Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53

 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  jinoyat  protsessida 

jinoyatlarni  oldini  olish  tushunchasi  va  turlari,  mazkur  institutning 

shakllari  va  huquqiy  oqibatlariga  oid  masalalarni  ko‘rib  chiqishlari, 

qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlari yurituvida jinoyatlarni oldini 

olish institutining rolini aniqlashlari lozim. 

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.  Jinoyatning  sabablarini  va  uning  sodir  etilishiga  imkon  bergan 

shart-sharoitlarini  aniqlash  majburiyati  qonun  hujjatlarining  vazifalaridan 

biri bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat. Jinoyat 



protsessual  kodeksining  jinoyatlarni  oldini  olishdagi  huquqiy  va 

ijtimoiy  o‘rnini  tahlil  qiling.  Jinoyat  protsessual  qonuni  vazifalari 

doirasida  jinoyatlarni  oldini  olishdagi  davlat  organlari  hamkorligi 

masalasiga to‘xtaling. 

 

2. Jinoyatni sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan yoki uning sodir etilishiga 

imkon  bergan  shart-sharoitlarni  aniqlash  va  bartaraf  qilish  yuzasidan 

dastlabki  tergovda  taqdimnoma,  sud  muhokamasida  esa  xususiy  ajrim 

chiqariladi. Xususiy ajrim chiqarishdan maqsad o‘z isbotini topgan jinoyat 

ishini sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlarni ko‘rsatish va jinoyatni sodir 

bo‘lishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarni bayon 


378 

 

qilish va ko‘rilgan chora-tadbirlarni ijobiy hal qilinganligini nazorat qilish. 



Taqdimnoma  va  xususiy  ajrimning  umumiy  va  maxsus  belgilarini 

tavsiflang. Tergovchi va sudyaning jinoyatlarni oldini olish faoliyatini 

o‘zaro nisbatini tahlil qiling. 

1-kazus. 

Farg‘ona viloyatida joylashgan zavodda shu zavod ishchisi Qayumov 

tomonidan  sodir  etilgan  talon-taroj  jinoyati  bo‘yicha  sud  xususiy  ajrim 

chiqarib,  jinoyat  sodir  etilishiga  sabab  bo‘lgan  shart-sharoitlar  sifatida 

quyidagilarni ko‘rsatadi:  

1) kadrlar masalasini noto‘g‘ri tashkil etilganligi

2) o‘z vaqtida inventarizatsiyani o‘tkazilmaganligi, 

3) mulkiy javobgar shaxsning ishga sovuqqonligi, 

4) zavodda qo‘riqlash tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi.  

Bularni  tezda  bartaraf  qilib,  (bartaraf  qilish  yo‘llari  ko‘rsatilmagan) 

sudga  xabar  berilishi  ta’kidlanib,  sudning  xususiy  ajrimi  zavod 

ma’muriyatiga jo‘natiladi. 



Sudning  ajrimida  ko‘rsatilgan  holatlarni  jinoyatlarni  oldini  olish 

faoliyati  nuqtayi  nazaridan  tahlil  qiling  va  ularni  bartaraf  etish 

imkoniyatlarini ko‘rib chiqing. 

 

2-kazus. 

Jizzax shahrida voyaga yetmagan Valiyev, Zafarov va Shermatovlar 

tomonidan  bezorilik  jinoyati  sodir  etilgan.  Dastlabki  tergovda  ushbu 

jinoyatning  sodir  etilishiga  sharoit  yaratgan  holatlar  aniqlanib,  ularni 

bartaraf  qilish  bo‘yicha  mahalliy  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organiga 

taqdimnoma  kiritilgan.  Keyinchalik,  ushbu  jinoyat  ishi  sudda  ko‘rilishi 

vaqtida  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Jizzax  shahar  sudi  tomonidan  ham  aynan 

yuqoridagi  holatlar  bo‘yicha  xususiy  ajrim  chiqarilgan  va  shahar  xalq 

ta’limi bo‘limiga yuborilgan.  

Vaziyatga  baho  bering.  Aynan  bir  masala  bo‘yicha  ham 

taqdimnoma ham xususiy ajrim kiritish mumkinmi?  

 

      



MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

 

1.  Jinoyat  protsessida  jinoyatlarni  oldini  olish  institutini  qo‘llash 

asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2. Jinoyatlarni oldini olish mexanizmi. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 



379 

 

3.  Jinoyatlarni  oldini  olishning  protsessual  shakllari  va  xususiyatlari. 



Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

380 

 

XII BOB. REABILITATSIYA 



 

(muallif –yuridik fanlar doktori F.Muxitdinov

 

Annotatsiya:  Talabalar  tomonidan  mazkur  mavzuning  o‘rganilishi 

jinoyat protsessida reabilitatsiya tushunchasi, turlari va huquqiy oqibatlari 

hamda reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning 

boshqa  huquqlarini  tiklashning  o‘ziga  xos  jihatlari  yuzasidan  zaruriy 

bilimlarni shakllantirish imkonini beradi. 

 

12.1. Reabilitatsiya tushunchasi va uning asoslari 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  2-



moddasida belgilangan mazkur qonunning vazifalari ichida muhim o‘rinni 

“har bir  jinoyat sodir etgan shaxs  adolatli jazoga tortilishi hamda bironta 

ham  aybsiz  shaxs  javobgarlik  va  jazoga  tortilmasligi  uchun  jinoyat  sodir 

etgan shaxslarning aybini fosh etish va qonunni to‘g‘ri tatbiq qilish” vazifasi 

egallaydi.  Biroq,  ayrim  hollarda  dastlabki  tergov  va  sudlar  tomonidan 

jinoyat  ishini  hal  etishda  xatoliklarga  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin.  Natijada 

davlat  organlari  tomonidan  noqonuniy  javobgarlikka  tortilgan  fuqarolar 

o‘zlariga  yetkazilgan  ziyonni  undirish,  ya’ni  reabilitatsiya  huquqiga  ega 

bo‘lishlari lozim. 

Reabilitatsiya iborasi  – qayta tiklanish, avvalgi holatga qaytarish 

ma’nosini anglatadi.  

Jinoyat protsesida reabilitatsiya – bu noqonuniy jinoiy ta’qib etish 

va  hukm  qilish  natijasida  aybsiz  shaxsga  yetkazilgan  ziyonni  qoplash, 

undirish deganidir. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishguniga  qadar  davlatimizda  amalda 

bo‘lgan  jinoyat-protsessual  qonunida  mazkur  odil  institut  tan  olinmagan, 

keyinchalik  qonunchilikka  reabilitatsiyaga  oid  kiritilgan  o‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar  yetkazilgan  ziyonni  qoplash  masalasida  deyarli  samarali 

ishlamas,  ma’naviy  zararni  undirishni  nazarda  tutmas,  reabilitatsiyaga 

sudning  hukmi,  ajrimi  va  qarori  asos  bo‘lishi  haqidagi  qoidaga  amal 

qilinmas,  g‘ayriqonuniy  ravishda  ushlanganlik,  hibsda  saqlanganlik  va 

boshqa  majburlov  choralari  qo‘llanganlik  sababli  shaxsga  yetkazilgan 

ziyonni  undirish  nazarda  tutilmagan  hamda  ziyonni  undirish  masalasida 

sansalorlikka yo‘l qo‘yar edi. Qonunga zid ravishda javobgarlikka va jazoga 

tortilgan  shaxslar,  ularning  qancha  muddat  ozodlikdan  mahrum 



381 

 

etilganligiga  qaramay,  faqat  ikki  oylik  ish  haqi  miqdorida  tavon  puli 



olardilar.  

Davlat  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  qabul  qilingan  Jinoyat-

protsessual  kodeksi  alohida  bobda  reabilitatsiya  qilishning  asoslari  va 

qoidalari, mezon va shartlari tartibga solindi. Shunga binoan, O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  aybsiz  shaxsni  noqonuniy 

tarzda jinoiy ta’qib etish yoki hukm qilish oqibatida yetkazilgan ziyon qaysi 

davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilganidan qat’i 

nazar, bevosita davlat tomonidan qoplanishi e’tirof etiladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

Biroq, fuqaroni noqonuniy javobgarlikka va jazoga tortilishida aybdor 



bo‘lgan  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslarga  nisbatan  fuqaroviy 

tartibda  da’vo  qo‘zg‘atishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Qonunchilikda  davlat 

organlari  yoki  mansabdor  shaxslarga  nisbatan  davlat  tomonidan  regress 

tartibda da’vo kiritish tartibi nazarda tutilgan emas. Amaliyotda ham bunday 

holatlar  uchramaydi,  balki  davlat  tomonidan  fuqaroni  noqonuniy  tarzda 

javobgarlikka  va  jazoga  tortilishida  aybli  bo‘lgan  mansabdor  shaxslarga 

nisbatan boshqa choralar ko‘zda tutilgan, ya’ni: lavozimidan chetlashtirish, 

intizomiy  javobgarlik,  bila  turib  shaxsni  jinoiy  javobgarlikka  tortganlik, 

ushlaganlik, hibsda saqlaganlik, dalillarni soxtalashtirganlik, odil sudlovga 

zid  hukm  qabul  qilganlik  uchun  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksining 230-, 231-, 234-, 235-moddalari) jinoiy javobgarlikka tortish 

kabi choralar qo‘llanishi mumkin. 

Reabilitatsiyaning maqsadi doimo aybsiz shaxsga yetkazilgan moddiy 

va  mulkiy  ziyonni  bartaraf  etish  hamda  ma’naviy  zararning  oqibatlarini 

tugatish, shuningdek noqonuniy tarzda jinoiy javobgarlikka tortish va hukm 

Reabilitatsiya uchun asoslar 

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi 

quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va 

reabilitatsiya etilishi lozim: 

2) uning 

qilmishida 

jinoyat 


tarkibi 

bo‘lmasa; 

3) uning 

sodir etilgan 

jinoyatga 

daxli 


bo‘lmasa. 

1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov 

harakatlari yoki sud muhokamasi 

o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy 

hodisa yuz bermagan bo‘lsa; 


382 

 

qilish  tufayli  poymol  etilgan  shaxsning  mehnatga,  nafaqaga,  uy-joyga  va 



boshqa huquqlarini tiklashga qaratiladi. 

Jinoyat-protsessual qonunchiligi reabilitatsiyaning ikki shaklda amalga 

oshirishni nazarda tutadi.  

Birinchisi,  to‘liq  reabilitatsiya,  ya’ni  shaxsni  noqonuniy  tarzda  jinoiy 

javobgarlikka  tortish  va  hukm  qilish  natijasida  unga  yetkazilgan  moddiy, 

mulkiy  va  ma’naviy  zararni  bartaraf  etilishini  talab  qilish  huquqiga  ega 

bo‘ladi.  



Ikkinchisi,  qisman  reabilitatsiya  bo‘lib,  bunda  shaxsga  nisbatan 

qo‘llanilgan jazo yoki majburlov choralari aybdorlik va jazoga sazovorlik 

holatiga monand ravishda hal qilinmaganligi tufayli vujudga keladi. Qisman 

reabilitatsiya  etishda  ayblanuvchiga  yoki  mahkumga  yetkazilgan  mulkiy 

ziyonning asossiz qismi qoplanishi va ma’naviy ziyon oqibatlarining asossiz 

qismi bartaraf qilinishi lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  303-moddasida  qisman  reabilitatsiya  qilishning 

quyidagi asoslari keltiriladi: 1) shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda 

kamroq  muddatga  ozodlikdan  mahrum  etishga  yoki  ozodlikdan  mahrum 

qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  jazoga  hukm  qilinganligi;  2)  hukmdan 

ayblov  qisman  chiqarib  tashlanishi  va  buning  natijasida  qonunga  ko‘ra 

qamoqda  saqlash  yoki  ozodlikdan  mahrum  qilish  mumkin  emasligi;  3) 

ozodlikdan  mahrum  qilish  muddatining  yuqori  sud  tomonidan  haqiqatan 

o‘talgan  muddatga  qaraganda  kamaytirilganligi  yoxud  boshqa  yengilroq 

jazo  turi  bilan  almashtirilganligi;  4)  jinoiy  jazo  tayinlamay  hukm 

chiqarilgan  hollarda  ushlab  turish,  qamoqqa  olish  yoki  uy  qamog‘ining, 

tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi. 

Reabilitatsiya  ko‘p  sohaviy  va  bir  necha  bosqichli  huquqiy 

munosabatlardan iborat bo‘lib, u shaxsga nisbatan oqlov hukmining qabul 

qilinishi  yoki  reabilitatsiya  asoslari  mavjud  bo‘lgan  holatlarda  jinoyat 

ishining  tugatilishi  bilan  boshlanadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 301-moddasi), so‘ngra hukm, ajrim yoki qarorning 

nusxasini  topshirish  yoki  pochta  orqali  yuborish  asnosida  reabilitatsiya 

qilingan shaxsga uning reabilitatsiya qilinish huquqi, ya’ni mulkiy ziyonni 

qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi. Keyin shaxs 

reabilitatsiya  etish  to‘g‘risida  qaror  chiqargan  sudga,  prokuror  yoki 

tergovchiga  shunday  talab  bilan  murojaat  etadi.  Shaxsning  talabi  bir  oy 

muddatdan kechiktirmasdan sud, prokuror yoki tergovchi tomonidan, agar 

ish  kassatsiya  yoki  nazorat  tartibida  ko‘rish  chog‘ida  tugatilgan  bo‘lsa, 

o‘sha sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ziyon miqdori aniqlanadi (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  306-moddasi)  va,  nihoyat 


383 

 

ziyonni qoplash uchun pul to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sud ajrim, 



tergovchi  yoki  prokuror  qaror  chiqaradi  va  ular  reabilitatsiya  qilingan 

shaxsga,  u  vafot  etgan  bo‘lsa,  uning  merosxo‘rlariga  yuboriladi 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 307-moddasi). 

Shu tariqa reabilitatsiyaning protsessual qismi tugaydi.  

 

Reabilitatsiya 

To‘liq  reabilitatsiya  –  shaxsni 

noqonuniy  tarzda  jinoiy  javobgarlikka 

tortish  va  hukm  qilish  natijasida  unga 

yetkazilgan  moddiy,  mulkiy  va  ma’naviy 

zararni  bartaraf  etilishini  talab  qilish 

huquqi 


Qisman  reabilitatsiya  -  shaxsga  nisbatan 

qo‘llanilgan  jazo  yoki  majburlov  choralarining 

aybdorlik  yoki  jazoga  sazovorlik  holatiga 

monand  ravishda  hal  qilinmaganligi  tufayli 

yetkazilgan  ziyonni  qoplanishini  talab  qilish 

huquqi  


Sud, prokuror yoki tergovchining qarorini olgan shaxs qarorni moliya, 

ijtimoiy ta’minot, uy-joy va boshqa idoralarga yetkazilgan ziyonni qoplash, 

faxriy unvon, mukofotlar va darajalarni qaytarish to‘g‘risida murojaat etishi 

mumkin.  Mazkur  talablarning  bajarilmaganda  shaxs  da’vo  talabi  bilan 

fuqaroviy  tartibida  sudga  murojaat  qilishi  mumkin.  Shunday  tartibdagi 

harakatni  reabilitatsiya  qilingan  shaxs  ma’naviy  zararni  undirish 

masalalasida ham amalga oshiradi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ayblash va hukm qilish uchun 



asoslar 

Ishni ayblov xulosasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi 

chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan bo‘lishi kerak:

 

1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning 



xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini 

tavsiflovchi holatlar;

 

2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, 



shuningdek Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa 

holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli 

oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;

 

3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;



 

5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini 

tavsiflovchi holatlar.

 

4) jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yoxud 



beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir 

etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;

 


384 

 

12.2.Reabilitatsiya qilinuvchi shaxslar 

 

Jinoyat-protsessual  qonuni  reabilitatsiya  qilinuvchi  shaxslarning 



doirasini  ancha  keng  qilib  belgilagan.  Unga  ko‘ra,  reabilitatsiya  qilinish 

huquqiga quyidagi shaxslar ega: 

-  o‘ziga  nisbatan  sudning  oqlov  hukmi  qabul  qilinib,  hukm  kuchga 

kirgan shaxslar; 

- jinoiy hodisa yuz bermaganligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi 

bo‘lmaganligi,  jinoyat  sodir  etishda  ayblangan  shaxsning  sodir  etilgan 

jinoyatga daxli bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror 

qabul  qilingan  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi.  Bunday 

mazmundagi  qarorlar  tergovchi,  prokuror,  sud  hamda  ishni  apellyatsiya, 

kassatsiya  va  nazorat  instansiyalari  tartibida  ko‘rib  chiqqan  va  hal  qilgan 

sudlar tomonidan qabul qilinishi mumkin

-  majburiy  tibbiy  xarakterdagi  majburlov  choralari  qo‘llash 

to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan shaxslar; 

-  jinoyat  ishini  sudda  ko‘rish  chog‘ida  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchiga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy kuchga 

kirgan  hukmi,  ajrimi,  qarori  yoxud  surishtiruvchining,  tergovchining, 

prokurorning xuddi shu holat bo‘yicha va shu shaxsga nisbatan jinoyat ishi 

qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori mavjud 

ekanligi  aniqlangan  shaxslar.  Bunday  holatlarda  jinoyat  ishi  tugatilib, 

ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) reabilitatsiya qilinishi zarur. 

Shu bilan birga, reabilitatsiya qilinish huquqini qisman reabilitatsiya 

qilingan shaxslar ham tasarruf etadilar. Ular qatoriga: 

- qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan 

mahrum  etishga  yoki  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan 

jazoga hukm qilingan shaxslar; 

-  hukmdan  ayblov  qisman  chiqarib  tashlanishi  va  buning  natijasida 

qonunga  ko‘ra  qamoqda  saqlash  yoki  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi 

qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar; 

-  ozodlikdan  mahrum  qilish  muddatining  yuqori  sud  tomonidan 

haqiqatan  o‘talgan  muddatga  qaraganda  kamaytirilishi  yoki  boshqa 

yengilroq jazo turi bilan almashtirilishi natijasida mulkiy va ma’naviy ziyon 

ko‘rgan shaxslar; 

-  asossiz  ravishda  jinoiy  jazo  tayinlamay  hukm  chiqarilgan  hollarda 

ushlab  turilgan,  qamoqqa  olingan  yoki  uy  qamog‘iga,  tibbiy  muassasaga 

joylashtirilgan  shaxslar  kiradi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 303-moddasi). 



385 

 

Darhaqiqat, amaliyotda shunday holatlar ham uchrab turadiki, mahkum 



birinchi  instansiya  sudi  hukmda  tayinlagan  jazo  muddatini  to‘liq  o‘tab 

bo‘lganidan so‘ng, yuqori turuvchi sud shaxsga nisbatan belgilangan jazoni 

qisqartiradi. Bunday holatlarda, shubhasiz shaxs o‘zini qisman reabilitatsiya 

etilinishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. 

 

12.3.Reabilitatsiya turlari 

 

Jinoyat-protsessual  qonuni  reabilitatsiyani  qo‘llash  asoslarini  ham 



kengaytirgan.  Endi  nafaqat  qonunsiz  sudlangan  shaxslar,  balki  qonunga 

xilof  ravishda  ushlab  turilgani,  ehtiyot  chorasi  sifatida  qonunga  xilof 

ravishda  qamoqda  saqlangan  yoki  uy  qamog‘iga  joylashtirilgan,  ishda 

ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilingani  tufayli  vazifasidan 

qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan yoxud tibbiy muassasaga qonunga 

xilof  ravishda  joylashtirilgan  shaxslar  ham  o‘zlariga  sud,  prokuratura, 

tergov  va  surishtiruv  organlarining  noqonuniy  harakatlari  tufayli 

yetkazilgan  mulkiy  zararni  undirish  hamda  ma’naviy  ziyon  oqibatlarini 

bartaraf  etilishini  talab  qilish  huquqiga  egalar  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 301 va 303-moddalari). 

Shu  bilan  birga,  sud,  prokuror  va  tergov  organlarining  noqonuniy 

majburlov choralarini qo‘llash tufayli shaxsga ziyon yetkazish holatiga yana 

uy-joyning  egasi  ixtiyoriga  zid  ravishda  uy-joyda  tintuv  o‘tkazish  hamda 

g‘ayriqonuniy  ravishda  shaxsiy  tintuv  o‘tkazish  tufayli  shaxsga  nisbatan 

yetkazilgan mulkiy va ma’naviy ziyon bilan bog‘liq reabilitatsiyani qo‘shish 

mumkin. 


Bunday  reabilitatsiya  asoslariga,  shuningdek  insonning  tanasini 

ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish va qiyoslash uchun namunalar olish 

chog‘ida noqonuniy tarzda ko‘zdan kechirish va tekshirish kabi harakatlarni 

kiritishimiz mumkin. 

 Noqonuniy  va  asossiz  ravishda  jinoyat-protsessual  majburlov 

choralarini  qo‘llash  oqibatida  yetkazilgan  ziyonni  undirish  –  O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  991-moddasida  ta’riflangan  davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan  fuqaroga  yetkazilgan  ziyonni 

undirish  tushunchasiga  asoslanadi.  Demak,  ushbu  tushuncha  nafaqat 

jinoyat-protsessual sudlov yurituviga, balki fuqaroviy-protsessual huquqiga 

ham taalluqlidir. Lekin mazkur ikki asoslar ham O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  37-bobida  qayd  etilgan  normalarda 

birlashtirilgan. 


386 

 

Ammo bu holatlarning o‘zaro farqlovchi jihatlari mavjud bo‘lib, agar 



to‘liq  reabilitatsiya  qilishda  shaxsga  nisbatan  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror  yoki  sud  tomonidan  qo‘yilgan  barcha  da’volar  noqonuniy  va 

asossiz ekanligi tufayli olib tashlansa (shaxsga nisbatan oqlov hukm qabul 

qilingan  yoki  jinoyat  ishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 83-moddasi talablariga muvofiq tugatilgan bo‘lsa), noqonuniy 

va  asossiz  majburlov  choralarini  qo‘llash  oqibatida  fuqaroga  yetkazilgan 

ziyonni  undirish  esa,  ayblov  hukmining  qabul  qilinishi  yoki  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga binoan ayblilik 

to‘g‘risidagi masalani aniqlamay turib jinoyat ishini tugatish natijasida ham 

amalga oshirilishi mumkin. 

 Shu  bilan  birga,  g‘ayriqonuniy  va  asossiz  ravishda  uy-joyda 

o‘tkazilgan tintuv yoki olib qo‘yish choralarini qo‘llash, guvohlantirish va 

ekspertiza  o‘tkazish,  pochta  va  telegraf  yozishmalarini  xatlab  qo‘yish  va 

so‘zlashuvlarni  eshitish  natijasida  yetkazilgan  ziyonni  undirish  ham 

mumkin.  Bunday  huquqqa  nafaqat  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchi yoki mahkum ega bo‘ladi, balki bevosita manfaatlari poymol 

etilgan shaxslar ega bo‘ladilar.  

Shuningdek, reabilitatsiya qilishning yana bir shakli mavjud bo‘lib, u 

XX asrning 30-50-yillarida hamda 70-80-yillarda nohaq qatag‘on qilingan 

shaxslarni  mamlakatimiz  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  reabilitatsiya 

qilish 

to‘g‘risida 



O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  

I.A. Karimovning tashabbusi bilan boshlangan siyosiy-huquqiy jarayonlarni 

o‘z ichiga oladi.  

Adabiyotlarda 

O‘zbekistonda 

amalga 


oshirilgan 

siyosiy 


qatag‘onlarning ikki bosqichi haqida so‘z yuritiladi. Bular: 

 



 1917-1950  yillarni  o‘z  ichiga  oluvchi  va  “Stalin  qatag‘onlari” 

deb nomlanuvchi birinchi bosqich

 

 1970 dan boshlanib, 1990 yilga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga 



oluvchi ikkinchi bosqich. 

Siyosiy qatag‘onlarning mana shu ikki bosqichda qonunsiz va asossiz 

sudlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish siyosati tufayli 10 mingdan ziyod 

siyosiy qatag‘on qurbonlari oqlangan.  

Shunday 

qilib, 


jinoyat-protsessual 

qonunchiligi 

shaxslarni 

reabilitatsiya qilishning quyidagi uch holatini belgilaydi: 

1)

 

shaxsning  sud,  prokuror,  tergovchi,  surishtiruvchi  tomonidan 



aybsiz deb topilishi; 

387 

 

2)



 

dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtida tergov, prokuratura 

va  sud  organlarining  noqonuniy  va  asossiz  harakatlari  oqibatida  shaxsga 

ziyon yetkazilishi; 

3)

 

siyosiy qatag‘onlar tufayli aziyat chekkanlar. 



Fuqarolik  kodeksining  991-modadasida  fuqaroga  “qonunsiz  hukm 

qilish”, “g‘ayriqonuniy tarzda jinoiy javobgarlikka tortish”, “qonunga zid 

ravishda  qamoqqa  olish  yoki  namunali  xulq-atvorda  bo‘lish  kabi  ehtiyot 

choralarini  qo‘llash”,  “noqonuniy  tarzda  qamoq  bilan  bog‘liq  ma’muriy 

jazo chorasini qo‘llash” oqibatida yetkazilgan ziyon davlat tomonidan to‘liq 

ravishda qoplanishi haqidagi qoidalar belgilangan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  302-

moddasida  reabilitatsiya  qilish  holatlariga,  shuningdek  shaxsning  ishda 

ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilingani  tufayli  vazifasidan 

qonunga  xilof  ravishda  chetlashtirilganligi  yoxud  tibbiy  muassasaga 

qonunga xilof ravishda joylashtirilganligi holatlari ham e’tirof etilgan. 

Fuqarolik kodeksining 991-moddasi ikkinchi qismida sud, prokuratura, 

tergov  va  surishtiruv  organlarining  boshqa  noqonuniy  harakatlari  tufayli 

fuqaro  va  yuridik  shaxsga  yetkazilgan  zarar  umumiy  tartibda  undirilishi 

haqida  ko‘rsatilgan.  Ushbu  qoida  yuqorida  ta’kidlangan  holatlar  mavjud 

bo‘lganda  yetkazilgan  ziyonni  undirish  haqida  fuqarolik  sudlov  yurituvi 

tartibida fuqaro va yuridik shaxsga talab qilish huquqini beradi. 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling