Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni


Download 4.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana31.10.2017
Hajmi4.6 Mb.
#19056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59

Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni 

 

Dastlabki  tadqiqot  bosqichi  bir  qator  tayyorgarlik  ishlarini 

ko‘rishni  talab  etadi:  tadqiqot  uchun  zarur  bo‘lgan  materiallarni  izlash, 

ularni tekshirish metodikasini tanlash, tegishli ilmiy texnika vositalari va 

asboblarini  tayyorlash,  identifikatsiyaning  protsessual  shakllarini 

aniqlash,  taqdim  etilgan  tadqiqot  materiallari  miqdori  va  sifatiga  baho 

berish, ularni tadqiqot o‘tkazish uchun qanchalik yaroqliligini belgilash.  

Qidirilayotgan  va  qidirishga  yordam  beruvchi  ob’ektlarning 

xossalarini  alohida-alohida  tadqiq  etganda,  masalan,  hodisa  sodir 

bo‘lgan  joydan  olingan  iz,  uni  qoldirgan  predmet  yoki  maxsus 

tayyorlangan  iz,  soxta  qo‘lyozma,  dastxat  namunasi  va  boshqalar 

topilishi  mumkin.  Alohida-alohida  tadqiqot  qilinganda  ularning  barcha 

belgilari  o‘rganiladi.  Masalan,  xatning  matni  dastlab  shoshilmay 

yozilganligi,  ammo  keyin  shoshib  yozilgan  qismi  aniqlanadi,  bunda 

dastxat  sun’iy  ravishda  o‘zgartirilgan,  degan  xulosa  chiqarish  ham 

mumkin. 

Ob’ektlarning qiyosiy tadqiqi bosqichida ularga xos belgilarning 

o‘zaro  farqi  va  mos  tushishi  aniqlab  olinadi.  Qiyosiy  ob’ektlar 

mohiyatidan kelib chiqib, qiyoslashning u yoki bu texnik usullari tanlab 

olinadi, o‘lchov, optik vositalar yordamida ob’ektivlik, aniqlik va to‘la-

to‘kislikka erishiladi.  



Esda  tuting!  Kriminalistik  identifikatsiyaviy  tadqiqot  jarayoni 

to'rt  bosqichdan  iborat:  dastlabki  tadqiqot  -  ob'ektlarni  ko'zdan 

kechirish;  identifikatsiya  ob'ektlarini  alohida-alohida  tadqiq  etish; 

ularni qiyosiy tadqiq etish; qiyosiy natijalarni baholash. 



 

30 


 

Identifikatsiyaviy  tadqiqot  jarayonining  oxirgi  bosqichi  uning 



natijalarini baholash hisoblanadi. O‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqida 

oxirgi  xulosani  chiqarish  uchun  qo‘lga  kiritilgan  barcha  tadqiqot 

materiallarini  taqqoslab  ko‘rish,  alohida-alohida  analiz  qilinganda 

ob’ektlar  holatiga  va  alohida  belgilariga  umumiy  baho  berish,  ba’zi 

belgilarning  mos  kelish  darajasi,  ularning  ahamiyati,  mos  keladigan  va 

kelmaydigan  belgilarning  o‘zaro  aloqalari  va  h.k.  Amaliyotda 

taqqoslanayotgan  ob’ektlarning  qiyosiy  belgilari  kamdan  kam  mos 

keladi. Ko‘pgina muhim belgilari mos kelgan holda ham, ayrim detallari 

tasodifiy  vaziyatlar  tufayli  mos  kelmay  qoladi.  Identifikatsiyaviy 

tadqiqot  jarayonida  ekspert  izlarda  aniq  va  to‘la-to‘kis  tasvirlangan 

belgilarni  etarli  miqdorda  aniqlab,  o‘xshashlik  bor-yo‘qligi  to‘g‘risida 

ishonch hosil qilgan bo‘lsa, bu haqda qat’iy xulosa chiqaradi.  

Ba’zi bir holatlarda ekspertlar qo‘yilgan savollarga aniq javob bera 

olmay, uni hal qilish imkoniyati bo‘lmadi, deb xabar qiladi. Ekspertning 

bunday 

javobini 



ekspertiza 

o‘tkazishga  etarlicha  tayyorgarlik 

ko‘rilmaganligi, savollar noto‘g‘ri qo‘yilganligi, topilgan izda individual 

belgilar  etarli  ifoda  topmaganligi,  u  yoki  bu  masalani  hal  qilish  uchun 

ilmiy  asoslar  etishmasligi  bilan  izohlash  mumkin.  Bunday  hollarda 

tergovchi  yuqoridagi  to‘siqlarni  bartaraf  etishi  yoxud  ish  yuzasidan 

E'tibor qiling! O'z-o'zidan ma'lumki, qat'iy va tahminiy hulosalar 

o'rtasida katta  farq  bor. Birinchisi, qat'iy tasdiqni anglatadi,  masalan, 

jasaddan  olingan  o'q  mazkur  quroldan  otilgan.  Ikkinchi  holda  izlar 

aniq  va  to'la  ifodalanmagani  sababli  ularni  tadqiq  etishda  katta 

qiyinchiliklar  tug’ilsa,  belgilar  mosligi  yoki  farqi  haqida  ekspert 

tahminiy  hulosa  chiqaradi:  mazkur  matn  fuqaro  Ivanov  tomonidan 

yozilgan bo'lishi ehtimol.  

Tahminiy  hulosa  faktni  aniq  emas,  balki  tahminiy  baholaydi. 

Shu  bois  ekspertning  bunday  hulosasini  tergovchi  va  sud  ayblov 

uchun  asos  qilib  olmasligi  lozim.  Tahminiy  hulosani  boshqa  dalillar 

yordamida  sinchkovlik  bilan  tekshirish  kerak.  Odatda,  ekspertning 

tahminiy  hulosasi  tergovchi  uchun  u  yoki  bu  tusmolni  ol?a  surish 

imkoniyatini  beradi,  qo'shimcha  dalillar  izlashda  yangi  qulayliklar 

yaratadi. 

 

 


 

31 


chiqqan  muammolarni  boshqa  tergov  harakatlari  yordamida  hal  qilishi 

lozim.  


Yuqorida  ta’kidlanganidek,  tergovchi  identifikatsiyaning  eng  faol 

sub’ekti  bo‘lib,  o‘zi  ham  mazkur  vazifani  mustaqil  hal  qilish 

imkoniyatiga ega. 

 

Tanib  olish  bilan  tergov  identifikatsiyasi  o‘tkazish  tergovchidan 



identifikatsiya nazariyasi talablariga rioya qilishni talab etadi. Tergovchi 

o‘zi  mustaqil  identifikatsiya  harakatlari  o‘tkazishdan  tashqari  ko‘p 

hollarda 

identifikatsiya 

vazifalarini 

turli 


ixtisosdagi 

ekspert-


kriminalistlarga  topshiradi.  Bu  identifikatsiya  tadqiqoti  o‘tkazish  uchun 

fan,  texnika,  san’at  va  hunarmandchilik  sohasida  maxsus  bilimlar  talab 

qilingan holatlarda amalga oshiriladi. 

Kriminalistik  ekspertiza  tayinlashga  tergovchi  boshqa  protsessual 

harakatlar kabi jiddiy tayyorlanishi kerak. 

JPKning 125-moddasi ish bo‘yicha so‘roq qilinganlarga tanib olish 

uchun  shaxsni  va  predmetni  ko‘rsatishni  nazarda  tutadi.  Uni  amalga 

oshirish uchun tergovchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 

 

tanib 



olish 

uchun 


ko‘rsatiladigan  ob’ekt  to‘g‘risida 

identifikatsiyaviy  axborotni  yig‘ish,  identifikatsiya  qilinadigan  ob’ektni 

izlash; bir qancha ob’ektlar orasida tanib olish uchun ko‘rsatilishi lozim 

bo‘lganlarni aniqlab olish; 

 

tanib olish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni tayyorlash; 



 

tanib  olishga  imkon  beruvchi  usul  va  vositalarni  aniqlash, 



jumladan,  ovoz  va  funksional  belgilari  asosida  tanish  uchun 

imkoniyatlar yaratish; 

 

tanish  natijalarini  baholash,  to‘g‘riligini  va  o‘ziga  xos 



tomonlarini tekshirish; 

 



o‘xshashlikning  mavjudligi  va  mavjud  emasligi  to‘g‘risida 

xulosaga  asos  bo‘ladigan  identifikatsiyaviy  belgilar  tasviri  bilan  tanib 

olishi uchun sharoitlarni hozirlash. 

E'tibor  qiling!  Tergovchining  identifikatsiyaviy  harakatlari 

deganda,  shunday  tergov  harakatlari  tushuniladiki,  u  o'z  mazmuniga 

ko'ra,  ob'ektning  qiyosiy  tadqiqoti  asosida  o'hshashlik  yoki  aynanlik 

mavjudligi  yoki  mavjud  emasligi  to'g'risida  yakun  chiqarishga 

qaratilgan faoliyatni amalga oshira oladi.  

 


 

32 


Ekspertizaning 

muvaffaqiyati 

ekspert 

xulosasining 

dalillik 

ahamiyati  unga  taqdim  qilingan  materiallar  qanchalik  yaxshi 

tanlanganligiga va ekspertning malakasiga bog‘liq. 

 

Kriminalistik 



identifikatsiyaviy 

ekspertizani 

tayinlashning 

protsessual  asoslanganligi  jinoiy-protsessual  qonun  talablaridan  kelib 

chiqadi.  U  faqat  jinoyat  ishlari  yuzasidan  surishtiruvchi  tergovchi, 

prokuror  yoki  sud  tomonidan  tayinlanishi  mumkin.  Jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilgan  bo‘lmasa-da  ekspertiza  tayinlash  qonunga  ko‘ra  mumkin 

(JPK  329-modda).  Ekspertiza  tayinlash  to‘g‘risidagi  qarorda  tergovchi 

qanday  ekspertiza  o‘tkazish  kerakligini  ko‘rsatadi:  dastxatshunoslik, 

daktiloskopik, ballistik ekspertizalar shular jumlasiga kiradi. Agar bunga 

zarurat  tug‘ilgan  bo‘lsa  va  barcha  kerakli  materiallar  yig‘ilgan  bo‘lsa, 

o‘z  vaqtida  ekspertiza  tayinlanishi,  bu  haqda  tegishli  qaror  qabul 

qilinishi lozim. 

Ekspertga  berilgan  savollar  aniq,  ekspertiza  predmetiga  tegishli 

bo‘lishi, ishdagi ma’lumotlar va ekspertiza tayinlash bilan bog‘liq shart-

sharoitlar  to‘g‘risida  ekspertga  etarli  axborot  berish  kerak.  Noto‘g‘ri 

axborot  ekspert  xulosasining  shakllanishiga  salbiy  ta’sir  qiladi. 

Tergovchi  taqdim  qilingan  namunalar  sifati  uchun  javob  beradi,  shu 

sababli  u  materiallarni  sinchiklab  o‘rgangan  holda  tayyorlashi  zarur. 

Ashyoviy  dalillar  bo‘yicha  ekspert  tadqiqoti  –  o‘xshashlik  mavjudligi 

yoki  mavjud  emasligi  to‘g‘risida  dalillarga  erishish  maqsadida  moddiy 

qayd  qilingan  izlar-tasvirlar,  odamlar  va  buyumlarni  qiyoslash, 

o‘xshashlik  yoki  aynanlikni  aniqlashning  asosiy  va  eng  ishonchli 

usuldir.  

Tekshirilayotgan  ob’ektlarni  individuallashtirish  jarayonida  avval 

qidirilayotgan  va  tekshirilayotgan  ob’ektning  guruhga  xos  belgilari 

aniqlanadi, so‘ngra ularning individual belgilari o‘rganiladi. 

Identifikatsiya  jarayonida  ekspert  ob’ektlarni  sinchiklab  tadqiq 

qiladi,  sudlov-tadqiqot  fotografiyasining  turli  usullarini,  fizik  va 

kimyoviy metodlarini qo‘llaydi.  

Ma'lumot  uchun!  Identifikatsiyaviy  ekspertiza  uchun  materiallar 

tayyorlashga  bir  qancha  talablar  qo'yiladi:  ekspertiza  tayinlashning 

protsessual asoslanganligi; ekspertiza o'tkazish  qanchalik zarurligi va 

ekspertga  topshiriladigan  haqiqiy  vaziyat  naqadar  aniqligi;  tadqiq 

qilinadigan ob'ektlarning kelib chiqishiga oid ma'lumotlar to'g'riligi. 

 


 

33 


Bundan  tashqari,  ob’ektlarni  alohida-alohida  tadqiq  qilganda 

belgilangan identifikatsiya aloqalarini to‘la va har tomonlama o‘rganish 

maqsadida  izlarni  ko‘pincha  eksperimental  tayyorlash  zarur  bo‘ladi. 

Masalan, qiyosiy mikroskop yordamida o‘qotar qurolning o‘qi va gilzasi 

bo‘yicha  identifikatsiya  qilishda  ekspert  quroldan  eksperimental  otib 

ko‘rish vositasida identifikatsiya belgilarini o‘rganishga kirishiladi. 

Qiyosiy 

tadqiqot-ekspert 

identifikatsiyaning 

hal 


qiluvchi 

bosqichidir. Bu bosqichda ekspert ob’ektlarni qiyoslashning uchta asosiy 

usulidan  foydalanadi:  taqqoslash,  ustma-ust  qo‘yish  va  belgilarni  birga 

qo‘shish.  Tasvirlarni  taqqoslash  usuli  o‘zining  soddaligi  va  qulayligi 

bilan  keng  tarqalgan  bo‘lib,  kriminalistik  identifikatsiyaning  barcha 

turlarida  qo‘llaniladi.  U  taqqoslanayotgan  tasvirni  bir-biriga  yaqin 

qo‘yib 

yagona 


ko‘rinish 

maydonini 

paydo 

qiladi. 


Bunda 

taqqoslanayotgan 

tasvir 

imkon 


boricha 

oydinlashtiriladi 

va 

kattalashtiriladi. Taqqoslashga eng yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida 



qiyosiy mikroskop qo‘llash mumkin. 

Ustma-ust qo‘yish usuli taqqoslanayotgan tiniq tasvirni boshqasini 

ustiga qo‘yib, belgilari to‘g‘ri kelsa, yagona tasvir hosil qilishga yordam 

beradi.  Agar  taqqoslanadigan  tasvir  tiniq  bo‘lmasa,  masalan,  karton 

qog‘ozga  tushirilgan  bo‘lsa,  ulardan  diopozitiv  tayyorlanadi  yoki 

maxsus optik asboblardan ham foydalanish mumkin. 

Belgilarni  qo‘shish  usulida  taqqoslanganda  tasvir  shunday 

joylashtiriladiki, bunda tasvirdagi biror belgi  mos kelib qolganda tabiiy 

ravishda boshqasining davomi ko‘zga tashlanadi. 

Bir-biriga yondosh qo‘yilgan tasvirlar taqqoslanayotgan tasvirning 

tarkib  topish  mexanizmidan  ancha  farqli  bo‘lsa-da,  kattalashtirib 

foydalanish imkoniyatini beradi. Kesilish, ishqalanish va boshqa usulda 

hosil  bo‘lgan  murakkab  izlarni  taqqoslashda  bu  usul  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. Tasvirni qiyoslash maqsadida har xil optik asboblarni, asosan 

turli mikroskoplarni qo‘llash mumkin. 

Fotosuratlar  bo‘yicha  tasvirlarni  bir-biriga  qo‘shib  aniqlash  keng 

yoyilgan.  SHu  maqsadda  suratlar  shunday  qirqilsinki,  kesishgan  chiziq 

tasvirning  xarakterli  tomonlarini  ko‘proq  qamrab  olsin.  Nomlari 

keltirilgan  qiyosiy  tadqiqotning  har  bir  turi  qiyoslashning  xususiy 

usulidir.  Alohida-alohida  va  qiyosiy  tadqiqot  natijasida  olingan 

ma’lumotlar  majmuiga  baho  berish,  ya’ni  qidirilayotgan  ob’ektlar 

o‘xshashligi  yoki  farqli  ekani  to‘g‘risida  ekspert  xulosasi  –  ekspert 

identifikatsiya jarayonining oxirgi bosqichini tashkil etadi.  


 

34 


Qiyosiy  tadqiqot  natijalarini  baholash  avvalgi  bosqichlarda 

o‘tkazilgan tadqiqot jarayonining mantiqiy davomi desa bo‘ladi. 

Ob’ektlarni ko‘zdan kechirishdayoq shakllangan tusmollardan biri 

sifatida  o‘xshashlik  yoxud  farq  to‘g‘risida  fikr  yuritish,  identifikatsiya 

belgilarini  qiyoslash  bosqichida  mustahkamlanadi,  identifikatsiya 

tugashi  bilan  esa  uzil-kesil  hal  etiladi.  Masalan,  ekspert  barmoq  izi 

bo‘yicha  shaxsni  topishda  barmoq  izlari  belgilarini  ko‘zdan  kechirib, 

taqqoslashni boshlaydi, izdagi mavjud barcha aniq ifodalangan va o‘zaro 

bog‘liq tomonlarni belgilab oladi. 

Guruhga ajratilgan barmoq izlari yoki ularning kelib tutashgan joyi 

o‘xshash  ekani  to‘g‘risida  xulosa  chiqarish  uchun  ekspert  qiyosiy 

tadqiqot o‘tkazadi. Belgilar kompleksining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelgan bir 

vaziyatda  ba’zi  farqlar  chiqib  qolganda  ish  ancha  murakkablashadi. 

Bunday holda ekspert tadqiqotning avvalgi bosqichlariga murojaat qilib 

qiyoslanayotgan  ob’ektning  har  biriga  xos  identifikatsiyaviy  belgilarni 

to‘la  tahlil  etadi.  Buning  natijasida  ilgari  kuzatilmagan  belgilar  kelib 

chiqishi mumkin. 

 

Ba’zi  hollarda  qiyoslangan  natijalarga  baho  berish  bosqichida 



identifikatsiyalanadigan  va  identifikatsiyalaydigan  ob’ektlar  belgilarini 

yana  taqqoslab  va  qiyoslab  qo‘shimcha  eksperimentlar  o‘tkazishga 

to‘g‘ri keladi. Dastlab qiyosiy tadqiqotdagi farqlar aniqlanib, unga baho 

beriladi.  Bunday  baholashning  asosiy  vazifasi  bo‘lib  o‘tgan  hodisaga 

aniqlik  kiritish,  ya’ni  aynan  o‘sha  ob’ektning  o‘zidagi  o‘zgarishlar 

sababli  ikki  ob’ektdagi  farqlar  yuz  bermadimi,  degan  savolga  javob 

olishdan iborat. 

Xossalarning tasviri bir xil bo‘lmaganligi bilan bog‘liq belgilardagi 

farq  bilan  qiyoslanayotgan  ob’ekt  xossalarida  mavjud  bo‘lgan  farqni 

aralashtirmaslik  kerak.  Qiyoslanayotgan  dastxat  belgilaridagi  farq 

imzolashning  bir  xil  sharoitda  bajarilmaganligi;  qurol  izlaridagi  farq 

ularning  vujudga  kelish  mexanizmi  bir  xil  bo‘lmaganligi,  fotosuratdagi 

Ma'lumot  uchun!  Taqqoslanayotgan  ob'ektni  fotosuratga  olish  va 

qiyoslashni  engillashtiradigan  qo'shimcha  ishlov  berish  mumkin 

(qiyosiy  to'r,  geometrik  shakl,  chiziq  va  h.k.).  Bunday  ishlovlarning 

ahamiyati  shundaki,  ular  ba'zi  belgilar  o'rtasidagi  nisbatni  bilish, 

guruhga  hos  tomonlarini  taqqoslab  ko'rish  va  shunday  qilib  yangi 

belgilarni kashf qilish imkonini beradi. 



 

35 


farq  suratga  olish  sharoitlari  bir  xil  bo‘lmaganligi  sababli  yuz  bergan 

bo‘lishi mumkin. 

Bunday  farqlarni  qiyoslanayotgan  ob’ektlarning  o‘z  xossalaridagi 

farq  bilan  aralashtirmaslik  kerak.  Agar  aynan  qiyoslanayotgan  ob’ekt 

xossalarida  farq  sezilsa,  qidirilayotgan  ob’ekt  o‘tgan  ancha  uzoq  davr 

ichida o‘zgarganidan darak berishi mumkin. Masalan, yozuv mashinkasi 

foydalanish jarayonida shikastlangan, oyoq kiyim tagcharmi kiyib yurish 

jarayonida  yoki  ta’mirlashdan  keyin  o‘zgargan  bo‘lishi  ehtimol.  Odam 

qariganda,  jarohat  olganda,  kasallanganda  yoki  operatsiya  natijasida 

tashqi  ko‘rinishi  o‘zgaradi.  Ob’ektning  o‘zgarishi  identifikatsiyadan 

qochish  maqsadida  manfaatdor  shaxs  tomonidan  ataylab  qilingan 

bo‘lishi mumkin. 

 

Agar  topilgan  farq  ob’ekt  o‘zgargani  oqibatida  yuz  bermagan 



bo‘lsa, binobarin, qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ekt xossalari bir-

biriga  to‘g‘ri  kelmasa,  o‘xshashlik  to‘g‘risidagi  masala  inkor  etiladi. 

To‘g‘ri  kelmaslik  qiyoslanayotgan  ob’ekt  xossalarining  guruhli 

farqlariga  ham  taalluqli.  Qidirilayotgan  oyoq  kiyimi  va  qo‘lga  olingan 

shaxsning  oyoq  kiyimi  razmeridagi  katta  farq;  shikast  etkazishda 

foydalangan  va  tintuv  vaqtida  topilgan  turli  ko‘rinishdagi  tig‘li  buyum 

(masalan, bolta, hanjar) ham shular jumlasiga kiradi. 

Ekspert  belgilangan  hodisalarning  jamini  baholar  ekan,  ular 

individualmi  yoki  o‘xshashmi  degan  savolga  javob  beradi.  Agar  mos 

kelish  yig‘indisi  uning  turli  ob’ektlardagi  takrorlanish  imkoniyatini 

inkor  etmasa,  bunda  ob’ektlar  o‘xshash  yoki  bir  turdagi  hodisa  sifatida 

talqin  etiladi.  Agar  mos  kelish  yig‘indisi  individual  bo‘lsa,  turli 

ob’ektlarda  takrorlanmasa,  qidirilayotgan  va  tekshirilayotgan  ob’ekt 

aynan  o‘sha,  deb  qabul  qilinadi.  Mos  kelish  individual  majmuini 

baholashda  indentifikatsiya  tadqiqoti  va  identifikatsiya  xossalari  va 

ularni qo‘shib takrorlash soni ustidan ekspert kuzatuvi katta ahamiyatga 

ega.  Farqlar  va  mos  kelishlarning  natijalarini  taqqoslash  asosida 

ob’ektlar o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.  



 

Kriminalistik diagnostika 

E'tibor  qiling!  Topilgan  farqni  to'g'ri  baholay  olish  uchun 

o'rganilayotgan  predmetdan  foydalanish,  ta'mirlash,  saqlash,  tozalash 

rejimini,  tekshirilayotgan  shahsning  yoshi,  patologik  va  boshqa 

o'zgarishlarini o'rganish talab etiladi. 


 

36 


 

Biror  ob’ekt  qidirilayotgan  narsa,  hujjat  yoxud  shaxsning  aynan 

o‘zi ekanligi aniqlanmasa, tekshirilayotgan ob’ektlar jinoyatga aloqador 

bo‘lishi  mumkinligi,  qidirilayotgan  ob’ektga  o‘xshashligi  to‘g‘risida 

xulosaga  kelinadi.  Bu  holda  guruh  o‘xshashligi  aniqlanadi  va  shu 

guruhga  kiradigan  ob’ektlar  orasidan  jinoyatga  aloqadorini  aniqlash 

vazifasi kelib chiqadi. Guruhga mansub ob’ektlar o‘z xususiyatlari bilan 

biri  jinoyatga  juda  aloqador,  ikkinchisining  bunday  aloqasi  aslo  yo‘q 

ekanligi ob’ektni qidirishga katta yordam beradi. Masalan, ish bo‘yicha 

barcha  avtotransport  vositalari  emas,  balki  aniq  rusumga  mansub 

bo‘lgan,  oq  rangli,  bamferining  chap  tomoni  shikastlangan,  chirog‘i 

singani  qidirilishi  kerakligi  vazifani  ancha  engillashtiradi.  Ana  shu 

shikastlangan  avtomashinani  boshqa  shu  guruhdagilaridan  farqlash 

kriminalistik diagnostika ta’limotiga oiddir. 

 

 

Kriminalistik  diagnostikaning  umumiy  vazifasi  ob’ektiv  haqiqatni 



ob’ektning  xususiyatlari  va  holatlarini  o‘rganish  orqali  aniqlashdir. 

Binobarin, diagnostika zamirida umumiy voqealar va ularning natijalari 

bo‘yicha tanib olish jarayoni yotadi. 

Diagnostika  murakkab  sud-isbotlov  tizimining  usullaridan  biri 

sifatida  haqiqatni  aniqlash  umumiy  qonun-qoidalariga  to‘laligicha  mos 

keladi. 


Bayon 

etilganlarni 

inobatga 

olgan 


holda 

kriminalistik 

diagnostikani  ob’ektning  (vaziyatning)  xususiyatlari  va  holatlarini  unda 

yuz  bergan  o‘zgarishlarni  aniqlash  maqsadida  tekshirish,  ushbu 

o‘zgarishlarning  sababini  va  uni  sodir  etilgan  jinoyat  bilan  aloqasini 

aniqlash deb ta’riflash mumkin. 

Kriminalistik  diagnostikaning  ilmiy  asoslarini  yaratish  uchun 

alohida ob’ektlarning va butun bir jinoiy vaziyatlarning xususiyatlari va 

o‘ziga  xos  jihatlarini  ifodalovchi  katta  hajmdagi  ko‘p  uchraydigan 

belgilarni  tahlil  qilish  va  ularni  bir  tizimga  solishga  to‘g‘ri  keladi. 

Bulardan kelib chiqqan qonuniyliklardan foydalaniladi. 

E'tibor  qiling!  “Diagnostika”  so'zi  yunoncha  bo'lib,  “farqlash”, 

“aniqlash”  degan  ma'noni  anglatadi.  Kriminalistikada  diagnostika 

tekshirilayotgan  holatni  odatiy  holat  bilan  o'hshashligini  aniqlashdan 

tashqari farqlash, ya'ni shu holatni unga o'hshash holatlardan ajratish, 

differentsiyalashtirish tushuniladi.  



 

37 


Kriminalist-trasolog izlar klassifikatsiyasiga asoslanib, hodisa ro‘y 

bergan  joyda  izlarning  paydo  bo‘lish  sharoitlarini  aniqlash  bo‘yicha 

diagnostik vazifani echadi: avval har bir izni alohida, so‘ngra bir turdagi 

izlar  guruhini,  undan  so‘ng  har  xil  izlar  guruhini  va  ularning  birikmasi 

tahliliga asoslanib butun bir vaziyatni diagnostika qilishga o‘tadi. 

Identifikatsiyada  ob’ektning  belgilari  bir-biriga  mos  kelganda 

qidirilayotgan  ob’ekt  deb  e’tirof  etish  uchun  izda  aks  ettirilgan  belgilar 

bilan  solishtiriladi.  Diagnostikaning  maqsadi  ma’lum,  lekin  yagona 

bo‘lmagan  belgilarni  aniqlashdir.  Bu  erda  qiyosiy  usul  aks  ettirilgan 

tasvirlar  orqali  o‘rganilayotgan  ob’ektni  takrorlanuvchi  belgilari  bilan 

solishtirish uchun ishlatiladi. Har qanday diagnostikaning (tibbiy, texnik 

yoki kriminalistik) asosi o‘xshashlik bilan taqqoslashdir. O‘xshashliklari 

orqali  taqqoslash  usuli  yordamida  ehtimollik  darajasi,  o‘xshashlik 

alomatlari soni va ularning muhimligiga bog‘liq bo‘lgan xulosaga kelish 

mumkin. 

Kriminalistik 

diagnostika 

nazariyasida 

ob’ektlar 

diagnostikalashtiriluvchi  va  diagnostikalashtiruvchi,  izlanayotgan 

va  o‘rganilayotganga  ajratiladi.  Diagnostikalashtiriluvchi  -  bu 

ob’ektning 

holati, 


xususiyatlari, 

hodisa 


mexanizmidir. 

Diagnostikalashtiruvchi  esa,  holat,  xususiyat,  mexanizmni  moddiy  aks 

ettiruvchi izlar, alomatlardir.  

Ko‘pincha, diagnostikalashtiriluvchi ob’ekt sifatida qandaydir aniq 

narsa,  diagnostikalashtiruvchi  sifatida  esa  turli  xil  ma’lumot:  qolip, 

nusxa,  tergov  harakatlari  bayonnomalaridagi  tavsif,  sxemalar,  rejalar, 

ko‘rsatuv 

foto-kino-videotasvirlar 

uchraydi. 

Aniq 


ob’ektni 

diagnostikalash,  yuqorida  keltirilgan  ma’lumot  bilan  cheklanmay, 

alohida tergov harakatlari; tergov eksperimenti, hodisa yuz bergan joyni 

qayta ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazishni talab qiladi. 

Ma’lumotning  ishonchliligi  va  etarliligiga  baho  berish  juda 

muhimdir.  U  etarli  yoki  ishonchli  bo‘lmasa,  yana  qanday  manbalardan 

va  qanday  vositalar  yordamida  tekshirish,  to‘ldirish  mumkinligini 

aniqlash lozim.  

Ob’ektning  bevosita  xususiyatlari  va  holatini  o‘rganish,  shu 

jumladan,  ma’lum  bir  andozaga  mos  keluvchi  xususiyatlarni  o‘rganish 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ob’ektning  asl  holati  qanday  bo‘lgan, 

hujjatning  boshlang‘ich  matniga  qanday  o‘zgarishlar  kiritilgan;  odam 

qo‘lyozma  yozayotganda  qanday  holatda  bo‘lgan;  matnga  kimyoviy 

ta’sir  ko‘rsatilganmi,  yuvilganmi,  kiyimdagi  qon  izlarining  shakli  va 

joylashishiga  qarab  ularning  paydo  bo‘lish  mexanizmini  aniqlash 


 

38 


mumkinmi;  mazkur  hujjat  blankini  tayyorlashda  maxsus  qoidalardan 

chetga  chiqishlarga  yo‘l  qo‘yilganmi,  degan  savollarga  javob  olish 

imkoniyati bor.  

 

Harakat  vaqtini,  ketma-ketligini  aniqlash,  hodisa  joyidagi  izlarga 



ko‘ra,  jinoyatchi  qanday  harakat  qilgani  haqida  xulosa  chiqarish 

mumkin. 


Tergovchi  alohida  izlarni  aniqlash  va  ularni  paydo  bo‘lish 

sabablarini  tushuntirishdan  (sabablari  va  o‘zaro  aloqalari)  bir  xil  izlar 

guruhini  o‘rganishga  o‘tadi  va  so‘ngra  ularning  alomatlari  asosida 

jinoyat hodisasi haqida muayyan bir taxminni olg‘a suradi. Bu taxminni 

asoslashda  kriminalistik  diagnostika  paytida  aniqlangan  sabab-natija 

aloqalari muhim ahamiyatga ega. 

Kriminalistik  diagnostikaning  asosiy  vazifalari  quyidagilardan 

iborat: 


1)  jinoyat  sodir  etilgan  vaziyatni  o'rganish  (jinoyat  qaerda, 

qanday vaziyatda sodir etilgan,  mavjud izlarning qaysi biri jinoyatga 

aloqador); 

2) hodisaning turli bosqichiga oid mehanizmni o'rganish (to'siqni 

buzib  o'tishning  hususiyati  va  yo'nalishi,  transport  vositalarining 

to'qnashuvdan  oldin  va  hodisa  paytida  o'zaro  joylashuvi,  qalbaki  pul 

belgilari tayyorlashning usullari va hokazo); 

3)  hodisa  yuz  bergan  joydagi  buyumlarning  alohida  belgilarini 

aniqlash  (ularning  holati  va  hususiyatlari,  jinoyat  qurolini  tanlashga, 

jinoyatchi  va  uning  kiyimida  iz  qoldirishga,  jinoyatni  yashirishga 

aloqadorlik); 

4) jinoiy hodisaning vaqtga oid hususiyatlarini o'rganish (qachon 

yuz  bergan,  uni  amalga  oshirish  uchun  qancha  vaqt  ketgan  bo'lishi 

mumkin,  qaysi  izlar  avval,  qaysilari  keyinroq  paydo  bo'lgan  va 

hokazo); 

5)  harakatda  bo'lgan  ob'ektlarning  miqdori  va  hususiyatlarini 

aniqlash  (jinoyat  ishtirokchilari  nechta  bo'lgan;  qulfni  ochgan  shahs 

professional mahoratga ega bo'lganmi, o'q otish quroli yoki portlovchi 

moddalarni tayyorlashda qanday moslamalar ishlatilgan va hokazo); 

6) sababli bog'lanishni o'rganish (ma'lum bir hatti-harakatlar va 

kelib  chiqqan  natija  o'rtasida  sababli  aloqalar  bormi,  yong'inning 

sababi,  tepkini  bosmay  yuz  bergan  o'q  otilishining  sababi  nima  va 

hokazo). 


 

39 


Kriminalistik 

diagnostikaning 

elementlari 

boshqa 


tergov 

harakatlarini o‘tkazganda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tergovchining 

tintuv  qilinayotgan,  so‘roq  qilinayotgan  shaxsning  xulq-atvori,  so‘roq 

paytidagi  reaksiyalari  ustidan  kuzatuvi  diagnoz  sxemasi  bo‘yicha 

amalga  oshirilishi  kerak:  belgilar  tahlili,  taxmin  qilish,  uni  tekshirish 

ijobiy rol o‘ynaydi. 



Download 4.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling