Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi


Ishlab chiqarish me‟yorlarini qo‟llanishi


Download 269.83 Kb.
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi269.83 Kb.
#1458334
1   2   3
Bog'liq
Loyiha-texnik hujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me‘yoriy hujjatlar

Ishlab chiqarish me‟yorlarini qo‟llanishi


Shunday qilib, texnik me’yorlashtirish natijasida ushbu jarayonni yuritishga doir barcha eng muhim ko’rsatkichlar aniqlanadi, ya’ni o’zaro bog’liq vaqt me’yori (yoki ishlab berish me’yori), narxlar (rastsenkalar), zvenoning ishchilari soni va razryadlariga ko’ra tarkibi, ishni mexanizatsiyalash vositalari va belgilangan me’yorlar to’g’ri keladigan boshqa ko’rsatkichlar. Me’yorlar chiqariladigan tavsiflar va ishlab chiqarish sharoitlari majmui normal deb nom oladi.
Normalda qurilish jarayonining namunaviy borishi aks ettirilib, me’yor(norma)ni faqat ishdagi muqarrar, texnologik yoki ili fiziologik zarurat tufayli paydo bo’ladigan tanaffuslarni e’tiborga olgan holda chiqaradilar. yeNiR da har bir normal bo’yicha ishlar tarkibi keltiriladi.
Me’yor (norma) ishlab chiqarish hisob-kitoblari uchun qulay o’lchagichga oid bo’ladi, masalan, mexanizatsiyalashgan tuproq ishlarini bajarishda – o’lchash bo’yicha zich holatdagi 100 m3 gruntga.
      1. Texnologik operatsiyalarni yagona texnologik jarayonga bog‟lash printsiplari


Qurilishda materiallar sarfini texnik me’yorlashtirish materiallar sarfi ishlab chiqarish me’yorlarini loyihalashtirish maqsadida materiallar sarfini tadqiq etishdan iboratdir. Ular bartaraf etilishi qiyin bo’lgan yo’qotishlarni va ob’ekt qurilishi chegarasida hosil bo’ladigan qurilish materiallari chiqindilarini o’z ichiga oladilar:

  • materiallarni ob’ekt omboridan ish joyiga qadar tashib keltirishda;

  • ishlab chiqarish jarayonida;

  • konstruktsiya tarkibiga qo’shish oldidan materiallarga ishlov berishda.

Texnologiya takomillashib borishi bilan bu me’yorlar ham vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
      1. Qurilish jarayoni va ishlari loyihalashtirish resurs va vaqtni baholash


Yagona me’yorlar va narxlarda ishchining quyidagilarga sarflanadigan vaqti hisobga olinib, ular uchun haq to’lanmaydi (alohida kelishilgan holatlardan tashqari):

  • ish joyini tayyorlash va uni smena oxirida tartibga keltirish;

  • materiallarni ob’ekt omborlaridan olishda;

  • asbob-uskunalar va mayda moslamalarni olish va ularni ish joyiga olib kelish va ishlar tugallanganidan so’ng qaytib topshirish;

  • bir ob’ekt chegarasida ish joyi almashinishi bilan bog’liq o’tishlar;

  • asbob-uskunalarni ish jarayonida to’ldirish va charxlash;

  • moslama va mashinalarni ishchi holatda saqlash, shu jumladan mahkamlash ta’mirini bajarish;

  • vazifalar olish va bajarilgan ishlarni ustaga yoki ish bajaruvchiga topshirish;

  • materialni to’plamlarning tegishli kirish yoki texnik qismlarida va yeNiR yoki paragraf matnlarida ko’rsatilgan masofaga jildirish;

  • ishchilarning ish smenasi davomida vaqti-vaqti bilan dam olishi.

Mavzu bo‟yicha nazorat savollari:



  1. Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni etib bering?

  2. Qanday me’yoriy xujjatlarni bilasiz?

  3. Ishlab chiqarish me’yorlarini qo’llanishi xaqida gapirib bering?

  4. Qurilish jarayoni va ishlari loyihalashtirish resurs va vaqtni baholash qanday amalga oshiriladi?

Download 269.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling