Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53

Protsessual  chiqimlar  –  jinoyat  ishlari  yurituvini  amalga 

oshirayotgan  subyektlar  (surishtiruv,  dastlabki  tergov,  sud)  va  boshqa 

protsess ishtirokchilarining jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquqiy 

munosabatlarni  jinoiy  buzilishi  va  uning  holatlarini  aniqlash  bo‘yicha 

jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirishga oid hamda jinoyat sodir 

etishda aybdor deb topilgan shaxsdan va (yoki) jinoyat sud ishida ishtirok 

etayotgan  boshqa  shaxslardan,  alohida  hollarda  esa,  davlatdan 

undiriladigan xarajatlari. 



405 

 

o‘tkaziladigan  joyga  kelib  ketish,  turar  joyni  ijaraga  olish  xarajatlarini 



qoplash  uchun,  shuningdek  sutkalik  xarajat  puli  tariqasida  beriladigan 

summadan; 

2)  doimiy  ish  haqi  olmaydigan  jabrlanuvchilarga  va  ularning 

vakillariga,  guvohlarga,  xolislarga  ularni  odatdagi  mashg‘ulotidan 

chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summadan; 

3)  ekspertlarga,  tarjimonlarga,  mutaxassislarga  ular  surishtiruv, 

dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan 

haqdan,  ana  shu  vazifalar  xizmat  topshirig‘i  tartibida  bajarilgan  hollar 

bundan mustasno; 

4)  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  50-

moddasiga  muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik 

yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan; 

5)  ashyoviy  dalillarni  saqlash  va  jo‘natish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 

summasidan; 

6)  ekspertiza  muassasalarida  ekspertiza  o‘tkazish  uchun  sarflangan 

summadan; 

7)  shaxslarni  ushlash,  majburiy  keltirish  va  qidirish  uchun  qilingan 

xarajatlardan; 

8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi. 

Jinoyat  ishlarini  ko‘rib  chiqish  va  tergov  qilish  bilan  bog‘liq 

xarajatlarni  ularning  mazmuni  va  protsessual  qonunchilikda  belgilangan 

qoplash  tartibidan  kelib  chiqqan  holda  shartli  ravishda  ikki  guruhga 

ajratishimiz mumkin:  

a)  kompensatsiya  ko‘rinishidagi  to‘lovlar  –  ishtirokchilar  sarflagan 

xarajatlarni qoplash uchun ularga to‘lanadigan pul mablag‘i; 

b)  benefitsiar  ko‘rinishdagi  to‘lovlar  –  jinoyat  sud  ish  yurituvi 

jarayonidagi o‘z majburiyatlarini bajarganligi uchun to‘lanadigan mukofot 

puli tariqasidagi pul mablag‘i.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  2009  yil  24 

noyabrdagi  “Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  protsessual  chiqimlarni  undirish 

amaliyoti  to‘g‘risida”gi  13-son  qaroriga  binoan  protsessual  chiqimlarga 

tegishli boshqa xarajatlar deganda, jinoyat ishi bo‘yicha bevosita shaxsning 

aybdorligiga  doir  dalillarni  to‘plash  va  tekshirish  yuzasidan  surishtiruv, 

tergov  organlari  va  sudlar  tomonidan  qilingan  sarf-xarajatlar  tushuniladi. 

Boshqa  xarajatlarga,  jumladan,  tergov  eksperimenti  yoki  ekspertiza 

o‘tkazish chog‘ida buzilgan yoki yo‘q qilingan narsalar qiymatini qoplash; 

jinoyat ishini alohida ish yurituvga ajratish; tanib olish uchun ko‘rsatilgan 


406 

 

shaxslar  (ayblanuvchilardan  tashqari)  xarajatlarini  qoplash  bilan  bog‘liq 



sarflar kiritilishi mumkin

31



Ayni  paytda  esa,  mazkur  Qarorga  ko‘ra  quyidagilar  jinoyat  ishlari 

bo‘yicha protsessual chiqimlarga kirmaydi: 

 

guvoh,  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar  va 



ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi 

va  jamoat  himoyachisi  tariqasida  chaqiriladigan  shaxsning  surishtiruv, 

tergov  organlari,  prokuror  yoki  sudga  chaqirilganligi  bilan  bog‘liq  vaqt 

uchun  ularning  ish  joyida  qonunga  ko‘ra  saqlanib  qoluvchi  o‘rtacha  ish 

haqi;  



 



ekspert, mutaxassis, tarjimonga u surishtiruv, dastlabki tergov yoki 

sudda  o‘z  vazifalarini  bajarganligi  uchun  to‘lanadigan  haq,  basharti  bu 

vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilganda

 



mazkur ishni surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudda yuritish 

bilan bog‘liq devonxona va pochta xarajatlari. 

Jabrlanuvchilarga  va  ularning  vakillariga,  guvohlarga,  ekspertlarga, 

mutaxassislarga,  tarjimonlarga,  xolislarga  ularning  protsessual  harakatlar 

o‘tkaziladigan  joyga  kelib  ketish,  turar  joyni  ijaraga  olish  xarajatlarini 

qoplash  uchun,  shuningdek  sutkalik  xarajat  puli  tariqasida  beriladigan 

summa;  doimiy  ish  haqi  olmaydigan  jabrlanuvchilarga  va  ularning 

vakillariga,  guvohlarga,  xolislarga  ularni  odatdagi  mashg‘ulotidan 

chalg‘itganlik  uchun  to‘lanadigan  summa;  ekspertlarga,  tarjimonlarga, 

mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini 

bajarganligi  uchun  to‘lanadigan  haq,  ana  shu  vazifalar  xizmat  topshirig‘i 

tartibida  bajarilgan  hollar  bundan  mustasno;  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  50-moddasiga  muvofiq  sudlanuvchi 

to‘lovdan  ozod  qilingan  taqdirda  yuridik  yordam  ko‘rsatganlik  uchun 

himoyachiga 

to‘lanadigan 

haq 

surishtiruvchining, 



tergovchining, 

prokurorning  qarori  yoki  sudning  ajrimiga  muvofiq  byudjet  mablag‘lari 

hisobidan to‘lanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Guvohlar,  jabrlanuvchilar,  ekspertlar, 

mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi 

va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra surishtiruv organiga, tergovchi, 

prokuror  huzuriga  yoki  sudga  chaqiriladigan  guvohlar,  jabrlanuvchilar, 

ekspertlar,  mutaxassislar,  tarjimonlar  va  xolislarga  o‘z  turar  joyidan  shu 

chaqirilgan yerga kelish va bu yerdan qaytib ketish xarajatlari korxonalar, 

                                                           

31

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  2009-yil  24-noyabrdagi  “Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  protsessual 



chiqimlarni  undirish  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  13-son  Qarori  //  yO‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining 

Axborotnomasi. 2009-yil.  



407 

 

muassasalar  va  tashkilotlarning  xodimlariga  xizmat  safariga  borish  va 



qaytish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.  

Guvohlar,  jabrlanuvchilar,  ekspertlar,  mutaxassislar,  tarjimonlar  va 

xolislar  o‘zlarining  doimiy  yashash  joylaridan  tashqaridagi  surishtiruv 

organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqirilganda va ular shu 

chaqirilgan joyda bir sutkadan ortiq turishlari lozim bo‘lganda, ularga turar 

joy binosini ijaraga olganlik uchun qilingan xarajatlar va sutkalik xarajatlar, 

shuningdek  xizmat  safari  bilan  bog‘liq  qo‘shimcha  xarajatlar  korxonalar, 

muassasalar  va  tashkilotlar  xodimlarining  xizmat  safari  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  xarajatlarni  qoplash  uchun  belgilangan  tartibda  va  miqdorda 

to‘lanadi.  

Ekspertlar,  mutaxassislar  bajargan  ish  uchun  eng  kam  ish  haqiga 

nisbatan  -  ishning  bir  soatiga  0,015  -  0,020  koeffitsienti  bo‘yicha  haq 

to‘lanadi.  

Tarjimonlar  yozma  tarjimaga  -  har  1000  bosma  (qo‘lyozma)  belgi 

uchun eng kam ish haqiga nisbatan - 0,010 - 0,015 koeffitsienti bo‘yicha haq 

oladilar. 

Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari 

o‘tkazadigan so‘roqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar 

eng kam ish haqiga nisbatan - ishning bir soatiga 0,015 - 0,020 koeffitsienti 

bo‘yicha haq oladilar.  

Ekspertlar,  mutaxassislar  va  tarjimonlar  bajargan  ishlari  uchun 

surishtiruv  yoki  dastlabki  tergov  organlarining  qaroriga  yoxud  sudning 

ajrimiga binoan haq oladilar.  

Bu  haqning  miqdori  ekspert,  mutaxassis  yoki  tarjimonni  chaqirgan 

idora  tomonidan  ularning  malakasi  va  ishning  murakkabligi,  shuningdek 

bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2008-yil  20-

iyundagi “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat 

hisobidan  haq  to‘lash  mexanizmini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  137-son  qarorida  fuqaroni  yuridik  yordam  ko‘rsatilganligi 

uchun  haq  to‘lashdan  ozod  qilish  to‘g‘risida  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokurorning  qarori,  sudning  ajrimi  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki 

sudlanuvchiga  advokat  tomonidan  yuridik  yordam  ko‘rsatish  bo‘yicha 

xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish uchun asos hisoblanishi; oilasida har 

bir  oila  a’zosiga  to‘g‘ri  keladigan  yalpi  oylik  daromad  yuridik  yordam 

ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish  to‘g‘risida qaror (ajrim) 

qabul  qilingan  kundagi  eng  kam  oylik  ish  haqining  1,5  baravaridan  ortiq 

bo‘lmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi 



408 

 

uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga o‘tkazilishi 



va  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  va  sudlanuvchi  himoyachidan  voz 

kechishi  bilan  bog‘liq  protsessual  harakatda  advokat  ishtirok  etishi 

hollarida,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi  52-moddasining  ikkinchi  qismiga  muvofiq  jinoyat  ishida 

himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik 

yordam  uchun  haq  to‘lash  bo‘yicha  xarajatlar  davlat  hisobiga  o‘tkazilishi 

belgilangan.  

Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan 

2008-yil 2-dekabrdagi 1878-son bilan ro‘yxatga olingan, Adliya vazirligi va 

Moliya vazirligi qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 

yoki  sudlanuvchiga  advokatlar  tomonidan  yuridik  yordam  ko‘rsatish 

bo‘yicha  xarajatlarni  davlat  hisobiga  o‘tkazish  tartibi  to‘g‘risida”gi 

Nizomda  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchiga  advokatlar 

tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga 

o‘tkazish tartibi belgilangan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  2009-yil  24-

noyabrdagi  “Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  protsessual  chiqimlarni  undirish 

amaliyoti  to‘g‘risida”gi  13-son  qarorida  protsessual  chiqimlarni  undirish 

masalalari yuzasidan sudlarga tushuntirish berib o‘tilgan

32



Guvoh  tariqasida,  shuningdek  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar, 

fuqaroviy  javobgar  va  ularning  vakillari,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon, 

xolis,  jamoat  ayblovchisi  va  jamoat  himoyachisi  tariqasida  chaqiriladigan 

shaxsning 

surishtiruvchiga, 

tergovchiga, 

prokurorga 

yoki 


sudga 

chaqirilganligi bilan bog‘liq butkul vaqt uchun ularning ish joyida o‘rtacha 

ish haqi saqlab qolinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasiga binoan, 

xodim  davlat  yoki  jamoat  vazifalarini  bajarayotgan  vaqtida  (saylov 

huquqini  amalga  oshirish,  deputatlik  vazifalarini  bajarish,  tibbiy-mehnat 

ekspertiza  komissiyasi  ishida  ishtirok  etish,  harbiy  burchni  bajarish, 

surishtiruv  organiga,  tergovchi,  prokuror  huzuriga  yoki  sudga  guvoh, 

jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, 

xuddi shuningdek sud  majlislarida xalq  maslahatchisi,  jamoat ayblovchisi 

va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili 

sifatida  ishtirok  etganda,  shuningdek  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa 

hollarda)  ish  beruvchi  uni  ish  joyini  (lavozimini)  saqlagan  holda  ishdan 

                                                           

32

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  2009-yil  24-noyabrdagi  “Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  protsessual 



chiqimlarni  undirish  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  13-son  qarori  //  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining 

Axborotnomasi. 2009-yil. 

 


409 

 

ozod  qilishi  shart  bo‘lib,  bunda  ana  shu  vazifalarni  bajarish  vaqtida 



xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 

Mehnat kodeksining 169-moddasida xodimga tegishli bo‘lgan o‘rtacha 

ish  haqini  hisoblab  chiqarish  tartibi  barcha  hollarda  (kafolatli  to‘lovlarni 

berish, ta’til vaqti uchun haq to‘lash, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda, 

zararni qoplashda, majburiy progul qilinganda va boshqa hollarda ish haqi 

to‘lash),  pensiya  tayinlash  uchun  o‘rtacha  ish  haqini  hisoblab  chiqarishni 

istisno etganda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanishi 

qayd etilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-

yil  11-martdagi  133-son  qarori  bilan  “Xodimlarning  davlat  yoki  jamoat 

vazifalarini  bajarishi,  shuningdek  ularning  jamiyat  manfaatlariga  doir 

harakatlar  qilishi  bilan  bog‘liq  kafolatli  to‘lovlarni  to‘lash  tartibi” 

tasdiqlangan. 

 

13.4. Protsessual chiqimlarni undirish tartibi 

 

Protsessual  chiqimlarni  undirish  tartibi  ham  Jinoyat-protsessual 



kodeksida  belgilangan  bo‘lib,  unga  binoan  protsessual  chiqimlar  Jinoyat-

protsessual kodeksida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, qoida tariqasida 

mahkumlardan  undiriladi  yoki  davlat  hisobiga  o‘tkaziladi.  Bunda  sud 

protsessual  chiqimlarni,  tarjimonga  to‘langan  summadan  tashqari, 

mahkumdan undirishga haqli. Protsessual chiqimlar jazodan ozod qilingan 

mahkum, shuningdek jazo tayinlanmagan mahkum zimmasiga yuklatilishi 

mumkin. Sud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning 

har  biridan  qancha  miqdorda  protsessual  chiqimlarni  undirish  lozimligini 

belgilab,  bu  holda  sud  aybning  og‘ir  yoki  yengilligini,  jinoyat  uchun 

javobgarlik darajasi va mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga oladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  1998-yil  11-

sentabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash 

masalasiga  doir  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  21-son  qarorida  ish  bo‘yicha 

bir  necha  shaxslar  aybli  deb  topilgan  taqdirda,  sud  xarajatlari  mahkumlar 

zimmasiga ulardan birining ayb darajasi va  mulkiy ahvoli inobatga olinib 

yuklatiladi

33



Protsessual  chiqimlarni  davlat  hisobiga  o‘tkazish  tartibiga  muvofiq, 



sudlanuvchi  oqlangan  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

                                                           

33

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  1998-yil  11-sentyabrdagi  “Jinoiy  harakatlar  oqibatida  yetkazilgan 



moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 21-son qarori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 

Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. – B.170. 



410 

 

kodeksining  83-moddasida  belgilangan  reabilitatsiya  asoslariga  ko‘ra  ish 



tugatilgan  taqdirda  protsessual  chiqimlar  davlat  hisobiga  o‘tkaziladi. 

Sudlanuvchi  bir  ayblov  bo‘yicha  oqlangan,  boshqa  ayblov  bo‘yicha  esa 

aybli  deb  topilgan  bo‘lsa,  sud  u  aybli  deb  topilgan  ayblov  bilan  bog‘liq 

protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi. 

Protsessual  chiqimlar  undirilishi  lozim  bo‘lgan  shaxsning  to‘lovga 

moddiy  imkoniyati  bo‘lmagan  taqdirda  chiqimlar  davlat  hisobiga 

o‘tkaziladi. Mahkumning protsessual chiqimni to‘lashi uning qaramog‘ida 

bo‘lganlarning moddiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, sud 

mahkumni  protsessual  chiqimlarning  hammasini  yoxud  bir  qismini 

to‘lashdan  ozod  etishga  haqli  bo‘lib,  mahkum  huquqiy  yordam  uchun 

to‘lovdan ozod etilgan taqdirda advokat mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq 

protsessual  chiqimlar,  shuningdek  tarjimonga  beriladigan  pullar  davlat 

hisobidan to‘lanadi. 

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sudga  qonunda  belgilangan 

tartibda  chaqirilgan  protsess  ishtirokchisining  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra 

kelmasligi  oqibatida  ishning  sudda  ko‘rilishini  yoxud  tergov  harakatlari 

o‘tkazishni  kechiktirish  bilan  bog‘liq  protsessual  chiqimlar  ana  shu 

kelmagan shaxsdan undiriladi. 

Jamoat birlashmasi yoxud jamoaga yuklatiladigan moddiy javobgarlik: 

 



advokat uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagani uchun tegishli advokatlar 

byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga;  

 

jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga ko‘ra 



kelmagani  uchun  tegishli  jamoat  birlashmasi  yoxud  jamoaga  yuklatilishi 

mumkin.


 

Sud  voyaga  yetmaganlarning  jinoyatlari  haqidagi  ishlar  yuzasidan 

protsessual chiqimlarni to‘lashni voyaga yetmaganning xulq-atvori ustidan 

tegishli  nazorat  yo‘qligida  aybi  bo‘lgan  taqdirda  voyaga  yetmagan 

mahkumning  ota-onasiga  yoki  ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslarga 

yuklashi mumkin. 

Jabrlanuvchining  shikoyati  bo‘yicha  qo‘zg‘atilgan  ish  yuzasidan 

sudlanuvchi oqlangan taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga 

sabab  bo‘lgan  shikoyatni  bergan  shaxsdan  to‘liq  yoki  qisman  undirishga 

haqlidir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2008-yil  12-

dekabrdagi  “Ruhiy  kasallikka  chalingan  shaxslarga  nisbatan  tibbiy 

yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash  bo‘yicha  sud  amaliyoti 


411 

 

to‘g‘risida”gi 23-son qarorida



34

 sud xarajatlari, jumladan, huquqiy yordam 

ko‘rsatganlik  uchun  haq  bunday  shaxslardan  Jinoyat-protsessual  kodeksi 

320-moddasiga  ko‘ra,  undirilmaydi  va  davlat  hisobidan  to‘lanishi 

belgilangan. 

 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

Ushbu  mavzuni  to‘liq  o‘zlashtirish  uchun  talabalar  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  tegishli  normalarini  hamda 

mavzuni  yoritish  doirasida  qayd  etilgan  tegishli  Oliy  sud  Plenumi 

qarorlarini,  shuningdek  protsessual  xarajatlarni  qoplash  tartibiga  oid 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  qabul  qilingan 

normativ-huquqiy hujjatlarni atroflicha o‘rganishlari lozim.  

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

1.

 



Protsessual muddatlar qonun bilan belgilangan vaqt oralig‘i bo‘lib, bu 

muddatda protsessual qarorlar va tergov harakatlari amalga oshiriladi yoki 

uni amalga oshirishdan tiyib turiladi. Protsessual chiqimlar jinoyat sudlov 

ishlarini  yurgizishda  sarf-xarajat  qilingan  pul  shaklidagi  chiqimlardir.  Bu 

chiqimlar  budjet  mablag‘lari  hisobidan  yoki  protsess  ishtirokchilaridan 

undiriladi.  2009-yil  24-noyabrdagi  Oliy  sud  Plenumining  “Jinoyat 



ishlari 

bo‘yicha 

protsessual 

chiqimlarni 

undirish 

amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  №13-sonli  qarorini  o‘rganish  va  uning  o‘z  kuchini 

yo‘qotgan  Oliy  Sud  Plenumining  1996-yil  20-dekabrdagi  “Fuqarolik 

ishlari  bo‘yicha  sud  xarajatlari  va  jinoyat  ishlari  yuzasidan  sud 

chiqimlarini  undirish  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarori  bilan  o‘zaro 

o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qiling.  

2.

 



Protsessual  muddat  jinoyat  protsessi  ishtirokchilarining  huquq  va 

majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  amalga  oshirishlariga  hamda  jinoyat  sudlov 

ishlarini  to‘la,  har  tomonlama  va  xolisona  yuritishlariga  xizmat  qiladi. 

Protsessual  muddatlar  qonun  bilan  yoki  qonun  doirasida  vakolatli 

mansabdor shaxslar tomonidan belgilanadi. Muddatlarni hisoblash dalillarni 

topish,  to‘plash  va  tekshirishda,  protsess  ishtirokchilarining  huquq  va 

qonuniy  manfaatlarini  muhofaza  qilishda,  protsessual  harakatlar  va 

qarorlarining  qonuniyligini  ta’minlashda  muhim  ahamiyatga  ega. 



Protsessual  muddatlarni  hisoblash,  uzaytirish  va  tiklash  tartibi 

                                                           

34

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2008-yil  12-dekabrdagi  “Ruhiy  kasallikka  chalingan  shaxslarga 



nisbatan  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash  bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  23-son  qarori// 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Axborotnomasi. 2008-yil. 

 


412 

 

qanday? Protsessual muddatlarni protsessual kafolat tariqasida tahlil 



qiling. 

1-kazus 

Tergovchi  tomonidan  dastlabki  tergov  31-dekabrda  qo‘zg‘atilgan 

jinoyat  ishi  bo‘yicha  dastlabki  tergovni  keyingi  yilning  1-aprel  sanasida 

tamomladi. U ayblov xulosasini imzolash va jinoyat ishini sudga yuborish 

uchun jinoyat ishi materiallarini prokurorga yubordi. Prokuror jinoyat ishi 

bilan  tanishib,  tergovchi  tomonidan  dastlabki  tergov  muddatlari 

buzilganligini ko‘rsatdi.  

Prokurorning talabi qonuniymi? Protsessual muddatlar qay tartibda 

hisoblanadi? Ushbu holatda protsessual muddatlar talabi buzilganmi? Bu 

vaziyatning huquqiy oqibatlarini muhokama qiling.  

 

2-kazus 

Samarqand  viloyatidan  dastlabki  tergov  o‘tkazish  joyi  bo‘yicha 

Toshkent  shahriga  jabrlanuvchi  sifatida  jalb  qilingan  fuqaro  ikki  kun 

muddat  mobaynida  dastlabki  tergov  harakatlarida  qatnashdi.  Uning 

ishtirokida  jabrlanuvchini  so‘roq  qilish,  ashyolarni  ko‘zdan  kechirish, 

gumon  qilinuvchini  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  kabi  qator  tergov 

harakatlari  o‘tkazildi.  Jabrlanuvchi  sifatida  jalb  qilingan  fuqaro  Toshkent 

shahriga  poyezdda  yetib  kelgan,  poyezdda  uning  shaxsiy  buyumlarini 

o‘g‘irlab ketishgan. Tergovga jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan fuqaro ikki 

kun davomida Toshkent shahrida “Malika” mehmonxonasida yashagan.  



Fuqaroga  tergovchi  tomonidan  dastlabki  tergov  harakatlariga  jalb 

qilinishi  munosabati  bilan  yetkazilgan  protsessual  xarajatlar  hajmini 

aniqlang. 

Jabrlanuvchiga 

yetkazilgan 

xarajatlarni 

qoplashning 

protsessual tartibi qanday?  

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling