Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyatlarning oldini olish choralari


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53

 

11.1. Jinoyatlarning oldini olish choralari 

tushunchasi, turlari va huquqiy asoslari 

 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

296-moddasi jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror 

va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-

sharoitlarni aniqlashlari shart ekanligini belgilaydi. Zero har bir jinoyatning 

sodir  etilishiga  muayyan  sabablar  hamda  muayyan  shart-sharoitlar  ta’sir 

ko‘rsatadi. Shu bois, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon 

bergan  shart-sharoitlarni  aniqlash  majburiyati  –  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror  va  sud  tomonidan  jinoyat  sudlovida  ishlarini  yuritishda  amalga 

oshiriladigan  muhim  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Chunki,  jinoyatning 

sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash:  



birinchidan, uni sodir etgan shaxsning aybini isbot qilish faoliyatining 

yo‘nalishini belgilash;  



ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga qonuniy, asosli va adolatli jazo 

qo‘llash 

maqsadida, 

uning 


aybini 

ham 


og‘irlashtiruvchi, 

ham 


yengillashtiruvchi holatlarini aniqlash;  

uchinchidan,  kelgusida  sodir  etilishi  mumkin  bo‘lgan  jinoyatlarning 

oldini  olish  borasida  profilaktik-huquqiy  choralarni  ko‘rish  vazifasini 

amalga oshirishni nazarda tutadi. 

Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan 

shart-sharoitlarni aniqlash deganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va 

sudning  ishning  barcha  holatlarini  to‘liq  va  har  tomonlama  tekshirish, 

jinoyat  sodir  etgan  shaxs(lar)ning  aybini  fosh  qilish  asosida  uning  sodir 

etilishiga  olib  kelgan  sabablarni  aniqlashga  yo‘naltirilgan  faoliyatlari 

tushunilishi lozim.  

Ushbu faoliyatni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror 

va  sud  jinoyat  ishining  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  turli 

protsessual usul va vositalardan foydalanadi. Masalan, jinoyat sodir etilgan 

joyni  ko‘zdan  kechirish,  ekspertiza  o‘tkazish,  ashyoviy  dalillarni  ko‘zdan 

kechirish, so‘roq qilish v.h. 



370 

 

11.2. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon 



bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish shakllari va bu jarayonda 

surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning faoliyati 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  jinoyatning 

sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni 

aniqlash faoliyati jinoyat protsessining asosiy bosqichlari – dastlabki tergov 

va sud muhokamasi kabi ikki turga bo‘ladi.  

1.

 



dastlabki  tergov  bosqichida  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror 

tomonidan  amalga  oshiriladigan  jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir 

etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash faoliyati

2.

 



jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan 

shart-sharoitlarni  bartaraf  qilish  borasida  amalga  oshiriladigan  sudning 

faoliyati. 

Shunga  ko‘ra,  ushbu  muhim  protsessual  faoliyatning  asosida  jinoyat 

ishini  tergov  qilish  chog‘ida  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  isbotlash 

vazifasining  predmeti  bo‘lgan  –  jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir 

etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  aniqlashi  shartligi  majburiyati 

yotadi. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror dalillarni to‘plashi 

hamda  kerakli  tergov  harakatlarini  amalga  oshirishlari,  sud  esa  ana  shu 

dalillarni  har  tomonlama,  to‘liq  va  xolisona  tekshirishi  va  o‘z  ichki 

ishonchiga tayanib baholashi lozim. Ushbu vazifani lozim darajada amalga 

oshirmaslik  jinoyat  ishining  prokuror  yoki  sud  tomonidan  qo‘shimcha 

tergovga qaytarilishi kabi protsessual sanksiyaga duchor bo‘lishi mumkin. 

Aniqlangan  holatlar  bo‘yicha  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tegishli 

davlat  organiga,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organiga,  jamoat 

birlashmasiga,  jamoaga  yoki  mansabdor  shaxsga  jinoyatning  sababini  va 

uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  bataraf  qilish 

choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi, sud esa shu haqda ajrim 

chiqarishi lozim.  

Taqdimnoma jinoyat ishini tergov qilish faoliyatini amalga oshirishda 

surishtiruvchining,  tergovchining,  prokurorning,  shuningdek  sudning 

jinoyatlarni  oldini  olish  borasidagi  profilaktik-huquqiy  vazifalarini 

bajarishdagi  asosiy  protsessual  vosita  hamda  sud  tomonidan  yana  sud 

muhokamasining  tarbiyaviy  ahamiyatini  oshirish  borasidagi  faoliyati 

hisoblanadi.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

297-moddasiga  binoan,  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  jinoyat  ishini 

tergov qilish chog‘ida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishga imkon 


371 

 

bergan  shart-sharoitlarni  aniqlab  chiqib,  tegishli  davlat  organiga, 



fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organiga,  jamoat  birlashmasiga, 

jamoaga  yoki  mansabdor  shaxsga  ana  shu  sabab  va  shart-sharoitlarni 

bartaraf qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomani kiritishi lozim 

va taqdimnomaning nusxasi ishga qo‘shib qo‘yiladi. 

 Mazkur  modda  taqdimnomaning  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror 

tomonidan  qaysi  vaqtda  kiritish  lozimligini  tartibga  solmasa-da,  lekin 

amaliyotda bunday taqdimnoma jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovning 

yakunlash  bosqichida  kiritiladi.  Lekin  taqdimnoma  jinoyat  ishini  tugatish 

yoki  ishning  prokurorga  yuborishga  qadar  kiritilishi  joiz.  Shuningdek, 

jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar 

jinoyat ishini yakunlash bosqichigacha isbotlangan bo‘lsa yoxud kelgusida 

shunday jinoyatlarni oldini olish uchun zudlik bilan tegishli choralar ko‘rish 

zaruriyati  mavjud  bo‘lgan  hollarda,  taqdimnoma  ishni  dastlabki  tergovda 

yuritishning boshqa bosqichlarida ham kiritilishi mumkin.  

Jinoyatning  sodir  etilishiga,  unga  olib  kelgan  sabablar  hamda  uning 

sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlar  muhim  hisoblanadi.  Ularni 

shartli uch guruhga ajratish mumkin:  

1) ayblanuvchi shaxsning o‘zining ijtimoiy xavfli ekanligi;  

2) shaxsning shakllanish shart-sharoitlari;  

3) jinoyatni sodir etish sharoitlari. 

 Birinchi  guruh  ayblanuvchining  shaxsiga  oid  xususiyatlar  doirasida 

aniqlanadi.  Ikkinchi  guruh  voyaga  yetmagan  shaxslarga  nisbatan 

yuritiladigan  jinoyat  ishlarida  aniqlanadi.  Uchinchi  guruh  esa,  deyarli 

barcha  jinoyat  ishlarida  aniqlanadi.  Bunga:  jinoyatning  sodir  etilishini 

yengillashtirgan,  uning  sodir  etilishiga  yoki  og‘irroq  oqibatning  kelib 

chiqishiga sabab bo‘lgan holatlarni kiritish mumkin.  

Qonunda  taqdimnomaning  mazmuni  to‘g‘risida  biron-bir  talablar 

bildirilgan  bo‘lmasa-da,  lekin  unda  jinoyatning  sodir  etilishiga  qanday 

holatlar  sabab  bo‘lganligi,  unga  qanday  shart-sharoitlar  imkon  berganligi 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  ko‘rsatilishi  hamda  ushbu  sabab  va  shart-

sharoitlarni bartaraf qilishda qanday choralarni ko‘rish zarurligi ko‘rsatilishi 

kerak.  Shu  bilan  birga,  taqdimnomada  aybsizlik  prezumpsiyasi  prinsipiga 

zid bo‘lgan xulosalar qilmaslik lozim. Taqdimnoma tegishli davlat organi, 

fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki 

mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning natijasida ko‘rilgan 

choralar  haqida  surishtiruvchiga,  tergovchiga,  prokurorga  xabar  berilishi 

lozim.  Taqdimnoma  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 


372 

 

kodeksining 299-moddasiga binoan bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqilishi 



kerak. 

Taqdimnoma agar unga yo‘llangan javob ishni prokurorga yoki sudga 

yuborguncha  qadar  kelib  tushgan  bo‘lsa,  uning  javobi  ham  ishga  qo‘shib 

qo‘yiladi.  Agar  taqdimnoma  yuzasidan  ko‘rilgan  choralarni  aks  ettirgan 

javob  ishning  prokurorga  yoki  sudga  yuborilganidan  keyin  kelgan  bo‘lsa, 

surishtiruvchi,  tergovchi  uni  ishga  qo‘shib  qo‘yish  uchun  tegishincha 

prokurorga yoki sudga yuborishi mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

11.3. Sudning jinoyat sabablarini va uning sodir  

etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni  

bartaraf qilish faoliyati 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  298-

moddasi  sud  zimmasiga  jinoyat  ishini  ko‘rish  jarayonida  jinoyatning 

sabablari  va  uning  sodir  etilishga  imkon  bergan  shart-sharoitlar 

aniqlangandan  keyin  sud  xususiy  ajrim  chiqarib,  unda  tegishli  davlat 

organlaridan,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlaridan,  jamoat 

birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab 

va  shart-sharoitlarni  bartaraf  etish  choralarini  ko‘rish  majburiyatini 

yuklaydi.  

Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni  bartaraf  qilish  zaruriyati  mavjud  degan  to‘xtamga  kelsa,  sud 

Jinoyatning sodir etilishiga, unga olib 

kelgan sabablar hamda uning sodir 

etilishiga imkon bergan shart-

sharoitlarning shartli turlari:

 

ayblanuvchi shaxsining 



ijtimoiy xavfli ekanligi 

shaxsning shakllanish 

shart-sharoitlari

 

jinoyatni sodir etishga 



sabab bo‘lgan shart-

sharoitlari 



373 

 

hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi. Hukm kabi 



xususiy ajrim ham sud tomonidan maslahatxonada chiqariladi.  

Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi ajrim sudda aniqlangan ma’lumotlar 

asosida  qabul  qilinadi  hamda  u  dastlabki  tergov  davrida  surishtiruvchi, 

tergovchi, prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomaga bog‘liq emas.  

Sud xususiy ajrimda tegishli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi 

boshqarish  organlari,  jamoat  birlashmalari  yoki  mansabdor  shaxslardan 

jinoyatning  sodir  etilishiga  sabab  bo‘lgan  va  shart-sharoit  yaratgan 

holatlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishni talab qiladi.  

Amaliyotdan  misol:  Toshkent  shahri  qurilish  kollejining  voyaga  yetmagan  1-kurs  talabalari 

Tolmasov, Valiyev, Nodirovlar o‘g‘irlik jinoyatini sodir etadilar. Dastlabki tergovda jinoyatni sodir 

bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlar o‘rganilgan, lekin uni oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilmagan. Sud 

muhokamasi  bosqichida  hukm  bilan  birga  tuman  xalq  ta’limi  bo‘limi  nomiga  xususiy  ajrim 

chiqarilgan. Lekin xususiy ajrim umumiy tarzda yozilganligi uchun, sudga javob xati yo‘llanmagan. 

Sudning  xususiy  ajrimi  ham,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual 

kodeksining 

297-moddasidagi 

surishtiruvchining, 

tergovchining,  prokurorning  taqdimnomasi  kabi  asoslantirilgan  bo‘lishi 

lozim.  Unda  asosiy  e’tibor:  a)  jinoyatning  sodir  etilishiga  sabab  bo‘lgan 

holatlarga  (ya’ni  sud  tomonidan  aniqlangan  dalillarga  havola  qilish);  b) 

mazkur holatlarni  bartaraf qilishda qanday aniq  choralar ko‘rish kerakligi 

masalalariga qaratilishi lozim. 

Xususiy  ajrim  sud  majlisining  zalida  hukm  e’lon  qilinganidan  keyin 

o‘qib eshittiriladi.  

Xususiy ajrim tegishli organ yoki mansabdor shaxsga ijro etish uchun 

yuboriladi. Xususiy ajrimning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  299-moddasiga  muvofiq  tegishli  davlat 

organlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  jamoat 

birlashmalari, jamoalar hamda mansabdor shaxslar uchun majburiydir. 

 

Taqdimnoma_va_xususiy_ajrimlarni_bajarish_majburiyati'>11.4. Taqdimnoma va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati  

Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-

sharoitlarni  bartaraf  qilish  to‘g‘risidagi  taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrim 

yuborilgan  davlat  organi,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi, 

jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko‘rishi 

va ko‘rilgan choralarning natijalari to‘g‘risida kechi bilan bir oylik muddat 

ichida  tegishincha  surishtiruvchini,  tergovchini,  prokurorni  yoki  sudni 

xabardor qilishi shart. 

Taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrim  bajarilmagan  yoki  vijdonan 

bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari 


374 

 

qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi (O‘zbekiston Respublikasi 



Jinoyat-protsessual kodeksi 299-modda). 

Mazkur  talab  konstitutsiyaviy  asosga  ega  bo‘lib,  O‘zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida sud hokimiyatining aktlari 

barcha  davlat  organlari,  jamoat  uyushmalari,  korxonalari,  muassasalari, 

tashkilotlari,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun  majburiy  ekanligi 

ta’kidlanadi.  Shu  bois,  sud  hokimiyatining  ijtimoiy-huquqiy  mavqeyi 

bevosita u qabul qiladigan aktlarning imperativ xususiyatga ega ekanligiga 

ham bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib, jinoyatning sabablarini va uning sodir 

etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  bartaraf  qilish  to‘g‘risidagi 

taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrim  ham  imperativ  xarakterga  ega.  Ularni 

bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xususan, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksning 

181-moddasi  sudning  xususiy  ajrimini  (qarorini)  bajarmaganlik  uchun 

ma’muriy  javobgarlikni;  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining 

232-moddasi  sud  aktlarini  bajarmaganlik  uchun  jinoiy  javobgarlikni 

nazarda tutadi.  

Taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrimni  olgandan  keyin  davlat  organi, 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki 

mansabdor shaxs quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 1) taqdimnomada 

ko‘rsatilgan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan 

shart-sharoitlarni  bartaraf  qilish  borasida  tegishli  choralarni  ko‘rish;  2) 

taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrim  yuborgan  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokurorga yoki sudga ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar yuborish. 

Mazkur modda nazarda tutadigan muhim qoidalardan biri - jinoyatning 

sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni 

barataraf etish choralarini ko‘rish  muddati hisoblanadi. Ushbu muddat bir 

oy qilib belgilangan bo‘lib, shu muddat ichida davlat organi, fuqarolarning 

o‘zini  o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki  mansabdor 

shaxs  taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrimda  ko‘rsatilgan  jinoyatning  sodir 

etilishiga  olib  kelgan  sabab  va  shart-sharoitlarni  bartaraf  etish  choralarini 

ko‘rishi lozim. Agar jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-

sharoitlarni  bartaraf  etish  choralari  uzoqroq  muddatni  yoxud  ko‘plab 

tashkiliy-ma’muriy,  moliyaviy-iqtisodiy,  huquqiy,  axloqiy-ma’naviy 

masalalarni hal qilishni talab qiladigan bo‘lsa, davlat organi, fuqarolarning 

o‘zini-o‘zi  boshqarish  organi,  jamoat  birlashmasi,  jamoa  yoki  mansabdor 

shaxs  ko‘rilayotgan  choralar  hamda  ko‘rilishi  nazarda  tutilgan  choralar 

haqida  surishtiruvchini,  tergovchini,  prokurorni  va  sudni  xabardor  qiladi. 

Belgilangan  muddat  ichida  taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrim  yuzasidan 



375 

 

surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga xabar yuborilmaganligi 



yoxud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-

sharoitlarni  bartaraf  etish  choralarining  ko‘rilmaganligi  dastlabki  tergov 

organlarining, prokurorning qonuniy talablari va sudning akti bajarilmagan 

deb  hisoblanib,  qonunda  nazarda  tutilgan  javobgarlikni  keltirib  chiqarishi 

mumkin. 

Amaliyotdan 

misol: 

Toshkent 



shahrida 

joylashgan 

davlat 

korxonalaridan  birida  bosh  hisobchi  lavozimida  faoliyat  yuritayotgan 



fuqaro Farxodov tomonidan davlat mulki o‘zlashtirilganligi fakti bo‘yicha 

prokuratura  organi  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atdi  hamda  dastlabki  tergovda 

tergovchi  tomonidan  jinoyat  sodir  etishda  ayblanayotgan  Farxodovni 

lavozimdan bo‘shatish to‘g‘risida korxona rahbariga taqdimnoma kiritildi.  

Taqdimnoma  yoki  xususiy  ajrimni  bajarmaslik  tushunchasining  ikki 

shaklini  anglash  mumkin.  Bular:  1)  taqdimnomani  yoki  xususiy  ajrimni 

bajarmaganlik;  2)  ularni  vijdonan  bajarmaganlikdir.  Taqdimnomani  yoki 

xususiy  ajrimni  bajarmaganlik  tushunchasi  ushbu  huquqiy  aktlarda  qayd 

etilgan talablarni qasddan bajarmaslikni nazarda tutadi. 

Taqdimnoma yoki xususiy ajrim kiritiladigan tashkilot va shaxslar: 

-

 



davlat organlari

-

 



fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 

-

 



jamoat birlashmalari; 

-

 



jamoalar; 

-

 



mansabdor shaxslar. 

Taqdimnomani  yoki  xususiy  ajrimni  vijdonan  bajarmaganlik  esa, 

surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki sudning jinoyatning sabablarini 

va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  bartaraf  etish 

choralarini  ko‘rishda  beparvolikka,  yuzakillikka  yo‘l  qo‘yish  oqibatida 

ularning  talablarini  lozim  darajada  bajarilmaganligi  tushunilishi  lozim. 

Taqdimnomada  yoki  xususiy  ajrimda  qo‘yilgan  talablarni  lozim  darajada 

bajarmaganlik jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabablarni va shart-

sharoitlarni  bartaraf  etishning  samarali  choralari  ko‘rilmaganligida  ham 

namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, taqdimnomani yoki 

xususiy ajrimni bajarmaganlik yoki ularni vijdonan bajarmaganlik qonunda 

belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. 

 

 

 



376 

 

11.5. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi 



to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish 

 

Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy 



ajrim  chiqarish  yo‘li  bilan  tegishli  korxona,  muassasa  va  tashkilot 

rahbariyati va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro 

yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi 

to‘g‘risida  xabardor  qilishi  mumkin  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 300-moddasi).  

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi fuqarolarga 

Konstitutsiya va qonunlarni, insonlarning huquq, erkinligi,  sha’ni va qadr-

qimmatini hurmat qilish majburiyatini yuklaydi. 

Mana shu norma talablari har bir fuqaroning qonunlarga so‘zsiz rioya 

qilish  majburiyati  bilan  birga,  qonun  talablarini  buzgan  yoki  buzayotgan 

shaxslarning  harakatlarini  oldini  olish  burchini  ham  yuklaydi.  Shu  bois 

fuqarolar jinoyatning sodir etilishini oldini olishda, jinoyat sodir etilganda 

uning  holatlarini  aniqlab  olish,  aybdorlarni  qidirish  va  fosh  etish, 

shuningdek jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan shart-

sharoitlarni  aniqlash  uchun  davlat  organlariga  ko‘mak  berishlari  lozim. 

Ushbu qoida jinoyat ishlari yurituvida ijtimoiy burchini namunali bajargan 

mana  shunday  fuqarolarni  rag‘barlantirishning  aynan  protsessual 

vositalaridan biri hisoblanadi. Shunday holatlar mavjud bo‘lganda jinoyatni 

oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat 

ko‘rsatgan  yoxud  ijtimoiy  burchini  namunali  bajargan  shaxslarni  ular 

ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoani xabardor 

qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror – taqdimnoma, sud esa 

xususiy ajrim chiqarishi mumkin.  

Agar  jinoyatning  oldini  olish  yoki  uni  fosh  etishda  yuksak  onglilikni 

namoyon  qilgan,  jasorat  ko‘rsatgan  yoxud  ijtimoiy  burchini  namunali 

bajargan  shaxs  ishlamaydigan  yoki  vaqtincha  ishsiz  bo‘lsa,  surishtiruvchi 

tergovchi,  prokuror  –  taqdimnoma,  sud  esa  xususiy  ajrim  chiqarish  yo‘li 

bilan  mana  shu  shaxs  yashaydigan  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish 

organini xabardor qilishi mumkin.  

Jinoyatning  oldini  olish  yoki  uni  fosh  etishda  yuksak  onglilikni 

namoyon  qilgan,  jasorat  ko‘rsatgan  yoxud  ijtimoiy  burchini  namunali 

bajargan  shaxslar  to‘g‘risidagi  taqdimnomaning  yoki  xususiy  ajrimning 

qat’iy shakli o‘rnatilgan bo‘lmasa-da, lekin ularda sodir etilgan jinoyatning 

holatlari,  fuqaroning  namunali  xatti-harakatlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar 

aks  etishi  lozim.  Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  protsessual 


377 

 

aktda  jinoyatning  oldini  olish  yoki  uni  fosh  etishda  yuksak  onglilikni 



namoyon  qilgan,  jasorat  ko‘rsatgan  yoxud  ijtimoiy  burchini  namunali 

bajargan  shaxsni  aniq  shaklda  rag‘barlantirish  masalasini  qo‘yishga  haqli 

emas.  Bu  masala  mazkur  shaxs  ishlaydigan  korxona,  muassasa  yoki 

tashkilotning rahbariga tegishli ma’muriy-tashkiliy masala hisoblanadi.  

Mazkur  protsessual  tartib  dispozitiv  xarakterga  ega  bo‘lib, 

surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud – xususiy ajrim 

chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va 

jamoasini  jinoyatning  oldini  olish  yoki  uni  fosh  etishda  fuqaro  yuksak 

onglilik,  jasorat  ko‘rsatgani,  ijtimoiy  burchini  namunali  bajarganligi 

to‘g‘risida  xabardor  qilish  majburiyatiga  ega  emas.  Biroq  jinoyat-

protsessual qonunchiligining 2-moddasida belgilangan vazifalarini samarali 

amalga  oshirishda  jinoyatning  oldini  olish  yoki  uni  fosh  etishda  yuksak 

onglilikni  namoyon  qilgan,  jasorat  ko‘rsatgan  yoxud  ijtimoiy  burchini 

namunali  bajargan  shaxslarni  rag‘barlantirish  vositalaridan  foydalanish 

zururiy protsessual harakatdir. 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling