Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

 

Nazorat savollari: 

 

1.

 



Kriminalistik  identifikatsiya  mazmun-mohiyatini  tushuntirib 

bering. U qanday vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi va qanday 

shakllari mavjud?  

2.

 



Kriminalistik  diagnostikaning  mazmun-mohiyatini  tushuntirib 

bering, u identifikatsiyadan nimasi bilan farq qiladi? 



 

Kazuslar: 

 

1-kazus 

2013  yil  5-fevral  kuni  CHilonzor  tumani  SHox  ko‘chasi  5-uy  3 

xonadonda  bosqinchilik  jinoyati  sodir  etilgan.  Bosqinchilik  jinoyati 

natijasida  hodisa  joyidan  qonga  o‘xshash  qizil  dog‘lar,  jabrlanuvchini 

qo‘rqitish uchun otilgan o‘q va gilza hamda soch tolalari topilgan.  

Tergovchi  ushbu  ob’ektlarni  identifikatsiya  qilish  uchun  qanday 

harakatlarni amalga oshirish kerak. 

YUqoridagi  holatga  kriminalistik  jihatdan  baho  bering,  bunda 

tergovchi  qanday  tergov  harakatlarini  amalga  oshirishi  kerak.  Ularni 

amalga  oshirish  taktikasi  va  qo‘llaniladigan  kriminalistik  texnik 

vositalarni bayon qiling. 

 

2-kazus 

Hodisa  joyida  o‘q  otar  qurol  yordamida  otib  o‘ldirilgan  bir  nechta 

jabrlanuvchilar 

murdasi 


topildi. 

Tekshiruvlar 

natijasida 

ushbu 


murdalarning  har  biri  bitta  o‘q  otar  qurol  yordamida  otib  o‘ldirilgani 

aniqlandi.  

Surishtiruv  jarayonida  o‘q  otar  qurolning  egasi  aniqlandi  va  u 

ushlab  keltirildi.  Biroq,  quroldagi  izlar  qurol  egasiga  ham  murdalarga 

ham  taaluqli  emas.  Aytinchi,  mazkur  holatda  haqiqatni  aniqlash  uchun 

tergovchi qanday tergov taktikasidan foydalanadi? 



 

40 


Mazkur  holat  bo‘yicha  tayinlanadigan  ekspertizalar  va  ular  hal 

qiladigan vazifalarni aniqlang. 

O‘q otar qurolni identifikatsiya qilish tartibini tushuntiring? 

O‘q otar qurolni diagnostika qilishda qanday masalalar hal etiladi? 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II BO‘LIM. KRIMINALISTIK TEXNIKA 

4-MAVZU. KRIMINALISTIK TEXNIKANING 

ASOSLARI 

 

Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari. Kriminalistik 

texnika tekshiruv vositalari va uslublari. Kriminalistik texnikaning tergov 

va tezkor-qidiruv faoliyatida qo‘llanishi. 



 

Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari 

 

Kriminalistik  texnika  –  fanning  bir  bo‘limi  bo‘lib,  jinoyatlarni 



tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko‘chirib olish 

va  tadqiq  etishda  qo‘llanadigan  maxsus  asbob-uskunalar,  texnik 

vositalar  haqidagi  ilmiy-nazariy  bilimlar  tizimi  hisoblanadi.  SHu  bilan 

birga kriminalistik texnika dalillarni  topish, ularni tekshirish jarayonida 

qo‘llanadigan amaliy bilimdir.  

Kriminalistik  texnika  bo‘limi  jamiyatning  ilmiy  va  texnik  rivojini 

ta’minlaydigan  tabiiy  fanlar  (biologiya,  fizika,  kimyo  va  boshqalar) 

yangi 


texnika-texnologiya 

vositalari 

(kompyuter 

texnologiyasi, 

informatika kabilar) yutuqlari kriminalistik faoliyatda, ayniqsa jinoyatni 

tergov qilishda va oldini olishda keng qo‘llaniladi. 



 

41 


Texnik  vositalar  deganda,  faqat  asbob-anjomlar  (yorituvchi, 

o‘lchovchi  va  b.q.)gina  emas,  balki  texnik  qurilmalarni,  maxsus 

kriminalistik  faoliyatda  qo‘llaniladigan  mikroskoplar,  nurlarni  va 

ranglarni  ajratuvchi  spektrograflar,  ovoz  yozish,  tasvir  yozish  va 

boshqalar nazarda tutiladi. 

 

Kriminalistik  texnikaning  vazifasi  sodir  etilgan  jinoyatga  doir 



ma’lumotlarni  qidirish,  topish,  tadqiq  etish  va  aniqlashdan  iboratdir. 

Jinoyat  esa,  tekshirilayotgan  voqea  holatining  moddiy  xossalarida  o‘z 

aksini topadi. 

 

Kriminalistik  texnikada  O‘zbekiston  Respublikasi  huquqni 



muhofaza qilish organlarining ilg‘or tergov tajribasi, shuningdek, kimyo, 

biologiya,  fizika  va  boshqa  fanlardan  foydalaniladi.  Kriminalistik 

texnika jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqorida ko‘rsatilgan fanlarning 

ayrim  yutuqlarini  tergovni  olib  borish  vazifalariga  moslaydi,  ijodiy 

boyitadi 

va 


muayyan 

maqsadda 

qo‘llaydi. 

SHuningdek, 

kriminalistikaning  o‘z  negizida  maxsus  yo‘l-yo‘sinlari,  uslublari  va 

kriminalistikada,  bir  tomondan,  tabiiy  va  texnika  fanlari,  boshqa 

tomondan,  jinoyatlarni  ochish  va  ularni  oldini  olish  uchun  yaratilgan 

uslublar tizimi jamlangan. 

Kriminalistik  texnikaning  mohiyati  jinoyat  voqeasi  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  moddiy  vaziyatni  aniqlash,  o‘rganish,  qayd  etish,  texnik 

vositalar,  yo‘llar  va  uslubdan  foydalanish,  ularni  tadqiq  qilish, 

E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika bo'limiga tergov jarayonida zarur 

bo'lgan  informatik  ma'lumotlar:  izlarni  topish  va  tekshirish,  otish 

qurollarini identifikatsiya qilish, turli ma'lumotlarning manbai bo'lgan 

hujjatlarni  tadqiq  etish  masalalaridan iborat.  Mazkur  bo'lim  tizimiga, 

shuningdek, 

odamlarning 

tashqi 


qiyofa 

belgilari 

asosida 

identifikatsiya  qilish  va  kriminalistik  ro'yhat  ma'lumotlarini 

qo'llashning  mahsus  qoidalari  ham  kiradi.  Kriminalistik  tehnika 

tizimida turli ob'ektlarni, izlarni tadqiq etishda qo'llanadigan uslublar 

ham muhim ahamiyatga ega. 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  tehnika  deganda,  jinoyatni  aniqlash, 

ochish  va  uning  oldini  olish  uchun  foydalaniladigan  turli  tehnika 

qurilmalari, 

uskunalar, 

apparatlar, 

asboblar, 

buyumlar 

va 

moslamalarni tushunish kerak. 



 

42 


shuningdek,  texnik-kriminalistik  jihatdan  tavsiflash  kriminalistik 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ob’ektlarni  qidirish,  identifikatsiyalash 

uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir. 

Jinoyatchini  topish  va  keyinchalik  o‘rganishda  voqea  yuz  bergan 

joyda,  jabrlangan  odamning  tanasida,  kiyim-kechagida  qoladigan 

moddiy izlarning ahamiyati kattadir. Kriminalistik texnika har qanday iz 

va  ashyoviy  dalillarni  topish,  saqlab  qolish,  qayd  etish,  olish  va  tadqiq 

etish  vositalari,  yo‘l-yo‘riqlari  va  uslublarini  ishlab  chiqish  bilan 

shug‘ullanadi. Har qanday jinoyat ham aniq vaziyatda, muayyan makon 

hamda  vaqtda  sodir  etiladi.  Bundan  kelib  chiqadiki,  kriminalistik 

texnikaning vazifasi aniq ob’ektlar va hodisalarni aniqlash imkoniyatini 

beradigan ilg‘or uslublarni yaratishdan iboratdir. 

Tezkor-qidiruv  faoliyatida  haqiqiy  ma’lumotlarni  aniqlash  uchun 

texnika vositasi bo‘lishi lozim. Ulardan olingan ma’lumotlar jinoyatlarni 

sodir etgan shaxslarni aniqlashda kerak.  

Uslubiyot  tor  ma’noda  muayyan  vazifalarni  hal  etish  uchun 

qo‘llanadigan bir necha uslublar jamlamasini bildiradi. Masalan, qalbaki 

belgilarni  aniqlash  uchun  hujjatlarni  kriminalistik  tadqiq  etish, 

mikrosnusxa,  ranglarni  farqlash,  ultrabinafsha  nurlarida  tahlil  o‘tkazish 

zarur. 


 

Kriminalistik texnika vositalari jinoyatlarning oldini olishga, voqea 

sodir  bo‘lgan  joydagi  vaziyatni  aniq  ifodalashga,  tergov  harakatlarini 

o‘tkazish  va  natijalarini  qayd  etishga,  ashyoviy  dalillarni  to‘plash, 

ko‘zdan kechirish va tadqiq qilishga qaratilgan. 

 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  tehnika  vositalarini  qo'llash  taktikasi, 



deyilganda,  tergov  oldiga  ko'yilgan  masalalarni  hal  etishga  erishish 

maqsadida  ayrim  tergov  harakatlarini  o'tkazish  vaqtida  ana  shu 

vositalardan oqilona va samarali foydalanish tushuniladi. 

Esda tuting! Kriminalistik tehnika tizimi:  

1) 

kriminalistik fotografiya va videotasvirga olish



2) 

umumiy tehnika asoslari;   

 

3) 


kriminalistik trasologiya (izshunoslik); 

4) 


hujjatlarni tekshirish (hujjatshunoslik); 

5) 


kriminalistik ballistika (o'q otish qurollarini tekshirish); 

6) 


kriminalistik bitosnusha (odamlarning tashqi tuzilishi

portretshunoslik). 

 


 

43 


Kriminalistik  texnika  vositalari  va  uslublari  tergov,  tezkor-qidiruv, 

ekspertiza va sud amaliyoti ehtiyojlariga asoslanib ishlab chiqiladi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

Kriminalistik texnika tekshiruv vositalari va uslublari 

 

Kriminalistik  texnika  vositalari  turli-tuman  bo‘ladi.  Ular  orasida 

birinchi navbatda ob’ektlarni yoritadigan asboblar zarurdir.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kriminalistik tehnika vositalari guruhlari 

 

Birinchi  guruhga  jinoyatlarni 



ochish,  tergov  qilish  va 

ularning 

oldini 

olishda 


foydalaniladigan  foto-grafiya, 

video  va  ovoz  yozish,  kinoga 

olish 

vositalari, 



biologiya 

mikroskoplari va boshqa optik 

asboblar, 

avto-mobil 

va 

aviatsiya  trans-porti,  telefon, 



telegraf,  fototelegraf,  radio, 

tahlil 


qilish 

qurilmalari, 

kompyuter 

kabi 


umumiy 

tehnika vositalari kiradi. 

 

Ikkinchi 



guruh 

fan 


va 

tehnikaning 

turli 

tarmoqlaridan 



olinib, 

kriminalistika 

maqsadlari 

uchun  moslashtirilgan  tehnika 

vositalaridan  tashkil  topgan. 

Ularga 


ulьtrabinafsha 

va 


infraqizil 

nurlardan 

foydalanishda 

ishlatiladigan 

turli 

yoritgichlar, 



qidiruv 

vositalari, 

ko'chma 

kriminalistik 

laboratoriya 

kiradi. 


 

Kriminalistik maqsadlar uchun 

mahsus  tayyorlangan  tehnika 

vositalari  uchinchi  guruhni 

tashkil 

etadi. 


Ularga 

qidirilayotgan 

shahsning 

tashqi 


qiyofasini 

modellashtiruvchi 

tehnika 

vositalari,  papilyar  naqshlar, 

o'qlar,  gilzalar  va  boshqa 

ob'ektlarni  o'rganadigan  optik 

asboblar, qidi-ruv asboblari va 

materiallari kiradi. 

 

Esda tuting! Kriminalistik tehnika vositasi va uslublarini qo'llash 



shakllari: 

1)  protsessual  shakllar:  tezkor-qidiruv  tadbirlari;  tergov 

harakatlari va kriminalistik ekspertiza o'tkazish. 

2)  noprotsessual  shakllar:  kriminalistik  ro'yhatdan  tekshirish; 

kriminalist  mutahassisning  dastlabki  tekshiruv-kuzatuvi;  mutahassis 

maslahatini olish; pasport-viza ishlarini yurgizish va b.q. 

 

E'tibor  qiling!  Kriminalistika  maqsadlarida  foydalaniladigan 



yoritgich  apparaturasini  uch  turi  mavjud:  1)  umumiy  yoruqlik 

beruvchi;  2)  muayyan  yo'nalishni  tutam  nurlarda  yorituvchi;  3) 

yoruqlikning mahsus manbalaridan iborat turlari. 

Ma'lumot  uchun!  Yoruqlikning  mahsus  manbalari  jumlasiga  turli 

nushadagi ultrabinafsha yoritgichlar: “UH-1”, “ultrayoritgich”, mo'jaz 

ultrabinafsha  yoritgich,  lyuminoskoplar,  ko'k  rangdagi  nurlarga 

mo'ljallangan  asboblar,  elektron-optika  o'zgartirish  moslamasi  va 

boshqalar  kiradi.  Mazkur  asboblar  ko'rish  qiyin  bo'lgan  yoki 

ko'rinmaydigan  biologik  (qon,  sperma,  so'lak,  siydik,  ter,  sut  va  shu 

kabilar)  izlarni;  mahsus  kimyoviy  moddalarning  yonilg'i  moylash 



 

44 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Eng ko‘p tarqalgan sun’iy yorug‘lik manbalariga turli xil qizdirish 



lampalarini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Bundan  tashqari,  maishiy 

turmush  va  san’at  sohasida  foydalanadigan  yoritish  vositalari,  kuchli 

yoritgichlar, 

elektroyoritgichlar 

va 

galogen 


lampalaridan 

ham 


foydalaniladi. 

Ultrabinafsha  va  ko‘k  nurlarning  samarasi  shundan  iboratki, 

ularning  ta’siri  ostida  yuqorida  sanab  o‘tilgan  ob’ektlarning  o‘zi 

lyuminissensiyalana  boshlaydi.  Lyuminissensiya  hodisasini  yanada 

yaxshiroq  qabul  qilish  uchun  asboblardan  foydalanish  mo‘ljal 

qilinayotgan binoni qorong‘ilashtirish lozim. 

Optika  asboblari  ashyoviy  dalillar  yoki  izlarning  ayrim  detallari 

o‘z  hajmiga  ko‘ra  juda  kichik  bo‘lsa  va  ularni  oddiy  ko‘z  bilan  ko‘rib 

bo‘lmasa, ularning ko‘rinishini kattalashtirib topish va ko‘zdan kechirish 

uchun  talab  qilinadi.  Lupa  –  tasvirni  bevosita  kattalashtirib  beruvchi 

optik  asbob  hisoblanadi.  Kattalashtirish  unchalik  ko‘p  bo‘lmagan  (2-3 

marta) lupalar ikki yoklama qabariq musbat linzadan iborat bo‘lib, fokus 

oralig‘i  10  mmdan  100  mm  gachani  tashkil  etadi.  Necha  marta 

yiriklashtirilishiga  qarab,  lupaning  kattalashtirish  darajasi  belgilanadi. 

Ashyoviy 

dalillar 

bilan 

ishlashda 



odatda 

etti 


barobargacha 

kattalashtirilib beradigan linzalardan foydalaniladi. 

Hozirgi  vaqtda  kriminalistika  amaliyotida  izlar  va  boshqa  mayda 

ob’ektlarni  topish  uchun  o‘rnatiladigan  lupalar,  o‘lchov  lupalari, 

binokulyar,  daktiloskopik  lupalar,  yorituvchi  lupalar,  zarra  lupalari 

qo‘llaniladi.  

Mikroob’ektlarni  qidirish  va  topish  uchun  yoritiladigan 

o‘rnatiladigan  lupa  juda  qulaydir.  Bunday  lupa  gardishiga  o‘rnatilgan 



 

45 


asosiy  linza  (3-6  marta  kattalashtiradigan  diametri  130  mm)  va 

qo‘shimcha  linzadan  iborat  optika  tizimini  tashkil  etadi.  Qo‘shimcha 

linza  4  marta  kattalashtirishni  ta’minlash  uchun  qo‘llaniladi.  U  olib 

qo‘yiladigan  tayanch  yordamida  asosiy  linzaning  gardishiga 

mustahkamlanadi.  

Lupaning  asosiy  linzasi  o‘rnatilgan  gardish  aylanasi  bo‘ylab 

joylashtirilgan  yoritgich  lampalar  ob’ekt  ko‘rish  maydonining  bir  tekis 

yoritilishini  ta’minlaydi.  Ular  quvvatni  o‘zgaruvchan  tok  tarmog‘idan 

pasaytiruvchi transformator orqali oladi. 

Papillyar  naqshlarni  tadqiq  etish  uchun  daktiloskopik  lupadan 

foydalaniladi.  Uning  gardishi  suriladigan  tarzda  halqa  asosiga 

mustahkamlab  qo‘yilgan  metall  shtativiga  o‘rnatilgan.  SHtativ  asosiga 

aylana shaklidagi oyna shisha o‘rnatilgan bo‘lib, uning diametri bo‘ylab 

papillyar  naqshning  muayyan  uchastkasida  (masalan,  papillyar 

naqshning  markazi  va  deltasi  o‘rtasidan)  papillyar  chiziqlarni  sanashni 

engillashtiruvchi ingichka chiziq o‘tkazilgan. 

 

Hujjatlar,  izlar  va  boshqa  ashyoviy  dalillarni  ko‘zdan  kechirishda 



ko‘zoynaksifat  binokulyar  lupalardan  foydalaniladi.  Bunday  lupa  ikki 

linzadan  yoki  linzalarning  ikki  sistemasidan  tashkil  topadi.  Ularning 

yordamida  bir  vaqtning  o‘zida  ikkala  ko‘z  bilan  kuzatuv  olib  borish 

mumkin.  Lupalar  yordamida  kattalashtirilgan  hajmlar  etarli  darajada 

bo‘lmasa, ashyoviy dalillarni tadqiq etish uchun mikroskop qo‘llaniladi. 

Hujjatlar, turli xil ashyoviy dalillar, o‘qotar qurollar, soch tolalari, 

chang, kukun mikroskopda tadqiq etiladigan ob’ektlar hisoblanadi.  

Mikroskop  ashyo  belgilarini  bir  necha  yuz  marta  kattalashtirib 

kuzatish imkonini beradi. 

 

Ma'lumot uchun! To'qimachilik gazlamalarini tadqiq qilish uchun 4 va 



7 barobar kattalashtirib beradigan mahsus lupadan foydalaniladi. 

Bunday lupa o'rnatgichga ega bo'lib, uning asosi 1x1 yoki 2x2 

santimetrli tuynukchalardan iborat. Taqqoslanayotgan gazlama 

namunalarining tola-iplari miqdorini hisoblab chiqishda cheklagich 

vazifasini bajaradi. Taqqoslama tadqiq etilganida 1 yoki 2 santimetrli 

iplarning miqdori hisoblab chiqiladi. 

E'tibor qiling! Mikroskopning asosiy qismlari: tubus, o'rnatgich, ashyo 

stolchasi, okulyar ob'ektiv, kondensor va oynadan iboratdir. 



 

46 


Mikroskop  ob’ektivlari  muayyan  fokus  masofasi  qanchalik  kam 

bo‘lsa,  kattalashish  shunchalik  ko‘p  bo‘ladi.  Ob’ektiv  gardishida  uning 

yorug‘lik kuchi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 

Mikroskopda tadqiqot o‘tkazilganda ob’ektning kuchli va bir tekis 

yoritilishi  talab  qilinadi.  Mikroskop  uchun  yoritgich  odatda  yoritish 

manbai bo‘lib xizmat qiladi. 

Kriminalistika  faoliyatida,  xususan  tadqiqotlar  o‘tkazish  vaqtida 

ko‘pincha 



qiyoslama 

mikroskoplar 

qo‘llaniladi. 

Bunday 

mikroskoplarning  tuzilishi  teng  ikki  qismga  bo‘lingan  bir  ko‘rish 



maydonida  bir  vaqtning  o‘zida  o‘zaro  qiyoslanadigan  ikkita  ob’ektni 

kuzatish  mumkin.  Kuzatilayotgan  manzara  ikkita  ob’ektiv,  ikkita  aks 

ettiruvchi prizma, ajratuvchi prizma va okulyar hisobiga hosil bo‘ladi. 

Qiyoslama  mikroskop  yordamida  ko‘pincha  o‘q  va  gilzalardagi, 

boshqa trasologiya ob’ektlaridagi izlar tadqiq etiladi. 

Bir  qator  ekspertiza  muassasalarida  boshqa  turdagi  mikroskoplar 

(MIS-6,  MIM-70)  ishlatiladi.  Bunday  mikroskop  vertikal  yo‘nalishda 

yoritish  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  metall  va  qorishmalardan 

tayyorlangan  buyumlarning  kristallik  strukturasini  o‘rganish,  qalam  va 

nusxa  ko‘chirish  qog‘ozi  shtrixlarini  differensiyalash,  kesishgan 

shtrixlar qanday ketma-ketlikda tushganligini aniqlash imkonini beradi. 

Ekspertiza  muassasalarida  elektron  mikroskoplar  mavjud  bo‘lib, 

bunday mikroskoplar shtrixlar, tolalar, biologik ob’ektlar (soch tolalari) 

kabi  kriminalistik  tadqiqot  ob’ektlarining  yuksak  darajadagi  echimini 

bilish imkoniyatini beradi. 

Elektron 

mikrosnusxaning 

difraksion 

uslubi 

moddalarning 



kristallik strukturasining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish qalam, siyoh, 

bo‘yoq, plastmassa moddalarini o‘rganish imkoniyatini beradi. 



Teri  naqshlari-izlarni  aniqlash  vositalari.  Izlarni  qidirib  topish 

uchun  dastlab  optika  (ko‘rish)  uslubidan  foydalanish  tavsiya  qilinadi. 

CHunki bu uslub izlarga ham, o‘zida iz qoldiruvchi buyumlarning sirtiga 

ham biror bir ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Buyumlarni  (qiya  nurlar  bilan)  yoritish  uchun  turli  xil  yoritgich 

asboblar  qo‘llaniladi  (masalan,  cho‘ntakda  olib  yuriladigan  elektr  fonar 

va boshqa yoritgichlar). 

O‘zida  iz  qoldiruvchi  ob’ektning  rangiga  qarab  turli  xil  yorug‘lik 

filtrlari,  shu  jumladan,  ultrabinafsha  filtrlardan  foydalanish  mumkin. 

Ultrabinafsha nurlarining unda fayans va sopol buyumlardan qoldirilgan 

yog‘  izlari,  qo‘l  izlarini  xususiyati  kuzatganda  yaxshi  natijalarga 

erishiladi.  Teri  naqshlarini  ko‘z  bilan  ko‘rishning  iloji  bo‘lmagan 



 

47 


hollarda,  ularni  aniqlash  uchun  turli  xil  kukunlardan  (mis  oksidi,  rux 

oksidi,  grafit,  qora  kuya,  vodorod  bilan  qayta  tiklangan  temir)  yoki 

ularning  aralashmalaridan  (rux  oksidi,  alyuminiy,  rux-qo‘rg‘oshin 

oksidi)  turli  xil  nurlatuvchi  kukunlardan  rux,  yod  bug‘lari),  fizik 

usullardan (yoki ter-yog‘ moddalarining elementlari bilan o‘zaro ta’sirga 

kiruvchi  azot  kislotali  kumushning  suv  aralashmasi)  yoxud  kimyoviy 

usullardan foydalaniladi.  

Kukun  surtish  uchun  yupqa  daktiloskopik  shakllar  changlatuvchi 

sachratqichlar,  yod  naychalari-subimatorlar  va  magnit  shkallaridan 

foydalaniladi. 

 

Kriminalistik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yashirin  ob’ektlarni  topish 



uchun turli xil  qidirish asboblari va moslamalaridan foydalaniladi. Ular 

mo‘ljallagan maqsadi, tuzilishi va ishlash prinsiplariga ko‘ra farqlanadi. 

Erga  ko‘milgan  murdalarni  qidirib  topish  uchun  ichi  g‘ovak 

maxsus  elektr  asbobi  “shup”dan foydalaniladi.  Mazkur  asbobning  amal 

qilishi tuproqning elektr qarshiligini o‘lchashga asoslangan. 

Oqsil  moddalari parchalangan joylarda tuproq gazsimon va suyuq 

moddalar  bilan  to‘yinadi.  Natijada  mazkur  joyda  tuproqning  elektr 

o‘tkazish  xususiyati  oshadi.  Bu  holatni  mikroampermetr  strelkasi 

ko‘rsatadi. 

Suv  ostida  murdalar  va  murda  qismlarini  turli  kiyim  va  boshqa 

narsalarni qidirib topish va chiqarib olish uchun “tral”dan foydalaniladi. 

Ma'lumot  uchun!  Elektron-optik  o'zgartirgichlar  -  izlar  va  boshqa 

ashyoviy  dalillarni  infraqizil  nurlarda  ko'zdan  kechirish  va  tadqiq 

qilish  imkonini  beruvchi  asboblardir.  Uning  asosiy  qismlari:  korpus 

“VES-4” rusumdagi o'zgartirgichlarni o'zi ob'ektivi, okulyar, infraqizil 

filtr  ikkita  galvanik  elementli  quvvat  blokidan  iborat.  Mazkur 

asbobdan  foydalanilganda  ob'ektiv  fotokatodda  (mahsus  tarkibli 

modda bilan sirlangan plastinka) ko'zga ko'rinmas tasvirni hosil qiladi. 

Infraqizil  nurlar  ta'siri  ostida  fotokatod  o'zidan  elektronlar  oqimini 

chiqaradi.  Bu  elektronlar  lyuminesenciyalovchi  ekranda  magnit 

“linza”  orqali  fokusga  to'planib,  okulyar  orqali  ko'zga  ko'rinadigan 

tasvirni  vujudga  keltiradi.  Infraqizil  o'zgartirgichlar  sifatida  S-70 

rusumidagi  portativ  yoki  “Relef-1”,  statsionar  elektron-optik 

o'zgartirgichdan foydalanish mumkin. 



 

48 


Metall  buyumlarni  qidirib  topishda  metall  qidiruvchi  asboblar, 

shuningdek, kriminalistika maqsadlari uchun maxsus yaratilgan vositalar 

qo‘llaniladi. 

Induksion  metall  qidirish  asboblari  qora  va  rangli  metallardan 

yasalgan buyumlarni qidirib topish imkonini beradi. 

Magnitli 

qidiruvchi 

ko‘targich 

ferromagnit 

metallardan 

tayyorlangan turli xil ashyolar yoki ularning qismlarini qidirib topish va 

chiqarib  olish  uchun  mo‘ljallangan.  Uning  ishlash  prinsipi  magnitning 

ferromagnit  metallarini  o‘ziga  tortish  va  o‘zida  ushlab  turish 

xususiyatiga asoslangan. 

Sud  ekspertizasining  rivojlanishi  munosabati  bilan  ayrim  tergov 

harakatlarining  amalga  oshirilishi  vaqtida  olib  qo‘yilishi  lozim  bo‘lgan 

ob’ektlar doirasi kengayib bormoqda. 

Hozirgi vaqtda qattiq, suyuq va sochiluvchi moddalardan tashqari, 

juda  kam  miqdorda  topiladigan  gazsimon  moddalar  ham  olib 

qo‘yilmoqda. 

Tez bug‘lanib ketadigan modda izlarini, masalan, benzin, kerosin, 

dizel yoqilg‘isi qoldiqlarini germetik idishlarga joylash lozim bo‘ladi. 

Moddiy 

modellarni 



tayyorlash 

uchun 


nusxa 

tayyorlash 

materiallaridan  (parafin,  gipsdan)  keng  foydalaniladi.  Ular  ikki  turga 

bo‘linadi:  termoplastik  va  suyuq  materiallar.  Birinchi  tur  materiallar 

jumlasiga plastilin, mum, parafin, tez eruvchan metallar kiradi. Ikkinchi 

turga gips, AKR-100 st, “K” va “D” pastalari, SKTNni kiritish mumkin.  

Birinchi guruhga kiradigan materiallar yordamida qattiq va plastik 

qoliplar, ikkinchi guruhga kiradiganlari yordamida esa, qattiq va elastik 

qoliplar  tayyorlash  mumkin.  Bunday  modellar  relef  izlarining  shakli, 

katta-kichikligi va o‘zaro qanday joylashganligini aniq aks ettiradi. 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling