Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyatlarning oldini olish choralari
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash
- 11.2. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish shakllari va bu jarayonda
- 11.3. Sudning jinoyat sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish faoliyati
- 11.4. Taqdimnoma va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati
- Taqdimnoma yoki xususiy ajrim
- 11.5. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish
11.1. Jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, turlari va huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 296-moddasi jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni aniqlashlari shart ekanligini belgilaydi. Zero har bir jinoyatning sodir etilishiga muayyan sabablar hamda muayyan shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash majburiyati – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan jinoyat sudlovida ishlarini yuritishda amalga oshiriladigan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki, jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash: birinchidan, uni sodir etgan shaxsning aybini isbot qilish faoliyatining yo‘nalishini belgilash; ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga qonuniy, asosli va adolatli jazo qo‘llash maqsadida, uning
aybini ham
og‘irlashtiruvchi, ham
yengillashtiruvchi holatlarini aniqlash; uchinchidan, kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish borasida profilaktik-huquqiy choralarni ko‘rish vazifasini amalga oshirishni nazarda tutadi.
sudning ishning barcha holatlarini to‘liq va har tomonlama tekshirish, jinoyat sodir etgan shaxs(lar)ning aybini fosh qilish asosida uning sodir etilishiga olib kelgan sabablarni aniqlashga yo‘naltirilgan faoliyatlari tushunilishi lozim. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat ishining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turli protsessual usul va vositalardan foydalanadi. Masalan, jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish v.h. 370
bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish shakllari va bu jarayonda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash faoliyati jinoyat protsessining asosiy bosqichlari – dastlabki tergov va sud muhokamasi kabi ikki turga bo‘ladi. 1.
dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan amalga oshiriladigan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash faoliyati; 2.
jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida amalga oshiriladigan sudning faoliyati. Shunga ko‘ra, ushbu muhim protsessual faoliyatning asosida jinoyat ishini tergov qilish chog‘ida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror isbotlash vazifasining predmeti bo‘lgan – jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi shartligi majburiyati yotadi. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror dalillarni to‘plashi hamda kerakli tergov harakatlarini amalga oshirishlari, sud esa ana shu dalillarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi va o‘z ichki ishonchiga tayanib baholashi lozim. Ushbu vazifani lozim darajada amalga oshirmaslik jinoyat ishining prokuror yoki sud tomonidan qo‘shimcha tergovga qaytarilishi kabi protsessual sanksiyaga duchor bo‘lishi mumkin. Aniqlangan holatlar bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tegishli davlat organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga jinoyatning sababini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bataraf qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi, sud esa shu haqda ajrim chiqarishi lozim. Taqdimnoma jinoyat ishini tergov qilish faoliyatini amalga oshirishda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, shuningdek sudning jinoyatlarni oldini olish borasidagi profilaktik-huquqiy vazifalarini bajarishdagi asosiy protsessual vosita hamda sud tomonidan yana sud muhokamasining tarbiyaviy ahamiyatini oshirish borasidagi faoliyati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 297-moddasiga binoan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chog‘ida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishga imkon
371
bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomani kiritishi lozim va taqdimnomaning nusxasi ishga qo‘shib qo‘yiladi. Mazkur modda taqdimnomaning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan qaysi vaqtda kiritish lozimligini tartibga solmasa-da, lekin amaliyotda bunday taqdimnoma jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovning yakunlash bosqichida kiritiladi. Lekin taqdimnoma jinoyat ishini tugatish yoki ishning prokurorga yuborishga qadar kiritilishi joiz. Shuningdek, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar jinoyat ishini yakunlash bosqichigacha isbotlangan bo‘lsa yoxud kelgusida shunday jinoyatlarni oldini olish uchun zudlik bilan tegishli choralar ko‘rish zaruriyati mavjud bo‘lgan hollarda, taqdimnoma ishni dastlabki tergovda yuritishning boshqa bosqichlarida ham kiritilishi mumkin. Jinoyatning sodir etilishiga, unga olib kelgan sabablar hamda uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhim hisoblanadi. Ularni shartli uch guruhga ajratish mumkin: 1) ayblanuvchi shaxsning o‘zining ijtimoiy xavfli ekanligi; 2) shaxsning shakllanish shart-sharoitlari; 3) jinoyatni sodir etish sharoitlari. Birinchi guruh ayblanuvchining shaxsiga oid xususiyatlar doirasida aniqlanadi. Ikkinchi guruh voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yuritiladigan jinoyat ishlarida aniqlanadi. Uchinchi guruh esa, deyarli barcha jinoyat ishlarida aniqlanadi. Bunga: jinoyatning sodir etilishini yengillashtirgan, uning sodir etilishiga yoki og‘irroq oqibatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holatlarni kiritish mumkin. Qonunda taqdimnomaning mazmuni to‘g‘risida biron-bir talablar bildirilgan bo‘lmasa-da, lekin unda jinoyatning sodir etilishiga qanday holatlar sabab bo‘lganligi, unga qanday shart-sharoitlar imkon berganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi hamda ushbu sabab va shart- sharoitlarni bartaraf qilishda qanday choralarni ko‘rish zarurligi ko‘rsatilishi kerak. Shu bilan birga, taqdimnomada aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga zid bo‘lgan xulosalar qilmaslik lozim. Taqdimnoma tegishli davlat organi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning natijasida ko‘rilgan choralar haqida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga xabar berilishi lozim. Taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
372
kodeksining 299-moddasiga binoan bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Taqdimnoma agar unga yo‘llangan javob ishni prokurorga yoki sudga yuborguncha qadar kelib tushgan bo‘lsa, uning javobi ham ishga qo‘shib qo‘yiladi. Agar taqdimnoma yuzasidan ko‘rilgan choralarni aks ettirgan javob ishning prokurorga yoki sudga yuborilganidan keyin kelgan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi uni ishga qo‘shib qo‘yish uchun tegishincha prokurorga yoki sudga yuborishi mumkin.
11.3. Sudning jinoyat sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 298- moddasi sud zimmasiga jinoyat ishini ko‘rish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangandan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni bartaraf qilish zaruriyati mavjud degan to‘xtamga kelsa, sud Jinoyatning sodir etilishiga, unga olib kelgan sabablar hamda uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarning shartli turlari:
ayblanuvchi shaxsining ijtimoiy xavfli ekanligi shaxsning shakllanish shart-sharoitlari
jinoyatni sodir etishga sabab bo‘lgan shart- sharoitlari 373
hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi. Hukm kabi xususiy ajrim ham sud tomonidan maslahatxonada chiqariladi. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi ajrim sudda aniqlangan ma’lumotlar asosida qabul qilinadi hamda u dastlabki tergov davrida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomaga bog‘liq emas. Sud xususiy ajrimda tegishli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxslardan jinoyatning sodir etilishiga sabab bo‘lgan va shart-sharoit yaratgan holatlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishni talab qiladi. Amaliyotdan misol: Toshkent shahri qurilish kollejining voyaga yetmagan 1-kurs talabalari Tolmasov, Valiyev, Nodirovlar o‘g‘irlik jinoyatini sodir etadilar. Dastlabki tergovda jinoyatni sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlar o‘rganilgan, lekin uni oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilmagan. Sud muhokamasi bosqichida hukm bilan birga tuman xalq ta’limi bo‘limi nomiga xususiy ajrim chiqarilgan. Lekin xususiy ajrim umumiy tarzda yozilganligi uchun, sudga javob xati yo‘llanmagan. Sudning xususiy ajrimi ham, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 297-moddasidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi kabi asoslantirilgan bo‘lishi lozim. Unda asosiy e’tibor: a) jinoyatning sodir etilishiga sabab bo‘lgan holatlarga (ya’ni sud tomonidan aniqlangan dalillarga havola qilish); b) mazkur holatlarni bartaraf qilishda qanday aniq choralar ko‘rish kerakligi masalalariga qaratilishi lozim. Xususiy ajrim sud majlisining zalida hukm e’lon qilinganidan keyin o‘qib eshittiriladi. Xususiy ajrim tegishli organ yoki mansabdor shaxsga ijro etish uchun yuboriladi. Xususiy ajrimning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 299-moddasiga muvofiq tegishli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, jamoalar hamda mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko‘rishi va ko‘rilgan choralarning natijalari to‘g‘risida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart. Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari
374
qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 299-modda). Mazkur talab konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida sud hokimiyatining aktlari barcha davlat organlari, jamoat uyushmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekanligi ta’kidlanadi. Shu bois, sud hokimiyatining ijtimoiy-huquqiy mavqeyi bevosita u qabul qiladigan aktlarning imperativ xususiyatga ega ekanligiga ham bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim ham imperativ xarakterga ega. Ularni bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 181-moddasi sudning xususiy ajrimini (qarorini) bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi sud aktlarini bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Taqdimnoma yoki xususiy ajrimni olgandan keyin davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 1) taqdimnomada ko‘rsatilgan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida tegishli choralarni ko‘rish; 2) taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoki sudga ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar yuborish. Mazkur modda nazarda tutadigan muhim qoidalardan biri - jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni barataraf etish choralarini ko‘rish muddati hisoblanadi. Ushbu muddat bir oy qilib belgilangan bo‘lib, shu muddat ichida davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs taqdimnoma yoki xususiy ajrimda ko‘rsatilgan jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim. Agar jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart- sharoitlarni bartaraf etish choralari uzoqroq muddatni yoxud ko‘plab tashkiliy-ma’muriy, moliyaviy-iqtisodiy, huquqiy, axloqiy-ma’naviy masalalarni hal qilishni talab qiladigan bo‘lsa, davlat organi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs ko‘rilayotgan choralar hamda ko‘rilishi nazarda tutilgan choralar haqida surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qiladi. Belgilangan muddat ichida taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuzasidan 375
surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga xabar yuborilmaganligi yoxud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni bartaraf etish choralarining ko‘rilmaganligi dastlabki tergov organlarining, prokurorning qonuniy talablari va sudning akti bajarilmagan deb hisoblanib, qonunda nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Amaliyotdan misol: Toshkent shahrida joylashgan davlat korxonalaridan birida bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritayotgan fuqaro Farxodov tomonidan davlat mulki o‘zlashtirilganligi fakti bo‘yicha prokuratura organi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi hamda dastlabki tergovda tergovchi tomonidan jinoyat sodir etishda ayblanayotgan Farxodovni lavozimdan bo‘shatish to‘g‘risida korxona rahbariga taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma yoki xususiy ajrimni bajarmaslik tushunchasining ikki shaklini anglash mumkin. Bular: 1) taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik; 2) ularni vijdonan bajarmaganlikdir. Taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik tushunchasi ushbu huquqiy aktlarda qayd etilgan talablarni qasddan bajarmaslikni nazarda tutadi.
-
davlat organlari; -
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; -
jamoat birlashmalari; -
jamoalar; -
mansabdor shaxslar. Taqdimnomani yoki xususiy ajrimni vijdonan bajarmaganlik esa, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki sudning jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishda beparvolikka, yuzakillikka yo‘l qo‘yish oqibatida ularning talablarini lozim darajada bajarilmaganligi tushunilishi lozim. Taqdimnomada yoki xususiy ajrimda qo‘yilgan talablarni lozim darajada bajarmaganlik jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabablarni va shart- sharoitlarni bartaraf etishning samarali choralari ko‘rilmaganligida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik yoki ularni vijdonan bajarmaganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.
376
to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 300-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarni, insonlarning huquq, erkinligi, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilish majburiyatini yuklaydi. Mana shu norma talablari har bir fuqaroning qonunlarga so‘zsiz rioya qilish majburiyati bilan birga, qonun talablarini buzgan yoki buzayotgan shaxslarning harakatlarini oldini olish burchini ham yuklaydi. Shu bois fuqarolar jinoyatning sodir etilishini oldini olishda, jinoyat sodir etilganda uning holatlarini aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, shuningdek jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan shart- sharoitlarni aniqlash uchun davlat organlariga ko‘mak berishlari lozim. Ushbu qoida jinoyat ishlari yurituvida ijtimoiy burchini namunali bajargan mana shunday fuqarolarni rag‘barlantirishning aynan protsessual vositalaridan biri hisoblanadi. Shunday holatlar mavjud bo‘lganda jinoyatni oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxslarni ular ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoani xabardor qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarishi mumkin. Agar jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxs ishlamaydigan yoki vaqtincha ishsiz bo‘lsa, surishtiruvchi tergovchi, prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan mana shu shaxs yashaydigan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organini xabardor qilishi mumkin. Jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxslar to‘g‘risidagi taqdimnomaning yoki xususiy ajrimning qat’iy shakli o‘rnatilgan bo‘lmasa-da, lekin ularda sodir etilgan jinoyatning holatlari, fuqaroning namunali xatti-harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etishi lozim. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud protsessual
377
aktda jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxsni aniq shaklda rag‘barlantirish masalasini qo‘yishga haqli emas. Bu masala mazkur shaxs ishlaydigan korxona, muassasa yoki tashkilotning rahbariga tegishli ma’muriy-tashkiliy masala hisoblanadi. Mazkur protsessual tartib dispozitiv xarakterga ega bo‘lib, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud – xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatiga ega emas. Biroq jinoyat- protsessual qonunchiligining 2-moddasida belgilangan vazifalarini samarali amalga oshirishda jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxslarni rag‘barlantirish vositalaridan foydalanish zururiy protsessual harakatdir.
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling