Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53

           

 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

 

1.

 

Xorijiy  mamlakatlar  jinoyat  protsessida  protsessual  muddatlar  va 

ularni hisoblash va uzaytirish tartibini tahlil qiling. Ish shakli – nazorat ishi 

(esse).  



2.

 

Xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida protsessual 

chiqimlarni qoplash tartibini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

 


413 

 

GLOSSARIY 





ADVOKAT – oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati 

bilan  shug‘ullanish  huquqini  beruvchi  litsenziyani  belgilangan  tartibda 

olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 

advokat bo‘lishi mumkin. 



ADVOKATLIK SO‘ROVI – advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish 

jarayonida  yuridik  yordam  ko‘rsatilishi  munosabati  bilan  davlat 

organlaridan,  korxona,  muassasa,  tashkilotlardan  hamda  jamoat 

birlashmalaridan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa 

hujjatlarni so‘rashi va olishi. 

ADOLAT  HUQUQI  –  anglo-sakson  huquq  oilasi  amalda  bo‘lgan 

mamlakatlar huquqining manbasi bo‘lib, u Angliyada XV asrdan boshlab, 

Lord kansler tomonidan  mustaqil sudya sifatida Qirol va uning kengashi 

nomidan  yakka  tartibda  ishlarni  ko‘rishi  natijasida  va  shu  asosda  tizimli 

ravishda “adolat” doktrinasi sifatida qabul qilingan qarorlar hisoblanadi. 

ADOLATSIZ  SUD  QARORI  –  ishning  aniqlangan  holatlariga  zid 

ravishda  yoki  moddiy  yoxud  protsessual  qonunni  jiddiy  buzgan  holda 

qabul qilingan sud hujjati (hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror).  

AJRIM – sud tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlardan biri, sud 

qarorlarining  bir  turi  sifatida  qaraladi.  Ajrimlar  birinchi  instansiya  va 

apellyatsiya,  kassatsiya,  nazorat  sudlov  instansiyalari  tomonidan  hamda 

yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud majlisida va sud majlisidan tashqari 

fuqarolik  sud  ishlarini  yuritishning  barcha  bosqichlarida  qonunda 

belgilangan  asoslarga  muvofiq  chiqariladigan  akt  (protsessual  hujjat) 

sanaladi. 

AYB  E’LON  QILISH  –  tergovchi,  prokurorning  jinoiy  ta’qib  ostidagi 

shaxsga  uning  nimada  ayblanayotganligini  ma’lum  qilishdan  iborat 

protsessual harakatidir. 

AYBINI  BO‘YNIGA  OLIB  ARZ  QILISH  –  bu  o‘zini  odil  sudlovga 

topshirish  va  tegishli  jazoga  tortilish  maqsadida  shaxsning  sodir  qilgan 

jinoyati haqida o‘z ixtiyori bilan xabar berishidir. 

AYBINI  BO‘YNIGA  OLISH  TO‘G‘RISIDAGI  ARZ  –  ariza 

beruvchining  o‘zi  sodir  etgan  jinoyati  to‘g‘risida  u  shu  jinoyatni  sodir 

etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon qilinmasdan oldin bergan 

xabari. 



414 

 

AYBLANUVCHI  –  Jinoyat  protsessual  kodeksida  belgilangan  tartibda 

ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok  etishga  jalb  qilinishi  haqida  qaror 

chiqarilgan shaxs. 



AYBLANUVCHINING QAYERDA EKANLIGI NOMA’LUMLIGI – 

jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchining qayerdaligi haqida surishtiruvchi, 

tergovchi muayyan ma’lumotga ega emasligidir (O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  364-moddasi  1-qismi,  2-bandiga  ko‘ra, 

jinoyat sodir etgan shaxs aniq, biroq uning qayerda ekanligi noma’lum va 

ayni  vaqtda  ayblanuvchi  o‘zining  qidirilayotganidan  bexabar.  Bunday 

holatda ayblanuvchi yashash joyini va ish joyini o‘zgartirgan bo‘lishi yoki 

uzoq safarga ketgan bo‘lishi ham mumkin); 



AYBLANUVCHINING YASHIRINGANLIGI – jinoyat ishi yuzasidan 

ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  haqida  surishtiruvchi,  tergovchi,  muayyan 

ma’lumotga  (ya’ni,  uning  qayerda  turishi,  uy,  ish  manzili  haqidagi 

ma’lumotlar)  ega,  biroq  ayblanuvchi  o‘zining  qidirilayotganligini  bilib, 

qasddan qochishga qilingan harakatidir (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksi  399-moddasi  2-qismi,  420-moddasi  birinchi 

qismlarida  ayblanuvchining  suddan  yashirinishga  qilingan  qasddan 

harakati tushuniladi). 



AYBLOV  –  ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok  etishga  jalb  etish 

to‘g‘risidagi  yuqori  instansiya  sudlarining  qarorida,  ayblov  xulosasida, 

ayblov hukmida, ayblovga oid boshqa qarorlarida nazarda tutilgan ayblov 

xulosasi bandining mazmuni. 



AYBLOV  (JINOIY  TA’QIB)  FUNKSIYASI  –  bu  jinoyat  protsessi 

subyektlarining  jinoyat  sodir  etgan  shaxsni  fosh  etish,  uning  aybini, 

shuningdek  jinoiy  javobgarlikka  oid  boshqa  holatlarni  aniqlashga 

qaratilgan  faoliyati.  Uni  prokuror,  jamoat  ayblovchisi,  jabrlanuvchi  va 

uning vakillari amalga oshiradi. Ayblov funksiyasi aniq shaxsga nisbatan 

jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish,  shaxsni  jinoyat  sodir  etganligini  fosh  etish, 

gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchiga  nisbatan  protsessual  majburlov 

choralarini qo‘llash, jinoyat sodir etishga gumonni shakllantirish, ayblovni 

e’lon qilish, davlat ayblovini sudda qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi. 

AYBLOV  XULOSASI  –  sodir  etilgan  jinoyat  holatlari,  shaxsni  jinoiy 

javobgarlikka  tortish  maqsadida  jinoyat  ishlarini  sudga  jo‘natish  uchun 

to‘plangan  dalillar  yetarliligi  to‘g‘risidagi  tergovchining  xulosasi  bayon 

etilgan dastlabki tergovni tamomlashda tuziladigan protsessual hujjat. 



AYBLOVNI  O‘ZGARTIRISH,  TO‘LDIRISH  –  tergov  o‘tkazish 

chog‘ida dastlabki ayblovni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadigan yangi 

dalillar  to‘plangan  bo‘lsa  yoki  dastlabki  ayblovning  noaniqligi  yoxud 


415 

 

yuridik  tavsifi  noto‘g‘riligi  ma’lum  bo‘lib  qolsa,  dastlabki  ayblov 



o‘zgartirilishi, qisman tugatilishi yoki to‘ldirilishi lozim. 

AYBSIZ  HOLDA  ZARAR  YETKAZISH  –  shaxsni  o‘z  qilmishining 

ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamaganligi, anglashi mumkin va lozim 

ham  bo‘lmaganligi  yoki  uning  ijtimoiy  xavfli  oqibatlariga  ko‘zi 

yetmaganligi va ishning holatlariga ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim 

ham bo‘lmaganligi. 

AYBSIZLIK  PREZUMPSIYASI  –  1)  aybdorning  huquqbuzarlikni 

qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish; 2)gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  himoyalanish  huquqi  bilan 

ta’minlanadi.  Sud  ishlarini  yuritishning  har  qanday  bosqichida  malakali 

yuridik  yordam  olish  huquqi  kafolatlanadi.  Ayblanuvchi,  uning  aybi 

qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda  isbotlanmagunga  va  sudning  qonuniy 

kuchga  kirgan  hukmi  bilan  aniqlanmagunga  qadar,  aybsiz  hisoblanadi. 

Hech  kim  sud  qaroriga  asoslanmagan  holda  qamoqqa  olinishi  mumkin 

emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson 

qadr-qimmatini  kamsituvchi  boshqa  tarzdagi  tazyiqqa  duchor  etilishi 

mumkin emas; 3) odil sudlovning nazariya va amaliyotida, jinoyatchilikka 

qarshi  kurashda  to‘g‘ri  yo‘lni  ko‘rsatuvchi  asosiy,  muhim  prinsiplardan 

biridir. Unga binoan, har bir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs aybi 

qonunda belgilangan tartibda va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan 

isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi. 

ALIBI (ot lat. alibi – boshqa joyda)– ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchini 

jinoyat sodir etilish vaqtida jinoyat joyida bo‘lmaganligini va u bu vaqtda 

boshqa joyda bo‘lganligini tasdiqlovchi fakt. 

ALOHIDA  TOIFADAGI  JINOYAT  ISHLARINI  YURITISH  – 

alohida  kategoriyadagi  jinoyat  ishlarini  dastlabki  tergovda  va  sud 

jarayonida  yuritishning  maxsus  tartibi.  Bunga  voyaga  yetmaganlar 

jinoyatchiligi to‘g‘risidagi ishlar; tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini 

qo‘llash bilan bog‘liq ishlar; yarashuv borasidagi ishlar; sudgacha bo‘lgan 

ish yurituvida amnistiya aktini qo‘llash bilan bog‘liq ishlar kiradi. 



ALOHIDA  FIKR  –  hay’atda  ozchilik  ovozga  ega  bo‘lgan  sudyaning 

bevosita maslahatxonada yozma bayon qiladigan va ishga ilova qilinadigan 

fikri. 

AMNISTIYA (yun. amnestia – kechirish, gunohidan o‘tish) – oliy davlat 

hokimiyati  organining  xususiy  akti,  ayrim  shaxslarning  jinoiy  jazodan 

ozod  qilish,  jinoyat  ishini  bekor  etish  yoki  jazoni  yengillashtirish 

to‘g‘risidagi  qarori.  A.  jinoyat  va  b.  huquqbuzarliklarni  sodir  etgan 

shaxslarni  jazodan  to‘la  yoki  qisman  ozod  etish,  tayinlangan  jazo  turini 


416 

 

yengilrog‘i  bilan  almashtirish  to‘g‘risidagi  insonparvarlikni  namoyish 



qiluvchi farmoyishdir. O‘zR Kons. 80-moddasiga ko‘ra, O‘zR Prezidenti  

A. to‘g‘risidagi hujjatlarni O‘zR Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi va 

bu  taqdim  asosida  O‘zR  sudlari  tomonidan  hukm  qilingan  shaxslarga 

nisbatan  amnistiya  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  qabul  qilish  to‘g‘risidagi 

mutlaq vakolati orqali Senat tomonidan qabul qilinadi.  

AMNISTIYA AKTINI QO‘LLASH – sudning e’lon qilingan amnistiya 

aktini  (aktlarini)  qo‘llagan  holda  shaxsni  javobgarlikdan  yoki  jazodan 

to‘liq  yoxud  yoki  qisman  ozod  qilishga  yoxud  jazoni  yengilrog‘i  bilan 

almashtirishga qaratilgan vakolati. 



ANONIM ARIZA – imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan 

yozilgan,  huquqlarni,  erkinliklarni  va  qonuniy  manfaatlarni  amalga 

oshirishda  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risidagi  iltimos  bayon  etilgan  

murojaat – anonim ariza hisoblanadi. 



APELLYATSIYA  –qonuniy  kuchga  kirmagan  sud  hukmi,  ajrim  va 

qarorlari  qonuniyligi,  asosligi  va  adolatliligini  tekshirishiga  oid 

munosabatlarni tartibga soluvchi huquq instituti. A. – lotincha “appelatio” 

so‘zidan  olingan  bo‘lib,  “murojaat”  degan  ma’noni  anglatib,  birinchi 

instansiya  sudining  hal  qiluv  qarorlari  va  ajrimlarini  qayta  tekshirish 

instituti sanalib, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan 

kundan e’tiboran yigirma kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb 

qilingan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishlari, 

prokuror  protest  keltirishi  mumkin.  A.  shikoyatlari  va  protestlari 

apellyatsiya instansiyasi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan 

sudga beriladi. 

APELLYATSIYA  INSTANSIYASI  –  apellyatsiya  tartibida  ish 

ko‘ruvchi  sudlar  tizimi  bo‘lib,  ularga  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 

fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va 

Toshkent  shahar  sudlari;  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudi; 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov 

hay’ati;  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  Harbiy  hay’ati  kiradi. 

Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari bo‘yicha birinchi instansiya 

sudining qaror va ajrimlari, sudgacha ish yurituvda qabul qilingan qarorlar 

ustidan  berilgan  shikoyat  yoki  protestlar  bo‘yicha  berilgan  jinoyat, 

fuqarolik, xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiquvchi mustaqil bosqich. 



APELLYATSIYA  INSTANSIYASI  AJRIMI  –  ishda  ishtirok  etuvchi 

shaxslarning  tushuntirishlari  va  prokurorning  fikri  tinglab  bo‘linganidan 

keyin apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga 


417 

 

chiqadi. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish ko‘rilganidan keyin 



darhol chiqariladi. 

APELLYATSIYA INSTANSIYASI QARORI – jinoyat ishlari bo‘yicha 

sud  ishni  apellyatsiya  tartibida  ko‘rish  natijasida  quyidagi  qarorlardan 

birini  qabul  qiladi:1)  hukmni  o‘zgarishsiz,  shikoyat  yoki  protestni  esa 

qanoatlantirishsiz  qoldiradi;  2)  birinchi  instansiya  sudining  ayblov 

hukmini bekor qiladi hamda oqlov hukmi chiqaradi; 3) birinchi instansiya 

sudining hukmini bekor qiladi hamda ishni tugatadi; 4) birinchi instansiya 

sudining  hukmini  o‘zgartiradi;  5)  birinchi  instansiya  sudining  hukmini 

bekor qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 

419-moddasining  1-qismida  ko‘rsatilgan  asoslar  bo‘yicha  ishni 

qo‘shimcha tergov yuritish uchun yuboradi; 6) birinchi instansiya sudining 

hukmini  yoki  ajrimini  bekor  qiladi  hamda  ishni  yangitdan  sudda  ko‘rish 

uchun yuboradi. 



APELLYATSIYA PROTESTI – jinoyat ishlari bo‘yicha qonuniy kuchga 

kirmagan  hukm  ustidan  shikoyat  hukm  qarori  qaysi  shaxslarning 

manfaatiga  taalluqli  bo‘lsa,  shu  shaxslar  tomonidan,  ya’ni  mahkum, 

oqlangan  shaxs,  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar 

hamda tegishincha bu shaxslarning himoyachilari va vakillari tomonidan 

beriladi hamda u apellyatsiya shikoyati deb ataladi. A.p. – fuqarolik ishlari 

bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan  e’tiboran yigirma kun 

ichida  prokuror  tomonidan  keltiriladigan  (e’tiroznoma)  protest  keltirish. 

Ushbu protest sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan 

tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Prokuror muayyan ishda ishtirok 

etgan-etmaganligidan  qat’i nazar, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori 

ustidan o‘z vakolati doirasida protest keltiradi. 



APELLYATSIYA  SUDINING  VAKOLATLARI  –  sud  ishni 

apellyatsiya  tartibida  ko‘rib  chiqqach,  o‘z  ajrimi  bilan  hal  qiluv  qarorini 

o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaslikka

ishni  yangidan  ko‘rish  uchun  yubormasdan  hal  qiluv  qarorini 

o‘zgartirishga  yoxud  butunlay  yoki  qisman  bekor  qilishga  va  yangi  hal 

qiluv qarori chiqarishga; qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan 

taqdirda  hal  qiluv qarorini  butunlay  yoki  qisman  bekor  qilishga  va  ishni 

birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga; hal 

qiluv  qarorini  butunlay  yoki  qisman  bekor  qilishga  hamda  O‘zbekiston 

Respublikasining  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  97-  va  100-

moddalarida  ko‘rsatilgan  asoslarga  ko‘ra  ish  yuritishni  tugatishga  yoxud 

arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli. 



418 

 

APELLYATSIYA  TARTIBIDA  ISH  KO‘RILGANDA  JAZONI 



KUCHAYTIRISHGA  HAMDA  OG‘IRROQ  JINOYATGA  DOIR 

QONUN 

MODDALARINI 

QO‘LLANISHGA 

YO‘L 

QO‘YILMASLIGI  –  bu  bosqichda  ish  ko‘rilishining  eng  muhim 

qoidalaridan  biri,  ya’ni  sud  jinoyat  ishini  apellyatsiya,  kassatsiya  yoki 

nazorat  tartibida  ko‘rgan  vaqtida  jazoni  kuchaytirishga,  shuningdek 

og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llashga haqli emas. 



APELLYATSIYA  TARTIBIDA  ISH  YURITISH  –  jinoyat  ishlari 

yurituvida birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari 

va  ajrimlari  ustidan  shikoyat  berish  va  protest  bildirish,  jinoyat  ishlarini 

sudning qaysi hukmi (ajrimi) ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan yoki 

protesti bildirilgan bo‘lsa, shu hukmning, ajrimning qonuniyligi, asosliligi 

va  adolatliligini  hal  etish  maqsadida  jinoyat  ishlarini  apellyatsiya 

shikoyatlari  va  protestlari  asosida  apellyatsiya  (ikkinchi)  instansiya  sudi 

tomonidan  ko‘rish  borasidagi  faoliyatning  qonun  yo‘li  bilan  tartibga 

solinishi. 

APELLYATSIYA 

TARTIBIDA 

SHIKOYAT 

BERISH 

SUBYEKTLARI – jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya tartibida shikoyat 

berish  huquqi  ishning  yakunidan  bevosita  manfaatdor  protsess 

ishtirokchilariga  tegishli:  mahkum,  uning  himoyachisi,  qonuniy  vakili, 

shuningdek  jabrlanuvchi,  uning  vakili,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy 

javobgar va ularning vakillari. 

APELLYATSIYA  SHIKOYATI  –  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar 

sudning  qarori  qonuniy,  asosli  va  adolatli  ekanligini  tekshirish  haqidagi 

shikoyat  (ariza)  bilan  sudning  hal  qiluv  qarori  chiqqan  kundan  e’tiboran 

yigirma kun ichida qonunda belgilangan tartibdagi murojaatidir. 



APELLYATSIYA  SHIKOYATI  BERISH  VA  APELLYATSIYA 

PROTESTINI BILDIRISH – apellyatsiya shikoyati berilganligi qonuniy 

manfaatlari  qabul  qilingan  hukm  qaroriga  qaysi  fuqaroning  manfaatlari 

bog‘liq  bo‘lsa,  shu  fuqaroni  himoya  etishning  huquqiy  mexanizmini 

harakatga  keltirib,  apellyatsiya  instansiyasi  sudi  zimmasiga  hukm 

adolatlimi yoki yo‘qmi ekanligini aniqlash, shikoyatda keltirilgan har bir 

vajga asoslantirilgan javob berish, nomlari zikr etib o‘tilgan shaxslarning 

huquqlari 

hamda 


qonun 

bilan 


qo‘riqlanadigan 

manfaatlari 

buzilayotganligini  bartaraf  etishga,  ustidan  shikoyat  berilgan  hukmning 

qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ta’minlashga doir choralar ko‘rish 

majburiyatini yuklaydi. 

AFV  ETISH  – 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aniq-individual 

hujjati  bo‘lib,  uning  asosida  jinoyat  sodir  etgan  muayyan  shaxs  yoki 


419 

 

shaxslarning  muayyan  guruhi  sud  tomonidan  tayinlangan  jazodan  ozod 



qilinishi  yoki  jazo  yengillashtirilishi  yoxud  boshqa  turiga  almashtirilishi 

mumkin .


 

AFV  ETISH  – 

shaxsning  sodir  etgan  jinoyati  uchun  tayinlangan  yoki 

tayinlanadigan jazoni o‘tashdan ozod etish, ya’ni kechirish. Bunda har bir 

kishining  shaxsi,  avvalgi  xizmatlari,  o‘zini  tutishi,  tuzalish  yo‘liga 

kirganligi, jinoyatning xarakteri (og‘ir-yengilligi), yetkazilgan zarar hamda 

kechirim  so‘rash  haqidagi  iltimoslari  e’tiborga  olinadi.  Afv  orqali  shaxs 

jazoning  hammasini  o‘tashdan  yoki  o‘talmagan  qismini  o‘tashdan  ozod 

qilinishi  mumkin.  O‘zbekistonda  afv  e’lon  qilish  huquqi  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentiga 

tegishlidir. 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 93-modda, 23-bandi).

 

ASHYOVIY DALILLAR – ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatli 

holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan narsalar 

ashyoviy dalillar hisoblanadi. Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki talab 

qilib olishni iltimos qilayotgan shaxs shu dalil orqali ish uchun ahamiyatli 

bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini ko‘rsatishi shart. 

ASHYOVIY DALILLAR – kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum 

maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo‘ldan 

qo‘lga  o‘tganligi  yoki  turgan  joyi  o‘zgarganligini,  u  yoki  bu  moddalar, 

narsa,  jarayon  v.h.disalar  ta’sir  etganligini  aniqlash  mumkin  bo‘lgan 

fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga 

xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo‘lgan 

narsa ashyoviy dalil hisoblanadi. 

ASHYOVIY DALILLARNI SAQLASH VA QAYTARIB BERISH – 

ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo‘shib qo‘yiladi va ishda 

saqlanadi  yoki  alohida  ro‘yxat  qilinib,  sudning  ashyoviy  dalillar 

saqlanadigan xonasiga topshiriladi. Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyolar 

turgan  joyida  saqlanadi.  Ular  batafsil  ta’riflanishi,  surg‘uchlangan,  zarur 

hollarda esa, foto yoki video suratga ham olingan bo‘lishi lozim. Ashyoviy 

dalillar sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin kimdan 

olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga 

kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi. 

ASHYOLARNI  KO‘ZDAN  KECHIRISH  –  ko‘zdan  kechirish  tergov 

harakatining turi bo‘lib, murda aniqlangan joyda jabrlanuvchining shaxsi, 

o‘lim  joyi,  vaqti,  sababi  v.h.latlarini,  shuningdek  ushbu  jinoyatni  sodir 

etgan  jinoyatchini  aniqlashga  yordam  beradigan  belgilarni  topish 

maqsadida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan o‘tkaziladigan tergov 

harakati  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  180-



420 

 

modda).  Ashyolarni  ko‘zdan  kechirish  xolislar  va  sud  tibbiy  ekspertiza 



xodimi (yoki boshqa shifokor) ishtirokida amalga oshiriladi. 

 

 



 

BAYONNOMALAR – jinoyat protsessida tergov va sud harakatlarini olib 

borish tartibi va natijalarini qayd qiladigan protsessual hujjat. 



BEVOSITA  DALILLAR  –  jinoyat  ishi  to‘g‘risida  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

ma’lumot beruvchi va jinoyat to‘g‘risidagi bevosita belgilarga ega bo‘lgan 

faktik ma’lumotlar. 

BIRINCHI INSTANSIYA (lot. Instantia - bevosita yaqinlik) – ma’muriy 

va  sud  huquqi  termini  bo‘lib,  mazkur  muassasa  yuqori  va  quyi  turgan 

muassasaga nisbatan turgan bosqichidir. 

BIRINCHI  INSTANSIYA  SUDI  –  sudlarga  taalluqli  fuqarolik  ishlari 

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi, 

qonunda bunday ishlarni ko‘rish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar 

bundan 


mustasno. 

Viloyat, 

Toshkent 

shahar, 


Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi Oliy sudi hududidagi har qanday fuqarolik ishini tumanlararo 

(shahar)  sudidan  olib  birinchi  instansiya  sudi  sifatida  o‘zining  ish 

yuritishiga  qabul  qilishga  haqli.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  har 

qanday  fuqarolik  ishini  O‘zbekiston  Respublikasining  istalgan  sudidan 

olib, birinchi instansiya sudi sifatida o‘zining ish yuritilishiga qabul qilib 

olishga haqli. 

 



 

DA’VO – buzilgan huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi sud orqali yoki boshqa 

yo‘llar bilan qo‘yilgan talab. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling