Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
(muallif –yuridik fanlar nomzodi T.N.Tillaev)
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqaroviy da’voning predmeti
- Jinoyat protsessida yetkazilgan zararni qoplash shakli
- Da’vo
(muallif –yuridik fanlar nomzodi T.N.Tillaev)
jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo va jinoyat natijasida yetkazilgan zarar tushunchasi va turlari, uni qoplashning protsessual tartibi va shartlari, fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishning huquqiy oqibatlari, mulkiy ziyon subyektlari va predmeti to‘g‘risida zaruriy bilim va ko‘nikmalar shakllantirishga xizmat qiladi. 10.1. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo tushunchasi va predmeti Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jinoyat protsessida shaxs huquqlarini har tomonlama e’tirof etish va himoya qilishga qaratilgan, inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etishga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Konstitutsiyaning 53-moddasiga binoan xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkdan mahrum etilishi mumkinligi huquqiy tartibga solingan. Yuqoridagi konstitutsiyaviy qoida jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoiy jazolar tizimidan mol-mulkni musodara qilishning chiqarilganida ham namoyon bo‘ldi 28 .
Shu bilan birga, sodir etilgan jinoyat nafaqat qonun bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga, shu jumladan, inson manfaatlariga ham ma’lum darajada zarar yetkazadi. Zarar moddiy, jismoniy yoki ma’naviy shakllarda namoyon bo‘ladi. Umume’tirof etilgan prinsiplarga asosan yetkazilgan zarar qoplanishi yoki bartaraf etilishi lozim. Bu vazifa fuqarolik huquqidagi zarar instituti, jinoyat protsessida jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash instituti orqali amalga oshiriladi. Jinoyat-protsessual kodeksining beshinchi bo‘limida tartibga solingan jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash mexanizmida fuqaroviy da’vo instituti muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 275-moddasida qayd etilganidek, jinoyat protsessida jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki
28 O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 254-II-sonli 2001-yil 29-avgustdagi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, 9-10 (1305-1306)-son. – 165-modda.
352
uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’volar ko‘riladi. Moddiy zararni undirishning eng oddiy va shu bilan birga samarali usuli restitutsiya hisoblanadi. “Restitutsiya” so‘zi lotin tilidan (Restitutio) tarjima qilinganda, “tiklash”, “avvalgi, dastlabki holatga qaytish” degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atamadan asosan fuqarolik va xalqaro huquqda keng foydalaniladi, ammo u jinoyat-protsessual munosabatlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Restitutsiya jinoyat protsessida jinoyatdan moddiy zarar ko‘rgan jabrlanuvchining jinoyat sodir bo‘lguniga qadar mavjud bo‘lgan mulkiy holatining qayta tiklanishini ifodalaydi. Masalan, shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida qayd etilgan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, boshqa fuqaroning uyidan qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketganligi va ushbu jinoyatning ochilishi natijasida qimmatbaho taqinchoqlar qonuniy egasiga qaytarilganligi restitutsiyaga yaqqol misol bo‘la oladi. Lekin, o‘g‘irlangan buyum o‘z egasiga qaytarilishining imkoni bo‘lmagan taqdirda, qoidaga ko‘ra, moddiy zararni undirish fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish shaklida amalga oshiriladi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo tushunchasini ta’riflashda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyon va jismoniy zararni undirish – buning uchun maxsus vakolat berilgan mansabdor shaxslar va organlarning rasmiy faoliyati ekanligi hisobga olinishi lozim. Yetkazilgan mulkiy ziyon va jismoniy zararni fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan undirish faoliyati bunday da’vo taqdim etish va qabul qilish, shaxsni fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish, taqdim etilgan da’vodagi talablarni asoslash, ularni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar qabul qilish v.h.larni o‘z ichiga oladi. Ushbu faoliyat fuqaroviy da’vogarlar, fuqaroviy javobgarlar va ularning vakillarining jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov va sud muhokamalarida faol ishtirokini talab qiladi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voning mohiyatini belgilab olish uchun, avval “da’vo” tushunchasining mohiyatini anglab olish zarur bo‘ladi. “Da’vo” asli arabcha so‘z bo‘lib, o‘z haq-huquqini himoya etish haqida sud orqali yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘yilgan talab tushuniladi. Shuningdek, zamonaviy huquqda da’vo (lot. “actio” – da’vo, “actionare” – sud muhofazasini izlash) barcha sud ish yurituvlari uchun xos bo‘lgan turdosh tushuncha hisoblanadi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo - bevosita jinoyat tufayli yoki aqli 353
noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida moddiy, jismoniy yoki ma’naviy zarar ko‘rgan shaxsning, uning qonuniy vakili yoxud uning manfaatlari asosida prokurorning aybdorga yoki moddiy javobgar shaxsga nisbatan yetkazilgan moddiy va jismoniy zararni qoplash uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud muhokamasi jarayoni tugaguniga qadar bildiriladigan va jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan hal qilinishi lozim bo‘lgan talabidir. Demak, jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo jinoyatdan jabr ko‘rgan shaxslarning subyektiv fuqarolik huquqlarini muhofaza qilishning eng keng tarqalgan va asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo ma’naviy zararni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi e’tiborga loyiqdir. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7–sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9–bandida tushuntirishlar bilan bayon etib berilgan. Jinoyat protsessidagi fuqaroviy da’vo ikki jihat, ya’ni moddiy va protsessual huquqiy tabiatga ega. Uning moddiy tabiati – keng ma’noda fuqaroviylik hisoblansa, protsessual tabiati – jinoyat-protsessualdir. Uning moddiy tabiati da’vogar va javobgar o‘rtasida vujudga kelgan munozarali moddiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarga ega moddiy huquq sohasi bilan belgilanadi. Bunda da’vogar javobgarga nisbatan talabini protsessual shaklda, moddiy-huquqiy talab sifatida amalga oshiradi. Jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo esa jinoyat protsessida qo‘zg‘atilib, hal etilganligi bois, tabiiyki, uning protsessual tabiati faqat jinoyat-protsessual holatni ifodalaydi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo o‘z mohiyatiga ko‘ra undirish to‘g‘risidagi da’vo hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, fuqaroviy da’vo mohiyatiga ko‘ra fuqaroviy da’vogarning moddiy huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi talabi bo‘lib, u javobgarga emas, balki sudga yo‘naltirilgan bo‘ladi, shu sababli da’vo ishini javobgarga nisbatan emas, balki javobgarga qarshi qo‘zg‘atish to‘g‘risida va undan yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida bo‘ladi.
354
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo boshqa da’volar singari ikkita element – predmet va asosga ega. Ular ish bo‘yicha isbot qilinishi kerak bo‘lgan faktlar doirasini belgilash va bu bilan tergov organlari hamda sudning muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash, da’vo bo‘yicha qonuniy va asoslangan qaror chiqarishga yordam beradi.
ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida sudga taqdim etilgan moddiy-huquqiy talabdir. Zararni undirish to‘g‘risidagi talab sudga qadar bosqich, shuningdek jinoyat protsessining boshqa bosqichlari bilan cheklanmaydi, balki sud Jinoyat protsessida yetkazilgan zararni qoplash shakli Dastlabki tergov hamda sud muhokamasiga jinoyat ishi yuzasidan fuqaroviy da’voni taqdim etish Da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy huquqqa asoslangan talabidan iborat bo‘lgan moddiy-huquqiy qism hamda moddiy- huquqni ro‘yobga chiqarish shakli va tartibidan iborat bo‘lgan protssesual qism
Huquqiy nizo xususiyatida da’vogar talab etadigan sud himoyasining turiga ko‘ra da’voning turlari Kimningdir foydasiga hal qilish, ya’ni buzilgan huquqni tiklash to‘g‘risidagi da’volar yoki ijro etish da’volari Da’vogarning nizoga sabab bo‘lgan huquqni e’tirof etish yoki javobgarning huquqi yo‘qligini e’tirof etish to‘g‘risidagi da’volar, ya’ni aniqlovchi da’volar
355
hukmining fuqaroviy da’voga oid qismi ijro etilishi bilan yakunlanadi. Jismoniy zarar shaxsning hayotdan mahrum etilishida, unga tan jarohati yetkazilishida va sog‘lig‘iga zarar yetishida o‘z ifodasini topadi. Jinoyat tufayli fuqaroning, korxonaning, muassasaning yoki tashkilotning mulkiy holatlariga zarar yetishi moddiy zararni keltirib chiqaradi. Ammo, shu bilan birga, moddiy zarar jinoyat tufayli mulkning o‘ziga moddiy zarar yetmagan holatlarda ham, masalan, jismoniy shikast olgan jabrlanuvchi o‘z mehnat qobiliyatini qisman yo‘qotishi oqibatida maoshining ma’lum ulushidan mahrum bo‘lganida yoki uning qonuniy vakili uning davolanishi uchun dori-darmonga xarajat qilganida, protez sotib olganida, ko‘mish marosimlari va boshqa shu kabilarga sarflagan xarajatida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Jinoyat tufayli vafot etgan shaxsning mehnatga layoqatsiz oila a’zolari yoki voyaga yetmagan farzandlarini boqish uchun ketadigan xarajatlar ham fuqaroviy javobgardan undiriladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jinoyat tufayli yetkazilgan zarar moddiy va nomoddiy shakllarda o‘z ifodasini topadi. Bunda shuni tan olish kerakki, nomoddiy zarar oqibatlarini son (pul) ekvivalentida o‘lchash, belgilash va ularni qoplashda bir qator qiyinchiliklar uchraydi. Masalan, jinoiy qilmish tufayli (bezorilik, tuhmat, haqorat va h.) insonga etkaziladigan jismoniy va ma’naviy azoblarning miqdorini moddiy jihatdan qanday belgilash mumkin? Bevosita mulkiy zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilganda, ya’ni o‘g‘rilik, bosqinchilik, firibgarlik kabi harakatlarda tajovuz obyekti mavjud bo‘lib, bunda yetkazilgan mulkiy zararni o‘lchash va baholash, demakki, qoplash mumkin bo‘ladi. Ushbu jinoiy harakatlar birinchi navbatda mulkka yo‘naltirilgan bo‘ladi, shuning uchun ham jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning qiymatini belgilashda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Insonning hayoti va sog‘ligiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyatlar jismoniy jihatdan zarar yetkazadi, shuning uchun ham ularni bevosita undirishning imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Ammo tan olish kerakki, jabrlanuvchining sarf qilgan moddiy xarajatlarini hisoblab, ularning ham miqdorini aniqlash mumkin bo‘ladi. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdori va xususiyatlarini belgilab berish sud, prokuror, tergovchi va surishtiruv organlarining vazifasi hisoblanadi. Sud tomonidan nafaqat yetkazilgan zararning miqdori va xususiyatlari belgilab beriladi, balki zararning to‘liq hajmda undirilishi uchun barcha choralar ko‘riladi. Da’voning asosini yuridik faktlar tashkil etadi, fuqaroviy da’vogar esa 356
ulardan o‘zining talablarini shakllantiradi, qonun fuqaroviy da’vogar va ayblanuvchi (fuqaroviy javobgar) o‘rtasida huquqiy munosabatlar yuzaga kelishini ular bilan bog‘laydi. Bunday faktlarga quyidagilar kiradi: jinoyat sodir bo‘lishi; fuqaroviy da’vogar tomonidan moddiy zararning mavjudligi; jinoyat va zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. Quyidagi muayyan protsessual asoslarning mavjudligi da’voni jinoyat ishi bilan birga ko‘rib chiqishning zarur sharti hisoblanadi: jinoyat ishining mavjudligi; jinoyat ishiga fuqaroviy da’vo taqdim etish; xuddi shu taraflar o‘rtasida, xuddi shu predmet va asoslar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud qarorining yoki fuqaroviy da’vogarning da’vodan voz kechganligini qabul qilish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida sud ajrimining mavjud emasligi; fuqaroviy da’vogarning fuqaroviy protsessual muomala layoqatiga egaligi. Fuqaroviy da’vo bo‘yicha ishni yuritish jinoyat protsessining bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab va asoslarning mavjud emasligi jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqish va hal qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 276-moddasi 2-qismida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan: fuqaroviy da’vo jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 277-moddasiga asosan, fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi da’voni qo‘zg‘atgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy da’vogarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqish va hal qilish bilan bog‘liq jarayonni ikki bosqichga ajratish zarur: – sudga qadar ish yurituv davrida fuqaroviy da’voni ta’minlash; – sud muhokamasida fuqaroviy da’voni hal etish. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 276–278- moddalari mazmunidan ko‘rinib turibdiki, fuqaroviy da’vo yuzasidan ish yuritish surishtiruvchi, tergovchining jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida o‘zini mulkiy zarar ko‘rgan deb hisoblovchi shaxsdan da’vo arizasini olish bilan boshlanadi. Mulkiy zarar ko‘rgan shaxs o‘z huquqlarini amalga oshirib, fuqaroviy da’voni 357
qo‘zg‘atadi. Faqat ana shunday holatda fuqaroviy da’vo masalasida protsessual munosabatlar vujudga keladi. Surishtiruvchining, tergovchining shaxsni fuqaroviy da’vogar sifatida tan olib chiqargan qarori mazkur bosqichdan keyingi huquqiy munosabatlar uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, sudga qadar bo‘lgan tergov jarayonida fuqaroviy da’voga xos asosiy holat jinoyat tufayli moddiy zarar ko‘rgan jabrlanuvchi yoki boshqa shaxs tomonidan da’vo qo‘zg‘atilgan vaqt hisoblanadi. “Jabrlanuvchi” va “fuqaroviy da’vogar” tushunchalarining protsessual ahamiyatini taqqoslab aytish mumkinki, yuridik shaxs ishda faqat fuqaroviy da’vogar sifatida ishtirok etishi mumkin, jismoniy shaxs esa ham fuqaroviy da’vogar, ham jabrlanuvchi sifatida ishtirok etadi. Jabrlanuvchi moddiy (mulkiy), jismoniy yoki ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida ariza taqdim etar ekan, fuqaroviy da’vogarga aylanadi va har ikkala subyektning huquqlariga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 56-moddasiga ko‘ra, fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 57-moddasi 3- qismiga ko‘ra, ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi. Shunday qilib, u ikkita protsessual funksiyani bajaradi. Ammo shuni nazardan qochirmaslik lozimki, jabrlanuvchi va da’vogar ayblov tomonning vakillari hisoblanib, jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qilsalar-da, ularni tenglashtirib bo‘lmaydi. Ularning har biri jinoyat protsessining mustaqil ishtirokchilari bo‘lib, o‘zlariga tegishli huquq va majburiyatlarga egadirlar, ammo bu ikki subyekt ba’zan bir shaxs sifatida ham ishda ishtirok etadi. Ko‘pincha bunday holat jinoyat protsessida jismoniy shaxslarning da’volari ko‘rib chiqilayotganida uchraydi. Shu sababli, jabrlanuvchi fuqaroviy da’vogarning aynan o‘zi emasmi, ularning bir-biridan asosiy farqi nimada degan yoki aksincha, sudlanuvchi bir vaqtda fuqaroviy javobgar sifatida ishga jalb qilinadimi degan haqli savol tug‘iladi? Masalan, shaxs
Agar fuqaroviy da’voni taqdim etish bilan bog‘liq protsessual asos mavjud bo‘lmasa, jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritish
358
boshlanmaydi. Agar jinoyat ishida da’vo taqdim etilmagan bo‘lsa, mulkiy ziyonni undirish masalasini boshqa ko‘rinishda hal qilishga ruxsat etiladi. Da’vo talablari og‘zaki tarzda ifodalanishi va jabrlanuvchini so‘roq qilish bayonnomasiga qayd etilishi yoki yozma shaklda bildirilishi va tergovchi tomonidan ish materiallariga tikib qo‘yilishi mumkin. Da’vo talablarining yozma shaklda bildirilishi va da’vo arizasi taqdim etilishi maqsadga muvofiq. U faqat jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar bitta shaxs bo‘lmagan holatlarda, ya’ni da’vo voyaga yetmaganlarning, fuqaroviy protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda protsessual muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb tan olingan shaxslarning, shuningdek biror sabab tufayli o‘zining huquqi va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olmaydigan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bunday shaxslarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha da’vo ularning qonuniy vakili yoki prokuror tomonidan, davlat manfaatlarini himoya qilishda esa, prokuror tomonidan taqdim etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 279- moddasiga asosan, prokuror fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atishi yoki qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlashi yoxud basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini, yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etilsa, da’voga qarshi e’tiroz bildirishi shart.
Jinoyat ishini yuritishda fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqishning yana bir protsessual asosi - Jinoyat-protsessual kodeksida fuqaroviy da’voning jinoyat ishi bilan birga ko‘rib chiqilishi talab etilmasligi bilan bog‘liq. Jinoyat tufayli zarar ko‘rgan shaxsning xohishiga ko‘ra da’vo fuqarolik sudi ish yuritish tartibida ham arz qilinishi mumkin. Ammo, agar da’vo fuqarolik sudiga berilgan va sud uni qondirishni rad qilgan bo‘lsa, da’vogar ushbu da’vo bilan ikkinchi marta arz qilish huquqidan mahrum bo‘ladi. Dispozitivlik tamoyiliga muvofiq da’vogar da’vodan voz kechishi mumkin. Javobgar da’voni tan olish huquqiga ega. Taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tugatishlari mumkin. Agar fuqarolik ishida da’vogar o‘z da’vosidan voz kechsa yoki javobgar bilan kelishuv bitimi tuzsa va bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi mavjud bo‘lsa, u jinoyat protsessida yana da’vo bilan arz qilish huquqiga ega emas. Demak, da’vogarning da’vodan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan holat bo‘lib xizmat qiladi. Bu da’voni qondirish to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga ham taalluqlidir.
359
O‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxsga yetkazilgan har qanday zarar undirilishi lozim. Jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirish esa jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo ko‘rinishida amalga oshiriladi va u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 33-bobida bevosita ko‘zda tutilgan. Fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishda zararni undirish asoslari, shart- sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq aniqlanadi. Boshqa soha qonun hujjatlarida belgilangan da’vo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy da’voga nisbatan qo‘llanilmaydi. Da’vodan voz kechishning qabul qilinishi da’vo bo‘yicha ish yuritishni tugatishga asos bo‘ladi va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy da’vogarni o‘sha shaxsga xuddi shu asos bilan da’voni qayta qo‘zg‘atish huquqidan mahrum qiladi. Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash yoki sodir etgan qilmishning xususiyatiga va o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra shaxs ijtimoiy xavfli bo‘lmagan hollarda bunday chorani qo‘llamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi va da’vo hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 283- moddasiga asosan, sud oqlov hukmini chiqarayotganida, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganida fuqaroviy da’voni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi, basharti: 1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan bo‘lsa; 2) sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yo‘qligi aniqlangan bo‘lsa; 3) sudlanuvchining yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan bo‘lsa.
360
Sudlanuvchi tomonidan sodir
etilgan qilmish
jinoyat deb
topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa asoslarga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish tugatilganda sud da’voning isbotlanish darajasi va hajmini e’tiborga olib, uni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi. Da’voning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chorasi tayinlashga ta’sir etmasa, fuqaroviy da’voni qanoatlantirishda sud da’vo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir. Biroq jinoyat protsessida qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo qanoatlantirilmagan taqdirda da’vogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar bo‘yicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqidan mahrum bo‘ladi. Fuqaroviy da’voni ko‘rib chiqishda o‘zaro kelishuv bitimi tuzilishi ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 282- moddasida ta’kidlanganidek, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning da’voni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy da’vogar, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud
fuqaroviy javobgarning o‘zaro kelishganlik to‘g‘risidagi arizasi fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy da’voga doir holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling