Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu ehtiyot chorasini tanlashning majburiy sharti
- 9.7. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi
- Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchining ota-onalari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan ko‘rishishi kuzatuvni
- MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
- MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- Ehtiyot choralarini qo‘llash uchun asoslarni tavsiflang va ehtiyot choralariga oid milliy normativ hujjatlarni tahlil qiling.
- Ehtiyot choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning pozitsiyasi nimaga asoslanadi
- Bu holatda tergovchi va prokurorning harakatiga huquqiy baho
- Voyaga yetmaganlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash asoslarini ko‘rib chiqing.
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
- X BOB. JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH
Voyaga yetmaganlar deb, davlat Konstitutsiyasida va boshqa qonunlarida ko‘rsatilgan fuqarolarning burch, huquq va majburiyatlarini bajarish uchun belgilangan yoshga to‘lmagan shaxslar nazarda tutiladi. Voyaga yetmaganlarni jinoyatlari haqidagi ishlarni ko‘rishda ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni sinchkovlik bilan har tomonlama to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini hamda sudlanuvchining shaxsini e’tiborga olgan holda aniqlangan haqiqiy holatlar va dalillar majmuasiga to‘g‘ri baho berilishi, odillik va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda qonunda ko‘rsatilgan imtiyozlardan to‘la foydalanishga imkon yaratilishi lozim. Ushbu chora o‘z mohiyatiga ko‘ra kafillikka o‘xshaydi. Masalan, voyaga yetmaganning nomunosib xulq-atvori uchun uning ota-onasi vasiy v.h.miy, shaxsiy kafil singari mas’uldir. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirishda ota- onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi ma’muriyatidan voyaga yetmagan ayblanuvchini tergovchi, prokuror huzuriga va sudga o‘z vaqtida kelishi, uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46- moddasida nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni bajarishini ta’minlashi haqida yozma ravishda tilxat olinadi. Bunday majburiyatni o‘z zimmasiga olayotgan shaxslar voyaga yetmagan ayblanuvchiga e’lon qilingan ayblovning mohiyati hamda ayblanuvchini tergov organlari yoki sudga o‘z vaqtida kelmasligi hollarida javobgarligi haqida ogohlantiriladi. Kuzatuv ostiga berish chorasi faqat ota-onalar, vasiylar, homiylar roziligi bilan qo‘llanishi mumkin, aks holda voyaga yetmaganlarni qayta tarbiyalash haqida gapirish qiyin bo‘lar edi. Qonunda ota-onalar (vasiylar,
343
homiylar) tomonidan kuzatuv ostiga olish bo‘yicha majburiyat olishni rad etish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa-da, bunday hol yuz berishi mumkin. Tergovchi va sud tomonidan kuzatuv ostiga berish chorasi tanlanayotganida yuqoridagi holatlar hamda ushbu shaxslar o‘z vazifalarini qay darajada bajarishlari, voyaga yetmagan shaxsga to‘g‘ri tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata olishlari aniqlanishi kerak. Aks holda, voyaga yetmagan ayblanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 556-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarga kuzatuv ostiga olish uchun topshirish samara bermaydi. Voyaga yetmaganning munosib xulq-atvorini va uni chaqiruvga binoan kelishini ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan bolalar muassasasi ma’muriyatining javobgarligi haqidagi yozma tilxat ushbu muassasa rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan ma’muriyatning boshqa vakilidan olinadi. Bolalar muassasasining o‘z zimmasiga olgan majburiyatni buzganligi uchun javobgarligi qonunda hal qilinmay qolgan. Bu esa o‘z navbatida, kuzatuvga olish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan bolalar muassasasining ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi, degan xulosa chiqarishga olib keladi. Ma’muriyatning kuzatuvga olish bo‘yicha majburiyatni bajarmagan shaxslarga nisbatan tergov organi taqdimnomasiga yoxud sudning xususiy ajrimiga muvofiq intizomiy yoki jamoat ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin. Yopiq bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan tomonidan jinoyat sodir etilishi, uzluksiz tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar u bilan yetarli darajada individual tartibda shug‘ullanilmaganligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatilgan muassasa ma’muriyatini voyaga yetmaganga nisbatan uni munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlaydigan yanada samaraliroq ta’sir etish vositalarini qidirishga undashi lozim. Bunday ta’sir choralarini ma’muriyat kuzatuvi ostiga olishi uchun berilgan voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qo‘llash kerak. Agar voyaga yetmagan o‘z ota-onasi (vasiylari, homiylari) nazoratidan chetda bo‘lsa yoki ular uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi yoki uzoq xizmat safari) kuzatuvga ostiga olish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun imkoniyati bo‘lmasa, bunday ehtiyot chorasini tanlash nafaqat samarasiz, balki zararli hamdir. Shuningdek, agar voyaga yetmaganni kuzatuvga olgan shaxs keyinchalik o‘z burchlarini bajarolmaydigan holatda bo‘lsa, uni boshqa shaxsning kuzatuviga berish kerak bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning sabablaridan asosiysi oilaviy tarbiyaning yetishmasligidir. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, qayerda oilaviy nizolar va nikohni bekor qilishlar ko‘p 344
bo‘lsa, o‘sha joyda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi yuqoridir. Ularning fikricha, bunday hodisa bilan jinoyatchilik o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish bor. Darhaqiqat, spirtli ichimlik iste’mol qilish, buzuq xulq-atvor, qo‘pollik, tekinxo‘rlik, o‘z farzandlarini jinoiy faoliyatga jalb qilish kabilar uchraydi. Tabiiyki, bunday hollarda voyaga yetmaganni ota-onasi (vasiylari, homiylari)ga kuzatuv ostiga olish uchun topshirish chorasini qo‘llash mumkin emas. Ushbu masala bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun dastlabki tergov organlari ota-ona (vasiy, homiy)ning shaxsini, ularning ma’naviy qiyofasini, tarbiyaga bo‘lgan munosabatini va ko‘rsatilgan shaxslar ayblanuvchining munosib xulq-atvorini va chaqiruv bo‘yicha kelishini ta’minlashlari haqida xulosa chiqarishga imkon yaratadigan boshqa holatlarni aniqlashlari shart. Ota-ona, vasiy, homiy, jamoat tashkiloti yoki jamoa dastlabki tergov mobaynidayoq ayblanuvchini to‘g‘ri yo‘lga solish va qayta tarbiyalash maqsadida u bilan tarbiyaviy ishlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Ushbu ehtiyot chorasi voyaga yetmagan ayblanuvchi maktab, korxona, birlashma, jamoa bilan aloqasini yo‘qotmagan hamda sodir etgan jinoyati va uning shaxsini tavsiflovchi xususiyatlari qamoqqa olishni istisno qiladigan hollarda o‘zini oqlaydi. Qonunda voyaga yetmagan ayblanuvchi ota-onalardan aynan qaysi biriga, bolalar muassasasi ma’muriyatidagi qaysi toifa yoki lavozimdagi shaxslarga kuzatuv ostiga olish uchun topshirilishi lozimligi ko‘rsatilmagan. Fikrimcha, ayblanuvchini kuzatuv ostiga olish bo‘yicha majburiyatlar ota- onaning biriga yoki ikkisiga ham, bolalar muassasasi ma’muriyatidagi tarbiyachi shaxslardan biriga topshirilishi mumkin. Qonunda voyaga yetmagan ayblanuvchi farzandlikka oluvchiga kuzatuv ostiga olish uchun topshirilishi mumkin, deb maxsus ko‘rsatishga hojat yo‘q. Farzandlikka oluvchi o‘zining huquqiy holatiga ko‘ra ota- onalarga to‘liq tenglashtiriladi. Voyaga yetmaganlarni boshqa yaqin qarindoshlariga ham o‘z zimmasiga ayblanuvchini munosib xulq-atvorda bo‘lishini hamda tergov organlari va sudning chaqiruviga binoan kelishlarini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni olish huquqini berish lozim. Masalan, ish holatlarini hisobga olgan holda voyaga yetmagan ayblanuvchini kuzatuv ostiga olish uchun uning voyaga etgan akasi, opasi, bobosi, buvisiga topshirilishi mumkin. Ushbu ehtiyot chorasini tanlanishi voyaga yetmagan ayblanuvchi maktab, korxona, birlashma jamoasi bilan aloqasini yo‘qotgan bo‘lsa-da,
345
sodir etgan jinoyati va uning shaxsini tavsiflovchi xususiyatlari qamoqqa olishni istisno qiladigan hollarda ham o‘zini oqlaydi. Shubhasiz, voyaga yetmaganlarni ehtiyot chorasi sifatida tarbiya- mehnat koloniyalari ma’muriyati kuzatuvi ostiga topshirib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 556-moddasida voyaga yetmagan jazoni o‘tayotgan muassasa haqida emas, balki u tarbiyalanayotgan bolalar muassasasi haqida gap ketadi. Tarbiya-mehnat koloniyalari esa, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va hukm kuchga kirgan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu ehtiyot chorasini tanlashning majburiy sharti - ayblanuvchini ota-onasi (vasiy, homiylari), shuningdek bolalar muassasasining ma’muriyati kuzatuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga real imkoniyati borligini aniqlashdan iborat.
Jumladan, bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan o‘smir tomonidan jinoyat sodir etilishi faktining o‘zi qandaydir darajada bu muassasa ma’muriyatini o‘z ixtiyoridagi tarbiyalanuvchilarni qayta tarbiyalash va tuzatish bo‘yicha majburiyatlarini yetarlicha bajarmayotganidan dalolat beradi. Voyaga yetmaganni kuzatuv ostiga olish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish imkoniyati haqidagi masalani bolalar muassasasini ilmiy- tarbiyaviy kengashi, tarbiyalanuvchilar yig‘ilishi muhokama qilishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Bunday tartib jinoyat sodir etgan o‘smirning munosib xulq-atvorini ta’minlash bo‘yicha ma’muriyat, tarbiyachilar, pedagoglarning javobgarligini oshiradi. Bu o‘z navbatida nafaqat ayblanuvchiga, balki bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan, ma’naviyati endi shakllanayotgan boshqa voyaga yetmaganlarga ijobiy tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishi shubhasiz. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 556- moddasiga binoan, voyaga yetmaganni qarovga topshirish tariqasidagi ehtiyot chorasi faqat 18 yoshga to‘lmagan ayblanuvchilarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Qarovga olingan shaxs voyaga yetishi bilan uni ota- onalar va boshqa qonuniy vakillari bilan bo‘lgan huquqiy munosabatlari o‘zgaradi. Chunki bu holda u to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Demak, ayblanuvchi 18 yoshga to‘lganda unga nisbatan tanlangan qarovga topshirish chorasi boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirilishi kerak. Agar bu holatda extiyot chorasi o‘zgartirilmagan bo‘lsa, ayblanuvchi tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, uning ota-onasi, vasiylari, homiylari o‘z-o‘zidan javobgarlikdan ozod bo‘ladi. 346
Qonunda voyaga yetmagan kuzatuv ostiga topshirilishi mumkin bo‘lgan muassasalar ro‘yxati to‘liq ko‘rsatilgan. Qonun faqat ayblanuvchi tarbiyalanayotgan bolalar muassasalari (maktab internatlar, bolalar uyi, qabul qilish, topshirish muassasalari, maxsus tarbiya va davolash muassasalari, tarbiya mehnat koloniyalari)ni nazarda tutadi. Ta’kidlash kerakki, qabul qilish-taqsimlash muassasalari va tarbiya mehnat koloniyalari, ma’muriyati voyaga yetmagan ayblanuvchini qarovga olishi mumkin bo‘lgan bolalar muassasalari qatoriga kirmasligi kerak. Chunki
qonunda (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 557-moddasi) voyaga yetmagan o‘zi tarbiyalanayotgan bolalar muassasasi ma’muriyatiga qarovga olish uchun topshirilishi mumkin, deb bevosita ko‘rsatib qo‘yilgan. Umuman olganda, mazkur ehtiyot chorasining qo‘llanilishi bunday tartib jinoyat sodir etgan tarbiyalanuvchisining munosib xulq-atvorini ta’minlash bo‘yicha ma’muriyat, tarbiyachilar, pedagoglarning javobgarligini oshiradi. Bu o‘z navbatida nafaqat ayblanuvchiga, balki bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan, ma’naviyati endi shakllanayotgan boshqa voyaga yetmaganlarga ijobiy tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga xizmat qiladi.
ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 254- moddasida nazarda tutilgan harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi ehtiyot chorasi - hozirgi zamon talablariga javob beruvchi samarali chora bo‘lib, jinoyat sodir etgan askarning o‘z jamoasida qolishiga imkon beradi va profilaktik ahamiyatga ega. Huquqiy mohiyati jihatidan bu ehtiyot chorasi kafillikning o‘ziga xos turi bo‘lib, ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishini harbiy qism qo‘mondonligi harbiy nizomlarda belgilangan choralar vositasida ta’minlaydi. Qo‘mondonlik kuzatuvi o‘z mazmuniga ko‘ra biror lavozimni egallamagan oddiy harbiy xizmatchiga qo‘llanishi mumkin. U muddatli harbiy garnizonda xizmatni o‘tayotgan yoxud harbiy o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmat o‘tashga majbur shaxs bo‘lishi ko‘zda tutiladi va bunday shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lishi lozim. Aniqrog‘i, kattami-kichikmi, harbiy qo‘mondonlarga va gumon qilingan shaxsga bu chora qo‘llanishi mumkin emas.
347
sodir etishi ehtimol qilingan jinoiy faoliyatining oldini olish, tergovga to‘sqinlik qilmasligini ta’minlash maqsadida tergovchining qarori yoki sudning ajrimi asosida qo‘llanadi. Buning uchun ayblanuvchining kuzatuvni amalga oshiruvchi qo‘mondonidan rozilik olish talab qilinmaydi. Aksincha, ba’zi mamlakatlarda ushbu ehtiyot chorasini qo‘llanishi uchun ayblanuvchi, hatto gumon qilingan shaxsdan rozilik olish shart deb hisoblanadi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 104-moddasi). Bunday shartni nazarda tutish uchun ehtiyoj yo‘q. Ba’zi bir mamlakatlarda ayblanuvchini harbiy qo‘mondonlik kuzatuviga berish uchun prokurordan ruxsat olinishi talab qilinadi (Moldova Jinoyat-protsessual kodeksining 183- moddasi). Bunga ham zaruriyat yo‘q. Chunki ayblanuvchining huquq va erkinliklari harbiy nizomlarda ko‘rsatilgan hajmda saqlanib qoladi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, qo‘mondonlik kuzatuvi qo‘llangan shaxs, tegishli harbiy nizomlarda ko‘rsatilganidek, qurol va o‘q-dori olib yurishi, yakka tartibda harbiy qism hududidan tashqarida bo‘lishi, mas’uliyat bilan bog‘liq qorovullik va navbatchilik vazifalarini bajarishi taqiqlanadi. Bu talab ba’zi mamlakatlarning qonunlarida qisman aks ettirilgan (masalan, Moldova Jinoyat-protsessual kodeksining 183-moddasi). Bundan tashqari, ayblanuvchi o‘q otish, harbiy texnika ishlatish bilan bog‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etish, harbiy qism hududidan qisqa muddatga chiqish, qisqa muddatli ta’tillar olish kabi huquqlardan ham mahrum bo‘ladi. Agar harbiy xizmatchi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, uni qismning maxsus tartibli xonasiga joylashtirilib, doimiy nazorat o‘rnatiladi. Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchini tergov, prokuratura, sud idoralariga qurollangan soqchilar olib boradi va olib keladi. Agar harbiy xizmatchining sog‘lig‘iga shikast yetkazilgan bo‘lsa, navbatchi uni darhol meditsina shifokoriga olib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va shifokorning yozma xulosasi bilan qism komandiriga xabar beradi.
Harbiy qism qo‘mondoni kuzatuv qoidalarini buzgani holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ustaviga asosan javobgarlikka tortiladi. Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan muddatli harbiy xizmatchi yoki o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi,
348
tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bo‘yicha harbiy qism, qo‘shilma, harbiy muassasa, harbiy o‘quv yurti qo‘mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin. Ushbu ehtiyot chorasi kafillikning o‘ziga xos turi bo‘lib, ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishi harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan harbiy nizomlarda belgilangan choralar vositasida ta’minlanadi. Qo‘mondonlik kuzatuvi biror lavozimni egallamagan oddiy harbiy xizmatchiga nisbatan qo‘llanilib, mazkur ehtiyot chorasini tanlanishi uchun u ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lishi lozim. Qo‘mondonlik kuzatuvi ayblanayotgan harbiy xizmatchi kelgusida sodir etishi ehtimol bo‘lgan jinoiy faoliyatining oldini olish, tergovga to‘sqinlik qilmasligini ta’minlash maqsadida qo‘llanadi. Buning uchun ayblanuvchining xulq-atvori ustidan kuzatuvni amalga oshiruvchi qo‘mondonlikdan rozilik olish talab qilinmaydi. Ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi qo‘mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o‘rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Agar harbiy xizmatchi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, uni qismning doimiy nazorat o‘rnatilgan maxsus tartibli xonasiga joylashtiriladi. Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchini tergov, prokuratura, sud idoralariga qurollangan soqchilar olib boradi va olib keladi. Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchining ota-onalari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan ko‘rishishi kuzatuvni qo‘llagan tergovchi yoxud sudning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Harbiy qism qo‘mondoni kuzatuv qoidalarini buzgani holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ustaviga asosan javobgarlikka tortiladi. Kuzatuv ostidagi harbiy xizmatchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan va oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo‘llanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, bu haqda harbiy qo‘mondonlik shu ehtiyot chorasini qo‘llagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga xabar berishi lozim.
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar ehtiyot choralarining barcha turlari va har birining o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalarni tegishli 349
tahlil qilib, jinoyat ishlarini yuritishda ularning rolini aniqlashlari lozim.
tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik; hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Ehtiyot choralarini qo‘llash uchun
2. Ehtiyot choralarining quyidagi turlari mavjud: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat; shaxsiy kafillik; jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; qamoqqa olish va uy qamog‘i; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qo‘mondonlik kuzatuvi. Ehtiyot choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning pozitsiyasi nimaga asoslanadi? 1-kazus O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 106-moddasi bilan ayblangan Rustamovga munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Rustamovga tergovdan yashirinishga urinib, chaqiruv qog‘ozi yuborilishiga qaramay, u tergovchining talabini bajarmagan. Tergovchi Rustamovga nisbatan qo‘shimcha ehtiyot chorasi sifatida shaxsiy kafillik qo‘llashni lozim deb topgan. Bu holatda tergovchi va prokurorning harakatiga huquqiy baho bering. 2-kazus Voyaga yetmagan K. Anvarov ukasi S.Anvarov bilan zargarlik do‘koniga o‘g‘irlik maqsadida kiradi va o‘zlarining yaqin tanishlari bo‘lgan sotuvchi Ilxomovni o‘ldiradilar hamda umumiy qiymati 3.400 AQSH dollarini tashkil etadigan tilla buyumlarni olib chiqib ketadilar. Tezkor qidiruv tadbiri natijasida ayblanuvchilar qo‘lga olinadilar va dastlabki tergov jarayonida prokuror ish materiallari bilan tanishib chiqib ayblanuvchilarning shaxsini tavsiflovchi holatlarni hisobga
olib tergovchining qamoqqa olish to‘g‘risidagi iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaroriga rozi bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan
350
qo‘llanilishi mumkin? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Jinoyat protsessida ehtiyot choralarini qo‘llash asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2. Ehtiyot choralari tizimi. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 3. Qamoq va uy qamog‘i asoslari, tartibi va xususiyatlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 351
YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling