Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53

QO‘SHIMCHA  EKSPERTIZA  –  ekspert  (ekspertlar  komissiyasi) 

xulosasidagi bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadigan va shu 

yoki  boshqa  ekspert  (ekspertlar  komissiyasi)  tomonidan  o‘tkaziladigan 

ekspertiza turi. 



 



RAD  QILISHLAR  –  muayyan  protsess  ishtirokchilarining  jinoyat  ishi 

yurituvida  ishtirok  etishga  monelik  qiladigan  asoslar  mavjud  bo‘lganda, 

mazkur ishtirokchi o‘z-o‘zini rad etishi yoki rad etilishi zarur. 

REABILITATSIYA (lot. “yaroqliligini tiklash”) – reabilitatsiya deganda 

boy berilgan huquq va imtiyozlarni  qaytarish, noqonuniy ravishda jinoiy 

javobgarlikka  tortish,  ozodlikdan  mahrum  etish,  aybsiz  shaxslarni  nohaq 

hukm qilish bilan bog‘liq huquq cheklanishlarini bartaraf etish, shuningdek 

kelgusi vaqtga huquqiy layoqatni tiklash. 

 



SUDDA ISH KO‘RISHNING PROTSESSUAL TARTIBI – ma’muriy, 

fuqarolik,  jinoyat,  xo‘jalik  ishlarini  sud  ishlarini  yuritish  bosqichlariga 

amal  qilgan  holda  protsessual  qonunchilikda  belgilangan  tartibda 

ko‘rilishi. 



SANKSIYA – (lot.sanctio-qat’iy qaror) 

1)Huquqbuzarga  nisbatan  qo‘llaniladigan  va  uning  uchun  muayyan 

oqibatlar keltiruvchi chora bo‘lib, huquqda sanksiya quyidagi to‘rt asosiy 

turga: a) jinoiy-huquqiy; b) ma’muriy- huquqiy; v) intizomiy-huquqiy; g) 

mulkiy sanksiyalarga bo‘linadi. 

SUD  –O‘zbekiston  Respublikasida  jinoyat,  fuqarolik  va  ma’muriy  ishlar 

bo‘yicha 

odil 

sudlovni 



O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  sudi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar, 

tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi. 

SUD  AJRIMI  USTIDAN  SHIKOYAT  KELTIRISH  –  Fuqarolik 

protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan  hollarda,  sudning  ajrimi  ishning 

keyingi  harakatlanishiga  to‘sqinlik  qiladigan  hollarda,  sud  tomonidan 

ajrim topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok 



446 

 

etuvchi boshqa shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudiga sudning hal qiluv 



qaroridan  alohida  shikoyat  berishlari,  prokuror  esa,  protest  keltirishi 

mumkin. 



SUD  ZALI  –  sud  majlisini  o‘tkazish  uchun  maxsus  jihozlangan  sud 

binosining alohida xonasi. 



SUD  ISHLARINI  HAL  QILISHGA  ARALASHISHGA  YO‘L 

QO‘YILMASLIGI  –  sudyalarning  odil  sudlovni  amalga  oshirish 

borasidagi  faoliyatiga  aralashishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Muayyan  ishni  har 

tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy 

sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin 

biron-bir  tarzda  ta’sir  etish  qonunga  muvofiq  jinoiy  javobgarlikka  sabab 

bo‘ladi. Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha 

biron-bir  tushuntirishlar  berishni,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  nazarda 

tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo‘lmasin, tanishib chiqish 

uchun  ishlarni  taqdim  etishni  talab  qilish  taqiqlanadi.  Ommaviy  axborot 

vositalari  o‘z  xabarlarida  muayyan  ish  yuzasidan  sud  muhokamasi 

natijalarini  oldindan  o‘zicha  hal  qilib  qo‘yishga  yoki  sudga  boshqacha 

tarzda ta’sir etishga haqli emas. 



SUD  ISHLARINI  YURITISHNING  OSHKORALIGI  –  hamma 

sudlarda  ishlar  ochiq  ko‘riladi.  Ishlarni  yopiq  majlisda  ko‘rib  chiqishga 

faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. 

SUD QARORLARI – bu moddiy-huquqiy va protsessual masalalarni hal 

qilish  bo‘yicha  sud  (sudya)ning  yozma  shaklda  rasmiylashtirilgan 

hujjatidir.  Ko‘rilayotgan  va  hal  etilayotgan  masalalar  bo‘yicha  sud  hal 

qiluv  qarori,  ajrim,  qaror  va  buyruq  qabul  qiladi.  Sudning  hal  qiluv 

qarorlari, ajrimlari, qarorlari qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi lozim. 

SUD  QONUNI  (lex  fori)  –  huquq  tizimlari  o‘rtasida  kolliziya  vujudga 

kelganda  fuqarolik-huquqiy  munosabatlar  bo‘yicha  nizo  ko‘rilayotgan 

mamlakat qonunchiligi qo‘llanilishini belgilovchi kollizion bog‘lanish. 

SUD  MAJBURLOV  CHORALARI  –  sud  tomonidan  sud  majlisi 

ishtirokchilariga  nisbatan  qo‘llaniladigan,  ularning  zimmasiga  ayrim 

harakatlarni sodir etish yoki undan tiyilishni yuklovchi choralardir. 

SUD MAJLISI – fuqarolik, xo‘jalik, jinoyat ishlarini ko‘rishda taraflarni 

ogoh qilgan holda ochiq va yopiq tarzda o‘tkaziladigan majlisi. 



SUD  MAJLISI  KOTIBI  –  sud  majlisi  bayonnomasini  yuritilishida, 

shuningdek  barcha  protsessual  harakatlarni  amalga  oshirilishida  raislik 

qiluvchiga ko‘maklashuvchi shaxs. 


447 

 

SUD  MAJLISIDA  RAISLIK  QILUVCHI  –  sud  majlisini  boshqarib, 

ishning  barcha  holatlarini  to‘liq,  har  taraflama  va  xolisona  aniqlanishini, 

taraflarning  huquq  va  majburiyatlarini,  sud  protsessining  tarbiyaviy 

ta’sirini  ta’minlaydi,  ko‘rilayotgan  ishga  daxldor  bo‘lmagan  barcha 

holatlari  chetlatadi,  sud  majlisida  tegishli  tartibni  saqlash  uchun  zaruriy 

choralarni ko‘radi. 

SUD  MAJLISINING  BAYONNOMASI  –  sud  muzokarasining  har  bir 

holati,  shuningdek  amalga  oshirilgan  alohida  protsessual  harakatlarni 

o‘zida aks etgan sudning protsessual hujjati. 

SUD  MUZOKARASI  –  sud  muhokamasining  qismi  hisoblanib,  sudda 

ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat. 



SUD  MUHOKAMASIDA  ISHTIROK  ETISH  –  sud  tarkibi,  ishda 

ishtirok 

etuvchi 

shaxslar, 

odil 

sudlovni 



amalga 

oshirishga 

ko‘maklashuvchi  shaxslarning  qonunda  belgilangan  shakllarda  ishtirok 

etishi tushuniladi. 



SUD  MUHOKAMASINI  TAYYORLASH  –  fuqarolik  protsessi 

bosqchilaridan  biri  bo‘lib,  ishlarni  tashkil  qilish,  sud  protsessini 

rejalashtirish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan sudning 

protsessual harakatlari. 



SUD  MUHOKAMASI  –  fuqarolik  ishlarini  ko‘rishda  ishning  haqiqiy 

holatini aniqlash maqsadida dalillarni tekshirish, ularga baho berish, ishda 

ishtirok  etuvchi  shaxslarni  tushuntirishlarini  eshitish  orqali  amalga 

oshiriladigan protsessual faoliyatdir. 



SUD  PROTSESSI  –  sudda  ishni  qo‘zg‘atishdan  to  yakuniy  qaror 

chiqarishgacha bo‘lgan sudning faoliyatidir 



SUD  PROTSESSIDA  TORTISHUVCHILIK  TAMOYILI  –  bu  sud 

ishlarini yuritishning sohalararo tamoyili bo‘lib, fuqarolik, jinoyat, xo‘jalik 

ishlarida teng protsessual huquqlarga ega, lekin manfaatlari qarama-qarshi 

bo‘lgan taraflarning o‘zaro tortishuvi shaklida olib borilishini ta’minlaydi. 



SUD TARKIBI – sud ishlarini sudda ko‘rib chiqadigan sudya (sudyalar) 

va kotibdan iborat tarkib. 



SUD TERGOVINI QAYTA BOSHLASH – taraflar muzokara nutqlarida 

yoki sudlanuvchi oxirgi so‘zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi 

holatlar  to‘g‘risida  gapirsa  yoki  muqaddam  tekshirilmagan,  lekin  ishga 

aloqador  dalillarni  keltirsa,  sud  taraflarning  iltimosi  yoki  o‘z  tashabbusi 

bilan sud tergovini yangidan boshlashidan iborat. 

SUD  HAY’ATI  –  ishni  apellyatsiya  va  kassatsiya  tartibida  ko‘rish 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Oliy  sudida, 



448 

 

fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida uch nafar 



sudyadan iborat tarkibda, nazorat tartibida ko‘rish esa Rayosat a’zolarining 

ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.  



SUD HUJJATLARI – bu sudda ishlarni ko‘rib, sud tomonidan chiqargan 

protsessual hujjatlar. 



SUD  HUJJATLARINING  MAJBURIYLIGI  –  sud  hujjatlari  barcha 

davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari,  korxonalar,  muassasalar  va 

tashkilotlar,  mansabdor  shaxslar,  fuqarolar  uchun  majburiydir  hamda 

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. 



SUD XULOSALARI – sudning jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik 

ishini mazmunan ko‘rib chiqqanidan so‘ng o‘z hukmida, hal qiluv qarorida 

bayon qiladigan xulosalari. 

SUD CHIQIMLARI – guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga 

to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  summalar;  joyga  borib  ko‘zdan  kechirish  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  xarajatlar;  javobgarni  qidirish  uchun  qilingan  xarajatlar; 

sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bog‘liq xarajatlardan iborat. 



SUD  EKSPERTI  –  xulosa  berish  uchun  fan,  texnika,  san’at  yoki  hunar 

sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti 

sifatida tayinlangan jismoniy shaxs. 

SUD  EKSPERTIZASI  –  fuqarolik,  xo‘jalik,  jinoyat  va  ma’muriy  sud 

ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti 

tomonidan  fan,  texnika,  san’at  yoki  hunar  sohasidagi  maxsus  bilimlar 

asosida  sud-ekspert  tekshirishlarini  o‘tkazish  va  xulosa  berishdan  iborat 

bo‘lgan protsessual harakat. 

SUD 

EKSPERTIGA 

QO‘YILADIGAN 

MALAKAGA 

OID 

TALABLAR  –  davlat  sud  eksperti  lavozimini  oliy  ma’lumotga,  alohida 

hollarda esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan, muayyan 

sud-ekspert  ixtisosligi  bo‘yicha  keyingi  tayyorgarlikdan  o‘tgan  va 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan 

tartibda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘zbekiston 

Respublikasi fuqarosi egallashi mumkin. 



SUD  EKSPERTIZA  TEKSHIRISHLARINING  XOLISLIGI,  HAR 

TOMONLAMALIGI  VA  TO‘LIQLIGI  PRINSIPI  –  sud  eksperti 

tekshirishlarni xolisona,  qat’iy ilmiy  va amaliy  asosda,  tegishli ixtisoslik 

doirasida,  har  tomonlama  va  to‘liq  hajmda  o‘tkazilishi  prinsipi.  Sud 

ekspertining  xulosasi  (xulosa)  qilingan  fikrlarning  asosliligi  va 

ishonchliligini umume’tirof etilgan ilmiy va amaliy ma’lumotlar bazasiga 

muvofiq tekshirish imkoniyatini beradigan qoidalarga asoslanishi lozim. 



449 

 

SUD EKSPERTINING XULOSASI – sud eksperti yoki sud ekspertlari 

komissiyasi  tomonidan  tuziladigan  va  sud-ekspert  tekshirishlarining  olib 

borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat. 



SUD-EKSPERTLIK FAOLIYATI – sud ekspertizasini tashkil etish va 

o‘tkazish bo‘yicha faoliyat. 



SUDGA  QADAR  YURITUV  –  sudgacha  bo‘lgan  bosqichlarni  o‘zida 

qamrab  oluvchi,  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  faoliyatini  o‘zida 

jamlagan, jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan boshlanadigan faoliyat. U jinoyat 

ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlaridan iborat. 



SUDGA  CHAQIRUV  –  sudya  o‘z  qarorida  ko‘rsatilgan  shaxslarni  sud 

majlisiga chaqirish  to‘g‘risida farmoyish beradi, ularga chaqiruv qog‘ozi 

topshirilishini  ta’minlaydi,  shuningdek  sud  majlisiga  tayyorgarlik  bilan 

bog‘liq boshqa choralarni ko‘radi. 



SUDDA ISH YURITISHDA OSHKORALIK – barcha sudlarda, davlat 

sirlarini  qo‘riqlash  manfaatlariga  zid  keladigan,  shuningdek  jinsiy 

jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan hollarni istisno qilganda, jinoyat 

ishlarining oshkora ko‘rilishi. 



SUDLANUVCHI  –  jinoyat  ishini  sudda  ko‘rish  uchun  tayinlash 

bosqichidan  sudlanuvchi  deb  e’tirof  etilgan  jinoyat  protsessida  jinoiy-

huquqiy  manfaatga  ega  bo‘lgan  jinoyat  protsessining  ishtirokchisidir. 

Birinchi  instansiya  sudining  majlisida  jinoyat  ishi  s.ning  ishtirokida 

muhokama qilinadi. 

SUDLANUVCHINING  OXIRGI  SO‘ZI  –  taraflarning  muzokarasi 

tamom  bo‘lgach  sud  majlisi  doirasida  raislik  qiluvchi  tomonidan, 

sudlanuvchiga muhokama qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan beriladigan 

oxirgi sudga murojaat qilish huquqi.  



SUDNING VAKOLATLARI – sudning qonunda belgilangan vakolatlar 

doirasida  ishlarni  birinchi  instansiya,  apellyatsiya,  kassatsiya,  nazorat 

instansiyalarida ko‘rib, hal etishi. 

SUDNING  QARORIGA  PROTEST  BILDIRISH  –  qonunda 

belgilangan  vakolatlar  doirasida  yuqori  turuvchi  sud  raisi  va  prokuror 

sudning xal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan protest keltirish huquqiga 

ega. 


SUDNING  OCHIQ  MAJLISI  –  barcha  ishlar  sudlarda  oshkora  ko‘rib 

chiqiladi,  davlat  va  tijorat  sirlarini  saqlash  bilan  bog‘liq  ishlar  bundan 

mustasno. 


450 

 

SUDNING  SUDLOV  HAY’ATI  –  fuqarolik,  jinoyat,  xo‘jalik  ishlarini 

apellyatsiya, kassatsiya, instansiyalarida ko‘radigan uch nafar sudyalardan 

iborat tarkib. 



SUDNING  TALABI  –  sudning  ishni  to‘liq  ko‘rib  chiqish  maqsadida 

muayyan  harakatlarni  bajarilishini  yoki  undan  tiyilishni  bildiruvchi 

talablari. 

SUDNING  TASHABBUSI  –  ekspertiza  tayinlash,  dalillarni  talab  qilib 

olish,  dalillarni  har  tomonlama  va  obyektiv  tekshirish  maqsadida  sud 

topshiriqlarini 

berish 


to‘g‘risida 

sudning 


ajrim 

shaklida 

rasmiylashtiriladigan protsessual harakatlari 

SUDNING XUSUSIY AJRIMI – sud fuqarolik, jinoyat, xo‘jalik ishlarini 

ko‘rayotganida  ayrim  mansabdor  shaxslar  yoki  fuqarolar  tomonidan 

qonuniylik  va  huquq-tartibot  buzilganligini  aniqlasa,  xususiy  ajrim 

chiqarib, uni tegishli organlar va mansabdor shaxslarga yuboradi. 



SUDNING  CHAQIRUVI  –  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar,  shuningdek 

guvohlar,  ekspertlar,  mutaxassislar  va  tarjimonlar  sudga  chaqiruv 

qog‘ozlari,  zarur  hollarda  esa,  telefonogrammalar,  telegrammalar  va 

boshqa  aloqa  vositalari  orqali  chaqiriladilar  hamda  sudning  ayrim 

protsessual harakatlari to‘g‘risida xabardor qilinadilar. 

SUDYA  –  qonunga  muvofiq  odil  sudlovni  amalga  oshirishga  vakolat 

berilgan shaxs. 



SUDYA,  XALQ  MASLAHATCHISI,  PROKUROR,  TERGOVCHI, 

SURISHTIRUVCHI  VA  SUD  MAJLIS  KOTIBINI  RAD  QILISH  – 

Quyidagi  hollarda  sudya,  shuningdek  xalq  maslahatchisi,  prokuror, 

tergovchi,  surishtiruvchi,  sud  majlisining  kotibi  jinoyat  ishini  yuritishda 

ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti: 

1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, 

ekspert,  mutaxassis,  tarjimon,  xolis,  guvoh,  himoyachi  sifatida,  gumon 

qilinuvchining,  ayblanuvchining,  sudlanuvchining  qonuniy  vakili  yoki 

jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning,  fuqaroviy  javobgarning  vakili 

sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa; 

2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning 

yoki protsessda qatnashayotgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa; 

3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar 

mavjud bo‘lsa. 

SUDYALARNING  ALMASHTIRILMASLIGI  –  sudya  vakolat 

muddati davomida o‘z roziligisiz boshqa lavozimga yoki o‘zga bir sudga 

o‘tkazilishi  mumkin  emasligi  tushuniladi  hamda  sudyaga  berilgan 


451 

 

vakolatlar  faqatgina  qonunda  belgilangan  asoslarga  ko‘ra  va  tartibda 



tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkinligini anglatadi. 

SUDYALARNING  DAXLSIZLIGI  –  sudyaning  shaxsi  daxlsiz. 

Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan 

transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va 

hujjatlarga  taalluqlidir.  Sudyalarning  shaxsiy  xavfsizligini  ta’minlash 

maqsadlarida ularga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi, 

Oliy  xo‘jalik  sudi  raisi,  Adliya  vaziri  tomonidan  belgilanadigan  ro‘yxat 

bo‘yicha  o‘qotar  qurol  beriladi.  Zarur  hollarda  tegishli  sud  raisining 

qaroriga  binoan  ichki  ishlar  organi  sudya  va  uning  oilasi  uchun  qurolli 

soqchilar  ajratadi.  Sudyaga  nisbatan  jinoyat  ishi  faqat  O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  prokurori  tomonidan  qo‘zg‘atilishi  mumkin.  Sudya 

tegishincha  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  yoki 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy 

javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas. Sudya sudyalarning 

tegishli  malaka  hay’atining  roziligisiz  ma’muriy  javobgarlikka  tortilishi 

mumkin emas. 

SUDYALARNING  INTIZOMIY  JAVOBGARLIGI  –  odil  sudlovni 

amalga  oshirish  chog‘ida  qonunchilikni  buzganligi  uchun;  sud  ishini 

tashkil  etishdagi  beparvoligi  yoki  intizomsizligi  oqibatida  yo‘l  qo‘ygan 

kamchiliklari  uchun,  shuningdek  xizmat  borasidagi  yoki  obro‘siga  putur 

yetkazadigan  boshqa  xatti-harakati  uchun  faqat  sudyalar  malaka 

hay’atining  qaroriga  asosan  intizomiy  javobgarlikka  tortilishi  mumkin. 

Harbiy sudning sudyasi harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy 

javobgarlikka  tortilishi  mumkin.  Sud  qarorining  bekor  qilinishi  yoki 

o‘zgartirilishining  o‘zi  sud  qarorini  chiqarishda  qatnashgan  sudyaning, 

agar  u  ataylab  qonun  buzilishiga  yoki  jiddiy  oqibatlarga  olib  kelgan 

vijdonsizlikka  yo‘l  qo‘ymagan  bo‘lsa,  javobgar  bo‘lishiga  sabab 

bo‘lmaydi. 



SUDYANING  ALOHIDA  FIKRI  –  maslahatxonada  sud  tomonidan 

masalalar  hal  qilinayotganda  ozchilik  tomonida  qolgan  sudya  o‘zining 

alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli, uning bu fikri ishga 

qo‘shib qo‘yiladi, biroq e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar 

sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. 

SUDYANING  VAKOLATLARI  –  ishni  birinchi  instansiyada  ko‘rib 

chiqib,  da’vo  arizasini  qanoatlantirishi,  qisman  qanoatlantirishi  yoki  rad 

etishi,  ishni  apellyatsiya,  kassatsiya  yoki  nazorat  instansiyalarida  ko‘rib 

chiqib, hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni 

esa qanoatlantirmaslikka; ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan hal 


452 

 

qiluv qarorini o‘zgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor qilishga va 



yangi hal qiluv qarori chiqarishga; hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman 

bekor qilishga va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish 

uchun  yuborishga;  ish  yuritishni  tugatishga  yoxud  arizani  ko‘rmasdan 

qoldirishga haqli.  



SURISHTIRUV  -  jinoyat-protsessual  qonuni  bilan  maxsus  vakolatli 

bo‘lgan  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslarning  jinoyatlarni  ochish, 

oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan 

tergov harakatlarini yuritish faoliyati hisoblanadi. 



SURISHTIRUVCHI  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

38-moddasida 

ko‘rsatilgan 

surishtiruv 

organlarida 

surishtiruvchi (surishtiruv organining rahbari) lavozimida xizmat qiladigan 

mansabdor shaxs. 



 



 

TAQDIMNOMA  –  jinoyat  ishi  yurituvida  sudga,  davlat  organiga, 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organiga,  jamoat  birlashmasiga  yoki 

mansabdor shaxslarga kiritiladigan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning 

protsessual hujjati. 



TANIB  OLISH  UCHUN  KO‘RSATISH  –  shaxsning  yoki  ashyoning 

aynanligini aniqlash uchun olib boriladigan tergov harakati. 



TANIB  OLISH  -  insonning  ko‘rish,  eshitish,  bilish  hissiyotlarining 

kompleks  majmuasi  orqali  aniqlab,  boshqa  shaxslar,  boshqa  predmet  va 

buyum, narsalar ichidan ajratib olish orqali amalga oshiriladi. Bu tanib olish 

anatomik  belgilar  asosida,  ya’ni  jinsi,  yoshi,  bo‘yi,  tuzilishi,  gavdasining 

shakli,  hajmi,  tana  qismlarini  alohida  xususiyatlari,  yuz  tuzilishi,  milliy 

yoki irqiy ko‘rinishi v.h.lar orqali amalga oshirilishi mumkin. 



TANIB  OLISH  UCHUN  KO‘RSATISH  BAYONNOMASI  – 

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan tuziladi. Bayonnoma 

tanib olishni o‘tkazayotgan shaxs tomonidan o‘qib eshittiriladi va protsess 

ishtirokchilaridan qo‘shimcha yoki e’tirozlari bor-yo‘qligi aniqlanadi. Sud 

tergovi  chog‘ida  o‘tkazilgan  tanib  olish  sud  majlisi  bayonnomasida  qayd 

qilinadi. 



TANIB  OLISH  JARAYONI  -  ilgari  kuzatuvda  bo‘lgan  obyektni  tanish 

hisoblanadi.  Shu  bois  insonning  eslash  qobiliyati  jinoyat  sodir  bo‘lgan 

paytdan  boshlab  vaqt  o‘tishi  bilan  bu  hodisa  to‘g‘risidagi  taassurotlar  va 

ularni  esda  saqlash  darajasi  vaqt  o‘tishi  bilan  pasayib  borishi  sababli 



453 

 

mazkur  tergov  harakatini  tezkor  o‘tkazish  taktik  jihatdan  to‘g‘ri 



hisoblanadi. 

TARAFLAR  MUZOKARASI  –  sud  tergovida  tekshirilgan  dalillarga 

tayanib,  sudlanuvchining  aybliligi  yoki  aybli  emasligi  to‘g‘risidagi 

xulosani  asoslantirishga  qaratilgan  taraflarning  himoya  yoki  ayblov 

nutqlari.  



TARJIMON  –  jinoyat  sudlov  ishlarini  yuritishda  shaxslarni  huquqlarini 

ta’minlash  yuzasidan  yordamchi,  tashkiliy-texnik  funksiyani  bajaruvchi 

shaxs. 

TARIF  SETKASI–  turli  xil  tarif  razryadiga  mansub  xodimlar  tarif 

stavkalarining  (1-razryad  stavkasiga  nisbatan)  munosabatini  tarif 

koeffitsentlari shaklida belgilovchi shkala. 

TEZKOR-QIDIRUV  FAOLIYATI  –  inson  va  fuqarolarning  huquq  va 

manfaatlari, hayoti, sog‘lig‘i, mulki, davlat va jamiyati xavfsizligini jinoiy 

tajovuzlardan  himoya  qilish  maqsadida  tezkor-qidiruv  tadbirlari  orqali 

(ochiq va yashirin) amalga oshiriladigan faoliyat turi. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling