Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tergov eksperimenti o‘tkazishning taktik usullari
- Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish
- E’tibor qarating!
- Kazuslar: 1-kazus
Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi
Tergov eksperimentini tashkil etish: a) uning maqsadi va hal qilinadigan vazifalarni belgilash; b) uni o‘tkazish vaqti, joyi va sharoitlarini belgilash; v) tajribalar tuzilishi va oldinma-ketinligi xayoliy modelini tuzish; g) tergov harakati ishtirokchilarini va ulardan har birining rolini belgilash; d) tajriba o‘tkazish uchun zarur narsalar va texnika vositalarini tayyorlash, ularni qayd etish usullarini belgilashdan tarkib topadi. Murakkab vaziyatlarda bo‘lg‘usi tergov eksperimentining mufassal yozma rejasini tuzish, unda tajribalarning tashkiliy va texnik- krimenalistik ta’minoti, tuzilishi, ularni o‘tkazish variantlari, erishilgan natijalarni qayd etish usullarini nazarda tutish zarur. Bo‘lg‘usi tergov eksperimentining maqsad va vazifalarini belgilash tergov qilinayotgan jinoyatning tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilishi lozim bo‘lgan holatini aniqlashtirishni anglatadi. Ekspertimentni o‘tkazish vaqti, joyi va sharoitlarini belgilash uchun tergovchi ba’zan tergov qilinayotgan jinoyat ishi materiallariga murojaat etishi kerak bo‘ladi. O‘tkaziladigan tajribalarning tuzilishi va oldinma-ketinligini belgilash, ularning xayoliy modelini tuzish tergovchiga bo‘lg‘usi tergov harakati ishtirokchilari tarkibi va sonini aniqroq belgilashga yordam beradi. Masalan, ayrim vaziyatlarda tergovchiga yordamchi, mutaxassis, ikkita emas, balki to‘rtta xolis kerak bo‘lishi mumkin. Tajriba harakatlarini, odatda, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxslar (gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar, guvoh- shohidlar) bajaradi. Sub’ektning shaxsiy xususiyatlari emas, balki biron- bir hodisaning mavjud bo‘lishi imkoniyati tekshirilayotgan hollarda tergovchi zaruriy tajriba harakatlarini bajarish uchun ish yakunidan manfaatdor bo‘lmagan shaxsni taklif qilishi mumkin. Agar tergov eksperimenti natijalari tekshirilayotgan shaxsning ko‘rsatuvlarini rad etgan bo‘lsa, o‘tkazilayotgan tajribalarda mazkur sub’ektning ishtiroki ayniqsa foydali va psixologik jihatdan muhim bo‘ladi. Ilgari bergan ko‘rsatuvlarining haqiqatga zid ekanligini tajribada ko‘rgach, gumon qilinuvchi, guvoh ko‘pincha haqqoniy ma’lumotlarni beradi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tergov eksperimentini o‘tkazishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Mazkur tergov harakatida guvoh-shohidlar va jabrlanuvchilar o‘z
217
ixtiyoriga qarshi ishtirok etishi ham muammolarni keltirib chiqaradi, ayniqsa ularning shaxsiy, sub’ektiv xususiyatlari tekshirilayotgan bo‘lsa. Agar ular tergov eksperimentida ishtirok etishga majbur qilingan bo‘lsa, erishilgan natijalarga aniq baho berish qiyinlashadi. Tergov eksperimentini o‘tkazishga kirishishdan oldin tergovchi uning ishtirokchilariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, rejalashtirilgan tajribalar maqsadini va har bir ishtirokchining rolini tushuntirishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishi kerak. Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida- alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Ushbu qoidaga rioya etish tergov eksperimenti natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi, shu sababli prinsipial ahamiyatga ega. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin.
E’tibor qiling! Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkaziladi. Tajribalarning sharoitlari o‘zgartirilishi mumkin (JPK 155-modda). 218
Tajribalarni ayni bir va maxsus o‘zgartirilgan sharoitlarda qayta o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda natijalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tasodifiy omillar hisobga olinadi. Ikkinchi holda, agar sharoitlar og‘irlashtirilgan, natija esa o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, bu uning ishonchlilik darajasini oshiradi, zero tergov eksperimentining tajribalarni ko‘p karra takrorlash yo‘li bilan olingan turg‘un natijalarigina ishonchli deb topilishi mumkin. Eksperiment o‘tkazish joyi, vaqti, uni o‘tkazish sharoitlari, jumladan, ob-havo, yorug‘lik va boshqalar ko‘rib chiqiladi. Vaziyatni tiklashda ayrim shaxslarning turar joyi, ma’lum harakatlarni muayyan vaqtda bajarishlari ta’kidlanadi, zarur bo‘lgan predmetlarni tegishli joylarga qo‘yiladi, yo‘q bo‘lgan, zararlangan ob’ektlarning modellari hozirlanadi. Eksperiment o‘tkazish joyini qo‘riqlash uni o‘tkazishga xalaqit beruvchilarni chetlatish kabi choralar, tezkor xodimlarga topshiriladi. Eksperiment tajribalarini o‘tkazishda ayrim harakat vaziyatlarini tiklash choralari, ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga topshiriladi, agar bunday qilishni turli sabablarga ko‘ra iloji bo‘lmasa, bu topshiriqlarni taklif qilingan boshqa shaxslar amalga oshirishi mumkin. Eksperiment tajribalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘llanadigan taktik uslublar qonunchilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Jinoiy hodisa holatlarini tajriba qilib tekshirishda, sun’iy tiklangan vaziyat asl hodisa holatida bo‘lgan shart-sharoitga mos kelmog‘i zarur. Tekshirish jarayonida topshiriq olgan shaxs tajribaning ayrim harakatlar bilan bog‘liq qismlarini (balandlikdan sakrash, biror to‘siqdan o‘tish Zarur holalarda tajribalarni qayta-qayta o‘tkazish Tergov eksperimenti o‘tkazishning taktik usullari O’zgargan va qayta tiklab bo‘lmaydigan sharoitlarni hisobga olish Muayyan tartib maromda tajribalar o‘tkazish Sharoit va vaziyatlarni o‘zgartirib ko‘rish (tezlikni, marom, masofa va hokazolarni o‘zgartirish) Zarur hollarda tajribalarni bosqichma- bosqich o‘tkazish Tajribalarni hodisa, fakt, voqea ro‘y bergan joydagi sharoitlarga juda o‘xshash bo‘lgan sharoitlarda o‘tkazish
219
kabi) bajara olmasa, uning o‘rniga bo‘yi, gavdasi, yoshi jihatidan o‘xshash bo‘lgan boshqa shaxsga bu ishni bajarish topshiriladi. Tekshirilayotgan hodisa, holat, vaziyatlar bir necha ko‘rinishda takrorlanib sinalishi lozim, shundagina tekshiruv natijalari haqiqiy va xolisona bo‘ladi. Masalan, ko‘rish imkoni 200 m masofada ifodalangan bo‘lsa, tekshiruvni 150, 200 va 250 mda o‘tkazish lozim bo‘ladi, qaysi holatlar qayta takrorlanganda o‘zgarishsiz natija bersa, ana shu yo‘nalish haqiqatga to‘g‘ri keladi, deb tanlanadi. Eksperiment o‘tkazilayotgan sharoit, tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkoni boricha bir necha marotaba takrorlanib o‘tkaziladi, tajribalarning sharoitlari bir muncha o‘zgartilishi mumkin (JPKning 155-moddasi). Mana shu qoidaga asoslangan holda, eksperimentni o‘tkazish jarayonida, tergovchi ayrim holatlarni tiklab namoyon qilayotgan shaxslarning joylarini o‘zgartirishi, harakat ko‘rinishlarini bir necha variantda amalga oshirishni taklif qilishi va ana shu ko‘rinishlar orasidan ko‘proq takrorlangan natijani tanlab olishi kerak. Tekshirilayotgan holatlar, tusmollar, ko‘rsatuvdagi ayrim dalillarni har tomonlama tekshirib aniqlash uchun, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, jabrlanuvchilarning har birlariga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisa holatini tiklash tavsiya etiladi va tergovchi tajriba harakatlarini o‘tkazadi. Tajribalar ko‘p va murakkab bo‘lsa, tergovchi uni bir necha bosqichga bo‘lib, tegishli oldinma-ketinlikda o‘tkazadi. Eksperiment tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida, uning ayrim qismlari-bosqichlarini mustahkamlash maqsadida foto, kino, video tasvirga olish lozim bo‘ladi. SHu bilan birga, eksperiment o‘tkazilayotgan joyning chizmasi, ishlatilgan nusxa, qoliplar ham yuqorida ko‘rsatilgan vositalarga qo‘shiladi. Eksperiment tajribalarini o‘tkazish jarayonida ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxslarga va ayrim harakatlarni amalga oshirayotgan qatnashuvchilarga savollar berilishi mumkin. Savollar tergovchi, mutaxassis, xolislar tomonidan berilib, eksperiment o‘tkazishning shart- sharoitlariga, uning natijalariga, ishlatilayotgan jihozlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Eksperiment harakatida ishtirok etuvchi shaxslar, tergovchining ruxsati bilan
ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan gumon qilinuvchi- ayblanuvchilarga savol berishga, tergovchining e’tiborini ish holatini aniqlashga ko‘maklashadigan barcha holatlarga qaratishga, tekshiruv
220
sharoitiga ba’zi aniqliklar kiritishga haqlidirlar. SHu bilan birga eksperiment qatnashuvchilari tajriba va ayrim harakatlarni yana takrorlashni iltimos qilishlari mumkin. Qatnashuvchilarning bunday fikr-mulohazalari eksperiment bayonnomasida aks ettirilmog‘i lozim. Eksperiment jarayonida amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasi voqelikka nisbatan to‘g‘ri kelmasdan zid bo‘lsa, ya’ni tekshirilayotgan harakatning natijasi ko‘rsatuvdagi holatlarni tasdiqlamasa, natija salbiy, inkor etuvchi bo‘lib, ko‘rsatuvdagi ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Aksincha, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisa, vaziyatlar o‘tkazilgan tajribalar natijasiga mos kelsa, u holda tekshirilayotgan holat hodisalari haqiqatda voqelikda yuz bergan bo‘lishi mumkinligi tasdiqlanadi. Tergov eksperimenti jinoyat-protsessual qonuni normalari asosida o‘tkazilishi bilan bir qatorda, qo‘llaniladigan taktik uslublar ham qonun normasiga zid bo‘lmasligi lozim.
Tergov eksperimentini o‘tkazish sharoitlari, jarayoni va natijalari bayonnomada qayd etiladi (O‘zR JPK 156-moddasi). Bayonnomaning kirish qismida eksperiment o‘tkazilishi uchun asoslar, kim tomonidan o‘kazilganligi, tekshiruv zarurati, joyi, vaqti va qatnashuvchilarning ismi-shariflari ko‘rsatiladi. SHuningdek, guvoh va jabrlanuvchilar ko‘rsatuvlari tekshirilganda eksperiment o‘tkazishdan oldin ular qasddan yolg‘on ma’lumot berish va bosh tortish oqibatlari, ya’ni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirganligi to‘g‘risida ma’lumot va uni tasdiqlovchi imzolari kiritiladi. Bayonnomaning bayonot yoki tavsiflovchi qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) eksperiment qanday maqsadda, qachon, qaerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; 2) hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; 3) qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; 4) qanday natijalar olinganligi. Tekshiruv o‘tkazilishi jarayonida qo‘llanilgan kriminalistik texnika vositalaridan - ovoz yozish, video tasvirga olish, kino va fotosuratga tushirish ishlari bayonnomaning mazkur qismida aks ettiriladi. SHu 221
bilan birga eksperiment tajribalarini uyushtirish uchun tayyorlangan qoliplar (namunalar), mulaj va modellar ham nima uchun va qanday qo‘llanilganligi bayon etiladi. Eksperiment natijasida tekshirilgan holat, vaziyatlar, tusmollar o‘z tasdig‘ini topgan yoki topmaganligi, ular necha yo‘nalishli tajriba yordamida tekshirilganligi va boshqa chora-tadbirlar qanday oldinma- ketinlikda o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomada shunday holda yoritilishi lozim.
Bayonnomaning yakunlovchi qismi quyidagilarni aks ettirgan bo‘lishi shart: 1) eksperimentni o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar keltirgan ariza, shikoyat, iltimosnoma va e’tirozlari; 2) eksperiment tekshiruviga tayyorlangan buyumlarning individual hususiyatlari (shakli, rangi, o‘lchovi va boshqa moddiy belgilari); 3) eksperiment o‘tkazilgan joyning chizmasi, harakat va holatlar sxemalari; 4) bayonnoma barcha ishtirokchilar tomonidan tanishib chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va bu ma’lumotlar ular tomonidan tasdiqlanganligi. Tajribaning har bir keyingi varianti u ayni bir yoki o‘zgartirilgan sharoitlarda o‘tkazilgani va ushbu o‘zgartirish nimadan iborat bo‘lgan – sharoitlar og‘irlashtirilgani yoki soddalashtirilgani ko‘rsatilgan holda qayd etiladi. O‘tkazilgan tajribalarning natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlar ayniqsa aniq qayd etilishi lozim. Masalan, avtomobil qarshisida to‘siq qo‘qqisdan paydo bo‘lgan holda uni to‘xtatish imkoniyatini tekshirishga qaratilgan tergov eksperimenti o‘tkazilayotganda, piyoda maketining paydo bo‘lishi tekshirilayotgan haydovchi uchun kutilmagan bir hol bo‘lgani yoki u yo‘lning mazkur uchastkasida voqealarning bunday rivoji haqida oldindan bilgani va bunga psixologik jihatdan hozirlik ko‘rishi mumkin bo‘lgani qayd etilishi lozim. Agar tajribalarning natijalariga binolar yoki joy hududlarining joylashuvi, o‘tkazilayotgan tergov eksperimenti ishtirokchilarining o‘zaro holati, ayrim ob’ektlar va predmetlar o‘rni jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, mazkur holatlarni yanada aniq qayd etish imkonini beradigan rejalar va sxemalar tuzish tavsiya etiladi.
222
O‘tkazilgan eksperimenti natijalarini ularning ishonchliligi va daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholash bir qator xususiyatlarga ega. Avval, tajribalarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘ri amalga oshirilgani tekshirilganidan keyin,
tekshirilayotgan holat
mavjud bo‘lishi mumkinligi yoki mumkin emasligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan holat mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlangan holda, erishilgan natija ob’ektiv aniqlangan daliliy fakt hisoblanadi, biroq, agar tajribalarni o‘tkazish vaqtida tergov eksperimentini o‘tkazish taktik qoidalari buzilgan bo‘lsa, uning natijalari daliliy qimmatga ega bo‘lmaydi. O‘tkazilgan tajribalar asosida chiqarilishi mumkin bo‘lgan xulosalarga kelsak, ular eksperiment natijasiga – uning ijobiy yoki salbiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshirilayotgan holatni, uning amalda mavjudligini tasdiqlovchi natija ijobiy hisoblanadi. Salbiy natija ushbu holatni rad etadi, uning mavjud bo‘lishi mumkin emasligidan dalolat beradi. Agar tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilayotgan holat amalda mavjud bo‘lishi mumkin emasligi aniqlangan bo‘lsa, ushbu holat real voqelikda mavjud bo‘lmagani to‘g‘risida uzil-kesil xulosa chiqarilishi lozim. Masalan, mazkur binoga ayblanuvchi ko‘rsatgan miqdorda tovar- moddiy boyliklar sig‘ishi mumkin bo‘lmasa, bu unda yong‘in yuz bergan paytda
ko‘rsatilgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar bo‘lmaganidan dalolat beradi. Mazkur odam muayyan hodisani idrok etishga yoki ma’lum harakatlarni bajarishga qodir emasligini aniqlashga qaratilgan tergov eksperimenti natijalarini baholash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Tekshirilayotgan shaxs individual psixologik sohasining bir qator muhim omillarini aniq hisobga olish, tiklash va nazorat qilish mumkin emas. Vaholanki, ular eksperiment natijalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tekshirilayotgan shaxsdan shu yo‘l bilan olingan ko‘rsatuvlar yolg‘on bo‘lishi, u o‘z imkoniyatlarini ataylab namoyish etmagan bo‘lishi mumkin.
va olingan natijalar fotosuratlarda yoki videotasvirga tushirish yo‘li bilan qayd etiladi. Bundan tashqari, o‘lchash, ovoz yozish, chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash amalga oshirilishi mumkin.
223
Boshqa tomondan, tergov eksperimentining salbiy natijasi shaxsning hayajonlanishi, u ko‘nikmagan sharoitlar tufayli o‘z harakatlarini boshqarish yoki intellektual imkoniyatlarning susayishi oqibati bo‘lishi ham mumkin. SHu sababli bunday hollarda eksperimentning salbiy natijasi mutlaqo ishonchli deb qaralishi mumkin emas, demak, tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirishga sabab bo‘lgan voqeaning realligi to‘g‘risidagi masala ochiq qolishi va boshqa tergov harakatlari yordamida aniqlanishi lozim. Tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi mexanizmining ayrim elementlarini tekshirishga qaratilgan eksperimentlarning natijalari ham uzil-kesil, ham ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Eksperiment jarayonida qo‘llanilgan kriminalistik texnika vositalarining mahsulotlari (kino, ovoz yozish, video tasmalari, foto- suratlar, chizmalar) bayonnomaga ilova qilinganligi ham ko‘rsatilishi lozim.
Tergov eksperimenti natijalarini baholash jinoyat ishidagi materiallar boshqa dalillar bilan solishtirib, ularni o‘zaro bog‘liqligi, bir- birini to‘ldirishi asosida qabul qilinadi. Dalillarni baholashning tartib- qoidalari xususiyati qonun asosida bo‘lib, umumiy prinsiplarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Tergov eksperimentining natijalari tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi (salbiy) bo‘lishidan qat’i nazar, har ikkala turi ham dalil bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi turi tekshirilayotgan hodisa dalilni to‘g‘ri bo‘lishi ehtimol ekanligini, ko‘rsatuvdagi dalillar hodisa haqiqat bo‘lib o‘tgan deb hisoblashga va tergovning keyingi navbatdagi chora-tadbirlarini to‘g‘ri belgilashga va o‘tkazishga imkon beradi. Ikkinchi turdagi natija, ya’ni eksperiment tekshiruvidagi holat vaziyatlarni tasdiqlamasa, inkor etsa, bu holda ko‘rsatuvdagi holat dalillari noto‘g‘ri yoritilganligi, tusmol noto‘g‘ri ekanligi aniqlanadi. Eksperiment natijalari, ularning qanday shaklda, turda bo‘lishidan qat’i E’tibor qarating! Tergov harakatining natijalarini qayd etib mustahkamlagan hujjat – bayonnoma protsessual jihatdan dalil manbai bo‘lib xizmat qiladi va ayblov xulosasiga, so‘ng sudning qaroriga (hukmiga) asos bo‘ladi, shuning uchun bayonnoma yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilinmay bajarilgan holda, bu hujjat haqiqiy kuchga ega bo‘lmay qoladi, eksperiment jarayoni va natijalari daliliy xususiyatini yo‘qotadi.
224
nazar, qonun talabi asosida baholanishi va ish materialiga qo‘shilishi zarur. Sud muhokamasi jarayonida o‘tkazilgan eksperimentning natijalari, sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi va tegishli talablar asosida baholanadi. Nazorat savollari: 1. Eksperiment tergov harakati tushunchasi va ahamiyatini izohlab bering. U boshqa tergov harakatlaridan qaysi xususiyatlariga ko‘ra ajralib turadi? 2. Tergov eksperimentini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida tergovchining harakatlariga baho bering.
Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi qanday tanlanadi? Tergov eksperimentining natijalarini qay tartibda rasmiylashtiriladi?
Fuqaro Sobirov N. Yunusobod tuman prokuraturasiga murojaat etib, o‘z xotinini mast holatda o‘ldirib qo‘yganligini tan olgan. U o‘zining xotini bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmaganligini, ishdan kelib uni o‘ldirib qo‘yganligini, aytib o‘z aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida ariza yozdi. Ayblanuvchi Sobirov N so‘roq qilinganida u xotinining chap elkasiga pichoq bilan urganligi, so‘ngra yurak tomoniga pichoq bilan urganligini aytdi. Sobirov N ning bo‘yi xotinidan past bo‘lganligi tufayli tergovchi jaroxatning tepadan turib jabrlanuvchining chap elkasiga urilganligi bois Sobirov N ning ko‘rsatuvlaridan shubhalandi. Ushbu vaziyatda tergov eksperimenti o‘tkazilishi mumkinmi? Tergov eksperimenti natijasida qanday holatlar aniqlanishi mumkin? Download 4.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling