Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

TERGOV BO‘LIMI BOSHLIG‘I – jinoyatlarni ochish va ularning oldini 

olish  yuzasidan  tergovchilarning  o‘z  vaqtida  harakat  qilishini  nazorat 

qiluvchi, jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni to‘la, har tomonlama va 

xolisona olib borish choralarini ko‘rishga vakolatli mansabdor shaxs. 



TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV – jinoyat haqidagi ariza yoki xabar 

yuzasidan  sodir  etilgan  (tayyorgarlik  ko‘rilgan)  qilmishning  jinoiyligi, 

ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi va jazoga sazovorligi haqida masalani 

tekshirishga qaratilgan harakatlar majmuyi. 



TERGOVGA 

QADAR 

TEKSHIRUV 

DAVOMIDA 

O‘TKAZILADIGAN  HARAKATLAR  –  qo‘shimcha  hujjatlar, 

tushuntirishlar  talab  qilib  olish,  shuningdek  shaxsni  ushlab  turish,  hodisa 

sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ekspertiza tayinlash va o‘tkazish 

mumkin.  Tergovga  qadar  tekshiruv  vaqtida  boshqa  tergov  harakatlarini 

o‘tkazish man qilinadi. 

TERGOVGA TEGISHLILIK – jinoyat ishining xususiyati bo‘lib, unga 

asosan u yoki bu organ yoxud mansabdor shaxs shu ish bo‘yicha dastlabki 

tergovni amalga oshirishga vakolatli bo‘ladi. 

TERGOVGA  TEGISHLILIK  BO‘YICHA  YUBORISH  –  arizada 

keltirilgan  holatlar  yuzasidan  tergovga  qadar  tekshiruv  yoki  dastlabki 

tergovni  amalga  oshirish  ariza  berilgan  organning  vakolatiga  kirmaydigan 

hollarda ariza yoki xabarni predmetli  yoki hududiy tergovga tegishliligiga 

qarab yuborishdir. 


454 

 

TERGOV VAZIYATI – isbot qilinishi lozim bo‘lgan qilmish yuzasidan 

jinoyat ishini tergov qilish jarayonida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni 

yechish,  tergov  taktikasi  usullarini  to‘g‘ri  qo‘llash,  shu  bilan  birga 

qo‘shimcha tekshiruvlarni o‘tkazishni o‘z ichiga qamrab oladi. 

TERGOV GURUHI – jinoyat ishi ko‘p mehnat talab etib, juda murakkab 

yoki  o‘ta  dolzarbligi  uchun  shu  ish  bo‘yicha  dastlabki  tergov  yuritish 

doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshiriladi. 

TERGOV  ORGANINING  RAHBARI  –  dastlabki  tergovni  amalga 

oshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi boshlig‘i.  



TERGOV  HARAKATI  –  jinoyat  ishi  doirasida  dalillarni  to‘plash  va 

tekshirishga  qaratilgan  surishtiruvchi,  tergovchi  va  prokurorning 

protsessual faoliyati.  

TERGOVCHI – jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov yuritishga mas’ul 

bo‘lgan mansabdor shaxs. 



TERGOVCHI  VA  SURISHTIRUVCHINING  ASOSIY  O‘RINDA 

O‘ZARO FAOLIYATI - usul va vositalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali jinoyat 

ishini  yuritishga  to‘sqinlik  qiluvchi  omillarni  bartaraf  etishga  qaratilgan 

muvaffaqiyatli va samarali faoliyatidir. 

TERGOVCHINING  ALOHIDA TOPSHIRIG‘I - jinoyat ishini tergov 

qilish  davomida  muayyan  tergov,  protsessual  harakatlarini  yoki  tezkor-

qidiruv  chora-tadbirlarini  o‘tkazishga  yordam  berish,  ularni  o‘tkazish 

to‘g‘risidagi ijrosi majburiy bo‘lgan topshiriq. 



TIBBIY  YO‘SINDAGI  MAJBURLOV  CHORALARI  –  sodir  etgan 

jinoyati  yoki  ijtimoiy  xavfli  qilmishi  uchun  jinoyat  subyekti  bo‘la 

olmaydigan  va  jinoiy  javobgarlikka  yoki  jazolash  mumkin  bo‘lmagan 

shaxslarni  majburiy  davolash  yoki  uning  xavfligiga  qarab  jamiyatdan 

ajratishga qaratilgan davlatning huquqiy ta’sir chorasi. 

TINTUV – surishtiruvchi va tergovchi tomonidan biror turar joy, xizmat, 

ishlab chiqarish binosida yoki o‘zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun 

ahamiyatli  bo‘lgan  narsa  yoki  hujjatlar  bor  deb  o‘ylash  uchun  yetarli 

ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladigan tergov harakati. 



TORTISHUV  PRINSIPI  –  jinoyat  protsessining  asosiy  prinsiplaridan 

bo‘lib, unga ko‘ra ayblov va himoya funksiyalari chegaralangan va ular odil 

sudlovdan ajratilgan, tortishuv faqat bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan taraflar 

o‘rtasida olib boriladi. 



TUMAN SUDI – umumiy yurisdiksiya sudlarining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, 

o‘z tarkibiga fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman  (shahar)  sudi 

hamda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari kiradi.  


455 

 

TO‘XTATILGAN JINOYAT ISHINI QAYTA TIKLASH – bu vujudga 

kelgan  jinoyat  ishini  to‘xtatish  holatlarining  protsessual  va  tashkiliy 

harakatlar  natijasida  bartaraf  etilishi  hamda  qonunchilikda  belgilangan 

boshqa harakatlar bajarilishidir. 

 



 

UY  QAMOG‘I  -  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining  yoki 

sudlanuvchining  jamiyatdan  to‘liq  yoxud  qisman  ajratib  qo‘yilib,  o‘zi 

mulkdor,  ijaraga  oluvchi  sifatida  yoki  boshqa  qonuniy  asoslarda  yashab 

turgan  turar  joyda  taqiqlar  (cheklovlar)  yuklatilgan,  shuningdek  uning 

ustidan nazorat amalga oshirilgan holda bo‘lishidan iborat bo‘ladi.  

Uy  qamog‘i  ijro  etish  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining  yoki 

sudlanuvchining  yashash  joyidagi  ichki  ishlar  organi  zimmasiga 

yuklatiladi. 



USHLAB  TURILGAN  SHAXS  –  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilmasdan  yoki 

jinoyat ishi bo‘yicha shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida 

jalb qilinmasdan ushlab turilgan shaxs. 

USHLAB TURISH – jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni 

uning  jinoiy  faoliyat  bilan  shug‘ullanishiga  barham  berish,  qochib 

ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish 

maqsadida  qisqa  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilishdan  iborat 

protsessual majburlov chorasi. 

 



 

VOYAGA YETMAGAN – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs. 

VOYAGA  YETMAGAN  BOLANING  SHAXSIY  NOMULKIY 

HUQUQLARI  –  voyaga  yetmagan  bolaning  shaxsiy  nomulkiy 

huquqlariga, oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onasi va boshqa 

qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi, o‘z fikrini ifoda etish huquqi, ism, 

ota  ismi  va  familiya  olish  huquqi,  ismi  va  familiyasini  o‘zgartirish  kabi 

huquqlari kiradi. 

VOYAGA  YETMAGANLARNI  KUZATUV  OSTIGA  OLISH 

UCHUN  TOPSHIRISH:  Voyaga  yetmaganlarni  ota-onalari,  vasiylari, 

homiylari,  bolalar  muassasasining  ma’muriyati  kuzatuv  ostiga  olishi 

uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida ko‘rsatilgan tartibda 

amalga oshiriladi. 



456 

 

VOYAGA 



YETMAGAN 

GUMON 

QILINUVCHI 

VA 

AYBLANUVCHINI  SO‘ROQ  QILISH  –  voyaga  yetmagan  gumon 

qilinuvchi  va  ayblanuvchini  himoyachi  ishtirokida  so‘roq  qilish.  So‘roq 

qilish chog‘ida tergovchining ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy 

vakili  ishtirok  etishi  mumkin.  Himoyachi  va  qonuniy  vakil  gumon 

qilinuvchiga  va  ayblanuvchiga  savollar  berishga  haqli.  So‘roq  oxirida 

himoyachi  va  qonuniy  vakil  bayonnoma  bilan  tanishish  va  u  haqda  o‘z 

mulohazalarini  bildirishga  haqli.  Voyaga  yetmagan  gumon  qilinuvchini, 

ayblanuvchini  so‘roq  qilishga  ketgan  umumiy  vaqt,  kun  davomida  dam 

olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti 

soatdan oshmasligi kerak 



VOYAGA YETMAGAN SHAXS – 18 yoshga to‘lmagan shaxs.  

VOYAGA  YETMAGAN  SHAXSNI  G‘AYRIIJTIMOIY  XATTI-

HARAKATLARGA  JALB  ETISH  –  voyaga  yetmagan  shaxsni 

tilamchilik qilishga, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik yoki 

psixotrop hisoblanmaydigan, lekin kishining aql–idrokiga ta’sir qiladigan 

vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish.  



VOYAGA  YETMAGANLARNING  JINOYATLARI  HAQIDAGI 

ISHLARNI  YURITISH  –  voyaga  yetmagan  shaxslar  tomonidan  sodir 

etilgan  jinoyatlar  yuzasidan  surishtiruv,  dastlabki  tergov  va  sud 

muhokamasini olib borishdan iborat alohida ish yurituv tartibi. 

VOYAGA 

YETMAGANLARNING 

ISHLARI 

BO‘YICHA 

ISBOTLANISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR – dastlabki tergov 

harakatlari  va  sud  muhokamasi  davrida  voyaga  yetmaganlarning 

jinoyatlari  haqidagi  ishlar  bo‘yicha,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  82,  84-moddalarida  ko‘rsatilgan  holatlardan 

tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim: 

1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni); 

2)  voyaga  yetmaganning  shaxsiga  xos  xususiyatlar  va  uning  salomatligi 

holati; 


3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari

4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi. 



VOYAGA  YETMAGANLARNING  QONUNIY  VAKILI  –  voyaga 

yetmaganning 

jinoyatlari 

haqidagi 

ishni 

yuritishda 



qonuniy 

qatnashayotgan  vakil.  Qonuniy  vakilning  ishda  ishtirok  etishiga 

surishtiruvchi  yoki  tergovchining  qarori  bo‘yicha  voyaga  yetmagan 

shaxsni  gumon  qilinuvchi  yoki  ayblanuvchi  tariqasida  birinchi  so‘roq 

qilish  paytidan  boshlab  yo‘l  qo‘yiladi.  Qonuniy  vakilning  ishda  ishtirok 

etishiga  yo‘l  qo‘yilganda,  unga  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-



457 

 

protsessual  kodeksining  61-moddasida  nazarda  tutilgan  huquqlar 



tushuntiriladi. 

 



 

XOLISLAR – ishning oqibatidan manfaatdor bo‘lmagan, voyaga yetgan 

jinoyat ishi yurituvi ishtirokchisi. 



XUSUSIY  AJRIM  –  jinoyatlar  sabablarini  va  ularning  sodir  etilishiga 

imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf  qilish  to‘g‘risida sud tomonidan 

chiqariladigan protsessual hujjat. 

XUSUSIY  AYBLOV–  jinoyat  ishining  qo‘zg‘atilishi  va  tegishli  davlat 

ayblovi  chora-tadbirlarining  amalga  oshirilishi  uchun  jabrlanuvchi 

arizasigina asos bo‘ladigan holatlar. Jabrlanuvchi ariza bermagan hollarda 

jinoyat ishini qo‘zg‘atish mumkin emas, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari esa 

tugatilishi kerak. 

 



YOZMA  DALILLAR  –  yozma  dalillar  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan 

holatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bayon  etilgan  hujjatlar,  xizmatga 

daxldor va shaxsiy yozishmalar. 

YOZMA XAT-XABARLAR – oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan 

xatlar va banderollar, oddiy, buyurtma pochta varaqchalari hamda oddiy, 

buyurtma sekogrammalar, shuningdek mayda paketlar. 

YOLG‘ON  XABAR BERISH –  yozma  yoki og‘zaki ravishda bevosita 

aybdor yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan, tamom bo‘lgan jinoyat 

haqidagi  yoki  jinoyatga  tayyorgarlik  ko‘rilayotganligini  yoxud  tajovuz 

haqidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabar berish.  



YOPIQ SUD MAJLISI – barcha sudlarda ishlar oshkora ko‘riladi, davlat 

yoki  tijorat  sirlarini  saqlash  manfaatlariga  zid  bo‘lgan  hollar  bundan 

mustasno.  Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  hayotiga  taalluqli 

ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek farzandlikka 

olish siri va yozishmalar siri saqlanishini  ta’minlash  maqsadida sudning 

asoslantirilgan  ajrimiga  binoan,  ish  sudning  yopiq  majlisida  ko‘rilishiga 

yo‘l  qo‘yiladi.  Ish  sudning  yopiq  majlisida  sudlov  ishlari  yuritishning 

barcha qoidalariga rioya qilingan holda ko‘riladi. 

Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi. 

YUZLASHTIRISH  –  avval  so‘roq  qilingan  ikki  shaxs  ko‘rsatuvlari 

o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun dastlabki tergovda 



458 

 

tergovchi  va  prokuror,  sud  majlisida  esa  taraflar  ishtirokida  sudya 



tomonidan o‘tkaziladi tergov harakatlari hisoblanadi. Yuzlashtirish tergov 

harakati ko‘rsatuvlarni, jumladan dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov 

harakatidir. 

YUZLASHTIRISH  BAYONNOMASI  –  yuzlashtirish  jarayonida 

dastlabki tergovda tergovchi va prokuror tomonidan, sud majlisida kotib 

tomonidan tuzilib sud tarkibi tomonidan tasdiqlanadigan protsessual hujjat 

bo‘lib,  unda  yuzlashtirish  qachon,  qayerda,  kim  tomonidan,  kimlar 

o‘rtasida, soat nechadan boshlab, soat nechagacha davom ettirilganligi va 

yuzlashtirilayotgan shaxslarning ko‘rsatuvlari qayd etilishi shart. 



YO‘RIQNOMA  vazirliklar davlat boshqaruvining boshqa markaziy va 

mahalliy rahbarlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida chiqaradigan 

qonuni,  farmoyishi,  hukumat  va  davlat  boshqaruvining  yuqori  turuvchi 

organlarining qarorlari va aktlari asosida beriladigan qonun kuchiga ega 

normativ akti. 

 



 

ZARAR    biror  kishining  ikkinchi  bir  kishiga  nisbatan  zo‘rlik  qilish, 

zo‘rlashi, kuchishlatish yo‘li bilan zo‘rlashi, jabr-zulm qilishi. U insonning 

daxlsizligini buzib jismoniy va ma’naviy zo‘rlash, jabr-zulm shaklida ham 

bo‘lishi mumkin. 



 

O‘ 

 

O‘ZAROLIK – chet el davlati jismoniy va yuridik shaxslariga muayyan 

huquqlarni,  mazkur  huquqlarni  taqdim  etuvchi  davlatning  jismoniy  va 

yuridik shaxslariga mazkur chet el davlatida xuddi shunday huquqlardan 

foydalanish sharti bilan taqdim etilishidir. 



 

SH 

 

SHAXSLARNI TANIB OLISH - boshqa turdagi tanib olishlarga nisbatan 

murakkabroqdir.  Tanib  olinuvchi  shaxs  tanib  olish  uchun  tergov  olib 

borilayotgan  ishga  aloqasi  bo‘lmagan,  tashqi  belgilari  bilan  o‘ziga 

o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Jinoyat 

protsessi  nazariyasida  shaxsni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishda  tanib 

olinuvchilar statistlar deb ham ataladilar. 



459 

 

SHAXSLARNING  ARIZALARI  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  324-moddasiga  muvofiq,  fuqarolar,  fuqaroligi 

bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining jinoyat  to‘g‘risidagi  yozma 

yoki og‘zaki murojaatlari. 

SHAXSIY  KAFILLIK  ishonchga  sazovor  bo‘lgan  shaxslarning 

ayblanuvchi,  sudlanuvchi  munosib  xulq-atvorda  bo‘lishiga  kafil 

ekanliklari  haqida  yozma  majburiyat  olishidan  iboratdir.  Kafillar  sonini 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  belgilaydi.  Alohida  hollarda 

yuksak ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin. 

Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi. 



SHIKOYAT – fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy 

manfaatlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi bayon etilgan murojaati. 



 

460 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 



RAHBARIY ADABIYOTLAR 

 

1.



 

Karimov  I.A.  Adolat  –  qonun  ustuvorligida.  Ikkinchi  chaqiriq 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma’ruza (2001-

yil 29-avgust) // Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10. – T.: 

O‘zbekiston, 2002.

 

-429 b. 



 

2.

 



Karimov  I.A.  Biz  tanlagan  yo‘l-demokratik  taraqqiyot  va  ma’rifiy 

dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. –320 b. 

3.

 

Karimov  I.A.  Tinchlik  va  xavfsizlik  o‘z  kuch-qudratimizga, 



hamjihatligimiz  va  qat’iy  irodamizga  bog‘liq.  T.12.  –  Toshkent: 

O‘zbekiston, 2004. –400 b. 

4.

 

Karimov 



I.A. 

Bizning 


bosh 

maqsadimiz 

– 

jamiyatni 



demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh 

etishdir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va 

Senatining  qo‘shma  majlisidagi  ma’ruzasi,  2005-yil  28-yanvar  //  O‘zbek 

xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T.13. – T.: O‘zbekiston, 

2005. 448 b.  

5.

 



Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T.14. 

– Toshkent: O‘zbekiston, 2006. – 280 b. 

6.

 

Karimov 



I.A. 

Jamiyatimizni 

erkinlashtirish, 

islohotlarni 

chuqurlashtirish,  ma’naviyatimizni  yuksaltirish  va  xalqimizning  hayot 

darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15.  – 

Toshkent: O‘zbekiston, 2007. – 320 b. 

7.

 



Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni 

barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 368 

b. 

8.

 



Karimov  I.A.  Vatanimizning  bosqichma-bosqich  va  barqaror 

rivojlanishini  ta’minlash – bizning oliy  maqsadimizdir. T.17.  – Toshkent: 

O‘zbekiston, 2009. – 280 b. 

9.

 



Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 

qo‘shma majlisidagi ma’ruza, 2010 yil 12 noyabr. – T.: O‘zbekiston, 2010. 

-56 b. 

10.


 

Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli 

fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustuvor  maqsadimizdir.  –  Toshkent: 

O‘zbekiston, 2010. – 80 b. 

 


461 

 

11.



 

Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  –  mamlakatimiz 

rivojining asosiy mezoni. T.19. Toshkent: O‘zbekiston, 2011. – 291 b.

 

12.


 

Karimov 


I.A. 

Bizning 


yo‘limiz 

demokratik 

islohotlarni 

chuqurlashtirish  va  modernizatsiya  jarayonlarini  izchil  davom  ettirish 

yo‘lidir. T.20. Toshkent: O‘zbekiston, 2012. – 320 b.

 

 



NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR 

 

1.

 



O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi. 

–  Toshkent: 

O‘zbekiston NMIU, 2015. – 76 b. 

2.

 



O‘zbekiston Respublikasi kodekslari. (2016-yil 1-fevralgacha bo‘lgan 

o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  bilan):  to‘plam  /  O‘zbekiston  Respublikasi 

Adliya vazirligi: T.: “Adolat”, 2016. - 

1056 b. 


3.

 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Advokatura  to‘g‘risida”gi  Qonuni. 



O‘zbekistonning  yangi  qonunlari:  (Birinchi  chaqiriq  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Oliy 

Majlisining 



yettinchi 

sessiyasida 

1996 

yil  


 27-dekabrda qabul qilingan qonun va qarorlar). K.15. – Toshkent: Adolat, 

1997. – 272 b. 

4.

 

O‘zbekiston  Respublikasining  2000-yil  14-dekabrdagi  “Sudlar 



to‘g‘risida”gi  (yangi  tahriri)  Qonuni  //  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining Axborotnomasi”, 2001-yil, 1-2-son, 10-modda. 

5.

 

O‘zbekiston  Respublikasining  2016-yil  25-apreldagi  “O‘zbekiston 



Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  O’RQ-405-son,  «Xalq  so’zi»,  2016  y.,  

81 (6516)-son; O‘R QHT, 2016 y., 17-son, 173-modda 

6.

 



O‘zbekiston  Respublikasining  “Prokuratura  to‘g‘risida”gi  (yangi 

tahriri)  Qonuni  (29.08.2001)  //  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Axborotnomasi. 2001-yil. 9-10-son, 168-modda. 

7.

 



O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  258-II-sonli 

“Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  to‘g‘risida”gi 

Qonuni  //  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Axborotnomasi  2001-y.  

9-10-son, 169-modda. 

8.

 

O‘zbekiston  Respublikasining  2008-yil  7-yanvardagi  “Bola 



huquqlarining 

kafolatlari 

to‘g‘risida”gi 

Qonuni  //  “O‘zbekiston 

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2008-yil, 1-2-son, 1-modda. 

9.

 



O‘zbekiston 

Respublikasining 

“Advokatura 

instituti 

takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  ayrim 

qonun  hujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi 



462 

 

Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 52-



son, 514-modda. 

10.


 

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi “Sud ekspertizasi 

to‘g‘risida”gi  Qonuni.  //  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 

to‘plami. 2010-y. 22-son, 173–modda. 

11.

 

O‘zbekiston  Respublikasining  2010-yil  29-sentabrdagi  “Voyaga 



yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi 

to‘g‘risida”gi  №  263  Qonuni  //  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalarining Axborotnomasi”, 2010-yil, 9-son, 342-modda. 

12.


 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Jinoyat  ishini  yuritish  chog‘ida 

qamoqda saqlash  to‘g‘risida”gi Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi  qonun 

hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 409-modda. – 8-38-b. 

13.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  8-avgustdagi 



“Qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqini  sudlarga  o‘tkazish 

to‘g‘risida”gi  3644-son  Farmoni  //  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonun 

hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 242-modda. 

14.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2008-yil  20-

iyundagi “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat 

hisobidan  haq  to‘lash  mexanizmini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi 137-son qarori //

 

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari 



to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 250-modda. 

15.


 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1993-yil  16- 

apreldagi “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi 

ishlarni  ko‘rishda  qonunchilikning  qo‘llanishi  to‘g‘risida”gi  №  13-sonli 

qarori. 

16.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1997  yil  22 

avgustdagi “Sudlar  tomonidan  jinoyat  ishlarining  birinchi  bosqich sudida 

muhokama  etish  jarayonida  protsessual  qonunchilikka  rioya  qilinishi 

to‘g‘risida”gi  №12  sonli  qarori//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi 

Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –Toshkent, 2007. -104-111 b. 

17.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil  11-



sentabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash 

masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi №21-sonli qarori//O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlari  to‘plami  1991-2006.  T.2.  –

Toshkent, 2007. – B.169-176. 

18.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2000-yil  15- 



sentabrdagi “Voyaga yetmaganlarining jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha 

sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  №21-sonli  qarori//O‘zbekiston  Respublikasi 



463 

 

Oliy Sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –Toshkent, 2007. – 



B.23-29. 

19.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2001-yil  2-

noyabrdagi  “Jinoiy  jazolarning  liberallashtirilishi  munosabati  bilan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  ayrim  qarorlariga 

o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  №25-sonli 

qarori//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlari  to‘plami 

1991-2006. T.2. –Toshkent, 2007. – B.169-175. 

20.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2002-yil  25- 

oktyabrdagi “Yarashuv to‘g‘risida ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 

№27-sonli  qarori//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  qarorlari 

to‘plami 1991-2006. T.2. –Toshkent, 2007. –B.126-130. 

21.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2003-yil  19- 

dekabrdagi  “Gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan 

ta’minlashga  oid  qonunlarni  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi 

№17  sonli  qarori//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlari 

to‘plami 1991-2006. T.1. –Toshkent, 2007. – B.137-149. 

22.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2004-yil  24- 



sentabrdagi  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni 

normalarini  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  №12  sonli 

qarori//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlari  to‘plami 

1991-2006. T.2. –Toshkent, 2007. –B.188-192. 

23.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil  3- 



fevraldagi  “Sudlar  tomonidan  jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  №1  sonli  qarori.//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –Toshkent, 2007. – B.225-243. 

24.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil  3- 

fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida ko‘rish 

amaliyoti  to‘g‘risida”gi  №2  sonli  qarori//O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –Toshkent, 2007. – B.243-

254. 


25.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil  22- 



dekabrdagi  “Sudlar  tomonidan  amnistiya  aktlarini  qo‘llashning  ayrim 

masalalari to‘g‘risida”gi №16 sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Sudi. T.: “Adolat”, 2014. B. 34-43. 

26.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2007-yil  14- 



noyabrdagi “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi 

ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi №16 sonli 



464 

 

qarori  //  O‘lim  jazosini  bekor  qilish  va  hamda  qamoqqa  olishga  sanksiya 



berish  huquqini  sudlarga  o‘tkazishga  oid  normativ-huquqiy  hujjatlar 

to‘plami. – T.: Adolat, 2007 – B. 51-66. 

27.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2007-yil  14- 



noyabrdagi  “Sudga  qadar  ish  yuritish  bosqichida  qamoqqa  olish  tarzidagi 

ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi №16 sonli 

qarori.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  to‘plami  (2006-2014 

yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 81-94. 

28.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sud  Plenumining  2008-yil  15- 



maydagi  “Sudlar  tomonidan  jinoyat  ishlarini  kassatsiya  tartibida  ko‘rish 

amaliyoti to‘g‘risida” №11 sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi 

Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. 

T.: “Adolat”, 2014. -B. 95-108. 

29.

 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sud  Plenumining  2008-yil  15- 



maydagi  “Sudlar  tomonidan  jinoyat  ishlarini  nazorat  tartibida  ko‘rish 

amaliyoti  to‘g‘risidagi”  №12  sonli  qarori.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 109-125. 

30.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2008-yil  12- 



dekabrdagi  “Ruhiy  kasallikka  chalingan  shaxslarga  nisbatan  tibbiy 

yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash  bo‘yicha  sud  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  №23  sonli  qarori.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. 

T.: “Adolat”, 2014. -B. 137-145. 

31.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2009-yil  10- 

apreldagi  “Sud  hujjatlarini  bajarishdan  bo‘yin  tovlash  va  ularning  ijro 

etilishiga  to‘sqinlik  qilish  uchun  jinoiy  javobgarlikka  doir  qonunlarni 

qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  №  06/196  sonli  qarori//. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 170-177. 

32.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sud  Plenumining  2009-yil  24- 

noyabrdagi  “Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  protsessual  chiqimlarni  undirish 

amaliyoti  to‘g‘risida”gi  №13  sonli  qarori.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 195-200. 

33.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  25- 



maydagi  “Fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sud  ishlarini  yuritish 

sohasida xalqaro hamkorlikning ayrim masalalari to‘g‘risida “gi №06 sonli 

qarori.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  to‘plami  (2006-2014 


465 

 

yillar) - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 266-



273. 

34.


 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  13-

dekabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni 

qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi №17 sonli qarori. O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 288-293. 

35.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2014-yil  23- 



maydagi  «Sud  hukmi  to‘g‘risida»gi  №07  sonli  qarori.  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Sudi Plenumi to‘plami (2006-2014 yillar) - O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 336-356.  


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling