Loyiha-texnik xujjatlarning vazifasi


Download 269.83 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi269.83 Kb.
#1458334
1   2   3
Bog'liq
Loyiha-texnik hujjatlarning vazifasi, tarkibi va mazmuni. Me‘yoriy hujjatlar

Foto hisobga olish va xronometrajda qurilish jarayoni elementlarga ajratilib, vaqt sarfi esa ana shu elementlar bajarilish davomliligi yoki mehnat talabligiga ta’sir qiladigan omillar yo’l-yo’lakay majburiy qayd etilgan holda hisobga olinadi.
Texnik hisob yuritish me’yorlarning bajarilish darajasini aniqlash uchun ishlatiladilar. Texnik hisobda vaqt sarflari faqat ikki guruhga – me’yorlashtiriladigan va boshqa sarflarga ajratiladilar.
Texnik jihatdan asoslangan me’yorlar quyidagilar bajarilishi uchun vaqt sarflari toifalarini hisobga oladilar:

  • operativ ishlar;

  • tayyorlash-tugallash ishlari;

  • tartiblashtirilgan tanaffuslar.

Ish vaqtining qolgan toifalari me’yorlarda hisobga olinib, mehnatni tashkillashtirish darajasini tavsiflash uchun xizmat qiladilar.

Me‟yoriy xujjatlar


Zamonaviy qurilish, montaj va ta’mirlash-qurilish ishlarining yagona vaqt va narx me’yorlari (ENIR) maxsus me’yoriy tashkilotlar tomonidan tayyorlanib, barcha qurilish tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadilar.
Bugungi kunda 1988 yilda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ENiRlar amal qilmoqda.
Ular bajariladigan qurilish-montaj ishlarining taxminan 65% qismini qamrab olib, o’z ichiga 66 ming me’yorni olgan 71 to’plamdan tashkil topgan.
Ishlarning taxminan 25%, asosan maxsus ishlar, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan, tarmoq kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Idoraviy me’yor va narxlar (VNiR) bo’yicha me’yorlashtiriladi. Zamonaviy VNiR lar taxminan 42 ming me’yorni o’z ichiga olgan 46 ta to’plamdan iborat.
YAMvaN (ENiR) va IMvaN (VNiR) tomonidan qamrab olinmagan ishlarning taxminan 10% qismi Mahalliy me’yorlar va narxlarda (MMvaN-MNiR) qamrab olinib, ular qurilish tashkilotlari rahbarlari tomonidan mahalliy kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadilar.
Bundan tashqari, YAMvaN (ENiR) va IMvaN (VNiR) tomonidan qamrab olinmagan ishlar uchun Namunaviy me’yor va narxlar (TNiR) va Yiriklashtirilgan kompleks me’yorlar va narxlar (UKN) ishlab chiqiladi.
YAMvaN (ENiR) ning har bir paragrafi «E» harfi, to’plam raqami va ana shu to’plam ichidagi paragraf raqamidan iborat harf-raqamli shifr bilan belgilanadi. Masalan, «§E 16-7» qaydi 16-to’plamdagi §7 «Keng koleyali temir yo’l izlarining yuqori qurilmasini tiklash» nomli paragrafini anglatadi.

Ushbu to’plam paragraflarida (boshqalaridagi kabi), odatda, quyidagilar keltiriladi:

  • mashinalarning qisqacha tavsifi (mexanizatsiyalashgan jarayonlar uchun);

  • masalan, 11-12 sahifalarda temir yo’l izidan harakatlanuvchi o’z-o’zini yig’adigan va o’ziyurar ikkita chorpoyali yuk ortish konsol kranlarining tavsifi keltirilgan;

  • ayrim (alohida) murakkab qurilish jarayonlari yoki yangi ish turlari uchun ishlarni amalga oshirish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar;

  • masalan, §E16-7 da 43-sahifada zvenolarni harakatlanuvchi tarkibga ortish bilan bog’liq ishlarni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar keltirilgan;

  • me’yorlarda ko’zda tutilgan asosiy operatsiyalar sanab o’tilgan ishlar tarkibi; masalan, §E16-12 da 75-sahifada 1 km yo’lga vaqt me’yorlari va narxlar jadvali berilib, uning vertikal ustunida «Ishlar nomlanishi va tarkibi» rukni ostida rels- shpala panjarasini UK-25/9 yotqizish krani yordamida qismlarga ajratishda (demontaj qilishda) bajariladigan asosiy operatsiyalar sanab o’tiladi;

  • zvenolarning turli tarkiblari (ishchilar soni va ularning razryadlari);

  • alohida qo’shni ustunlarda yoki kasr son ko’rinishida keltirilgan vaqt me’yorlari (N.vr.) va narxlar (Rasts.) (suratda V.m., maxrajda esa – narx.).

Sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari, yeNiR da izohlar va tuzatish koeffitsiyentlari ham mavjud. Masalan, qishki sharoitlarda ochiq havoda va isitilmaydigan binolarda qurilish, montaj va ta’mirlash-qurilish ishlarini amalga oshirishda vaqt me’yorlari va narxlarga yeNiR ning umumiy qismi ilovasida keltirilgan o’rtachalashtirilgan koeffitsiyentlar qo’llanadi.

Ishlarni bajarish bilan bog’liq u yoki bu sharoitlar mavjudligi va tuzatish koeffitsiyentlari qiymati har bir alohida holatda qurilish ishlarini bajarayotgan qurilish tashkiloti boshlig’i tomonidan, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan tarzda tasdiqlanadigan dalolatnomada belgilab beriladi.





      1. Download 269.83 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling