligini aniqlovchi ekspertizalar (o‘chirish, qo‘shimcha yozuvlar kiritish, qo‘shimcha belgilar chizish, yuvish); - hujjatdagi muhr va shtamp izlarini (akslarini) aniqlovchi tekshiruv; - matnning mashinkada yozilgan shaklini tekshirish. Bunga boshqa qog‘ozga nusxa ko‘chirish vositalari, jumladan EHM, ko‘paytiruvchi moslamalarda tayyorlangan matnlar ham kiradi; - hujjatning davlat belgilari va tipografik blankalarini tekshirish; - qalbakilashtirishdan asrovchi maxsus
vositalar bilan
ta’minlangan hujjatlarni tekshirish; - qayta yopishtirilgan fotosuratlarni aniqlash; - ob’ektlarning ayrim qismlari bo‘yicha butunni tiklash; - imzolarni texnik qalbakilashtirilganligini tekshirish; - kuygan hujjatlarning matnini tiklash; - hujjat ustidan bostirib yozish oqibatida qolgan rangsiz chiziqlar bo‘yicha matn mazmunini aniqlash; - ustidan chizib o‘chirilgan, chaplashtirib yuborilgan, ustiga modda to‘kilgan, yozuvlar mazmunini tiklash; - rangi uchib ketgan yozuvlarni tiklash; 130
vazifalar uning tarkibini, turini, markasini, ishlab chiqargan zavodini aniqlash, u yoki bu hujjat materiallarning aniq hajmini va guruh mansubligini aniqlashga oiddir.
O‘zgalar mulkini turli usullarda talon-taroj qilish jinoyatlari ko‘p hollarda soxta hujjatlar qo‘llanib sodir etiladi. Ko‘rinishdan to‘g‘ri va qonuniy rasmiylashtirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqatdan yiroq bo‘lib, jinoiy unsurlar o‘zlarining foydasiga moslab, soxta hujjatlarni rasmiy hujjat blankalarida aks ettiradilar. Qoidaga moslab imzolar va muhrlar bilan tasdiqlab, unga haqiqiy, qonuniy tus beradilar. Bunday jinoyatlarni tergov qilish jarayonida hujjatlar soxtaligini aniqlash uchun shubhali bo‘lgan hujjatdagi ma’lumotni tekshirib, uning mazmuni boshqa nusxadagi ma’lumotga to‘g‘ri kelishi, navbatdagi operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlarga mos kelish kelmasligini aniqlash bilan hal etiladi. Ba’zida bunday ma’lumotlarni moddiy javobgar shaxslarning javobini aks ettiruvchi yozuvlarni ko‘zdan kechirish natijasida ham olish mumkin bo‘ladi. Hujjatlarga moddiy o‘zgartirishlar kiritish bilan qalbakilashtirilgan hollarni tekshirishda quyidagi belgilarga e’tibor berish lozim. 1. Hujjatning matnidagi ayrim yozuvlarni (harf, raqam, imzo) o‘chirish va o‘rniga boshqa yozuv kiritish. O‘chirish natijasida qog‘ozni ustki silliq qatlami zararlanadi. Qog‘oz tolalarining hurpayishi va rangi bir muncha o‘zgarishi kuzatiladi, o‘chirilgan joydagi yozuvlarning ayrim shtrixlari va bo‘yoq qoldiqlari saqlanib qoladi. Hujjat matni maxsus blankada bajarilgan
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling