Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


 Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53

7.13. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib  

boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish.

 

(Muallif – yu. f.n. Sh.A.Kulmatov) 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ish bo‘yicha to‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik xabarlarni 

olish  mumkinligiga  etarli  darajada  asos  bo‘la  olsa,  tergovchi  telefon  va 

boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib 

turish  to‘g‘risida  qaror  chiqarishga  haqlidir  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 169-modda). 



Telefon  so‘zlashuvlari  -  abonentlar  o‘rtasida,  shuningdek 

shaharlararo  va  radiorele,  yuqori  to‘lqinli  va  kosmik  aloqa  orqali  olib 

boriladigan so‘zlashuvlardir.

  

Boshqa so‘zlashuv qurilmalari deganda esa selektor-o‘tkazuvchi, radio 



va  og‘zaki  nutqni  boshqa  yo‘llar  orqali  ma’lum  masofaga  yuborish 

imkoniyatiga ega qurilmalar tushuniladi. Bu qurilmalardagi so‘zlashuvlarni 

eshitishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  21-

bobida qayd etilgan qoidalarga bo‘ysunish lozim. 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitib  turish  uchun  tintuv  natijalari,  guvohning, 

jabrlanuvchining  ko‘rsatuvlari,  ko‘zdan  kechirilgan  pochta-telegraf 

jo‘natmalari, SMS xabarlari, videoyozuvlari yozma ma’lumotlar asos bo‘la 

oladi.  Faqat  magnit  tasmaga  yozilgan  telefon  va  boshqa  so‘zlashuv 

qurilmalari  yordamida  olib  boriladigan  so‘zlashuvlar  doimiy  ahamiyatga 

ega.  Demak,  bir  tomonlama  eshitiladigan  (diktofon,  ratsiya  va  shunga 

o‘xshash)  vositalar  orqali  olingan  ma’lumotlar  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  21-bobida  nazarda  tutilgan  telefon  va 

boshqa  so‘zlashuvlar  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan  so‘zlashuvlarni 

eshitish tergov harakatini o‘tkazish yo‘li bilan olingan deb hisoblanmaydi. 

Zero,  mazkur  vositalardan  ko‘pincha  tezkor-qidiruv  tadbirlarni  o‘tkazish 



Telefon va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 

so’zlashuvlarni  eshitish  surishtiruvchi  yoki  tergovchiga  jinoyat  ishi 

bo‘yicha  manfaatdor  bo‘lgan  shaxslar  ularga  nisbatan  ta‘magirlik, 

o‘ldirish,  tan  jarohati  yetkazish  va  mulkiga  zarar  yetkazish  bilan  yoki 

boshqa shaxsga qarshi jinoyatlarni sodir etish bilan qo‘rqitish orqali biron 

moddiy  manfaatga  ega  bo‘lish  maqsadini  ko‘zlaydigan  jinoyatlar 

to‘g‘risida  murojaat  qilganda  hamda  odil  sudlovga  qarshi  boshqa 

jinoyatlarni ochish maqsadida o‘tkaziladigan tergov harakatidir. 


258 

 

chog‘ida  foydalaniladi  va  ular  bir  tomonlama  eshitish  yoki  so‘zlashish 



uchun mo‘ljallangan. 

Biroq, misol uchun qo‘l telefonlari ashyo sifatida tergovchiga taqdim 

etilsa,  u  holda  narsa  va  hujjatlarni  taqdim  qilish  to‘g‘risida  tuzilgan 

bayonnomada ko‘zdan kechirish natijalari qatorida tashqari ular ko‘magida 

amalga  oshirilgan  audioyozuv  ham  qayd  etiladi.  Audioyozuvdagi 

tovushning  aynanligini  aniqlash  maqsadida  fonoskopik,  shuninigdek 

audiomontaj qilinmaganligini istisno etish uchun kriminalistik ekspertizalar 

tayinlanishi  ashyo  sifatida  qabul  qilingan  qo‘l  telefondagi  audioyozuvni 

dalilga aylantiradi. 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitish  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov  harakatlari 

qatoriga kiradi va bu tergov harakatlarini tergovchi o‘tkazish huquqiga ega 

va uni milliy xavfsizlik xizmati organlari amalga oshiradi. 

Ushbu tergov harakatini o‘tkazish uchun tergovchi qaror chiqaradi va 

bu qaror prokuror ruxsatiga asosan kuchga kiradi (O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 169-modda). 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  telefon  va  boshqa 

so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish 

prokurorning sanksiyasi asosida tergovchi chiqargan qarorga binoan amalga 

oshiriladi. 

Jabrlanuvchiga,  guvohga,  shuningdek  ularning  qarindoshlari  va 

yaqinlariga  nisbatan  kuch  ishlatish,  tovlamachilik  yoki  boshqa  qonunga 

xilof  harakatlar  sodir  etish  xavfi  mavjud  bo‘lsa,  bu  shaxslarning  arizalari 

bo‘yicha  yoki  ularning  yozma  roziligi  va  prokurorning  sanksiyasi  bilan 

yoxud  sudning  ajrimiga  ko‘ra  ularning  telefon  yoki  boshqa  so‘zlashuv 

qurilmalari  orqali  bo‘ladigan  so‘zlashuvlarini  eshitib  turish  amalga 

oshirilishi mumkin. 

Tergovchi kechiktirib bo‘lmaydigan  hollarda, prokurorni zudlik bilan 

yozma  ravishda  xabardor  etish  sharti  bilan,  uning  sanksiyasisiz 

so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qarorni Milliy xavfsizlik xizmati 

organlariga yuborishga haqlidir. Prokurorning sanksiyasisiz so‘zlashuvlarni 

eshitib  turish  to‘g‘risidagi  qaror  24  soat  davomida  qonuniy  kuchga  ega 

bo‘ladi. 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitib  turish  to‘g‘risidagi  qaror  yoki  ajrim  unda 

eshitiladigan  axborotlar  xususiyati  va  hajmi,  shuningdek  so‘zlashuvlarni 

eshitib turishning borishini va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, milliy 


259 

 

xavfsizlik xizmati organlariga ijro etish uchun yuboriladi. So‘zlashuvlarni 



eshitib turish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas. 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitib  turish  chog‘ida  ovoz  yozish  moslamalari 

qo‘llanilishi lozim. So‘zlashuv fonogrammasi aks ettirilgan magnit tasmasi 

tergov  harakati  bayonnomasiga  qo‘shib  qo‘yilishi  lozim  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 170-modda). 

Bevosita  telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib 

boriladigan  so‘zlashuvlarni  eshitish  harakatlari  milliy  xavfsizlik  xizmati 

organlariga yuklatilgan. 

Agar  kechiktirib  bo‘lmas  holat  yuzaga  kelib,  surishtiruvchi  yoki 

tergovchi telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitish  harakatini  zudlik  bilan  o‘tkazishi  kerak  bo‘lsa,  u 

holda ular qaror chiqarib, uni milliy xavfsizlik xizmati organlariga yuborish 

huquqiga  egadirlar,  ammo  bu  to‘g‘rida  surishtiruvchi  yoki  tergovchi 

prokurorni  24  soat  ichida  xabardor  qilishi  lozim,  prokuror  ushbu  qarorga 

ruxsat  berganligi  to‘g‘risida  milliy  xavfsizlik  xizmati  organiga  tegishli 

ma’lumotnoma  yuborib,  ushbu  harakatlarning  davom  ettirilishiga  ruxsat 

beradi. Surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan chiqarilgan qaror bir sutka 

davomida  qonuniy  kuchga  ega  va  milliy  xavfsizlik  organi  shu  muddat 

tugaganidan so‘ng ushbu qarorni bajarmaslik huquqiga ega. 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitish  jarayoni  olti  oydan  ortiq  davom  etishi  mumkin 

emas. Agar dastlabki tergovda shunday tergov holati vujudga kelib, telefon 

va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan  so‘zlashuvlarni 

eshitishni  davom  ettirish  zarurati  bo‘lsa,  u  holda  tergovchi,  surishtiruvchi 

bu to‘g‘rida asoslantirilgan qaror chiqaradi va prokurorning ruxsatini olib, 

ushbu  harakatlarni  umumiy  hisobda  uzog‘i  bilan  6  oygacha  davom 

ettirishlari  mumkin.  Bu  to‘g‘rida  milliy  xavfsizlik  xizmati  organlariga 

ushbu qarorni yuborib, tegishli natijalarni jarayon ichida qo‘lga kiritishlari 

mumkin.  



Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitib  turish  natijalarini  protsessual  rasmiylashtirish

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitish  jarayonida  ovoz  yozish  moslamalari  qo‘llaniladi. 

Ularning texnik parametrlari so‘zlashuvlarni eshitib turish bayonnomasida 



260 

 

to‘liq  qayd  etilib,  bayonnomaga  so‘zlashuv  fonogrammasi  qo‘shib 



qo‘yilishi lozim. 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni 

eshitish 

tergov 

harakati 



tegishli 

jinoyat 


ishi 

qo‘zg‘atilgandan  so‘ng  amalga  oshiriladi  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 170-modda). 

Eshitib turish va ovoz yozishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador 

so‘zlashuvlar fonogrammasi mazmunining qisqacha bayonnomasini tuzadi. 

Fonogramma  muhrlanadi  va  bayonnomaga  qo‘shib  qo‘yiladi,  uning  ish 

uchun ahamiyatli bo‘lmagan qismi hukm qonuniy kuchga kirganidan keyin 

yo‘q qilinadi. 

Eshitib turish va ovoz yozish bayonnomasida abonent raqami, eshitib 

turish va ovoz yozish vaqti va joyi, foydalanilgan texnikaviy vositalar turi 

va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslarga oid ma’lumotlar hamda 

ish uchun ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblangan boshqa ma’lumotlar 

aks  ettiriladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  171-

modda). 


Milliy  xavfsizlik  xizmati  organining  xodimi  telefon  va  boshqa 

so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan  so‘zlashuvlarni  eshitish 

bayonnomasini qisqa tarzda tuzadi. 

Agar so‘zlashuv jarayoni bo‘yicha ishga taalluqli muhim jumlalardan 

tashqari  boshqa  ishga  aloqador  bo‘lmagan  jumlalar  uchramagan  bo‘lsa,  u 

holda bayonnomada bu so‘zlashuvning butun matnini keltirishi kerak. 

Bayonnomada  abonentning  raqami,  qachon  va  qayerda  so‘zlashuv 

eshitilganligi,  eshitish  va  ovozga  qayd  etish  vositalarining  texnik 

ko‘rsatkichlari,  ishga  bayonnomani  va  harakatni  olib  borganda  kimlar 

ishtirok  etganliklari,  ishga  taalluqli  boshqa  axborotlar  qayd  etilishi  lozim 

bo‘ladi.  Magnit  tasmasiga  ega  fotokasseta  ushbu  so‘zlashuvning 

fonogrammasi  bilan  bayonnomaga  ilova  qilinib,  o‘raladi  va  muhrlab, 

eshitilgan so‘zlashuv qachon boshlanib qachon tugagan vaqti belgilanadi va 

bu  ma’lumotlar  imzolar  bilan  tasdiqlanib  surishtiruvchi  yoki  tergovchiga 

beriladi. 

Bayonnoma  va  unga  ilova  qilingan  fonogramma  (telefon  va  boshqa 

so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan  so‘zlashuvlarni  eshitish 

fonogrammasi)  surishtiruvchi  yoki  tergovchiga  24-bobda  qayd  etilgan 

tartibda  ashyolar  hamda  hujjatlarni  taqdim  etish  qoidalariga  ko‘ra 

topshiriladi  va  25-bobga  asosan  ashyo  va  hujjatlarni  ashyoviy  va  yozma 

dalil  sifatida  ishga  qo‘shish  qoidalariga  asosan  ashyoviy  dalil  sifatida  tan 

olinadi.  Ushbu  tergov  harakatida  ishtirok  etgan  xolislar  milliy  xavfsizlik 



261 

 

xizmati organi tomonidan jalb etilgan bo‘lib, ishga aloqador bo‘lmasliklari 



kerak,  ammo  bevosita  ushbu  organ  xodimlari  sifatida  ishlayotgan  bo‘lib, 

xolis  sifatida  jalb  etilishlari  mumkin  (davlat  va  xizmat  sirlarini  oshkora 

etmaslik talablariga binoan). 

Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni  eshitish  bayonnomasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  90  va  91-moddalarida  qayd  etilgan  qoidalariga 

rioya qilingan holda tuzilishi shart. 

 

7. 14. Ekspertiza 



(muallif – A.R.Matmurotov) 

 

Ekspertiza  –  maxsus  bilimlarni  talab  etadigan  va  surishtiruvchi, 



tergovchi,  prokurorning  qarori  yoki  sudning  ajrimi  asosida  o‘tkazadigan 

tekshiruv hisoblanadi. Mazkur tergov harakati ish uchun ahamiyatli holatlar 

haqidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi 

bo‘lgan  shaxs  o‘tkazadigan  maxsus  tekshirish  orqali  olish  mumkin 

bo‘lganda  ekspertiza  tayinlanadi.  Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror, 

sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza 

tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. 

Ish  uchun  ahamiyatli  holatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  fan, 

texnika,  san’at  yoki  kasb  sohasi  bo‘yicha  bilimi  bo‘lgan  shaxs 

o‘tkazadigan  maxsus  tekshirish  orqali  olish  mumkin  bo‘lganda 



ekspertiza tayinlanadi.

 

Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning 



maxsus  bilimlari  doirasidan  tashqari  chiqishi  mumkin  emas.  Mazkur 

maxsus  bilimlarga  bo‘lgan  ehtiyoj  juda  baland  va  muhim  ahamiyat  kasb 

etuvchi  bir  qator  holatlar  mavjud  bo‘lib,  ular  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasida bayon etilgan. 

Amaliyotdan misol:

 2014-yilning 06-mart kuni soat 21-30 larda Toshkent shahar Chilonzor 

tumani Bunyodkor shox  ko‘chasida harakatlanib  kelayotgan D.Sobirovga tegishli  bo‘lgan “Nexia” 

rusumli  davlat  belgili  01  A143FA  mashinasi  T.Qayumov  boshqaruvida  bo‘lgan    “Matiz”  rusumli 

davlat belgili 01 F468AB mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada “Nexia” haydovchisi va undagi 

2 nafar yo‘lovchi vafot etgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-

moddasi  2-qismi  bilan    jinoyat  ishi  qo‘zg‘atiladi  va  avto  halokat  hodisa  qorong‘u  paytda  sodir 

etilganligi va guvohlar bo‘lmaganligi sababli ekspertiza tayinlandi. Natijada avto halokatga “Nexia” 

avtomashinasi haydovchisi D.Sobirov sababchi ekanligi aniqlanib, tergov organlari tomonidan aniq 

dalillar asosida qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyatini berdi. 



262 

 

Ekspert  sifatida  davlat  sud-ekspertiza  muassasasi  eksperti,  boshqa 



korxona,  muassasa,  tashkilot  xodimi  yoki  boshqa  jismoniy  shaxs  ishtirok 

etishi mumkin. 

Belgilangan  tartibda  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomala  layoqati 

cheklangan  deb  topilgan  shaxslar,  shuningdek  qasddan  sodir  etgan 

jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib 

tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb qilinishi mumkin emas. 

Surishtiruvchi,  tergovchi,  sudning  ekspert  etib  tayinlangan  shaxsni 

chaqirish  va  uning  ekspertiza  o‘tkazishi  to‘g‘risidagi  talabi  ushbu  shaxs 

ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiydir. 

Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy 

obyektlar,  murdalar  va  ularning  qismlari,  hujjatlar,  shuningdek  ekspertiza 

o‘tkazilayotgan  ish  materiallari  tekshirish  obyektlari  bo‘lishi  mumkin. 

Ekspert tekshiruvlari tirik odamlarga nisbatan ham o‘tkaziladi. 

Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular to‘la 

ishlatilgan bo‘lmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi. 

Ekspertizaning  jinoyat-protsessual  turlari  o‘tkazilishi  ketma-ketligi 

(birlamchi,  qayta  va  qo‘shimcha  ekspertiza),  tadqiqot  ish  hajmi  (yakka 

shaxs tomonidan o‘tkaziladigan yoki komissiyaviy ekspertiza), foydalanish 

lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lami (bir turdagi yoki kompleks ekspertiza) kabi 

asoslarga tayanib tasniflanadi. 



1.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilish ketma-ketligiga ko‘ra, 

birlamchi, qo‘shimcha va qayta ekspertizaga bo‘linadi: 

Birlamchi  ekspertiza  –  aniq  jinoyat  ishidagi  muayyan  holat 

yuzasidan  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  qarori  yoki  sud  ajrimi 

asosida o‘tkazilgan birinchi marotaba o‘tkazilgan ekspertiza.

 

 

Qo‘shimcha  ekspertiza  –  ekspert  (ekspertlar  komissiyasi) 

xulosasidagi  bo‘shliqlarning  o‘rnini  to‘ldirish  uchun  tayinlanadi  va  shu 

yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi. 

 

Qayta  ekspertiza  –  ekspertning  (ekspertlar  komissiyasining) 

xulosasi  asoslantirilmagan  yoki  uning  to‘g‘riligiga  shubha  tug‘ilganda 

yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki 

ekspertiza  o‘tkazishning  protsessual  qoidalari  jiddiy  buzilganda 

o‘tkaziladigan ekspertiza turi hisoblanadi. 

2.

 

Tadqiqot ish hajmiga ko‘ra ekspertiza quyidagi turlarga bo‘linadi: 



263 

 

 



Yakka  shaxs  tomonidan  o‘tkaziladigan  ekspertiza  –  ekspertiza 

tadqiqoti aniq bir ekspert tomonidan o‘tkaziladi va xulosa ham shu ekspert 

tomonidan  tuziladi,  xulosa  yuzasidan  javobgarlik  ham  shu  ekspert 

zimmasiga yuklanadi. Yakka shaxs tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizalar 

qatoriga birlamchi, qo‘shimcha, qayta ekspertizalarni kiritish mumkin. 

Komissiyaviy  ekspertiza  –  bu  ko‘p  obyektli  bir  turdagi  ekspertiza 

tadqiqotining  o‘tkazilishi  hisoblanib,  ushbu  ekspertiza  turi  bir  necha 

ekspertlar tomonidan o‘tkazilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 177-moddasiga 

asosan  komissiyaviy  ekspertiza  o‘tkazilayotganda  ekspertlarning  har  bir 

ekspert  tekshiruvlarini  to‘liq  hajmda  o‘tkazadi  va  ular  olingan  natijalarni 

birgalikda  tahlil  qiladi.  Ekspertlar  umumiy  fikrga  kelganidan  so‘ng 

birgalikdagi  xulosasini  yoki  xulosa  berishning  iloji  yo‘qligi  to‘g‘risidagi 

hujjatni tuzadi va imzolaydi. Ekspertlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kelib 

chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha 

yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi. 

3.

 

 Foydalanish 

lozim 

bo‘lgan 


bilimlar 

ko‘lamiga 

binoan, 

ekspertizaning quyidagi turlari farqlanadi: 



Bir  turdagi  ekspertiza  –  bir  ixtisoslikdagi  ekspert  yoki  ekspertlar 

komissiyasi tomonidan amalga oshiriladigan ekspertiza turi. 

 

Kompleks  ekspertiza  -  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksi  178-moddasiga  asosan  ish  uchun  ahamiyatga  molik 

holatlarni  turli  ilm  sohalaridan  foydalangan  holda  bir  necha  ekspert 

tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin  bo‘lgan hollarda 

tayinlanadi. 

Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati 

doirasida  ekspert  tekshiruvlari  olib  boradi.  Kompleks  ekspertizaning 

xulosasida  ekspertlarning  har  biri  qaysi  ekspert  tekshiruvlarini  va  qancha 

hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda 

qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning 

ushbu  ekspert  tekshiruvi  bayon  etilgan  qismini  imzolaydi  va  ular  uchun 

javobgar bo‘ladi. Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga 

va  ushbu  fikrni  (fikrlarni)  shakllantirishga  vakolatli  bo‘lgan  ekspertlar 

qiladi.  Agar  ekspertlar  komissiyasi  yakuniy  fikrining  yoki  uning  bir 

qismining  asosi  sifatida  ekspertlardan  birining  (alohida  ekspertlarning) 

aniqlagan  holatlari  olingan  bo‘lsa,  bu  haqda  xulosada  ko‘rsatilishi  kerak. 

Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda ularning har 


264 

 

biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha 



alohida  xulosa  beradi.  Agar  kompleks  ekspertizani  o‘tkazish  davlat  sud-

ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil 

qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. 

 

7.15. Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish 



(muallif – A.R.Matmurotov) 

 

Ekspertiza  tekshiruvi  uchun  namunalar  olish  tergov  harakati 

surishtiruvchi,  tergovchining  qarori,  sudning  esa  ajrimiga  asosan  amalga 

oshiriladi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak 

bo‘lgan  shaxs;  aynan  qanday  namuna  va  qancha  miqdorda  olinishi 

lozimligi;  namuna  olinadigan  shaxs  qachon  va  kimning  huzuriga  kelishi 

zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi 

ko‘rsatilishi lozim. 

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud odamning, murdaning, hayvonning, 

o‘simlikning,  buyumning,  materialning  yoki  moddaning  xususiyatlarini 

o‘zida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi 

ekspert  oldiga  qo‘yilgan  savollarni  hal  qilish  uchun  zarur  bo‘lsa,  amalga 

oshiradi. 

Tirik  odamdan  o‘zida  uning  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi  quyidagi 

namunalar olinishi mumkin: 

-biologik  −  qon,  soch,  so‘lak,  inson  organizmidan  ajralib  chiqadigan 

moddalar; 

- psixofizik − dastxat; 

- anatomik − teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; 

- ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar.  

Murdani  ko‘zdan  kechirishda  ham  tekshiruv  o‘tkazish  uchun  kerakli 

moddiy namunalar olinishi mumkin.  

Namuna  tariqasida  xomashyo,  mahsulot  va  boshqa  materiallardan 

moddaning turga oid yoki o‘ziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks 

ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.  

Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert gilza, o‘q, buzish asboblari va 

boshqa  obyektlarining  tajriba  namunalarini  tayyorlashga  va  ularning 

eksperimental  izlariga  qarab,  o‘xshashlik  yoki  farqlanish  masalasini  hal 

etishga haqlidir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  189-

moddasiga asosan namuna olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga shaxsni 

yechintirib  yalang‘ochlash  bilan  bog‘liq  bo‘lmasa  va  alohida  kasb 



265 

 

mahoratini  talab  qilmasa,  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sudning  o‘zi, 



zarurat  bo‘lganda  esa  shifokor,  boshqa  mutaxassis,  ekspert  ishtirokida 

o‘tkaziladi. Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalang‘och bo‘lishni 

taqozo  etsa  yoki  alohida  kasb  mahoratini  talab  qilsa,  surishtiruvchi, 

tergovchi yoki sudning topshirig‘iga binoan tekshiruv uchun namunalarni 

shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  qonunchiligiga 

asosan  ekspertiza  tekshiruvi  uchun  namunalar  quyidagi  shaxslardan 

olinishi mumkin: 

-

 

gumon qilinuvchi; 



-

 

ayblanuvchi; 



-

 

sudlanuvchi; 



-

 

jabrlanuvchi; 



-

 

tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash  bo‘yicha 



ustidan ish yuritilayotgan shaxs. 

Shu  bilan  birga  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  yoki  ashyoviy  dalillarda 

boshqa  shaxslar  tomonidan  ham  iz  qoldirilgan  bo‘lishi  mumkinligi 

to‘g‘risida yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert 

tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin. 

O‘zidan  namuna  olinishi  uchun  kelishdan  bosh  tortayotgan  gumon 

qilinuvchilar,  ayblanuvchilar,  sudlanuvchilar,  jabrlanuvchilar  majburiy 

keltirilishi  mumkin  va  ushbu  holatda  qo‘llaniladigan  usullar  og‘riq 

bermaydigan  hamda  inson  hayoti  va  salomatligi  uchun  xavfsiz  usullarda 

majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin. 

Surishtiruvchi  yoki  tergovchi  namuna  olinishi  kerak  bo‘lgan  shaxsni 

chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish to‘g‘risidagi qaror 

yoki sudning o‘ziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu 

shaxsga,  mutaxassisga,  xolislarga  ularning  huquq  va  majburiyatlarini 

tushuntiradi. Agar kimdir rad etilgan bo‘lsa, bu masalani hal qiladi. Shundan 

so‘ng surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert 

tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og‘riq bermaydigan hamda inson 

hayoti  va  salomatligi  uchun  xavfli  bo‘lmagan  ilmiy-texnikaviy  vositalar 

qo‘llanilishi mumkin. 

Murdadan,  shuningdek  xom  ashyolardan,  mahsulotlardan,  boshqa 

materiallardan  namunalar  olish,  eksgumatsiya  qilish,  olib  qo‘yish  yoki 

tintuv  o‘tkazish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Olingan  namunalar  tegishli 

tartibda o‘raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni 


266 

 

namuna  olish  bayonnomasi  bilan  birga  tegishli  ekspertga  yuboradi.  Agar 



namuna  olish  sudning  ajrimiga  binoan  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  ushbu 

ajrimni  bajargan  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  namunalarni  ularni  olish 

to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birga yuboradi. 

Sud  taraflar  ishtirokida  namunalarni  ko‘zdan  kechirib,  ularning 

haqiqiyligiga va to‘la saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan 

namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.  

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan 

namuna  olish  to‘g‘risidagi  qarorni  yoki  ajrimni  shifokorga  yoki  boshqa 

mutaxassisga  yuboradi.  Shifokorni,  boshqa  mutaxassisni,  xolislarni  rad 

etish masalasi qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud 

tomonidan hal qilinadi. Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni 

bajaradi  va  ekspert  tekshiruvi  uchun  namunalar  oladi.  Bunda  og‘riq 

bermaydigan  hamda  inson  hayoti  va  salomatligi  uchun  xavfli  bo‘lmagan 

ilmiy-texnikaviy  vositalardan  foydalanishi  mumkin.  Kuchli  og‘riq 

beradigan  murakkab  tibbiy  harakatlar  va  usullarni  qo‘llash  faqatgina 

namuna olinishi lozim bo‘lgan shaxsning roziligi bilan, basharti u o‘n olti 

yoshga  to‘lmagan  yoki  ruhiy  kasal  shaxslar  bo‘lsa,  uning  qonuniy  vakili, 

vasiylari yoki homiylarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.  

Namuna  olish  yechintirib  yalang‘ochlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

holatlarda,  shifokor,  boshqa  mutaxassis,  xolislar  bir  jinsdagi  shaxslar 

doirasidan  bo‘lishi  talab  qilinadi.  Yuqoridagi  harakatlar  yuzasidan 

surishtiruvchi  yoki  tergovchi  bayonnoma  tuzishi,  sud  esa,  o‘ziga  kelgan 

namunalarni sud majlisi bayonnomasiga kiritishi talab qilinadi. 

Namunalar o‘ralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga 

yuboriladi.  Tekshirish  uchun  hayvonlardan  namunalar  olish  zarurati 

tug‘ilsa,  unda  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud  tegishli  qarorni  yoxud 

ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi.  

Tekshiruv  o‘tkazish  jarayonida  ekspert  tomonidan  tadqiqot  ishlarini 

o‘tkazishga  mo‘ljallangan  tajriba  namunalari  tayyorlanishi  mumkin. 

Surishtiruvchi  yoki  tergovchi  bunday  namunalarni  tayyorlash  chog‘ida 

hozir  bo‘lishga  haqli  bo‘lib,  bu  hol  ular  tomonidan  tuziladigan 

bayonnomada aks ettiriladi. 

Ekspert tekshiruv o‘tkazib bo‘lganidan keyin namunalarni muhrlangan 

holda  o‘z  xulosasiga  qo‘shib  qo‘yadi.  Surishtiruvchi  yoki  tergovchi,  sud 

muhokamasida  esa,  sud  va  taraflar  ekspert  taqdim  qilgan  tajriba 

namunalarini  ko‘zdan  kechiradilar,  shundan  so‘ng  ular  ashyoviy  dalil 

sifatida jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yadilar. 

 


267 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling