Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53

 

 

 

Sud fuqaroviy 

da’voni 

qondirishni 

quyidagi hollarda 

rad etadi:  

Jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi 

yuz bermagan bo`lsa;  



sudlanuvchining yoki tibbiy yosindagi 

majburlov chorasini qollash masalasi hal 

etilayotgan shaxsning sodir etilgan 

jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga 

dahli yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa; 

sudlanuvchining yoki tibbiy yosindagi 

majburlov chorasini qollash masalasi hal 

etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon 

keltirgan harakati zaruriy mudofaa 

chegarasidan chiqmagan holda sodir 

etilgan bolsa. 

 

 



361 

 

tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy da’voni ko‘rish va hal qilish 



majburiyatidan ozod etmaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  280-

moddasida ko‘zda tutilgan surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda 

fuqaroviy  da’vo  bo‘yicha  ish  yuritish  aynan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Jinoyat 

protsessida  fuqaroviy  da’voni  ko‘rib  chiqish  va  hal  etishda  davlat  boji 

undirilmaydi. Agar fuqaroviy da’vo bo‘yicha yuzaga keladigan protsessual 

munosabatlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  bilan 

tartibga  solinmagan  bo‘lsa,  unda  jinoyat  protsessi  prinsiplariga  xilof 

bo‘lmagan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarining qoidalari qo‘llaniladi.  



 

10.2. Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki  

fuqaroviy da’vogarga qaytarish 

 

Jinoyat  natijasida  yetkazilgan  moddiy  zararni  undirish  tegishli 

vakolatga  ega  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  va  sudning  tashabbusi 

bilan ham  amalga  oshishi  mumkin. Jinoyat natijasida  yetkazilgan  moddiy 

zararni undirishning mavjud shakllari jamiyat, davlat va shaxs manfaatlarini 

himoya qilish borasida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalarini 

muvaffaqiyatli amalga oshishida  muhim ahamiyatga egadir. Bunda ushbu 

vazifalarni  bajarish  jinoyatdan  jabr  ko‘rgan  shaxsning  xohish-irodasiga 

bevosita va to‘liq bog‘liq bo‘lmay, balki jinoyat protsessining amal qilishiga 

ko‘ra maxsus vakil qilingan shaxs, organ va sudning bevosita majburiyati 

tarzida amalga oshiriladi. Uning mazmuni moddiy zararni undirish bo‘yicha 

huquqni  muhofaza  qilish  va  sud  organlari  bajarishi  lozim  bo‘lgan 

tadbirlarning xususiyatlarini ifodalaydi. 

Jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’voni  hal  qilish  va  jinoyat  natijasida 

yetkazilgan  moddiy  zararni  undirish  borasida  xorijiy  qonunchilikdagi 

tajribalarga  murojaat qilsak, Norvegiya JPKning 214-§da ko‘rsatilishicha, 

jinoiy  qilmish  tufayli  o‘z  mulkidan  ajragan  har  qanday  shaxsga 

jinoyatchining  mulki,  agar  musodara  qilish  muddati  o‘tgan  taqdirda  ham 

olib  berilishi  lozim  .  Estoniyaning  JPK  413-moddasida  ko‘zda  tutilgan 

“Chet  mamlakatlarga  mulkni  xatlab,  uni  egasiga  berish  bo‘yicha 

iltimosnoma bilan chiqish”  degan qoidaning mavjudligi, shuningdek ushbu 

moddada “Chet mamlakatga mulkni xatlab, uni egasiga berish to‘g‘risidagi 

iltimosnoma  adliya  vaziri  yoki  u  tomonidan  tayinlangan  yuridik  tashkilot 

tomonidan  beriladi”-  degan  qoida  ham  mustahkamlanganligini  ko‘rish 

mumkin.  


362 

 

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  ashyoviy  dalillar  deb  e’tirof  etilgan  jinoyatning 



narsalari tergov idoralarida saqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  287-moddasiga  asosan,  jinoyat  sodir 

etilishi  natijasida  jabrlanuvchi  yoki  yuridik  shaxsning  yo‘qolgan  va 

ashyoviy  dalil  deb  e’tirof  etilgan  mol-mulki  egasiga  qaytarilishi  lozim. 

Jabrlanuvchi  vafot  etgan  taqdirda  uning  mol-mulki  merosxo‘rlariga, 

tugatilgan  yuridik  shaxsning  mol-mulki  esa,  uning  huquq  vorisiga 

o‘tkaziladi.  Egasini  aniqlab  bo‘lmagan  mol-mulk  davlat  egaligiga 

o‘tkaziladi. Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga o‘tkazish 

sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  hukmi  yoki  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov 

choralarini  qo‘llash  to‘g‘risidagi  ajrimiga  asosan,  ish  tugatilganda  esa, 

surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga ko‘ra amalga 

oshiriladi.  

Jinoyat  narsasi  bo‘lgan  mol-mulk,  basharti  avvalgi  egasiga  qaytarib 

berilishi lozim bo‘lmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga  o‘tkaziladi. Bu 

mol-mulk topilmagan bo‘lsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, 

sudning  fuqaroviy  sud  ishlarini  yuritish  tartibida  chiqargan  hal  qiluv 

qaroriga  ko‘ra  uning  qiymati  davlat  foydasiga  undiriladi.  Amaldagi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  25-moddasi

 

talabiga 



binoan  fuqaro  o‘z  majburiyatlari  yuzasidan  o‘ziga  qarashli  barcha  mol-

mulki bilan javobgar bo‘ladi. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  285-

moddasiga asosan, ayblanuvchi jinoiy yo‘l bilan orttirgan pullar, buyumlar 

va  boshqa  boyliklar  sud  hukmi  bilan  yetkazilgan  mulkiy  zararni  qoplash 

uchun  sarflanadi,  zararni  qoplashdan  ortgan  summa  esa  davlat  foydasiga 

o‘tkaziladi.  Jinoyat  predmeti  bo‘lmish  mol-mulk  uchinchi  shaxslarda 

topilib,  ulardan  tortib  olingan  va  tegishligiga  qarab,  qaytarilgan  bo‘lsa, 

sudlanuvchi  tomonidan  ushbu  mol-mulkni  sotish  yo‘li  bilan  orttirilgan 

pullar,  buyumlar  va  boshqa  boyliklar  sud  hukmi  bilan  davlat  egaligiga 

o‘tkaziladi.  Mol-mulkni  insofli  egallovchiga  bu  mol-mulk  egasiga 

qaytarilishi  natijasida  yetkazilgan  zararni  undirish  haqida  mahkumga 

nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqi 

tushuntiriladi. Hukmning va tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash 

to‘g‘risidagi  ajrimning  fuqaroviy  da’voni  qanoatlantirishga,  shuningdek 

boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 

tartibda ijro etiladi. 

Jinoyat  sodir  etilishi  natijasida  mahrum  bo‘lingan  va  ish  bo‘yicha 

ashyoviy  dalil  deb  e’tirof  etilgan  mol-mulkning  mulkdori  yoki  qonuniy 

egasi  bu  mol-mulkdan  voz  kechsa  va  uning  qiymatini  undirib  berish 



363 

 

to‘g‘risida  fuqaroviy  da’vo  qo‘zg‘atsa,  sud  mol-mulkdan  voz  kechishni 



asosli  deb  topib,  fuqaroviy  da’voni  qanoatlantirgan  holda  mol-mulkni 

mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga undirib beradi. 

Sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topsa, qaytariladigan mol-

mulkning  qiymati  qanchaga  pasaygan  bo‘lsa,  shu  summani  yoxud  tovar 

ko‘rinishini  yo‘qotganligi  sababli  ta’mirlashga  qilinadigan  chiqim 

summasini  va  tovarni  jabrlanuvchi  yoki  fuqaroviy  da’vogar  foydasiga 

undirib  beradi.  Mol-mulkning  dastlabki  va  keyingi  qiymati  hamda  tovar 

ko‘rinishini  yo‘qotganlik  uchun  tovon  puli  mutaxassis  yoki  ekspert 

ishtirokida  aniqlanadi,  ta’mirlash  qiymati  esa,  ta’mirlashni  amalga 

oshirayotgan  korxona  bergan  hujjat  asosida  aniqlanadi.  Xususiy  egalikda 

bo‘lishi  man  qilingan  mol-mulk  (masalan:  harbiy  o‘qotar  qurollar, 

portlovchi moddalar, psixotrop yoki giyohvandlik moddalari va shu kabilar) 

ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan bo‘lsa, mulkdor to‘g‘ri yoki 

g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki 

musodara etiladi, ya’ni mol-mulk haqini to‘lash yoki to‘lamaslik sharti bilan 

sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda 

uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan tegishli davlat organiga yoki yuridik 

shaxsga beriladi. 



 

10.3. Hukmning mulkiy undirishlarga  

doir qismi ijrosini ta’minlash 

 

Hukmning  fuqaroviy  da’voga  va  boshqa  mulkiy  undirishlarga  doir 

qismining  ijrosini  ta’minlash  uchun  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud 

gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  va  fuqaroviy  javobgarning 

mol-mulkini  xatlashi  shart  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  290-moddasining  1-qismi).  Bu  mulkiy  undirishlarni 

ta’minlashning  eng  oqilona  va  qonuniy  usulidir.  Ta’kidlash  lozimki,  bu 

dastlabki tergov bosqichida jinoyat protsessi vazifalarini amalga oshirishda 

muhim ahamiyatga ega.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  290-

moddasi  ikkinchi  va  uchinchi  qismlarida  xatlanishi  mumkin  bo‘lmagan 

mulk  turlari  sanab  o‘tilgan.  Jumladan,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini ta’minlash 

uchun  zarur  bo‘lgan  uy-joy,  kvartira,  uy  anjomlari  va  jihozlari,  kiyim  va 

buyumlar xatlanmaydi.  

Turar  joylar  yoki  yashash  uchun  mo‘ljallanmagan  joylar,  mulk 

shaklidan  qat’i  nazar,  davlatga  xoinlik  qilish,  konstitutsiyaviy  tuzumga, 


364 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  tajovuz  qilish,  terrorizm, 



qo‘poruvchilik  jinoyatlari  sodir  etish  uchun  foydalanilgan  yoxud  bu 

jinoyatlar  qasddan  odam  o‘ldirish,  bosqinchilik,  talonchilik  yoki  boshqa 

og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda bu joylar xatlanadi. 

Shuningdek,  masalan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  264-

moddasida  qayd  etilgan  kontrabanda  jinoyatini  sodir  etish  quroli,  ya’ni 

vositasi  sifatida  avtotransport  vositalaridan  ham  foydalaniladi.  Bunday 

holatlarda avtotransport vositasi jinoyat sodir etish quroli sifatida xatlanadi. 

Mol-mulkni  xatlash  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  mulkdorga  yoki 

mol­mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa undan 

foydalanish  man  etilganligini  e’lon  qilishdan  yoxud  mol-mulkni  tortib 

olishdan  va  uni  tegishli  vakolatga  ega  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlarga  hamda  boshqa  shaxslarga  saqlab  turish  uchun  topshirishdan 

iboratdir. Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkni xatlash fuqaroviy da’voni 

ta’minlash vositasi hisoblanadi.  

Mulkni  xatlash  surishtiruvchi,  tergovchi  qaroriga  asosan  yoxud  bu 

tergov  harakatini  bajarishni  tergov  organiga  topshirishga  haqli  bo‘lgan 

sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki 

ajrimda  u  kim  tomonidan,  qachon  va  qaysi  ish  yuzasidan  chiqarilganligi, 

qanday  maqsadda  va  kimning  mol-mulki  xatlanishi  lozimligi,  fuqaroviy 

da’voni  ta’minlash  uchun  xatlanayotganida  esa  xatlanayotgan  mol-mulk 

summasi ham, albatta, ko‘rsatiladi.  

Agar  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  hukmning  mulkiy  undirish  yoxud 

mulkiy  yo‘sindagi  jazo  qismining  ijrosini  ta’minlovchi  choralarni 

ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko‘rish 

majburiyatini yuklaydi.  

Mulkni  xatlash  surishtiruvchi,  tergovchi  qarori  bo‘yicha  yoxud  bu 

tergov  harakatini  bajarishni  tergov  organiga  topshirishga  haqli  bo‘lgan 

sudning  ajrimi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Xatlash  to‘g‘risidagi  qarorda 

yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo‘yicha chiqarilgani, 

nima  maqsadda  va  kimning  mol-mulki  xatlanishi  lozimligi,  fuqaroviy 

da’voni  ta’minlash  uchun  xatlanayotganida  esa,  xatlanayotgan  mol-mulk 

summasi ham ko‘rsatiladi. 

Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy 

yo‘sindagi  jazo  qismining  ijrosini  ta’minlovchi  choralarni  ko‘rmagan 

taqdirda,  ishni  yuritayotgan  sud  ularga  bunday  choralarni  ko‘rish 

majburiyatini yuklaydi. Fuqaroviy  da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa 

mulkiy undirishlarni qo‘llayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, 


365 

 

basharti  oldin  chora  ko‘rilmagan  bo‘lsa,  sud  hukmning  shu  qismi  ijrosini 



ta’minlaydigan choralar ko‘rish haqida ajrim chiqarishga haqlidir. 

Diplomatiya  vakolatxonalari  binolaridagi  va  diplomatiya  vakillariga 

qarashli mol-mulkni xatlashda diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan 

va  diplomatiya  vakillaridan  olib  qo‘yish  yoki  ularda  tintuv  o‘tkazish 

qoidalariga rioya qilinishi lozim. Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni 

xatlash 


to‘g‘risida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 90–92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan 

kam  bo‘lmagan  xolislar  ishtirokida  bayonnoma  tuzadi.  Bayonnomada 

xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi 

va  boshqa  o‘ziga  xos  belgilari  sanab  o‘tilib,  mol-mulkni  xatlayotgan 

shaxsning  harakatlari  to‘g‘risidagi  va  bayonnomaga  kiritilgan  mol-

mulkning  uchinchi  shaxslarga  tegishliligi  haqidagi  arzlar  bayon  etiladi. 

Mol-mulk  olib  qo‘yilgan  taqdirda  aynan  nimaning  olinganligi  va  qayerga 

yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi. Mol-

mulkni  xatlash  chog‘ida  uni  yashirish,  yo‘q  qilib  yuborish  yoki 

shikastlashga  urinishlar  qilingan  bo‘lsa,  surishtiruvchi  yoki  tergovchi 

tomonidan  qo‘llangan  choralar  ko‘rsatilib,  bayonnomada  aks  ettirilishi 

lozim. Bayonnomaning nusxasi mol-mulki ro‘yxatga olingan shaxsga yoki 

uning voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda, mol-

mulk  ro‘yxatga  olingan  hududdagi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. Korxona, muassasa, tashkilot yoki 

diplomatiya  vakolatxonasi  hududidagi  mol-mulkni  ro‘yxatga  olish 

o‘tkazilgan  bo‘lsa,  mol-mulk  xatlanganligi  to‘g‘risidagi  bayonnomaning 

nusxasi  tegishli  ma’muriyat  yoki  diplomatiya  vakolatxonasi  vakiliga 

topshirilib, imzo qo‘ydirib olinadi. 

Surishtiruvchi  yoki  tergovchi  xatlanishi  lozim  bo‘lgan  mulkni 

baholashi  kerak.  Xatlanayotgan  mol-mulk  surishtiruvchi  yoki  tergovchi 

tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytidagi bozor 

narxida  baholanadi.  Pullar,  obligatsiyalar,  cheklar,  aksiyalar  va  boshqa 

qimmatli  qog‘ozlar  o‘z  qiymati  bo‘yicha  hisobga  olinadi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  1998-yil  11-sentabrdagi  “Jinoyat 

natijasida  yetkazilgan  moddiy  zararni  undirish  bo‘yicha  sudlar  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi 21-sonli qarorida birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida zarar 

yetkazgan  barcha  shaxslar  yetkazilgan  moddiy  zararni  qoplashda  solidar 

javobgar  bo‘lishlari,  amaldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik 

kodeksining  1000-moddasiga

 

binoan  jabrlanuvchining  arizasiga  ko‘ra  va 



uning  manfaatlarini  ko‘zlab,  agar  bu  tartib  zarar  qoplanishini  ta’minlasa, 

sud  birgalikda  zarar  yetkazgan  shaxslar  zimmasiga  solidar  emas,  hissali 



366 

 

javobgarlikni  yuklatishga  haqli  ekanligi,  shuningdek  jinoyat  obyekti 



bo‘lgan  mulk  qiymatini  aniqlashda  uning  egasi  tomonidan  xarid  qilinishi 

holatlaridan,  jinoyat  sodir  etilgan  vaqtdagi  davlat  ulgurji  narxidan,  bozor 

yoki komission narxlardan kelib chiqish lozimligi, mulk qiymatini aniqlash 

imkoniyati  bo‘lmaganda,  u  tegishli  mutaxassislar  jalb  qilinib,  ekspert 

xulosasiga ko‘ra belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan

29



Hukmning  fuqaroviy  da’vo  qismi  ijrosini  ta’minlash  uchun  mol-

mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-

mulk  kiritiladi.  Bunda  mulkdor  yoki  mol-mulk  egasi,  o‘zining  fikricha, 

qaysi  mol-mulkni  bayonnomaga  kiritish  zarur  deb  hisoblasa,  shu  mol-

mulkni ko‘rsatishga haqlidir.  

Xatlangan mol-mulk olib qo‘yilib, saqlash uchun fuqarolarning o‘zini 

o‘zi  boshqarish  organi  yoxud  boshqa  tashkilot  vakiliga  topshirilishi 

mumkin.  Bu  mol-mulk  mulkdorga  yoki  mol-mulk  egasiga,  uning  voyaga 

yetgan  oila  a’zolaridan  biriga  yoki  boshqa  shaxsga  saqlab  turish  uchun 

qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning to‘la-to‘kis saqlanishi uchun qonunda 

nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi. 

Bunda muomalada bo‘lishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham 

olib qo‘yilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi 

obligatsiyalari,  aksiyalar  va  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar  olib  qo‘yilmaydi, 

lekin mol-mulk xatlangani to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, 

ularni  xarjlash  operatsiyalari  to‘xtatib  qo‘yiladi.  Oqlov  hukmi  qonuniy 

kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy da’vogar 

o‘z  da’vosidan  voz  kechganda  hamda  fuqaroviy  da’voni  qanoatlantirish 

yuzasidan  ko‘rilgan  choralarga  sabab  bo‘lgan  asoslar  bartaraf  etilgan 

boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi. 

 

 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 



 

Talabalar  jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo,  jinoyat  natijasida 

yetkazilgan 

zararni 

qoplash 

mexanizmi, 

shakllari, 

usullari 

va 

xususiyatlariga  oid  masalalar  yuzasidan  Oliy  sud  Plenumining  tegishli 

qarorlari  va  tarmoq  qonunlari  normalari  bilan  qiyosiy  tahlil  o‘tkazib, 

fuqaroviy  da’vo  institutining  jinoyat  ishlari  yurituvidagi  ahamiyatini 

aniqlab berishlari lozim. 

                                                           

29

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Jinoiy  harakatlar  oqibatida  yetkazilgan  moddiy  zararni  qoplash 



masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11-sentyabrdagi 21-sonli qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. – B.170. 



367 

 

 



MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.  Jinoyat  protsessidagi  fuqaroviy  da’vo  –  kimningdir  foydasiga  hal 

qilish  to‘g‘risidagi  talabdir,  chunki  uning  mazmuni  javobgarni  muayyan 

harakatlarni da’vogar foydasiga sodir etishi lozimligi to‘g‘risidagi, jinoyat 

tufayli  yetkazilgan  mulkiy  va  ma’naviy  ziyonni  qoplash  haqidagi  talab 

hisoblanadi. Fuqaroviy da’vo mulkiy ziyon ko‘rgan shaxs yoki uning vakili, 

prokuror  tomonidan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilgan  paytdan  boshlab  to  sud 

tergovi boshlangunga qadar qo‘zg‘atiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 



sudi  Plenumining  “Jinoiy  harakatlar  oqibatida  yetkazilgan  moddiy 

zararni  qoplash  masalasiga  doir  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  1998-yil 

11-sentabrdagi 21-sonli qarorini tahlil qilib bering. 

2.  Ayblanuvchi,  sudlanuvchi  yoki  fuqaroviy  javobgarning  da’voni  tan 

olganligi, shuningdek fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgarning o‘zaro 

kelishuvi  fuqaroviy  da’vo  bo‘yicha  ish  yuritishning  tugatilishiga  olib 

kelmaydi  va  surishtiruvchini,  tergovchini,  prokurorni  fuqaroviy  da’voga 

doir  holatlarni  sinchkovlik  bilan,  to‘la,  har  tomonlama  va  xolisona 

tekshirish, sudni esa fuqaroviy da’voni ko‘rish va hal qilish majburiyatidan 

ozod  etmaydi.  Jinoyat  sodir  etish  natijasida  yetkazilgan  zarar  va 



fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish masalasi tahlil qiling.  

1-kazus 

“Zarafshan” restoranida Marupov spirtli ichimliklar ichib, mast holatda 

restoran xodimlarini so‘kib, ularni “kelgindilar” deb atab, ularga ma’naviy 

zarar  yetkazgan  va  300  ming  so‘mlik  qandildan  ishlangan  idishlarni 

sindirgan. Marupovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-

moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan ayb e’lon qilingan. 



Bu holda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar sifatida kimni tan olish 

kerak? Fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish tartibi qanday? 

2-kazus 

Yo‘l-transport  hodisasi  natijasida  3-sonli  taksopark  haydovchisi 

Qilichev  «Tiko»  rusumli  xizmat  avtomashinasida  reys  avtobusi  bilan 

to‘qnashgan.  Hodisa  natijasida  bir  necha  odam  halok  bo‘lgan  va  bu  fakt 

bo‘yicha  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilgan.  Avtobus  parki  Qilichevga  nisbatan 

fuqaroviy  da’voni  qo‘zg‘atadi  va  avtobusni  ta’mirlashni  talab  qiladi. 

Taksopark o‘z hisobidan avtobusni tiklaydi va keyinchalik regress tartibida 

o‘z  xodimi  Qilichevga  da’voni  qo‘zg‘atadi.  Lekin  pachoqlangan  «Tiko» 

avtomashinasi  qayta  ta’mirga  yaroqsiz,  uning  haydovchisi  esa  2-guruh 

nogironi bo‘lib qolgan edi. 



368 

 

Avtobus  parki  tomonidan  taksi  haydovchisi  Qilichevga  nisbatan 



da’vo  to‘g‘ri  qo‘zg‘atilganmi?  Regress  tartibida  beriladigan  da’voning 

tushunchasini bering. 

         

MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

1.  Jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo  qo‘zg‘atishning  asoslari  va 

shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2. Dastlabki tergov bosqichida fuqaroviy da’voni isbotlash. Ish shakli – 

nazorat ishi (esse). 

3.  Mulkni  xatlashning  asoslari,  tartibi  va  xususiyatlari.  Ish  shakli  – 

nazorat ishi (esse). 


369 

 

XI BOB. JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI



 

(muallif –yuridik fanlar doktori F.Muxitdinov

Annotatsiya: 

Talabalar 

uchun 

mazkur 

mavzu 

o‘rganilishi 

jinoyatlarning  oldini  olish  choralari  tushunchasi,  turlari  va  huquqiy 

oqibatlari  hamda  jinoyatlarni  oldini  olishning  protsessual  vositalarini 

samarali o‘zlashtirishga imkon beradi. 

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling