Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma Jizzax viloyati №24732 2023 yil «14» fevral «gold project service mchj»
Download 61.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Жиззах шаҳар Олмазор МТТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. SHARTNOMA PREDMETI
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma Jizzax viloyati №24732 2023 yil «14» fevral «GOLD PROJECT SERVICE MCHJ», bundan buyon matnda «Bajaruvchi» deb yuritiladi, Nizom asosida faoliyat yurituvchi Bosh direktor TUYCHIYEV ISLOM OMON O‘G‘LI nomidan, bir tomondan ЯГОНА БУЮРТМАЧИ ИНЖИНИРИНГ КОМ, bundan buyon matnda «Buyurtmachi» deb yuritiladi, Nizom asosida faoliyat yurituvchiHASANOV HAMIDJON ALISHER O‘G‘LI nomidan, ikkinchi tomondan, quyidagilar to‘g‘risida mazkur Shartnomani tuzdilar: 1. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. Buyurtmachi ko‘rsatma beradi va Bajaruvchi Jizzax shahri "Olmazor" massivida 180 o‘rinli MTT qurish (BIM texnologiasi asosida loyihalashtiriladi) obyekti uchun loyiha- smeta xujjatlarini ishlab chiqish majburiyatini oladi, shu jumladan: - ishchi loyiha; - joriy narxlardagi smeta hisobi. 1.2. Loyihalashtirilayotgan obyektning joylashgan joyi Jizzax shahri "Olmazor" massivida 180 o‘rinli MTT qurish (BIM texnologiasi asosida loyihalashtiriladi) 1.3. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun bajaruvchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish, shartnoma bo‘yicha muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun subloyihachilarni jalb qilish, loyiha hujjatlarining ayrim bo‘limlarini ishlab chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega. 1.4. Bajaruvchi ishlarni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartiblari belgilangan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari va boshqa hujjatlar hamda mazkur shartnoma asosida amalga oshiradi. 1.5. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun asos Buyurtmachi tomonidan Bajaruvchi ishtirokida tayyorlangan va o‘rnatilgan tartibda ishchi loyihani ishlab chiqish uchun tasdiqlangan loyihalashtirish topshirig‘i hamda mazkur shartnoma hisoblanadi. Loyihalashtirish topshirig‘i mazkur shartnomaning ajralmas qismidir. 1.6. Ishning asosiy bosqichlarining tarkibi, qiymati va muddatlari ushbu shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan ilovalari bilan belgilanadi. 1.7. Bajaruvchi ishlarni Buyurtmachi tomonidan boshlang‘ich ma'lumotlar taqdim etilib, shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ro‘yxatdan o‘tkazib, avans to‘lovini amalga oshirgan kundan boshlab, mazkur shartnomaning 2- ilovasida keltirilgan kalendar ish grafigi muddatida bajaradi. 1.8. Bajaruvchi loyiha-smeta hujjatlari ishlari bo‘yicha davlat va zarur bo‘lganda boshqa tegishli ekspertiza xulosalarini olgandan so‘ng 3 (uch) nusxada mazkur loyiha va qidiruv ishlari hujjatlarini Buyurtmachiga taqdim etishi kerak. 1.9. Loyihalashtirish ishining boshlanish sanasi, quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan sanadan hisoblanadi: 1.9.1. Bajaruvchining hisob raqamiga bo‘nak to‘lovi to‘lab berilishi; 1.9.2. Loyihalashtirish topshirig‘ini va ushbu Shartnomaga tegishli boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash va kelishish; 1.9.3. "Buyurtmachi" tomonidan tasdiqlangan loyiha topshirig‘iga va me'yoriy hujjatlarga muvofiq loyihalash uchun zarur bo‘lgan barcha dastlabki ma'lumotlarni taqdim etish. Download 61.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling