Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekulyar spektrometriya.
- Ob’ektlarning tuzilishi va fazoviy tarkibini tadqiq etish uslubi.
- Radioaktivlikka oid tahlil.
- Kriminalistik texnikaning tergov va tezkor-qidiruv ishlarida qo‘llanilishi
- Nazorat savollari
Mikroskopik tekshiruvlar. Ekspertiza amaliyotida mikroskopik uslublar katta ahamiyatga ega bo‘lib, turli ob’ektlar, moddalar ustida tadqiqot o‘tkazishda qo‘llaniladi. Ma'lumot uchun! Imkoniyatiga qarab ?id tarqatuvchi narsaning o'zi (qo'lqop, bosh kiyim, ro'molcha va shu kabilar) olib qo'yilib, zich yopiladigan tiqinli moslamaga joylashtiriladi. Bunday qilishning imkoni bo'lmagan hollarda insondan tarqaladigan hid manbai iziga 20- 30 minut davomida hidni o'ziga yahshi singdiruvchi mahsus gazlama parchasi qo'yilib, keyinchalik u pintset yordamida zich yopiladigan idishga olinadi. Qayd etishning bunday uslubi amaliyotda juda qo'l keladi.
49
Mikroskopik uslub ob’ektning turiga qarab shu’la yorug‘ida yoki aks etgan yorug‘likda o‘tkaziladi. Ekspertiza amaliyotida borgan sari ko‘proq mikroskopik uslub qutblashgan yorug‘likda o‘tkazilmoqda. Bunday uslub kristall moddalarni, tabiiy va kimyoviy tolalarini, don, kraxmal, ayrim o‘simlik va hayvonot to‘qimalarini tadqiq etish imkonini beradi. Bu kabi tadqiqotlar yordamida ko‘pgina materiallarni identifikatsiyalash, shuningdek, ularning tuzilmasiga oid farqlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. YAngi uslublardan biri-to‘lqin hosil qiluvchi elektron mikroskopidir. Ushbu uslub orqali sirtga ega bo‘lib, yuqori vakum sharoitida o‘z tuzilmasini saqlab qoladigan va elektron nurlari tarami ostida o‘zgarmaydigan ob’ektlarni tadqiq etish mumkin. To‘lqin hosil qiluvchi elektron mikrosnusxa uslubidan soch tolalarini tadqiq etishda ularning ajralish mexanizmini, tashqi muhit, kimyoviy ishlov berish ta’siri izlarini aniqlash uchun foydalaniladi. To‘lqin hosil qiluvchi elektron mikrosnusxadan ekspertiza amaliyotida turli materiallarning zarralaridan hosil bo‘lgan mikroiz belgilarini aniqlash uchun foydalaniladi. To‘lqin hosil qiluvchi mikrosnusxa yordamida olingan to‘qimachilik tolalarining morfologik belgilarini mikroskopik tadqiq qilish asosida tolalardan hosil bo‘lgan mikroizlar aniqlanadi va taqqoslanadi.
materiallar va moddalarni kriminalistik ekspertiza qilishda ko‘p yillardan beri qo‘llanilib kelinmoqda. Bular jumlasiga, atom spektrometriyasining uslub va vositalarini, rentgenospektral uslublar va neytronning tahlilini kiritish mumkin.
Elementlar tahlili transport vositalarining lak-bo‘yoqlarini, mato va tolalarni identifikatsiyalash, tuproq qoldiqlarini tadqiq etish uchun qo‘llaniladi. Tabiiy giyohlarning elementlar tarkibidan bunday o‘simlik giyohvand moddalarning qaysi mintaqada o‘stirganligi va uni etishtirish texnologiyasini aniqlash uchun foydalaniladi. Sintetik giyohvand moddalarni tadqiq etishda elementlar tarkibi bunday moddalarni E'tibor qiling! Emission-spektral tahlil - bu uslub mahsus asbob- spektrofotometr yordamida amalga oshiriladi. Bunday tahlil tufayli turli hil bo'yoqlar, avtomobillarning lak bo'yoqlarini, porohlarni, giyohvand moddalarni, moylarni, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa shu kabilarni toifalash mumkin bo'ladi. 50
tayyorlash texnologiyasini aniqlash imkonini beradi. Ayni vaqtda ular qaysi mintaqada ishlab chiqarilganligini ham taxmin qilish mumkin bo‘ladi. Elementlar tarkibi qimmatbaho toshlarni farqlash imkonini ham beradi.
Atom spektrometriyasi hamda boshqa uslub va vositalar buyum asl ekanligi yoki uning qalbakiligini aniqlash imkonini beradi. Masalan, uning yordamida u yoki bu mahsulotning ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgargan vaqtini aniqlash mumkin. Elementlar tarkibini tahlil qilish vositalari va uslublari boshqa vosita va uslublar bilan birgalikda etil qo‘shilgan benzin va oziq-ovqat yog‘larining buzilganlik darajasini, oltin yoki oltin buyumlari bilan birga turgan matolardagi oltinning mikrozarralarini aniqlashda qo‘llaniladi. Poroxlarning elementlari tahlili ularni
o‘qotar qurollarni qo‘llaganlik bilan bog‘liq jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tabaqalashtirish imkonini beradi. O‘q tekkan teshik atrofida qolgan odam to‘qimalari yoki terisining tahlili nafaqat o‘q uzilgan masofani, balki qurolning turi, kalibrini ham aniqlash imkonini beradi.
uslub va vositalari spektr olish orqali dori-darmonlar, zaharlovchi moddalar, plastmassalar, lak-bo‘yoq, yoqilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy tolalar va rezinalarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Sud ekspertizasida aksariyat hollarda infraqizil spekrosnusxa uslubi qo‘llaniladi. Ularning yordamida kimyoviy qo‘shilmalar identifikatsiya qilinadi. Ekspertiza amaliyotida infraqizil spekrometriya uslublari va vositalari, neft mahsulotlari, moylar, lak-buyoq materiallari, tolalar, polimerlar, plastmassalar, zoldirli ruchka pastalar, portlovchi moddalar olish imkonini beradi. Ushbu uslub yordamida tasodifiy hosil bo‘lgan organik moddalarning tarkibi to‘g‘risidagi malumotni olish ayniqsa ahamiyatlidir. Ashyoviy dalillarning sud ekspertizasi amaliyotdagi samarador uslub va vositalar qatoriga spektral lyuminissensiya analizini ham kiritish lozim. Ushbu uslub yoqilg‘i-moylash materiallarini, zaharli moddalarini tadqiq
etishda qo‘llaniladi, shuningdek, sanoat
chiqindilarida uglevodlar mavjud bo‘lgan uchastkalarni, tarkibi turlicha bo‘lgan shishalarni tabaqalashtirish imkonini beradi. Spektral tahlil, o‘q otish jarayonida o‘q stvoldan chiqayotgan paytida uning sirti qirilishi oqibatida metallda hosil bo‘lgan juda 51
kichkina izni ham, porox qurumi izlarini va boshqa yo‘llar bilan topib bo‘lmaydigan o‘zga izlarni aniqlash imkonini beradi. Ayrim qotishmalar, masalan qo‘rg‘oshin qotishmasi spektral tahlil yordamida tadqiq etilganida qotishmaning markasini, agar maxsus aralashmalar mavjud bo‘lsa, bu qotishma qaerda ishlab chiqarilganligini ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunday uslub yordamida tarkibi jihatidan bir-biriga juda yaqin bo‘lgan qotishma va qo‘shilmalarni ham farqlash mumkin. Mana shunday tahlil yordamida qiyoslanayotgan ob’ektlarning, masalan, murdadan olingan mayda zarrachalarning gumon qilinayotgan shaxsga qarashli patrondagi zarrachalarga o‘xshashligini va aynanligini aniqlash mumkin.
Materiallar, moddalar va buyumlarning tuzilishi va fazoviy tarkibini o‘rganish uchun aksariyat hollarda metalografiya uslublari va rentgen tahlilidan foydalaniladi. Metallografik tadqiq etish, masalan, metallarning puturdan ketishi, yong‘in, avariya yoki portlashga sabab bo‘lgan-bo‘lmaganligini, yoxud uning oqibati ekanligini aniqlash imkonini beradi. YOng‘in zonasi va markazini aniqlashda metallografiya uslublari yordamida metall buyumlarning issiqlik darajasini va qizish muddatini belgilash mumkin bo‘ladi. Metall va qotishmalar qizdirilganda ularning sirtida turli ranglar o‘zgaradi. Ular yordamida metall va qotishmalar issiqlik darajasi va vaqt nuqtai nazaridan intervalini bilib olish mumkin. Materiallar va moddalarni kriminalistik ekspertiza qilish amaliyotida rentgen tahlili uslublari va vositalari keng tarqalgan. Bu orqali ashyoviy dalillarning fazoviy tarkibi va uning tuzilishidagi o‘zgarishlarni puxta aniqlash mumkin. Mazkur uslubdan kristallsimon tuzilishga ega bo‘lgan deyarli barcha ob’ektlarni tadqiq etishda foydalanish mumkin. Rentgen yordamida fazoviy tahlil tadqiqoti tez va puxta o‘tkazilishini ta’minlaydi, bu orqali olingan ko‘rsatkichlar esa, avtomatlashtirilgan holda ishlab berish uchun EHM ga kiritilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda tahlil qilishning bunday usuli giyohvand moddalar, Ma'lumot uchun! Hromotografik uslub moddalarning fraktsiya va molekulyar tarkibini aniqlash imkonini beradi. Uning mohiyati shundan iboratki, tadqiq etilayotgan moddaning tarkibiy qismlarini ajratish va ajratilganlarni tahlil qilishdan iboratdir. Ekspertiza amaliyotida hromotografiyaning bir necha hillari qo'llanib kelinadi. Tarkibiy qismlarni bo'lish usuliga qarab, tadqiq etilayotgan modda: qog'oz, yupqa qatlamli, gaz-suyuqlik, ustunsimon hromotografiya kabilarga bo'linadi.
52
qimmatli qog‘ozlar va hujjatlarning materialini, lak-bo‘yoqlarni, binokorlik materiallarini, farmatsevtika preparatlarini, zaharli
moddalarni, kimyoviy tolalarni, metall va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarni tadqiq etishda muvafaqqiyatli qo‘llanmoqda. YUpqa qatlamli xromotografiya eng ko‘p tarqalgan uslub bo‘lib, organik tarzda paydo bo‘ladigan ob’ektlar-giyohvand moddalar, dori- darmonlar, bo‘yoqlar, zaharli kimyoviy moddalar, siyoh, neft mahsulotlari, yog‘, moy va boshqa moddalarni tahlil etishda qo‘llaniladi. Xromotografiya deb ikki bosqichdan iborat tadqiqot uslubiga aytiladi. Birinchi bosqichda tadqiq etilayotgan moddaning tarkibiy qismlari ajratiladi, ikkinchi bosqichda esa, ajratilgan har bir qism tahlil etiladi. Hujjatlar texnik jihatdan tahlil etilganida yupqa qatlamli uslub yordamida turli tarkib bo‘yicha tayyorlangan bir xil rangdagi siyohlarni ajratishgina emas, balki texnik jarayonlarning tebranishi bilan bog‘liq farqni ro‘yxatga olish ham mumkin. Bu uslub to‘qimachilik tolalarining buyoqlarini tahlil etish vaqtida keng qo‘llaniladi. Organik moddalar va ularning aralashmalari qaysi guruhga mansubligini, tadqiq etilayotgan moddalarning sifat va miqdor tarkibini, bir xilligi yoki turlicha ekanligini aniqlash uchun gaz-suyuqlik xromotografiyasi uslubidan foydalaniladi. Gaz xromotografiyasi jarayonida “gaz xromotografiyasi” deb atalgan maxsus asbob qo‘llaniladi. Hozirgi zamon xromotograflari EHM bilan jihozlangan bo‘lib, ular ko‘pgina ekspertiza vazifalari hal etilishida, jumladan neft mahsulotlari turini aniqlash, benzin, dizel yonilg‘isi va avtol markasini toifaga ajratish, avtomobil yonilg‘isi tarkibida neft mahsulotlarini aniqlash, tadqiq etilayotgan ob’ektda giyohvand modda bor-yo‘qligini topish, kelib chiqish manbaiga qarab namunalarni tabaqalashtirish mumkin. Ushbu
uslubdan vino-aroq mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini tadqiq etishda, qon tarkibida alkogol bor-yo‘qligini aniqlashda, tamaki, rezina polimer materiallari, kleylar, portlovchi moddalar va boshqa ob’ektlarni tekshirishda, hid tarkibini tadqiq etishda, suyuqlik va gaz tarkibini belgilashda foydalaniladi. Poligrafiya uslubi “poligraf” deb ataluvchi maxsus pribor orqali amalga oshiriladi. Mazkur uslub suyuq moddalarni, o‘q otish snaryadlarini, metallar, zaharli moddalardan qolgan izlarni aniqlashda qo‘llaniladi. 53
Radioaktivlikka oid tahlil. Materiallar va moddalarni tadqiq etishda yana bir yuqori ta’sirchan uslub radioaktivlikka oid tahlil qo‘llanilishi mumkin. Bu uslub ob’ekt yadro reaktorida nurlatilganda unda paydo bo‘ladigan sun’iy radioaktivlikni o‘rganishga asoslangan. Kriminalistik texnikaning bu uslubi yaqindan o‘q uzilganda, to‘siqlarda qolgan izlarni, o‘q uzgan odamda qolgan izlarni, biologik ob’ektlardagi zaharli moddalarni, biologik to‘qimalardagi mikro elementlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
So‘nggi vaqtlarda turli kriminalistika ob’ektlarini to‘plash, ular ustida ishlash, tadqiq qilish ishida kompyuter texnikasidan foydalanish imkoniyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Kompyuter dastlabki marta daktilonusxa va dastxatshunoslik tadqiqotlarida qo‘llanilgan. Daktilonusxada hozirgi vaqtda kodlashtirilgan barmoq izlarini mashina yordamida qidirib topish va qiyoslash uslubi qo‘llanilmokda. Bu uslub dastlabki tarzda kodlashtirilmagan holda maxsus qurilma yordamida papillyar naqshlarni avtomatik tanish qoidalariga asoslangandir. Kriminalistika faoliyatida bunday vositalardan foydalanish voqea sodir bo‘lgan joyda topilgan barmoq izlarini kompyuter xotirasidagi barmoq izlari bilan tezkor ravishda solishtirish imkonini beradi. Maxsus ishlab chiqarilgan algoritm dasturi yordamida u yoki bu qo‘lyozma matnini bajargan shaxsni identifikatsiyalash imkoniyatini vujudga keltiradi.
qo‘llanilishi Kriminalistik texnikani tezkor xodimlar, tergovchilar mutaxassis kriminalistlar, sud o‘z vakolati doiralarida qo‘llaydilar. Bunday texnika jumlasiga tergovchilar va kriminalistika ekspertizasi bo‘limlarining xodimlari foydalanadigan ilmiy-texnika vositalarining komplektlari, Ma'lumot uchun! Kriminalistik tehnikaning taraqqiyoti ikki yo'nalishda boradi. Bir tomondan kriminalistik tehnika muammolarini umum-nazariy jihatdan ishlab chiqilishi va takomillashtirilishi, ikkinchi tomondan dalil-isbotlarni topish, olib qo'yish, qayd etish va tadqiq qilish, ular ustida ishlashning aniq tehnika-kriminalistika vositalari qamda yo'l-yo'riqlarini ishlab chiqishga qaratilgan.
54
ko‘chma kriminalistika laboratoriyalari, ovoz yozish apparaturalari kiradi. Jinoyatlarni oldini olish va jinoyatlarni jadal aniqlash, jinoyatchilarni qidirish va ushlash uchun tezkor ishlarda qo‘llaniladigan vositalar, turli xil signal beruvchi qo‘riqlash qurilmalari, hujjatlarni qalbakilashtirishdan himoyalash vositalari-kimyoviy jihozlar ham kriminalistik texnika jumlasiga kiradi. Kriminalistik texnika vositalaridan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda, ko‘zdan kechirish, tintuv, so‘roq, eksperiment va boshqa tergov harakatlarini bajarishda va ashyoviy dalillarni o‘rganish, video, kino hujjatlarini ko‘rish, magnit yozuvlarini eshitish va boshqa vaqtlarda foydalanadilar. Kriminalistik texnika tezkor-qidiruv faoliyati bilan bog‘liq ishlarni isbot qilishda, dalillar qidirib topishda, jinoyatlarni ochish va ularning oldini olishda hamda zarur ma’lumotlarni aniqlash, qayd etish va tadqiq qilishda foydalaniladi. Tergov harakatlari jarayonida kriminalistik texnika jinoyatning moddiy holatini qayd etish, dalillarni topish, olish va saqlash, ularni taqdim etish va ob’ektlarni ekspertizaga tayyorlash chog‘ida qo‘llaniladi. Tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari o‘tkazilishida ishtirok etayotgan mutaxassislar texnika vositalari va uslublarini qo‘llash orqali tezkor-qidiruv xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatadilar, maslahatlar beradilar. Kriminalistik texnikadan tegishli qonun hujjatlari normalariga muvofiq foydalaniladi. Xususan, JPK 91, 106-moddalarida texnika vositalari va uslublarining ayrimlarini (fotografiya, ovoz yozish, moddiy nusxalar, chizmalar) qo‘llash haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. 2012 yil 25 dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ham video- va audioyozuv, kino- va fotosuratga olish vositalarini qo‘llashning ayrim masalalari o‘z ifodasini topgan.
55
Kriminalistik texnikadan foydalanishning
kriminalistik texnika vositalari va uslublarining ilmiy jihatdan o‘ziga xosligi va puxta bo‘lishi. Har qanday texnik vosita, shu jumladan, maxsus materiallar va moddalar, ularning qo‘llash uslubi tibbiyot vositalari kabi qat’iy ravishda ilmiy ma’lumotlarga asoslangan, vakolatli organlarning sinovidan o‘tgan va ular tomonidan ekspertiza va jinoyat- qidiruv amaliyoti uchun tavsiya etilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun texnika-kriminalistika vositalari yordamida to‘g‘ri va puxta axborot olinishini ta’minlash lozim. SHundagina jinoyat ishini tergov qilishda ob’ektiv natijaga erishish mumkin bo‘ladi. Kriminalistik texnikaning yuqorida sanab o‘tilgan barcha sub’ektlar tomonidan yuksak malaka bilan qo‘llanilishi – ikkinchi
uslublarini mukammal bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni taqozo etadi. Bunda jinoyat-protsessual qonunining eng muhim talablari sifatida ob’ektiv yondashuv har tomonlama va to‘liq bo‘lishi zarur. Tergov harakatlari bayonnomalarida va kriminalistika ekspertizasi xulosalarida dastlabki tekshiruv materiallari, kriminalistik texnika vositalari va uslublarini qo‘llash sharoitlari, tartibi va natijalarini aks ettirish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda texnika vositalari qo‘llanganligi o‘z tasdig‘ini topadi, muayyan bir ma’lumotni texnika vositasi va uslubini qo‘llash yo‘li bilan tekshirish, tergov harakatlari (ko‘zdan kechirish, eksperiment o‘tkazish, ko‘rsatuvni voqea sodir bo‘lgan joyda tekshirish) jarayonlari yoki natijalarini tiklash imkoniyati yaratiladi. Tergov
harakatlarini o‘tkazish jarayonida, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda texnika vositalarini o‘zida jamlagan “tezkor” sumka juda qo‘l keladi. Turli izlarni, ashyolarni topish, E'tibor qiling! Ishlarni sudda ko'rishda kriminalistik tehnika vositalari va uslublaridan foydalanishga ma'lum shartlar bilan yo'l qo'yiladi. Chunonchi, bunda fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlari buzilmasligi; ularning hayoti va sog'ligiga havf solinmasligi; ahloq va etika normalariga e'tibor berilishi; ahborot manbalari - izlar, ashyolarni saqlab qolinishning ta'minlanishi, shuningdek, ahborotning o'zi (masalan, ekspertiza va dastlabki tadqiqotlar o'tkazish, suratga olish, video va ovoz yozish, ko'rsatmalar moddiy nushalar va chizmalar) buzilmasligi; vositalar va uslublardan to'g'ri foydalanish uchun ob'ektiv shart-sharoitlar mavjud bo'lishi lozim. 56
kuzatish, ko‘chirib olish va qayd etish uchun zarur texnik vositalar tergov va tezkor xodimlarga mo‘ljallangan mazkur sumkada joylashgan.
Jinoyatlarni fosh qilishda kriminalistik texnika qanday vazifalarni bajaradi? Hozirgi zamonaviy axborot-texnologiyalarining rivojlanishi kriminalistik texnikaga qanday ta’sir qilmoqda? 2. Kriminalistik texnika tekshiruvining qanday vosita va uslublarini bilasiz? Muayyan bir jinoyatni misol tariqasida olib, uni fosh etishda qanday kriminalistik texnika vositalaridan foydalanish mumkinligini tushuntirib bering.
2012 yil 12-dekabrdan 13-dekabrga o‘tar kechasi E.ning xonadonidan qimmatbaho buyumlar yo‘qolganligi to‘g‘risida IIB navbatchilik qismiga ariza kelib tushdi. Tergovchi Sh.ning xonadonida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan qimmatbaho buyumlar turgan polirovka qilingan shkafni ko‘zdan kechirdi. 1. Shkafni qaysi joylarida va qanday qul izlari qolishi mumkin? 2. Izlarni topish va olishda qanday kriminalistik texnik vositalar qo‘llaniladi? 3. Izlar yuzasidan qanday ekspertiza tayinlanadi va ekspert oldiga qo‘yiladigan savollar? 2-kazus Davlat siriga taaluqli saytlardan biriga fuqaro F. murakkab dasturlar orqali hujum qilib, undan axborot olib chiqadi. Biroq, jinoyatchini ushlash chog‘ida uning ham tovog‘i fuqaro L. O‘zuyida pornografik sayt ochganligi aniqlandi. Pornografik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan sayt E'tibor qiling! “Tezkor” sumkasida quyidagilar mavjud bo'ladi: foto va video tasvirga oladigan apparaturalar; turli izlarni mustahkamlash va ko'chirib olishga ishlatiladigan vosita-asboblar; teri kashtasidan qoladigan, ko'zga ko'rinmaydigan izlarni ko'rinarli qilib, ko'chirib olishga qo'llanadigan vositalar; o'lchov va optik (lupalar) asboblar; yozish-chizmalar tayyorlash, qayd etish vositalari.
57
faoliyati to‘xtatildi. Uning tashkilotchisi fuqaro L. O‘z uyida pornografik mazmundagi axborotlarni shaxsiy kompyuteridan foydalangan holda internet orqali tarqatayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Biroq, qo‘lga olinishidan biroz avval u o‘z shaxsiy kompyuteridagi ma’lumotlarni formatlash yo‘li bilan o‘chirib yuborgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling