Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53

12.4.Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar  

 

Reabilitatsiya  masalasini  to‘g‘ri  tushunish  uchun  kimlar  bu  huquqqa 



ega va kimlar bunday huquqdan mahrum degan savolga javob topish muhim 

hisoblanadi. 

Mamlakatimiz 

jinoyat-protsessual 

qonunchiligida 

reabilitatsiya qilinish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar haqida ma’lumotlar 

yo‘q.  Lekin  bunday  shaxslarning  doirasini  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida qayd etilgan holatlar asosida 

tugatilgan  jinoyat  ishlariga  aloqador  shaxslardan  bilib  olish  mumkin. 

Jumladan, jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan ayblov hukmi: 

- shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi; 

-  e’lon  qilingan  amnistiya  akti  sodir  etilgan  jinoyat  yoki  shaxsga 

daxldorligi; 

- sudlanuvchining vafot etganligi; 

-shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka 

tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganligi; 



388 

 

- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli 



moddasida shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli 

javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilganligi

-  shaxsning  jinoyat  sodir  etilganidan  keyin  o‘z  harakatlarining 

mohiyatini  idrok  etish  yoki  ularni  idora  qilish  imkoniyatidan  mahrum 

etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolganligi; 

-  sodir  etilgan  qilmishning  xususiyatini,  birinchi  marta  ijtimoiy  xavfi 

katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni 

voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha  komissiyaga  qarab  chiqish  uchun 

berish maqsadga muvofiqligi tufayli bekor qilingan, tugatilgan bo‘lsa, shu 

toifadagi shaxslar reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmaydilar.  

Shu bilan birga, yana:  

a) 


gumon 

qilinuvchining, 

ayblanuvchining, 

sudlanuvchining 

jabrlanuvchi  bilan  Jinoyat  kodeksining  66

1

-moddasida  nazarda  tutilgan 



holatlar asosida jabrlanuvchi bilan yarashganligi;  

b) ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rib chiqish paytiga kelib, qilmish 

ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan yoxud vaziyat o‘zgarishi oqibatida 

bu shaxsning ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmay qolganligi tufayli tugatilgan 

taqdirda ham, ushbu shaxslar reabilitatsiya huquqidan mahrum etiladilar. 

Negaki,  har  ikkala  guruhga  oid  vaziyatlarda  ham  shaxsning  jinoyat 

sodir  etganligi  masalasi  shubhasiz,  lekin  qonunda  nazarda  tutilgan  ayrim 

holatlar (masalan Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasidagi holatlar) 

tufayli unga nisbatan jinoyat ishi tugatilishi lozimligi belgilangan bo‘ladi. 

Shu  o‘rinda  ta’kidlash  joizki,  aybsizlik  prezumpsiyasi  qoidalariga 

ko‘ra,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining  jinoyat  sodir 

etishda  aybdorligi  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda  isbotlangunga  va 

qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  bilan  aniqlangunga  qadar  aybsiz 

hisoblanishi 

lozim 

(O‘zbekiston 



Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 23-moddasi). Shunday ekan, qayd etilgan shaxslarga nisbatan 

ayblov  hukmi  qabul  qilinmagan  yoki  ayblov  hukmi  84-moddasida 

ko‘rsatilgan holatlarni qo‘llash zarurligi tufayli bekor qilingan ekan, unda 

ular  aybsiz  deb  hisoblanadilar.  Ammo  bunda  ushbu  shaxslarning  jinoyat 

sodir etganliklari holatini ham unutmaslik kerak.  

Mazkur  masalalar  mantiqiy-huquqiy  nuqtayi  nazardan  murakkablikni 

keltirib  chiqaradi.  Ammo  jinoyat  protsessidagi  tortishuv  prinsipining 

mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, shaxsning o‘z aybini bo‘yniga olishi 

amalda uni davlat idoralari bilan ish bo‘yicha bahs yuritish huquqini yo‘qqa 

chiqaradi.  Bunday  holatda  shaxs  tomonidan  davlat  oldiga  yetkazilgan 

zararni  undirish  haqidagi  talabni  qo‘yish  asossiz  bo‘ladi.  Zero  Fuqarolik 


389 

 

kodeksining  985-moddasiga  binoan,  agar  shaxs  ziyon  yetkazishda  aybdor 



emasligini tasdiqlay olsa, uni qoplash majburiyatidan ozod etiladi.  

 

12.5. Yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash 

 

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  304-

moddasida  belgilanganidek,  reabilitatsiya  etilgan  shaxsga  surishtiruv, 

dastlabki  tergov  va  sud  organlarining  qonunga  xilof  harakatlari  tufayli 

yetkazilgan  mulkiy  ziyon  to‘la  hajmda  qoplanadi.  Qonun  yetkazilgan 

mulkiy ziyonni qoplashning hajmi va turlari belgilangan bo‘lib, unga binoan 

mulkiy ziyonning quyidagi turlari belgilangan hajmda qoplanishi zarur: 

-  reabilitatsiya  etilgan  shaxsning  o‘zi  mahrum  bo‘lgan  ish  haqi  va 

mehnatdan topiladigan boshqa daromadlari; 

- pensiya va nafaqalar; 

- pullar; 

- pul jamg‘armalari va ularga to‘lanadigan foizlar; 

- davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar

- aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; 

-  sudning  hukmi,  ajrimiga  (qaroriga)  asosan  musodara  qilingan  yoxud 

davlat foydasiga o‘tkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati; 

-  surishtiruv,  dastlabki  tergov  organlari  yoki  sud  tomonidan  olib 

qo‘yilgan;  

- sud hukmini ijro qilish chog‘ida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari; 

-  yuridik  yordam  ko‘rsatilishi  uchun  shaxs  tomonidan  advokatlar 

byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga to‘langan pul; 

-  shaxsga  nisbatan  sodir  etilgan  qonunga  xilof  harakatlar  natijasida 

qilingan boshqa xarajatlar. 

Agar  reabilitatsiya  etilgan  shaxs  vafot  etgan  bo‘lsa,  reabilitatsiya 

qilingan shaxsning ish haqi va mehnatdan topiladigan daromadlari, pullar, 

pul  jamg‘armalari  va  ularga  to‘lanadigan  foizlar,  davlat  zayomi 

obligatsiyalari  va  ularga  chiqqan  yutuqlar,  aksiyalar  va  boshqa  qimmatli 

qog‘ozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara 

qilingan  yoxud  davlat  foydasiga  o‘tkazilgan  ashyolar  yoxud  boshqa  mol-

mulklarni undirish bevosita uning merosxo‘rlari talab qilish huquqiga ega 

bo‘ladilar.  

Vafot  etgan  reabilitatsiya  qilingan  shaxsning  pensiya  va  nafaqalarini 

undirish  huquqiga  esa,  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi  bilan 

ta’minlanishi  lozim  bo‘lganlar  jumlasiga  kiruvchi  oila  a’zolari  ega 

bo‘ladilar. 

 


390 

 

 



 

12.6. Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish 

Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish bevosita reabilitatsiya qilingan 

shaxsning  huquqlarini  amalga  oshirish  mumkinligini  tushuntirish  bilan 

boshlanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

reabilitatsiya qilish asoslarini tartibga soluvchi normalarida (masalan 306-

moddasi) bu masalaning uch tartibi belgilangan. Birinchisi, sudning oqlov 

hukmida; ikkinchisi, yuqori instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish 

va  jinoyat  ishini  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-moddasiga  asosan 

tugatish  to‘g‘risidagi  ajrimi  yoki  qarorida  shaxsning  reabilitatsiya  qilish 

huquqlari tushuntirilishi lozim; uchinchisi, dastlabki tergovda ishni Jinoyat-

protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi qarorda 

oqlangan  yoki  jinoyat  ishi  tugatilgan  shaxsning  qonunga  xilof  ravishda 

jinoiy  javobgarlikka  tortilganligi  hamda  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

302-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar tufayli yetkazilgan 

mulkiy  zararni  undirish  hamda  ma’naviy  ziyon  oqibatlarini  bartaraf 

etilishini talab qilish huquqi e’tirof etilishi lozim. 

Amaliyotdan misol: Farmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25-, 169-moddalari 

bo‘yicha  jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilinib  ushlangan.  Unga  nisbatan  sudning  ajrimiga  asosan 

qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasi  qo‘llanilgan.  Farmonov  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok 

etishga jalb etilib, dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilgan. Ish tamomlangandan keyin jinoyat 

ishi materiallari sudga yuborilgan. Sud muhokamasi jarayonida Farmonovning ushbu jinoyatga daxli 

bo‘lmaganligi  aniqlangan  va  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-

moddasi  bo‘yicha  reabilitatsiya  qilingan.  Farmonov  chet  elga  ishlash  uchun  ketib,  3  yildan  so‘ng 

qaytib kelib, o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashni talab qiladi.  

Hukm,  ajrim  yoki  qarorning  nusxasi  reabilitatsiya  etilgan  shaxsga 

topshirilishi yoki shu haqda xabar yuborilishi lozim. Mazkur xabarda ushbu 

shaxsga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek 

mulkiy  ziyonni  qoplash  va  boshqa  huquqlarini  tiklab  olish  tartibi 

tushuntiriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  reabilitatsiya 

qilingan shaxsga mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni talab 

qilish  muddatini  belgilagan  bo‘lib,  312-moddasiga  ko‘ra,  shaxs  o‘zining 

reabilitatsiya qilinganligi haqidagi hukm, ajrim yoki qarorni olgan vaqtdan 

e’tiboran  ikki  yil  mobaynida  talab  qilish  huquqiga  ega.  Aynan  mana  shu 

muddat  ichida  reabilitatsiya  qilingan  shaxs  hukm,  ajrim  yoki  qaror  qabul 

qilgan  organga unga  surishtiruvchining,  tergovchining,  prokurorning  yoki 

sudning qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan moddiy ziyonni qoplash 

haqida murojaat qilishi lozim. 



391 

 

Reabilitatsiya  etish  to‘g‘risida  qaror  chiqargan  sud,  prokuror  yoki 



tergovchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir 

oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlash choralarini ko‘rishi kerak. 

Agar  sudya,  prokuror  yoki  tergovchi  ziyon  miqdorini  mustaqil  aniqlash 

imkoniga ega bo‘lmasa, unda hisob-kitob qilishni amalga oshirishni moliya 

va  ijtimoiy  ta’minot  organlariga  topshirishlari  mumkin  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 306-moddasi). 

 

Reabilitatsiya qilish huquqi jamlangan protsessual hujjatlar: 

 



sudning oqlov hukmi; 

 



yuqori  instansiya  sudining  ayblov  hukmini  bekor  qilish  va  jinoyat 

ishini  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-

moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi ajrimi yoki qarori; 

 



ishni  dastlabki  tergovda  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-

moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi qaror. 

Agar ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida 

sud  tomonidan  tugatilgan  bo‘lsa,  ziyon  miqdori  hukm  chiqargan  sud 

tomonidan  aniqlanishi  lozim.  Ammo  bu  masalada  amalga  oshiriladigan 

hisob-kitobning xolis amalga oshirilishi uchun, bu ishni qabul qilgan ayblov 

hukmi  bekor  qilinib  tugatilgan  sudyaga  emas,  boshqa  shaxsga  berilishi 

maqsadga muvofiq bo‘ladi.  

Mulkiy  ziyonning  miqdori  hisoblab  chiqilganidan  keyin  bu  ziyonni 

qoplash  uchun  pul  to‘lovlarini  amalga  oshirish  to‘g‘risida  sud  ajrim, 

tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  307-moddasi).  Ajrim  yoki  qarorda  yetkazilgan 

barcha  turdagi  mulkiy  ziyonni  qoplashni  amalga  oshiruvchi  –  moliya, 

ijtimoiy ta’minot, uy-joy va boshqa organlar ko‘rsatiladi. 

Ajrim  yoki  qarorning  nusxasi  gerbli  muhr  bilan  tasdiqlanib,  mulkiy 

ziyonni  qoplab  berishi  lozim  bo‘lgan  organlarga  taqdim  etish  uchun 

reabilitatsiya  etilgan  shaxsga,  agar  u  vafot  etgan  bo‘lsa,  uning 

merosxo‘rlariga yoki oila a’zolariga beriladi yoki yuboriladi. 

Reabilitatsiyaga  oid  masalani  hal  qilishning  yuqorida  keltirilgan 

qoidalari  jinoyat-protsessual  qonuni  belgilagan  tartibni  ifoda  qiladi.  Agar 

mazkur  tartibda  qabul  qilingan  ajrim  yoki  qarorda  ko‘rsatilgan  ziyon 

miqdori  asosli  emas  degan  fikrda  bo‘lsa,  reabilitatsiya  qilingan  shaxs 

tergovchining,  prokurorning  pul  to‘lovini  amalga  oshirish  to‘g‘risidagi 

qarori  ustidan  sudga,  sudning  ajrimi  ustidan  esa  yuqori  turuvchi  sudga 



392 

 

shikoyat  qilishi  mumkin.  Sudning  ajrimi  ustidan  prokuror  ham  protest 



bildirish vakolatiga ega. 

Agar shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish 

huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini 

to‘lash  to‘g‘risidagi  talabi  qanoatlantirilmasa  yoxud  shaxs  qabul  qilingan 

qarorga rozi bo‘lmasa, reabilitatsiya qilingan shaxs tegishli talab bilan da’vo 

ishini  yuritish  tartibida  fuqarolik  sudiga  murojaat  qilishi  mumkin  bo‘ladi 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 311-moddasi). 

Reabilitatsiya  qilish  to‘g‘risidagi  sudning  ajrimi  uni  ijro  etish  uchun 

yuborilgan  barcha  organlar  uchun  majburiydir.  Sud  qarorini  o‘z  vaqtida 

yoki  to‘la  bajarmaslik  qonun  hujjatlariga  binoan  javobgarlikka  sabab 

bo‘ladi.  

Reabilitatsiya  qilish  to‘g‘risidagi  sudning  ajrimini,  tergovchi  yoki 

prokurorning  qarorini  olgandan  so‘ng,  reabilitatsiya  qilingan  shaxs 

moliyaviy,  ijtimoiy  ta’minot  organlari,  uy-joy  idoralariga  yetkazilgan 

ziyonni  qoplash  va  uning  huquqlarini  tiklash  talabi  bilan  murojaat  qiladi. 

Agar  reabilitatsiya  qilish  haqidagi  sudning  ajrimi  yoki  tergovchining, 

prokurorning qarorini ijro etishi lozim bo‘lgan organ yoki mansabdor shaxs 

uni bajarishni istamasa, shaxs ajrim yoki qarorni ijro etish masalasida sudga 

yoki tergovchiga, prokurorga murojaat qilishga haqli. 

Qonunga  xilof  ravishda  hukm  qilingan,  tibbiy  muassasaga 

joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, 

lavozimidan  chetlashtirilgan  yoki  lavozimidan  ozod  etilgan  shaxs  avval 

ishlagan  lavozimiga  tiklanishi  lozim.  Basharti  shaxsni  ilgari  ishlagan 

lavozimiga  tiklash  imkoniyati  bo‘lmagan  taqdirda  unga  avvalgisiga  teng 

boshqa ish berilishi lozim. 

Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi 

tariqasida  qamoqda  saqlangan  vaqti,  jazo  o‘tagan  vaqti,  lavozimidan 

chetlashtirilganligi  tufayli  ishlamay  yurgan  vaqti,  tibbiy  muassasada 

saqlangan  vaqti  umumiy  mehnat  stajiga  va  ixtisoslik  bo‘yicha  ish  stajiga 

qo‘shilishi  lozim.  O‘quv  yurtida  talabalar  safidan  chiqarilgan  shaxs  esa, 

o‘qishga tiklanishi zarur. 

Qonunga  xilof  ravishda  hukm  qilingan,  tibbiy  muassasaga 

joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, 

lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan shaxs ilgari o‘zi 

egallab  kelgan  uy-joyi  qaytarib  berilishi,  agar  buning  imkoni  bo‘lmasa, 

o‘sha tuman yoki aholi punktining o‘zida avvalgisiga teng qulayliklarga ega 

bo‘lgan  uy-joy  berilishi  kerak  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 310-moddasi). 



393 

 

Shu  bilan  birga,  qonunga  xilof  ravishda  hukm  qilingan,  tibbiy 



muassasaga  joylashtirilgan,  ehtiyot  chorasi  tariqasida  qamoqqa  olingan, 

ushlab turilgan, lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan 

shaxs  ma’naviy  ziyonning  oqibatlarini  bartaraf  qilinishini  talab  qilishga 

haqli.  Fuqarolik  kodeksining  1021-moddasida  ma’naviy  zararni  undirish 

asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, qonunga xilof ravishda ozodlikdan 

mahrum  etish,  javobgarlikka  tortish,  ehtiyot  chorasi  tariqasida  qamoqqa 

olish, ushlab turish yoki namunali xulq-avtorga ega bo‘lish to‘g‘risida tilxat 

olish,  ma’muriy  javobgarlik  choralarini  qo‘llash  tufayli  fuqaroga 

yetkazilgan  ma’naviy  ziyon  uni  yetkazgan  aybdorning  mavjudligidan  va 

uning istagidan qat’i nazar undirilishi lozim.  

Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga muvofiq,  ma’naviy ziyon pul 

shaklida  qoplanishi  lozim.  Uning  miqdori  va  hajmi  fuqaroga  yetkazilgan 

jismoniy va ma’naviy azob-uqubatlarning darajasiga qarab sud tomonidan 

belgilanadi. Adabiyotlarda ma’naviy zararning obyektlari sifatida: shaxsni 

xo‘rlash, obro‘sini to‘kish, insoniy qadr-qimmatini poymol etish, hayotiga 

yoki  sog‘lig‘iga  jiddiy  zarar  yetkazish,  nomulkiy  huquqlaridan,  masalan, 

mualliflik huquqidan mahrum qilish kabilar kiritiladi

30



Jismoniy va ma’naviy ziyonning darajasi shunday ziyon yetkazishning 

holatlarini  hamda 

ma’naviy  ziyon  ko‘rgan  fuqaroning  shaxsiy 

xususiyatlarini  e’tiborga  olgan  holda  sud  tomonidan  belgilanadi. 

Shuningdek, 

ma’naviy  ziyonning  oqibatlari  mulkiy  ziyonning 

qoplanganligidan qat’i nazar bartaraf etilishi lozim. 

Agar 


shaxs 

ushlab 


turilganligi, 

qamalganligi, 

lavozimidan 

chetlashtirilganligi,  tibbiy  muassasa  joylashtirilganligi  yoki  hukm 

qilinganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  matbuotda  e’lon  qilingan,  radio, 

televideniye  yoki  boshqa  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  tarqatilgan 

bo‘lsa,  reabilitatsiya  qilingan  shaxsning,  u  vafot  etgan  bo‘lsa, 

qarindoshlarining,  sud,  prokuror,  tergovchining  talabiga  ko‘ra  tegishli 

ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi to‘g‘risida bir oy 

ichida xabar berishlari lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining 309-moddasi).  

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida qonunga xilof 

ravishda  hukm  qilingani,  qonunga  xilof  ravishda  tibbiy  muassasaga 

joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa 

olingani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli harbiy xizmatdan 

bo‘shatilgan yoki jinoyat ishida ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok 

                                                           

30

  Комментарий  к  Гражданскому  кодексу  Республики  Узбекистан  (часть  вторая).  Профессиональный 



комментарий. Т.2. – Т.: Министерство Республики Узбекистан. SMI-ASIA, 2011. 

394 

 

etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda 



chetlashtirilgan  harbiy  xizmatchilarning  reabilitatsiya  qilinishi  natijasida 

pensiya  olish,  uy-joydan  foydalanish  va  boshqa  shaxsiy  hamda  mulkiy 

huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, ma’naviy 

ziyon  oqibatlarini  bartaraf  etish  borasidagi  qoidalarni  tartibga  soladi. 

Reabilitatsiya  qilingan  harbiy  xizmatchilarning  huquqlarini  tiklash  va 

yetkazilgan ziyonni qoplash masalalari  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  yuqorida  qayd  etilgan  moddalarida  belgilangan 

qoidalar asosida amalga oshiriladi.  

Shu  bilan  birga,  reabilitatsiya  qilingan  harbiy  xizmatchining  harbiy 

xizmatga, egallab kelgan lavozimiga yoxud harbiy nafaqasini tiklash, harbiy 

unvonlarini  qaytarish  masalasini  hal  qilish,  uy-joydan  foydalanish  va 

boshqa  huquqlarini  tiklash,  uning  mulkiga  yetkazilgan  ziyonni  qoplash 

tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori,  Mudofaa  vaziri,  Ichki 

ishlar  vaziri  va  Milliy  xavfsizlik  xizmati  raisining  maxsus  buyrug‘ida 

belgilangan tartibda hal qilinadi. Shunday bo‘lsa-da, qonunga xilof ravishda 

hukm  qilingan,  qonunga  xilof  ravishda  tibbiy  muassasaga  joylashtirilgan, 

ehtiyot  chorasi  tariqasida  qonunga  xilof  ravishda  qamoqqa  olingan, 

qonunga  xilof  ravishda  ushlab  turilgan  harbiy  xizmatchini  reabilitatsiya 

qilish  haqidagi  sudning  oqlov  hukmi,  yuqori  sudda  yoxud  tergovchining, 

prokurorning  jinoyat  ishini  jinoyat  ishini  reabilitatsiya  asoslarida  tugatish 

to‘g‘risidagi qarori harbiy xizmatchining huquqlarini tiklash uchun ustuvor 

ahamiyatga ega. 



 

MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  jinoyat  protsessida 

reabilitatsiya 

tushunchasi 

va 

turlari, 

reabilitatsiyaning 

huquqiy 

oqibatlariga oid masalalarni xorijiy davlatlar qonunchiligi va O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy sudi Plenumi tegishli qarorlari asosida qiyosiy-huquqiy 

tahlil  qilib,  jinoyat  ishlarini  yuritishda  reabilitatsiya  institutining  rolini 

aniqlashlari lozim. 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.

 

Qonunga  xilof  ravishda  hukm  qilingan,  tibbiy  muassasaga 

joylashtirilgan, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan, ushlab turilgan, 

lavozimidan chetlashtirilgan yoki lavozimidan ozod etilgan shaxs o‘zining 

barcha  huquqlarida  tiklanishi  zarur.  Bu  borada  reabilitatsiya  va 

restitutsiya tushunchalarini o‘zaro qiyoslab tahlil qiling. 


395 

 

2.



 

Shaxsning  mehnat  qilish,  pensiya  olish  va  uy-joydan  foydalanish 

huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini 

to‘lash  to‘g‘risidagi  talabi  qanoatlantirilmagan  bo‘lsa  yoxud  shaxs  qabul 

qilingan qarorga rozi bo‘lmasa, u tegishli talab bilan  da’vo ishini yuritish 

tartibida  sudga  murojaat  qilishga  haqlidir.  Reabilitatsiya  qilingan 



shaxsning  moddiy  ijtimoiy  huquqlarida  tiklanishi  yuzasidan  da’vo 

qo‘zg‘atish tartibi va muddatlarini tavsiflang. 

 

1-kazus 

Tashlandiq  joydan  noma’lum  shaxsning  murdasi  topiladi.  Ekspert 

xulosasiga  ko‘ra  u  24  soat  ichida  o‘ldirilganligi  ma’lum  bo‘ladi.  Bedarak 

yo‘qolganlarni  ro‘yxati  tekshirilganda  topilgan  murdaning  ayrim  belgilari 

(yoshi,  bo‘yi)  fuqaro  Kamilovga  to‘g‘ri  keladi.  Kamilovning  xotini  va 

qaynisini  chaqirib  murdani  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilganda  ular  tanib 

ololmaydilar. 

Dastlabki tergov davomida Kamilov xotini bilan ahil yashamaganligi, 

xotinini doimiy  ravishda urib, unga azob berib kelganligi, bu haqda ichki 

ishlar  organi  xodimlari  ham  voqif  ekanliklari  ma’lum  bo‘ladi.  Kamilov 

bedarak  yo‘qolganidan  oldin  xotinini  urib  xomilasini  nobud  bo‘lishiga 

sababchi  bo‘lgan.  Bu  haqda  xotinining  arizasi  va  ekspertiza  xulosasi 

bo‘lgan. Kamilov hech qayerda ishlamagan, doimiy ravishda spirtli ichimlik 

iste’mol  qilgan.  To‘plangan  bunday  ma’lumotlar  qotillik  jinoyatini 

Kamilovning xotini va ukasi sodir etganligi to‘g‘risidagi versiyani tekshirib 

chiqishni taqozo etdi. 

Tergovchining  versiyasi  topilgan  dalillar  bilan  borgan  sari 

mustahkamlanib borayotganday tuyuladi. Kamilovning xotini va qaynisiga 

ayb  e’lon  qilinib,  qamoqqa  olinadi.  Dastlabki  tergov  oxirlab  qolganda 

Kamilovning hayot ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi.  



Reabilitatsiya asoslari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa jinoyat ishini 

taqdiri qanday hal qilinadi? 

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling