Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tibor qiling!
- Rejalashtirish hujjatlari
- Rejalashtirish turlari
- E’tibor qarating!
- E’tibor qarating!
- Nazorat savollari
- 14-MAVZU. HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI
- Esda tuting! Ko‘zdan kechirish
- Esda tuting! Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish
6) Muayyanlik prinsipi. Bu tamoyil bilan rejaning tergovchi qo‘lidagi qo‘llanma vosita tariqasida tutgan o‘rni ta’minlanadi. Tergovchi rejani tuzar ekan, jinoyatni ochish bo‘yicha o‘z faoliyati dasturini belgilab oladi, mo‘ljallanayotgan harakatlarning muddatlarini belgilab qo‘yadi va h.k. Agar dastur va uni amalga oshirish muddatlari tayin bo‘lmasa, reja o‘zining tashkil etuvchilik ahamiyatini yo‘qotadi. Rejalashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan barcha tamoyillari o‘zaro bog‘liq va aloqadordir. Ulardan bittasining buzilishi muqarrar ravishda boshqa tamoyillarni ham buzilishiga olib keladi.
Tergovchi jinoyat ishini, to‘plangan ma’lumotlarni, shu jumladan ashyoviy dalillarni jinoyatni ochish istiqboli jihatidan o‘rganishda quyidagilarga ahamiyat berishi zarur: –
muhtoj emas va qaysilari tekshirilishi hamda tuzilgan tusmolga binoan aniqlanishi kerak; E’tibor qiling! Tergov qilish rejasini tuzishda ikki asosiy element mavjud: a) daliliy ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va bu tergovning ishchi dasturini tuzish. a) daliliy ma’lumotlarni o‘rganish tusmolni tuzishdagina asos bo‘lib qolmay, balki tergov qilishni rejalashtirishning ham asosi bo‘lib xizmat qilishi. 187
–
aniq va ravshan bo‘lgan holatlarni hamda mavhum, shubhali holatlarni aniqlash; –
tergov vazifalari va ularni echish usullarini aniqlash; –
tusmollarni tekshirish yo‘llari va isbotlashning chegaralarini aniqlash.
Tergov qilishning ishchi dasturi jinoyat xususiyatlari va tergov bosqichlariga qarab hajm va mazmun jihatidan turli xil bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich tergov bosqichida u umumiy yoki taxminiy qidiruv usuli bo‘yicha dalillarni qidirishga qaratilgan. Keyingi bosqichlarda esa u ko‘pincha daliliy ma’lumotlarni baholashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ishchi dasturda tergov harakatlarining tarkibi va mazmuni etakchi o‘rin egallaydi. Tergovning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, qaysi tergov harakatlarini birinchi navbatda va qanday muddatlarda bajarilishi, qanday harakatlarni keyinga qoldirish mumkinligi, qanday harakatlar jamoatchilik yordamiga muhtojligi hamda tergov-tezkor tadbirlar va tergov
harakatlari uyg‘unligida oydinlashtirish kerak bo‘lgan masalalarni aniqlash zarur.
Har bir ish bo‘yicha tergov qilishning yagona rejasini va ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish rejalarini tuzish odat tusini olgan. Ishlar guruhi bo‘yicha esa, kalendar rejalar tuziladi. Rejalar fikriy yoki yozma bo‘lishi mumkin. Lekin rejaning yozma shakli shak-shubhasiz afzalliklarga ega. CHunki, hatto yaxshi o‘ylangan fikriy rejani tuzish qobiliyatiga ega bo‘lgan tajribali tergovchi ham aksari hollarda uning barcha tafsilotlarini esda saqlab qololmaydi. Albatta, yozma rejani tuzib chiqish qo‘shimcha vaqt sarflashni talab qiladi, lekin ular rejalashtirishning ana shu shaklida tergov qilishda erishiladigan tartiblilik va bir maromdalik tufayli hamisha o‘zini oqlaydi. Rejalashtirish turlari Bir necha ish bo‘yicha (taqvimli)
Muayyan ish bo‘yicha (joriy) Ayrim tergov harakati bo‘yicha 188
Ish bo‘yicha tergov qilish rejasi dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilgandan keyin tuziladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziyoq, qoida tariqasida, tusmollar qilish va reja tuzish uchun zarur axborotlarni beradi. Odatda ishlarni, aytaylik, mansabdorlik jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilishda rejani jinoyat ishini qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan hujjatlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosidayoq tuzish mumkin. Biroq, dastlabki reja, yuqorida qayd etib o‘tilganidek qat’iy emas. Tergov qilish jarayonida uning doirasi kengayib boradi. YOzma
rejaning mazmuni
tergov qilinayotgan ishning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bir xil hollarda, keng doiradagi masalalarni o‘z ichiga oluvchi reja ishlab chiqish shart, boshqa hollarda amalga oshiriladigan muddatlari ko‘rsatilib, mo‘ljallangan harakatlar ro‘yxatini belgilab olish bilan cheklaniladi.
Oydinlashtirilishi lozim bo‘lgan masalalar (holatlar) doirasi havoyi belgilanmaydi, balki u tusmollarga va rejani tuzish yoki unga o‘zgartishlar kiritish paytida tergovchi ega bo‘lgan tayin axborotga bog‘liq bo‘ladi. Unga ortiqcha hech narsani qo‘shmaslik kerak, lekin zarurini esa e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Tergov va tezkor- qidiruv harakatlari oydinlashtirilishi lozim bo‘lgan masalalar asosida, rejalashtirilayotgan harakat berishi mumkin bo‘lgan, eng ehtimol tutilgan maqbul natijani hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar; 3) tergov harakatlari va tezkor- qidiruv tadbirlari; 4) ijro muddati; 5) ijrochi va 6) izohlar.
189
Murakkab, guruhli va ko‘p epizodli ishlarda yordamchi yozma hujjatlardan samarali foydalanish mumkin bo‘lib, ularda rejaning ayrim masalalari batafsil ko‘rsatiladi. Bunday hujjatlar jumlasiga “shaxsiy hisob-varaqlar”, ayblanuvchilarning jinoiy aloqalari, korxonalar tarkibiy tuzilishini, hujjatlar aylanishini ko‘rsatuvchi sxemalar va boshqa shu singarilar kiradi. Masalan, har bir ayblanuvchiga tuziladigan “shaxsiy hisob-varaqlarda” zaruriy boshlang‘ich axborot, ayblov mazmuni, ko‘rsatuvlar mohiyati, noaniq masalalar, ularni aniqlash usullari va hokazo aks ettiriladi. Ko‘p epizodli ishlarda alohida epizodlar bo‘yicha rejalar tuzish zarur bo‘lib qolishi mumkin, ularda har bir alohida epizodga taalluqli harakatlar va masalalar aks ettiriladi. Tergov amaliyotida shuningdek, rejalashtirishning turli uslubi qo‘llanilib, u bajariladigan ishlar ro‘yxatini, ishning tartib raqami, nomi, davom etish muddati va bevosita undan keyingi ishlarning tartib raqamlari ko‘rsatiladi. Tergovchining bir turdagi harakatlari guruhlarga birlashtirilishi mumkin. Turli jadvaldan foydalanish tergovchining bir maromda ishlashiga va ishning
muddatlarini qisqartirishga ko‘maklashadi, biroq uni tuzib chiqish alohida tayyorgarlikni, bir qancha hollarda, mutaxassislar ishtirokini taqozo etadi. Tergov harakatlari rejasi odatda ko‘rsatib o‘tilgan elementlarni aks ettiruvchi ro‘yxat shaklida tuziladi. Murakkab, ko‘p epizodli ishlar bo‘yicha tergov harakatlarining rejalari jadvallar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ko‘pincha bunday reja-jadvallar so‘roqlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. Rejaning shakli to‘g‘risidagi masalani rejalashtirilayotgan harakatni o‘tkazadigan tergovchi hal qiladi. Tergovchining ish yuritishida har doim bir nechta ish bor bo‘lishi sababli kalendar rejalashtirish zarur bo‘ladi. Kalendar reja ana shu jinoyat ishlari bo‘yicha vazifalarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Tergovni rejalashtirishda quyidagi elementlarni nazarda tutish kerak: 1) rejalashtirilayotgan tergov harakati orqali hal etiladigan vazifa; 2) uni amalga oshirish vaqti, joyi va ishtirokchilari; 3) ishtirokchilar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishi; 4) tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tadbirlar; 5) ayrim tergov harakatlarini bajarish ketma-ketligi, bunda qo‘llanilishi mo‘ljallanayotgan taktik usullar va texnik vositalar; 6) tergov harakatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida tashkil etiladigan tezkor-qidiruv tadbirlari; 7) olingan natijalarni qayd etish usullari.
190
Unda mazkur ishlar yuzasidan kunlar bo‘yicha taqsimlangan tergov harakatlari aks ettiriladi. Ko‘pincha bunday reja bir hafta uchun tuziladi. Hafta ichidagi u yoki bu voqealar bilan bog‘liq holatlarga qarab, kalendar rejaga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi.
1. Kriminalistikada tergovni rejalashtirish hamda tashkil etishning ahamiyati, tushunchasi va vazifalari haqida fikr yuriting. Ularning umumiy va xususiy jihatlarini yoritib bering. 2. Rejalashtirishning turlari haqida
so‘zlab bering.
Rejalashtirishning turlari rejalashtirish hujjatlariga ta’sir ko‘rsatishini asoslab bering. Kazuslar: 1-kazus CHilonzor tumani Farxod bozori chorraxasida oq rang nexia rusumli avto ulov fuqaro I.ni urib ketadi. Natijada, fuqaro I. engil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqiziladi. Tergov jarayonida jabrlanuvchi ayblanuvchi P.ni taniydi, biroq uning mashinasi ko‘zdan kechirilganda avto ulovni hech qaeri shikast emagani aniqlandi. Ayblanuvchi, bu jinoyatni sodir etganini tan olmaydi. Biroq, tergovchi jinoyatni aynan jabrlanuvchi sodir etganligini biladi. Mazkur holat bo‘yicha tergovni rejalashtiring va tergov versiyalarini tuzing. Holat yuzasidan qanday turdagi ekspertizalar tayinlanadi? Holat yuzasidan aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tavsiflang. Jinoyat ishi yuzasidan qanday dastlabki va keyingi tergov harakatlari o‘tkaziladi? Tergovchi ularni o‘tkazishda qanday taktik qoidalarga e’tibor qaratishi lozim? 2-kazus 2014 yil 26 avgust kuni jizzax shaxrida istiqomat qiluvchi rus millatiga mansub fuqaro I. lo‘li millatiga mansub J.ni qasddan o‘ldiradi. Ayblanuvchi I.ni aytishicha jabrlanuvchi J. fuqaro uning bo‘lg‘usi 191
turmush o‘rtog‘i M.ni bir necha marotaba ortidan kelib, uni yaxshi ko‘rib qolganini aytgan. Fuqaro M. Unga rad javobini bergach javblanuvchi M.ning nomusiga tegishga harakat qilgan. Vaziyatdan habar topgan fuqaro I. jabrlanuvchi M.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uni do‘sti fuqaro F. bilan 2014 yil 26 avgust kuni kech soat 20:20 larda Jizzax shahar 1-mavzesi katta ariq mahallasi chorraxasida ushlaydi. Uni zo‘rlik bilan oq rangdagi Nexia rusumli, davlat raqami 10 P 182 DH avtoulovga chiqarib, shahar chetiga olib chiqib ketadi. Hodisa joyi sifatida Jizzax tuman 3 tor ko‘cha o‘ng tarafida joylashgan terakzor tanlanib, jabrlanuvchi ayblanuvchi fuqaro I. bilan o‘zaro urushib ketadi. Natijada fuqaro I. jabrlanuvchi M.ni to‘ntoq jism bilan urib o‘ldiriladi. Jabrlanuvchining tanasi ko‘zdan kechirilganda uning o‘ng oyog‘i son qismida 20x12 sm, qorin qismining yuqori o‘ng tomonida 18 sm kattaligida ochiq tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan. Sud tibbiyot eksperizasi bergan hulosaga ko‘ra jabrlanuvchining tanasidan topilgan tan jarohatlari u o‘ldirilganidan so‘ng sodir etilgan. Jabrlanuvchining tanasiga etkazilgan jarohatlar sanchilib-kesuvchi jism bilan etkazilgan. SHuningdek, jabrlanuvchining tanasida jigar tana a’zosi kesib olinganligi ham ekspertiza jarayonida aniqlangan. Ayblanuvchilar so‘roq qilinganda ular jabrlanuvchi J. o‘ldirib, uni tashlab ketganini, keyin nima bo‘lganini bilmasligini aytishgan.
192
14-MAVZU. HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH TAKTIKASI Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish taktikasi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasini qayd etish. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning umumiy vazifasi yuz bergan jinoyat voqeasi holatlari, unga daxldor shaxslar va ob’ektlar, ularning o‘zaro aloqalari va harakatlari to‘g‘risida faktik ma’lumotlarni protsessual yo‘l bilan olishdan iborat. Ushbu vazifani samarali hal qilish uchun tergovchi: 1) tekshirilayotgan voqea qanday sharoitlarda yuz berganini aniqlashi, ularni bayonnomada va texnik-kriminalistik vositalar yordamida qayd etishi; 2) jinoyatning moddiy izlarini aniqlashi, qayd etishi va olib qo‘yishi; 3) izlar va narsalarning jinoyatchi, jabrlanuvchi va boshqa sub’ektlar va ob’ektlar bilan aloqasini aniqlashi; 4) aybdor shaxsni aniqlash, qidirish va fosh etish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish, sud ekspertizalarini tayinlash uchun boshlang‘ich axborotni to‘plashi lozim. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida hal etiladigan maxsus vazifalar: a) voqea guvohlari va shohidlarini aniqlash; b) jinoyatchida, u foydalangan qurol va transport vositalarida qolishi mumkin bo‘lgan izlarni aniqlash; v) ushbu joy ob’ektlari va jinoyat sodir etilgan paytda shu erda bo‘lgan shaxslarning aloqasini aniqlash uchun hodisa sodir bo‘lgan Esda tuting! Ko‘zdan kechirish – jinoyat izlari va ashyoviy dalillarni topish, tekshirilayotgan hodisa sharoitlarini va yuz bergan voqeaning boshqa holatlarini aniqlash maqsadida moddiy sharoit ob’ektlarini tergovchi tomonidan bevosita kuzatish va tahlil qilishdan iborat protsessual harakat.
193
joydan olinishi lozim bo‘lgan tuproq, o‘simlik, suv va hokazolarning namunalarini belgilash. Ko‘zdan kechirishning umumiy va maxsus vazifalarini hal qilish O‘zR JPKning 81-82-moddalariga muvofiq isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar: tajovuz vaqti, joyi, usuli, uni sodir etgan shaxsning aybdorligi, etkazilgan zarar miqdori va hokazolarni aniqlashga ko‘maklashishi zarur.
O‘zR JPKning 137-moddasiga muvofiq, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
hodisa sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish murdani ko‘zdan kechirish tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish xatlangan pochta-telegraf xabarlarini ko‘zdan kechirish so‘zlashuvlarni nazorat qilish va yozib olish jarayonida o‘tkaziladigan audioyozuv kassetalarini ko‘zdan kechirish hayvonlar va ularning murdalarini ko‘zdan kechirish tirik shaxslarni guvohlantirish Ko‘zdan kechirish turlari Dastlabki Takroriy Dastlabki ko‘zdan kechirish malakali o‘tkazilmagan va kerakli
natijalarni bermagan holda o‘tkaziladi. Takroriy ko‘zdan kechirish jarayonida barcha ob’ektlar va hodisa
sharoitlari qaytadan va yanada
sinchkov-lik bilan
o‘rganiladi. Qo‘shimcha Ilgari
umuman ko‘zdan
yoki lozim darajada to‘liq ko‘zdan
kechirilmagan (tegishli texnik-krimina- listik
vositalarni qo‘lla-
masdan ko‘zdan
kechirilgan) ayrim
ob’ektlar yoki
sharoit elementlari tekshiriladi Dastlabki ko‘zdan kechirish hodisa
joyini vakolatli shaxslar tomonidan JPK qoidalariga rioya qilgan ko‘zdan kechirilishi.
194
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati sifatidagi ko‘zdan kechirishning eng og‘ir va sermehnat, biroq ayniqsa natijador va seraxborot turi hisoblanadi. Ko‘pincha tergov hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari qatoriga kiradi. Uni o‘tkazish jarayonida tergovchi hodisa sharoitlarini tekshiradi, keyinchalik ashyoviy dalillar maqomini olishi mumkin bo‘lgan izlar va narsalarni topadi va dastlabki tarzda tahlil qiladi. Bu unga yuz bergan hodisa haqida tasavvur hosil qilish, aybdor shaxsni tezroq aniqlash, uni fosh qiluvchi dallarni to‘plashga yordam beradi. Ayni vaqtda tergovchi topilgan narsalarning barchasini shunday qayd etishi lozimki, keyinchalik jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari va sud hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida olingan faktik ma’lumotlarning to‘liqligi va xolisonaligiga ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Tekshirilayotgan jinoyat voqeasiga tegishli izlar va narsalar topilgan bino yoki hudud hodisa sodir bo‘lgan joy hisoblanadi. Jinoiy qilmish oqibatlari jinoyat sodir etilgan joydagina emas, balki boshqa joylarda, masalan, jinoiy tajovuzga tayyorgarlik ko‘rish amalga oshirilgan joyda ham topilishi mumkin. Hodisa sodir bo‘lgan joy va jinoyat sodir etilgan joy mos kelmasligi ham mumkin. Hodisa sodir bo‘lgan joy bir nechta bo‘lishi mumkin: odam o‘ldirish sodir etilgan garaj, qotil boltani tashlab yuborgan o‘ra, u jabrlanuvchining murdasini ko‘mib qo‘ygan daraxtzor va h.k. Quyidagilar hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni o‘tkazishning kriminalistik prinsiplari hisoblanadi:
ko‘zdan kechirishning boshqa ishtirokchilari tegishli xabarni olgandan keyin darhol hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqishlari va uni ko‘zdan
mazkur joy sharoitlarini, unga taalluqli bo‘lgan izlar va narsalarni, ularning o‘zaro aloqalari va o‘ziga xos xususiyatlarini yuz bergan voqeaning mohiyatini, jinoyatni sodir etish mexanizmini va jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa holatlarni tergovchi tomonidan bevosita kuzatish, tekshirish va qayd etishdan iborat bo‘lgan shoshilinch tergov harakati.
195
kechirishlari lozimligini nazarda tutadi. Har qanday sustkashlik salbiy oqibatlarga olib ketishi – muhim izlar va ashyoviy dalillar tasodifan yoki ataylab yo‘q qilib yuborilishi mumkin.
jinoyat voqeasiga daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha izlar va ob’ektlarni aniqlashni nazarda tutadi. Buning uchun jinoyatchi o‘zini xayolan jinoyatchi o‘rniga qo‘yishi, jinoiy natijaga erishish uchun u qanday harakatlarni qay tarzda bajarishi lozimligini tasavvur qilishi kerak. Aks holda tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joydagi hamma narsani tavsiflashi kerak bo‘ladi va bu bayonnoma keraksiz ma’lumotlar bilan to‘ldirilishiga olib keladi. Rejalilik hodisa sodir bo‘lgan joyni oldindan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq izchil va faol tekshirish lozimligini anglatadi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning xolisonaligi ushbu joyda topilgan izlar va ob’ektlarni, ular tergovchi ilgari surgan tusmollarni tasdiqlashi yoki shubha ostida qoldirishidan qat’i nazar, tekshirish va qayd etishning bir yoqlama emasligi va beg‘arazligini nazarda tutadi.
Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling