Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53

2-kazus 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining 277-moddasi  1-qismi 

bilan  ayblangan  Qobilovning  jinoyat  ishi  sud  majlisida  ko‘rilib,  jazo 

tayinlanmasdan  ayblov  hukmi  bilan  sud  zalidan  ozod  qilinadi.  Ma’lum 

bo‘lishicha,  Qobilov  dastlabki  tergov  davrida  ehtiyot  chorasi  sifatida 

qamoqda  saqlangan.  Sud  Qobilov  T.ga  olti  oy  ozodlikdan  mahrum  qilish 

jazosini qo‘llagan. Hukmda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 

83-moddasini  qo‘llab,  Jinoyat-protsessual  kodeksining  467,  474-

moddalariga asosan Qobilov T.ni sud zalidan ozod qilinadi.  


396 

 

Bu  vaziyatda  Reabilitatsiya  institutini  qo‘llash  mexanizmini  va 



uning huquqiy oqibatlarini bayon qiling.  

397 

 

XIII BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR 



(muallif yu.f.n. S.Sahaddinov) 

Annotatsiya:  Ushbu  mavzuning  talabalar  tomonidan  o‘rganilishi 

jinoyat  protsessining  muhim  institutlaridan  biri  bo‘lgan  protsessual 

muddatlar  va  chiqimlarning  protsessual  ahamiyati  va  ularni  qo‘llash, 

jinoyat protsessida muddatlarni hisoblash va uzaytirish, hamda protsessual 

xarajatlarni  undirish  tartibi  to‘g‘risida  zaruriy  bilim  shakllantirish 

imkonini beradi. 

 

13.1. Jinoyat protsessida protsessual muddatlarning 



 tushunchasi, ahamiyati va turlari 

 

Protsessual  muddat  jinoyat  sud  ish  yurituvi  maqsadlariga  erishish 



maqsadida  jinoyat-protsessual  qonun  bilan  u  yoki  bu  harakatni  amalga 

oshirish  yoxud  muayyan  qarorni  qabul  qilish  uchun  belgilangan  vaqt 

muddati  hisoblanadi.  Jinoyat  protsessual  muddatlarning  belgilanishidan 

maqsad  –  protsess  ishtirokchilarining  huquq  va  erkinligi,  qonuniy 

manfaatlarining oqilona muddatlar ichida himoya qilish hamda jinoyat ish 

yurituvida oqilona tezkorlikning ta’minlanishidan iborat.  

 

 

 



 

 

 



 

 

Jinoyat-protsessual qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlar shaxsning 



konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash  mexanizmida  muhim 

element  hisoblanadi.  Kriminalistika  nuqtayi  nazaridan,  tergov  qancha  tez 

boshlangan  bo‘lsa,  jinoyatni  ochish  va  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  barcha 

holatlarni  aniqlash,  shuningdek  keyingi  jinoiy  harakatlarning  oldini  olish 

yoki  to‘xtatish  uchun  imkoniyatlar  shuncha  ko‘p  bo‘ladi.  Protsessual 

muddatlar  protsessual  faoliyatni  tartibga  soladi,  uning  izchilligini 

ta’minlaydi va yuridik natijaga erishishni kafolatlaydi.  

Jinoyat 

protsessual 

muddatlarning 

quyidagi 

xususiyatlarini 

ko‘rsatish mumkin:  



Protsessual muddatlar – jinoyat protsessida protsessual harakat yoki 

qarorlarni 

qabul 

qilishning, 



shuningdek, 

jinoyat 


protsessi 

ishtirokchilarining  huquq  va  majburiyatlarini  amalga  oshirish  yoki 

bajarishdan  tiyilishning  jinoyat-protsessual  qonunchilikda  ko‘rsatilgan 

yoki  unga  asoslangan  holda  jinoyat  ishini  yuritishga  mas’ul  shaxslar 

tomonidan belgilangan muddatlari. 


398 

 

1)



 

faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  yoki 

unga muvofiq jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan 

belgilanadi  va  ular  tomonidan  o‘zgartirilishi  mumkin.  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  8-bo‘limi  normalari  bevosita  protsessual  muddatlar  va 

chiqimlarni tartibga soladi;  



2)

 

huquq  institutlaridan  biri  bo‘lib,  Jinoyat-protsessual  kodeksiga 

asoslanadi va umummajburiy tusga ega;  

3)

 

jinoyat  protsessual  munosabatlarning  boshlanishi,  tamomlanishi  va 

o‘zgarishiga asos bo‘ladi;  

4)

 

to‘xtatilishi, 

tamomlanishi, 

uzaytirilishi, 

tiklanishi 

va 


hisoblanishining rasmiy yuridik tartibi o‘rnatilgan;  

5)

 

ular  vositasida  jinoyat  protsessual  qonun  hujjatlarining  vazifalari 

ro‘yobga chiqariladi;  

6)

 

protsessual  harakat  (harakatsizlik)lar  va  ularning  ketma-ketligi, 

uzluksizligi hamda izchilligi ta’minlanadi. 

Jinoyat  haqidagi  xabar  bo‘yicha  qaror  qabul  qilish  muddati  Jinoyat-

protsessual  kodeksi  329-moddasi  3-qismiga  muvofiq,  odatda,  mumkin 

bo‘lgan  eng  uzoq  muddatga  -  10  sutkagacha  uzaytiriladi,  Jinoyat-

protsessual kodeksining 329-moddasida nazarda tutilgan yakuniy qaror esa 

ko‘pincha  ko‘rsatilgan  muddat  tugagan  kunda  qabul  qilinadi.  Bu  nafaqat 

keyingi tergovni qiyinlashtiradi, balki jabrlanuvchini jinoyat bilan buzilgan 

huquqlar va erkinliklarni sud yo‘li bilan himoya qilish uchun odil sudlovdan 

o‘z vaqtida foydalanish imkoniyatidan mahrum etadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Jinoyat protsessida muddatlar xususiyatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:  



1) jinoyat ishini yuritish bilan bog‘liq tashkiliy muddatlar – protsessni 

yuritayotgan organlar faoliyatini tashkillashtirishni ta’minlovchi muddatlar 

(tergovchi  ishni  tergov  qilish  rejasida,  chaqiruv  qog‘ozida,  topshiriqda 

belgilagan  tergov  harakatlarining  muddatlari  protsessual  muddatlar 

hisoblanmaydi, ular faqat tashkiliy ahamiyat kasb etadi);  

“Ayblanayotgan 

shaxs 

oqilona  muddat  ichida  ishi 



sudda ko‘rilishi yoki ozod qilib 

yuborilish huquqiga ega”. 



1966-yilgi  “Fuqarolik  va  siyosiy 

huquqlar 

to‘g‘risida”gi 

Xalqaro 

Paktning 9-moddasi.  

 

“Bolani ushlab turish, hibsga olish 

yoki  qamoqda  saqlash  faqat  noiloj 

chora sifatida va mumkin qadar qisqa 

vaqt mobaynida qo‘llanilishi lozim” 

1989-yilgi  “Bola  huquqlari  to‘g‘risida”gi 

Konvensiyaning 37-moddasi b-bandi. 

 


399 

 

2)  protsessual  muddatlar  –  jinoyat  protsessi  ishtirokchilari 



huquqlarini  ta’minlovchi  muddatlar.  Huquqiy  xususiyatga  ega  bo‘lgan 

muddatlargina protsessual muddatlar deb e’tirof etiladi. 

O‘z navbatida protsessual muddatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 

a) mazmuniga ko‘ra: qat’iy, muqobil va shartli muddatlar;  

b)  belgilanishiga  ko‘ra:  Jinoyat-protsessual  kodeksida  bevosita 

ko‘rsatilgan;  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  belgilagan 

muddatlar;  

v)  kafolat  yo‘nalishiga  qarab:  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atishning 

muqarrarligini;  jinoyatlarning  dastlabki  tergovi  va  sud  muhokamasining 

tezligini;  dastlabki  tergovda  qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  prokuror 

nazoratini;  dastlabki  tergovda  qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  sud 

nazoratini; jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlikka oid 

protsessual huquqlarni kafolatlaydigan muddatlar;  

g) maqsadiga ko‘ra: jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar faoliyatini 

tashkillashtirishga  qaratilgan  hamda  taraflarning  huquq  va  qonuniy 

manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muddatlar;  

d) tartibga solish uslubiga ko‘ra: davriy va darhol muddatlar;  

e)  vazifasiga  ko‘ra:  muayyan  harakatni  amalga  oshirishga;  undan 

saqlanishga qaratilgan muddatlar;  

y) subyektga taalluqligiga ko‘ra: jinoyat ish yuritishga mas’ul shaxslar 

uchun; protsessning boshqa ishtirokchilari uchun belgilangan muddatlar;  

j)  protsessual  bosqichlarga  taalluqliligiga  ko‘ra:  jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atish bosqichidagi; dastlabki tergov bosqichidagi; jinoyat ishini sudda 

ko‘rish uchun tayinlash bosqichidagi; sud muhokamasi bosqichidagi; hukm, 

ajrim  va  qarorlarning  qonuniyligi,  asosliligi  va  adolatliligini  tekshirish 

hamda ijro etishga oid bir qancha protsessual bosqichlarga taalluqli bo‘lgan 

(shu jumladan, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishga oid) muddatlar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Jinoyatlarning nafaqat ochiq-oydin, balki bilvosita belgilari mavjudligi 

ham  darhol  jinoyat  ishlarini  qo‘zg‘atishni  talab  etadi.  Bu  o‘z  navbatida, 

Odil 



sudlovni 

ta’minlash 

muddatlarining 

uzayib 


ketayotganligi 

insonlarning  oqilona  muddatlarda  sud 

muhokamasiga  bo‘lgan  huquqlarining 

buzilishiga olib keladi”. 



1987 

yilgi 

yevropa 

Ittifoqining 

“Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  odil  sudlovni 

imkon 

qadar 

soddalashtirish 

to‘g‘risida”gi tavsiyalari. 

 

“Har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun 

orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda 

nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning 

samarali tiklanishi huquqiga ega”. 

1948  yilgi  BMTning  Inson  huquqlari 

umumjahon deklaratsiyasi 8-moddasi. 

 


400 

 

jabrlanuvchilarning  va  jinoyat  protsessida  ishtirok  etuvchi  boshqa 



shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga; 

jinoyatlar mumkin qadar tez fosh qilinishiga; jinoyat protsessi muddatlarini, 

shuningdek  protsessual  xarajatlarni  qisqartirishga;  moddiy  va  mehnat 

resurslarini tejashga; jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishni qonunga xilof ravishda 

rad etish hollarini, rad etishga doir materiallar hajmini, huquqni muhofaza 

qilish  organlari  ro‘yxatga  olish  va  hisob  yuritishdan  yashirgan  jinoyatlar 

sonini  kamaytirishga;  jinoyat  sodir  etishga  moyil  shaxslarga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatishga;  huquqni  muhofaza  qilish  organlarining  obro‘sini  oshirishga 

imkoniyat yaratadi. 

Protsessual muddatlarni hisoblash bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  bir  qator  moddalarida  aks 

etgan.  Chunonchi,  Jinoyat-protsessual  kodeksining  110-moddasiga 

muvofiq,  surishtiruv  va  dastlabki  tergov  o‘tkazish  jarayonida  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi  ushlangan,  so‘roq  qilish  uchun  chaqirilgan, 

qamoqqa  olingan  yoki  majburiy  keltirilgandan  keyin  darhol  yoki  yigirma 

to‘rt  soatdan  kechiktirmay,  so‘roq  qilinishi  kerak.  Shuningdek,  227-

moddada  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  gumon  qilinuvchiga, 

ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish yoki 

ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi 

protsessual  majburlov  chorasini  qo‘llaganida,  bu  haqda  yigirma  to‘rt 

soatdan  kechiktirmasdan  uning  oila  a’zolaridan  biriga,  ular  bo‘lmagan 

taqdirda  esa,  boshqa  qarindoshlariga  yoki  yaqin  kishilariga  xabar  berishi, 

shuningdek  bu  haqda  ish  yoxud  o‘qish  joyiga  ma’lum  qilishi  shart. 

Kodeksning  226-moddasida  esa,  ushlab  turish  muddati  ushlangan 

militsiyaga  yoki  huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organga  keltirilgan 

paytdan  boshlab  ko‘pi  bilan  yetmish  ikki  soatni  tashkil  etadi.  Tergovchi 

yoki  prokuror  tomonidan  zarur  va  yetarli  asoslar  taqdim  etilganda  ushlab 

turish  sudning  qarori  bilan  qo‘shimcha  ravishda  48  soatga  uzaytirilishi 

mumkinligi belgilangan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  belgilangan 

muddatlar,  shuningdek  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokurorning  qarori  yoki  sudning  ajrimi  bilan  tayinlangan 

muddatlar  soatlar,  sutkalar  va  oylar  bilan  hisoblanadi.  Muddatlarni 

hisoblashda muddatning o‘tishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, 

ammo  bu  qoida  ushlab  turish,  qamoqda  saqlash  va  tibbiy  muassasada 

bo‘lish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas. 

Shu  o‘rinda  ta’kidlash  lozimki,  Qozog‘iston  Jinoyat-protsessual 

kodeksi  54-modda,  Qirg‘iziston  Jinoyat-protsessual  kodeksi  144-modda, 



401 

 

Armaniston  Jinoyat-protsessual  kodeksi  173-modda,  Ozarbayjon  Jinoyat-



protsessual  kodeksi  202-modda,  Ukraina  Jinoyat-protsessual  kodeksi  89-

modda,  Estoniya  Jinoyat-protsessual  kodeksi  85-modda,  Belarus 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 158 va 231-moddalar, Tojikiston 

Jinoyat-protsessual  kodeksi  98-modda,  Turkmaniston  Jinoyat-protsessual 

kodeksi 112-moddasiga muvofiq, muddatlar soatlar, sutkalar, oylar va yillar 

bilan hisoblanadi. 

Muddatni  hisoblashda  ishdan  xoli  vaqt  ham  e’tiborga  olinadi. 

Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 

da  tugaydi.  Tegishli  harakat  sudda,  prokuraturada  yoki  boshqa  davlat 

muassasasida  bajarilishi  lozim  bo‘lsa,  muddat  ushbu  muassasalarda  ish 

vaqti tamom bo‘lishi bilan tugaydi. 

Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan 

kuniga to‘g‘ri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi 

bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning so‘nggi sutkasida tamom 

bo‘ladi. Muddatning tugashi ishdan xoli kunga (dam olish, bayram kuniga) 

to‘g‘ri kelsa ushlab turish, qamoqda saqlash va tibbiy muassasada bo‘lish 

muddatini  hisoblash  hollaridan  tashqari  muddat  shundan  keyingi  birinchi 

ish kunida tugaydi. 

 

13.2. Protsessual muddatlarni hisoblash, uzaytirish va tiklash 

 

Jinoyat protsessida vaqtning umumiy birliklaridan bo‘lgan soat, sutka, 



oy va yillar asosida protsessual vazifalar bajarilishining  qat’iy chegaralari 

belgilanadi.  Jinoyat-protsessual  huquqida  muddatlar  yuridik  fakt  sodir 

bo‘lgan  daqiqadan  tegishli  daqiqagacha  prinsipi  asosida  hisoblanadi.  Shu 

bois,  muddatlar  soat  va  sutkalar  bilan  hisoblanganda  muddatning  o‘tishi 

boshlangan soat hisobga olinadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Muddatlarni hisoblash 

(Jinoyat-protsessual kodeksining 314-

moddasi) 

SOATLAR 

muddatlar o‘tishi 

boshlanishi bilan 

hisoblanadi. 



SUTKALAR 

muddatlar o‘tishi 

boshlangan sutka 

hisobga olinmaydi 

muddat oxirgi sutkada 

soat 24:00 dа tugaydi 



OYLAR 

muddat oxirgi 

oyning muddat 

boshlangan kuniga 

to‘g‘ri kelgan 

sanasida tugaydi 

muddatlar tugashi 

tegishli sanasi 

bo‘ladigan oyga 


402 

 

Protsessual  majburlov  choralari  qo‘llanganda,  muddatlarni  hisoblash 



tartibiga  muvofiq,  shaxsni  ushlab  turish,  qamoqda  saqlash  va  tibbiy 

muassasaga  joylashtirishda  muddat  ushbu  choralar  amalda  qo‘llanilgan 

paytdan  boshlab  hisoblanadi.  Bunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  226-moddasidagi  ushlangan  militsiyaga  yoki 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organga  keltirilgan  paytdan  boshlab 

ko‘pi bilan yetmish ikki soatni tashkil etuvchi va tergovchi yoki prokuror 

tomonidan zarur hamda yetarli asoslar taqdim etilganda sudning qarori bilan 

qo‘shimcha  ravishda  qirq  sakkiz  soatga  uzaytirilishi  mumkin  bo‘lgan, 

shuningdek  alohida  hollarda  ushlab  turilgan  gumon  qilinuvchiga  nisbatan 

sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin 

bo‘lgan o‘n kunlik ushlab turish muddati, 245-moddadagi jinoyatlar tergov 

qilinayotganda qamoqda saqlab turishning uch, besh, yetti, to‘qqiz oy va bir 

yilgacha bo‘lgan qamoqda saqlab turish  muddati, 268-moddadagi shaxsni 

tibbiy  muassasaga  joylashtirish  to‘g‘risidagi  iltimosnomani  ko‘rib  chiqib, 

shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  to‘g‘risida  yoki  shaxsni  tibbiy 

muassasaga  joylashtirishni  rad  qilish  haqida  ajrim  chiqarilgan  kundan 

e’tiboran  yetmish  ikki  soat  ichida  tibbiy  muassasaga  joylashtirilayotgan 

shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va 

qonuniy  vakil  tomonidan  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berilishi  yoxud 

prokuror tomonidan protest bildirilishi, shuningdek sudning shikoyat yoki 

ajrimni  materiallar  bilan  birga  apellyatsiya  instansiyasi  sudiga  yuborishi 

shart  bo‘lgan  qirq  sakkiz  soat  hamda  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  ushbu 

materiallarni  shikoyat  yoki  protest  bilan  birga  ular  kelib  tushgan  paytdan 

e’tiboran  ko‘rib  chiqishning  yetmish  ikki  soatlik  muddati  o‘tgach  shaxs 

darhol ozod qilinishi lozim. 

Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni 

qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan  yoxud xabar qilingan bo‘lsa, 

muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa 

hujjat  muddat  tugagunga  qadar  pochtaga  topshirilgan  bo‘lsa,  qamoqda 

saqlanayotgan  yoxud  tibbiy  muassasadagi  shaxslar  uchun  esa,  dastlabki 

qamoq  yoki  tibbiy  muassasa  ma’muriyatiga  topshirilgan  bo‘lsa,  muddat 

o‘tgan deb hisoblanmaydi. 



Protsessual  muddatlarni  uzaytirish  tartibiga  muvofiq,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  belgilangan  muddatlar 

faqatgina  unda  nazarda  tutilgan  hollardagina  uzaytirilishi  mumkin. 

Jumladan,  Jinoyat-protsessual  kodeksining  226-moddasida  belgilangan 

ushlab  turishning  yetmish  ikki  soatlik  muddati  tergovchi  yoki  prokuror 

tomonidan zarur va  yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning 



403 

 

qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin. 



O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 246-moddasida 

belgilangan  qamoqda  saqlab  turishning  uch  oylik  muddatini:  5  oygacha  - 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori  yoki  viloyat,  Toshkent  shahar 

prokurori  va  ularga  tenglashtirilgan  prokurorlarning;  7  oygacha  - 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  o‘rinbosarining;  9  oygacha  - 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurorining;  bir  yilgacha  -  alohida 

murakkab  ishlar  tergov  qilinayotgan  hollarda  og‘ir  hamda  o‘ta  og‘ir 

jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston 

Respublikasi Bosh prokurorining iltimosnomasiga binoan uzaytirish imkoni 

sud  tomonidan  ko‘rib  chiqilib,  bunda  muddatni  yana  uzaytirishga  yo‘l 

qo‘yilmaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  351-

moddasidagi  dastlabki  tergovning  uch  oylik  muddati  tegishincha 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori  yoki  viloyat,  Toshkent  shahar 

prokurori  va  unga  tenglashtirilgan  prokuror  tomonidan  besh  oygacha 

uzaytirilishi  mumkin.  Keyinchalik  dastlabki  tergov  muddati  faqat 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari tomonidan yetti 

oygacha  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  tomonidan  to‘qqiz 

oygacha uzaytirilishi  mumkin. Alohida hollarda, sodir  etilgan jinoyatning 

og‘irligini hamda tergov qilinayotgan ishning murakkabligini inobatga olib, 

dastlabki  tergov  muddati  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori 

tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.  

Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish 

uchun  belgilangan  muddat  protsessning  manfaatdor  ishtirokchisi  qilgan 

iltimosga 

binoan 

muddatni 



belgilagan 

surishtiruvchi, 

tergovchi, 

prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin. 



Protsessual  muddatni  tiklash  asoslari  va  tartibiga  muvofiq,  uzrli 

sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborilgan  muddatni  tiklash  uchun  asos  bo‘lib, 

ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning 

ajrimi xizmat qiladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror o‘tkazib yuborilgan 

muddatni  tiklash  haqidagi  iltimosnomani  qanoatlantirish  yoki  rad  etish 

xususida  qaror,  sud  esa  ajrim  chiqaradi.  O‘tkazib  yuborilgan  muddatni 

tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest 

bildirilishi mumkin. 

Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgandan so‘ng shikoyat qilinganda 

ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga 



404 

 

binoan,  o‘tkazib  yuborilgan  muddatni  tiklash  haqidagi  masala  hal 



qilinguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin. 

 

13.3. Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar 



tushunchasi va turlari 

 

Protsessual chiqimlar instituti jinoyat ishlari  yurituvi tizimida  muhim 



o‘rin  egallaydi  hamda  shaxs  huquq  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya 

etilishining muhim kafolati hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 40-bobidan 

o‘rin  olgan  protsessual  chiqimlar  va  ularni  qoplash  tartibiga  oid 

normalarning  belgilanishi,  ularda  shu  jumladan,  protsessual  chiqimlar 

ro‘yxati  va  ularni  qoplash  asoslarining  ko‘zda  tutilganligi  jinoyat 

protsessida  ishtirok  etayotgan  shaxslarning  mulkiy  manfaatlarini 

ta’minlashga xizmat qiladi. 

Ta’kidlash  lozimki,  jinoyat  protsessida  protsessual  chiqimlar  instituti 

ko‘p jihatdan fuqarolik-protsessual huquqi, xo‘jalik-protsessual huquqidagi 

analogik  institutlar  bilan  o‘xshash  bo‘lsa-da,  boshqa  tomondan  jinoyat-

protsessual faoliyat ko‘p jihatdan ommaviy asoslarga egaligi bilan ulardan 

farqlanadi. 

Bundan  tashqari,  protsessual  chiqimlar  instituti  jinoyat  protsessining 

boshqa  institutlari  bilan  ham  chambarchas  bog‘liqdir,  zero,  jinoyat-

protsessual  qonunchilik  yaxlit  holda  umumiy  tizimga  ega  bo‘lib,  jinoyat-

protsessual faoliyat sohasiga jalb qilingan fuqarolarning huquqlariga qat’iy 

va og‘ishmay rioya etilishini ta’minlaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Protsessual chiqimlar: 



1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, 

mutaxassislarga,  tarjimonlarga,  xolislarga  ularning  protsessual  harakatlar 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling