Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59

2-kazus 

2015  yil  5  yanvar’  kuni  soat  13.00  da  CHilonzor  tumani  IIB  da 

fuqaro    A  tomonidan  ariza  kelib  tushgan.  Arizada  quyidagilar  aks 

ettirilgan.  Fuqaro  A  o‘z  oilasi  bilan  1  yanvar’  kuni  Qashqadaryoga 

mehmonga ketib 5 yanvar kuni uyga qaytadi. Kelganida uyning tartibsiz 

holda  yotganligini,  qimmatbaho  buyumlar  yo‘qolganligini    guvohi 

bo‘ladi. Dastlabki tergov davomida voqea joyidan noma’lum shaxsning 

izlari  topiladi  va  uyga  kirishda  buzuvchi  qurollardan  foydalanilganligi 

ma’lum bo‘ldi.  

Voqea  joyini    ko‘zdan    kechirish    davomida    kriminalistik  

fotografiyaning    qanday    usullaridan    foydalanish    mumkin?    Tergov  

harakatlarini    o‘tkazish    davomida    fotosuratni    qo‘llanilishi    qanday  

usulda  rasmiylashtiriladi? 

 

6-MAVZU. KRIMINALISTIK TRASOLOGIYA 

 


 

76 


Trasologiya  tushunchasi,  izlarning  tasniflari.  Qo‘l  barmoq  izlari. 

Oyoq  va  poyabzal  izlari.  Buzish  qurollaridan  qolgan  izlar.  Transport 

vositalarining  izlari.  Izlarni  ko‘zdan  kechirish  va  protsessual 

rasmiylashtirish. Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar. 

 

Trasologiya tushunchasi va izlarning tasniflari 

 

Trasologiya  so‘zi  fransuzcha  “la  tras”  -  iz,  grekcha  “logos”-

ta’limot  so‘zlarining  birikuvidan  hosil  bo‘lib,  “izlar  haqidagi  ta’limot” 

degan ma’noni anglatadi. Trasologiya jinoyatlarni fosh qilishda va unga 

qarshi  kurashda  qo‘llaniladigan  kriminalistik  texnikaning  muhim 

sohalaridan biridir. 

Kriminalistikada izlar ikki guruhga ajratiladi:  

Hodisa  yoki  uning  ayrim  holatlari  inson  ongiga  singib  xotirasida 

saqlanadi va ma’lum vaqtlarda ma’lumot-axborot shaklida tiklanadi. Bu 

xildagi izlarni shartli ravishda xotiraviy izlar desa bo‘ladi. Izlarning bu 

turi  sub’ektiv  xarakterga  ega  bo‘lib  insonning  sezish,  qabul  qilish, 

tafakkur  qilish,  xotirasida  mustahkam  va  uzoq  muddatgacha  saqlash 

qobiliyatiga,  shuningdek,  boshqa  jismoniy  va  ruhiy  xususiyatlariga 

bog‘liqdir. 



Moddiy izlar – jinoiy hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan turli harakatlar 

natijasida bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektda uning ma’lum qismidan aksi, 

modda  qoldig‘i  yoki  boshqa  o‘zgarish  alomatlari  qoladi.  Izni  hosil 

qiluvchi ob’ekt izni o‘zida aks ettiruvchida faqat kontakt bo‘lgan tashqi 

tuzilishining  biror  qismidangina  iz  qoldiradi.  SHu  asosda  iz  hosil 

bo‘lishida  ikki  ob’ekt  o‘zaro  munosabatda  bo‘lib,  birinchisi  izni  hosil 

qiluvchi,  ikkinchisi  izni  o‘zida  aks  ettiruvchi  ob’ektlar  guruhini  tashkil 

qiladi. 


Izlarni hosil bo‘lish mexanizmi deyilganda, bir ob’ektning ikkinchi 

bir  ob’ektda  o‘z  tasvirini  qoldirish  jarayonini  tushunish  kerak.  Ular 

individualligi va o‘ziga xos xususiy belgilariga ega. Ana shu belgilar bir 

ob’ektning ikkinchi ob’ektga ta’siri natijasida iz hosil qiladi. 

 

E'tibor  qiling!  Izlar  haqidagi  ta'limot  deganda,  keng  ma'noda  jinoyat 



sodir  qilish  natijasida  vujudga  keladigan  barcha  o'zgarishlar 

to'g'risidagi  bilimlarni  tushunamiz.  Izlar  jinoyat  sodir  etilgan  joyda, 

jinoyatchining badanida va kiyimida hosil bo'ladi. 


 

77 


 

Jinoiy hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha izlar – qoldiq moddalar, 

turli  o‘zgarishlar,  ob’ektning  bo‘laklari  kabilarni  o‘z  ichiga  oladi.  Iz 

hosil  qiluvchi  predmet  –  buyumning  tashqi  individual  tuzilishi  aks 

etilgan  izlargina  trasologik  tekshiruv  predmeti  bo‘laoladi.  Bu  masala 

trasologiyaning  asosiy  vazifasi  bo‘lgan  ob’ektlarning  izlari  asosida 

uning  aynanligini  yoki  ma’lum  bir  guruh  (tur)ga  mansubligini  aniqlash 

tushunchasidan kelib chiqadi. 

Trasologik  izlarning  tasnifi  ularni  hosil  qiluvchi  ob’ekt  turlari 

bo‘yicha ham xilma-xildir. Odamning qo‘l, barmoq, yalang oyoq izlari, 

poyabzal izlari, ba’zan tish va lab izlari ham uchraydi.  Jinoiy harakatni 

sodir  etishda  turli  to‘siqlarni  buzish  uchun  asbob-qurollar  ishlatiladi, 

bularni  buzish  qurollaridan  qolgan  izlar  deb  ataladi.  Transport 

vositasining g‘ildiraklari va turli qismlaridan qoladigan izlar ham bor. 

Ekspertiza  tekshiruvlari  ham  ana  shu  guruhlarga  tegishli  bo‘lgan 

izlarning  xususiyatiga  qarab  o‘tkaziladi.  Ob’ektlardagi  izlarning  hosil 

bo‘lish  mexanizmini  va  iz  qoldirgan  ob’ektlarning  aynanligini  aniqlash 

trasologik tekshiruv orqali bajariladi. 

Izning  hosil  bo‘lish  xususiyati  uning  alomatlari,  shakli,  o‘lchovi, 

qoldiqlari  va  boshqalarini  o‘rganish  orqali  aniqlanadi.  Mazkur 

tekshiruvga  bevosita  izni  o‘zida  aks  ettirgan  ob’ektni  o‘rganish  bilan 

erishiladi.  Ob’ektning  fotosurati,  nusxasi  faqat  yordamchi  vosita  rolini 

o‘ynaydi.  SHu  bilan  birga  jinoiy  ish  materiallarini  ko‘zdan  kechirish 

bayonnomasi,  fotosuratlari  va  chizmalari  tekshiruvni  bir  muncha 

engillashtiradi. 

 

Qo‘l barmoq izlari 



 

Qo‘l (barmoq) izlari boshqa izlarga nisbatan ko‘proq uchrab turadi, 

chunki  inson  u  yoki  bu  harakatni  sodir  qilganda  qo‘l  bilan  ushlaydi, 

oladi va boshqa amallarni bajaradi.  

Esda tuting! Trasologiya bu - izlarning hosil bo'lish mehanizmini, iz 

hosil qiluvchi ob'ektlarning guruh va individual mansubligini 

aniqlash, izlarning aksini qidirib topish, qayd etish va tekshirish uchun 

qo'llaniladigan ilmiy-tehnika vositalari va metodlarini ishlab chiqish 

haqidagi ta'limotdir. 

E'tibor  qiling!  Daktilos  -  barmoq  ma'nosini  anglatadi.  Tergov 

amaliyotida  izlar  asosida  muayyan  shahsning  aynanligini  daktiloskopik 

tekshiruv yo'li bilan aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. 



 

78 


 

Qo‘ldan qoladigan izlarning ahamiyati izni hosil qiluvchi qo‘ldagi 

teri  tuzilishining  o‘ziga  xosligi  va  takrorlanmasligi  bilan  belgilanadi. 

Anatomiya fanining  ma’lumotlariga  binoan teri ikki qavat, ya’ni derma 

va epidermis qatlamlaridan iborat bo‘lib, derma ichki qatlami, epidermis 

esa tashqi qoplovchi teri qatlamini tashkil qiladi. Ichki qatlam (derma)da 

teri  tuzilishi  silliq  bo‘lmay  o‘ziga  hos  papillyar  (kashta)  tuzilishi  bilan 

tavsiflanadi.  Kashtalar  papillyar  chiziqlar  hosil  qilib,  ustki  qatlam  –  bu 

chiziqlarni takrorlaydi.  

 

Qo‘l  kafti,  barmog‘i  yoki  boshqa  joyi  zarar  ko‘rganda  ham 



(kuyish,  kesilish  va  boshqalar)  ustki  qatlami  ma’lum  bir  vaqt  o‘tishi 

bilan  to‘la  va  avvalgi  holatga  tiklanadi.  Faqat  terining  ichki  (derma) 

qatlami  chuqurroq  zararlansa,  papillyar  chiziqlari  shikastlanib  o‘rnida 

chandiq izlari hosil bo‘ladi. Bu  ma’lumotlar amaliy va nazariy jihatdan 

qator tadqiqotlar asosida tasdiqlangan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ma'lumot uchun! qo'l izlarining ahamiyati inson qo'li barmoqining ohirgi 

bo'g'imlaridagi papillyar chiziqlarning individual, ya'ni har bir shahsning 

o'ziga  hos  hususiyatiga  ega  bo'lishi  va  bu  hususiyat  insonning  umri 

davomida o'zgarmas, mustahkam tasvirga egaligidadir. Terining tuzilishi 

insonning  homiladalik  davrida  shakllanib,  umri  bo'yi  o'zgarmay  va 

o'lgandan  so'ng  ham  to'liq  chirish  yuz  berganga  qadar  saqlanib  qoladi. 

Teri kashtasining hususiyati, undagi barcha alomatlar yig'indisi ikkinchi 

shahsda takrorlanmasligidadir. 

Barmoqdagi papillyar chiziqlar uch 

qismdan iborat 

 

 



kashtaning ichki shaklini chizib 

boruvchi chiziqlar 

 

 

kashtaning bazis chiziqlari 



 

 

ichki shaklning tashqari qismidagi, 



ya'ni yon atrofdagi chiziqlar 

 

 



Esda tuting! Kashtaning ichki chiziqlar oqimi atrof chiziqlar oqimi bilan uchraydigan joy 

delta deb nomlanadi. 



 

79 


 

Izlar  kashta  chiziqlarining  necha  oqimdan  iboratligiga  va  bu 

oqimlarning yo‘nalish shakliga qarab tasniflanadi. Barmoqdagi papillyar 

kashtalar  ana  shu  oqimning  yo‘nalishidagi  murakkabligiga  qarab  uch 

turga:  yoysimon,  sirtmoqsimon  va  aylana  shaklidagi  chiziqlarga 

bo‘linadi.  



YOysimon  kashtada  chiziqlar  bir  tomondan  ko‘tarilib  aylana 

hosil qilib, qarama-qarshi tomonga yo‘naladi.  



Sirtmoqsimon  kashtada  ichki  oqimdagi  ikki  yoki  undan  ko‘p 

chiziq  kashtaning  markazida  sirtmoq  tashkil  etadi  va  yana  qayta  o‘z 

tomoniga  yo‘naladi.  Sirtmoq  hosil  qilgan  chiziqlar  oqimining  og‘ishi 

bosh  barmoq  tomoni  bo‘yicha  yo‘nalsa,  sirtmoqdagi  kashtaning  radial 

formasi,  agar  og‘ish  jimjiloq  tomon  bo‘lsa,  ulinar  formasi  deb  ataladi. 

Kashtadagi  sirtmoqlarning  o‘zi  oddiy,  berk,  yarimta  va  bukilgan 

formalarda  bo‘ladi.  Kashtadagi  sirtmoq  hosil  qilgan  papillyar 

chiziqlarning  har  uch  oqimi  bir-biriga  yaqinlashgan  joyda  bitta 

uchburchak delta hosil bo‘ladi. 

Aylana  kashtada  papillyar  chiziqlar  turli  shakldagi  dumaloq, 

markazdan  o‘ngga  yoxud  chapga  yo‘nalgan  aylana  doiralardan  tashkil 

topgan  bo‘lib,  har  ikkala  tomonida  deltasi  bo‘ladi.  Ushbu  deltalarning 

o‘zaro joylashishi asosida ham aylana kashtalar turlarga bo‘linadi. 

Ekspertiza  faoliyatida  ko‘p  hollarda  barmoq  izlari  tekshirilib 

turiladi. Kaftning u yoki bu qismi izlari nisbatan kamroq uchraydi. Biror 

modda bilan qo‘llar, barmoqlarni kashta tuzilishlarini aniqlash mumkin. 

Ko‘rinmaydigan  izlarni  ko‘rinarli  qilib,  kriminalistik  texnik  vositalari 

yordamida ko‘chirib olinadi. Izlar alohida predmet, buyumlarda topilgan 

hollarda  izni  predmeti  bilan  olinib  (unga  hech  qanday  vosita 

qo‘llanilmasdan) ekspertizaga yuboriladi. 

Solishtirib  tekshirish  uchun  shubhalanilgan  shaxslarning  o‘nta 

barmog‘i  va  ikki  kaftining  izlari  maxsus  daktilokartalarda  aks  ettirilib 

namuna sifatida yuboriladi.  

Ma'lumot  uchun!  Jinoyat  sodir  bo'lgan  va  boshqa  hodisalar  ro'y 

bergan  joylarda  qo'l  izlarini  silliq  predmet  -  buyumlarda,  masalan, 

bo'yalgan pol, devor, eshik-deraza yog'ochlari va metall qismlari, uy-

ro'zg'or  buyumi,  mebellarning  silliq  ustki  qatlamlarida  izlash  lozim. 

Silliq  bo'lmagan  o'ziga  yog'  va  teri  suyuqligi  singdiradigan 

buyumlarda iz qolgan bo'lsada, uni ko'rinarli qilish, ko'chirib olish va 

identifikatsiya  qilishning  iloji  bo'lmaydi,  chunki  bunday  iz 

individuallik  hususiyatlarini  aks  ettira  olmaganligi  sababli  yaroqsiz 

hisoblanadi. 


 

80 


 

Hodisa 


joyida 

topilgan 

barmoq 

izini 


fotosuratga 

olib 


mustahkamlangandan  so‘ng  uni  maxsus  daktiloplyonkaga  ko‘chirib 

olinadi va namunalar bilan ekspertizaga yuboriladi.  Ko‘rinmaydigan va 

bo‘yalgan qo‘l-barmoq izlari alohida kichik buyum yoki jinoyat qurolida 

qolgan  bo‘lsa,  mazkur  predmetni  hech  qanday  o‘zgarishsiz  izlari  bilan 

olib,  maxsus  usul  bilan  o‘rab  joylashtirib  ekspert  ixtiyoriga  havola 

qilmoq  tavsiya  etiladi.  Ekspertiza  topilgan  iz  shubhalanilganning  qaysi 

qo‘li va barmog‘idan qolganligini aniqlashga yordam beradi. 

 

 



2-rasm. Qo‘l barmoq izlari, 

chapda hodisa joyidan topilgan iz, o‘ngda gumon qilinuvchi 

barmog‘idan namuna izi (bir xildagi belgilar raqamlar bilan ko‘rsatilgan) 

 

Oyoq va poyabzal izlari 

 

Oyoq,  poyabzal  va  paypoqlardan  qolgan  izlar  hajmli  va  yuzaki 

ko‘rinishda  bo‘ladi.  Oyoqlardan  qoladigan  hajmli  izlar  ko‘proq 

identifikatsiya  qilishga  yaroqli  bo‘ladi.  Ular  ko‘pincha  bo‘sh  tuproqda, 

qorda  yoki  nam  qumlarda  qolishi  mumkin.  Izlarni  tekshirish  faqat 

oyoqning  katta-kichikligi  yoki  poyabzallarning  shakli  va  o‘lchamini 

aniqlab  qolmasdan,  balki  izlarda  aks  ettirilgan  ba’zi  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga  qarab  shaxsning  aynan  o‘zligini  aniqlashga  imkon 

bo‘ladi. Oyoq izlari asosan yurganda, sakraganda yoki chopganda hosil 

bo‘ladi.  SHuning  uchun  ham  ularning  hosil  bo‘lish  mexanizmi  odatda 

hosil bo‘ladigan statik izlardan birmuncha farq qiladi. 


 

81 


Tekshirish  uchun  yaroqli  bo‘lgan  dinamik  izlar  hodisa  sodir 

bo‘lgan  joylarda  qolishi  mumkin.  CHunki  poyabzallarning  tagcharmi 

qattiq  va  yumshoq  materiallardan  qilinganligi  uchun  sirg‘anish 

natijasida qolgan izlarda ularning identifikatsiyaviy xususiyatlari yaxshi 

aks  ettirilmaydi.  Biroq,  tagcharm  va  poyabzallarning  poshna 

qismlarining  sirg‘anishi  natijasida  izlarda  poyabzalga  qoqilgan  mix  va 

taqalardan  izlar  qolgan  bo‘lsa,  bunday  vaqtlarda  ob’ektlarni 

identifikatsiya qilish mumkin bo‘ladi.  

Oyoq  izlari  yaqqol  ko‘rinish  xususiyatiga  ega  bo‘lganligi  sababli 

ularni  topish  uchun  maxsus  usullarni  qo‘llashga  zarurat  tug‘ilmaydi. 

YAlang  oyoq  izlarini  qidirishda  qo‘l  izlarini  topishda  qanday  usullar 

qo‘llansa,  bunda  ham  xuddi  shunday  usullar  qo‘llanadi,  ya’ni  turli 

yonboshdan yorug‘liklar berish yo‘li bilan yoki turli burchakdan ko‘rish 

usuli  bilan  topish  mumkin.  Yod  bug‘i  bilan  changlantirish  usuli  va 

ningidrindan  foydalanish  ham  izlarni  topishda  ijobiy  natija  berishi 

mumkin 


Poyabzallardan  qolgan  izlarga  qarab  ularning  tagcharm  qismining 

tuzilishi,  poshnasi,  tagcharmidagi  alohida  shakllar,  yuzasining  tuzilishi 

(silliq, kashtalik), shuningdek, tagcharmning poyabzalga tikilish usullari 

to‘g‘risida  mulohaza  yuritish  mumkin.  Bu  belgilarning  umumiy 

yig‘indisi  poyabzalning  o‘lchami  to‘g‘risida  aniq  xulosa  yuritish 

imkoniyatini beradi. 

YAlang  oyoqdan  qolgan  izlarni  tekshirish  bilan  uning  shakli  va 

razmeri,  agar  izda  barmoq  izlari  ham  aniq  aks  etgan  bo‘lsa,  ularning 

shakli  va  hajmi  to‘g‘risida  xulosa  chiqazish  imkoni  tug‘iladi.  SHu 

narsani  nazarda  tutmoq  kerakki,  harakat  vaqtida  barmoqlar  bir  muncha 

yoyilib ketadi va ularning aksi yurmasdan turgan vaqtda qoldirgan izga 

nisbatan uzunroq va enliroq bo‘ladi. 

YAlang  oyoq  izlarining  uzunligi  izning  o‘qi  bo‘ylab,  tovondan  to 

katta  barmoq  uchigacha  bo‘lgan  masofada  o‘lchanadi.  Oyoqning  tovon 

va kaft qismlarining eni, ularning eng keng joyidan oyoq yuzasining eni 

va eng qisqa joyidan o‘lchanadi. 

Poyabzallardan  qolgan  izlarning  uzunligini  aniqlash  uchun 

poyabzal  tagcharmining  eng  chetidan  to  uchigacha  o‘lchanadi. 

Tagcharm  uzunligi,  izning  o‘qi  bo‘ylab,  tagcharm  eni  –  eng  keng 

joyidan,  o‘rta  qismi  eng  qisqa  joyidan,  poshna  qismining  eni  eng  keng 

joyidan va poshna qismining uzunligi iz o‘qi bo‘ylab o‘lchanadi. 

Hodisa  joyida  bir  necha  oyoq  izlari  topilgan  taqdirda,  ulardan 

bittasi  o‘lchanib  qolmasdan  barchasi  o‘lchanishi  zarur.  Bu  erda  izlar 


 

82 


“yo‘lka”si hosil bo‘ladi va ularni suratga olinib keyin masshtabli rejaga 

ko‘chiriladi.  Yo‘lkalarning  quyidagi  o‘ziga  xos  elementlari:  yurish 

yo‘nalishi,  qadamning  uzunligi  va  eni,  tovonning  burish  burchagi 

bo‘ladi.  

 

Hajmli oyoq izlaridan nusxalar olish uchun gipsdan foydalaniladi. 



Gips  quruq  va  yaxshi  birikadigan  mayda  bo‘lishi  kerak.  Gips  bo‘tqasi 

tayyorlangandan  keyin  oyoq  izlariga  ikki  xil  usulda  quyiladi.  Birinchi 

quyilishda iz yarimgacha to‘ldirilib, ustidan gips nusxaning mustahkam 

va jipsligi uchun turli cho‘p yoki sim quyilib undan keyin ikkinchi marta 

gips  quyilib  iz  to‘ldiriladi.  SHuni  nazarda  tutmoq  kerakki,  gipsni  izga 

quyishda  izning  chet  qismlari  ag‘anab  tushib  ketishi  mumkin.  SHuning 

uchun  gips  suyuqligini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  izga  quymasdan  chetroqdagi 

tuproq  ustiga  quyilsa,  gips  o‘zi  sekin  oqib  izga  tushadi,  bu  esa  izning 

hamma qismlaridan to‘liq nusxa chiqishiga imkon yaratadi.  

Agar izlar yumshoq ob’ektlarda bo‘lib, gips yaroqsiz holatga kelib 

qolish xavfi tug‘ilsa, bunday izlarga gips quyishdan avval 6 foizli spirtda 

suyultirilgan shellak qorishmasi (lak, surg‘ich, plastmassa), atseton (2,5 

foiz)da eritilgan sellyulloza yordamida izning yuz qismiga purkash yo‘li 

bilan qotirilib, keyin gipslik nusxa olinsa mustahkam chiqadi.  

Tergov  va  ekspertiza  amaliyotida  yalang  oyoq  izlariga  nisbatan 

poyabzal  izlari  ko‘proq  uchrab  turadi.  Poyabzal  izlari  odatda  yurish  – 

harakat natijasida hosil bo‘ladi, bu vaqtda dinamik va inson tinch to‘xtab 

turgan  joyida  statik  izlar  qolishi  mumkin.  YUrish-qadam  tashlash 

jarayonida  poyabzaldan  qisman  statik  va  oyoqning  harakati  natijasida 

dinamik  izlar  hosil  bo‘ladi.  Oyoqlardan  biri  sudralish  xususiyatiga  ega 

bo‘lsa va harakat natijasida sirg‘anish yuz beradi, bunda poyabzal izlari 

sof dinamik xususiyatga ega bo‘ladi. Identifikatsiya uchun ko‘p hollarda 

statik  izlarning  botiq  shakllari  ahamiyatlidir.  Bu  izlarni  kuzatish, 

o‘lchash, o‘rganish bilan poyabzalning (uni kiygan oyoqning) o‘lchami, 

Ma'lumot uchun! Poyabzalning o'lchamini topish uchun quyidagi talablar 

bajarilishi  kerak:  a)  izning  uzunligini  o'lchash;  b)  topilgan  sonni  10-15 

mm  kamaytish;  v)  qolgan  sonni  6,67ga  taqsimlash.  Masalan,  izning 

uzunligi 280mm. 280-10=270; 270:6,67=40. Shunday qilib, iz qoldirgan 

poyabzal  tahminan  40  o'lchamli  deyish  mumkin.  Poyabzal  iziga  qarab 

kishining  bo'yini  tahminan  topish  mumkin.  Kishi  bo'yi  poyabzal  izidan 

6,7 barobar uzun bo'ladi. 


 

83 


shakli,  ya’ni  qaysi  guruhga  mansubligi  bilan  bir  qatorda  iz  qoldirgan 

poyabzalning aynanligini aniqlash mumkin. 

Poyabzalning  yuzaki  izlari  bo‘yicha  faqat  umumiy  xususiyat 

belgilarini  kuzatish  mumkin.  Ba’zi  hollarda  izlar  tekis  joylar  (parket, 

pol,  linoleum,  marmar,  silliq  plitkalar)da  qolgandagina  poyabzalning 

individual  xususiyati  aks  etadi.  Bunday  holatlarda  identifikatsiya 

o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Dinamik izlar bo‘yicha ularning hosil bo‘lish 

mexanizmi va ob’ektning qaysi qismidan hosil bo‘lganligi aniqlanadi.  

YAlang oyoq izlari kamroq uchrab tursada, ularning identifikatsiya 

nuqtai  nazaridan  ahamiyati  kattadir.  Odamning  oyoq  tavonida 

mikrorelef kashtalari  mavjud bo‘lib ular ham individuallik xususiyatiga 

egadir.  SHu  bois,  yalang  oyoq  izlari  bo‘yicha  uni  qoldirgan  muayyan 

shaxsning  aynanligini  belgilash  mumkin.  Insonning  tovon  terisidagi 

papillyar  chiziqlar,  teri  tuzilishi  (mikrorelefi)  individual  bo‘lib,  umr 

bo‘yi  o‘zgarmaydi.  Bu  holat  bir  qator  ilmiy  tadqiqot  va  kuzatuvlar 

asosida  tasdiqlangan.  YAlang  oyoq  izlari  yumshoq  va  yarim  yumshoq 

ob’ektlarda botiq holatlarda va tekis joylarda esa yuzaki shaklda qolishi 

mumkin.  Ularni  o‘lchash  va  ko‘chirib  olish  uchun  qo‘l  izlariga  doir 

umumiy  usullar  tavsiya  etiladi.  YAlang  oyoq  izlarini  o‘lchashda  bosh 

tomondan  (katta  barmoqdan)  tovonning  sirtqi  chetigacha  uzunligi,  kaft 

qismining  markazi,  oraliq  chiziqcha  chegarasigacha  uzunligi  va 

kengligi,  tovon  qismi  ham  uzunligiga  va  eniga  o‘lchanadi.  Bu  umumiy 

guruhga mansubligini belgilaridir.  

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

3-расм. Пойабзал излари, ходиса жойидан 



олинган изнинг қолипи ва текширилувчи 

пойабзал рақамлар билан бир хилдаги 

белгилар кўрсатилган 

4-расм. Оёқ излар йўлкаси 

(ҳарфлар билан ўлчов белгилари 

кўрсатилган) 



 

84 


 

 

 



 

Buzish qurollaridan qolgan izlar 

 

Jinoyatchilar  binolarga  kirish  maqsadida  turli  to‘siqlarni  buzib, 

qulflarni  turli  usullarda  ochish  va  shikastlash  yo‘lidan  foydalanadilar. 

To‘siqlar  o‘z  xususiyati,  tuzilishi  va  vazifasi  bo‘yicha  turlicha  bo‘ladi. 

Jinoyatchilar  turli  predmet  –  asboblarni  jumladan,  yog‘och,  temir, 

shishalarni  qurol  sifatida  ishlatadilar.  Masalan:  duradgorlik,  slesarlik 

asboblari,  uy-ro‘zg‘or  va  xo‘jalikda  ishlatiladigan  qurollar,  qulflarni 

buzib ochish uchun moslama kalitlar va boshqalar. 

Jinoyatchilar  ko‘p  hollarda  qulflarni  buzadilar  va  ba’zida  boshqa 

kalitga  o‘xshash  moslamalar  bilan  ochadilar.  Qulflarni  buzishda  ba’zan 

qulf  yopiq  ilingan  holda  to‘siq  bilan  birga  ko‘chirib  olinadi.  Moslama 

kalitlar va boshqa kalitning shakliga o‘xshash asboblar bilan ochilganda 

qulfning ichki qismida tirnalish, sirg‘alish kabi izlar hosil bo‘ladi. Qulfli 

to‘siq  buzilganda  qattiq  metall  buyum-asbob  bilan  qulf  biriktirilgan 

eshik-deraza kesakisini ajratadilar. Bunday hollarda to‘siqning o‘ng yoki 

chap  qismida  botiq  izlar  hosil  bo‘ladi.  Qulflar  avvalgi  holati 

o‘zgarmasdan ilingani bo‘yicha qoladi. 

 

E'tibor  qiling!  To'siq  bo'lgan  ob'ektlarning  barchasini  ikki  guruhga 



ajratish  mumkin:  1)  turli  shakl  va  tuzilishdagi  qulflar;  2)  qurilish 

to'siqlari  va  turli  moslamalar,  masalan,  seyf  qutilar,  buyum,  pul  va 

boshqa saqlash qurilmalari. 

Ma'lumot  uchun!  Osma  qulflarni  buzganda  turli  slesarlik  asboblar 

ishlatiladi. Ombur, nojovka (metall qirqadigan arra) kabilar bilan qulf 

bandi kesiladi yoki lom bilan siqib buzish quroli tekkan joylarda botiq 

yoki  yuzaki  izlar  hosil  bo'ladi.  qulfning  ichki  qismidagi  ba'zi  joylari 

(rigel,  prujina  tishlari)  zararlanadi  va  qulf  ?isman  ilingan  holda 

saqlanadi.  Eshik,  deraza,  devor  kabi  to'siqlar  buzilganda  sindirish, 

buzishga  moslashgan  asbob-predmetlarni  qo'llaydilar.  Metalldan 

yasalgan  qurilmalarni  (seyf,  shkaf  kabi)  buzishda  avtogen  asbobini 

ham qo'llaydilar. 



 

85 


Kesilish natijasida buzish qurollaridan ob’ektlarda ikki tomonlama 

iz  qoladi.  Qurol  eshik  oralig‘iga  kiritilgan  vaqtda  eshikning  o‘zida 

hamda  to‘sinida  iz  qolishi  mumkin.  Bunday  izlardan  ayniqsa  buzish 

qurolining  uchidan  qolgan  izlardan,  qurol  uchi  qismining  guruh 

mansubligini,  shaklini,  razmeri,  ba’zi  vaqtlarda  hatto  ularning  guruh 

mansubligi va aynan o‘zi ekanini aniqlash ham mumkin. 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling