Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hukmning fuqaroviy da’vo qismi ijrosini ta’minlash
- MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
- MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy
- Jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar va fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish masalasi tahlil qiling . 1-kazus
- Bu holda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar sifatida kimni tan olish kerak Fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish tartibi qanday 2-kazus
- Avtobus parki tomonidan taksi haydovchisi Qilichevga nisbatan
- XI BOB. JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI (
Sud fuqaroviy da’voni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi: Jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan bo`lsa; sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga dahli yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa;
361
tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy da’voni ko‘rish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 280- moddasida ko‘zda tutilgan surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritish aynan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqish va hal etishda davlat boji undirilmaydi. Agar fuqaroviy da’vo bo‘yicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof bo‘lmagan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarining qoidalari qo‘llaniladi. 10.2. Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarish Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish tegishli vakolatga ega huquqni muhofaza qilish organlari va sudning tashabbusi bilan ham amalga oshishi mumkin. Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirishning mavjud shakllari jamiyat, davlat va shaxs manfaatlarini himoya qilish borasida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshishida muhim ahamiyatga egadir. Bunda ushbu vazifalarni bajarish jinoyatdan jabr ko‘rgan shaxsning xohish-irodasiga bevosita va to‘liq bog‘liq bo‘lmay, balki jinoyat protsessining amal qilishiga ko‘ra maxsus vakil qilingan shaxs, organ va sudning bevosita majburiyati tarzida amalga oshiriladi. Uning mazmuni moddiy zararni undirish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish va sud organlari bajarishi lozim bo‘lgan tadbirlarning xususiyatlarini ifodalaydi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni hal qilish va jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish borasida xorijiy qonunchilikdagi tajribalarga murojaat qilsak, Norvegiya JPKning 214-§da ko‘rsatilishicha, jinoiy qilmish tufayli o‘z mulkidan ajragan har qanday shaxsga jinoyatchining mulki, agar musodara qilish muddati o‘tgan taqdirda ham olib berilishi lozim . Estoniyaning JPK 413-moddasida ko‘zda tutilgan “Chet mamlakatlarga mulkni xatlab, uni egasiga berish bo‘yicha iltimosnoma bilan chiqish” degan qoidaning mavjudligi, shuningdek ushbu moddada “Chet mamlakatga mulkni xatlab, uni egasiga berish to‘g‘risidagi iltimosnoma adliya vaziri yoki u tomonidan tayinlangan yuridik tashkilot tomonidan beriladi”- degan qoida ham mustahkamlanganligini ko‘rish mumkin.
362
Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalillar deb e’tirof etilgan jinoyatning narsalari tergov idoralarida saqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 287-moddasiga asosan, jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yo‘qolgan va ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxo‘rlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa, uning huquq vorisiga o‘tkaziladi. Egasini aniqlab bo‘lmagan mol-mulk davlat egaligiga o‘tkaziladi. Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga o‘tkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Jinoyat narsasi bo‘lgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim bo‘lmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan bo‘lsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 25-moddasi
talabiga binoan fuqaro o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol- mulki bilan javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 285- moddasiga asosan, ayblanuvchi jinoiy yo‘l bilan orttirgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun sarflanadi, zararni qoplashdan ortgan summa esa davlat foydasiga o‘tkaziladi. Jinoyat predmeti bo‘lmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan bo‘lsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yo‘li bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan zararni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqi tushuntiriladi. Hukmning va tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimning fuqaroviy da’voni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi. Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum bo‘lingan va ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish 363
to‘g‘risida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy da’voni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga undirib beradi. Sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topsa, qaytariladigan mol- mulkning qiymati qanchaga pasaygan bo‘lsa, shu summani yoxud tovar ko‘rinishini yo‘qotganligi sababli ta’mirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovarni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar ko‘rinishini yo‘qotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, ta’mirlash qiymati esa, ta’mirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi. Xususiy egalikda bo‘lishi man qilingan mol-mulk (masalan: harbiy o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar, psixotrop yoki giyohvandlik moddalari va shu kabilar) ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan bo‘lsa, mulkdor to‘g‘ri yoki g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, ya’ni mol-mulk haqini to‘lash yoki to‘lamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi. 10.3. Hukmning mulkiy undirishlarga doir qismi ijrosini ta’minlash Hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasining 1-qismi). Bu mulkiy undirishlarni ta’minlashning eng oqilona va qonuniy usulidir. Ta’kidlash lozimki, bu dastlabki tergov bosqichida jinoyat protsessi vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290- moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida xatlanishi mumkin bo‘lmagan mulk turlari sanab o‘tilgan. Jumladan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi. Turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga,
364
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qo‘poruvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda bu joylar xatlanadi. Shuningdek, masalan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 264- moddasida qayd etilgan kontrabanda jinoyatini sodir etish quroli, ya’ni vositasi sifatida avtotransport vositalaridan ham foydalaniladi. Bunday holatlarda avtotransport vositasi jinoyat sodir etish quroli sifatida xatlanadi. Mol-mulkni xatlash o‘z mohiyatiga ko‘ra, mulkdorga yoki molmulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa undan foydalanish man etilganligini e’lon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni tegishli vakolatga ega huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda boshqa shaxslarga saqlab turish uchun topshirishdan iboratdir. Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkni xatlash fuqaroviy da’voni ta’minlash vositasi hisoblanadi. Mulkni xatlash surishtiruvchi, tergovchi qaroriga asosan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo‘lgan sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish yuzasidan chiqarilganligi, qanday maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlanayotganida esa xatlanayotgan mol-mulk summasi ham, albatta, ko‘rsatiladi. Agar surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo‘sindagi jazo qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Mulkni xatlash surishtiruvchi, tergovchi qarori bo‘yicha yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo‘lgan sudning ajrimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo‘yicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlanayotganida esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham ko‘rsatiladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo‘sindagi jazo qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Fuqaroviy da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qo‘llayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar,
365
basharti oldin chora ko‘rilmagan bo‘lsa, sud hukmning shu qismi ijrosini ta’minlaydigan choralar ko‘rish haqida ajrim chiqarishga haqlidir. Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni xatlashda diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qo‘yish yoki ularda tintuv o‘tkazish qoidalariga rioya qilinishi lozim. Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90–92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo‘lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi va boshqa o‘ziga xos belgilari sanab o‘tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol- mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi. Mol- mulkni xatlash chog‘ida uni yashirish, yo‘q qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan bo‘lsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qo‘llangan choralar ko‘rsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim. Bayonnomaning nusxasi mol-mulki ro‘yxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda, mol- mulk ro‘yxatga olingan hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni ro‘yxatga olish o‘tkazilgan bo‘lsa, mol-mulk xatlanganligi to‘g‘risidagi bayonnomaning nusxasi tegishli ma’muriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, imzo qo‘ydirib olinadi. Surishtiruvchi yoki tergovchi xatlanishi lozim bo‘lgan mulkni baholashi kerak. Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytidagi bozor narxida baholanadi. Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar o‘z qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha sudlar amaliyoti to‘g‘risida”gi 21-sonli qarorida birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida zarar yetkazgan barcha shaxslar yetkazilgan moddiy zararni qoplashda solidar javobgar bo‘lishlari, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1000-moddasiga
binoan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra va uning manfaatlarini ko‘zlab, agar bu tartib zarar qoplanishini ta’minlasa, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslar zimmasiga solidar emas, hissali 366
javobgarlikni yuklatishga haqli ekanligi, shuningdek jinoyat obyekti bo‘lgan mulk qiymatini aniqlashda uning egasi tomonidan xarid qilinishi holatlaridan, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi davlat ulgurji narxidan, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozimligi, mulk qiymatini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, u tegishli mutaxassislar jalb qilinib, ekspert xulosasiga ko‘ra belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan 29 . Hukmning fuqaroviy da’vo qismi ijrosini ta’minlash uchun mol- mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol- mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, o‘zining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol- mulkni ko‘rsatishga haqlidir. Xatlangan mol-mulk olib qo‘yilib, saqlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin. Bu mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning to‘la-to‘kis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi. Bunda muomalada bo‘lishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qo‘yilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi. Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar olib qo‘yilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari to‘xtatib qo‘yiladi. Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy da’vogar o‘z da’vosidan voz kechganda hamda fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yuzasidan ko‘rilgan choralarga sabab bo‘lgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi.
Talabalar jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo, jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash mexanizmi, shakllari, usullari va xususiyatlariga oid masalalar yuzasidan Oliy sud Plenumining tegishli qarorlari va tarmoq qonunlari normalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazib, fuqaroviy da’vo institutining jinoyat ishlari yurituvidagi ahamiyatini aniqlab berishlari lozim.
29 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11-sentyabrdagi 21-sonli qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. – B.170. 367
MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Jinoyat protsessidagi fuqaroviy da’vo – kimningdir foydasiga hal qilish to‘g‘risidagi talabdir, chunki uning mazmuni javobgarni muayyan harakatlarni da’vogar foydasiga sodir etishi lozimligi to‘g‘risidagi, jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy va ma’naviy ziyonni qoplash haqidagi talab hisoblanadi. Fuqaroviy da’vo mulkiy ziyon ko‘rgan shaxs yoki uning vakili, prokuror tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar qo‘zg‘atiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 21-sonli qarorini tahlil qilib bering. 2. Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning da’voni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgarning o‘zaro kelishuvi fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni fuqaroviy da’voga doir holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirish, sudni esa fuqaroviy da’voni ko‘rish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi. Jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar va fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish masalasi tahlil qiling. 1-kazus “Zarafshan” restoranida Marupov spirtli ichimliklar ichib, mast holatda restoran xodimlarini so‘kib, ularni “kelgindilar” deb atab, ularga ma’naviy zarar yetkazgan va 300 ming so‘mlik qandildan ishlangan idishlarni sindirgan. Marupovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277- moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan ayb e’lon qilingan. Bu holda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar sifatida kimni tan olish kerak? Fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish tartibi qanday? 2-kazus Yo‘l-transport hodisasi natijasida 3-sonli taksopark haydovchisi Qilichev «Tiko» rusumli xizmat avtomashinasida reys avtobusi bilan to‘qnashgan. Hodisa natijasida bir necha odam halok bo‘lgan va bu fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avtobus parki Qilichevga nisbatan fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atadi va avtobusni ta’mirlashni talab qiladi. Taksopark o‘z hisobidan avtobusni tiklaydi va keyinchalik regress tartibida o‘z xodimi Qilichevga da’voni qo‘zg‘atadi. Lekin pachoqlangan «Tiko» avtomashinasi qayta ta’mirga yaroqsiz, uning haydovchisi esa 2-guruh nogironi bo‘lib qolgan edi. 368
da’vo to‘g‘ri qo‘zg‘atilganmi? Regress tartibida beriladigan da’voning tushunchasini bering. MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishning asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2. Dastlabki tergov bosqichida fuqaroviy da’voni isbotlash. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 3. Mulkni xatlashning asoslari, tartibi va xususiyatlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
369
(muallif –yuridik fanlar doktori F.Muxitdinov) Annotatsiya: Talabalar uchun mazkur mavzu o‘rganilishi jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, turlari va huquqiy oqibatlari hamda jinoyatlarni oldini olishning protsessual vositalarini samarali o‘zlashtirishga imkon beradi. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling