Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi


Download 269.83 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi269.83 Kb.
#1458334
  1   2   3
Bog'liq
Loyiha-texnik hujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me‘yoriy hujjatlar

          1. MA‟RUZA


Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me‟yoriy xujjatlar. Ishlab chiqarish me‟yorlarini qo‟llanishi. Texnologik

operatsiyalarni yagona texnologik jarayonga bog‟lash printsiplari. Qurilish jarayoni va ishlari loyihalashtirish resurs va vaqtni baholash.




Reja:

    1. Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me’yoriy xujjatlar.

    2. Ishlab chiqarish me’yorlarini qo’llanishi.

    3. Texnologik operatsiyalarni yagona texnologik jarayonga bog’lash printsiplari.

    4. Qurilish jarayoni va ishlari loyihalashtirish resurs va vaqtni baholash.

      1. Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni


Texnik me’yorlashtirish ishlab chiqarish resurslari sarfini tadqiq etishning ilmiy tizimidan iborat. U mehnat sarflari, mashinalar unumdorligi va materiallar sarfi me’yorlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Mehnatni texnik me’yorlashtirish va materiallar sarfini texnik me’yorlashtirishni farqlaydilar.
Qurilishda mehnatni texnik me’yorlashtirish – quyidagi maqsadlarda vaqt sarflarini o’rganishdan iborat:

  • ishlab chiqarish me’yorlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish;

  • qurilish mashinalari va ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni joriy etish;

  • qurilish-montaj ishlarini bajarishda mehnatni tashkillashtirish uslublarini yaxshilash.

Texnik me’yorlashtirish bo’yicha ishlarni bajarishda qurilish-montaj jarayonlarini tadqiq etishning asosiy uslubi ularni elementlarga ajratishdan iborat.
Bu kabi qismlarga ajratilish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, ilg’or mehnat uslublarini o’rganishda ish uslublari, zarur hollarda esa – ayrim harakatlar, me’yorlarni loyihalashtirishda esa ishchi operatsiyalari bo’lib, ajratib olinadi. Vaqt sarfi ishchilar va qurilish mashinalariga nisbatan alohida-alohida o’rganiladi.
Qurilishda normativ (me’yoriy) kuzatuvlarni o’tkazishning asosiy uslublari quyidagilar:

  • foto hisobga olish;

  • xronometraj - qurilish-montaj jarayonlarining tsiklli elementlarini tadqiq etish uchun;

  • texnik hisobga olish.


Download 269.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling