Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


DA’VODAN  VOZ  KECHISH  –


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

DA’VODAN  VOZ  KECHISH  –  fuqaro  yoki  yuridik  shaxs  o‘zi  taqdim 

etgan  fuqaroviy  da’vodan  voz  kechish  huquqiga  ega.  Agar  da’vodan  voz 

kechish haqida yozma tarzda bildirilgan bo‘lsa, ariza ishga tikiladi. Da’vodan 

voz  kechish  to‘g‘risidagi  ariza  jinoyat  ishining  istalgan  paytida  tergovchi 

tomonidan  qabul  qilinadi.  Da’vodan  voz  kechish  to‘g‘risidagi  ariza  sud 

majlisining  istalgan  paytida,  lekin  sud  hukm  chiqarish  uchun  maslahat 

xonasiga chiqib ketgunga qadar, sud tomonidan qaror chiqargan holda qabul 

qilinishi  mumkin.  Da’vodan  voz  kechish  qabul  qilingandan  so‘ng  da’vo 

bo‘yicha ish to‘xtatiladi. 


421 

 

DAVLAT AYBLOVI – jinoyat protsessida ayb e’lon qilish, ya’ni jinoyat 

qonuni  bilan  taqiqlangan  qilmishni  aniq  bir  shaxs  tomonidan  sodir 

qilinganlik isbotlanganligini jinoiy ta’qib organining rasmiy tasdiqlashi. 



DAVLAT  AYBLOVCHISI  –  davlat  ayblovini  qo‘llab-quvvatlovchi 

mansabdor shaxs. 



DALIL  –  taraflarning  talablari  va  e’tirozlarini  asoslaydigan  holatlar 

mavjudligi yoki  mavjud emasligini sud va boshqa organlarning qonunda 

belgilangan  tartibda  aniqlashiga  asos  bo‘ladigan  har  qanday  faktik 

ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa 

holatlar bo‘yicha dalil hisoblanadi. 

DALILIY ASHYOLAR, HUJJATARNI TALAB QILIB OLISH – bu 

daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotni uning manbasidan isbot qilish 

subyektiga talab qilib olish hisoblanadi. 

DALILLAR  TAQDIM  QILISH  –  har  bir  taraf  o‘zining  talablari  va 

e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Sud qanday 

holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri 

isbotlashi  kerakligini  aniqlaydi,  hatto  taraflar  bu  holatlarni  dalil  qilib 

keltirmagan  bo‘lsalar  ham,  ularni  muhokamaga  qo‘yadi.  Dalillar  taraflar 

va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar  tomonidan  taqdim  etiladi.  Sud 

ularga  qo‘shimcha  dalillar  taqdim  qilishni  taklif  etishi  mumkin.  Agar 

qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa 

shaxslar  uchun  qiyinchilik  tug‘dirsa,  sud  ularning  iltimosnomasiga  ko‘ra 

dalillar to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi.  



DALILLARGA  BAHO  BERISH  –  sud  dalillarga  ishning  hamma 

holatlarini  jamlab,  ularni  sud  majlisida  qonunga  amal  qilgan  holda,  har 

taraflama,  to‘liq  va  xolis  ko‘rib  chiqish  asosida  ichki  ishonch  bo‘yicha 

baho  beradi.  Har  bir  dalil  ishga  daxldorligi,  maqbulligi  va  ishonchliligi 

nuqtayi  nazaridan,  dalillarning  hammasi  esa,  yetarli  darajada  to‘plangan 

yoki  to‘planmaganligi  nuqtayi  nazaridan  baholanishi  lozim.  Agar 

tekshirish  natijasida  dalilning  haqiqatga  to‘g‘ri  kelishi  aniqlansa,  u 

ishonchli deb e’tirof etiladi. Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab 

qo‘yilgan kuchga ega emas. 

DALILLARNI  BAHOLASH  -  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va 

sudning ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama 

va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga 

amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari negizidagi faoliyatidir. 



DALILLARNI 

BAHOLASH 

– 

sudya, 



prokuror, 

tergovchi, 

surishtiruvchining fikrlash, mantiq bilan bog‘liq faoliyati bo‘lib, u shundan 

iboratki,  ular  ishdagi  barcha  holatlarni  sinchkovlik  bilan,  to‘la,  har 



422 

 

tomonlama  va  xolisona  ko‘rib  chiqishga  asoslangan  holda  qonunga  va 



huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari negizida isbotlash 

predmetiga  kiradigan  holatlarni  aniqlash  uchun  har  bir  dalilning  ishga 

aloqadorligi,  maqbulligi  va  ishonchliligi  hamda  ular  yig‘indisi  yetarliligi 

haqida ishonch hosil qiladilar. 



DALILLAR  MAQBULLIGI  deganda,  dalilni  qonunda  belgilangan 

manbadan,  faqat  vakolatli  shaxslar  tomonidan  olish  usullari  hamda  qayd 

etish nuqtayi nazaridan tavsiflovchi sifat tushuniladi. 

DALIL  MAZMUNINING  ISHONCHLILIGI  (ya’ni,  undagi  haqiqiy 

ma’lumotlarning voqelikka  muvofiqligi) to‘liq, so‘zsiz  ishonchga egaligi 

e’tirof etilgan taqdirda u ishonchli hisoblanadi. 

DALILLARNI  QAYD  ETISH  –  ashyoviy  dalillarni  muhrlash  va 

qadoqlash,  ovozli  va  videoyozuv  yoki  fotosuratga  olish,  shuningdek 

aniqlangan  narsalarni  xolislarga  ko‘rsatish,  daliliy  ahamiyatga  ega 

ma’lumotlarni  tergov  harakatlari  bayonnomalari  orqali  qayd  etish  va 

mustahkamlash. 

DALILLARNI TEKSHIRISH – jinoyat ishi holatlarini to‘g‘ri aniqlash 

uchun  haqiqiy  ma’lumotlarning  ishonchliligini  hamda  ular  olingan 

manbalarning  sifatini  sinchkovlik  bilan,  har  tomonlama  va  xolisona 

aniqlash  bo‘yicha  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sudning 

faoliyatidir. 

DALILLARNI  TO‘PLASH  –  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  sud 

tomonidan  daliliy  axborotni  topish,  talab  qilib  olish,  qabul  qilib olish  va 

protsessual  qayd  etishga  hamda  qonunda  nazarda  tutilgan  protsessual 

harakatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. 



DALILLARNING 

ALOQADORLIGI, 

MAQBULLIGI 

VA 

ISHONCHLILIGI  –  dalillar  belgilangan  tartibda  to‘plangan  va  jinoyat 

qonunchiligida  nazarda  tutilgan  shartlarga  muvofiq  bo‘lsagina,  ular 

maqbul deb e’tirof etiladi. Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi 

aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi. 



DASTLABKI SUD MUHOKAMASI – prokuror, advokat va boshqa ish 

natijasidan  manfaatdor  taraflar  ishtirokida  ayblanuvchini  sudga  berish 

bilan bog‘liq masalalar muhokamasi. 

DASTLABKI TERGOV – jinoyat protsessining bir bosqichi hisoblanadi. 

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan boshlanib, uni sudga yuborish bilan bog‘liq 

dastlabki tergov organlarining protsessual faoliyati. 

DASTLABKI  TERGOV  jarayonida  ish  bo‘yicha  dastlabki  xulosalarga 

kelinadi  va  so‘ngra  jinoyat  ishi  sudda  ko‘rib  chiqiladi.  Dastlabki  tergov 



423 

 

jarayoniga  jinoyat  sodir  etilganligini  aniqlash,  ayblanuvchi  yoki 



ayblanuvchilarni  qidirish  va  ularning  jinoyatlarini  oshkor  qilish,  jinoyat 

natijasida  yetkazilgan  zararni  qoplash  choralarini  ko‘rish  va  yangi 

jinoyatlarni oldini olishdan iborat ishlar kiradi. 

DASTLABKI  TERGOV  ORGANLARI  –  ichki  ishlar,  prokuratura  va 

milliy  xavfsizlik  xizmati  organlarining  tergovchilari  tomonidan  amalga 

oshirilishi mumkin. 

DASTLABKI  TERGOVNING  UMUMIY  SHARTLARI  –  dastlabki 

tergov  organlari  va  prokurorlar  tomonidan  dastlabki  tergovni  amalga 

oshirish  jarayonida  protsessining  barcha  ishtirokchilariga  taalluqli,  rioya 

etishi  shart  bo‘lgan  protsessual-huquqiy  ta’riflanuvchi,  davlatning 

majburlov kuchi bilan ta’minlangan imperativ xususiyatga ega normativ-

huquqiy talablar tizimidir. 



DASTLABKI  TERGOVNI  QAYTA  TIKLASH  –  to‘xtatilgan  jinoyat 

ishi  bo‘yicha  dastlabki  tergovni  to‘xtatish  uchun  asos  bo‘lgan  holatlar 

bartaraf etilganda va qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish zaruriyati 

tug‘ilganda qayta tiklanadi. 



DASTLABKI 

TERGOVNI 

TO‘XTATISH– 

jinoyat-protsessual 

qonunchilikka  binoan  tergovchi,  prokurorning  qarori  bilan  to‘xtatilgan 

jinoyat  ishlari  bo‘yicha  tergovchi,  prokurorning  protsessual  faoliyati, 

jinoyat sodir etgan shaxs aniqlangunga qadar va yashiringan ayblanuvchi 

qidirib  topilgungacha  yoki  qonunda  belgilangan  boshqa  holatlar  bartaraf 

etilgunga  qadar  jinoyat  ishini  yuritishni  amalga  oshirib  bo‘lmasligi 

tushuniladi. 



DASTLABKI  TERGOVNI  TO‘XTATISHNING  SHARTLARI  - 

tergovchi  tomonidan  ish  yuritishga  to‘sqinlik  qiladigan  asoslarning 

vujudga kelishi orqali jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorning qabul 

qilinishi bilan bir paytda mavjud bo‘lishi talab etiladigan holatlardir. 



DASTLABKI TERGOV MUDDATI - jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan 

boshlab uch oy. 



DASTLABKI  TERGOVNING  MUDDATINI  UZAYTIRISH  – 

qonunda  belgilangan  asoslar  mavjud  bo‘lganida  va  tartibda  tegishli 

vakolatga  ega  bo‘lgan  prokurorning  dastlabki  tergovni  amalga  oshirish 

muddatini uzaytirishi. 



 



 

424 

 

EHTIYOT  CHORASI  -  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  surishtiruvdan, 

dastlabki  tergovdan  va  suddan  bo‘yin  tovlashining  oldini  olish;  uning 

bundan  buyongi  jinoiy  faoliyatining  oldini  olish;  uning  ish  bo‘yicha 

haqiqatni  aniqlashga  xalal  beradigan  urinishlariga  yo‘l  qo‘ymaslik; 

hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. 



EHTIYOT  CHORASI  SIFATIDA  QAMOQQA  OLISH  -  Jinoyat 

kodeksida  uch  yildan  ortiq  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish 

tariqasidagi  jazo  nazarda  tutilgan  qasddan  sodir  etilgan  jinoyatlarga  doir 

hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida 

besh  yildan  ortiq  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo 

nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi. 



EKSPERTIZA – (lotincha “response” – “javob”; “expertus” – “tajribali, 

tajribadan  biluvchi”)  mutaxassis  yoki  mutaxassislar  guruhi  tomonidan  u 

yoki bu sohada malakali yechim talab qilinadigan masalalarni o‘rganish. 

EKSPERT – xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida 

maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida 

tayinlangan jismoniy shaxs. 

EKSPERT  XULOSASI  –  sud  eksperti  yoki  sud  ekspertlari  komissiyasi 

tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va 

natijalarini aks ettiradigan yozma hujjatdir. 

EKSPERT 

XULOSASINI 

BAHOLASH 

–  ekspert  xulosasi 

surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud  tomonidan  ish  bo‘yicha  to‘plangan 

boshqa  dalillar  bilan  birgalikda  uning  ilmiy  asoslanganligi  va  ekspertiza 

o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi 

nuqtayi nazaridan baholanadi. 

EKSPERTIZA  OBYEKTI  –  o‘zida  daliliy  ma’lumot  saqlovchi, 

ekspertga tadqiqot uchun yuboriladigan predmetdir. 



EKSPERTIZA PREDMETI – bu maxsus bilimlar asosida aniqlanadigan 

faktik  ma’lumotlar  (faktlar,  jinoyat  holati)  bo‘lib,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  172-moddasi  asosida  shunday 

xulosaga kelish mumkin. 



EKSPERTIZA  TADQIQOTI  USULLARI  –  bu  muayyan  ketma-

ketlikda  tanlab  qo‘llaniladigan  ekspertiza  maqsadiga  erishish  yo‘lidagi 

tegishli yo‘l-yo‘riqlar tizimi hisoblanadi. Demak, ekspertiza usuli deganda, 

ilmiy  asoslangan  usullar  tizimini  va  texnik  vositalarni  (apparatura, 

moslama, qurilmalar) tushunish lozim. Ekspertiza usuli – ilmiy asoslangan 

va maxsus obyektlarni o‘rganishga va sud ekspertizasi predmeti borasida 

yuzaga  keladigan  savollarni  hal  qilishga  qaratilgan  usul  bo‘lib,  har  bir 


425 

 

ekspertiza turi usuli o‘ziga xosdir hamda o‘rganilayotgan obyektlar tabiati 



va sud, tergovchi oldiga qo‘yilgan savollar doirasi bilan aniqlanadi. 

EKSPERTIZA TAYINLASH TO‘G‘RISIDAGI QAROR (AJRIM) – 

ekspertiza  tayinlash  to‘g‘risida  surishtiruvchi,  tergovchi  qaror,  sud  esa 

ajrim  chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan sabablar; 

ekspertizaga  yuborilayotgan  ashyoviy  dalillar  va  boshqa  obyektlar, 

ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish 

materiallari  bo‘yicha  ekspertiza  o‘tkazishda  esa  ekspert  xulosasi 

asoslanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; 

ekspertiza  muassasasining  nomi  yoki  ekspertiza  o‘tkazish  topshirilgan 

shaxsning familiyasi ko‘rsatilishi lozim. 

EKSPERTIZA  TAYINLASH  UCHUN  ASOSLAR  –  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  172-moddasiga  muvofiq,  ish 

uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at 

yoki  kasb  sohasi  bo‘yicha  bilimi  bo‘lgan  shaxs  o‘tkazadigan  maxsus 

tekshirish orqali olish mumkin bo‘lgan holatlar. 

EKSPERTIZA  TEKSHIRUVI  OBYEKTLARI  –  ashyoviy  dalillar, 

ekspert tekshiruvi  uchun namunalar,  boshqa  moddiy  obyektlar,  murdalar 

va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek ekspertiza  o‘tkazilayotgan ish 

materiallari tekshirish obyektlari bo‘lishi mumkin. 



EKSPERTIZA  O‘TKAZISHDA  MAJBURLOV  CHEGARASI  – 

murakkab  tibbiy  tekshiruv  usullaridan,  shuningdek  kuchli  og‘riq  berish 

bilan  bog‘liq  usullardan  majburiy  foydalanishga  faqat  ekspertiza 

o‘tkazilayotgan  shaxsning  roziligi  bilan  yo‘l  qo‘yiladi.  Basharti  bunday 

shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan yoki ruhiy kasal bo‘lsa, ekspertiza uning 

qonuniy vakili, vasiy yoki homiysining roziligi bilan amalga oshiriladi. 



EKSPERTIZA  XULOSASINI  BERISHNING  ILOJI  YO‘QLIGI 

TO‘G‘RISIDAGI  HUJJAT  –  agar  ekspert  qo‘yilgan  savollarni  uning 

maxsus  bilimlari  asosida  hal  qilish  mumkin  bo‘lmasligiga  yoki  unga 

taqdim 

etilgan 


tekshirish 

obyektlarining 

yoxud 

materiallarning 



yaroqsizligiga  yoki  xulosa  berish  uchun  yetarli  emasligiga  va  ularni 

to‘ldirib  bo‘lmasligiga  yoxud  fan  va  sud-ekspertlik  amaliyotining  holati 

qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil 

qilsa,  u  xulosa  berishning  iloji  yo‘qligi  to‘g‘risida  asoslantirilgan  hujjat 

tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi. 

EKSPERTNI SO‘ROQ QILISH – ekspertning xulosasi yetarli darajada 

aniq  bo‘lmay,  kamchiliklarini  to‘ldirish  uchun  qo‘shimcha  tekshirish 

o‘tkazishga  zarurat  bo‘lmasa  yoki  ekspert  foydalangan  usullarga  aniqlik 

kiritish  zarur  bo‘lib  qolsa,  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud  ekspertni 



426 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  98-108-



moddalarida  nazarda  tutilgan  qoidalarga  rioya  etgan  holda  so‘roq  qilish 

huquqiga  ega.  Ekspert  faqat  o‘zi  tomonidan  berilgan  xulosa  va  shaxsan 

o‘tkazgan  ekspert  tekshiruvlari  yuzasidan  so‘roq  qilinishi  mumkin. 

Ekspertni u xulosa berguniga qadar so‘roq qilish taqiqlanadi. 



 



 

FUQAROVIY  DA’VOGAR  –  bevosita  jinoyat  tufayli  yoki  aqli  noraso 

shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida moddiy, jismoniy yoki ma’naviy 

zarar ko‘rgan shaxs. 

FUQAROVIY  DA’VONING  ASOSI  –  yuridik  faktlarning  yig‘indisi, 

fuqaroviy da’vogar esa ulardan o‘zining talablarini shakllantiradi. Bu faktlar: 

jinoyat  sodir  bo‘lishi;  fuqaroviy  da’vogar  tomonidan  moddiy  zararning 

mavjudligi; jinoyat va zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish. 



FUQAROVIY  JAVOBGAR  –  ayblanuvchi  tomonidan  yoki  ijtimoiy 

xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan  yetkazilgan zarar 

uchun  qonunga  ko‘ra  jalb  qilingan  mulkiy  javobgar  shaxs,  korxona, 

muassasa yoki tashkilot. 



FUQARONING MUOMALA LAYOQATI– fuqaroning o‘z harakatlari 

bilan  fuqarolik  huquqlariga  ega  bo‘lish  va  ularni  amalga  oshirish,  o‘zi 

uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. U 

voyaga  yetgach,  ya’ni  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lgach  to‘la  hajmda  vujudga 

keladi. 

FUQARONING HUQUQ LAYOQATI – barcha fuqarolarning fuqarolik 

huquq  va  burchlariga  ega  bo‘lish  layoqati.  Fuqaroning  huquq  layoqati  u 

tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. 

 



GAROV  -  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  ularning  qarindoshlari,  boshqa 

fuqarolar  yoki  yuridik  shaxslar  tomonidan  dastlabki  tergov  organi  yoki 

sudning  depozit  hisob  varag‘iga  topshi-riladigan  pul  mablag‘i  yoki 

qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida ko‘chmas mulk ham 

qabul qilinishi mumkin. 

GUVOH  –  jinoyat  sudlov  ishlari  yuritishning  ishtirokchisi  sifatida 

qonunga  muvofiq,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  biror 

holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs. 


427 

 

GUVOH  –ishga  doir  biror  holatdan  xabardor  bo‘lgan  har  qanday  shaxs 

guvoh  bo‘la  oladi.  Ammo  vakil  yoki  himoyachi  vazifalarini  bajarishlari 

munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida - fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  vakillar  yoki  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  himoyachilar; 

jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki 

ular  haqida  to‘g‘ri  ko‘rsatuv  berishga  layoqatsiz  shaxslar  bundan 

mustasno. 



GUVOHLANTIRISH  –  guvohlantirish  tergov  harakati:  1)  odamning 

badanidagi  ish  uchun  ahamiyatga  molik  xususiyat  yoki  alomatlarni, 

alohida 

belgilarni, 

uning 

jismoniy 



rivojlanganligi 

to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni,  dog‘larni,  tirnalgan,  shilingan,  qontalash  joylarni  topish 

zarurati tug‘ilgan hollarda (agar buning uchun ekspertiza o‘tkazish lozim 

bo‘lmasa); 

2)  ekspertiza  o‘tkazishni  talab  qilmaydigan  usullarni  qo‘llash  yo‘li  bilan 

shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan 

hollarda o‘tkaziladi. 



GUVOHNING ADVOKATI – belgilangan tartibda guvohning huquqlari 

va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam 

ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. 

GUVOHNING ADVOKATI – guvohning advokati belgilangan tartibda 

guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga 

zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Jinoyat 

ishida  taraflar  manfaatini  himoya  qilayotgan  shaxs  mazkur  ish  bo‘yicha 

guvohning advokati bo‘lishi mumkin emas. 

GUMON – jinoyat to‘g‘risida taxmin va tusmollarga asoslangan, ayb e’lon 

qilish  uchun  yetarli  bo‘lmagan  ma’lumot  yoki  shu  ko‘rinishdagi  boshqa 

xabar. 

GUMON  QILINUVCHI  –  jinoyat  sodir  etgani  to‘g‘risida  ma’lumotlar 

bor  bo‘lsa-da,  bu  ma’lumotlar  uni  ishda  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok 

etishga jalb qilish uchun yetarli bo‘lmagan shaxs. 

GUMON QILINUVCHINI USHLAB TURISH – militsiya yoki boshqa 

surishtiruv  organining  xodimi,  shuningdek  muomalaga  layoqatli  har 

qanday  shaxs  qonunda  belgilangan  asoslar  mavjud  bo‘lgan  taqdirda, 

jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilingan  shaxsni  ushlash  va  yaqin  oradagi 

militsiya  muassasasiga  yoki  huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organga 

olib kelish. 



 

 

 

428 

 



HAQIQATNI  ANIQLASH  PRINSIPI  –  jinoyat  protsessining  asosiy 

prinsiplaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun 

faqat  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda  topilgan,  tekshirilgan  va 

baholangan  ma’lumotlardan  foydalanish  mumkin  bo‘lib,  ish  bo‘yicha 

isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  barcha  holatlar  sinchkovlik  bilan,  har 

tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqilishi  kerak.  Ishda  yuzaga 

keladigan  har  qanday  masalani  hal  qilishda  ayblanuvchini  yoki 

sudlanuvchini  ham  fosh  qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning 

javobgarligini  ham  yengillashtiradigan,  ham  og‘irlashtiradigan  holatlar 

aniqlanishi va hisobga olinishi lozim 



HARBIY 

XIZMATCHINING 

XULQ-ATVORI 

USTIDAN 

QO‘MONDONLIK  KUZATUVI  -  ayblanayotgan  muddatli  harbiy 

xizmatchi yoki o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  qarori  yoki  sudning  ajrimi 

bo‘yicha  harbiy  qism,  qo‘shilma,  harbiy  muassasa,  harbiy  o‘quv  yurti 

qo‘mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin. Qo‘mondonlik kuzatuvi 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  va  ayblanuvchining  munosib  xulq-

atvorda bo‘lishini ta’minlaydigan choralarni ko‘rishdan iborat. 

HODISA  SODIR  BO‘LGAN  JOYNI  KO‘ZDAN  KECHIRISH  – 

aynan  ana  shu  joyda  jinoyat  sodir  etilganligi  yoki  uning  izlari  borligi 

haqida  ma’lumotlar  bo‘lgan  taqdirda  o‘tkaziladigan  ko‘zdan  kechirish 

tergov harakatining bir turi. 



HUDUDIY TERGOVGA TEGISHLILIK - dastlabki tergovning jinoyat 

qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar)da yuritilishi. 



HUKM  –  birinchi  instansiya  yoki  apellyatsiya  instansiya  sudining 

sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi, unga nisbatan jazo tayinlash 

yoki uni jazodan ozod qilish haqidagi qaroridir. 

HUKMNI  BEKOR  QILISH  YOKI  O‘ZGARTIRISH  ASOSLARI  – 

apellyatsiya,  kassatsiya  yoki  nazorat  tartibida  hukmni  bekor  qilish  yoki 

o‘zgartirish mumkin bo‘lib, ushbu harakatlar uchun asoslar quyidagilardir: 

sud tergovining to‘liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi; hukmda 

bayon  qilingan  sud  xulosalari  ishning  haqiqiy  holatlariga  muvofiq 

emasligi;  Jinoyat-protsessual  kodeksi  normalarining  jiddiy  buzilganligi; 

Jinoyat  kodeksi  normalarining  noto‘g‘ri  qo‘llanilganligi;  jazoning 

adolatsizligi.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling