Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

Nazorat savollari: 

1.

 



Kriminalistika fanida uslublarning ahamiyatini yoritib bering? 

2.

 



Eksperiment  va  modellashtirish  uslublarining  o‘ziga  xosligini 

bayon qiling? 

 

Kazuslar: 

 

Kriminalistika fani tamoyillari 

 

Mafkuraviy qarashlar va talabalardan 



holislik va mustaqillik 

 

Tarihiylik va ilmiy bilimlarning 



vorisligi 

 

Fan predmetida tizimlilik 



 

Progressiv taraqqiyot 

 

Kriminalistika uslublari 



Umumilmiy uslublar 

 

Mahsus uslublar 



 

kuzatish, 

tasvirlash, 

o'lchash, 

taqqoslash, 

eksperiment, 

modellashtirish, 

prognoz 


qilish, 

matematik uslublar, evristik uslublar: 

tahlil,  sintez,  indukciya,  deduksiya 

va boshqalar. 

 

boshqa fanlardan 



o'zlashtirilgan 

услублар: 

fizikaviy, kimyoviy

biologik, statistik, 

sotsiologik va b.q. 

kriminalistik 

uslublar 

sud fotografiyasi, 

trasologiya, ballisti-ka, 

hatshunoslik va b.q. 

 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  ta'limotlar  jumlasiga  identifikaciya 



nazariyasi;  ko'nikmalar  haqida  ta'limot;  jinoyatni  sodir  etish  usullari 

haqida  ta'limot;  izlarni  vujudga  kelish  mehanizmi  haqida  ta'limot; 

daliliy  ma'lumotlarni  aks  ettirish,  ishga  ilova  qilish  qoidalari;  turli 

ob'ektlarning  belgilari  (alomatlari)  haqida  ta'limot;  jinoyatlarni 

ro'yhatga  olish  usullari;  ekspert  tadqiqotlarini  o'tkazish  uslublari; 

tergov  tusmollari  va  rejalashtirish  qoidalari;  kriminalistik  prognoz 

qilish nazariyasi kiradi. 

 


 

21 


1-kazus 

Fuqaro    1953  yilda  tug‘ilgan  J    ayoli  D.ni  qasddan  o‘ldirganlikda 

gumon  qilinib  ushlangan.  Mazkur  holat  yuzasidan  Mirzo  Ulug‘bek 

tuman prokuraturasi tomonidan J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 

JKning 97-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi 

yuzasidan  olib  borilayotgan  dastlabki  tergov  harakatlari  jarayonida  ish 

bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan J haqiqatdan ham 

ayoli  D.ni  hiyonat  qilganligi  uchun    o‘ldirganligini  ma’lum  qildi. 

SHaxsiy  tintuv  o‘tkazilganida  uning  yonidan  500  ming  so‘m  pul  va 

shaxsiy xujjatlari topiladi.  



Mazkur    jinoyat    yuzasidan    jinoyatni  tergov    qilishda    va    jinoiy  

hodisaning    haqiqiy    holatini    aniqlashda    qanday    kriminalistik  

metodlardan    foydalanish    mumkin?    Kriminalistikaning    qanday  

xususiy  metodlaridan  foydalanish mazkur  vaziyatda  samarali  natija  

beradi? 

 

2-kazus 

2014 yil 5  mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 6 kvartal 

34  uy  24  xonadonda  o‘g‘rilik  jinoyati  sodir  etilgan.Xonadon  egasining 

xabariga  ko‘ra  ushbu  xolat  yuzasidan    Yunusobod  tumani  IIB 

tergovchilari tomonidan dastlabki tergov xarakatlari olib borildi. Hodisa 

joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida barmoq izlari, poyabzal izlari, topiladi 

va daliliy ashyolar sifatida olinadi. Dastlabki tergov chog‘ida to‘plangan 

dalillar jinoyatchi shaxsini aniqlash uchun etarli bo‘lmaydi. 



     Mazkur  holat  yuzasidan hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  

kechirishda    qanday    kriminalistik    metodlardan    foydalanish    lozim  

edi?    Kriminalistikaning    qanday    xususiy    metodlaridan    foydalanish 

mazkur  vaziyatda  samarali  natija  beradi? 

 

 

 

3-MAVZU. KRIMINALISTIK IDENTIFIKATSIYA 

VA DIAGNOSTIKA 

 

Kriminalistik  identifikatsiya  tushunchasi,  vazifalari,  prinsiplari  va 



shakllari.  Kriminalistik  identifikatsiya  ob’ektlari.  Identifikatsiya 

ob’ektlarining tasnifi. Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni. Kriminalistik 

diagnostika. 

 


 

22 


Kriminalistik identifikatsiya tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va 

shakllari 

 

Identifikatsiya  atamasi  lotincha  “idem”  (aynan  o‘sha)  so‘zidan 

olingan  bo‘lib,  aynanlikni  aniqlashni  bildiradi.  Bu  atamani  birinchi 

marta  fransiyalik  olim  Alfons  Bertilon  odamlarni  ro‘yxatga  olishga 

bag‘ishlangan  o‘z  ixtirosida  qo‘llagan.  Kriminalistik  identifikatsiya 

jinoyat ishi bo‘yicha qidirilayotgan, aniqlanishi lozim bo‘lgan muayyan 

(odam, buyum) ob’ektning aynan o‘zi ekanini bildiradi. 

Jinoyat  ishlarini  tergov  qilish  jarayonida  turli  ob’ektlarni  qidirish 

va aniqlash zaruriyati doimiy hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan qo‘l izi 

bo‘yicha  –  shaxs,  g‘ildirak  izlari  bo‘yicha  –  avtotransport  vositalari, 

kiyim  yoki  poyabzaldagi  tuproq  va  o‘simlik  qoldiqlari  bo‘yicha  joy 

kabilar aniqlanadi. 

Identifikatsiya  jarayonida  iz  qoldirgan  ob’ekt  qolgan  iz  bilan 

taqqoslab ko‘riladi. Agar izni shu ob’ekt qoldirgan bo‘lsa, aynanlik qayd 

etiladi.  

 

Jinoyatni  tergov  qilish  jarayonida  o‘xshashlik  tushunchasi,  uni 



aniqlash  prinsiplari  va  metodikasiga  oid  qoidalar  va  amaliy  tavsiyalar 

majmui  kriminalistik  identifikatsiya  to‘g‘risidagi  nazariyani  tashkil 

etadi. 

E'tibor  qiling!  Aynanlik  va  o'hshashlikni  aniqlash  vositasida  jinoyat 



ishiga oid bir qancha holatlar aniqlanadi, chunonchi: narsaning belgilari - 

uni  qaysi  korhona,  qachon  yasab  chiqarganini;  hodisa  sodir  bo'lgan 

joydagi  moddiy  izlar  -  u  yerda  kim,  qanday  harakat  qilganini;  o'q  va 

gilzani  tekshirib,  otish  qurolining  turi  va  aynan  o'zini;  dasthat  bo'yicha 

uni  yozgan  shahsni;  odam  oyog'ining  izi  bo'yicha  -  shu  odamning 

bo'yini;  qog’oz  va  siyoqning  belgilari  bo'yicha  hujjatning  necha  yil 

muqaddam yozilganini aniqlash imkoniyatlari bor. 

Esda tuting! Iz deganda, faqat moddiy izlar (qo'l, oyoq, buzish qurollari 

va  h.k.)  tushunilmay,  balki  tasviri  bor  barcha  buyumlar:  qo'lyozma, 

fotosurat, narsaning qoldiqlari, qismlari kabilarni, shuningdek, hotirani 

tasavvur etish lozim.  

 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  identifikatsiya  deganda,  ob'ektlarning 



qiyosiy  tadqiqoti  tushuniladi,  bunda  aynanlik  va  o'hshashlikdan  dalil 

sifatida foydalaniladi.  



 

23 


 

Kriminalistik  identifikatsiya  –  bilish  vositasi,  usuli  va  metodik 

majmui sifatida ob’ektning turli holati, ko‘rinishi, turli vaqtlarda va har 

qanday  murakkab  sharoitda  kriminalistik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

aynanlik  va  o‘xshashlikni  aniqlashga  imkon  beradigan  mukammal 

metodikaga ega bo‘lishi kerak. 

 

Kriminalistik  identifikatsiya  ishonchli,  universal  va  yuqori 



darajadagi  nazariy  ta’limotdir.  Moddiy  dunyoning  ob’ektivligi,  xilma-

xilligi  undagi  o‘xshashlik  umumiy  bo‘lib,  aynanlik  har  bir  voqea  va 

narsalarning  o‘zigagina  xosligi,  ikkita  aynan  voqea  yoki  narsa  tabiatda 

va  jamiyatda  bo‘lishi  mumkin  emasligi,  ularning  har  biri  faqat  o‘ziga 

teng ekanligi identifikatsiyaning tub mohiyatini anglatadi. 

Kriminalistik  identifikatsiya  nazariyasi  uchun  shu  ob’ektlarning 

o‘zaro  ta’siri  natijasida  bir-birida  qoladigan  moddiy  asoratlar,  izlar, 

ularni  tadqiq  qilish  imkoniyati  mavjudligi  asos  bo‘lib  hisoblanadi. 

Zo‘ravonlik  sodir  etilganda,  uning  izlari  faqat  jabrlanganlar  badanida 

qolmay,  jinoyatchining  badanida  yoxud  kiyim-kechagida  ham  bo‘ladi. 

Birinchi  va  ikkinchi  turdagi  iz  ham  kriminalistikada  ahamiyatli 

hisoblanadi. 

SHuning  uchun  ham  to‘g‘ri,  teskari  va  qarshi  identifikatsiya 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  identifikatsiyaning  asosiy  hususiyatlari 

quyidagilardan iborat: 

kriminalistik  identifikatsiya  sud  dalillari  hisoblangan  faktik 

ma'lumotlarni  aniqlashga  yo'naltirilgan,  u  jinoyat-processual  qonun 

talablariga bo'ysunadi; 

kriminalistik identifikatsiya ilgari  sodir etilgan hodisa izidan borib, 

jinoyatni tergov qilish protsessida notanish ob'ektni tadqiq qiladi; 

kriminalistik  identifikatsiya  metodi  aniq  bir  moddiy  ob'ekt  yohud 

uning eng kichik bir qismini aniqlashga yo'naltirilgan. 

 

E'tibor qiling! Identifikatsiya belgilari: 



Ob'ektni qamrab olish darajasiga ko'ra: umumiy va  hususiy

Ahamiyatiga ko'ra: guruhga oid va individiuallashtirilishga 

ko'ra; 

Harakteriga ko'ra: miqdoriga va sifatiga ko'ra; 



Ob'ekt bilan aloqasiga ko'ra: zaruriyat tufayli va tasodifiy 

aloqalarga bog’liq. 

 


 

24 


aloqalarini uzviylikda tadqiq qilish va ulardan foydalanish kriminalistik 

identifikatsiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb vazifasidir.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Kriminalistik  identifikatsiya  noprotsessual  va  protsessual 

shakllarda  amalga  oshiriladi.  Uning  noprotsessual  shakli  o‘z  navbatida 

bir  necha  ko‘rinishlarda  bo‘ladi:  1)  surishtiruv  organlari  tomonidan 

tezkor-qidiruv  tadbirlarini  o‘tkazish  chog‘ida  amalga  oshirilgan 

identifikatsiya;  2)  fuqarolik  sudlari,  shuningdek,  notariat  organi 

faoliyatida foydalaniladigan ma’muriy-huquqiy identifikatsiya. 

Jinoyat-protsessual  qonun  normalari  va  talablariga  muvofiq 

aynanlik  dastlabki  tergov,  surishtiruv  va  sud  muhokamasi  davrida 

Kriminalistik identifikatsiya printsiplari 

 

Identifikatsiya processida qatnashadigan ob'ektlar identifikatsiyalanuvchi va 



identifikatsiyalaydigan  turlarga  bo'linadi.  Identifikatsiyalanuvchi  -  bu 

aynanligi to'g'risidagi masalani hal qilish kerak bo'lgan  yoki qidirilayotgan 

ob'ekt  hisoblanadi,  identifikatsiyalaydigan  ob'ekt  esa  aynanlikni  aniqlash 

uchun vosita bo'lib hizmat qiladi. 

 

Identifikatsiya  jarayonida  hamma  ob'ektlar  -  identifikatsiyalanuvchi  ham 



identifikatsiyalaydigan ham o'zgarishsiz qoladi, deb bo'lmaydi, chunki ular 

doim  harakatda,  rivojlanishda.  Shu  bilan  birga  ob'ektlarning  o'zgarish 

darajasi  va  tezligi  xar  hil  bo'ladi.  Shuni  hisobga  olib  kriminalistik 

identifikatsiya  ob'ektlari  o'zgaradigan  va  nisbatan  o'zgaradigan  hillarga 

bo'linadi

Identifikatsiya jarayonida bilishning analiz va sintez metodlari qo'llaniladi. 



Kriminalistik  identifikatsiya  tadqiqot  ob'ektlarining  o'ziga  hos  tomonlari 

qanchalik  chuqur  va  mukammal  analiz  qilinganligiga  bog'liq.  Ammo 

qiyoslanayotgan  ob'ekt  belgilarini  analiz  qilish  bilan  jarayon 

yakunlanmaydi.  qiyosiy  analiz  natijasida  mos  kelgan  belgilar  va  farqlar 

taqqoslanishi va ularning har birini tushuntirish zarur. 

 

Har  bir  taqqoslanayotgan  belgi  umuman  identifikatsiya  ob'ekti  sifatida 



harakatda,  o'sishda  ekani  e'tiborga  olinishi  kerak.  Bunda  xar  bir  belgining 

kelib chiqishi va o'zgarish sabablariga aniqlik kiritish lozim. Identifikatsiya 

ob'ektining ayrim belgilari ma'lum darajada  barqarorlikda qolishi mumkin. 

hatto,  identifikatsiya  ob'ektining  muhim  belgilari  qasddan  o'zgartirilgan 

bo'lishi ehtimol. 

 


 

25 


Aks etish shakliga 

ko'ra 


moddiy qayd qilingan va psihofiziologik (tasavvur 

bo'yicha) 

qo'llanish sohasi 

bo'yicha 

 

protsessual va noprotsessual faoliyatlarda, tergov harakati, 



sud ekspertizasi shaklida 

 

 



 

Sub'ektlar bo'yicha 

 

tergovchi, surishtiruvchi, sud, ekspert, tezkor hodim 



 

 

Yakuniy natija 



bo'yicha 

 

identifikatsiya va guruh mansubligini aniqlash 



 

Identifikatsiya 

qiluvchi bo'yicha 

 

odam, hujjat, predmet, jarayon va hodisa, hayvon, ashyolar 



majmui, bino, modda va b.q. 

 

Identifikaciya 



qilinayotgan ob'ekt 

bo'yicha 

 

butunning qismlari, moddiy qayd qilingan aks etish tavsifi



tasavvurdagi obrazlar, kimyoviy tuzilma, fizik hususiyatlar 

tizimi 


 

o‘tkaziladi.  Kriminalistik  identifikatsiya  tergov  harakati  masalan,  tanib 

olish  uchun  ko‘rsatish  orqali  amalga  oshiriladi  yoki  sud  tomonidan  ish 

ko‘rish jarayonida namoyon bo‘ladi. 

YUqoridagi  tasniflarga  muvofiq  kriminalistik  identifikatsiya 

sub’ekti  surishtiruvchi,  tergovchi,  sudya,  ekspert  bo‘lishi  mumkin.  Bu 

sub’ektlar jinoyat-protsessual qonunda belgilangan tegishli kriminalistik 

usullar,  vositalar,  metodlardan  foydalanib,  identifikatsiyani  protsessual 

shakllarda amalga oshiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kriminalistik identifikatsiya ob’ektlari 

 

Kriminalistik  identifikatsiya  moddiy  ob’ektlarning  o‘xshashlik 

sifatini ifodalar ekan, ob’ektiv voqelikning qaysi elementlari taqqoslash 

ob’ekti sifatida xizmat qilishini aniqlab olish kerak. 

 

Tergov  qilinayotgan  hodisaning  vaqti  va  joyini,  predmet  va 



shaxsning  alohida  xossalarini,  zaharning  ta’sirchanlik  darajasi, 

E'tibor qarating! Aynan ob'ekt tushunchasini belgilashda, birinchidan, 

buyumlar  va  ularning  hususiyatlari  to'qrisidagi  falsafiy  ta'limotdan, 

ikkinchidan,  kriminalistik  identifikatsiyaning  o'ziga  hos  uslublaridan 

kelib chiqish lozim. 


 

26 


siyohning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun identifikatsiya qoidalaridan 

foydalaniladi. 

Kriminalistik  identifikatsiyaning  roli  jinoyatning  aniq  mohiyatini 

belgilash,  jinoiy  xatti-harakatlar  sodir  etishda  ishtirok  etganlar, 

jabrlanganlar,  jinoiy  tajovuzlar  sodir  etishda  foydalanilgan  qurol  va 

vositalarni  aniqlashni  taqozo  qiladi.  Bu  vazifalarni  hal  qilish  uchun 

tergov  qilinayotgan  hodisaning  ob’ektiv  aloqalarini  ochish  va  kuzatish 

zarur.  Aybdorning  xatti-harakatlari  bilan  jinoyat  natijalari  o‘rtasidagi 

bog‘lanish  bunga  misol  bo‘la  oladi.Ammo  ob’ektning  tergov 

qilinayotgan  voqea  bilan  mavjud  individual  aloqasini,  ular  o‘rtasidagi 

barqaror  va  betakror  xususiyatlar  yig‘indisiga  e’tibor  berilgan 

taqdirdagina tadqiq qilib aniqlash mumkin. 

Demak, buyumlarning faqat alohida xossalari emas, balki betakror 

xususiyat  va  sifatlar  yig‘indisiga  ega  bo‘lgan  yaxlit  holdagisi 

identifikatsiya  ob’ektlari  bo‘la  oladi.  Identifikatsiyalash  –  muayyan 

moddiy  buyum  va  predmetlarni  boshqalaridan  ajratish,  farqlash 

demakdir.  Masalan,  jinoyatchining  izda  aks  etgan  bo‘yi,  qo‘l,  oyoq 

izlari,  jismoniy  kuchi,  boshqa  har  qanday  xususiyatlari  identifikatsiya 

ob’ekti  bo‘la  olmaydi.  Alohida  individni  xarakterlovchi  bunday 

xususiyatlarning  yig‘indisi,  tashqi  qiyofasining  o‘ziga  xos  belgilari 

identifikatsiyaning  oddiy  ob’ekti  hisoblanadi.  YUrganda  qo‘lni  silkish 

yoki  qadam  tashlashi  shaxsning  funksional  xususiyatini  ifodalaydi. 

Ammo bunday xususiyatlar ko‘pgina shaxslarga xos bo‘lishi mumkin va 

shu  sababli  identifikatsiyalash  uchun  etarli  emas.  Faqat  individual 

xususiyatlarning ma’lum yig‘indisi bir shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. 

Ob’ektning  betakror  yig‘indisini  tashkil  etmaydigan  alohida 

xususiyatlari ifodalangan izlar ham identifikatsiyalash uchun etarli emas. 

 

Ish  uchun  jinoyatning  yozuv,  ovoz,  jinoyat  sodir  etish  usuli, 



texnologik  jarayon  belgilari  bilan  aloqasi  emas,  balki  ko‘rsatilgan 

belgilarga ega bo‘lgan moddiy ob’ekt, shaxs, joyning aloqasi muhim. 

Ma'lumot uchun! Kriminalistik identifikatsiya moddiy ob'ektni tergov 

qilish  voqeasi  bilan  alohasini  aniqlash  uchun  o'tkaziladi.  Dasthat 

identifikatsiyalanmaydi,  balki  uning  vositasida  uni  yozgan  shahs 

identifikatsiyalanadi 

yohud 

tehnologik 



jarayon 

identifikatsiyalanmaydi,  aslida  tehnologik  jarayonning  o'ziga  hos 

tomonlari bo'yicha mashina, seh, fabrika identifikatsiya qilinadi. 

 


 

27 


Kriminalistik  identifikatsiya  tadqiq  etayotgan  ob’ekt  turini 

belgilash  bilan  yakun  topmaydi.  O‘z  natijalariga  ko‘ra  bu  xildagi 

belgilash  faqat  oraliq  ahamiyatga  ega.  Bunday  holda  kriminalistik 

identifikatsiyaning 

yagona 

ob’ekti 


to‘g‘risida 

emas, 


balki 

qiyoslanayotgan  ob’ektning  qaysi  guruhga  mansubligini  belgilash, 

ularning tur o‘xshashliklari bilan cheklanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Identifikatsiya ob’ektlarining tasnifi 

 

Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayonida bitta ob’ektdan hosil bo‘lgan 

bir  necha  izlar,  masalan,  bahsli  qo‘lyozma  va  gumon  ostidagi  shaxs 

dastxatining  namunasi  solishtirib  ko‘riladi.  Qiyoslanayotgan  bu 

ob’ektlarning 

birinchisi 

identifikatsiyalanadigan, 

ikkinchisi 

identifikatsiyalaydigan  ob’ektlar  hisoblanadi.  Masalan,  eshikni  buzib 

o‘g‘irlik  sodir  etilgan  joyda  turli  izlar  topiladi,  gumon  qilingan 

shaxsning  uyida  buzish  quroli  topilib,  undan  eksperiment  tarzida  izlar 

olinadi.  Jinoyat  izlari  va  eksperimental  izlar  qiyosiy  tadqiq  qilinadi. 

YAshirinib yurgan shaxsni identifikatsiyalash uchun uning fotosurati va 

qo‘lga olingan shaxsning fotosurati qiyoslanib tekshiriladi. 

Ana  shu  ob’ektlardagi  barcha  belgilar  va  xususiyatlar  emas,  bir-

biriga  solishtirish  mumkin  bo‘lganlari  taqqoslanadi.  Masalan,  jinoyat 

sodir  etilgan  joydan  topilgan  hajmli  izlar  bo‘yicha  lomning  issiqqa 

bardoshliligi,  elektr  o‘tkazuvchanligi,  zichligi  va  boshqa  xossalari 

o‘rganilmay, uning iz qoldirish xususiyatlari tadqiq qilinadi. 

Identifikatsiyaga  oid  xossalar  ob’ektlarning  o‘zaro  ta’siridan  va 

izning  vujudga  kelish  mexanizmlaridan  kelib  chiqib  aniqlanadi. 

Identifikatsiyalashga imkoniyat beruvchi shart-sharoitlar 

 

Moddiy dunyodagi predmetlar va hodisalarning o'ziga hosligi, ularning 



takrorlanmasligi 

 

Moddiy dunyo ob'ektlarining o'zaro aloqadorligi, o'zaro bog'liqligi, aks 



etishga layoqatliligi 

 

Moddiy dunyo ob'ektlarining nisbiy o'zgarmasligi (barqarorligi) 



 

Ulardagi o'zgarishlarning ishonchli tahlil qilish imkoniyati 

 


 

28 


Masalan,  avtomashina  yurgan  yo‘lda  g‘ildirakning  izi  qoladi, 

avtomashina  biror  to‘siqlikka  urilganda  radiator,  bufer,  kuzov  va 

mashinaning boshqa qismlarida iz qoladi. 

Identifikatsiyalaydigan  ob’ektda  uning  xossalarini  ifodalaydigan 

belgilargina  foydali  axborot  beradi.  Faqat  o‘sha  belgilar  o‘rganiladi, 

qolganlari  e’tiborga  olinmaydi.  Masalan,  oyoq  kiyimning  erdagi  izlari 

o‘rganilayotganda  iz  qoldirgan  tagcharmning  tashqi  tuzilishi,  zichligi, 

yumshoqligi  va  boshqa  xossalari  o‘rganiladi.  Tuproqning  biologik  va 

kimyoviy  tarkibi  izning  shakllanishiga  ta’sir  etmasa,  ular  tadqiq 

qilinmaydi. 

 

Bevosita  tadqiqot  hamma  hollarda  ham  mumkin  bo‘lavermaydi. 



Ba’zi  holatlar  va  funksional-dinamik  belgilar  identifikatsiya  maqsadida 

faqat  ularning  izlari,  tasvirlari  bo‘yicha  o‘rganiladi.  Masalan,  yozuv 

mashinkasini identifikatsiyalashda uning o‘zi emas, unda yozilgan matn 

tekshiriladi.  

Xotiraviy  qiyofalar  bo‘yicha  identifikatsiya  qilishda  ko‘rsatuvlar, 

yozma  yoki  chizma  shaklida  ifodalangan  qiyofasi  vositasida  shaxsni 

aynan o‘sha qidirilayotgan odam ekanligi hal etiladi.  

Aynanlikning  protsessual  shaklida  ham  farq  bor:  tasvirlovchi 

materiallar  bo‘yicha  identifikatsiya  ko‘zdan  kechirish  va  ekspertiza 

o‘tkazishni  talab  etsa,  xotiraviy  qiyofa  bo‘yicha  aynanlikni  aniqlash 

so‘roq qilish va tanib olish uchun ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladi. 

Ba’zan 


qidirilayotgan 

ob’ekt 


bir 

vaqtning 

o‘zida 

identifikatsiyalanadigan  va  identifikatsiyalaydigan  ob’ekt  bo‘lishi 



mumkin.  Masalan,  jabrlangan  shaxsning  badanida  iz  qoldirgan 

avtomashinada  ayni  vaqtda  qon  izi  qolishi  mumkin,  barmoq  izlarini 

qoldirgan jinoyatchining qo‘lida bo‘yoq zarrachalari topilishi mumkin. 

E'tibor  qiling!  Identifikatsiyalaydigan  va  identifikatsiyalanuvchi 

ob'ektlardan  foydali  ahborotni  ajratib  olish  tadqiqotning  dastlabki 

muhim 


vazifasi 

hisoblanadi. 

Zaruriyatga 

qarab, 


identifikatsiyalaydigan va identifikatsiyalanuvchi ob'ektlar bevosita va 

bilvosita  tadqiqot  qilinadi.  Identifikatsiyalanadigan  ob'ektdagi 

hossalar  o'zgarmagan  bo'lsa,  u  bevosita  tadqiq  etiladi.  Ob'ekt 

o'zgargan  bo'lsa,  uning  identifikatsiyalaydigan  belgilari  ilgarigi  izlari 

orqali, ya'ni bilvosita tekshiriladi. 

 


 

29 


Identifikatsiyadan  foydalanib  isbot  qilishning  maqsadi  tergov 

qilinayotgan  hodisa  bilan  bog‘liq  ob’ektni  topishdan  iborat  bo‘lib,  u 

qidirilayotgan 

hisoblanadi. 

Amalda 

isbotlashning 



vazifasi 

tekshirilayotgan ob’ektlar doirasini mumkin qadar cheklash va ularning 

orasidan qidirilayotgan ob’ektni ajratib olishdan iborat. 

 


Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling